3-ILOVA
|
Shifr |
Taʼlim yoʻnalishi |
2018/2019 oʻquv yiliga kvota | |||
|
Jami |
shu jumladan: | ||||
|
grant |
kontrakt | ||||
|
|
|
150 |
30 |
120 | |
|
5120700 |
Jahon siyosati (mintaqalar boʻyicha) |
30 |
6 |
24 | |
|
5231100 |
Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha) |
75 |
15 |
60 | |
|
5240100 |
Yurisprudensiya (xalqaro-huquqiy faoliyat) |
45 |
9 |
36 | |
|
| |||||
|
Shifr |
Taʼlim yoʻnalishi |
2018/2019 oʻquv yiliga kvota | |||
|
Jami |
shu jumladan: | ||||
|
grant |
kontrakt | ||||
|
|
|
50 |
10 |
40 | |
|
5A120701 |
Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati |
8 |
1 |
7 | |
|
5A231101 |
Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha) |
9 |
2 |
7 | |
|
5A231102 |
Tashqi iqtisodiy faoliyat (tarmoqlar va faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha) |
9 |
2 |
7 | |
|
5A240105 |
Xalqaro huquq (sohalar boʻyicha) |
6 |
1 |
5 | |
|
5A240106 |
Diplomatik va konsullik huquqi |
4 |
1 |
3 | |
|
5A240111 |
Xalqaro biznes huquqi |
5 |
1 |
4 | |
|
|
Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati |
9 |
2 |
7 | |
4-ILOVA
Buyurtmachi-tashkilotlar roʻyxati | Talabalar soni | |
Bakalavriat taʼlimi yoʻnalishi | 150 | |
1. | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati apparatlari | 4 |
2. | Tashqi ishlar vazirligi | 30 |
3. | Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi | 6 |
4. | Adliya vazirligi | 10 |
5. | Ichki ishlar vazirligi | 5 |
6. | Mudofaa vazirligi | 5 |
7. | Davlat bojxona qoʻmitasi | 6 |
8. | Prokuratura organlari | 8 |
9. | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi | 7 |
10. | Xokimliklar | 7 |
11. | Innovatsion rivojlanish vazirligi | 7 |
13. | Savdo-sanoat palatasi | 5 |
14. | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi | 6 |
15. | Iqtisodiyot vazirligi | 7 |
16. | Milliy gvardiya | 5 |
17. | Davlat xavfsizlik xizmati | 5 |
18. | Milliy statistika qoʻmitasi | 2 |
19. | Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti | 7 |
20 | Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti | 3 |
21. | Inson huquqlari milliy markazi | 2 |
22. | Siyosiy partiyalar | 5 |
5-ILOVA
|
T/r |
Rejalashtirilayotgan tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. JIDUda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish | ||||
|
1. |
Universitetda joriy etilayotgan yangi taʼlim yoʻnalishlari: “xalqaro iqtisodiyot va menejment”, “gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati” kabi yoʻnalishlar oʻqitish uchun kiritilayotganligini hisobga olgan holda taʼlim standartlarini tasdiqlash. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2018-yil iyun |
TIV, Oliy taʼlim vazirligi |
|
2. |
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bakalavriati va magistraturasida oʻqish uchun talabalarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisida quyidagilarni nazarda tutuvchi Nizomni tasdiqlash: chet tili, matematika hamda tarix, ona tili va adabiyot boʻyicha test sinovlarini oʻtkazgan holda bakalavriatda oʻqish uchun abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish tartibini joriy etish; JIDUga kirish uchun abituriyentlarni tanlab olish boʻyicha dastlabki imtihon sinovlarini oʻtkazish tartibi; bakalavriatga qabul qilishda chet tili boʻyicha bilim darajasini aniqlashning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari, bunda IELTS bilimlar darajasi koʻrsatkichi — kamida 5,5 ball, TOEFL IBT boʻyicha kamida 61 ball, shuningdek, Test DaF, GOETNE sertifikati, DELF imtihonlari va hokazolar boʻyicha CEFR uslubidagi B2 minimal koʻrsatkichga ega, umum tomonidan qabul qilingan, shu jumladan amaldagi xalqaro sertifikatlar asos boʻladi; magistraturaga qabul qilishda chet tili boʻyicha bilim darajasini aniqlashning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari, bunda IELTS bilimlar darajasi koʻrsatkichi — kamida 6,5 ball, TOEFL IBT boʻyicha kamida 85 ball, shuningdek, Test DaF, GOETNE sertifikati, DALF imtihonlari va hokazolar boʻyicha CEFR uslubidagi S1 minimal koʻrsatkichga ega, umum tomonidan qabul qilingan, shu jumladan amaldagi xalqaro sertifikatlar asos boʻladi. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2018-yil iyun |
TIV, DTM, Oliy taʼlim vazirligi |
|
3. |
Xorijiy tillarga oʻqitish va sinxron tarjimonlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha kompleks dasturni qabul qilish va amalga oshirish. |
Qoʻshma qaror |
2018-yil avgust |
TIV, Oliy taʼlim vazirligi, OʻzDJTU |
|
4. |
Talabalar tomonidan oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotini oʻtash hamda keyinchalik ularning ishga joylashtirilishini taʼminlash tartibini tasdiqlash, bunda talabalar amaliyotini tashkil etish va bitiruvchilarni ishga joylashtirish toʻgʻrisidagi idoralararo bitimlarni tuzish va ularning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash, JIDU bitiruvchilarining lavozimlar boʻyicha oʻsishining taʼsirchan monitoringini amalga oshirish mexanizmlari nazarda tutiladi. |
Qoʻshma qaror |
2018 yilnoyabr |
TIV,Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, TSV, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
|
5. |
2018/2019 oʻquv yilidan boshlab JIDUda “gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha taʼlimni tashkil etish borasidagi tashkiliy-huquqiy, oʻquv-uslubiy chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish. |
Qoʻshma qaror |
2018 yil avgust |
TIV, Oliy taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
|
6. |
Bakalavriat va magistraturada toʻlov kontrakt asosida taʼlim olish qiymatining miqdorini belgilash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Qoʻshma qaror |
2018 yil iyul |
TIV, Moliya vazirligi |
|
7. |
Chet ellardagi ixtisoslashgan sherik — oliy oʻquv yurtlarining innovatsion va ilgʻor xalqaro amaliyot tajribasini oʻquv, ilmiy-tadqiqot va maʼmuriy faoliyatga tizimli asosda joriy etishni tashkil qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. |
Qoʻshma qaror |
2018 yil noyabr |
TIV, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
8. |
Chet mamlakatlarning yetakchi turdosh oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tahliliy markazlari bilan xalqaro aloqalarni chuqurlashtirish boʻyicha 2018 — 2020 yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash. |
Buyruq |
2018 yil noyabr |
TIV |
|
9. |
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda mazkur Universitet huzuridagi Oliy diplomatiya maktabining Ustavlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. JIDUning yangi tashkiliy-shtat tuzilmasini yuqori malakali mutaxassislar, oʻqituvchi kadrlar bilan toʻldirish, shuningdek, Universitetning kam samarali va bir-birini takrorlovchi boʻlinmalarini tugatish hamda ularning xodimlari bilan mehnat shartnomalarini belgilangan tartibda toʻxtatish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. |
Buyruq |
2018 yil avgust |
TIV, JIDU |
|
10. |
Vazirliklar va idoralarning yuqori malakali mutaxassis-larini, shu jumladan sobiq diplomatlarni taʼlim faoliyatiga jalb etish amaliyotini joriy qilish va rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Qoʻshma qaror |
2018 yil sentabr |
TIV, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
11. |
Masofaviy taʼlim va mustaqil bilim olish usullarini, interaktiv mashgʻulotlar hamda boshqa zamonaviy innovatsion texnologiyalarni, mazkur sohadagi ilgʻor xorijiy tajribani oʻquv jarayoniga tatbiq etish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2018 yil sentabr |
TIV, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
II. Tashqi-siyosiy va tashqi-iqtisodiy tuzilmalar kadrlarini, shuningdek, professor-oʻqituvchilar tarkibini | ||||
|
12. |
Diplomatiya, boshqaruv kadrlari va mutaxassislarini Oliy maktabda qayta tayyorlash, malakasini oshirishni tashkillashtirish boʻyicha tashkiliy-huquqiy, oʻquv-uslubiy chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish. |
Qoʻshma qaror |
2018 yil avgust |
TIV, TSV, DBA |
|
13. |
Diplomatik xizmat xodimlarini, tashqi-siyosiy va tashqi-iqtisodiy tuzilmalarning xalqaro sohadagi mutaxassislarini Oliy maktabda qayta tayyorlash, malakasini oshirish va kadrlar zaxirasini shakllantirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2018 yil avgust |
TIV, TSV, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
|
14. |
JIDU va Oliy diplomatiya maktabining maʼmuriy-boshqaruv va professor-oʻqituvchilar tarkibiga diplomatik martaba berish Tartibini tasdiqlash. |
Buyruq |
2018 yil sentabr |
TIV, Adliya vazirligi |
|
15. |
Universitet kadrlarining TIV markaziy apparatida va Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy muassasalarida stajirovkadan oʻtishi hamda ularni rotatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash. |
Buyruq |
2018 yiloktabr |
TIV, Adliya vazirligi |
|
16. |
Amaliyotda talab etilgan mutaxassislarni manzilli tayyorlash, shuningdek, buning asosida Universitet mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlashga yillik maqsadli buyurtmalar portfelini shakllantirishni taʼminlash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, tashqi-siyosiy va tashqi-iqtisodiy sohalardagi nodavlat tashkilotlarining kadrlarga boʻlgan joriy va istiqboldagi talab-ehtiyojlarini kompleks tahlil qilishning doimiy ishlaydigan tizimini yaratish. |
Qoʻshma qaror |
2018 yiloktabr |
TIV, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, TSV, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
17. |
Universitet va Oliy maktab professor-oʻqituvchilari malakasini Oʻzbekistonning yetakchi taʼlim va tahliliy muassasalarida, xorijiy mamlakatlarning taʼlim va tadqiqot markazlarida bdjet hamda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan majburiy ravishda oshirishning uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. |
Buyruq |
2018 yil sentabr |
TIV, Oliy taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi |
|
18. |
Vazirliklar va idoralardan, yetakchi oliy taʼlim va ilmiy muassasalardan, tadqiqot markazlaridan, shu jumladan xorijiy mamlakatlardan yuqori malakali mutaxassislar va ekspertlarni kontrakt asosida Universitet va Oliy maktabga oʻqituvchilik qilishga jalb etish boʻyicha yaxlit dasturni ishlab chiqish. |
Qoʻshma qaror |
2018 yiloktabr |
TIV, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, TSV, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
III. JIDUning ilmiy-tadqiqot va axborot-tahliliy salohiyatini oshirish | ||||
|
19. |
2019-2021-yillarda xalqaro munosabatlar, tashqi-iqtisodiy va tashqi-siyosiy faoliyat sohasidagi fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar Kompleks dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish. |
Buyruq |
2018 yiloktabr |
TIV, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
20. |
JIDUda innovatsion faoliyatni rivojlantirish, Universitetning tashqi-iqtisodiy, tashqi-siyosiy faoliyat sohasi, shuningdek, taʼlim sohasidagi ilmiy-amaliy ishlanmalari tatbiq etilishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish. |
Qoʻshma qaror |
2018 yiloktabr |
TIV, Innovatsion rivojlanish vazirligi,Oliy taʼlim vazirligi |
|
21. |
Xalqaro munosabatlar, xalqaro iqtisodiyot va menejment, xalqaro huquqning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks dasturni qabul qilish. |
Qoʻshma qaror |
2018 yil noyabr |
TIV, OAK, Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
22. |
Xalqaro iqtisodiy va siyosiy tadqiqotlar markazi hamda Xalqaro-huquqiy tadqiqotlar va qiyosiy ommaviy huquq markazining Nizomlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
TIV buyrugʻi |
2018 yil avgust |
TIV |
|
IV. JIDUning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari | ||||
|
23. |
JIDUning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish: binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish hamda mukammal taʼmirlash; mahalliy isitish tizimini yaratish; bosmaxona, poligrafiya va nashriyot bazasini modernizatsiya qilish; Universitetni zarur mebel, anjomlar, oʻquv va laboratoriya uskunalari, kompyuter va boshqa orgtexnika, kutubxona fondi bilan jihozlash; Universitet hududini obodonlashtirish; JIDU faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2018 yil avgust |
Vazirlar Mahkamasi, TIV, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
24. |
Universitet va Oliy maktabning boshqaruv xodimlari, professor-oʻqituvchilari, ilmiy, oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun Maxsus jamgʻarma hamda ularning xodimlariga har oylik ustamalar belgilash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Qoʻshma qaror |
2018 yiliyun |
TIV, Moliya vazirligi |