04.08.2018 yildagi PQ-3898-son
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarning umumharbiy nizomlari va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi PF-5983-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2020-y., 06/20/5983/0490-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2023-y., 06/23/75/0292-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish va tashkiliy ishlar

1.

Oliy harbiy ta’lim muassasalarida ofitserlarni tayyorlashning amaldagi tizimini chuqur tahlil qilish hamda ularning vatanparvarlik fazilatlari, ma’nav�y va madaniy darajasini oshirish choralarini ko‘rish.

1. Amaldagi tizimni chuqur tahlil qilish bo‘yicha ishchi guruhlar tuzish.

2. Gumanitar fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish, mukammal o‘quv rejasi va dasturini ishlab chiqish.

3. “Qo‘mondonlik-taktik tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar” mutaxassisligi bo‘yicha ofitserlar tayyorlashning ta’lim tizimini joriy etish.

4. Yetakchi olim va professorlar ishtirokida o‘quv seminari va anjumanlar o‘tkazish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirilishini yo‘lga qo‘yish.

2018-yil sentyabr

2018-yil oktyabr



2018-yil sentyabr,


doimiy

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

2.

Qo‘shinlarda harbiy-vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini tanqidiy tahlil qilish va harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasi va notiqlik san’atini oshirish, dunyoqarashini mustahkamlash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilishini tizimli yo‘lga qo‘yish.

1. Amaldagi tizimni chuqur tahlil qilish va dastur ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhlar tuzish.

2. Tegishli ta’lim muassasalari va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandum va boshqa hujjatlar qabul qilish.

3. Mashg‘ulotlar, tadbirlar o‘tkazish umumiy rejasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar dasturini ishlab chiqish.

4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining harbiy qismlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilib borish bo‘yicha tegishli qarorlarini chiqarish.

5. “Harbiy qism va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar” nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqish.

2018-yil sentyabr

2018-yil noyabr



2018-yil noyabr


2018-yil dekabr




2018-yil dekabr

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

3.

Qo‘shinlardagi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organlari ofitserlarining bilim saviyasi va notiqlik san’atini yuksaltirish, dunyoqarashi, fikrlash doirasini oshirib borish bo‘yicha malaka oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish.

1. Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organlari ofitserlarining malakasini oshirish dasturini ishlab chiqish.

2. Malakani oshirish bo‘yicha tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organlari ofitserlarining ro‘yxati va malaka oshirish jadvalini tuzish.

3. Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organlari ofitserlarining malaka oshirish kurslarini tashkil etib borish.

4. Malaka oshirish kurslarida tahsil olgan tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organlari ofitserlarining xizmatini tahlil qilib borish.

2018-yil oktyabr



har yili fevral, iyul oylarida

doimiy



doimiy

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Oliy
va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

4.

Oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari lavozimlariga yuqori bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan ofitserlarning tayinlanishini yo‘lga qo‘yish.

1. O‘qituvchi lavozimlariga nomzodlarni saralab olish, malakasini oshirish va ularning qo‘shinlarda xizmat qilish tartibining yangi mexanizmini ishlab chiqish.

2. O‘qituvchilarni qo‘shinlarning jangovar bo‘linmalaridagi lavozimlarga tayinlash orqali ta’lim jarayonini harbiy qismlarning kundalik faoliyati bilan bog‘liqligini ta’minlash.

2018-yil oktyabr



2018-yil d
ekabr,

doimiy

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

5.

Harbiy okruglar boshqaruv apparatida “psixolog” va “yetakchi sotsiolog”, brigadalarda va alohida batalonlarda “harbiy psixolog”, “harbiy qism komandirining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha maslahatchisi — Madaniyat markazi boshlig‘i” lavozimlarini joriy etish.

1. Tegishli direktiva orqali harbiy okruglar boshqaruv apparatida, brigadalar va alohida batalonlarda yangi lavozimlarni kiritish.

2. Lavozimlar uchun xizmat vazifalari va funksional majburiyatlarni ishlab chiqish.

3. Lavozimlarga mutaxassislarni saralash va ularni lavozimlarga tayinlash.

4. Lavozimlarga tayinlangan shaxslarga funksional majburiyatlarini bajarishda amaliy yordam berish.

2018-yil sentyabr


2018-yil
oktyabr


2018-yil
dekabr


doimiy

Mudofaa vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

6.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida “Ma’�aviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” tadbirlarini tizimli ravishda tashkil etish.

1. “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni”ni tashkil qilish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqish va joylarga yetkazilishini ta’minlash.

2. “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni”ni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish.

2018-yil sentyabr


doimiy

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi Ofitserlar uylarini Ma’naviyat va ma’rifat markaziga, klublarni Madaniyat markaziga aylantirish.

1. Mavjud Ofitserlar uyi va klublar faoliyatini tahlil qilish.

2. Ma’naviyat va ma’rifat markazi va Madaniyat markazlarining nizom va ish rejalarini ishlab chiqish.

3. Ma’naviyat va ma’rifat markazi va Madaniyat markazlariga kerakli bo‘ladigan jihoz va vositalar ro‘yxatini tuzish hamda bosqichma-bosqich jihozlar bilan ta’minlash.

4. Ma’naviyat va ma’rifat markazi va Madaniyat markazlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish.

2018-yil sentyabr

2018-yil oktyabr


2018-yil
oktyabr




2019-yil,

doimiy

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzurida “Turon” teatr studiyasini tashkil etish va mazkur studiya orqali ajdodlarimiz, mohir sarkardalar haqida teatr spektakllarini namoyish etib borish.

1. Tegishli direktiva orqali Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzurida “Turon” teatr studiyasini tuzish.

2. “Turon” teatr studiyasi shtatini shakllantirish va tajribali ijodkor va san’atkorlarni jalb etish.

3. “Turon” teatr studiyasini zarur jihoz va vositalar bilan ta’minlash hamda repertuarini boyitish.

4. Teatr studiyasi repertuariga asosan mohir sarkardalar haqida teatr spektakllarini namoyish etish.

2018-yil sentyabr


2018-yil
oktyabr


2018-yil
dekabr


doimiy

Mudofaa vazirligi, Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi

9.

Harbiy okruglar va harbiy qismlarda ma’naviy-ma’rifiy obyektlarni barpo etish hamda ularni zamonaviy texnik vositalar bilan ta’minlash bo‘yicha 2019 — 2021-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbir rejasini ishlab chiqish.

1. Harbiy okruglar va harbiy qismlarda ma’naviy-ma’rifiy obyektlarni qurish bo‘yicha holatni o‘rganish.

2. Ma’naviy-ma’rifiy obyektlarni qurish bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda zarur bo‘ladigan zamonaviy jihozlar ro‘yxatini shakllantirish.

3. Ma’naviy-ma’rifiy obyektlarni qurish hamda ularni jihozlash bo‘yicha 2019 — 2021-yillarga mo‘ljallangan rejani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil oktyabr


2018-yil
noyabr



2018-yil
dekabr

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Harbiy qism va harbiy ta’lim muassasalarining kutubxonalari faoliyatini takomillashtirish.

1. Ishchi guruh tuzish hamda kutubxonalar faoliyatini o‘rganish.

2. Kutubxonalarni zarur mebel va jihozlar hamda ko‘rgazmali vositalar bilan ta’minlash.

3. Harbiy xizmat mutaxassisliklari yo‘nalishlari hamda eng sara badiiy adabiyotlarning ro‘yxatini shakllantirish.

4. Ro‘yxat asosida kutubxonalarni kitoblar bilan ta’minlash hamda elektron adabiyotlar bazasini yaratish.

5.Harbiy qism va harbiy ta’lim muassasalarida ko‘chma kitob javonlari tashkil qilish.

2018-yil sentyabr

2018-yil noyabr


2018-yil
dekabr



2019-yil yanvar


2019-yil fevral

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yozuvchilar uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda faol ishtirok etayotgan harbiy xizmatchilar va fuqarolarni “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlab borish.

1. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda faol ishtirok etayotgan harbiy xizmatchilar va fuqarolarni ro‘yxatini tuzish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ‘ibotini tizimli ravishda tashkil etish.

3. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha faollik ko‘rsatgan harbiy xizmatchilar va fuqarolarni ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya etib borish.

2018-yil sentyabr


2018-yil
oktyabr



har yili 1-yanvar

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yozuvchilar uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

II. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni

tashkil qilishning samarali tizimini yaratish

12.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida o‘tkaziladigan tadbirlarga taniqli fan, madaniyat, san’at va adabiyot, din arboblari, soha yo‘nalishi bo‘yicha ilg‘or mutaxassislarni keng jalb etib borish.

1. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar va tadbirlar rejasiga aniqliklar kiritish.

2. Harbiy qismlardan jamoat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ta’lim muassasalariga chorak davomida tadbirlar haqida buyurtmalar yo‘llash.

3. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishidagi tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish.

2018-yil

1-sentabr

har chorak oxirgi oyining 20 sanasida


doimiy

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Adabiyotshunos olimlar, taniqli yozuvchi va shoirlar ishtirokida yangi nashr etilgan adabiyotlar taqdimotlari, adabiy-badiiy kechalar, uchrashuv va jonli muloqotlar, yangi nashr etilgan kitoblarning taqdimotini o‘tkazib borish.

1. Adabiy-badiiy kechalar, uchrashuv va jonli muloqotlar, yangi nashr etilgan kitoblarning taqdimotini o‘tkazish rejasini tasdiqlash.

2. Harbiy qism va harbiy ta’lim muassasalarida tizimli ravishda tashkil etish.

3. Tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish.

har chorak oxirgi oyining 20 sanasida

doimiy


doimiy

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat
va ma’rifat markazi

14.

Harbiy xizmatchilar o‘rtasida insonni ma’naviy va g‘oyaviy-mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, halollik, axloq-odob ruhida tarbiyalashga qaratilgan uchrashuv va davra suhbatlar tashkil etish.

1. Uchrashuv va davra suhbatlarining rejasini tasdiqlash.

2. Harbiy qismlarda uchrashuv va davra suhbatlar tashkil etish.

3. Tadbirlarni ommaviy axborot vositallarida yoritib borish.

har chorak oxirgi oyining 20 sanasida


rejaga asosan

doimiy

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

15.

Harbiylar xizmatchilar oilalar�da sog‘lom muhitni qaror toptirish maqsadida shoir va yozuvchilar, taniqli adabiyot namoyondalari ishtirokida adabiy kechalar va uchrashuvlar tashkil etish.

1. Harbiy xizmatchilar oilalarida sog‘lom muhitni qaror toptirishga qaratilgan tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Reja asosida shoir va yozuvchilar, taniqli adabiyot namoyondalari ishtirokida insoniy fazilatlarini ochib beruvchi adabiy kechalar va uchrashuvlar tashkil qilish.

3. Tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish.

har chorak oxirgi oyining
20 sanasida

rejaga asosan



doimiy

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Yozuvchilar uyushmasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi

16.

Harbiy qismlardagi komandirlik lavozimlarida xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarni yetakchilik sifatlariga, nutq madaniyati va notiqlik san’atini rivojlantirishga qaratilgan ma’ruza mashg‘ulotlari va seminar-treninglar o‘tkazish.

1. Tegishli fanlar yo‘nalishida mavzular ro‘yxati, yillik reja-dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. O‘quv guruhlari, tadbirlarni o‘tkazuvchi shaxslar va mas’ullar ro‘yxatini shakllantirish.

3. Ilg‘or tajribalar asosida seminar-treninglar o‘tkazib borish.

har chorak oxirgi oyining
20 sanasida


rejaga asosan

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi

17.

Harbiylar xizmatchilarning hududlardagi tarixiy obidalar, muzeylar, ziyoratgohlar va diqqatga sazovor joylarga muntazam tashriflar uyushti�ib borish.

1. Tarixiy obidalar, muzeylar, ziyoratgohlarga tashrif reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2. Tarixiy obidalar, muzeylar, ziyoratgohlarga tashriflarni tashkil etish.

3. Tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish.

har chorak oxirgi oyining
20 sanasida

rejaga asosan


doimiy

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari

18.

Harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasi va bilimini oshirish, notiqlik san’atini rivojlantirish, dunyo-qarashlarini shakllantirish hamda harbiy xizmatchilar erishayotgan yutuqlar va ularning ijtimoiy himoyasi borasida amalga oshiri�ayotgan ishlar haqida respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar uyushtirish.

1. Harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasi va bilimini oshirish, notiqlik san’atini rivojlantirish, dunyoqarashlarini shakllantirish tadbirlarini ommaviy axborot vositalarida yoritish bo‘yicha media-reja ishlab chiqish.

2. Harbiy xizmatchilar erishayotgan yutuqlar va ularning ijtimoiy himoyasi borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maqolalar va ko‘rsatuvlar tayyorlash.

3. Harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasi va bilimini oshirish borasida tashkil etilayotgan tadbirlar haqida respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar qilish.

har chorak oxirgi oyining
20 sanasida


rejaga asosan


rejaga asosan

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar v� Toshkent shahar hokimliklari

19.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi shakl va usullarini yaratib borish va ularni tatbiq etish.

1. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi shakl va usullarini ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassislar va ijodkorlarni jalb qilish.

2. Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tanlovlar tashkil etish.

3. Tanlov natijalariga asosan metodik va o‘quv qo‘llanmalari yaratish.

2018-yil noyabr



2019-yil ya
nvar



2019-yil m
art

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Fa�qulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Madaniyat vazirligi, Respublika Ma’naviyat
va ma’rifat markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yozuvchilar uyushmasi

Oldingi tahrirga qarang.

1.

A. Azizov

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, respublika idoralararo komissiyasi rahbari

2.

A. Kadirov

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, respublika idoralararo komissiyasi rahbari o‘rinbosari

3.

A. Ikramov

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining o‘rinbosari, respublika idoralararo komissiyasi rahbari o‘rinbosari

4.

D. Nazarmuxamedov

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

5.

A. Qo‘ldoshev

O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari

6.

kelishuvga asosan

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari

7.

Sh. Shakirov

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining o‘rinbosari

8.

Sh. Jalilov

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi raisi

9.

Sh. Javlonov

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari

10.

D. Tashmuxamedova

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori

11.

O. Tadjiyev

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari

12.

D. Maxsudov

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

13.

A.Z. Sa’dullayev

O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o‘rinbosari — Yoshlar ishlari agentligi direktori

14.

Z. Mahkamova

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

15.

N. Xolbo‘tayev

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari

16.

O. Abduraxmanov

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari

17.

S. Boboxo‘jayev

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari

18.

K. Akilova

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining o‘rinbosari

19.

M. Istamov

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari

20.

N. Mullabayev

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari

21.

K. Allamjonov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori v.b.

22.

A. Xadjayev

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi

23.

A. Ko‘chimov

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

24.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisining o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari

(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)