16.07.2018 yildagi 538-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘z kuchini yo‘qotayotgan umummajburiy idoraviy hujjatlarning o‘rniga yangi normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, zamonaviy talablarga javob beradigan yangi normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni qabul qilish hamda umummajburiy idoraviy hujjatlar o‘z kuchini yo‘qotayotganligi sababli qonunchilikda huquqiy bo‘shliq kelib chiqishini oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2019-yil 1-yanvardan O‘zbekiston Respublikasi hududida 1993-yil 17-iyungacha qabul qilingan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tmagan umummajburiy idoraviy hujjatlar, shu jumladan sobiq SSSRning idoraviy hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘z kuchini yo‘qotayotgan umummajburiy idoraviy hujjatlarning o‘rniga yangi normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi o‘rinlarda Reja deb yuritiladi) ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* ilova rus tili matnida berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlik va idoralarning rahbarlariga Rejada ko‘rsatilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlanishi, ekspertiza qilinishi va kelishishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Rejada ko‘rsatilgan mas’ul ijrochilar har oyning 25-kunidan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga Rejaning ijro holati to‘g‘risida axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Rejaning ijro holati yuzasidan umumlashtirilgan axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletovga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 16-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
538-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/538/1518-son)