02.08.2018 yildagi PQ-3894-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida sogʻliqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan yillarda mamlakatda sogʻliqni saqlashni boshqarishning yagona tizimini yaratish, tibbiyotning xususiy sektorini rivojlantirish, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish va sogʻlom avlodni shakllantirish uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash borasida keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ushbu sohada sogʻliqni saqlashni samarali isloh qilishga toʻsqinlik qilayotgan qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, mamlakatimiz sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish boʻyicha uzoq muddatli strategiyaning mavjud emasligi oqibatida ushbu sohadagi islohotlar toʻliq boʻlmagan shaklda va tizimsiz tarzda amalga oshirilmoqda, bu esa aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish samaradorligi va sifatini oshirish imkonini bermayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, respublika sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishda sogʻliqni saqlashni boshqarishning xorijiy mamlakatlarda qoʻllanilayotgan muvaffaqiyatli tajribasi va aniq innovatsion modellari lozim darajada hisobga olinmayotganligi sohaga investitsiyalarni jalb etish va xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkonini bermayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari, eng avvalo, respublikaning xususiy sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning kasbiy malakasini oshirish va lozim darajada saqlash, ularning koʻnikmalari zamonaviy talablarga muvofiqligi ustidan taʼsirchan monitoring tizimi joriy etilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, xususiy sektorni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash orqali davlatning sogʻliqni saqlashga xarajatlarini maqbullashtirishga, shuningdek, xususiy tibbiyot tashkilotlarini budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilayotgan birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish tizimiga integratsiya qilishga yetarlicha eʼtibor qaratilmayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, klinik protokollar va tibbiy standartlarning mukammal emasligi, shuningdek, innovatsion ishlanmalar va texnologiyalardan foydalanish darajasining pastligi aholiga tibbiy yordamni tashkil etishga zamonaviy uslub va yondashuvlarni joriy etish imkonini bermayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari toʻgʻrisida haqqoniy maʼlumotlar, shuningdek, ishonchli tibbiyot statistikasining yagona bazasi shakllantirilmaganligi sogʻliqni saqlash tizimi ahvolini munosib baholash va mavjud muammolarni hal etish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bermayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchidan, hal etilmagan muammo va kamchiliklarning saqlanib qolayotganligi jamiyatda tibbiyot xodimlarining imidji va obroʻsiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda, ushbu kasb nufuzini va mamlakatimiz sogʻliqni saqlash tizimiga boʻlgan ishonchni pasaytirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishni tubdan yaxshilash, respublika sogʻliqni saqlash sohasini boshqarish tizimining samaradorligini oshirish, shuningdek, sohaga chet el investitsiyalarini faol jalb qilish, umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar va innovatsion texnologiyalarni joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasida sogʻliqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etishning strategik maqsadlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumeʼtirof etilgan xalqaro metodikalarga muvofiq aniqlanadigan mamlakat aholisi salomatligi koʻrsatkichlarining barqaror yaxshilanishini va sogʻliqni saqlash tizimidan qanoatlanganlik darajasini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki bosqichda mintaqada aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish samaradorligi boʻyicha yetakchi oʻrinlarni hamda keyinchalik sogʻliqni saqlash tizimi samaradorligining jahon reytinglarida munosib oʻrinni egallash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam hajmida xususiy sektor ulushini salmoqli darajada koʻpaytirish, ushbu xizmatning sifatini va undan foydalanish imkoniyatlarini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy iqtisodiyotning budjetni shakllantiradigan tarmogʻi sifatida tibbiy turizmni shakllantirish, keyinchalik uning mamlakat yalpi ichki mahsulotiga hissasini izchil oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika tibbiyot va farmatsevtika xodimlari, shu jumladan, boshqaruv kadrlariga xalqaro standartlarga muvofiq uzluksiz taʼlim berish va ular malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (keyingi oʻrinlarda — Milliy palata) tashkil etilsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro standartlar asosida zamonaviy klinik qoʻllanmalar va protokollar, diagnostika va davolash sifatiga oid standartlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot statistikasini tahlil qilish, shuningdek, statistik koʻrsatkichlarni shakllantirishda xalqaro standartlar va metodikalarni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika shifokorlari va provizorlarini roʻyxatga olish, shuningdek, umumiy foydalanish uchun ochiq boʻlgan yagona elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot xodimlarining obroʻsini, ushbu kasb nufuzi va mamlakatimiz sogʻliqni saqlash tizimiga boʻlgan ishonchni oshirish, tibbiyot xodimlariga odob-axloq qoidalarini singdirish, korrupsiya koʻrinishlariga barham berish va ularning oldini olish, shuningdek, ularning kasbiy faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini taʼminlash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot xodimlari kasbiy malaka darajasi, shuningdek, ularning koʻnikmalari zamonaviy talablar va jahonning eng yaxshi amaliyotiga muvofiqligi ustidan, shu jumladan, ular faoliyatini yakka tartibda litsenziyalashni joriy etish orqali taʼsirchan monitoring tizimini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz tibbiyot tashkilotlarining bu boradagi faoliyatini va jahonning eng yaxshi amaliyotini chuqur oʻrganish asosida shifokor (tibbiy) xatolari, kasalliklarni notoʻgʻri diagnostika qilish va davolash holatlarini kamaytirishning taʼsirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat sogʻliqni saqlashni boshqarish tizimiga, shu jumladan, tibbiyot tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish masalalarida xorijning eng yaxshi amaliyotini moslashtirilgan tarzda joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalarini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining oʻz malakasi va kasbiy darajasini muntazam ravishda oshirib borishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyadan oʻtkazish va malaka toifalari berish jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish orqali uning shaffofligini taʼminlash.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, Milliy palata:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Jamiyat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti va uning hududiy boʻlinmalari negizida ularni moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolingan holda tashkil etiladi hamda ularning huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻz tarkibiy boʻlinmalariga ega boʻladi, ularning tuzilmalari va nizomi Milliy palata raisi tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini birlashtiruvchi, respublika sogʻliqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish, shu jumladan, ushbu qarorning 1-bandida belgilangan strategik maqsadlarga erishishni taʼminlash uchun masʼul tashkilot hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish sohasida hamda vakolatiga kiritilgan boshqa masalalar boʻyicha tibbiyot va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot, farmatsevtika va boshqa tashkilotlarning muassisi sifatida qatnashish, sogʻliqni saqlash sohasi xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida xizmat koʻrsatishni tashkil etish huquqiga ega;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada kasbiy faoliyatni amalga oshirayotgan shifokorlar va provizorlarni roʻyxatga olish, shuningdek, ular toʻgʻrisida umumiy foydalanish uchun ochiq boʻlgan yagona elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritishni taʼminlaydi;
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy palataning tuzilmasi va nizomi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, 2024-yil 1-yanvardan shifokorlar va provizorlarning Milliy palatada roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritishi taqiqlanadi.
(3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Milliy palata huzurida quyidagilar tashkil etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasida Sogʻliqni saqlashning innovatsion modelini joriy etish boʻyicha maslahat kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashga Milliy palata raisi rahbarlik qiladi hamda uning tarkibi sogʻliqni saqlash sohasidagi tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari orasidan shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash sogʻliqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish boʻyicha Milliy palataning kollegial maslahat organi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash tarkibi Milliy palata raisi tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuridik shaxs tashkil etmagan holda, mablagʻlari tijorat bankidagi maxsus, shu jumladan, valyuta hisobvaragʻida jamlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlashni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shifokorlar va provizorlarni roʻyxatga olishni amalga oshirishdan, shuningdek, ular faoliyatini litsenziyalashdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatish va boshqa xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishdan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini banklarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xayriya qiluvchilar — jismoniy va yuridik shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarma mablagʻlari, shu jumladan, quyidagilarga yoʻnaltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy palatani saqlash, uning faoliyatini moddiy-texnik taʼminlash va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro standartlarga muvofiq ilgʻor tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlarini tashkil etish, shuningdek, ularni zamonaviy uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy klinik qoʻllanmalar va protokollar, diagnostika va davolash sifatiga oid standartlar, tibbiyot tashkilotlarini moddiy-texnik jihozlash standartlarini ishlab chiqish va joriy etishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlarining binolari, inshootlari va boshqa infratuzilmasini qurish, ularni zamonaviy uskunalar bilan, shu jumladan, lizing shartlarida jihozlashga qaytarish sharti bilan va imtiyozli asosda mablagʻ ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini xorijda tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, oʻqitish, malaka oshirish va tajriba almashishni respublikada tashkil etish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika shifokorlari va provizorlari toʻgʻrisida umumiy foydalanish uchun ochiq boʻlgan yagona elektron maʼlumotlar bazasini yaratish va yuritish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash sohasida xayriya faoliyatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy palata zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga qaratilgan boshqa tadbirlarni moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Milliy palata 2018-yil oxiriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Jamiyat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazsin hamda Milliy palatani yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy palataga 2018-yilda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Jamiyat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti va uning hududiy boʻlinmalarini saqlash uchun nazarda tutilgan mablagʻlarning ajratilishini hamda keyingi yillarda mablagʻlar hajmlarining saqlab qolinishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash sohasini boshqarish tizimini isloh qilish doirasida Milliy palataning asoslantirilgan hisob-kitoblari boʻyicha yetakchi xorijiy tashkilotlar vakillarining ekspert koʻmagini jalb etishga doir xarajatlarning moliyalashtirilishini taʼminlasin.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy palataga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais rahbarlik qiladi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy palata raisi mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy palata raisi sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ikki nafar oʻrinbosarga ega;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va sarflash, shuningdek, Milliy palata va uning boʻlinmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlari Kengash tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Milliy palata raisiga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida zarur hollarda, budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan davlat organlari, ilmiy-taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar mutaxassislarini, shuningdek, boshqa ekspertlarni maslahatchi sifatida shartnoma asosida jalb etish huquqi berilsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga — Milliy palataning Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, boshqa davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlar bilan samarali oʻzaro hamkorligi taʼminlanishi, shuningdek, sogʻliqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarning sifatli amalga oshirilishi ustidan taʼsirchan nazorat oʻrnatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga — Milliy palata va boshqa manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda sogʻliqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Milliy palata manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Milliy palata toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutadigan hukumat qarori loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Milliy palata 2022-yil 1-yanvarga qadar muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona ijtimoiy toʻlovdan tashqari, barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrnatilgan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha respublikada ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, kompyuter texnikasi, oʻqitishning texnik vositalari, adabiyotlar, multimedia mahsulotlari, qurilish materiallari, inventar va boshqa moddiy-texnika resurslari uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati 2018-yil yakunlariga koʻra Milliy palata faoliyatining samaradorligini oʻrgansin hamda 2019-yil 1-fevralga qadar muddatda uning faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, shifokorlar va provizorlar faoliyatini yakka tartibda litsenziyalash tizimini joriy etish boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Milliy palataning buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb etilayotgan chet el mutaxassislari, shu jumladan, xalqaro ekspertlarga belgilangan tartibda kirish vizalarining konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Milliy palataning buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb etilayotgan chet el mutaxassislari, shu jumladan, xalqaro ekspertlarga belgilangan tartibda davlat boji undirilmasdan koʻp martalik kirish vizalari berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, ularning turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi va uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Milliy palata buyurtmanomalariga binoan belgilangan tartibda respublikaga chet el mutaxassislari, shu jumladan, xalqaro ekspertlarni jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, ushbu chet el fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Milliy palatani belgilangan tartibda hukumat va shahar aloqasi bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov) Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir hafta muddatda Milliy palataning joylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Milliy palataga 6 ta, shu jumladan, 4 ta shaxsiy, 1 ta yuqori oʻtish qobiliyatiga ega boʻlgan va 1 ta navbatchi avtotransport vositasini sotib olish va saqlashga limit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Milliy palata Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 2-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3894-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2018-y., 07/18/3894/1615-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)