1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 29-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3028]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 28-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16/21-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/21-sonli qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻRIQNOMA

Mazkur Yoʻriqnoma tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Yoʻriqnomada quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aylanma kassa — bank ish kuni davomida kassa hujjatlari asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olish, sanab-saralash, oʻrab-bogʻlash hamda ularni boshqa qimmatliklardan alohida saqlash va chiqim qilish uchun bank kassa tarmogʻida tashkil etilgan kirim va chiqim kassalari yoki kirim-chiqim kassasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar — mini bank kassasi, bank xizmatlari ofisi kassasi, maxsus kassa va boshqa barcha turdagi kassalar;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankomat — bank plastik kartasi saqlovchisiga oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish rejimida naqd puldagi va bajarilgan boshqa operatsiyalar boʻyicha sliplarni olish, shuningdek bank plastik kartasi orqali asosiy va qoʻshimcha operatsiyalarni amalga oshirish, jumladan mablagʻlarni hisobga kiritish va hisobdan chiqarish, bank plastik kartasining balansi va bankdagi hisobvaraq qoldigʻi holati toʻgʻrisida axborot olish va parollarni oʻzgartirish imkonini beruvchi elektron-mexanik moslama;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
valyuta qimmatliklari — naqd chet el valyutasi, chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar, chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlari va sof quyma oltin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inkassatsiya punkti — bozor va savdo majmualari hududida faoliyat yuritayotgan xoʻjalik subyektlari tomonidan inkassatsiya sumkalariga (qoplariga) solingan naqd pul tushumlarini inkassatsiya xizmati xodimiga topshiriladigan maxsus joy (xona);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inkassatsiya xizmati — xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shuningdek banklar, banklarning filiallari va alohida boʻlinmalariga tegishli boʻlgan naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilish, tashish hamda kuzatib borish xizmati;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta sanash kassasi — bank ish kuni davomida inkassatorlar guruhi tomonidan yigʻib kelingan hamda kechki kassa xodimlaridan qabul qilib olingan inkassatsiya sumkalaridagi (qoplaridagi), shuningdek qayta sanash uchun kassa mudiri tomonidan topshirilgan naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanashga moʻljallangan kassa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kassa operatsiyalari — kassa hujjatlari asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni kirim yoki chiqim qilish, qayta sanash, saralash, oʻrab-bogʻlash, almashtirib berish hamda inkassatorlardan qabul qilib olish yoki ularga tashish uchun topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kassa tarmogʻi — naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan kassa operatsiyalarini bajarish hamda ularning but saqlanishini taʼminlash uchun tashkil etilgan kirim, chiqim, qayta sanash va kechki kassalar hamda pul omborlari joylashgan hudud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kassa hujjatlari — belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, naqd pul va boshqa qimmatliklarni kirim yoki chiqim qilish uchun, shuningdek inkassatorlardan qabul qilib olish yoki ularga tashish uchun topshirishda asos boʻlib xizmat qiluvchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kechki kassa — bank ish kuni yakunlanganidan soʻng, inkassatorlar guruhidan naqd pul va boshqa qimmatliklar solingan yoki boʻsh inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) qabul qilib olish hamda ish kuni uzaytirilgan kassalarda ish yakunlangach, ulardagi naqd pul va boshqa qimmatliklar qoldigʻini qabul qilib olish, shuningdek dam olish va bayram kunlari ishlaydigan kassalarga madad pullarini berish uchun tashkil etilgan kassa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatliklar — bank kassa tarmogʻiga saqlash uchun yoki garov taʼminoti sifatida topshirilgan va oʻz qiymatiga ega boʻlgan barcha qimmatliklar (qimmatbaho metall va toshlardan tayyorlangan buyumlar, saqlash uchun topshirilgan qimmatli qogʻozlar, mulklar va mulkiy huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar, qatʼiy hisobda turuvchi blanklar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirim kassasi — bankda oʻz hisobvaragʻiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan bank ish kuni davomida kirim kassa hujjatlari asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib oluvchi kassa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqd pullar — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan turli nominallardagi banknot va tangalar koʻrinishida muomalaga chiqarilgan pullar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
plombalash — naqd pul va boshqa qimmatliklarni tashishda inkassatsiya sumkasi (qopi) va bankomat kassetalariga hamda naqd pullar joylangan temir shkaf va seyflarga bir martalik raqamlangan shtrix yoki QR kodli plastik plomba, shuningdek shpagat ip, qoʻrgʻoshin va plombirator yordamida plomba oʻrnatish;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) asosan oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul ombori — bank binosining kassa tarmogʻi joylashgan hududda tegishli texnik talablar asosida qurilgan hamda naqd pul va boshqa qimmatliklarni saqlash uchun moʻljallangan ombor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sayyor kassa — bankning maxsus jihozlangan avtomashinasida joyiga chiqqan holda, jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etilgan toʻlov hujjatlariga asosan, toʻlovlarni naqd pulda yoki bank kartalari orqali qabul qilib oluvchi kassa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
slip — bank kartasidan foydalanilgan holda terminal yoki bankomatda kirim yoki chiqim operatsiyalari bajarilganligini tasdiqlovchi va oʻzida bajarilgan operatsiyalarning summasi, turi, sanasi, shuningdek bank kartasi, terminal yoki bankomatni identifikatsiya maʼlumotlarini oʻzida aks ettiruvchi terminal yoki bankomat kvitansiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chakana amaliyotlar kassasi — bank ish kuni davomida jismoniy shaxslardan kassa hujjatlari asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olish yoki chiqim qilish, shuningdek ularning bank kartalari orqali toʻlovlarni qabul qilish hamda valyuta ayirboshlash shoxobchasi va chakana kassa xizmatlarining boshqa turlarini koʻrsatish uchun tashkil etilgan kassa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqim kassasi — bankda oʻz hisobvaragʻiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga bank ish kuni davomida chiqim kassa hujjatlari asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni chiqim qiluvchi kassa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inkassa xonasi — naqd pul tushumlari solingan va belgilangan tartibda plombalangan sumkani (qopni) bevosita mijozdan qabul qilib olish uchun moʻljallangan xona.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur Yoʻriqnoma maqsadlari uchun tijorat banki, bank va bank filiali deganda qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda xos raqam (bank kodi)ga ega boʻlgan tijorat banki filiallari, amaliyot boshqarmalari, bank xizmatlari ofislari (markazlari) va boshqa alohida boʻlinmalar tushuniladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 25-noyabrdagi 39/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-8, 03.01.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 10/24/3028-8/0024-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bankda naqd pullar va boshqa qimmatliklar bilan kassa operatsiyalarini bajarish, bank kassasidagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni but saqlash hamda ularni tashish, bank kassa tarmogʻini hamda bank binosi va binodan tashqarida kassalarni qurish, jihozlash va qoʻriqlash ishlarini mazkur Yoʻriqnoma hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilishi lozim.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bosh bank tomonidan bir yilda kamida bir marotaba oʻz tasarrufidagi bank filiallarida kassa ishini tashkil etilishi va kassa operatsiyalarini bajarishda mazkur Yoʻriqnoma talablariga rioya etilishi tekshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh bank xodimlari tekshirish natijasida bank filialida aniqlangan xato va kamchiliklarni ushbu Yoʻriqnoma talablariga asosan bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam koʻrsatishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bank oʻz mijozlariga kassa xizmatini koʻrsatish uchun alohida ajratilgan kassa tarmogʻiga hamda kassa xodimlariga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Naqd pul va boshqa qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan hamda kassa operatsiyalarini bajaruvchi barcha xodimlar bilan (shu jumladan, kechki kassaning buxgalter-nazoratchisi bilan ham) moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bank kassirlari oʻrab-bogʻlagan naqd pul va boshqa qimmatliklarning bogʻlamlari (dastalari) bank kassirlari yoki mijozlar tomonidan (kassa xodimlari kuzatuvi ostida) qayta sanalganida kamomad (toʻlovga yaroqsiz, qalbaki pullar va qimmatliklar) aniqlansa, aniqlangan kamomad summasi uchun ushbu bogʻlamni (dastani) shakllantirgan kassir qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy javobgar hisoblanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 19-bobi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bankning kassa tarmogʻi, tashkil etiladigan kassalar Banklar va ularning filiallari binolarida kassa tarmoqlarini tuzilishiga qoʻyiladigan texnik talablarga (roʻyxat raqami 2816, 2016-yil 26-iyul) toʻliq rioya etilgan holda qurilishi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda jihozlangan boʻlishi shart.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bank tomonidan mijozlarga kassa xizmatlarini koʻrsatish uchun bank (filial) binosida va binodan tashqarida tashkil etilgan barcha turdagi kassalarni qurilishi, zaruriy asbob-uskunalar bilan jihozlanishi, kassa uzelining tayyorligi va dasturiy-texnik vositalar bilan jihozlanganligi boʻyicha Bosh bank mutaxassislari tomonidan berilgan ijobiy xulosa asos boʻlib hisoblanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bank rahbari, bosh buxgalteri va kassa mudiri kassa ishini toʻgʻri tashkil etish, naqd pullar va boshqa qimmatliklar but saqlanishini taʼminlash hamda mijozlarga ushbu Yoʻriqnoma talablari asosida kassa xizmatlari koʻrsatilishi uchun masʼuldirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank tomonidan mijozlarga kassa xizmatini koʻrsatish bank va mijoz oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bankda kassa operatsiyalarini bajarish va mijozlarga kassa xizmatini koʻrsatish uchun aylanma kassa va chakana amaliyotlar kassalari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Aylanma kassa bank binosida tashkil etilib, unga tegishli boʻlgan barcha banknot va tangalar hisobi 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvaragʻida yuritiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 8-oktabrdagi 31/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-9, 11.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2024-y., 10/24/3028-9/0917-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bank kassasi orqali xoʻjalik yurituvchi subyektlarga kassa xizmatlarini koʻrsatishda kassa xodimi tomonidan kirim va chiqim kassa amallari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kassa xodimiga bunday amallarni bajarish boʻyicha vakolat berilgan hollarda mustaqil bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kassa xodimiga bunday amallarni bajarish boʻyicha vakolat berilmagan hollarda bankning masʼul xodimi ruxsati asosida bajarilishi mumkin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bank tomonidan jismoniy shaxslarga koʻrsatilayotgan chakana kassa xizmatlari turi hamda kassa operatsiyalarining hajmidan kelib chiqqan holda, Bosh bank ruxsati bilan aholidan omonatlarni qabul qilish, qaytarish va ularga hisoblangan foizlarni toʻlash, kommunal, soliq va boshqa bir martalik toʻlovlarni qabul qilish, shuningdek valyuta ayirboshlash xizmatlarini koʻrsatish uchun (milliy va xorijiy valyutalarda alohida yoki birlashtirilgan holda) chakana amaliyotlar kassalari tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chakana amaliyotlar kassalarini bank binosida va binodan tashqarida tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijozlarga kassa xizmatlarini koʻrsatish maqsadida bank (filial) binosidan tashqarida mini bank kassasi, bank xizmatlari ofisi kassasi va maxsus kassalar ham tashkil etilishi mumkin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bank binosida va bank binosidan tashqarida tashkil etilgan chakana amaliyotlar kassalarida kassa operatsiyalari bilan birgalikda valyuta ayirboshlash operatsiyalari ham amalga oshirilgan taqdirda, ulardagi naqd pul va qimmatliklar hisobi bankning hisob siyosatiga muvofiq yuritiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mijozlarga kassa xizmatini koʻrsatish bank xodimlari tomonidan qabul qilib olingan kassa hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bank kassasi orqali mijoz bajaradigan barcha kassa operatsiyalariga asos boʻlib xizmat qiluvchi kassa hujjatlari mijoz tomonidan toʻldiriladi. Kompyuterda rasmiylashtirilib, chop etilgan hamda mijoz tomonidan imzolangan hujjatlar ham bank kassirlari tomonidan qabul qilishini mumkin, qatʼiy hisobda turuvchi blanklar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kassa operatsiyalarini bajarish uchun asos boʻlgan barcha kassa hujjatlarining belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi (tegishli hisobvaraqlarni toʻliq va toʻgʻri aks ettirilishi, hujjatdagi mijoz imzosining bankka taqdim etilgan imzo namunasiga mos kelishi, mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi maʼlumotlarni kassa hujjatida toʻgʻri qayd etilishi) hamda ularning hisobini yuritilishi (mijozga chiqim kassa operatsiyalarini uning hisobvaragʻidagi mablagʻlari doirasida bajarilishi) uchun bank buxgalteriyasining tegishli xodimlari masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bank binosida yoki binosidan tashqarida tashkil etgan kassalarda bajarilgan kassa operatsiyalarining buxgalteriya oʻtkazmalari hisobi Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga (roʻyxat raqami 3336, 2021-yil 26-noyabr) muvofiq yuritiladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 25-noyabrdagi 39/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-8, 03.01.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 10/24/3028-8/0024-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankning buxgalteriya boʻlimidagi masʼul xodim har kuni har bir kassa hujjatini qayd etish va ularga tartib raqamlarini ketma-ket qoʻyib borish hamda kassa hujjatlarini kassirlarga topshirishda mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasida keltirilgan kirim kassasi jurnalidan va chiqim kassasi jurnalidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Haqiqatda bajarilmagan kassa operatsiyalari boʻyicha kassa hujjatlarini rasmiylashtirib qoʻyishga, xususan mijoz tomonidan bank kirim kassasiga naqd pullarni topshirmasdan va chiqim kassasidan naqd pullarni olmasdan, kirim va chiqim kassa hujjatlarini bir vaqtda rasmiylashtirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bank Boshqaruvi hamda bank filiali rahbarlari kassa xodimlarining ishini samarali va sifatli tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarning daxlsizligini taʼminlangan holda saqlash uchun zarur boʻlgan seyflar (metall shkaflar) va ularni tashish uchun temir aravachalar, mebel va jihozlar, muhr, toʻrtburchak muhr, texnik vositalar (pul sanash, saralash, oʻrab-bogʻlash uchun zarur uskunalar va boshqa zaruriy ashyolar) bilan taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kassa xodimlariga oʻzlarining shaxsiy naqd pullari va boshqa qimmatliklarini, bank kassasidagi naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan birga saqlanishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bank kassa tarmogʻida ishlayotgan har bir xodim shu jumladan, kassa mudiri ham oʻzining lavozim majburiyatida belgilab berilgan vazifa va topshiriqlarni ushbu Yoʻriqnoma talablari asosida bajarishga masʼuldir. Kassa xodimiga ishonib topshirilgan naqd pul va qimmatliklarni asossiz tarzda boshqa shaxslarga topshirish yoki lavozim vazifasi boʻyicha oʻziga yuklatilgan kassa operatsiyalarini boshqa xodimlar tomonidan bajarilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ish tajribasi, bilimi va koʻnikmalari yetarli boʻlmagan xodimlarni naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan kassa operatsiyalarini mustaqil ravishda bajarishlari taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Bankning kassa tarmogʻi joylashgan hududni kuzatish va uni oʻrganish uchun begona shaxslarga imkoniyat berilmasligi va kassa tarmogʻida joylashgan barcha kassa xonalarining (kassa kabinalarining) eshiklari ichki tarafdan qulflanuvchi moslamalar bilan taʼminlangan hamda bank ish kuni davomida ushbu eshiklar qulflangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kirim va chiqim kassasi kassirlari kassa hujjatlarini imzolash vakolatiga ega boʻlgan buxgalteriya va boshqa masʼul xodimlarning imzo namunalari bilan, kassa hujjatlari bilan ishlovchi buxgalteriya xodimlari esa kassirlarning imzo namunalari bilan taʼminlangan boʻlishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu xodimlarni oʻz vaqtida imzo namunalarining roʻyxati bilan taʼminlash va zarurat tugʻilganda mazkur roʻyxatni yangilash hamda eskisini qaytarib olish, (qaytarib olingan imzo namunalari alohida yigʻmajildga tikilgan holda pul omborida bir yil muddatga saqlanishi, yil tugaganidan soʻng, bank arxiviga topshirilishi) shuningdek qayd etilgan masala ijrosi boʻyicha nazoratni oʻrnatish bankning bosh buxgalteri tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imzo namunalari roʻyxati bank rahbari tomonidan tasdiqlanishi hamda ushbu roʻyxatni har yilning 1-yanvar holatiga yangilab turilishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Bank filiallarida naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan kassa operatsiyalarini toʻgʻri bajarilishi, naqd pullar va qimmatliklarni butligini taʼminlanishi, kassa ishlarini mazkur Yoʻriqnoma talablari asosida tashkil etilishi Bosh bank tomonidan doimiy nazoratga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankda tekshirish oʻtkazish uchun Bosh bank rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolangan xizmat farmoyishi asos boʻlib hisoblanadi. Pul ombori va kassa tarmogʻidagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni taftish qilish uchun muddati koʻrsatilgan bir martalik guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kirim kassa operatsiyalarini bajarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Bank kassasiga kirim qilinayotgan naqd pullar va boshqa qimmatliklar kassirlar tomonidan saralangan va donalab sanalgan holda qabul qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank kassalariga naqd pullarni qabul qilish quyidagi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bank mijozlari boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasidagi naqd pullarni topshirish eʼloni boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bank xodimlari tomonidan bankka yetkazilgan zararni qoplash uchun, xizmat safariga olingan boʻnakning sarflanmagan qismini qaytarish va boshqa shu kabi holatlarda bank xodimlaridan mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasidagi kirim kassa orderi (bank faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan naqd puldagi kirim operatsiyalarini, xususan bankning bir hisobvaragʻidagi naqd pullarini ikkinchi bir hisobvaraqqa kirim qilishda, shuningdek olib kelingan madad pullarini bank kassasiga kirim qilishda foydalaniladi) boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) jismoniy shaxslardan kommunal toʻlovlarni qabul qilish, aholiga kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan maxsus blanklar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) jismoniy shaxslardan bir martalik (soliq toʻlovlaridan tashqari) toʻlovlarni mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi aholidan bir martalik toʻlovlarni qabul qilish blanki boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) aholidan bank depozit hisobvaraqlariga omonatlarni naqd pulda qabul qilish mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi kirim kassa orderi boʻyicha;
(27-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) jismoniy shaxslardan soliq toʻlovlarini qabul qilish mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi jismoniy shaxsning soliq toʻlovlari uchun maxsus blanki asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Naqd pullarni topshirish eʼloni uch qismdan — “eʼlon”, “kvitansiya” va “order”dan iborat. Ushbu kirim hujjatining “eʼlon” qismi kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, “kvitansiya” qismi kirim kassasi kassiri tomonidan imzolangan va kassaning muhri bosilgan holda naqd pulni topshirgan mijozga, “order” qismi esa buxgalteriya xodimiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirim kassa orderi uch nusxada toʻldiriladi. Uning birinchi nusxasi kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, ikkinchi nusxasi buxgalteriya xodimlariga va uchinchi nusxasi kirim kassasi kassirining imzosi va muhri qoʻyilgan holda naqd pulni topshirgan bank xodimiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank bir hisobvaraqdagi naqd pullarni ikkinchi bir hisobvaraqqa kirim qilishda kirim kassa orderi ikki nusxada rasmiylashtiriladi hamda uning birinchi nusxasi kunlik kassa hujjatlariga tikiladi va ikkinchi nusxasi buxgalteriya xodimlariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolardan soliq toʻlovlarini qabul qilishda foydalaniladigan jismoniy shaxsning soliq toʻlovlari uchun maxsus blanki uch qismdan — “xabarnoma”, “patta” va “kirim orderi”dan iborat. Maxsus blankning “kirim orderi” deb nomlangan qismi kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, “patta” qismi soliqni toʻlagan jismoniy shaxsga va “xabarnoma” qismi (bankning buxgalteriya boʻlinmasi xodimlari tomonidan) tegishli tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga, ularning soʻrovnomasiga asosan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Xoʻjalik yurituvchi subyekt bank kassasiga naqd pullarni topshirishdan oldin buxgalteriya boʻlimi xodimlariga murojaat etishi lozim. Buxgalteriya xodimlari kirim kassa hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 1834, 2008-yil 11-iyul) talablari asosida toʻgʻri rasmiylashtirilganligini tekshirib, ularni kirim kassa jurnaliga qayd etgan holda kirim kassasi kassiriga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Kirim kassasi kassiri kirim hujjatlarini qabul qilishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjat bankning buxgalteriya xodimlari tomonidan imzolanganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu imzolarning kassirda saqlanayotgan imzo namunalariga mos kelishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjat mijoz tomonidan imzolanganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatda koʻrsatilgan summaning raqam va soʻzlar bilan toʻgʻri yozilganligini hamda ularning oʻzaro mosligini tekshiradi va kirim kassa jurnaliga imzo qoʻyib, kirim kassa hujjatlarini qabul qilib olganligini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Kirim kassasi kassiri kirim hujjati boʻyicha mijozni chaqirib, u topshirayotgan naqd pullarini saralab va birma-bir sanab, qabul qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijoz naqd pullarni bir vaqtning oʻzida bir qancha hisobvaraqlarga kirim qilish uchun bir nechta kirim hujjatlari asosida topshirsa, bunday hollarda kassir naqd pulni har bir kirim hujjati boʻyicha alohida qabul qilib olishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirim kassasi kassiri mijozdan naqd pullarni qabul qilib olayotganida, uning stoli ustida qabul qilinayotgan pullardan boshqa naqd pul va boshqa qimmatliklar boʻlmasligi, kassir tomonidan avval qabul qilingan barcha pullar stol tortmalarida, metall shkaflarda yoki seyflarda saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirim kassasi kassirining ish joyi shunday jihozlangan boʻlishi kerakki, unda naqd pullarni topshirayotgan mijozga, uning pullarini kassir tomonidan saralash, sanash jarayonini bevosita kuzatish uchun imkoniyati yaratilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Kassir mijozning naqd pullarini qabul qilib olganidan soʻng, kirim kassa hujjatida koʻrsatilgan summani, saralab va sanab qabul qilinganida haqiqatda chiqqan naqd pullar summasi bilan taqqoslab koʻradi. Tafovut aniqlanmasa kirim kassasi kassiri:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqd pullarni topshirish eʼlonining “eʼlon”, “kvitansiya” va “order” qismlariga imzo qoʻyib, kvitansiya qismiga muhr bosadi hamda uni mijozga beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirim kassa orderlarining uchta nusxasiga ham imzo qoʻyib, uchinchi nusxasiga muhr bosadi va uni mijozga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Mijoz tomonidan topshirgan naqd pullar summasi kirim hujjatidagi summadan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kam boʻlsa, mijozga yetishmayotgan summani topshirish yoki kirim kassa hujjatini qaytadan rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp boʻlsa, mijozga ortiqcha summa qaytariladi yoki kirim kassa hujjatini qaytadan rasmiylashtirish taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijoz kirim kassa hujjatini qaytadan rasmiylashtirgan taqdirda, buxgalteriya xodimi kirim kassa jurnalidagi tegishli (dastlabki) summa ustidan chiziq tortadi va haqiqatda topshirilgan naqd pul summasini yozib, qayta rasmiylashtirilgan hujjatni belgilangan tartibda kirim kassasi kassiriga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Kirim kassa hujjatlari buxgalteriyaning kirim kassa jurnalida qayd etilib, kirim kassasi kassiriga taqdim etilganidan soʻng, mijoz tomonidan bank kassasiga naqd pullar topshirilmasa, kassir ushbu kirim kassa hujjatini buxgalteriya xodimiga qaytarib berishi lozim. Bunda bank kassasiga mijoz tomonidan naqd pullar nima sababdan topshirilmaganligi aniqlangach, buxgalteriya xodimi kirim kassa jurnalidagi tegishli yozuvlar ustidan chiziq tortadi va ushbu tuzatish kassir imzosi bilan tasdiqlanadi. Ushbu ijro etilmagan kirim kassa hujjati bank bosh buxgalteri xabardor etilgan holda buxgalteriya xodimi tomonidan yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Kassir bank ish kuni davomida qabul qilib olgan naqd pullarni mazkur Yoʻriqnomaning 7-bobida belgilangan tartibda saralaydi, sanaydi va oʻrab bogʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijoz tomonidan topshirilayotgan naqd pullar orasidan shubhali, toʻlovga yaroqsiz yoki qalbaki pullar aniqlanganda, kirim kassasi kassiri bu haqida kassa mudiriga xabar qilishi hamda bunday pullarni tekshirish uchun unga topshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank kassa mudiri shubhali pullarni toʻlovga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligi boʻyicha asoslangan holda xulosa chiqarishga qiynalsa, bunday hollarda shubhali pullarni mazkur Yoʻriqnomaning 15-bobida belgilangan tartibda mijoz arizasiga asosan ekspertizaga qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Favqulodda vaziyatlar, baxtsiz hodisalar oqibatida naqd pullar jiddiy shikastlangan boʻlsa, ularning haqiqiyligi va toʻlovga yaroqli ekanligiga toʻliq ishonch hosil qilingach, bank kassa mudirining ruxsati bilan ular muomalaga yaroqli pullarga almashtirib berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank kassalariga topshirilgan shikastlangan, lekin toʻlovga yaroqli ekanligi shubha uygʻotmaydigan banknot va tangalarni almashtirib berilishi, buxgalteriya oʻtkazmalarisiz, hech qanday kassa hujjatlari rasmiylashtirilmagan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Shikastlangan, lekin “toʻlovga yaroqli” banknotlar almashtirib berilganida, ularga “Almashtirilgan” degan bank kassirining toʻrtburchak muhri bosiladi. Shikastlangan banknotlarga, uning almashtirilgan sanasi, pulning haqiqiyligini koʻzdan kechirgan kassa xodimining familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatilib, imzosi qoʻyiladi. Shikastlangan banknotlar “eskirgan” pullar toifasiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikastlangan, lekin “toʻlovga yaroqli” banknotlarning butligini saqlash maqsadida, kassirlarga ushbu banknotlarni butun holda kalkaga yoki yupqa qogʻozga yopishtirish shuningdek, tabiiy eskirish, kislota toʻkilgan yoki yongʻin oqibatida kuygan pullarni alohida oʻrab-bogʻlash tavsiya etiladi. Bank kassirlari tomonidan shikastlangan, lekin “toʻlovga yaroqli” pullarni polimer materiallar (skotch, sellofan va boshqalar) bilan yelimlash qatʼiyan man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Kassirlar tomonidan banknot va tangalarning toʻlovga yaroqli ekanligini aniqlashda qiyinchilik tugʻilsa, bunday holda yakuniy xulosani kassa mudiri, zarur hollarda esa bank rahbari qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijoz tomonidan bank kassasiga topshirilayotgan naqd pullar orasida “toʻlovga yaroqsiz” yoki “qalbaki” pullar mavjud ekanligi aniqlanib, ushbu holat kassa mudiri tomonidan tasdiqlansa, bunday holatda mijozga bu haqida batafsil va asosli tushuntirishlar berilishi shart. Mijoz bank kassasiga topshirayotgan naqd pulini “toʻlovga yaroqsiz” ekanligiga ishonch hosil qilgach, bunday banknotga kirim kassasi kassirining bank nomi tushirilgan “Almashtirib berish rad etildi” yozuvli toʻrtburchak muhri bosiladi va mazkur qarorni qabul qilgan kassa xodimining imzosi qoʻyiladi. “Almashtirib berish rad etildi” degan toʻrtburchak muhr bosilgan banknotlar mijozga qaytarib berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Mijoz kassa xodimlari tomonidan qabul qilinayotgan pulning “toʻlovga yaroqsiz” yoki “qalbaki” ekanligini asoslash boʻyicha bildirilgan mulohazalaridan qoniqish hosil qilmasa, u holda mijozning xohishiga koʻra, uning arizasiga asosan (ushbu banknotga hech qanday muhr bosilmagan holda) mazkur Yoʻriqnomaning 15-bobida belgilangan tartibda ekspertizaga qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Qabul qilinayotgan naqd pullar orasidan shubhali, toʻlovga yaroqsiz yoki qalbaki pul aniqlansa, ushbu pul summasi bank kassasiga mijozdan qabul qilingan naqd pullar summasini hisoblashda hisobga olinmaydi, balki mijozga uning oʻrnini qoplash yoki haqiqatda qabul qilingan naqd pullar summasiga kirim kassa hujjatini qaytadan rasmiylashtirish taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Har qanday holatda ham shubhali, toʻlovga yaroqsiz, qalbaki pullar mijozlarga qaytarib berilmaydi. Bunda bankda aniqlangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shubhali pul ekspertizaga qabul qilinganida, bunday pulning nominal qiymati boʻyicha 90141 — “Ekspertizaga qabul qilingan banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar” hisobvaragʻiga kirim qilish uchun mazkur Yoʻriqnomaning 6-ilovasiga muvofiq shaklda balansdan tashqari hisobvaraq boʻyicha kirim kassa orderi rasmiylashtirilishi lozim;
(41-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qalbaki yoki toʻlovga yaroqsiz pulning har bir donasini 1 soʻm shartli bahoda 90145 — “Toʻlovga yaroqsiz banknot va tangalar” hisobvaragʻiga kirim qilish uchun balansdan tashqari hisobvaraq boʻyicha kirim kassa orderi rasmiylashtirilishi kerak. Qalbaki pul boʻyicha mazkur Yoʻriqnomaning 81-bandi talablari asosida tegishli choralar koʻrilishi lozim.
(41-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Kirim kassasi kassiri qabul qilib olgan naqd pullarni, zarur hollarda, bank ish kuni davomida kassa mudiriga bir necha marta topshirishi mumkin. Bunday hollarda har safar, kirim kassasi kassiri naqd pullarni kassa mudiriga topshirishdan avval, haqiqatda qabul qilib olgan naqd pullarini kirim kassasi hujjatlarida qayd etilgan summalarga mos kelishini tekshirishi, topshirayotgan naqd pul bogʻlamlari (dastalarini) qayta sanab koʻrishi lozim. Shuningdek, tegishli yozuvlarni mazkur Yoʻriqnomaning 7-ilovasiga muvofiq 155-shakldagi kitobga qayd etib, kassa mudiriga imzo qoʻydirgan holda topshirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Kirim kassasi kassiri bank ish kuni yakunida kirim kassasi hujjatlarining umumiy sonini va umumiy summasini 155-shakldagi kitobda qayd etadi hamda kirim kassa hujjatlari summasini haqiqatda qabul qilib olgan naqd pullar summasi bilan taqqoslab koʻradi. Shuningdek, saqlash uchun topshirilgan qimmatliklarni 93609 — “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” balansdan tashqari hisobvaragʻi boʻyicha rasmiylashtirilgan kirim kassa orderlarida qayd etilgan maʼlumotlar bilan taqqoslaydi. Tafovutlar aniqlanmasa, mazkur Yoʻriqnomaning 8-ilovasiga muvofiq 109-shakldagi kirim kassa hujjatlarining soni va summasi hamda saqlashga qabul qilingan qimmatliklar soni va summasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma tuzadi hamda imzolaydi.
(43-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirim kassasi kassiri va buxgalteriya xodimi 109-shakldagi maʼlumotnomada qayd etilgan kassa aylanmalarini, kirim kassasi jurnalidagi yozuvlar bilan taqqoslaydi. Tafovutlar aniqlanmagan taqdirda, kirim kassasi jurnalini yurituvchi buxgalteriya xodimi 109-shakldagi maʼlumotnomaga, kirim kassasi kassiri esa buxgalteriyaning kirim kassasi jurnalidagi umumiy summani tasdiqlagan holda imzo qoʻyadi. Ushbu taqqoslashning amalga oshirilishi va masʼul xodimlar tomonidan yuqoridagi hujjatlarning imzolanishi bankning bir kunlik kirim kassa operatsiyalari yakunlanganligini hamda bir kunlik kirim kassa operatsiyalari tegishli hujjatlarda toʻgʻri qayd etilganligini bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Kirim kassasi kassiri kassadagi naqd pullar qoldigʻini oʻrab-bogʻlaydi hamda qoldiq summasini oʻzining 155-shakldagi kitobiga qayd etadi. Kirim kassasi kassiri 109-shakldagi maʼlumotnoma bilan birga kirim kassa hujjatlarini kassa mudiriga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa mudiri 109-shakldagi maʼlumotnomada qayd etilgan yozuvlarni kirim kassa hujjatlari bilan taqqoslaydi hamda kassirning 155-shakldagi kitobida qayd etilgan yozuvlarni tahlil qiladi. Shuningdek, saqlash uchun topshirilgan qimmatliklarni, balansdan tashqari hisobvaraq boʻyicha kirim kassa orderida qayd etilgan maʼlumotlar bilan taqqoslab koʻradi.
(44-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tafovutlar aniqlanmasa, kassa mudiri kirim kassasidagi barcha naqd pul va boshqa qimmatliklarni, kassirning 155-shakldagi kitobiga imzo qoʻygan holda qabul qilib oladi va oʻzining 155-shakldagi kitobiga bu toʻgʻrisida tegishli yozuvlarni qayd etadi hamda kirim kassasi kassirining 109-shakldagi maʼlumotnomasi toʻgʻri tuzilganligini tasdiqlagan holda, uni imzolaydi va kirim kassa hujjatlarini kunlik kassa hujjatlari yigʻmajildiga tikish uchun ushbu ishga masʼul boʻlgan kassa xodimiga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Bank kassalariga bank ish kuni davomida kirim qilingan barcha naqd pullar va boshqa qimmatliklar, shu ish kunining oʻzida aylanma kassaga kirim qilinishi va bank balansining tegishli hisobvaraqlarida aks ettirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Naqd pul tushumiga ega boʻlgan mijozlardan tushum pullarini bevosita bank kassasiga qabul qilib olish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
461. Naqd pul tushumlari solingan va belgilangan tartibda plombalangan sumkadagi (qopdagi) naqd pul tushumlarini bank filialiga oʻzlari olib kelgan mijozlar mazkur Yoʻriqnomaning 8a-ilovasiga muvofiq shakldagi blankni toʻldirgan holda inkassa xonasiga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd pulni qabul qilgan kassa xodimlari (bank ish kuni mobaynida masʼul kassa xodimlari, bank ish kuni yakunlangach yoki dam olish kunlari kechki kassa xodimlari) mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan blankning kvitansiya qismiga imzo qoʻygan va muhr bosgan holda uni mijozga qaytarib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank kassa tarmogʻida inkassa xonasi alohida yoki ish hajmidan kelib chiqqan holda kirim, chiqim kassalarida yoki mijozlarga kassa xizmati koʻrsatiladigan boshqa kassa xonalarida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank filialining qayta sanash kassasi kassirlari ushbu sumkadagi (qopdagi) naqd pullarni saralanishi, sanalishi, tushum pullarni mijozning hisobvaragʻiga kirim qilinishi, bankdagi mijozning boʻsh sumkasini (qopini) unga qaytarib berish hamda ushbu kassa operatsiyalarini bajarishga doir hujjatlarning rasmiylashtirilishi mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(461-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Chiqim kassa operatsiyalarini bajarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Bank kassasidan naqd pullarni chiqim qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xoʻjalik yurituvchi subyektlarga — mazkur Yoʻriqnomaning 9-ilovasiga muvofiq shakldagi naqd pul cheki boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jismoniy shaxslarga — mazkur Yoʻriqnomaning 10-ilovasiga muvofiq shakldagi chiqim kassa orderi (bevosita bank faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan naqd puldagi chiqim kassa operatsiyalarini, xususan, naqd pullarni bir hisobvaraqdan ikkinchi bir hisobvaraqqa oʻtkazish uchun chiqim qilishda, naqd pullarni inkassatsiya xizmati xodimlariga topshirish maqsadida chiqim qilishda ham chiqim kassa orderidan foydalaniladi) boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) aholining bank depozit hisobvaraqlaridagi omonatlarini va unga hisoblangan foizlarni naqd pulda toʻlash mazkur Yoʻriqnomaning 10-ilovasiga muvofiq shakldagi chiqim kassa orderi boʻyicha;
(47-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) jismoniy shaxsning bank kartasidan bankomat yoki terminallar orqali naqd pullar chiqim qilish — avtomatik tarzda, dasturiy yoʻl bilan shakllantiriladigan sliplar boʻyicha amalga oshiriladi. Avtomat tarzda shakllantiriladigan slip — chiqim kassa orderiga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Bank kassasidagi terminaldan chiqim qilingan naqd pullarning umumiy summasiga, bank ish kuni oxirida chiqim kassa orderi rasmiylashtiriladi hamda har bir slipdagi summa mazkur Yoʻriqnomaning 192-bandida qayd etilgan axborotlar tasmasiga alohida kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank kassasidagi terminal orqali jismoniy shaxslarning bank plastik kartalaridan naqd puldagi chiqim kassa operatsiyalarining hisob-kitobi yuritiladigan hisobvaraq boʻyicha kunlik chiqim aylanmalarni, yaʼni chiqim summalari roʻyxatini chop etgan holda, undagi har bir summani tegishli slip summasi bilan taqqoslab chiqish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tafovutlar aniqlanmasa, taqqoslash ishlarini bajargan kassir ushbu roʻyxatdagi umumiy summani imzolashi lozim. Soʻngra, ushbu roʻyxat mazkur kassada terminaldan chiqim qilingan naqd pullarning umumiy summasiga rasmiylashtirilgan chiqim kassa orderiga ilova qilgan holda kunlik kassa hujjatlariga tikilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Bankning pul ombori ochilganidan soʻng, kassa mudiri, bank rahbari va bosh buxgalteri ishtirokida aylanma kassadagi naqd pullar qoldiqlari qayta sanaladi hamda aylanma kassadagi naqd pullar qoldigʻini mazkur Yoʻriqnomaning 11-ilovasiga muvofiq 120-shakldagi kitobda qayd etilgan maʼlumotlar bilan, shuningdek 10101 — Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvaragʻidagi qoldiq summaga mosligi tekshiriladi. Bunda kassa mudiri oʻzining 155-shakldagi kitobiga berilayotgan naqd pullar summasini qayd etadi va chiqim kassasi kassiriga imzo qoʻydirgan holda naqd milliy va xorijiy valyutadagi pullarni, bank ish kuni yakunida hisob berish sharti bilan beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiqim kassasi kassiri tomonidan naqd pullarni kassa mudiridan qabul qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banknotlarning toʻliq va toʻliq boʻlmagan bogʻlamlarini ustki nakladkalardagi maʼlumotlarga qarab tekshirish yoʻli bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banknotlarning toʻliq boʻlmagan dastalarini esa kassa mudirining yoki u tayinlagan kassa xodimining kuzatuvi ostida birma-bir qayta sanash orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tangalar — qopchalarga biriktirilgan yorliqlardagi (yoki paketlar ichidagi qogʻozdagi) yozuvlarga qarab tekshirish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Chiqim kassasi kassiri hisob berish sharti bilan kassa mudiridan olgan barcha naqd pul va boshqa qimmatliklarini oʻzining 155-shakldagi kitobida qayd etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Kassa mudiri hisob berish sharti bilan bank chiqim kassasi kassiriga naqd pullarni berganidan soʻng, kassada qolgan naqd pullarni qayta hisoblab, uni bank ish kuni boshidagi kassa qoldigʻi summasiga taqqoslab koʻrishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Naqd pul chek daftarchasini mijozga berish, uning yozma buyurtmalari asosida amalga oshiriladi.
(52-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-2, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/3028-2/3366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyekt oʻz faoliyatini tugatayotganida yoki hisobvaragʻini boshqa bankka oʻtkazayotganida naqd pul chek daftarchasi mijozdan qaytarib olinadi hamda naqd pul chek daftarchasining har bir foydalanilmagan varagʻining imzolar qoʻyiladigan qismini uchburchak shaklida qirqish orqali, foydalanishga yaroqsiz holga keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Xoʻjalik yurituvchi subyekt vakili naqd pul olish uchun bank buxgalteriyasining ushbu mijozga xizmat koʻrsatuvchi xodimiga naqd pul cheki va boshqa hujjatlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxgalteriya xodimi chiqim kassa hujjatini mijoz tomonidan toʻgʻri toʻldirilganligini va mijozning bankdagi hisobvaragʻida yetarli miqdorda mablagʻlar borligini tekshirgach, uni imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankda oʻzining talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻini ochmagan yoki hisobvaragʻida yetarlicha mablagʻlari boʻlmagan har qanday mulkchilik shaklidagi xoʻjalik subyektlariga bank kassalaridan naqd milliy yoki xorijiy valyutalarni chiqim qilinishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxgalteriya xodimi tekshirilgan chiqim kassa hujjatini nazoratchi buxgalterga beradi. Nazoratchi buxgalter chiqim kassa hujjatining toʻgʻri rasmiylashtirilganligini tekshirgach, uning tegishli rekvizitlarini chiqim kassasi jurnalida qayd etadi. Ushbu chiqim kassa hujjati va chiqim kassa jurnali nazoratchi buxgalter tomonidan imzolanadi hamda bankning chiqim kassiriga taqdim etish uchun xoʻjalik yurituvchi subyekt vakiliga naqd pul chekining nazorat markasi (bank xodimi bank kassasidan naqd pul olayotganida unga chiqim kassa orderining yirtma taloni) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Buxgalteriya xodimi chiqim kassa hujjatlarini chiqim kassasi kassiriga, chiqim kassa jurnaliga imzo qoʻydirib topshiradi. Bank kassasidan naqd pul olayotgan shaxs tomonidan chiqim kassa hujjatlarini kassirga taqdim etilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassir chiqim hujjatini qabul qilib olganidan soʻng:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozni chiqim hujjatining raqami boʻyicha chaqirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqim kassasi kassiriga mijoz tomonidan berilgan nazorat markasi yoki yirtma talonning raqamini chiqim hujjatidagi raqam bilan taqqoslashi va nazorat markasini yoki yirtma talonni tegishli chiqim hujjatiga yelimlab yopishtirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqim hujjatida buxgalteriya boʻlimining masʼul xodimlarining imzolari borligini va ushbu imzolarni, mavjud imzo namunalariga mos kelishini tekshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqam va soʻz bilan yozilgan summalarning oʻzaro mosligini tekshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatda naqd pullarni olayotgan mijozning shaxsiy imzosi borligini tekshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqd pullarni oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati borligini hamda mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi maʼlumotlarini chiqim kassa hujjatida qayd etilgan yozuvlar bilan solishtirib koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassir chiqim kassa hujjatida koʻrsatilgan naqd pullar summasini mijozga chiqim qilib berish uchun tayyorlaydi. Bunda kassirning stoli ustida mijozga berishga tayyorlab qoʻyilgan naqd pullardan boshqa pullar boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Kassir tayyorlangan naqd pul summasini mijozga beradi va chiqim kassa hujjatini imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijozga naqd pullar chiqim qilinganidan soʻng, ushbu chiqim qilingan naqd pullarni alohida sumka, qop, paket yoki boshqa idishga solingan holda bank binosidan olib chiqiladigan hollardagina, olingan naqd pullar summasiga chiqim kassasi kassiri tomonidan moddiy ruxsatnoma rasmiylashtirib berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Kassir mijozga naqd pullarni oʻrami buzilmagan toʻliq bogʻlamlar boʻyicha chiqim qilganida, banknotlarni birma-bir qayta sanamagan holda, ustki nakladkada koʻrsatilgan summalarga qarab chiqim qiladi.
(56-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijozga oʻrami buzilmagan toʻliq bogʻlamdan tegishli dastalarni olib berish zarur boʻlsa, unda kassir pul bogʻlami joylashtirilgan polietilen paketdagi kassirning shaxsiy klishe raqamlari bosilgan kafolat chokini kesmagan holda paketni naqd pullarni oluvchi mijozning koʻz oldida qirqishi lozim.
(56-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassir toʻliq boʻlmagan va oʻrami buzilgan dastadan mijozga naqd pullarni berishda, banknotlarni birma-bir qayta sanab, soʻngra mijozga chiqim qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qopcha va paketlarga joylangan tangalar qopchalarga biriktirilgan yorliqlardagi (yoki paketlar ichidagi qogʻozdagi) yozuvlarga qarab mijozlarga beriladi. Tangali qopcha mijozga toʻliq chiqim qilinadigan hollarda, bank kassiri qopchadagi plombani naqd pul oluvchining oldida qirqishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Kassir dastani ochib, undagi naqd pullarning tegishli qismini mijozga chiqim qilishi uchun dastadagi banknotlarning kerakli qismini ajratib olganidan soʻng, ularning barchasini birma-bir qayta sanab koʻrishi lozim.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Chiqim kassasi kassiri mijozga chiqim kassa hujjatida qayd etilgan summadagi naqd pullarni berganidan soʻng, chiqim kassa hujjatini imzolaydi. Bunda, mijozning talabiga binoan, bir nominal qiymatdagi naqd pullarni boshqa qiymatdagilariga almashtirib berilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Bank kassasidan berilgan naqd pulni olgan shaxs kassadan uzoqlashmagan holda olingan pul summasini hujjatda koʻrsatilgan summa bilan taqqoslashi, uni bogʻlamlar va dastalar boʻyicha tekshirishi, toʻliq boʻlmagan banknotlar dastasini esa bank kassirining kuzatuvi ostida birma-bir qayta sanash orqali qabul qilib olishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Bank mijozi kassadan olgan naqd pullarini maxsus ajratilgan joyda yoki xonada, bank kassa xodimining kuzatuvi ostida, birma-bir qayta sanab olishi mumkin. Bunday hollarda chiqim kassasi kassiri mijozga berayotgan naqd pul bogʻlamlarining polietilen paketidagi kafolat choklarini kesmasdan mijozga beradi. Mijoz tomonidan naqd pullarni birma-bir sanab olish vaqtida, jarayonni kuzatib turgan bank kassa xodimi polietilen paketlarning kafolat choklari va banderollarning toʻliq saqlanishini kuzatib turishi lozim.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Mijoz bank kassasidan olgan naqd pullarini birma-bir qayta sanab olish jarayonida ushbu bank kassirlari tomonidan shakllantirgan naqd pullar dastasidan kassa xatoliklarini yaʼni, kamomad (toʻlovga yaroqsiz, qalbaki) yoki ortiqcha pullarni aniqlasa, mazkur Yoʻriqnomaning 107-bandida belgilangan tartibda zaruriy choralar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Mijozning bank kassasidan olgan banknot va tangalari orasidan kamomad chiqqanligi toʻgʻrisidagi murojaatlari quyidagi hollarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar mijoz alohida ajratilgan xonada yoki maxsus ajratilgan joyda bank kassiri, nazoratchisi kuzatuvi ostida naqd pullarni qayta sanab olmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar mijoz naqd pullarni bank kassasidan qabul qilib olganidan soʻng, chiqim kassasidan uzoqlashgan boʻlsa, mijozning eʼtirozlari qanoatlantirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu haqidagi ogohlantiruvchi yozuvlar bank chiqim kassasining oldidagi, mijozlarga koʻrinarli joyga doimo osilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Bank rahbari naqd pul kamomadi toʻgʻrisidagi mijozlarning arizasini har qanday holatda ham oʻrganib chiqishi hamda bank kassiri tomonidan naqd pul dastalari, bogʻlamlarini shakllantirishda haqiqatda ham kassa xatoliklariga (kamomadga) yoʻl qoʻyilganligi tasdiqlansa, mazkur holatlarni bartaraf etish choralarini koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Bank ish kuni yakunida chiqim kassasi kassiri, hisob berish sharti bilan kassa mudiridan qabul qilib olgan naqd pullarni, kunlik chiqim kassa hujjatlari umumiy summasiga hamda kun oxirida qolayotgan naqd pullar qoldigʻiga taqqoslab, mazkur Yoʻriqnomaning 12-ilovasiga muvofiq 110-shaklda maʼlumotnoma tuzib, buxgalteriya xodimlarining chiqim kassasi jurnalidagi yozuvlar bilan taqqoslaydi. Tafovutlar aniqlanmasa, chiqim kassa jurnali kassir tomonidan va kassirning 110-shakldagi maʼlumotnomasi buxgalteriya xodimi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Chiqim kassasi kassiri ish kuni yakunida chiqim kassasi hujjatlarining umumiy sonini va umumiy summasini oʻzining 155-shakldagi kitobida qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiqim kassasi kassiri bank ish kuni yakunida chiqim kassasida qolgan naqd pul va boshqa qimmatliklar qoldigʻini belgilangan tartibda oʻrab-bogʻlaydi, qoldiq summasini oʻzining 155-shakldagi kitobiga qayd etadi va kassa mudiriga imzo qoʻydirgan holda unga topshiradi. Shundan soʻng u chiqim kassasining kunlik hujjatlarini hamda 110-shakldagi maʼlumotnomani ham kassa mudiriga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa mudiri ushbu 110-shakldagi maʼlumotnomada qayd etilgan yozuvlarni, chiqim kassiriga hisob berish sharti bilan berilgan naqd pullar, kassir bank ish kuni yakunida qaytarib topshirgan naqd pullar qoldigʻi va chiqim kassa hujjatlari summasi bilan taqqoslaydi. Tafovutlar aniqlanmasa, kassa mudiri 110-shakldagi maʼlumotnomani imzolaydi hamda chiqim kassa hujjatlarini kunlik kassa hujjatlari yigʻmajildiga tikish uchun ushbu ishga masʼul boʻlgan kassa xodimiga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Bank kassalaridan bank ish kuni davomida chiqim qilingan barcha naqd pullar va boshqa qimmatliklar, shu ish kunining oʻzida bank balansining tegishli hisobvaraqlarida belgilangan tartibda aks ettirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Bank kassasidagi naqd pullar qoldigʻi mijozlarning naqd pulga boʻlgan talablarini qondirish uchun yetarli boʻlmasa, Markaziy bank Bosh boshqarmasining farmoyishiga asosan Hisob-kitob kassa markazining aylanma kassasidan yoki hududdagi boshqa bank kassalaridan belgilangan tartibda madad pullari ajratilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Bank tomonidan olingan madad pullari mustaqil ravishda tasarruf etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Kechki kassaga naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Bank ish kuni yakunlanganidan soʻng, inkassatorlar guruhidan naqd pul va boshqa qimmatliklar solingan yoki boʻsh inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) qabul qilib olish hamda ish kuni uzaytirilgan kassalarda ish yakunlangach, ulardagi naqd pul va boshqa qimmatliklar qoldigʻini qabul qilib olish, shuningdek, dam olish va bayram kunlari ishlaydigan kassalarga madad pullarini berish maqsadida bankda kechki kassa tashkil etiladi. Bankning kechki kassasiga inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) qabul qilish, buxgalteriya xodimlaridan tayinlangan buxgalter-nazoratchining nazorati ostida kechki kassa kassiri tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Bankning kechki kassasi orqali chiqim kassa operatsiyalarini bajarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Kechki kassaning buxgalter-nazoratchisiga qayta sanash kassasida ishlash, shuningdek qayta sanash kassasining nazoratchisiga kechki kassa xodimlarining vazifalarini bajarish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Bankning kechki kassasi xodimlariga yoʻnalish boʻyicha yigʻilgan inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) topshirish, inkassatorlar guruhi boshligʻining kuzatuvi ostida, yigʻuvchi inkassator tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inkassatorlar guruhi avtomashinasida bir nechta bankka topshirilishi lozim boʻlgan naqd pul tushumlari solingan inkassatsiya sumkalari (qoplari) mavjud boʻlsa, bir bankka tegishli boʻlgan sumkalarni (qoplarni) topshirish jarayonida, haydovchi inkassator avtomashinada qolib, boshqa bankka topshirilishi lozim boʻlgan sumkalarni (qoplarni) qoʻriqlab turishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻnalishdagi har bir mijoz boʻyicha inkassatorlar guruhiga berilgan mazkur Yoʻriqnomaning 13-ilovasiga muvofiq shakldagi tashrif varaqasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarning har bir pullik inkassatsiya sumka (qopi) boʻyicha mazkur Yoʻriqnomaning 14b-ilovasiga muvofiq naqd pul tushumlari solingan inkassatsiya sumkasi (qopi) yuk xatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Yoʻriqnomaning 15-ilovasiga muvofiq inkassatorlar guruhiga berilgan boʻsh sumkalar (qoplar) soni toʻgʻrisida maʼlumotnomani taqdim etishi lozim.
(72-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Kechki kassaning buxgalter-nazoratchisi inkassatorlar guruhidan qabul qilib olgan yuk xatlari va tashrif varaqalaridagi yozuvlarni bir-biriga mos kelishini tekshirib koʻrishi shart. Shundan soʻng, buxgalter-nazoratchi mazkur Yoʻriqnomaning 18-ilovasiga muvofiq bank kassasiga qabul qilingan naqd pul tushumlari solingan va boʻsh inkassatsiya sumkalari (qoplari) toʻgʻrisida maʼlumotnomaning tegishli qismini uch nusxada rasmiylashtirib, unga:
(73-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarga biriktirilgan sumka (qop) raqamlari va unga solingan naqd pul summalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh sumkalar (qoplar) raqamlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlar qoʻshimcha ravishda topshirilgan (naqd pul tushumlari solingan) inkassatsiya sumkalari (qoplari) boʻyicha maʼlumotlarni kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Inkassatorlar guruhidan sumkalarni (qoplarni) qabul qilish vaqtida tashrif varaqasidagi yozuvga izohlarsiz tuzatishlar kiritilganligi, shuningdek tashrif varaqasidagi yozuvlar bilan yuk xatidagi yozuvlarni oʻzaro mos kelmasligi va boshqa kamchiliklar aniqlangan taqdirda tegishli sumka (qop) raqami yoki mijozlar tomonidan qoʻshimcha ravishda pullik sumkalar (qoplar) topshirilganda ularning raqamlarini buxgalter-nazoratchi mazkur Yoʻriqnomaning 18-ilovasida keltirilgan maʼlumotnomaning “Izohlar” ustunidagi tegishli katakchasida qayd etilishi lozim.
(74-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank kechki kassasiga yigʻib kelingan inkassatsiya sumkalari (qoplari) toʻliq topshirilayotganligini nazorat qilish uchun buxgalter-nazoratchi jurnalga kiritilgan naqd pul tushumlari umumiy summasini hamda tashrif varaqalarida qayd etilgan tushum summalari yigʻindisini oʻzaro taqqoslab koʻrishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Kechki kassaning buxgalter-nazoratchisi inkassatorlar guruhi tomonidan kechki kassaga topshirilayotgan sumkalar (qoplar) sonini inkassatorlar guruhiga berilgan boʻsh sumkalar (qoplar) soni toʻgʻrisida maʼlumotnomada koʻrsatilgan raqamlarga mos kelishini tekshirib boʻlganidan soʻng, rasmiylashtirilgan 18-ilovadagi maʼlumotnomaning bir nusxasini va tashrif varaqalarini inkassatorlar guruhiga qaytarib beradi.
(75-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Kechki kassa kassiri buxgalter-nazoratchidan yuk xatlarini olganidan soʻng, naqd pul tushumlari solingan sumkalarini (qoplarni) inkassatorlar guruhidan birma-bir qabul qilishni boshlaydi. Bunda, kechki kassa kassiri naqd pul tushumlari solingan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inkassatsiya sumkasiga (qopiga) bosilgan plombir izining aniqligini va tasdiqlangan namunaga mos kelishini (bir martalik raqamlangan plastik plombaning shtrix yoki QR kodini skanerlab) tekshirishi;
(76-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inkassatsiya sumkasining (qopining), plomba izi tushirilgan tizimchaning (bir martalik raqamlangan shtrix yoki QR kodli plastik plombaning) biron-bir joyi shikastlanmaganligini qarab chiqishi;
(76-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inkassatsiya sumkasining (qopining) raqamini, uning yuk xatida koʻrsatilgan raqamga mos kelishini taqqoslab koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sumkalarning (qoplarning) umumiy sonini, yuk xatlarining umumiy soniga, shuningdek qabul qilinayotgan naqd pul tushumlarining umumiy summasini, yuk xatlarida koʻrsatilgan summalar yigʻindisiga mos kelishini tekshirib qabul qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Inkassatorlar guruhidan har bir yoʻnalish boʻyicha inkassatsiya sumkalari (qoplari) qabul qilib olinganidan soʻng, bank kassasiga qabul qilingan tushum pullari solingan va boʻsh inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) qayd etish jurnalining ikkala nusxasiga inkassatorlar guruhi boshligʻi va yigʻuvchi inkassatori hamda kechki kassaning kassiri va buxgalter-nazoratchisi imzo qoʻyadi. Ushbu jurnalning birinchi nusxasiga inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) topshirgan inkassatorlar guruhining muhri bosiladi va u kechki kassa xodimlarida qoladi, ikkinchi nusxasiga esa kechki kassaning muhri bosilib, inkassatorlar guruhining boshligʻiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank kechki kassasining muhri kechki kassa kassiriga biriktirilgan boʻlib, uning seyfida saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Mazkur Yoʻriqnomaning 15-ilovasida keltirilgan inkassatorlar guruhiga berilgan boʻsh sumkalar (qoplar) soni toʻgʻrisidagi maʼlumotnomada qayd etilgan yozuvlar asosida inkassatorlar guruhi tomonidan mijozlarning naqd pul tushumlari va boshqa qimmatliklari solingan yoki boʻsh inkassatsiya sumkalari (qoplari) kechki kassaga toʻliq topshirilmayotganligi aniqlansa, bu haqida bank rahbariga va inkassatsiya boʻlimi boshligʻiga xabar berilishi lozim. Inkassatsiya boʻlimi boshligʻi yigʻib kelingan inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) bank kassasiga toʻliq topshirilishini taʼminlash choralarini koʻrishi shart.
(78-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Kechki kassa kassiri bank kassasiga qabul qilingan naqd pul tushumlari solingan va boʻsh inkassatsiya sumkalari (qoplari) va ularning hujjatlarini buxgalter-nazoratchining kuzatuvi ostida kechki kassaning pul omboridagi seyfga (temir shkafga) joylashtiradi. Pul omboridagi seyf (temir shkaf) kassir va buxgalter-nazoratchining kalitlari bilan qulflanadi. Shuningdek, kechki kassa pul omborining eshigi ham ikkita kalit bilan qulflanib, ikkita muhr bilan muhrlanadi.
(79-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kechki kassa pul ombori eshigining birinchi kaliti va bitta surgʻuchli muhr kassirga, ikkinchi kaliti va bitta surgʻuchli muhr buxgalter-nazoratchiga biriktirilgan boʻlishi hamda har bir xodim kechki kassa pul ombori eshigini oʻz kaliti bilan qulflab, oʻziga biriktirilgan surgʻuchli muhr bilan muhrlashi shart. Shundan soʻng, kechki kassaning pul ombori belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti xodimlariga topshiriladi.
(79-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Bankning kechki kassasi xodimlari inkassatorlar guruhidan naqd pul tushumlari solingan inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) qabul qilish jarayonida sumkaning (qopning) nuqsonli ekanligi (bosilgan plombir izining aniq emasligi yoki tasdiqlangan namunaga mos kelmasligi (bir martalik raqamlangan plastik plombaning shtrixi yoki QR kodi skanerlanganda tegishli rekvizitlarni oʻqish imkoniyati mavjud emasligi yoki oʻqilgan yozuvlarning namunaga muvofiq emasligi), shuningdek inkassatsiya sumkasida (qopida) va (yoki) undagi plombada biron-bir tashqi shikastlanishlar mavjudligi, inkassatsiya sumkasining (qopining) raqamini uning yuk xatida koʻrsatilgan raqamga mos kelmasligi, tashrif varaqasida va sumkaning (qopning) yuk xatida koʻrsatilgan naqd pul tushumi summasini bir-biriga mos kelmasligi) aniqlansa, bunday holatlar haqida bank kassasi mudiriga xabar berilishi lozim.
(80-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu nuqsonli, shikastlangan sumka (qop) inkassatorlar guruhi aʼzolari va buxgalter-nazoratchi kuzatuvida kassir tomonidan ochilib, undagi naqd pul va boshqa qimmatliklar birma-bir qayta sanalishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, bank kassa mudirining koʻrsatmasiga asosan, ushbu inkassatsiya sumkasiga (qopiga) naqd pul tushumlarini solgan shaxs (mijoz vakili yoki kassir) ham qayta sanash jarayoniga chaqirtirilishi mumkin. Qayta sanash jarayoni yakunlangach, mazkur Yoʻriqnomaning 17-ilovasiga muvofiq inkassatsiya sumkasidagi (qopidagi) naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanash natijalari boʻyicha dalolatnoma uch nusxada tuzilib, ishtirok etgan barcha shaxslar tomonidan imzolangan holda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur dalolatnomaning birinchi nusxasi bankning kunlik buxgalteriya hujjatlari yigʻmajildiga tikiladi, ikkinchi nusxasi inkassatorlar guruhi boshligʻiga, uchinchi nusxasi esa mijoz vakiliga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday hollarda mazkur Yoʻriqnomaning 14a-ilovasida keltirilgan naqd pul tushumlari solingan inkassatsiya sumkasining (qopining) ilova qaydnomasi kunlik kassa hujjatlariga tikish uchun hamda ushbu sumkadan (qopdan) chiqqan va kechki kassa kassiri tomonidan qayta sanalib, oʻrab-bogʻlangan naqd pullar keyingi bank ish kuni ertalab, kechki kassa kassirining 155-shakldagi kitobida qayd etilgan va kassa mudiriga imzo qoʻydirilgan holda unga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kechki kassada ochilgan inkassatsiya sumkasining (qopining) yuk xati buxgalteriya xodimlariga, qayta sanalgan tushum summasini, balans hisobvaraqlari boʻyicha umumlashtirilgan holda kirim kassa jurnalida qayd etish hamda tegishli buxgalteriya oʻtkazmalarini amalga oshirish va kunlik buxgalteriya hujjatlari yigʻmajildiga tikish uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Mijozga tegishli boʻlgan shikastlangan (yoki nuqsonli) inkassatsiya sumkasi (qopi) kechki kassa xodimlariga topshirilayotganda, ushbu sumka (qop) ochilib, unga solingan naqd pullarni qayta sanash jarayonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ortiqcha pullar, kamomad (yoki toʻlovga yaroqsiz pullar) aniqlansa, ushbu sumkaga (qopga) tegishli boʻlgan ilova qaydnomasi va yuk xatining dalolatnoma qismi kechki kassa nazoratchisi tomonidan toʻldiriladi hamda ushbu holatlar mazkur hujjatlarning dalolatnoma qismida ham qayd etiladi. Mijoz vakili uning shikastlangan (yoki nuqsonli) sumkasini (qopini) ochish va undagi naqd pullarni kechki kassada qayta sanash jarayonida ishtirok etmagan hamda qayta sanash jarayonida kamomad aniqlangan hollarda inkassatsiya sumkasining (qopining) tizimchasi plombadan ajratilmagan (bir martalik raqamlangan shtrix yoki QR kodli plastik plomba saqlangan) holda, shuningdek tuzilgan dalolatnomaning nusxasi ashyoviy dalil sifatida kechki kassaning buxgalter-nazoratchida 10 ish kuni mobaynida saqlanadi.
(81-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijoz soʻroviga asosan ushbu ashyoviy dalillar koʻrib chiqish uchun unga taqdim etilishi mumkin. Aniqlangan kamomad summasi Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 10 foiziga teng yoki undan yuqori boʻlsa, bunday kassa xatoliklari toʻgʻrisida zudlik bilan kassa mudiriga xabar berilishi shart.
(81-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 24-avgustdagi 21/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-3, 07.09.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2019-y., 10/19/3028-3/3706-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qalbaki pullar aniqlansa, ushbu sumkaga (qopga) tegishli boʻlgan ilova qaydnomasi va yuk xatining dalolatnoma qismi toʻldiriladi hamda har bir pulning nominal qiymati, seriyasi va tartib raqami, ishlab chiqarilgan yili hamda umumiy summasi koʻrsatilgan holda mazkur Yoʻriqnomaning 17-ilovasiga muvofiq dalolatnoma toʻrt nusxada tuziladi. Ushbu holat boʻyicha kassa mudiriga va bank rahbariga xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda aniqlangan toʻlovga yaroqsiz yoki qalbaki pullarning har bir donasini 1 soʻm shartli bahoda 90145 — “Toʻlovga yaroqsiz banknot va tangalar” hisobvaragʻiga kirim qilish uchun balansdan tashqari hisobvaraq boʻyicha kirim kassa orderi rasmiylashtirilishi lozim.
(81-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank tuzilgan dalolatnomaning bir nusxasini ilova qilgan holda qalbaki pulning qanday holatda aniqlanganligini yozma ravishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank tomonidan qalbaki pullar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilganligi toʻgʻrisida Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasiga yozma maʼlumot yuborilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Kechki kassaga inkassatorlar guruhidan barcha inkassatsiya yoʻnalishlari boʻyicha qabul qilingan mijozlarning naqd pul tushumlari solingan va boʻsh sumkalarini (qoplarini) keyingi ish kuni ertalab qayta sanash kassasiga topshirishdan avval, kechki kassa buxgalter-nazoratchisi tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 18-ilovasidagi maʼlumotnomaning kechki kassada qolgan ikkita nusxasining tegishli qismlari toʻldiriladi.
(82-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(83-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Bank kechki kassasi xodimlari tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 18-ilovasidagi maʼlumotnomaning bir nusxasini, shuningdek inkassatsiya qilingan naqd pul tushumlari solingan hamda boʻsh sumkalar (qoplar) qayta sanash kassasining nazoratchisiga keyingi bank ish kuni ertalab mazkur Yoʻriqnomaning 94 va 95-bandlarida belgilangan tartibda topshiriladi.
(83-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mazkur ish kuni mobaynida qayta sanash kassasining nazoratchisi tomonidan yuk xatlari bank boʻlinmasining buxgalteriya boʻlimiga topshirilishi hamda buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshirilishi lozim.
(83-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 25-noyabrdagi 39/3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-8, 03.01.2024-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 10/24/3028-8/0024-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Inkassatorlar guruhidan kechki kassaga qabul qilib olingan, bankning bank binosidan tashqarida joylashgan kassalaridan olib kelingan inkassatsiya sumkalaridagi (qoplaridagi) saralangan, sanalgan va oʻrab-bogʻlangan naqd pullar qayta sanash kassasi nazoratchisiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Kechki kassadagi naqd pul tushumlari solingan va boʻsh inkassatsiya sumkalari (qoplari) qayta sanash kassasi nazoratchisiga topshirib boʻlingach, kechki kassaning buxgalter-nazoratchisi naqd pul tushumlari solingan inkassatsiya sumkalarining (qoplarining) yuk xatlarini buxgalteriya boʻlimining tegishli xodimlariga topshiradi. Buxgalteriya boʻlimining tegishli xodimlari tomonidan inkassatsiya sumkalarining (qoplarining) yuk xatlarida qayd etilgan maʼlumotlar asosida buxgalteriya oʻtkazmalarini amalga oshirib, tushum summalarini bankdagi tegishli hisobvaraqlarga kirim qiladilar hamda yuk xatlarini buxgalteriyaning kunlik hujjatlari yigʻmajildiga tikiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Qayta sanash kassasida naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Naqd pul va boshqa qimmatliklarni saralash, qayta sanash, oʻrab-bogʻlash hamda ularning dastalari va bogʻlamlarini shakllantirish maqsadida bankda qayta sanash kassasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta sanash kassasining xonasi kassa tarmogʻining boshqa xizmat xonalaridan alohida ajratilgan boʻlib, kirish eshigiga ichki tomondan qulflanadigan moslama va kuzatuv tuynukchasi oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Qayta sanash kassasi kassirining ish joyi ishlash uchun qulay, naqd pullarni daxlsiz saqlanishi, sanalayotgan naqd pullarni boshqa kassirning stolidagi pullar bilan qoʻshilib ketmasligi taʼminlanishini inobatga olgan holda jihozlanishi hamda nazoratchi har bir kassirning faoliyatini nazorat qilib turishi uchun imkoniyat yaratilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Qayta sanash kassasining nazoratchisi qabul qilib olgan naqd pul tushumlari va boshqa qimmatliklar solingan inkassatsiya sumkalarini (qoplarini), shuningdek qayta sanash kassasi har bir kassiri tomonidan saralanib-sanalgan va oʻrab-bogʻlangan naqd pullarni alohida saqlash uchun qayta sanash kassasi qulflanadigan metall shkaflar yoki seyflar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Tangalarni sanash mashinkasida qayta sanash uchun alohida xona yoki kabina ajratilishi va uning devorlari hamda shifti shovqin yutuvchi materiallar bilan qoplangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanash — qayta sanash kassasining sanoq brigadalari yoki mustaqil ishlovchi kassirlar tomonidan amalga oshiriladi. Bank qayta sanash kassasida ish brigada usulida olib borilsa, unda har bir sanoq brigadasi 7 tadan koʻp boʻlmagan kassirlardan tashkil topishi va har bir brigadaga alohida nazoratchi boshchilik qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Bankda bir nechta sanoq brigadalari tashkil etilgan boʻlsa, zarurat tugʻilgan taqdirda, naqd pul tushumlari solingan, ochilmagan inkassatsiya sumkalari (qoplari) bank ish kuni davomida bir brigadadan olinib, ikkinchi bir brigadaga topshirilishi mumkin. Bunda naqd pul tushumlari solingan inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) topshirayotgan sanoq brigadasi nazoratchining mazkur Yoʻriqnomaning 19-ilovasiga muvofiq 176-shakldagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanash natijalari boʻyicha nazorat qaydnomasini old tarafiga topshirilayotgan sumkalarning (qoplarning) umumiy soni va eʼlon qilingan summasini qayd etgan hamda oluvchi brigada nazoratchisiga imzo qoʻydirilgan holda topshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Qayta sanash kassasida bitta brigada faoliyat yuritayotgan boʻlsa, dam olish vaqtida (tushlik vaqtida) kassirlardagi naqd pullar umumiy metall shkaf yoki seyfda saqlanishi mumkin. Bunda har bir kassir qayta sanash uchun oʻzi qabul qilib olgan naqd pul va boshqa qimmatliklarini alohida qop yoki qutichaga solib qoʻyishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday hollarda qayta sanash kassasidagi metall shkaf yoki seyf ikkita kalit (brigada nazoratchisi va kassirlardan birining kaliti) bilan qulflanib, nazoratchining plombiri bilan plombalanishi hamda metall shkaf yoki seyfning qulflanishi va ochilishi brigadaning barcha kassirlari ishtirokida amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Qayta sanash kassasining nazoratchisi kassirlar tomonidan naqd pul va boshqa qimmatliklarni saralash-sanash, oʻrab-bogʻlash hamda bir-biriga topshirish, qabul qilish ishlari toʻgʻri amalga oshirilayotganligini nazorat qilib borishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank qayta sanash kassasining muhri ham ushbu kassaning nazoratchisiga biriktirilgan boʻlishi va uning seyfida saqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Bank ish kuni boshida qayta sanash kassasi nazoratchisi, kechki kassa xodimlaridan naqd pul tushumlari solingan va boʻsh sumkalarni (qoplarni) qabul qilib olish vaqtida, kechki kassa pul omborining oldidagi xonada boshqa kassa xodimlarining yoki begona shaxslarning boʻlishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kechki kassa xodimlari kechki kassa pul omborining oldidagi xonada mazkur Yoʻriqnomaning 15-ilovasida keltirilgan maʼlumotnoma (bir nusxada) hamda 18-ilovasida keltirilgan maʼlumotnomani (ikki nusxada) ularda qayd etilgan yozuvlarning oʻzaro mosligini tekshirish uchun qayta sanash kassasi nazoratchisiga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu hujjatlarda qayd etilgan maʼlumotlar oʻrtasida tafovut aniqlanmasa, qayta sanash kassasining nazoratchisi mazkur Yoʻriqnomaning 18-ilovasida keltirilgan maʼlumotnomaning ikkala nusxasining tegishli qismiga imzo qoʻygan holda uning bir nusxasini va 15-ilovada keltirilgan maʼlumotnomani kechki kassa xodimlaridan qabul qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Yoʻriqnomaning 18-ilovasida keltirilgan maʼlumotnomaning bir nusxasi kechki kassada bir yil saqlanib, shundan soʻng bank maxsus komissiyasi xodimlari ishtirokida belgilangan tartibda yoʻq qilinishi lozim.
(94-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Qayta sanash kassasining nazoratchisi kechki kassa xodimlaridan har bir inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) qabul qilishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir sumka (qop) raqamining hamda umumiy sonining mazkur Yoʻriqnomaning 15 va 18-ilovalarida keltirilgan maʼlumotnomalarda qayd etilgan yozuvlarga mos kelishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Yoʻriqnomaning 76-bandida belgilangan tartibda naqd pul tushumlari solingan har bir inkassatsiya sumkasini (qopini) birma-bir tekshirishi lozim.
(95-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Inkassatorlar guruhi tomonidan yigʻib kelingan inkassatsiya sumkalari (qoplari) bank ish kuni mobaynida bank kassasiga topshirilsa unda, ushbu sumkalarni (qoplarni) qayta sanash kassasining nazoratchisi va buxgalteriya boʻlimidan ajratilgan buxgalter-nazoratchi alohida xonada mazkur Yoʻriqnomaning 72 — 77-bandlari talablariga muvofiq qabul qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mazkur Yoʻriqnomaning 18-ilovasida keltirilgan maʼlumotnomaning tegishli qismi ikki nusxada toʻldirilgan holda imzolanadi hamda uning bir nusxasi qayta sanash kassasi nazoratchisining muhri bilan muhrlangan holda inkassatorlar guruhiga beriladi. Ushbu maʼlumotnomaning ikkinchi nusxasiga inkassatorlar guruhining muhri bosiladi va qayta sanash kassasi nazoratchisiga beriladi.
(96-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Bank ish kuni mobaynida inkassatorlar guruhidan alohida ajratilgan xonada qabul qilib olingan inkassatsiya sumkalari (qoplari) boʻyicha mazkur Yoʻriqnomaning 18-ilovasidagi maʼlumotnomaning tegishli qismi bir nusxada toʻldiriladi.
(97-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Qayta sanash kassasining nazoratchisi inkassatorlar guruhidan sumkalarni (qoplarni) qabul qilib olayotgan vaqtda, qayta sanash kassasi kassirlarining ishini qayta sanash kassasida ishlamaydigan kassaning boshqa xodimi yoki kassa mudiri (naqd pul tushumlari solingan sumkalarni (qoplarni) kassirlarga qayta sanash uchun bermagan holda) nazorat qilib turishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Qayta sanash kassasining nazoratchisi inkassatorlar guruhidan qabul qilib olgan naqd pul tushumlari solingan inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) temir shkafda (seyfda), yoki stolining tortmalarida qulflangan holda saqlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Har bir sanovchi kassir bank ish kuni boshida oʻzining familiyasi, ismi va otasining ismini mazkur Yoʻriqnomaning 20-ilovasiga muvofiq shakldagi qayta sanash kassasi kassirining nazorat varaqasiga kiritib, uni oʻz nomiga rasmiylashtirib oladi. Shundan soʻng, nazoratchi har bir sanovchi kassirning oldiga alohida borib, 176-shakldagi nazorat qaydnomasiga uning familiyasi, ismi va otasining ismini hamda bittadan berilayotgan naqd pul tushumlari solingan sumkaning (qopning) raqamini qayd etgan holda, ularga navbat bilan inkassatsiya sumkasini (qopini) topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazoratchining kuzatuvi ostida kassir inkassatsiya sumkasidagi (qopidagi) plombalangan tizimchaning (bir martalik raqamlangan shtrix yoki QR kodli plastik plombaning) bir tomonini qirqib, sumkani (qopni) ochadi hamda uning ichidan naqd pul va boshqa qimmatliklarni oladi. Boʻsh sumka (qop) nazoratchiga qaytariladi. Kassir naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanashni yakunlaguniga qadar, sumkaning (qopning) plombali tizimchasini (bir martalik raqamlangan shtrix yoki QR kodli plastik plombani) oʻzida saqlashi lozim.
(100-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Nazoratchi sumkani (qopni) kassirdan qaytarib olganidan soʻng, undagi barcha naqd pul va boshqa qimmatliklar kassir tomonidan olinganligini tekshirib koʻradi. Soʻngra, sumkaning (qopning) ichki choʻntagidan mazkur Yoʻriqnomaning 14a-ilovasida keltirilgan ilova qaydnomasini oladi hamda ushbu hujjatni inkassatsiya sumkasi (qopi) bilan birga oʻzida nazorat uchun olib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Kassir naqd pul va boshqa qimmatliklarni saralab va qayta sanab boʻlganidan soʻng, unga topshirilgan inkassatsiya sumkasidan (qopidan) haqiqatda chiqqan naqd pul va boshqa qimmatliklar summasini nazoratchiga maʼlum qiladi. Nazoratchi haqiqatda chiqqan summani inkassatsiya sumkasining (qopining) mazkur Yoʻriqnomaning 14a-ilovasida keltirilgan ilova qaydnomasini old va orqa taraflarida qayd etilgan summalarga mos kelishini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassir tomonidan maʼlum qilingan summa hamda mazkur Yoʻriqnomaning 14a-ilovasida keltirilgan ilova qaydnomasida qayd etilgan summa oʻrtasida tafovut aniqlanmasa, nazoratchi tegishli sumkaning (qopning) ilova qaydnomasini kassirga imzo qoʻyish uchun beradi. Nazoratchi inkassatsiya sumkasining (qopining) ilova qaydnomasini kassirdan imzolatgan holda qaytarib olganidan soʻng, mazkur Yoʻriqnomaning 19-ilovasida keltirilgan nazorat qaydnomasini tegishli katakchalariga, qayta sanash natijasida chiqqan naqd pullar summasini hamda boshqa qimmatliklar summasini alohida qayd etib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Inkassatsiya sumkasiga (qopiga) haqiqatda solingan naqd pullar summasi va ushbu sumkaning (qopning) ilova qaydnomasida qayd etilgan summa oʻzaro mos kelmasa, kassir va nazoratchi birgalikda, qayta sanab boʻlingan naqd pullarni, ilova qaydnomasining orqa tarafidagi naqd pullarning nominal qiymati boʻyicha roʻyxatida qayd etilgan summalar bilan taqqoslab chiqishi, nazoratchi esa summasi mos kelmagan qiymatdagi naqd pullarni qayta sanab koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazoratchi naqd pullarni qayta sanab koʻrganida ham inkassatsiya sumkasida (qopida) kamomad (yoki toʻlovga yaroqsiz, qalbaki pullar), ortiqcha pullar mavjudligi tasdiqlansa, kassir ushbu sumkaning (qopning) mazkur Yoʻriqnomaning 14a-ilovasida keltirilgan ilova qaydnomasini old tomonidagi dalolatnoma qismini toʻldiradi hamda kassir va nazoratchi tomonidan imzolanadi. Shuningdek, bankning qayta sanash kassasining nazoratchisi tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 17-ilovasida keltirilgan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta sanash jarayonida xoʻjalik yurituvchi subyektning vakili ham ishtirok etgan boʻlsa, u ham mazkur Yoʻriqnomaning 17-ilovasidagi dalolatnomani hamda mazkur inkassatsiya sumkasi (qopi) ilova qaydnomasini dalolatnoma qismida qayd etilgan yozuvlarni oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan soʻng, qayta sanash kassasining nazoratchisi nazorat qaydnomasini tegishli katakchasiga haqiqatda chiqqan naqd pul va boshqa qimmatliklar summasini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Inkassatsiya sumkasidagi (qopidagi) naqd pullarni saralash va qayta sanash jarayonida qalbaki pul mavjudligi aniqlanib, pulning qalbaki ekanligi nazoratchi va kassa mudiri tomonidan tasdiqlansa, mazkur Yoʻriqnomaning 81-bandida belgilangan zaruriy choralar koʻrilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Qayta sanash kassasi kassirlari tomonidan inkassatsiya sumkasidagi (qopidagi) naqd pullarni qayta sanash jarayonida ortiqcha pullar solinganligi aniqlansa, mazkur Yoʻriqnomaning 17-ilovasidagi dalolatnoma rasmiylashtirilib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan, yirik miqdordagi naqd pul tushumiga ega boʻlgan mijoz qoshida tashkil etilgan maxsus kassadan olib kelingan inkassatsiya sumkasidan (qopidan) chiqqan ortiqcha naqd pullar summasi, ushbu mijozning bankdagi (filialdagi) hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning bank binosidan tashqarida joylashgan chakana amaliyot kassalaridan olib kelingan inkassatsiya sumkasidan (qopidan) chiqqan ortiqcha pullar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bank foydasiga kirim qilinadi.
(105-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 27-iyundagi 15/4-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan tashkil etiladigan inkassatsiya xizmatiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3270, 30.06.2020-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Bankning kirim, chiqim yoki chakana amaliyot kassalari kassirlari tomonidan oʻrab-bogʻlangan hamda bank boʻlinmasi pul omborida saqlanayotgan naqd pul bogʻlamlarini qayta sanash kassasi kassirlari qayta sanashi mumkin.
(106-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Bank kassirlari tomonidan oʻrab-bogʻlangan naqd pul bogʻlamlari qayta sanalganida kassa xatoliklari yaʼni, kamomad yoki ortiqcha pullar aniqlansa, mazkur Yoʻriqnomaning 21-ilovasiga muvofiq 145-shakldagi naqd pul bogʻlami, dastasi (qopchadagi tangalar) orasidan aniqlangan kamomad (shu jumladan, toʻlovga yaroqsiz, qalbaki) yoki ortiqcha pullar boʻyicha tuzilgan dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ortiqcha pullar aniqlansa, 145-shakldagi dalolatnoma ikki nusxada rasmiylashtirilib (birinchi nusxa kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, ikkinchi nusxa xatolikka yoʻl qoʻygan banka joʻnatiladi), ortiqcha pullar summasi uni aniqlagan bank foydasiga kirim qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamomadga yoʻl qoʻyilganligi aniqlansa, 145-shakldagi dalolatnoma uch nusxada rasmiylashtiriladi (birinchi nusxa nusxa kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, ikkinchi nusxa xatolikka yoʻl qoʻygan bankka, uchinchi nusxa xatolikka yoʻl qoʻygan bankning Bosh bankiga joʻnatiladi) va kamomad summasi xatolikka yoʻl qoʻygan bank kassiridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olinadi (kamomad summasi dalolatnomani taqdim etgan bankka naqd pulsiz hisob-kitob orqali toʻlab beriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul bogʻlamida qalbaki pul aniqlansa, 145-shakldagi dalolatnoma toʻrt nusxada rasmiylashtiriladi, dalolatnomaning toʻrtinchi nusxasi tuman (shahar) Ichki ishlar boʻlinmasiga joʻnatiladi. Aniqlangan qalbaki pul boʻyicha mazkur Yoʻriqnomaning 81-bandi talablariga muvofiq choralar koʻrilishi lozim.
(107-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Qayta sanash kassasi kassirlari tomonidan kamomad (toʻlovga yaroqsiz, qalbaki) yoki ortiqcha pullar aniqlangan har bir holat mazkur Yoʻriqnomaning 22-ilovasiga muvofiq qayta sanash kassasida aniqlangan kassa xatoliklarini qayd etish kitobida qayd etib borilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Mijozning inkassatsiya sumkasiga (qopiga) naqd pul tushumlari bilan birgalikda tijorat banklarining hisob-kitob cheklari ham solingan boʻlsa, nazoratchi har bir hisob-kitob chekini toʻgʻri rasmiylashtirilganligini (imzolar mavjudligini, soʻz va raqam bilan yozilgan summalarning oʻzaro mos kelishini, ularni toʻlov uchun qabul qilingan xoʻjalik yurituvchi subyektning masʼul xodimining imzosi mavjudligini) tekshirgan holda kassirlardan qabul qilib olishi kerak.
(109-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-2, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/3028-2/3366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazoratchi tijorat bankining hisob-kitob chekini toʻgʻri rasmiylashtirilganligiga ishonch hosil qilgach, uni topshirgan kassirning nazorat varagʻiga oʻz imzosini qoʻyib hamda oʻzining nazorat qaydnomasiga hisob-kitob cheklari soni va summasini qayd etish orqali qabul qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat bankining hisob-kitob chekini rasmiylashtirishda kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi aniqlansa, ushbu hisob-kitob cheki, mazkur mijozga tegishli boʻlgan boʻsh inkassatsiya sumkasiga (qopiga) solinadi. Ushbu sumka (qop) ilova qaydnomasining orqa tarafiga tijorat bankining hisob-kitob chekini mijozga qaytarish sabablari qayd etilib, kassir va nazoratchi tomonidan imzolanadi. Shundan soʻng, ilova qaydnomasi ham sumkaga (qopga) solinadi va uning ogʻzi sanovchi kassir tomonidan plombalanadi hamda sumkaga (qopga) mijozning nomi va hisob-kitob chekining summasi koʻrsatilgan yorliq biriktirib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Sanovchi kassirlarga berilgan inkassatsiya sumkasidagi (qopidagi) naqd pul va boshqa qimmatliklar saralanib, qayta sanab boʻlinganidan soʻng, ular mazkur Yoʻriqnomaning 7-bobida belgilangan tartibda taxlanadi va oʻrab-bogʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Bankning qayta sanash kassasidagi saralangan, sanalgan va oʻrab-bogʻlangan naqd pullarni bank ish kuni davomida kassa mudiriga topshirish zarurati tugʻilsa, kassir topshirilayotgan summani oʻzining 175-shakldagi nazorat varagʻining old tomonida qayd etganidan soʻng, kassa mudiri ushbu summadagi naqd pullarni olganligini oʻz imzosi bilan tasdiqlagan holda oʻrab-bogʻlangan naqd pullarni kassirdan qabul qilib olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Bank ish kuni oxirida kassirlardagi banknotlarning toʻliq dastasi, bogʻlamini yoki tangalarning toʻliq qopchalarini shakllantirish uchun yetarli boʻlmagan banknot va tangalar, qayta sanash kassasi nazoratchisining koʻrsatmasiga binoan, ularni jamlash hamda oʻrab-bogʻlash uchun bir yoki bir nechta kassirga topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda har bir kassir oʻzidagi naqd pul qoldiqlari summasini va uni qabul qilib olayotgan jamlovchi kassirning familiyasi, ismi va otasining ismini, oʻzining 175-shakldagi nazorat varagʻining old tarafiga qayd etgan hamda jamlovchi kassirga imzo qoʻydirgan holda naqd pullar qoldigʻini topshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Naqd pul qoldiqlarini jamlovchi kassir oʻzining 175-shakldagi nazorat varagʻining orqa tarafiga, naqd pul qoldiqlarini topshirgan kassirning familiyasi, ismi va otasining ismini hamda undan qabul qilib olgan naqd pul qoldiqlari summasini qayd etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. Bank ish kuni oxirida qayta sanash kassasining kassirlari naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanab boʻlganlaridan soʻng, nazoratchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir kassir tomonidan sanalgan naqd pul va boshqa qimmatliklarning umumiy summasini sanovchi kassirning familiyasi, ismi va otasining ismi qayd etilgan 176-shakldagi nazorat qaydnomasini tegishli katakchasiga yozib qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir kassir oʻzi sanalgan naqd pul va boshqa qimmatliklar umumiy summasini, oʻzining 175-shakldagi nazorat varaqasida qayd etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazoratchi 176-shakldagi nazorat qaydnomasidagi maʼlumotlarni, aniqlangan kassa xatoliklari boʻyicha rasmiylashtirilgan, mazkur Yoʻriqnomaning 17-ilovasiga muvofiq tuzilgan dalolatnomalarda qayd etilgan summalarni inobatga olgan holda har bir kassirning 175-shakldagi nazorat varaqasida qayd etilgan yozuvlarga oʻzaro mosligini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan kassa xatoliklarini inkassatsiya sumkasining (qopining) ilova qaydnomasini dalolatnoma qismida toʻgʻri aks ettirilganligini hamda aniqlangan kamomad yoki ortiqcha pullarni inobatga olgan holda hisoblangan va 176-shakldagi nazorat qaydnomasida qayd etilgan umumiy summani, qabul qilingan inkassatsiya sumkalarining (qoplarining) ilova qaydnomasidagi yakuniy summalar bilan taqqoslab koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tafovutlar aniqlanmagan taqdirda, qayta sanash kassasining har bir kassiri oʻzi qayta sanagan va oʻrab bogʻlagan naqd pul va boshqa qimmatliklari summasini 175-shakldagi nazorat varaqasida hamda nazoratchining 176-shakldagi nazorat qaydnomasida toʻgʻri qayd etilganligiga ishonch hosil qilgach, oʻzining 175-shakldagi nazorat varaqasini hamda nazoratchining 176-shakldagi nazorat qaydnomasini, shuningdek nazoratchi ham 176-shakldagi nazorat qaydnomasini imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115. Qayta sanash kassasining har bir kassiri, qayta sanagan naqd pul va boshqa qimmatliklar summasini oʻzining 175-shakldagi nazorat varaqasiga qayd etgan hamda kassa mudiriga imzo qoʻydirgan holda naqd pul va boshqa qimmatliklarni unga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan soʻng, nazoratchi har bir kassirdan 175-shakldagi nazorat varaqasini olib, qayta sanalgan naqd pul va boshqa qimmatliklarni kassa mudiriga toʻliq topshirilganligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116. Qayta sanash kassasining nazoratchisi 176-shakldagi nazorat qaydnomasini, kassirlarning 175-shakldagi nazorat varaqalarini, inkassatsiya sumkalarining (qoplarining) ilova qaydnomalarini, shuningdek mazkur Yoʻriqnomaning 15 va 18-ilovalarida keltirilgan maʼlumotnomalarni hamda 17-ilovasida keltirilgan dalolatnomani kassa mudiriga topshiradi.
(116-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Yoʻriqnomaning 15 va 18-ilovalarida keltirilgan maʼlumotnomalarda qayd etilgan yozuvlarni oʻzaro taqqoslagan holda, inkassatsiya sumkalari (qoplari) bank kassasiga toʻliq topshirilganligini tekshirib koʻradi;
(116-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan kassa xatoliklari boʻyicha mazkur Yoʻriqnomaning 17-ilovasiga muvofiq tuzilgan dalolatnomalarda qayd etilgan summalarni inobatga olgan holda, qayta sanash kassasi kassirlaridan qabul qilib olgan naqd pullar summasini, nazoratchining 176-shakldagi nazorat qaydnomasidagi hamda 18-ilovada keltirilgan maʼlumotnomadagi yozuvlar bilan taqqoslaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tafovutlar aniqlanmasa kassa mudiri mazkur Yoʻriqnomaning 18-ilovasiga muvofiq tuzilgan maʼlumotnomani imzolaydi hamda kassirlarning 175-shakldagi nazorat varaqalarini qayta sanash kassasining nazoratchisiga qaytarib beradi va u nazoratchida 10 bank ish kuni mobaynida saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117. Kassa mudiri mazkur Yoʻriqnomaning 15 va 18-ilovalarida keltirilgan maʼlumotnomalarni, 17-ilovaga muvofiq shaklda tuzilgan dalolatnomani, 176-shakldagi nazorat qaydnomasini hamda inkassatsiya sumkalarining (qoplarining) ilova qaydnomalarini bank bosh buxgalteriga (yoki uning oʻrinbosariga) topshiradi.
(117-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118. Bosh buxgalter (yoki uning oʻrinbosari) mazkur Yoʻriqnomaning 15 va 18-ilovalarida keltirilgan maʼlumotnomalarda qayd etilgan yozuvlarni hamda aniqlangan kassa xatoliklari boʻyicha mazkur Yoʻriqnomaning 17-ilovasiga muvofiq tuzilgan dalolatnomada qayd etilgan summalarni inobatga olgan holda naqd pullar summasini nazoratchining 176-shakldagi nazorat qaydnomasidagi yozuvlar bilan taqqoslaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tafovut aniqlanmasa, bosh buxgalter (yoki uning oʻrinbosari) mazkur Yoʻriqnomaning 18-ilovasida keltirilgan maʼlumotnomani imzolaydi. Soʻngra, kunlik kassa hujjatlariga tikish uchun naqd pul tushumlari solingan sumkaning (qopning) ilova qaydnomasini, mazkur Yoʻriqnomaning 15 va 18-ilovalaridagi maʼlumotnomalarni, 176-shakldagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanash natijalari boʻyicha nazorat qaydnomasini kassa mudiriga topshiradi.
(118-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119. Shuningdek, bosh buxgalter (yoki uning oʻrinbosari) mazkur Yoʻriqnomaning 17-ilovasiga muvofiq tuzilgan dalolatnomaning ikkala nusxasini ham buxgalteriya boʻlimi xodimlariga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxgalteriya boʻlimi xodimlari 17-ilovaga muvofiq tuzilgan dalolatnomaning birinchi nusxasi asosida, inkassatsiya sumkasining (qopining) yuk xati boʻyicha tegishli hisobvaraqqa kirim qilingan summani toʻgʻrilash uchun tegishli buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiradilar va u buxgalteriyaning kunlik hujjatlari yigʻmajildiga tikiladi. Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi esa, mijozning inkassatsiya sumkasidan (qopidan) aniqlangan kassa xatoliklarini maʼlum qilish uchun mijozning (yoki uning vakilining) navbatdagi bankka tashrifida unga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120. Bankning buyrugʻiga asosan qayta sanash kassasining xodimlari dam olish kunlari ishlaganida, dam olish kunlari kassirlar qayta sanalgan, oʻrab-bogʻlangan naqd pul va boshqa qimmatliklarni oʻzlarining nazorat varaqlarida qayd etilgan hamda kechki kassa kassiriga imzolatgan holda kechki kassa xodimlariga topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kechki kassaning kassiri, qayta sanash kassirlaridan qabul qilib olingan naqd pul va boshqa qimmatliklari umumiy summasini oʻzining 155-shakldagi kitobida qayd etib qoʻyadi hamda keyingi bank ish kuni ertalab, ushbu kitobga imzo qoʻydirgan holda kassa mudiriga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Qayta sanash kassasining nazoratchisi boʻshatilgan inkassatsiya sumkalarini (qoplarini), ular uchun ajratilgan maxsus joyga (xonaga) inkassatsiya xodimlariga keyingi kunda topshirish uchun tayyorlab qoʻyadi. Bank va inkassatsiya boʻlimi oʻrtasida tuzilgan shartnomada belgilangan vaqtda boʻsh inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) qayta sanash kassasining nazoratchisi tomonidan inkassatorlar guruhiga topshirish mazkur Yoʻriqnomaning 15-ilovasiga muvofiq shakldagi maʼlumotnomada tegishli yozuvlarni qayd etish hamda inkassatorlar guruhi rahbarining tasdiqlovchi imzosini qoʻyilishi asosida amalga oshiriladi.
(121-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta sanash kassasining xodimlari dam olish kunlari ishlaganida, ushbu dam olish kunlari inkassatorlar guruhiga boʻsh inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) qayta sanash kassasining nazoratchisi topshiradi. Dam olish kunlari qayta sanash kassasining xodimlari ishga jalb qilinmaganida, qayta sanash kassasining nazoratchisi, dam olish kunidan oldingi oxirgi ish kunida kechki kassa xodimlariga, dam olish kunlari beriladigan boʻsh inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) inkassatorlar guruhiga topshirilgan boʻsh inkassatsiya sumkalari (qoplari) sonini qayd etish kitobida qayd etgan holda topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda inkassatorlar guruhi rahbari boʻsh inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) kechki kassa xodimlaridan mazkur Yoʻriqnomaning 15-ilovasida keltirilgan maʼlumotnomada qayd etilgan yozuvlarni oʻz imzosi bilan tasdiqlagan holda, belgilangan tartibda qabul qilib oladi.
(121-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Naqd pullarni saralash, taxlash va oʻrab-bogʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122. Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan barcha banklar uchun naqd pullarni saralash, taxlash hamda ularni oʻrab-bogʻlash orqali dastalarni va bogʻlamlarni shakllantirishda mazkur Yoʻriqnomada talablari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123. Bank kassirlari naqd pullarni saralashda, toifalarga ajratishda, ayniqsa shikastlangan va ularning toʻlovga yaroqli ekanligi shubha tugʻdiruvchi banknot va tangalar bilan ishlashda mazkur Yoʻriqnomaning 25-ilovasida belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining banknot va tangalarini toʻlovga yaroqli ekanligini aniqlash mezonlariga qatʼiy rioya qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank kassalariga kelib tushadigan barcha naqd pullar belgilangan tartibda birma-bir saralanishi, donalab sanalishi va taxlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124. Kassirlar bank kassasiga qabul qilinayotgan banknot va tangalarni, ularning nominal qiymatiga qarab saralashlari, shundan soʻng pullarni, “muomalaga yaroqli”,”eskirgan” va “toʻlovga yaroqsiz” toifalariga ajratadilar. Har bir toifadagi pullar alohida taxlanishi, dastalanishi va oʻrab-bogʻlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Muomalaga yaroqli” toifasiga ajratilgan pullar taxlanib, oʻrab-bogʻlanganidan soʻng, mijozlarga chiqim qilish uchun tayyor holga keltirilgan pullar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Eskirgan” toifasiga ajratilgan pullar nominal qiymati boʻyicha toʻlovga qabul qilinadi hamda bunday pullarni, banknotlarni har bir dastasidagi banderolga, shuningdek, ushbu toifadagi banknotlar bogʻlamining ustki nakladkasi oʻng tarafi yuqori burchagiga bank nomi, uning kodi, kassirning familiyasi va ismi, otasining ismi koʻrsatilgan “eskirgan” yozuvli toʻrtburchak muhrni bosilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Eskirgan” toifasiga ajratilgan banknotlar bogʻlamini “muomalaga yaroqli” banknotlar bogʻlamidan ajralib turishini taʼminlash uchun “eskirgan” pullar bogʻlamini shakllantirishda eni 10 mm boʻlgan bir yoʻlli diagonal qizil chiziq chizilgan ustki nakladkadan foydalanish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Eskirgan” toifasiga ajratilgan pullarni mijozlarga chiqim qilinishi taqiqlanadi va ushbu toifadagi oʻrab-bogʻlangan pullar Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasiga joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻlovga yaroqsiz” yaʼni, banknot umumiy hajmining 55 foizidan kam qismi saqlanib qolgan, “qalbaki” va “soxtalashtirilgan” pullar, toʻlovga qabul qilinmaydi. “Toʻlovga yaroqsiz” toifasiga kiritilgan pullarga bank nomi, uning kodi, kassir familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatilgan “Almashtirib berish rad etildi” yozuvli toʻrtburchak muhr bosilishi lozim. Toʻlovga yaroqsiz pullar mijozga qaytarib berilmaydi. Kassir tomonidan pulning “qalbaki” ekanligi aniqlanib, kassa mudiri uning qalbakiligini tasdiqlasa, mazkur Yoʻriqnomaning 81-bandi talablariga binoan tegishli choralar koʻrilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125. Bank kassirlari tomonidan saralangan yaʼni, toifalarga ajratilib taxlangan va oʻrab-bogʻlangan bir xil nominal qiymatdagi pullarning dastalari, bogʻlamlari shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126. Oʻrab-bogʻlangan banknotlar dastasini oʻz nominal qiymati boʻyicha boshqa nominaldagi banknotlar dastasidan ajralib turishini taʼminlash maqsadida, ularni oʻrab-bogʻlashda foydalaniladigan banderollar quyidagi oʻziga xos chiziq va ranglarga ega boʻlishi, yaʼni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(126-bandning ikkinchi — oʻninchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 000 soʻmlik banknotlar uchun — eni 15 mm boʻlgan bitta koʻk yoʻlli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 000 soʻmlik banknotlar uchun — eni 15 mm boʻlgan bitta sariq yoʻlli;
(126-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 000 soʻmlik banknotlar uchun — eni 15 mm boʻlgan bitta toʻq jigarrang yoʻlli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 000 soʻmlik banknotlar uchun — eni 15 mm boʻlgan ikkita yashil yoʻlli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 000 soʻmlik banknotlar uchun — eni 15 mm boʻlgan ikkita qizil yoʻlli;
(126-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 000 soʻmlik banknotlar uchun — eni 15 mm boʻlgan ikkita koʻk yoʻlli;
(126-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-2, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/3028-2/3366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100 000 soʻmlik banknotlar uchun — eni 15 mm boʻlgan ikkita toʻq jigarrang yoʻlli;
(126-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200 000 soʻmlik banknotlar uchun — eni 15 mm boʻlgan ikkita sariq yoʻlli boʻlishi shart.
(126-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banderol qaysi nominaldagi banknotga moʻljallangan boʻlsa, banderol ustida oʻsha nominal qiymat, har bir dastada boʻlishi lozim boʻlgan banknotlarning umumiy summasi raqam bilan qayd etilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
127. Bank kassirlari tomonidan bir xil qiymatdagi saralangan va taxlangan banknotlarning har 100 donasidan bitta dasta shakllantiriladi. Har bir shakllantirilgan naqd pullar dastasining banderoliga, bank nomi, kodi va uni shakllantirgan kassirning familiyasi, ismi va otasining ismi yozilgan toʻrtburchak muhri bosilib, tegishli sana qayd etilganidan soʻng, kassir imzosi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banknotlarning har 10 ta dastasi (1000 donasi) bitta bogʻlamga joylashtirilib, bogʻlam ustiga va ostiga, bogʻlamdagi banknotlar oʻlchamiga mos keluvchi kartondan tayyorlangan standart nakladka qoʻyilib, ustki nakladkaga bank nomi va kodi, ushbu bogʻlamni shakllantirgan kassirning familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatilgan toʻrtburchak muhri bosilib, tegishli sana qayd etilganidan soʻng, kassir imzosi qoʻyiladi. Bunda, pul bogʻlamining ustki nakladkasida qayd etilgan banknotlarning nominal qiymati va umumiy summasi, shakllantirilgan bogʻlamdagi banknotlar nominal qiymati va ularning umumiy summasiga mos kelishi shart.
(127-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
(127-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128. Pul dastalari “eskirgan” banknotlardan shakllantirilgan boʻlsa, har bir dastaning banderoliga hamda ushbu dastalardan shakllantirilgan bogʻlamga qoʻyilgan ustki nakladkalarning oʻng tarafidagi yuqori burchagiga “Eskirgan” yozuvli toʻrtburchak muhr bosilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
129. Avtomatik tarzda oʻrab-bogʻlanadigan (banderollanadigan) dastalar uchun bir-biridan farqlanmaydigan, bir xil tusdagi banderollardan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday tarzda oʻrab-bogʻlangan naqd pullar dastasining banderollariga, bank nomi, kodi va uni shakllantirgan kassirning familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatilgan toʻrtburchak muhr bosilib, banknotning nominal qiymati, qoʻyilgan naqd pullarning umumiy summasi va tegishli sana qayd etilganidan soʻng, kassir imzosi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
130. Banknotlar bogʻlamini polietilen paketlarga joylashtirishdan oldin banknotlarning har bir dastasi bitta koʻndalang banderol bilan oʻrab-bogʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrab-bogʻlangan banknot dastalari banderoliga mazkur Yoʻriqnomaning 127 va 128-bandlarida belgilangan zaruriy rekvizitlar qayd etilishi shart.
(130-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. Pul dastalarini polietilen paketlarga joylashtirilish orqali banknotlar bogʻlami shakllantirilganda, har bir polietilen paketga 10 ta pul dastasi solinib, paketning ochiq tomonini payvandlab, yopishtirish uchun pul bogʻlamlarini shakllantirish uskunasiga joylanadi. Bunda, pul bogʻlamlarini shakllantirish uskunasi qopqogʻiga oʻrnatilgan klishedagi bank rekvizitlari polietilen paketning ochiq tarafiga avtomatik tarzda bosiladi. Agar, banknotlar bogʻlamini shakllantirishda foydalaniladigan polietilen paket, ikkita polietilen boʻlaklarini payvandlash orqali ishlab chiqarilgan boʻlsa, bunday hollarda pul bogʻlamlarini shakllantirish uskunasi qopqogʻiga oʻrnatilgan kassir klishesidagi bank rekvizitlari polietilen paketning ikkala tomoniga ham bosilishi lozim. Har bir kassir oʻzi sanagan pullarning bogʻlamini shakllantirishda, oʻziga biriktirilgan klishedan foydalanishi shart.
(131-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-2, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/3028-2/3366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132. Toʻliq pul bogʻlamlarini shakllantirish uchun yetarli boʻlmagan alohida dastalarni boshqa kassirdan qabul qilib olgan kassir ularni qaytadan birma-bir sanab oladi va bir xil qiymatdagi yoki har xil qiymatdagi (1000 soʻmliklar alohida, 2000 va 5000 soʻmliklar alohida, 10000, 20000 va 50000 soʻmliklar alohida, 100000 va 200000 soʻmliklar alohida) toʻliq boʻlmagan bogʻlamlarga qoʻshib bogʻlaydi. Bunda, bitta bogʻlamdagi dastalarning soni 10 tadan oshmasligi lozim.
(132-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 8-oktabrdagi 31/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-9, 11.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2024-y., 10/24/3028-9/0917-son)
(132-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastalari toʻliq boʻlmagan banknotlar ham “muomalaga yaroqli”, “eskirgan” va “toʻlovga yaroqsiz” toifalari boʻyicha alohida jamlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻliq boʻlmagan pul bogʻlamlarining va turli nominal qiymatdagi pullarning dastalaridan tayyorlangan bogʻlamlarning ustki nakladkalariga barcha tegishli maʼlumotlar va “yigʻma” soʻzi qoʻlda yozilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, “eskirgan” toifasiga ajratilgan turli qiymatdagi banknotlarning dastalaridan tashkil topgan pul bogʻlamlarining ustki nakladkalariga ham “eskirgan yigʻma” soʻzi qoʻlda yozilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turli nominal qiymatdagi banknotlarning dastalaridan shakllantirilgan bogʻlamlarning ustki nakladkalarida har bir qiymatdagi pullarning soni, summasi va umumiy summasi koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank kassasida “eskirgan” pullardan shakllantirilgan toʻliq bogʻlamlar inkassatsiya xizmati orqali Markaziy bank Bosh boshqarmasining Hisob-kitob kassa markaziga topshirilishi yoki u yerdagi muomalaga yaroqli pullarga almashtirib olinishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133. “Davlat belgisi” masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda “Davlat belgisi” MCHJ deb yuritiladi) oʻramlaridagi naqd pullar 100 donadan dastalanib, bitta koʻndalang banderolga oʻrab-bogʻlangan boʻladi. Har bir bogʻlam 10 ta dastadan iborat boʻlib, uning ustki nakladkasiga “Davlat belgisi” MCHJning nomi, banknotning nominal qiymati, bogʻlamdagi banknotlarning umumiy summasi, bogʻlam shakllantirilgan sana va nazoratchining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki uning kodi kabi rekvizitlar bosilgan boʻlib, bogʻlamlar polietilen paketlarga joylangan boʻladi.
(133-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134. Kassirlar tangalarni ham saralab, “muomalaga yaroqli” va “nuqsonli” (eskirgan) toifalarga ajratgan holda, ularni nominal qiymatiga qarab har 100 donasini alohida paketga joylaydilar. Bir xil nominal qiymatdagi tangali paketlarning har oʻntasi, tashqi choklari boʻlmagan bitta standart qopchaga joylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir qopchaning ogʻzi tuguni va titilgan joyi boʻlmagan tizimcha (bir martalik raqamlangan shtrix yoki QR kodli plastik plomba) bilan 2,5 aylanishda mahkam bogʻlanadi. Tizimchadan foydalanilganida ogʻzi bogʻlangan qopcha plombir bilan plombalanadi. Tangali qopchalarga biriktirilgan yorliqlarga bank nomi, kodi, oʻrab-bogʻlangan sana, tanganing nominal qiymati va umumiy summasi yozilib, kassir imzosi qoʻyiladi. Shundan soʻng, yorliqqa kassirning familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatilgan toʻrtburchak muhri bosiladi.
(134-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135. Aylanma kassadagi tangali qopchalarga kartondan tayyorlangan yorliqlar biriktirilishi mumkin. Yorliqlardan tizimcha (bir martalik raqamlangan shtrix yoki QR kodli plastik plomba) uchlari oʻtkazilganidan soʻng siqib bogʻlanadi, plombalanadi. Inkassatorlar guruhiga topshirilayotgan tangali qopchaning ogʻzida matodan tayyorlangan yorliq boʻlishi lozim.
(135-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136. “Davlat belgisi” MCHJ Zarbxonasida (bundan buyon matnda Zarbxona deb yuritiladi) tangalar solingan har bir qopchaning ogʻzini tikishda matodan tayyorlangan yorliqlar biriktiriladi. Ushbu yorliqda Zarbxona nomi, qopchadagi tangalarning nominal qiymati, umumiy summasi, tangalar qopchaga solingan sana hamda nazoratchining kodi qayd etiladi. Qopchalarga solingan tangalarning nominal qiymatidan kelib chiqqan holda, ularga quyidagi ranglardagi:
(136-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 soʻmlik tangalar solingan qopchalarga — yashil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100 soʻmlik tangalar solingan qopchalarga — qizil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200 soʻmlik tangalar solingan qopchalarga — sariq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
500 soʻmlik tangalar solingan qopchalarga — och koʻk;
(136-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 31-martdagi 8/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-7, 27.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2023-y., 10/23/3028-7/0228-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1000 soʻmlik tangalar solingan qopchalarga — och sariq yorliqlar biriktiriladi.
(136-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 31-martdagi 8/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-7, 27.04.2023-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2023-y., 10/23/3028-7/0228-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137. Zarbxonaning tanga solingan qopchalari ogʻzi ikki xil rangdagi, yorliqli tomoni oq va orqa tomoni esa qizil rangdagi ip bilan tikiladi. Bunda, qizil ip faqatgina oddiy chok vazifasini emas, balki nazorat choki va plomba vazifasini ham bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tikilayotgan chok qopcha ogʻzining mustahkamligini taʼminlashi lozim. Bunda, chokning oʻzidan-oʻzi yechilib ketmasligi uchun chokning ikki tomondagi uchlari (tugundan keyin) 3 santimetrdan kam boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim qopchani ochayotgan vaqtida, qopning butunligi va choklarning soʻkilib ketmaganligiga ishonch hosil qilishi, soʻngra yorliqning oʻng tomonidagi qizil nazorat ipining birinchi tuguni hamda chokning boʻsh qismini yechib, ikkala ipni tortishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chok oson yechilishi va yechilgan iplar butun boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138. Tangali qopchalar qabul qilinayotgan vaqtda, yorliqning borligi, qopcha, chok va iplarning butunligiga eʼtibor berilishi shart. Ipning uzilganligi plombaning buzilganligi bilan barobardir. Inkassatorlar guruhiga Zarbxona yoki banklardan shubhali bogʻlamlardagi qopchalarni qabul qilish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139. Qopchadagi tanganing bir qismi olingan yoki unga qoʻshimcha tangalar solingan hollarda tangalar qoldigʻi donalab sanalishi, paketdagi qadoqlangan tangalar esa, yozuvlariga qarab qayta sanalishi shart. Shundan soʻng, qopchaga yangi yorliq biriktiriladi. Bunda qopchaning ogʻzi tuguni va tugilgan joyi boʻlmagan tizimcha (bir martalik raqamlangan shtrix yoki QR kodli plastik plomba) bilan 2,5 aylanishda mahkam bogʻlanib, qopcha qayta plombalanadi va yorliqqa tangani sanagan kassirning imzosi qoʻyiladi.
(139-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Naqd pul va boshqa qimmatliklarni saqlash uchun qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
144. Tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan bank oʻz mijozlaridan naqd pul va boshqa qimmatliklarni saqlash uchun qabul qilishlari mumkin. Bank pul omboriga quyidagilar saqlash uchun qabul qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial idoralardan va boshqa organlardan — meros mulki tarkibiga kiruvchi mol-mulklar, qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar va marvaridlar yoki ulardan yasalgan buyumlar, qimmatbaho metallar quymasi (yombisi), shlix (oltin qum), tabiiy holda topilgan oltin va kumush yombilari (samorodok), shuningdek, qimmatbaho metallardan zarb qilingan tangalar, chet el valyutasi, chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlari (veksellar, cheklar va hokazolar) hamda Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi — soʻm va tangalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslardan — qimmatli qogʻozlar, kafolat va kafilliklar hamda garov sifatida saqlanayotgan mulklar va mulkiy huquqlar (talablar) hujjatlari, sugʻurta polislari, garov shartnomalari, shuningdek, oltin (tilla) va undan tayyorlangan zargarlik buyumlari hamda boshqa qimmatliklar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
145. Bank kassasiga mijozdan naqd pul va qimmatliklarni saqlash uchun qabul qilish mijozning arizasi hamda bank rahbarining yozma ravishdagi koʻrsatmasiga (farmoyishiga) asosan, tasdiqlangan roʻyxat asosida amalga oshiriladi. Bunda, naqd pul va boshqa qimmatliklarni bank pul omboriga saqlash uchun qabul qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularni qopga (yoki paketga) joylab, qopning ogʻzi belgilangan tartibda bogʻlangan (yoki paketlarning ogʻzi yelimlangan) hamda mijozning muhri bilan muhrlangan (surgʻuchlangan) yoki mijoz tomonidan plombalangan;
(145-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qop ogʻzidagi yorliqda yoki yelimlangan paketga zaruriy rekvizitlar (mijozning toʻliq nomi, qopdagi qimmatliklarni topshirgan mijoz vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, topshirilgan sana) qayd etilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli balansdan tashqari hisobvaraq boʻyicha buxgalteriya boʻlimi xodimi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kirim kassa orderi asosida amalga oshirilishi lozim.
(145-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
146. Bank (filial) tomonidan kredit taʼminoti uchun qabul qilingan qimmatli qogʻozlar, kafolat va kafilliklar, sugʻurta polislari, garov shartnomalari va h.k.larni saqlash joyi (pul ombori, kredit boʻlimi, buxgalteriya boʻlimi va boshqa joylar) banklar tomonidan mustaqil belgilanadi. Kredit taʼminoti hujjatlari bank (filial) pul omboridan boshqa joyda saqlanganida, ularni saqlash tartibini Bosh bank belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankda oʻz mijozlaridan kredit taʼminoti uchun qimmatli qogʻozlar, kafolat va kafilliklar hamda garov sifatida saqlanayotgan mulklar va mulkiy huquqlar (talablar) hujjatlari, sugʻurta polislari, garov shartnomalarini qabul qilib olinishi hamda ularni pul omboriga saqlash uchun topshirilishi — hujjatlarni paketlarga joylab, yelimlangan hamda bankning muhri bilan muhrlangan (yoki surgʻuchlangan) holda tegishli balansdan tashqari hisobvaraq boʻyicha buxgalteriya boʻlimi xodimi tomonidan rasmiylashtirilgan mazkur Yoʻriqnomaning 6-ilovasida keltirilgan kirim kassa orderi asosida amalga oshiriladi.
(146-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
147. Paket va qoplarga solingan naqd pullar, qimmatliklar (va boshqa ashyolar) hamda garov sifatida saqlanayotgan mulklar va mulkiy huquqlar (talablar) hujjatlari — kirim kassasi kassiri tomonidan paket va qoplar ochilmagan holda qabul qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda balansdan tashqari hisobvaraq boʻyicha kirim kassa orderi buxgalteriya boʻlimi xodimi tomonidan toʻliq va toʻgʻri rasmiylashtirilganligi, paket va qoplarning butligi hamda ularning muhrlanganligi (surgʻuchlanganligi) yoki plombalanganligi kassir tomonidan tekshirilgan holda qabul qilinishi shart.
(147-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
148. Bank pul omboriga saqlash uchun qabul qilinayotgan naqd pul miqdori va boshqa qimmatliklar bahosi (yoki shartli bahosi) tegishli balansdan tashqari hisobvaraq boʻyicha bank buxgalteriya xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan kirim kassa orderida qayd etilgan summaga teng boʻlib, ular ushbu summada saqlash uchun qabul qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, qimmatliklarni saqlash uchun pul omboriga qabul qilishda tegishli balansdan tashqari hisobvaraq boʻyicha rasmiylashtirilgan kirim kassa orderida, qimmatliklarni bahosidan tashqari, uni saqlash uchun qabul qilishga asos boʻlgan hujjat va qabul qilinayotgan qimmatliklarning nomi qayd etilishi lozim.
(148-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
149. Saqlash uchun qabul qilingan naqd pul va boshqa qimmatliklar, shuningdek, mulklar va mulkiy huquqlar (talablar) hujjatlari joylangan qop yoki paketlar qabul qilingan sanasi boʻyicha ketma-ket, oʻsib borish tartibida raqamlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
150. Naqd pul va boshqa qimmatliklar saqlash uchun bank kirim kassasiga topshirilganida, mijozga mazkur Yoʻriqnomaning 26-ilovasiga muvofiq 004-shakldagi naqd pul va boshqa qimmatliklar saqlash uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya rasmiylashtirib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank pul omboriga saqlash uchun qabul qilingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni mijozga qaytarib berish uchun, uni topshirgan xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbarining imzosi qoʻyilib, dumaloq muhri bilan tasdiqlangan (tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab etilmaydi) yozma soʻrovnomasining asl nusxasiga, mijozga berilgan 004-shakldagi kvitansiyaning asl nusxasi ilova qilingan holda taqdim etilishi kerak.
(150-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-2, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/3028-2/3366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd pul va boshqa qimmatliklarni saqlash uchun topshirgan davlat organi xodimi 004-shakldagi kvitansiyani yoʻqotgan hollarda yoki boshqa sabablarga koʻra, uni bankka taqdim etish imkoniyati mavjud boʻlmasa, bunday hollarda saqlashga topshirilgan naqd pul va boshqa qimmatliklarni bank kassasidan qaytarib olish uchun ushbu davlat organining respublika miqyosidagi yuqori turuvchi tashkiloti (vazirlik, qoʻmita, idora yoki boshqalar) tomonidan chiqarilgan buyruq asos boʻlishi mumkin. Ushbu buyruqda bank kassasiga saqlash uchun topshirilgan qimmatliklarni qaytarib olish vakolatiga ega boʻlgan xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda olinadigan qimmatliklarning toʻliq va batafsil roʻyxati qayd etilgan boʻlishi lozim.
(150-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bank pul omborida saqlanayotgan mijozga tegishli boʻlgan naqd pul va boshqa qimmatliklarni qaytarib berish, buxgalteriya boʻlimi xodimi tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 27-ilovasiga muvofiq shakldagi balansdan tashqari hisobvaraq boʻyicha chiqim kassa orderini rasmiylashtirish asosida, faqat qimmatliklarning toʻliq hajmi boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
(150-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank kreditining taʼminoti uchun garov sifatida saqlanayotgan qimmatliklar, mulklar va mulkiy huquqlar (talablar) hujjatlari bank rahbarining farmoyishiga asosan balansdan tashqari hisobvaraq boʻyicha buxgalteriya boʻlimi xodimi tomonidan chiqim kassa orderini rasmiylashtirish orqali chiqim qilinishi mumkin.
(150-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151. Bank pul omboriga saqlash uchun qabul qilingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni hamda garov sifatida qabul qilingan qimmatliklar, mulklar va mulkiy huquqlar (talablar) hujjatlarini but saqlanishi boʻyicha bankning moddiy javobgar shaxslari, ularni topshirgan mijozlar oldida qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi. Bank pul omborida saqlash uchun qabul qilingan naqd pul va boshqa qimmatliklarga zarar yetkazilgan taqdirda, uning egasiga yetkazilgan zararni qoplash, qimmatlikni haqiqiy bahosi doirasida lekin, saqlash uchun qabul qilingan vaqtda baholangan bahosidan oshmagan miqdorda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152. Bank pul omboriga xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan saqlash uchun topshirilgan, shu jumladan musodara qilingan naqd pul va qimmatliklarni respublikamizning bir hududidan ikkinchi bir hududiga yetkazib berish, tashish talab etilganida, ushbu ishlarni tashkillashtirish va bajarish, qimmatliklarni saqlash uchun topshirgan xoʻjalik subyekti tomonidan mustaqil ravishda amalga oshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
153. Yuridik va jismoniy shaxslar oʻzlariga tegishli naqd pul va boshqa qimmatliklarni shartnoma asosida bankda saqlashlari uchun bankda tashkil etilgan depozitar yacheykalardan foydalanishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Bank tomonidan chakana amaliyotlar va bank binosidan tashqarida joylashgan boshqa kassalarni tashkil etish tartibi
(9-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-2, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/3028-2/3366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
154. Bank tomonidan jismoniy shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida bank binosida yoki binosidan tashqarida chakana amaliyotlar kassalari tashkil etilishi mumkin.
(154-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-2, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/3028-2/3366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
155. Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar, ularning faoliyati ustidan masofadan turib kunlik nazorat oʻrnatilgan holda, bank (filial) tomonidan respublikaning barcha hududlarida tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalarning qurilishi va jihozlanishi boʻyicha Bosh bank mutaxassislari tomonidan yozma ravishda ijobiy xulosa berilganidan soʻng, mazkur kassalar oʻz faoliyatini boshlashlari mumkin. Bosh bank ushbu xulosaning bir nusxasini ilova qilgan holda 10 kun ichida Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasiga yozma ravishda xabar beradi.
(155-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1551. Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalarning faoliyati tugatilayotganida ham Bosh bank tomonidan bank boshqaruvi qarorining bir nusxasini ilova qilgan holda 10 kun ichida Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasiga yozma ravishda xabar beriladi.
(1551-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
(156-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
157. Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar uchun shtatlar jadvali, har bir kassa tomonidan xizmat koʻrsatiladigan mijozlar sonini va kassa operatsiyalarining hajmini hamda mazkur kassalarda naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan ishlash (sanash, saralash, oʻrab-bogʻlash va kassa operatsiyalarini bajarish), ularning but saqlanishini taʼminlash inobatga olingan holda Bosh bank tomonidan belgilanadi.
(157-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
158. Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalardagi naqd pul va boshqa qimmatliklarning dahlsizligini hamda kassa xodimlarining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha barcha zaruriy choralar Bosh bank tomonidan koʻrilishi shart.
(158-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
159. Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar normal faoliyat koʻrsatishlari uchun jumladan, naqd pul va boshqa qimmatliklarni sanash, saralash, oʻrab-bogʻlash, saqlash hamda kassa operatsiyalarini bajarish uchun zaruriy texnika va jihozlar bilan shuningdek, xavfdan va yongʻindan ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalari bilan jihozlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti boʻlinmalari oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar “tashvish” xabarlari yuboriladigan texnik qoʻriqlash punktiga ulangan boʻlishi lozim. Shuningdek, bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalarning qoʻriqlash va yongʻindan ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalari bank ish kuni tugaganidan soʻng texnik qoʻriqlash punktiga ulanishi kerak.
(159-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
160. Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar zaruriy texnika va ashyolar (pul bogʻlamlarini shakllantirish uskunasi, pul sanash va hisoblash mashinkasi, kompyuter, printer, seyf yoki temir shkaf, banderol, tizimcha, nakladka, plombir, plomba, muhr va toʻrtburchak muhrlar hamda blanklar) bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalarga kirim qilingan naqd pullar, ushbu kassa kassirlari tomonidan saralanishi, sanalishi, taxlanishi va belgilangan tartibda oʻrab-bogʻlanishi shart.
(160-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161. Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar tomonidan barcha turdagi kassa xizmatlari yoki uni tashkil etgan bank tomonidan belgilangan ayrim turdagi kassa xizmatlari koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan mini bank kassasi, bank xizmatlari ofisi kassasi va maxsus kassalar orqali xoʻjalik yurituvchi subyektlarga kassa xizmatlari (kirim va chiqim kassa operatsiyalari) mazkur Yoʻriqnoma talablari asosida koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank (filial) chakana amaliyot kassasi tomonidan naqd milliy hamda xorijiy valyutalarda kassa operatsiyalari amalga oshirilgan hollarda, naqd pul va boshqa qimmatliklarning hisobi bankning hisob siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi.
(161-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162. Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalarda bank ish kuni oxirida qolishi mumkin boʻlgan naqd pullar qoldigʻiga Bosh bank tomonidan limit oʻrnatilishi mumkin. Limit oʻrnatilmagan kassalarda amaliyot kuni yakunida naqd pul va boshqa qimmatliklar qoldigʻini qolishiga ruxsat berilmaydi (uzluksiz, 24 soat mobaynida ishlaydigan kassalar bundan mustasno).
(162-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
163. Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar bank (filial) joylashgan tumanda, shaharda yoki tumanlarga boʻlingan shaharda tashkil etilgan boʻlsa, bank ish kuni oxirida ushbu kassalardagi limitdan ortiqcha naqd pullar va boshqa qimmatliklar qoldiqlari, kunlik kassa hujjatlari mazkur kassani tashkil etgan bankka (filialga) topshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank (filial) tomonidan boshqa hududda (yoki hududdagi boshqa tumanda, shaharda) kassalar tashkil etilgan hollarda, bank ish kuni oxirida ushbu kassalardagi limitdan ortiqcha naqd pullar va boshqa qimmatliklar qoldiqlari hamda kunlik kassa hujjatlari, tomonlar oʻrtasida oʻzaro tuzilgan shartnomaga asosan ushbu kassa joylashgan hududdagi bank filialiga, “Respublika maxsus aloqa bogʻlamasi” davlat unitar korxonasiga (bundan buyon matnda “Respublika maxsus aloqa bogʻlamasi” DUK deb yuritiladi) yoki inkassatsiya xizmatiga saqlash uchun topshiriladi.
(163-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, sumkadagi (qopdagi) naqd pullar qayta sanalib, chiqqan summani ushbu kassani tashkil etgan bankning (filialning) tegishli hisobvaragʻiga naqd pulsiz hisob-kitob orqali oʻtkazib berish uchun topshirilgan boʻlsa, inkassatsiya sumkasini (qopini) bank filialining kechki kassa xodimlari qabul qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassa xodimlari amaliyot kuni yakunida qolgan limitdan ortiqcha naqd pul va boshqa qimmatliklar qoldigʻiga chiqim kassa orderini rasmiylashtirib, 10109 — “Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari” hisobvaragʻida aks ettiradi. Bunda, naqd pul va boshqa qimmatliklar qoldigʻini saqlash uchun topshirish bevosita inkassatsiya guruhi aʼzolari tomonidan, shuningdek oʻzaro shartnomaga asosan inkassatsiya xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti (bank avtomashinasidan foydalangan holda) yoki “Respublika maxsus aloqa bogʻlamasi” DUK xizmati kuzatuvi ostida bank kassiri tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
(163-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd pul va boshqa qimmatliklar qoldigʻini saqlash uchun topshirish inkassatsiya xizmati xodimlari orqali amalga oshirilganda, rasmiylashtirilgan chiqim kassa orderining orqa tomoniga naqd pul va boshqa qimmatliklar solingan inkassatsiya sumkasini (qopini) qabul qiluvchi inkassatorga berilgan ishonchnomaning raqami, sanasi, inkassatorlar guruhi aʼzolarining familiyasi, ismi va otasining ismi hamda ularga topshirilgan sumkalarning (qoplarning) umumiy soni qayd etilib, inkassatorlar guruhi aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd pul va boshqa qimmatliklar solingan inkassatsiya sumkasi (qopi) bank (filial) yoki inkassatsiya xizmati tomonidan saqlash uchun qabul qilinganda, qabul qiluvchi masʼul xodim tomonidan balansdan tashqari hisobvaraq boʻyicha kirim kassa orderi ikki nusxada rasmiylashtiriladi va uning bir nusxasi inkassatorlar guruhiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatdagi ish kuni ertalab, naqd pul va boshqa qimmatliklar solingan inkassatsiya sumkalarini (qoplarini), ularni topshirgan bank kassasiga yetkazib berish uchun inkassatorlar guruhiga topshirish, balansdan tashqari hisobvaraq boʻyicha chiqim kassa orderini rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi. Bunda, ushbu hujjatning orqa tomonida qabul qiluvchi inkassatorga berilgan ishonchnomaning raqami, sanasi, inkassatorlar guruhi aʼzolarining familiyasi, ismi va otasining ismi hamda ularga topshirilgan sumkalarning (qoplarning) umumiy soni qayd etilib, inkassatorlar guruhi aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd pul va boshqa qimmatliklar solingan inkassatsiya sumkasi (qopi) inkassatsiya xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti (bank avtomashinasidan foydalangan holda) yoki “Respublika maxsus aloqa bogʻlamasi” DUK xizmati kuzatuvi ostida bank kassiri tomonidan bank (filial) yoki inkassatsiya xizmatiga saqlash uchun topshirilganda, qabul qiluvchi masʼul xodim tomonidan balansdan tashqari hisobvaraq boʻyicha kirim kassa orderi ikki nusxada rasmiylashtiriladi va uning bir nusxasi topshiruvchi bank kassiriga beriladi.
(163-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatdagi ish kuni ertalab, naqd pul va boshqa qimmatliklar solingan inkassatsiya sumkalari (qoplari), ularni topshirgan bank kassasiga inkassatsiya xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti (bank avtomashinasidan foydalangan holda) yoki “Respublika maxsus aloqa bogʻlamasi” DUK xizmati kuzatuvi ostida olib ketish uchun ularni topshirgan bank kassiriga, balansdan tashqari hisobvaraq boʻyicha chiqim kassa orderini rasmiylashtirish orqali beriladi. Bunda, ushbu hujjatning orqa tomonida qabul qiluvchi bank kassirining familiyasi, ismi va otasining ismi hamda topshirilayotgan sumkalarning (qoplarning) umumiy soni qayd etilib, qabul qiluvchi bank kassiri tomonidan imzolanadi.
(163-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd pul va boshqa qimmatliklar qoldigʻi inkassatsiya xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti (bank avtomashinasidan foydalangan holda) yoki “Respublika maxsus aloqa bogʻlamasi” DUK xizmati kuzatuvi ostida bank kassiri tomonidan mazkur hududdagi bank filialiga qayta sanash uchun topshirilganda, topshiruvchi bank kassiri tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 8a-ilovasiga muvofiq shakldagi blank toʻldiriladi.
(163-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
164. Bank binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalarning kunlik kassa hujjatlari, mazkur kassa xodimlari tomonidan bir oyda kamida bir marta ushbu kassani tashkil etgan bankka (filialga) yetkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalardan bank filialiga olib kelingan kunlik kassa hujjatlarining toʻliqligi va toʻgʻri rasmiylashtirilganligi bank filialining masʼul xodimlari tomonidan tekshirilishi lozim.
(164-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
165. Bank ish kuni mobaynida bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan (bank filiali joylashgan tumanda, shaharda yoki tumanlarga boʻlingan shaharda joylashgan) kassalarni madad pullari bilan taʼminlash, mazkur kassa kassirining bank (filial) rahbari nomiga yozma buyurtmanomasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank (filial) rahbari ushbu buyurtmanomani koʻrib chiqib, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun buxgalteriya boʻlimining masʼul xodimlariga koʻrsatma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalarni madad pullari bilan taʼminlash boʻyicha chiqim kassa orderi buxgalteriya boʻlimi xodimi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi hamda kassirning buyurtmanomasi bilan birga ijro uchun kassa mudiriga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa mudiri chiqim kassa orderini toʻliq va toʻgʻri rasmiylashtirilganligini tekshirganidan soʻng, chiqim kassa orderida qayd etilgan summani inkassatsiya sumkasiga (qopiga) soladi. Shundan soʻng, inkassatsiya sumkasiga (qopiga) tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, sumkani (qopni) ogʻzini yopib, plombalaydi hamda bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassaga joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar boshqa tumanda, shaharda yoki respublikaning boshqa hududida tashkil etilgan boʻlsa, ushbu kassalar zarur naqd pullarni va qimmatliklarni tegishli shartnoma asosida u joylashgan tumandagi (shahardagi) tijorat banki filialidan olishi mumkin.
(165-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
166. Bank tashkil etgan chakana amaliyotlar kassalari (xususan, valyuta ayirboshlash shoxobchalari va boshqa kassalar) dam olish, bayram kunlari faoliyat yuritsa, ularga ushbu kunlari madad pullarini berish, bankning kechki kassasi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, dam olish yoki bayram kunlaridan oldingi oxirgi bank ish kunida, dam olish va bayram kunlari faoliyat yuritadigan kassalarning xodimlari tomonidan ushbu kunlarda chiqim qilish uchun kerak boʻladigan naqd pullarni (madad pullarini) va boshqa qimmatliklarni olish boʻyicha berilgan buyurtmanoma bank rahbarining tegishli koʻrsatmasi bilan buxgalteriya boʻlimi xodimlariga ijro uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxgalteriya boʻlimi xodimi dam olish va bayram kunlari faoliyat yuritadigan har bir kassa boʻyicha alohida chiqim kassa orderini (qatʼiy hisobda turuvchi blanklar boʻyicha esa tegishli balansdan tashqari hisobvaraq boʻyicha chiqim kassa orderini) rasmiylashtirib, tegishli buxgalteriya oʻtkazmalarini amalga oshiradi va ushbu chiqim kassa hujjatlarini kassa mudiriga topshiradi.
(166-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
167. Kassa mudiri mazkur chiqim kassa hujjatlariga asosan har bir shunday kassalar uchun zarur boʻladigan madad pullarini va boshqa qimmatliklarni ularning har bir ishlaydigan kunlari uchun alohida inkassatsiya sumkasiga (qopiga) solib, ularni belgilangan tartibda plombalaydi. Joʻnatish uchun tayyorlangan madad pullarini kassa mudiri oʻzining 155-shakldagi kassa kitobiga (madad pulini oluvchi har bir kassaga tegishli boʻlgan inkassatsiya sumka (qopi) raqamini hamda qaysi sumka (qop), qaysi sanada inkassatsiya xizmati xodimiga topshirilishini) alohida qayd etgan holda kechki kassa kassiriga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kechki kassa kassiri ham oʻzining 155-shakldagi kassa kitobiga, ushbu yozuvlarni toʻliq va xatosiz qayd etgan holda, kassa mudiridan plombalangan inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) qabul qilib oladi va buni tasdiqlagan holda kassa mudirining 155-shakldagi kitobini imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
168. Dam olish yoki bayram kunlari bank binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalarni madad pullari bilan taʼminlash bank (filial)ning kechki kassasi tomonidan amalga oshiriladi.
(168-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
169. Chakana amaliyotlar kassalari ertalab oʻz faoliyatlarini belgilangan vaqtda boshlashini taʼminlash maqsadida ushbu kassalarga madad pullarini berish, oddiy bank ish kunlarida ham mazkur Yoʻriqnomaning 166 — 168-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank tashkil etgan ayrim chakana amaliyotlar kassalari, shu jumladan, valyuta ayirboshlash shoxobchalari uzaytirilgan ish vaqti rejimida faoliyat yuritsa, bankda ish kuni yakunlanganidan soʻng, ushbu kassa va shoxobchalardan inkassatsiya xizmati orqali olib kelingan naqd pul va boshqa qimmatliklar qoldigʻi bankning kechki kassasiga topshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
170. Bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalarga madad pullarini va boshqa qimmatliklarni yetkazib berish ishlari inkassatsiya xizmatlari yoki bank xodimlarining xavfsizligini hamda naqd pul va boshqa qimmatliklar butligini taʼminlagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti kuzatuvi ostida ham amalga oshirilishi mumkin.
(170-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalarda ish kuni yakunlangach naqd pul va boshqa qimmatliklar qoldigʻini bank kechki kassasiga bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassasi kassiri tomonidan topshirilganda mazkur Yoʻriqnomaning 8a-ilovasiga muvofiq shakldagi blank toʻldiriladi.
(170-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171. Bank (filial) va xoʻjalik yurituvchi subyekt oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan, ushbu subyekt binosida belgilangan tartibda bank kassalari tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ushbu kassalar orqali koʻrsatiladigan kassa xizmatlari turlari mazkur shartnomada belgilab olinadi.
(171-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Bankomatlarni naqd pullar bilan taʼminlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
172. Bank mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida bank binosiga, binodan tashqarida tashkil etilgan chakana amaliyotlar kassalariga yoki boshqa maqbul hisoblangan joylarga infokiosk va bankomat, shuningdek, naqd pullarni qabul qiluvchi avtomatlashtirilgan depozit mashinalarini oʻrnatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
173. Bank rahbari bankomatlarni oʻz vaqtida naqd pullar bilan taʼminlanishini nazorat qilib borishi lozim. Bankomatlarda naqd pullar bilan bajarilgan operatsiyalar har bir bankomat uchun alohida ochilgan 10107 — “Bankomatlar va boshqa oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish uskunalaridagi naqd pullar” hisobvaragʻida aks ettiriladi.
(173-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankomat seyfini naqd pullar bilan toʻldirish, naqd pul qoldiqlarini olib kelish, texnik xizmat koʻrsatish yoki taʼmirlash ishlarini bajarish uchun bank tomonidan bankomatga xizmat koʻrsatuvchi texnik xodim va kassa xodimi biriktirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bank kassa mudiridan olingan naqd pullarni kassir tomonidan bankomat seyfiga oʻz vaqtida va toʻliq qoʻyilishini, bankomatdan olingan naqd pullar qoldigʻini kassa mudiriga topshirilishini nazorat qilish vazifasini bankomatlarga texnik xizmat koʻrsatuvchi xodim bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
174. Bankomatlardagi naqd pullarning xavfsizligini taʼminlash va masʼul xodimlarning javobgarligini oshirish maqsadida bankomat seyfining kaliti kassa xodimiga biriktirilishi hamda ushbu seyf kassa xodimi tomonidan plombalanishi shart.
(174-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankomat qanday maqsadda ochilishidan qatʼiy nazar, har safar bankomat ochilishidan oldin texnik xodim kassa xodimi ishtirokida bankomatdagi naqd pul qoldigʻini aks ettiruvchi slipni chop etib, kassa xodimiga taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
175. Bank rahbarining koʻrsatmasiga asosan buxgalteriya boʻlimi xodimi bankomatni naqd pul bilan taʼminlash uchun chiqim kassa orderini rasmiylashtirib, tegishli buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiradi. Shundan soʻng, ushbu chiqim kassa orderini kassa mudiriga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa mudiri chiqim kassa orderida qayd etilgan naqd pullar summasini, bankomatlarni naqd pullar bilan taʼminlash uchun masʼul boʻlgan kassa xodimiga, chiqim kassa orderiga qoʻl qoʻydirgan holda topshiradi. Kassa xodimi qabul qilib olgan naqd pullarini belgilangan tartibda bankomatning kassetalariga joylaydi va plombalaydi.
(175-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
176. Bankomat bank binosidan tashqarida joylashgan boʻlsa, naqd pullar bilan toʻldirilgan bankomat kassetalarini bankomat joylashgan manzilga olib borish inkassatsiya xizmati yordamida amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, bank binosidan tashqarida joylashgan bankomatlarga madad pullari yetkazib borish, shuningdek, ushbu bankomatlardagi naqd pul qoldigʻini bank kassasiga olib kelish ishlarini, bank xodimlarining xavfsizligini hamda naqd pullarning butligini taʼminlagan holda inkassatsiya xizmati yoki ichki ishlar organi xodimi kuzatuvi ostida ham amalga oshirilishi mumkin.
(176-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
177. Kassa xodimi bankomat seyfiga naqd pullar bilan toʻldirilgan kassetalarni joylashtirilib, bankomatning seyfini qulflaydi va plombalaydi. Bankning bankomatlarga texnik xizmat koʻrsatuvchi xodimi kassetalarga joylashtirilgan naqd pullarning umumiy summasini aks ettiruvchi slipni chop ettiradi va uni kassa xodimiga beradi. Kassa xodimi ushbu slipni kassa mudiriga koʻrsatganidan soʻng, buxgalteriya boʻlimining masʼul xodimiga taqdim etadi. Buxgalteriya boʻlimining masʼul xodimi ushbu slipga asosan naqd pullarni bankomatga kirim qilinganligi boʻyicha kirim kassa orderini rasmiylashtirib, tegishli buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshiradi hamda slip va kirim kassa orderini kassa mudiriga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa mudiri ushbu slipni kirim kassa orderiga ilova qilgan holda kunlik kassa hujjatlari yigʻmajildiga tikadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
178. Bank balansining 10107 — “Bankomatlar va boshqa oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish uskunalaridagi naqd pullar” hisobvaragʻiga doir maʼlumotlarga koʻra bankomatdagi naqd pullar qoldigʻi kamaygan boʻlsa, bankda naqd pul muomalasini nazorat qiluvchi masʼul xodim bu toʻgʻrisida bank rahbariga maʼlum qiladi. Bank rahbarining koʻrsatmasiga asosan bankomatlar belgilangan tartibda naqd pullar bilan taʼminlanadi.
(178-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
179. Bankomatlardagi naqd pullar qoldigʻini bank kassasiga qaytarish, bank rahbarining koʻrsatmasiga asosan amalga oshiriladi. Bunda, bankomatlarga texnik xizmat koʻrsatuvchi bank xodimi, kassa xodimi ishtirokida bankomatdagi naqd pullar qoldigʻini aks ettiruvchi slipni chop ettiradi va uni kassa xodimiga topshiradi. Kassa xodimi bankomatning seyf qismini, bankomatlarga texnik xizmat koʻrsatuvchi xodimning nazorati ostida ochib, undagi kassetalarni oladi hamda bankka olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
180. Buxgalteriya boʻlimi masʼul xodimi chop etilgan slipdagi maʼlumotlar asosida bankomatdan olib kelingan naqd pullar qoldigʻini bankomatdan chiqim qilish boʻyicha chiqim kassa orderini hamda bankomatdan olib kelingan naqd pullar qoldigʻini aylanma kassaga kirim qilish uchun kirim kassa orderini rasmiylashtirib, tegishli buxgalteriya oʻtkazmalarini amalga oshiradi. Shundan soʻng, rasmiylashtirilgan chiqim va kirim kassa orderini kunlik kassa hujjatlariga tikish uchun kassa mudiriga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa xodimi kassa mudiri ishtirokida kassetalardagi plombalarni ochib, naqd pullar qoldigʻini (texnik sabablarga koʻra bankomat lentalariga yoki boshqa qismlariga tiqilib qolgan va alohida paketlarga joylab olib kelingan banknotlar bilan birga) kassa mudiriga sanab topshiradi. Kassa mudiri kassirdan qabul qilib olgan naqd pullar qoldigʻini, slipda qayd etilgan naqd pullar qoldigʻi bilan taqqoslab koʻradi va kirim kassa orderini imzolab, qabul qilib oladi. Shundan soʻng, bankomatlardan naqd pullar olib kelinganligi boʻyicha rasmiylashtirilgan chiqim kassa orderini hamda naqd pullar qoldigʻi aks ettirilgan slipni kirim kassa orderiga ilova qilgan holda kunlik kassa hujjatlariga tikish uchun olib qoʻyadi.
(180-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd pullar qoldigʻi va slipda qayd etilgan yozuvlar oʻrtasida tafovut aniqlansa, kassa mudiri holatni oʻrganib chiqish uchun bank boʻlinmasi rahbari va masʼul boʻlinmalarni xabardor qiladi.
(180-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Aylanma kassada yakun chiqarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181. Bank tomonidan kassa xizmati koʻrsatilayotgan mijozlarning soni va bajarilayotgan kassa operatsiyalarining hajmidan kelib chiqqan holda bank kassa tarmogʻida kirim va chiqim kassalari yoki birlashtirilgan holda kirim-chiqim kassasi tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
182. Bank aylanma kassasida bajarilgan kassa operatsiyalari boʻyicha har bir bank ish kuni oxirida yakun chiqarilishi lozim. Buning uchun ish kuni yakunida kirim va chiqim kassalari kassirlari, toʻliq boʻlmagan dasta va bogʻlamlardagi naqd pullarni kassa mudirining koʻrsatmasiga binoan kassirlardan biriga birlashtirish uchun topshiradi. Bunda, naqd pullar qoldigʻini topshirayotgan kassir oʻzining 155-shakldagi kitobiga topshirilayotgan naqd pullar summasini qayd etadi hamda qabul qilib oluvchi kassirga imzo qoʻydirgan holda naqd pullar qoldigʻini unga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassirlar tomonidan joylangan tangali qopchalar va paketlar boshqa (tangalar qoldigʻini jamlayotgan) kassir tomonidan donalab sanalmasdan, qopcha ustidagi va paket ichidagi yozuvlariga qarab jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, turli qiymatdagi tangalar yigʻma qopchaga nikel tangalar alohida, jez tangalar alohida joylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
183. Bank ish kuni yakunida kirim va chiqim kassalari kassirlari, kun mobaynida toʻplangan kassa hujjatlarining umumiy sonini va umumiy summasini oʻzlarining 155-shakldagi kitobida qayd etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan soʻng, kirim kassasi kassiri 109-shakldagi maʼlumotnoma bilan birga, oʻrab-bogʻlangan naqd pul qoldiqlari summasini oʻzining 155-shakldagi kitobiga qayd etgan va kassa mudiriga imzolatgan holda unga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiqim kassasi kassiri esa 110-shakldagi maʼlumotnoma bilan birga, oʻrab-bogʻlangan naqd pul qoldiqlari summasini oʻzining 155-shakldagi kitobiga qayd etgan va kassa mudiriga imzolatgan holda unga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
184. Kassa mudiri kirim, chiqim va qayta sanash kassasi kassirlaridan naqd pullarni, 109 va 110-shakldagi hisobot maʼlumotlarini va kassa hujjatlarini, shuningdek, qayta sanash kassasi nazoratchisidan 176-shakldagi nazorat qaydnomasini qabul qilib olganidan soʻng:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kassirlarning 109 va 110-shakldagi maʼlumotnomalarida aks ettirilgan kirim va chiqim summalarini buxgalteriya boʻlimining masʼul xodimlari tomonidan tekshirilgan holda imzolanganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kassirlarning 109 va 110-shakldagi maʼlumotnomalarida qayd etilgan yozuvlarni kassa hujjatlariga muvofiqligini, bank ish kuni oxiriga naqd pullar qoldigʻini kassirlarning 155-shakldagi kitobida qayd etilgan yozuvlarga mosligini yaʼni, toʻgʻri hisoblanib, aniq aks ettirilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kassirlar tomonidan topshirilgan hujjatlar soni va summasi, ularning 109 va 110-shakldagi maʼlumotnomalarida qayd etilgan yozuvlarga mos kelishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta sanash kassasi kassirlaridan qabul qilib olgan naqd pullari summasini 176-shakldagi nazorat qaydnomasida qayd etilgan umumiy summaga mos ekanligini tekshirib koʻrishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
185. Tafovutlar aniqlanmasa, kassa mudiri qayta sanash, kirim va chiqim kassasi kassirlaridan qabul qilib olgan naqd pul summalari, 109 va 110-shakldagi maʼlumotnomalari hamda 176-shakldagi nazorat qaydnomasi asosida mazkur Yoʻriqnomaning 28-ilovasida koʻrsatilgan 111-shakldagi kunlik kassa aylanmalari boʻyicha yigʻma maʼlumotnomani toʻldirib, imzolaydi. Soʻngra, 109, 110 va 111-shakldagi maʼlumotnomalarni bosh buxgalterga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh buxgalter 111-shakldagi maʼlumotnomaning umumiy summalarini 109 va 110-shakldagi maʼlumotnomalardagi yozuvlar bilan, shuningdek, buxgalteriya hisobi maʼlumotlari (kirim va chiqim kassa jurnalidagi yozuvlar hamda kirim va chiqim kassa hujjatlari asosida haqiqatda amalga oshirilgan buxgalteriya oʻtkazmalari summalari) bilan taqqoslaydi. Tafovutlar aniqlanmasa, kassa mudirining 111-shakldagi maʼlumotnomasi bosh buxgalter tomonidan imzolanadi hamda 109 va 110-shakldagi maʼlumotnomalar bilan birga kassa mudiriga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
186. Bank ish kuni oxirida aylanma kassada qoladigan banknot va tangalarning umumiy summalari, 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvaragʻidagi naqd pullar qoldigʻi bilan taqqoslanishi lozim.
(186-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
187. Bankning tegishli hisobvaraqlarida hisobi yuritilayotgan naqd pullari, pul omborida bir-biridan ajratilgan holda, alohida stellaj yoki seyflarda saqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kunlik kassa aylanmalarining toʻgʻri qayd etilganligi bosh buxgalter tomonidan ham tasdiqlangach, kassa mudiri 120-shakldagi kitobga milliy valyutadagi naqd pullar kirimi va chiqimining umumiy summasini hamda bank ish kuni oxiriga chiqarilgan aylanma kassa qoldigʻini yozib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
188. Kassa mudiri bank ish kuni boshiga aylanma kassada mavjud boʻlgan qatʼiy hisobda turuvchi blanklar qoldigʻiga, aylanma kassaga kirim qilingan shunday blanklar sonini qoʻshadi va aylanma kassadan chiqim qilinganlari sonini ayirib, bank ish kuni oxiriga qatʼiy hisobda turuvchi blanklar qoldigʻini hisoblab chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank ish kuni oxiriga hisoblangan qatʼiy hisobda turuvchi blanklar qoldigʻini haqiqatda mavjud boʻlgan blanklar soni bilan hamda buxgalteriya boʻlimining qatʼiy hisobda turuvchi blanklarni kirim yoki chiqim qilishga asos boʻlgan hujjatlaridagi yozuvlar bilan taqqoslab koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tafovutlar aniqlanmasa, qatʼiy hisobda turuvchi blanklar qoldigʻi bank ish kuni oxirida kassa mudiri tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 29-ilovasida koʻrsatilgan pul omboridagi qatʼiy hisobda turuvchi blanklar hamda saqlanayotgan qimmatliklar qoldigʻini qayd etish kitobida aks ettirib borilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
189. Aylanma kassadagi naqd pullar va qatʼiy hisobda turuvchi blanklar qoldigʻi bilan buxgalteriya hujjatlarida qayd etilgan maʼlumotlar oʻrtasida tafovut aniqlangan holda, kassa mudiri buning sababini aniqlab, darhol bank rahbari va bosh buxgalteriga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankdagi naqd pul va boshqa qimmatliklarning but saqlanishi uchun masʼul boʻlgan moddiy javobgar shaxslar aniqlangan tafovut summasini kelib chiqish sabablarini aniqlashlari hamda shu kunning oʻzida tafovutni bartaraf etish choralarini koʻrishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Kunlik kassa hujjatlarini taxlash va tikish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
190. Kunlik kassa hujjatlari va ularning ilovalari jamlanganidan soʻng, kassa mudiri ushbu hujjatlarni yigʻmajildga tikish uchun kassa xodimlaridan biriga beradi. Kunlik kassa hujjatlarining har kunligi alohida yigʻmajildga taxlangan holda keyingi bank ish kunidan kechiktirilmagan holda tikilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kunlik kassa hujjatlari balans hisobvaraqlarining (tartib raqamlari) oʻsib borish tartibi boʻyicha, quyidagi ketma-ketlikda taxlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirim kassasi hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta sanash kassasi hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balansdan tashqari hisobvaraqlar boʻyicha, avval — kirim, keyin — chiqim hujjatlari.
(190-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholidan toʻlovlarni qabul qilishda toʻlov hujjatlari elektron koʻrinishda shakllantiriladigan hollarda, kunlik kassa hujjatlariga elektron toʻlov hujjatlarining kunlik reyestrini tikishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, kunlik reyestr har bir toʻlov hujjatining turi (naqd pullarni topshirish eʼloni, bir martalik toʻlovlarni qabul qilish blanki, soliq va kommunal toʻlovlari uchun maxsus blanklar) boʻyicha alohida shakllantirilib, unda toʻlovchining ismi, sharifi, toʻlovni oluvchi tashkilot nomi, uning bank rekvizitlari, toʻlov summasi va maqsadi aks ettiriladi.
(190-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 8-oktabrdagi 31/11-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-9, 11.11.2024-y.) asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2024-y., 10/24/3028-9/0917-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191. Kassa hujjatlari yigʻmajildga taxlab tikilganidan soʻng, yigʻmajilddagi har bir kassa hujjati ketma-ket raqamlab chiqilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
192. Kunlik kassa hujjatlari yigʻmajildidagi har bir hujjatda qayd etilgan summa, taxlangan hujjatlarning joylashish ketma-ketligi boʻyicha hisoblash mashinkasida avtomat tarzda shakllantiriladigan axborot tasmasida qayd etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot tasmasiga avval kirim, keyin chiqim, soʻngra balansdan tashqari hisobvaraqlar boʻyicha avval kirim, soʻngra chiqim kassa hujjatlari summalari qayd etilishi lozim. Bunda, kirim, chiqim hamda balansdan tashqari hisobvaraqlar boʻyicha kirim va chiqim kassa hujjatlarining summalari boʻyicha umumiy summalar axborot tasmasida alohida qayd etilishi kerak.
(192-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxgalteriya boʻlimi maʼlumotlari va axborot tasmasida alohida qayd etilgan kassa hujjatlari umumiy summalari oʻrtasida tafovut aniqlanmasa, axborot tasmasida qayd etilgan har bir umumiy summa, ushbu axborot tasmasini shakllantirgan kassa xodimi tomonidan imzolanishi lozim. Shundan soʻng, taxlangan kassa hujjatlari, uni taxlagan kassa xodimi tomonidan tikilishi lozim. Axborot tasmasi kunlik kassa hujjatlarining yigʻmajildi muqovasini ichki tarafiga, kassa hujjatlaridan oldin yelimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda, naqd pullar hisob-kitobi yuritiladigan har bir hisobvaraq boʻyicha kunlik aylanmalarni (kirim-chiqim summalari roʻyxatini) chop etgan holda, undagi har bir summani tegishli kassa hujjati bilan taqqoslab chiqish ham mumkin. Bunda, tafovutlar aniqlanmagan holda ushbu roʻyxatdagi umumiy summalarni taqqoslash ishlarini bajargan kassir imzolashi kerak. Soʻngra, ushbu roʻyxatlar taxlangan kunlik kassa hujjatlari ustiga joylashtirishgan holda kassa hujjatlari bilan birga tikilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
193. Kunlik kassa hujjatlari yigʻmajildining old muqovasiga mazkur Yoʻriqnomaning 30-ilovasida koʻrsatilgan kunlik kassa hujjatlarining yigʻmajildi shakli yelimlab qoʻyiladi. Shundan soʻng, kunlik kassa hujjatlari yigʻmajildi old muqovasiga zaruriy maʼlumotlar qayd etilib, belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
(193-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-2, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/3028-2/3366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
194. Kunlik kassa hujjatlarida qayd etilgan summalar tegishli kassa kitoblarida qayd etilgan yozuvlari bilan taqqoslab koʻrilganidan soʻng, yigʻmajildning old muqovasidagi yozuv ushbu kunlik kassa hujjatlarini shakllantirgan kassir va kassa mudirining imzolari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
195. Kunlik kassa hujjatlari orasida 5 yildan ortiq muddat saqlanishi lozim boʻlgan kassa hujjatlari mavjud boʻlsa, ushbu kassa hujjatlari alohida yigʻmajildlarga tikilishi lozim va bu haqida kunlik kassa yigʻmajildining old muqovasida tegishli yozuv qayd etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank tomonidan hududdagi boshqa tuman yoki shaharda tashkil etilgan chakana amaliyotlar kassasidan kunlik kassa hujjatlari har kuni bank yetkazib berishni imkoniyati boʻlmasa, bankning bunday chakana amaliyotlar kassasini bir necha kunlik kassa hujjatlari alohida yigʻmajildga tikib borilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
196. Tikilgan kunlik kassa hujjatlari keyingi bank ish kunidan kechiktirilmagan holda bosh buxgalter tomonidan tekshirilishi, buxgalteriya hisobi maʼlumotlari bilan taqqoslanishi va tafovutlar aniqlanmagan taqdirda, uning imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
197. Bankda kunlik kassa hujjatlari kassa mudiri javobgarligi ostida pul omborida yoki belgilangan tartibda qoʻriqlash va signalizatsiya vositalari bilan muhofaza qilingan seyfda oʻn ikki oy mobaynida saqlanishi lozim. Ular oʻn ikki oydan soʻng bank arxiviga belgilangan tartibda topshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankda kassa hujjatlarini elektron shaklda rasmiylashtirilishi va aylanishi hamda kassa kitoblarini elektron shaklda yuritilishi yoʻlga qoʻyilgan boʻlsa, kunlik kassa hujjatlarini elektron fayl koʻrinishidagi har kunlik arxivi shakllantiriladi va saqlanadi.
(197-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 8-oktabrdagi 31/11-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-9, 11.11.2024-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2024-y., 10/24/3028-9/0917-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
198. Bankka kelib tushgan yozma soʻrovnoma, talabnomaga asosan pul omborida saqlanayotgan kunlik kassa hujjatlari asosida tegishli maʼlumotlar tayyorlab berilishi mumkin. Bunda, bank bosh buxgalter (yoki uning oʻrinbosari) ushbu talabnomaga imzo qoʻyib, soʻralayotgan maʼlumotni tayyorlash uchun tegishli xodimlarga koʻrsatma berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
199. Ayrim hollarda, bank rahbarining yozma ruxsatnomasiga asosan kunlik kassa hujjatlarini pul omboridan olib chiqishga ruxsat etiladi. Bunda, pul omboridan olib chiqilgan kunlik kassa hujjatlari bank ish kuni oxiriga qadar pul omboriga qaytarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200. Bankda taftish oʻtkaziladigan hollarda, kunlik kassa hujjatlari taftishchilar guruhi rahbarining tilxatiga asosan unga beriladi. Taftish oʻtkazilayotgan vaqtda kunlik kassa hujjatlari taftish guruhi rahbarining javobgarligi ostida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish tugaganidan soʻng, kassa hujjatlari bank kassasiga qaytarilishi lozim. Bunda, kassa mudiri taftish uchun olingan kunlik kassa hujjatlarini toʻliq qaytarib topshirilganligini tekshirib, tilxatni taftish guruhi rahbariga qaytarib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
201. Bankdagi kunlik kassa hujjatlarini yozma soʻrovnomalarga asosan berishni, Oʻzbekiston Respublikasining “Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq qonunchilik hujjatlarida koʻzda tutilgan hollarda amalga oshirish mumkin.
(201-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kunlik kassa hujjatlarining yigʻmajildidan olingan hujjatning asl nusxasi oʻrniga, ushbu hujjatning kassa mudiri tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxasi (kseronusxasi), hujjatni olish boʻyicha barcha yozishmalar va hujjat olinganligi toʻgʻrisidagi bayonnoma, hujjatning asl nusxasini olgan shaxsning tilxati yoki hujjatning joʻnatilganligi toʻgʻrisidagi pochta kvitansiyasi tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
202. Bir yilning turli sanalariga tegishli bir necha kunlik kassa hujjatlari bir yoʻla olinishi lozim boʻlgan hollarda, olinayotgan hujjatlarning sanasi boʻyicha dastlabki olingan hujjatning oʻrniga uning nusxasi (kseronusxasi) va mazkur Yoʻriqnomaning 201-bandida qayd etilgan hujjatlar toʻplami tikib qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olingan boshqa kassa hujjatlari oʻrniga esa ularning nusxasiga (kseronusxasiga) ushbu hujjatlarni olish uchun asos boʻlgan hujjatlar toʻplami qayerda (qaysi sanadagi kunlik kassa hujjatlari orasida) turganligi aniq qayd etilgan holda tikib qoʻyilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-bob. Pul omborida naqd pul va boshqa qimmatliklarni but saqlanishini nazorat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
203. Bank rahbari, bosh buxgalter va kassa mudiri moddiy javobgar shaxslar hisoblanib, ularga pul omborlaridagi naqd pul va boshqa qimmatliklarning but saqlanishi, daxlsizligini taʼminlash vazifalari yuklatiladi. Moddiy javobgar shaxslar pul ombori eshigini shaxsan ishtirok etgan holda, birgalikda ochib-yopishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul ombori eshigini moddiy javobgar shaxslarning biometrik belgilarini identifikatsiya qilish orqali ochib-yopish 226-band talablariga toʻliq javob bersa, moddiy javobgarlik bank boshqaruvi raisining buyrugʻiga asosan bank rahbarining oʻrniga uning oʻrinbosari zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunda, bank rahbari moddiy javobgar shaxslarning faoliyatini umumiy nazoratga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank boshqaruv raisi oʻzgarganda, avvalgi raisning moddiy javobgarlikni bank boʻlinmasining oʻrinbosari zimmasiga yuklash toʻgʻrisidagi buyrugʻi yangi tayinlangan bank boshqaruv raisi tomonidan bir oy muddatda qayta koʻrib chiqilib, yangilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul omboriga ega boʻlmagan tijorat banklarining alohida boʻlinmalarida, shuningdek, shtatlar birligida alohida boʻlinma rahbari, bosh buxgalteri va kassa mudiri lavozimlari mavjud boʻlmagan hollarda, naqd pul va boshqa qimmatliklarni but saqlanishini taʼminlash boʻyicha moddiy javobgarlik, bankning tegishli buyrugʻiga asosan, mazkur bank boʻlinmasining boshqa lavozimdagi xodimlari zimmasiga yuklatilishi hamda ular bilan moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnomalar tuzilishi lozim.
(203-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
204. Bank pul omboridagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni hamda pul omborlari kalitlarini bir moddiy javobgar shaxsdan boshqasiga vaqtincha topshirilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank bosh buxgalteri va kassa mudiridan — bank rahbarining buyrugʻiga asosan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank rahbaridan — viloyat (shahar) filiali rahbarining yoki Bosh bank rahbarining buyrugʻiga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
205. Bankda uchta moddiy javobgar shaxslarning (bank rahbari, bosh buxgalteri va kassa mudiri) bir vaqtning oʻzida ishda boʻlmasligiga yoʻl qoʻymaslik choralari koʻrilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankning moddiy javobgar shaxslari ishda boʻlgan vaqtda pul omboridagi naqd pul va boshqa qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgarlikni boshqa xodimlar zimmasiga yuklanishiga ruxsat etilmaydi.
(205-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
206. Naqd pul va boshqa qimmatliklarning butligini taʼminlash maqsadida, kassa operatsiyalarini bajaruvchi xodimlardan biri egallab turgan lavozimidan ozod etilganida ham unga topshirilgan naqd pul va boshqa qimmatliklar toʻliq, birma-bir va donalab qayta sanab qabul qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
207. Bank ish kuni boshida pul omboridan olib chiqilgan, shuningdek, inkassatsiya xizmati orqali boshqa bankdan olib kelingan naqd pul va boshqa qimmatliklarning qoldiqlari bank ish kuni yakunlangach, belgilangan tartibda pul omborlariga kiritilishi lozim. Bank ish kuni davomida chiqim qilinmaydigan naqd pul va boshqa qimmatliklar pul omborlarida saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankda bir nechta pul omborlari mavjud boʻlsa, ularga tartib raqamlari qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
208. Pul omboridagi naqd pul va boshqa qimmatliklar qulflanadigan temir stellaj, seyf yoki temir javonlarda saqlanishi kerak. Pul omboridagi va kassa tarmogʻidagi barcha temir shkaf, stellaj, seyflar va tangalar saqlanadigan qutilarga tartib raqamlari qoʻyilgan boʻlishi lozim. Naqd pul va boshqa qimmatliklarning hisob-kitobi qaysi hisobvaraqda yuritilayotganligiga qarab, ularning har birini pul omborida alohida stellaj, temir shkaf yoki seyflarda saqlash kerak.
(208-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul omborida saqlanayotgan naqd pul va boshqa qimmatliklarning butligi moddiy javobgar shaxslar tomonidan tekshirib koʻrilgach stellaj, temir shkaf yoki seyflar kassa mudiri tomonidan qulflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
209. Pul omborlaridagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni zudlik bilan evakuatsiya qilish zarurati tugʻilganda, ularni toʻliq va bir martada tashib ketilishini taʼminlash uchun pul omborida brezent (zaxira) qoplari, plombalar va tizimchalar yetarli miqdorda saqlanishi shart. Bunda, zaxira qoplari miqdori pul omborida saqlanayotgan naqd pul va boshqa qimmatliklarni hamda hujjatlarni bir vaqtda olib chiqib ketishni moʻljallagan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir zaxira qopi shartli “1 soʻm” bahosida 93609 — “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” balansdan tashqari hisobvaragʻida hisobga olinadi. Ushbu zaxira qoplari alohida qoplarga joylanib, qop ogʻzi bogʻlanadi va undagi yorliq uchta mansabdor shaxslar tomonidan surgʻuchli muhr bilan muhrlanadi. Ushbu zaxira qoplaridan boshqa maqsadlar uchun foydalanish qatʼiyan man etiladi.
(209-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
210. Naqd pul va boshqa qimmatliklar pul omboriga olib kirilganidan yoki olib chiqilganidan soʻng, mazkur Yoʻriqnomaning 31-ilovasida belgilangan shakldagi pul omboridagi seyfda (stellajda, temir shkafda) saqlanayotgan naqd pul va boshqa qimmatliklar roʻyxatiga zaruriy yozuvlar qayd etib borilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu roʻyxatda naqd pul va boshqa qimmatliklar qoʻyilgan sana, kirim, chiqim va qoldiq summalari koʻrsatiladi hamda ular naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan birga yoki alohida yigʻmajildda ham saqlanishi mumkin.
(210-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211. Pul omboridagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni saqlashda foydalaniladigan stellaj, temir shkaf va seyflar bank ish kuni tugaganidan soʻng, u yerda naqd pul va boshqa qimmatliklar mavjud yoki mavjud emasligidan qatʼi nazar, kassa mudiri tomonidan qulflanishi shart. Ularning kalitlari kassa mudirining pul omboridagi shkafi yoki seyfida saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
212. Naqd pul va boshqa qimmatliklar pul omboriga kiritilayotgan vaqtda, ularning but saqlanishi uchun moddiy javobgar boʻlgan shaxslar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banknotlarni — bogʻlamdagi dastalar soni hamda ularning ustki nakladkalaridagi yozuvlari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tangalarni — qopchalar soni hamda ularga biriktirilgan yorliqlardagi summalari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat belgisi” MCHJ oʻramidagi naqd pul cheki, tijorat banklarining hisob-kitob cheki, omonat va kvitansiya daftarchalari hamda boshqa qatʼiy hisobda turuvchi blanklarni — bogʻlamlari va ustki nakladkadagi yozuvlari boʻyicha;
(212-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el valyutalari va chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlarini (turi va qiymati boʻyicha) — dastalar soni hamda ustki nakladkalardagi yozuvlari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qatʼiy hisobda turuvchi blanklar va boshqa qimmatliklarni birma-bir donalab sanagan holda qabul qilib olishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bank kassalariga kirim qilingan chet el valyutalarini va chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlarini pul omboriga kiritishdan avval, maxsus ajratilgan kassir tomonidan kassa mudiri nazorati ostida birma-bir qayta sanab koʻrilishi, ularning toʻlovga yaroqli ekanligi tekshirilishi va belgilangan tartibda qayta oʻrab-bogʻlanishi tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
213. Saqlash uchun qabul qilingan aksiya, veksel, depozit sertifikatlari, Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlar ham ulardagi himoya belgilari mavjudligi tekshirilib (haqiqiyligiga ishonch hosil qilingach) donalab sanalgan holda pul omboriga kirim qilinishi hamda ular oʻz nominal qiymatlari boʻyicha mazkur Yoʻriqnomaning 29-ilovasida keltirilgan 171-shakldagi kitobda hisobga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
214. Bank pul omboridagi naqd pul va boshqa qimmatliklar butligini taʼminlash, nazoratdan oʻtkazish maqsadida pul omboridagi naqd pul va boshqa qimmatliklar har oyning 1 sanasiga mazkur bank kassirlari tomonidan toʻliq qayta sanalgan boʻlishi lozim.
(214-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
215. Pul omboridagi “Davlat belgisi” MCHJ oʻramidagi pullar, “muomalaga yaroqli”, “eskirgan” va “toʻlovga yaroqsiz” toifasiga ajratilgan naqd pullar bir-biridan alohida hamda nominal qiymatlari boʻyicha saralangan holda saqlanishi lozim. Shu jumladan, chet el valyutasi (yoʻl cheklari, chet el valyutasidagi qimmatliklar), har bir turdagi, toifadagi xorijiy valyutalar ham alohida bogʻlamlarda, xorijiy valyutadagi tangalar esa qopchalarda, ularning nominal qiymatlari boʻyicha ajratilgan holda saqlanishi lozim.
(215-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul omborlaridagi stellaj, temir shkaf va seyflarda tangali qopchalarni qoʻyish uchun joy boʻlmasa, ularni polga qoʻyilgan poddon ustida saqlashga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
216. Bank kassirlari tomonidan oʻrab-bogʻlangan banknot va tangalar qayta sanalmagan holda pul omborida ikki yilgacha saqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
217. Naqd pullar namunasi pul omborida saqlanishi, zarurat tugʻilganda, ularni mijozga koʻrsatish uchun kassa tarmogʻiga olib chiqilishi va bank ish kuni yakuniga qadar ushbu namunalar pul omboriga qaytarilishi shart. Naqd pullar namunalari oʻzining nominal qiymati boʻyicha 171-shakldagi kitobda hisobga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankka saqlash uchun topshirilgan naqd pul va boshqa qimmatliklar qabul qilib olingan sanasi boʻyicha, tartib raqamiga qarab joylashtirilgan holda pul omborida saqlanishi kerak. Pul omborida saqlanayotgan har bir paket yoki qopga balansdan tashqari hisobvaraq boʻyicha kirim kassa orderining nusxasi biriktirib quyilishi shart. Ushbu kirim orderlarida paket yoki qop kim tomonidan topshirilganligi, saqlash uchun topshirilgan qimmatlikning turi va summasi, tartib raqami hamda balansdan tashqari hisobvaraqqa kirim qilingan sanasi koʻrsatiladi.
(217-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
218. Pul omboridagi qatʼiy hisobda turuvchi blanklar va saqlash uchun qabul qilingan qimmatliklar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daftar yoki kitobcha koʻrinishdagi blanklar — har bir daftar yoki kitobcha shartli “1 soʻm” bahoda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida varaq koʻrinishidagi blanklar — har bir donasi, shuningdek, bir xil tartib raqamli juft varaqli (yoki komplekt) blanklar har bir komplekti shartli “1 soʻm” bahoda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank mijozlaridan belgilangan tartibda sumkaga (qopga) solinib, qop ogʻzi bogʻlangan va muhrlangan holda yoki paketga solinib ogʻzi yelimlangan va muhrlangan holda saqlash uchun topshirilgan qimmatliklarning har bir qopi shartli “1 soʻm” bahoda yoki mijoz bilan kelishilgan bahoda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank tomonidan ajratilgan kreditlar taʼminoti uchun qabul qilingan hujjatlar paketga solinib ogʻzi yelimlangan va bank muhri bilan muhrlangan holda saqlash uchun topshirilganda tegishli balansdan tashqari hisobvaraq boʻyicha rasmiylashtirilgan kirim kassa orderida qayd etilgan qiymati boʻyicha;
(218-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka tegishli qimmatli qogʻozlar va oʻz qiymatiga ega boʻlgan toʻlov hujjatlari nominal qiymati boʻyicha 171-shakldagi kitobda hisobga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
219. Bankning moddiy javobgar shaxslari pul omborini yopishdan avval, naqd pullar va boshqa qimmatliklarning but saqlanayotganligini, ularning hisobi toʻgʻri yuritilayotganligini hamda balansdagi maʼlumotlarni, kassa kitoblaridagi yozuvlarni va haqiqatda mavjud boʻlgan naqd pullar, qimmatliklar qoldiqlariga mos kelishini tekshirib koʻrishlari shart. Buning uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aylanma kassadagi milliy valyutadagi naqd pullari qoldigʻini 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvaragʻidagi milliy valyuta qoldigʻiga hamda 120-shakldagi kitobda qayd etilgan yozuvlarga mos kelishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aylanma kassadagi xorijiy davlatlarning naqd valyutalari qoldiqlarini 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvaragʻidagi har bir xorijiy valyuta qoldigʻiga hamda mazkur Yoʻriqnomaning 32-ilovasida keltirilgan 121-shakldagi naqd chet el valyutasi va chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlari qoldigʻini qayd etish kitobidagi yozuvlarga mos kelishini;
(219-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 8-oktabrdagi 31/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-9, 11.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2024-y., 10/24/3028-9/0917-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(219-bandning toʻrtinchi — oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul omboridagi “eskirgan” toifadagi naqd milliy valyutalar qoldigʻini 10198-“Eskirgan toifadagi naqd pullar” hisobvaragʻidagi qoldiqqa hamda mazkur Yoʻriqnomaning 36-ilovasida keltirilgan 141A-shakldagi “Eskirgan” toifadagi banknot va tangalar hisobini yuritish kitobida qayd etilgan yozuvlarga mos kelishini;”
(219-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 8-oktabrdagi 31/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-9, 11.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2024-y., 10/24/3028-9/0917-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul omboridagi xorijiy davlatlarning “eskirgan” naqd chet el valyutalari qoldiqlarini 10198-“Eskirgan toifadagi naqd pullar” hisobvaragʻidagi har bir mos xorijiy valyuta qoldigʻiga hamda mazkur Yoʻriqnomaning 32a-ilovasida keltirilgan 121A-shakldagi “Eskirgan” naqd chet el valyutalari qoldigʻini qayd etish kitobida qayd etilgan yozuvlarga mos kelishini;
(219-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 8-oktabrdagi 31/11-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-9, 11.11.2024-y.) asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2024-y., 10/24/3028-9/0917-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul omboridagi saqlash uchun qabul qilingan qimmatliklar, qatʼiy hisobda turuvchi blanklarni 90303 — “Davlatning qimmatli qogʻozlari blanklari”, 90305 — “Markaziy bankning qimmatli qogʻozlari blanklari”, 90317 — “Boshqa tashkilot va muassasalarning qimmatli qogʻozlari blanklari”, 90327 — “Bankning qimmatli qogʻozlari blanklari”, 90337 — “Bankning sotib olingan qimmatli qogʻozlari”, 90993 — “Kafolat va kafilliklar”, 93609 — “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar”, 93616 — “Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qogʻozlari”, 93623 — “Shartli tarzda saqlanayotgan xususiy qimmatli qogʻozlar/tijorat hujjatlari”, 94501 — “Garov sifatida olingan qimmatli qogʻozlar”, 94502 — “Garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquq talablar”, 94503 — “Garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar” balansdan tashqari hisobvaraqlarida hisobi yuritiladigan qatʼiy hisobda turuvchi blanklar hamda saqlash uchun qabul qilingan qimmatliklar qoldiqlari bilan hamda 171-shakldagi kitobda qayd etilgan yozuvlarga mos kelishini tekshirishlari shart.
(219-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
220. Bank ish kuni davomida kassalardagi naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan kirim yoki chiqim kassa operatsiyalari bajarilgach, ish kuni yakunida kassa mudiri tomonidan tegishli kassa kitoblarida amaliyot kuni uchun umumiy kirim va umumiy chiqim summalari hamda kun oxiriga qoldiq summalar hisoblanib, qayd etiladi. Kassa kitoblariga yozishda xatoliklarga yoʻl qoʻyilsa, kitobning ushbu ustunidagi yozuvlar ustidan bitta chiziq tortilib bekor qilinib, ushbu xatolik moddiy javobgar shaxslarning imzolari bilan tasdiqlanadi. Shundan soʻng, kassa kitobiga haqiqatda kiritilishi lozim boʻlgan yozuvlar, kitobning navbatdagi ustuniga yozilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank ish kuni davomida naqd pul va boshqa qimmatliklarning biror bir turi yoki hisob-kitobi yuritiladigan biror bir hisobvaraq boʻyicha kassa operatsiyalari bajarilmagan boʻlsa, tegishli kassa kitobida joriy bank ish kuni boʻyicha yozuvlarni (yaʼni, avvalgi sanadagi qoldiq summasini takroran) qayd etmaslikka ruxsat etiladi. Har oyning boshi, yaʼni oyning birinchi bank ish kuni ertalabki holatga tegishli qoldiq summalarni mos ravishda barcha kassa kitoblarida qayd etilishi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa kitoblarida qayd etilgan yozuvlarning toʻgʻriligi moddiy javobgar shaxslarning imzolari bilan tasdiqlanib borilishi lozim. Ushbu kassa kitoblari kun davomida kassa mudirida, bank ish kuni tugaganidan soʻng pul omborida saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2201. Bank (filial) kassa tarmogʻida belgilangan shakl va tartiblarga rioya etgan holda barcha kassa kitoblari (bundan 161-shakldagi kitob mustasno), kassa jurnallari, blanklar va varaqalarni toʻldirish, rasmiylashtirish hamda tasdiqlash ishlari elektron shaklda ham yoʻlga qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bank amaliyot kuni dasturiga ulanmagan, kassa tarmogʻidagi naqd pullar va qimmatliklar harakati qayd etib boriladigan maxsus dastur yordamida har bir moddiy javobgar shaxsni identifikatsiya qilish hamda undan faqat oʻzining vakolati doirasida foydalanish uchun imkoniyat yaratib berilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank (filial) kassa tarmogʻida hujjat aylanishini avtomatlashtirilishi ushbu Yoʻriqnomada belgilangan qoidalarni buzilishiga imkon yaratib bermasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa tarmogʻidagi hujjatlarni rasmiylashtirish, tekshirish va imzolash vakolatiga ega boʻlgan har bir moddiy javobgar shaxs — oʻzining bajargan ishini (oʻziga biriktirilgan elektron kalit yoki boshqa maxsus himoyalangan vosita, qurilma orqali) tasdiqlab qoʻyish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
(2201-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
221. Kassa mudiri tomonidan yuritiladigan pul omborining kassa kitoblari yozuvlar bilan toʻlganida, ular 1 yil pul omborida saqlanishi, shundan soʻng belgilangan tartibda bank arxiviga topshirilishi lozim. Shuningdek, kassirlarning 155-shakldagi kassa kitoblari ham toʻlganidan keyin 1 yil pul omborida saqlanishi va keyinchalik belgilangan tartibda yoʻq qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
222. Bank moddiy javobgar shaxslari pul omborlarida saqlanishi lozim boʻlgan naqd pul va boshqa qimmatliklar, kassa kitoblari va hujjatlarning barchasi pul omboriga olib kirilganligiga hamda ularning butligiga, shuningdek, ombordagi barcha seyf, stellaj va shkaflarning qulflanganliga va chiroqlarning oʻchirilganligiga ishonch hosil qilganlaridan soʻng, pul omborini qulflaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
223. Bank pul omboridagi naqd pul va boshqa qimmatliklarning but saqlanishini taʼminlash uchun ularning eshiklari moddiy javobgar shaxslarning bevosita ishtirokida, ular oʻzlariga biriktirilgan kalitdan ketma-ket foydalangan holda pul ombori eshigini ochib-yopadilar. Bunda, pul omborining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi kalit — kassa mudirida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi kalit — bank rahbarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi (temir panjarali eshikni ochadigan) kalit — bosh buxgalterda saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
224. Bank pul ombori qulflanganidan soʻng, moddiy javobgar shaxslarning surgʻuchli muhrlari bilan muhrlanadi. Pul ombori eshigini muhrlashda faqat surgʻuch ishlatilishi shart. Bunda, butun va tugunlari boʻlmagan tizimcha pul ombori eshigining halqalaridan oʻtkazilgach, yetarlicha uzunlikka ega boʻlgan tizimcha uchta chuqurlikka ega boʻlgan taxtacha ustiga qoʻyilib surgʻuchlanadi hamda moddiy javobgar shaxslarning surgʻuchli muhrlari bilan muhrlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surgʻuchlash jarayonida tizimchani yetarlicha uzunlikka ega ekanligiga hamda taxtachadagi chuqurchalarga surgʻuch qoʻyilganda, surgʻuchni chuqurchalar doirasidan chiqib ketmasligiga eʼtibor qaratish lozim. Bu oʻz navbatida, tizimchani uzmasdan yoki muhrlarni buzmasdan pul ombori eshigini ochib boʻlmasligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul ombori eshigini surgʻuchli muhrlar bilan muhrlash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi (yuqoridagi chuqurchaga) muhrni — kassa mudiri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi (oʻrtadagi chuqurchaga) muhrni — bosh buxgalter;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi (pastdagi chuqurchaga) muhrni — bank rahbari qoʻyishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
225. Ushbu moddiy javobgar shaxslar doimo pul omborlarining kalitlari va lavozim muhrlarini boshqa shaxslar tomonidan foydalanishga imkoniyat qoldirmagan holda saqlashlari shart. Moddiy javobgar shaxslar oʻzlariga biriktirilgan kalitlar va surgʻuchli muhrlarni bir-birlariga va boshqa shaxslarga topshirishlari taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
226. Shuningdek, bank pul omborlarini yopish, ochishda zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan hamda xavfsizlikni yanada kuchaytirish imkoniyatini bera oladigan, dasturiy taʼminotga asoslangan vositalar yordamida moddiy javobgar shaxslarning biometrik (“barmoq izi”, “koʻz gavhari”, “tovush diapazoni” va boshqa) belgilariga qarab identifikatsiya qilishga qodir boʻlgan innovatsion usullardan foydalanishga ham ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy javobgar shaxslarni biometrik belgilariga qarab identifikatsiya qilinishi pul ombori eshigini qulflanishi yoki ochilishiga bevosita, uzviy tarzda taʼsir koʻrsatsa, yaʼni ushbu eshikni faqat kalitlar yordamida ochib-yopish imkoniyati mavjud boʻlmasa, bunday tarzda jihozlangan eshik qulflanganidan soʻng, uni surgʻuchli muhr bilan muhrlanishi talab etilmaydi.
(226-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
(226-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
227. Qulflangan va muhrlangan pul omborini qoʻriqlash xizmati xodimiga topshirish vaqtida qoʻriqlash xizmati xodimi pul ombori qulflanganligini, eshikdagi halqalardan oʻtkazilgan tizimchaning uzilmaganligini tekshirib koʻradi va surgʻuchli muhrlar izlarini, ularning namunalari bilan solishtirib koʻradi. Buning uchun qoʻriqlashga topshiriladigan pul ombori (seyflar, temir shkaflar) eshiklarini muhrlashda ishlatiladigan muhrlarning namunalari qoʻriqlash xizmati xodimiga tilxat asosida topshirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
228. Qoʻriqlash xizmati xodimi pul ombori eshigi belgilangan tartibda qulflangan va muhrlanganligiga ishonch hosil qilgach, kassaning mazkur Yoʻriqnomaning 37-ilovasida keltirilgan 161-shakldagi pul omborini ochilishi, yopilishi hamda qoʻriqlash xizmati xodimiga topshirilishi va undan qabul qilib olinishini qayd etish kitobiga imzo qoʻygan holda, pul omborini qoʻriqlash uchun qabul qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan soʻng, kassa mudiri joylardagi TQP navbatchisiga telefon orqali “maxsus parol” bilan murojaat qilib, pul omborini TQPga topshiradi va bu haqida tegishli yozuvlarni mazkur Yoʻriqnomaning 38-ilovasida keltirilgan pul omborini texnik qoʻriqlash punktiga topshirilishi va undan qabul qilib olinishini qayd etish kitobiga qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tilxat bank rahbarida, 161-shakldagi va mazkur Yoʻriqnomaning 38-ilovasida keltirilgan kitoblar kassa mudirining pul omboridan tashqaridagi alohida seyfida saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
229. Naqd pul va boshqa qimmatliklar saqlanadigan pul omborlari eshiklarining, shuningdek, kassa tarmogʻidagi barcha seyflar va metall shkaflarning dublikat (zaxira) kalitlari boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankdagi ushbu dublikat kalitlari, mazkur bankka yaqin masofada joylashgan bankka saqlash uchun topshirilishi shart. Buning uchun ushbu dublikat kalitlarining batafsil tuzilgan roʻyxati asosida, dublikat kalitlari tashqi choki boʻlmagan qopchaga solinib, tugunsiz tizimcha bilan bogʻlanishi va unga biriktirilgan nakladkaga uchta moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzo qoʻyilib, ularning surgʻuchli muhrlari bilan muhrlanishi lozim. Shuningdek, bank tomonidan dublikat kalitlarini saqlashga qabul qilib olishlarini soʻrab xat tayyorlanib, uchta moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanishi hamda bank muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu xatga asosan yaqin masofada joylashgan bank dublikat kalitlarni qabul qilib olishi hamda ularni qabul qilganligi toʻgʻrisida 004-shakldagi kvitansiyani rasmiylashtirib, uni dublikat kalitlari solingan qopchani topshirgan bank xodimiga taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
230. Mazkur 004-shakldagi kvitansiya, dublikat kalitlarini saqlash uchun qabul qilishlarini soʻrab yozilgan xatning ikkinchi nusxasi va topshirilgan dublikat kalitlarining batafsil roʻyxati ushbu dublikat kalitlarini topshirgan bank rahbarining seyfida saqlanib, 93609 — “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” balansdan tashqari hisobvaragʻida “1 soʻm” qiymatida hisobga olinadi.
(230-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
231. Bank saqlash uchun topshirilgan oʻzining dublikat kalitlarini qaytarib olishi uchun, ushbu kalitlarni qaytarib berishni soʻragan holda tayyorlangan va moddiy javobgar shaxslarining imzosi qoʻyilib, bankning dumaloq muhri bilan tasdiqlangan xatga 004-shakldagi kvitansiyani ilova qilgan holda, dublikat kalitlari saqlanayotgan bankka murojaat qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
232. Saqlash uchun topshirilgan bankning dublikat kalitlarini olish, ushbu kalitlardan biri sinib qolgan yoki yoʻqolgan hollarda hamda uch moddiy javobgar shaxslardan biri almashganda (dublikat kalitlarini haqiqatda mavjudligini tekshirish uchun) amalga oshiriladi. Shuningdek, bankda taftish oʻtkazish jarayonida ham taftish guruhi boshligʻining talabiga asosan dublikat kalitlar tekshirib koʻrish uchun olib kelinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dublikat kalitlari qaytarib olingan hollarda, moddiy javobgar shaxslar tomonidan kalitlarni qaytarib olish sabablari koʻrsatilgan holda dalolatnoma tuzilib, ular tomonidan imzolanishi lozim. Shuningdek, dublikat kalitlarini qaytarib olishga kalitlardan birining yoʻqotilganligi sabab boʻlsa, unda aybdor shaxsga nisbatan intizomiy jazo choralari koʻrilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankning rahbari tomonidan singan yoki yoʻqolgan kalitlar bilan bogʻliq muammo toʻliq bartaraf etilgach, shuningdek, tekshiruvchilar dublikat kalitlari mavjudligini tekshirib boʻlganlaridan soʻng, dublikat kalitlarini, ular olingan kunning oʻzidayoq yaqin masofada joylashgan bankka belgilangan tartibda qaytarib topshirish choralari koʻrilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
233. Bank rahbari vaqtincha oʻzgargan hollarda, kvitansiya va dublikat kalitlarini boshqa bankka topshirish haqidagi xat va ushbu kalitlarni saqlash uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisida 004-shakldagi kvitansiya vaqtincha rahbarlik lavozimiga tayinlangan shaxsga topshiriladi. Mazkur jarayon pul omborlarining asosiy kalitlari hamda bankdagi naqd pul va boshqa qimmatliklarning bir mansabdor shaxsdan ikkinchisiga topshirish yoki qabul qilib olish bankdagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni topshirish-qabul qilish boʻyicha tuzilgan dalolatnomani rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.
(233-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
234. Pul ombori, seyf yoki metall shkaflarning kalitlari yoʻqolib qolgan yoki ishga yaroqsiz holga kelgan taqdirda, bunday ishlarga faqat sinalgan va bu ish bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻlgan mutaxassislar jalb etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank rahbari tomonidan tayinlangan komissiya qulfning ichki tuzilmasi oʻzgartirilganligi va yangi kalitlar tayyorlanganligi haqida dalolatnoma tuzishi shart. Unda qulfning ichki tuzilmasini oʻzgartirish va yangi kalitlar tayyorlash sabablari, bu ishlarni bajargan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda tegishli ruxsatnomaga ega ekanligi koʻrsatilishi lozim. Ushbu dalolatnoma bank rahbarining maxsus yigʻmajildida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
235. Kirim, chiqim va qayta sanash kassalariga oʻrnatilgan maxsus stollarning dublikat kalitlari alohida qopga solinib, uch moddiy javobgar shaxslarning surgʻuchli muhrlari bilan muhrlangan, lekin bank balansida aks ettirilmagan holda ushbu bankning pul omborida saqlanishiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
236. Pul omboriga faqat pul ombori eshigining kalitlari va surgʻuchli muhrlariga ega boʻlgan (yoki tegishli dasturiy taʼminotga biometrik belgilari kiritilgan) moddiy javobgar shaxslar birgalikda (bir vaqtda) kirib-chiqishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankning boshqa xodimlari (agar ularga aylanma kassada kassa operatsiyalarini bajarish huquqi berilgan boʻlsa) pul omboriga faqat bank rahbarining ruxsati bilan moddiy javobgar shaxslar ishtirokida kirib-chiqishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
237. Bank pul omborlari doimo qulflangan boʻlishi, u yerda naqd pul va boshqa qimmatliklar mavjud boʻlgan taqdirda esa, moddiy javobgar shaxslarning surgʻuchli muhrlari bilan muhrlab qoʻyilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
238. Pul omborlarini bank ish kuni boshida qoʻriqlash xizmatidan qabul qilib olish, ish kuni oxirida uning eshiklarini muhrlash va qoʻriqlashga topshirish, qoʻriqlash xizmati xodimi ishtirokida amalga oshiriladi. Pul omborini qoʻriqlash xizmati xodimidan qabul qilib olingan (uning eshiklarini amalda ochilgan) vaqti, shuningdek, pul omborini qoʻriqlash xizmati xodimiga topshirilgan (uning eshiklarini yopilgan) vaqti 161-shakldagi kitobda qayd etib borilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank ish kuni yakunida (shu jumladan, dam olish yoki bayram kunlari) kechki kassa va qayta sanash kassasida yoki pul omboridan tashqarida joylashgan seyfda naqd pul va boshqa qimmatliklar saqlash uchun qoldirilsa, ushbu kassalar eshiklari, shuningdek, pul omboridan tashqarida joylashgan seyf uchun ham alohida 161-shakldagi kitob yuritilishi kerak. Naqd pul va boshqa qimmatliklar saqlanayotgan kassalar qoʻriqlash xizmatiga topshirilgandan soʻng, 161-shakldagi kitob kassani qoʻriqlash xizmatiga topshirgan kassa xodimining seyfi yoki metall shkafida saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
239. Bank ish kuni davomida naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan kassa operatsiyalari bajarilgan yoki bajarilmaganligidan qatʼi nazar, pul omborlari moddiy javobgar shaxslar tomonidan har bir bank ish kunida albatta ochib koʻrilishi va tekshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
240. Moddiy javobgar shaxslar pul omborini ochishdan avval:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qoʻriqlash xizmati xodimi ishtirokida pul omborining eshik va qulflari, eshiklardagi tizimcha oʻtkaziladigan halqa moslamalari buzilmaganligini, shuningdek, tizimcha va surgʻuchli muhrlar izlarining butligini tekshirib koʻrishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kassa mudiri TQP navbatchisiga telefon orqali “maxsus parol” bilan murojaat qilib, pul omborini texnik qoʻriqlash pultidan qabul qilib olishi va bu haqida mazkur Yoʻriqnomaning 38-ilovasidagi kitobga tegishli yozuvlarni qayd etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) pul ombori eshigiga bogʻlangan tizimchaning (tugundan yuqori qismini) bir tomonini qirqib, surgʻuchli muhr izlari tushirilgan taxtachani oladilar. Pul omborining asosiy eshigi kassa mudiriga va bank rahbariga biriktirilgan kalitlar bilan ochilib, (temir panjarali eshik ochilmagan holda) pul omborining devorlari, shifti va poli koʻzdan kechirilib, pul omboriga kirish uchun urinishlar boʻlmaganligiga ishonch hosil qilinganidan soʻng, temir panjarali eshik bosh buxgalterdagi kalit bilan ochiladi va taxtachadagi surgʻuchli muhrlar izi yoʻq qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bank filial moddiy javobgar shaxslari 161-shakldagi kitobga tegishli yozuvlarni qayd etgan holda, imzolarini qoʻyib, qoʻriqlash xizmati xodimidan pul omborini qabul qilib olinganliklarini tasdiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
241. Pul omborini ochish jarayonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul ombori eshigi, eshikdagi qulflar, tizimcha oʻtkaziladigan halqa moslamalari, surgʻuchli muhrlar izlari buzilganligi yoki tizimchani uzilganligi aniqlansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir panjarali eshik ochilmagan holda pul omborining devorlari, shifti va poli koʻzdan kechirilganida pul omboriga kirishga urinish boʻlganligi aniqlansa, temir panjarali eshikni ochmagan holda, zarur choralarni koʻrish maqsadida Bosh bankka va Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga bu toʻgʻrisida zudlik bilan xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, mavjud vaziyat, holat batafsil bayon etilgan holda toʻrt nusxada dalolatnoma tuziladi va uni bankning moddiy javobgar shaxslari va qoʻriqlash xizmati vakili imzolaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
242. Bunday holatda jinoyat qidiruv, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv organlari vakillari kelganlaridan soʻng, ularning kuzatuvi ostida pul omborining eshigi ochiladi. Devor, pol va shiftlarga shikast yetkazilgan boʻlsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakilining ruxsatidan soʻng, pul omboriga kiriladi hamda undagi naqd pul va boshqa qimmatliklar darhol tekshirib koʻriladi. Pul omboridagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni tekshirish natijalari boʻyicha toʻrt nusxada dalolatnoma tuziladi hamda ushbu tekshiruvda ishtirok etgan barcha shaxslar uni imzolaydilar.
(242-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-2, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/3028-2/3366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomaning birinchi nusxasi bankda qoladi, ikkinchi nusxasi huquqni muhofaza qilish organlariga va uning uchinchi nusxasi Bosh bankka va toʻrtinchi nusxasi Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga taqdim etiladi. Bunday hollarda surgʻuchli muhrlar izi yoʻq qilinmagan holda dalolatnoma bilan birga saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
243. Banknotlar bogʻlamini yoki tangalar solingan qoplarni muhrlash yoki plombalash uchun kassirlar va boshqa moddiy javobgar shaxslar bank nomi, kodi yoki tartib raqami tushirilgan shaxsiy plombir (bir martalik raqamlangan shtrix yoki QR kodli plastik plombalar) yoki klishe bilan taʼminlangan boʻlishlari lozim.
(243-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir moddiy javobgar shaxs, kassa xodimi oʻziga biriktirilgan ushbu muhrlar, plombirlar, shaxsiy kodli klishelar, bank nomi, kassirning familiyasi, ismi va otasining ismi tushirilgan toʻrtburchak muhrlar hamda seyflar, metall shkaflarlarning kalitlarini daxlsizligini taʼminlashlari va ulardan begona shaxslarning foydalanishlari uchun imkoniyat qoldirmasliklari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
244. Bankdagi barcha muhrlar, toʻrtburchak muhrlar hamda seyflar va metall shkaflarning kalitlari, plombirlar va klishelarning hisob-kitobini yuritish, ularni kassirdan qabul qilib olinganligi yoki kassirlarga topshirilganligini qayd etib borish, bank rahbarining yozma farmoyishi bilan tayinlangan hamda naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan kassa operatsiyalarini bajarishda ishtirok etmaydigan shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Yoʻriqnomaning 39-ilovasida keltirilgan muhrlar, toʻrtburchak muhrlar va kalitlar hisobini yuritish hamda ularning harakatini qayd etish daftaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Yoʻriqnomaning 40-ilovasida keltirilgan plombir va klishelar hisobini yuritish hamda ularning harakatini qayd etish daftaridan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
245. Bank qayta sanash kassasidagi, kechki kassasida seyflar, metall shkaflardan foydalanuvchi kassa xodimlari oʻzgarganida, ularning eshiklarini kalitlari hamda eshiklarini muhrlashda foydalaniladigan muhrlarning bir xodimdan ikkinchi bir xodimga oʻtishini qayd etish uchun qayta sanash va kechki kassada alohida kitoblar yuritilishi lozim. Ushbu kitoblar kassa mudirida saqlanadi hamda kalit va muhrlarni topshirish, qabul qilish ishlari faqat kassa mudiri orqali amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassir vaqtincha ishda boʻlmagan (betobligi, taʼtilga chiqqan vaqtda) hollarda ushbu kassirga biriktirilgan muhr, toʻrtburchak muhr, plombir va klishe, ularning hisobini yurituvchi bank xodimiga topshirilishi lozim hamda ulardan boshqa kassirni vaqtincha foydalanib turishi man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
246. Ish jarayonlarida foydalanilmaydigan, ishdan boʻshagan kassa xodimlarining familiyasi, ismi va otasining ismi tushirilgan, shuningdek, yaroqsiz holga kelgan muhrlar, toʻrtburchak muhrlar, kalitlar, plombirlar va klishelar yoʻq qilinguniga qadar, qopchaga solinib va qopcha ogʻzi moddiy javobgar shaxslar tomonidan muhrlangan holda (hisob-kitobga olinmasdan) pul omborida saqlanishi lozim. Ular bank rahbarining buyrugʻiga asosan tuzilgan komissiya tomonidan, belgilangan tartibda yoʻq qilinishi hamda bu haqida tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
247. Moddiy javobgar shaxslar oʻz ish joylarini tark etayotgan hollarda, naqd pul va boshqa qimmatliklarni, plombir, muhr, toʻrtburchak muhr, klishe hamda seyf, metall shkaf, stol tortmasi kalitlarini ochiq holda qoldirishlari, shuningdek, aravachalarni yoki stol tortmalarini qulflamasdan qoldirishlari va qulflarda kalitlarni qoldirib ketishlari man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
248. Kassa xodimi ish vaqtida kasal boʻlib qolsa yoki boshqa sabablarga koʻra oʻz ish joyini toʻsatdan tashlab ketishga majbur boʻlsa, unga hisobdorlik asosida topshirilgan barcha naqd pul va boshqa qimmatliklar kassa mudiri tomonidan sanab qabul qilib olinishi lozim. Kassir oʻzidagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni kassa mudiriga topshirish jarayonida ishtirok etishining imkoni boʻlmasa, u holda kassirdagi naqd pul va boshqa qimmatliklar bank rahbari tomonidan tayinlangan komissiya ishtirokida sanab, qabul qilinadi hamda bu haqida tegishli dalolatnoma tuziladi. Shuningdek, zarurat tugʻilgan hollarda naqd pullar va boshqa qimmatliklarni kassa mudirining nazorati ostida sanash uchun kassirlar jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
249. Ushbu Yoʻriqnomada qayd etilgan barcha kitoblarning betlari raqamlangan, varaqlaridan tizimcha oʻtkazilib, shnurlangan boʻlishi lozim. Shuningdek, ushbu kitoblarning oxirgi betiga, kitobdagi raqamlangan betlarning umumiy soni yozib qoʻyilgan va ushbu yozuvlar moddiy javobgar shaxslarning imzolari bilan hamda bank dumaloq muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-bob. Naqd pul va boshqa qimmatliklarni taftish qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
250. Bankda naqd pul va boshqa qimmatliklarning but saqlanayotganligini taftish qilish hamda bajarilgan kassa operatsiyalarini tekshirish quyidagi hollarda amalga oshirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bank rahbarining tegishli buyrugʻiga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yilning 1-yanvar holatiga koʻra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda kamida bir marta toʻsatdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh buxgalter yoki kassa mudiri almashayotganida yoxud vaqtincha almashayotganida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Bosh bank buyrugʻiga asosan bank rahbari (yoki moddiy javobgarlik yuklatilgan uning oʻrinbosari) almashayotganida yoki vaqtincha almashayotganida.
(250-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, boshqa hollarda Markaziy bank yoki Bosh bank (tijorat bankining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat yoki Toshkent shahar filiali) farmoyishlari asosida ham bankdagi naqd pul va boshqa qimmatliklar taftish qilinishi, bajarilgan kassa operatsiyalari tekshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bankda naqd pul va boshqa qimmatliklarning butligini taftish qilish, kassa ishining ahvolini oʻrganish boʻyicha oʻtkaziladigan barcha tekshirishlarni kutilmaganda, toʻsatdan oʻtkazilishi tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
251. Markaziy bank yoki Bosh bank xodimlari tomonidan bankda naqd pul va boshqa qimmatliklarning but saqlanishi boʻyicha taftish oʻtkazilgan boʻlib, bankda kassa operatsiyalarini bajarish borasidagi ishlarni qoniqarli ahvolda ekanligi tasdiqlansa, ushbu chorakda takroran chorakli taftish oʻtkazilmasligi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankda har chorakda kamida bir marta toʻsatdan oʻtkaziladigan taftishlarni mazkur Yoʻriqnomaning 250-bandida qayd etilgan boshqa taftishlar bilan birga qoʻshib oʻtkazilishiga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
252. Bankda naqd pul va boshqa qimmatliklarning but saqlanishi boʻyicha oʻtkaziladigan taftishlar orasidagi muddat uch oydan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
253. Oʻtkazilgan taftish natijalari boʻyicha “Xizmat doirasida foydalanish uchun” grifi qoʻyilgan bankda naqd pul va boshqa qimmatliklarni taftish qilish natijalari boʻyicha dalolatnoma tuzilib, bankning bosh buxgalterini seyfida, alohida yigʻmajildda saqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
254. Bank kassasida taftish oʻtkazish bank rahbari tomonidan chiqarilgan yozma buyruq bilan tayinlangan malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Taftish oʻtkazishga jalb etiladigan xodimlar soni bankda bajarilgan kassa operatsiyalarining hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
255. Bankdagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni taftish qilish uchun muayyan bilim va tajribaga ega, naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan kassa operatsiyalarini bajarishga aloqasi boʻlmagan xodimlar jalb etilishi lozim. Ulardan biri taftish guruhi rahbari etib tayinlanadi hamda taftishning toʻgʻri tashkil etilishi va belgilangan qoidalarga muvofiq oʻtkazilishi uchun javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
256. Bank rahbari almashayotganida naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olish va topshirish munosabati bilan oʻtkaziladigan taftish, tegishli bank Boshqaruvi raisining (yoki uning oʻrinbosari) buyrugʻi bilan tayinlangan Bosh bank masʼul xodimi boshchiligidagi komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankning bosh buxgalteri yoki kassa mudiri almashtirilayotganida, naqd pul va boshqa qimmatliklarni bir moddiy javob shaxsdan qabul qilib olinishi hamda ikkinchi bir moddiy javobgar shaxsga topshirilishi munosabati bilan oʻtkaziladigan taftishda Bosh bank yoki uning hududiy boshqarmasi masʼul vakili ishtirok etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
257. Bankning rahbari, bosh buxgalteri yoki kassa mudiri egallab turgan lavozimidan ozod etilganida, bank kassadagi naqd pul va boshqa qimmatliklar toʻliq, birma-bir va donalab qayta sanalishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh bank rahbari tomonidan moddiy javobgar shaxslardan naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olish — topshirish toʻgʻrisidagi buyrugʻida belgilangan muddati bankdagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni toʻliq, birma-bir va donalab qayta sanash uchun yetarli boʻlmasa, belgilangan muddat uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
258. Ushbu bankda ishlamaydigan, lekin taftish oʻtkazishga belgilangan tartibda jalb qilingan shaxslarni, Bosh bank rahbarining (yoki uning oʻrinbosari) imzosi qoʻyilgan va bankning dumaloq muhri bilan tasdiqlangan guvohnoma hamda kassa tarmogʻiga kirish uchun ruxsatnoma berilgan taqdirda, kassada oʻtkaziladigan taftishda ishtirok etishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish oʻtkazishga jalb etilgan va kassaga kirishga ruxsatnomasi boʻlmagan shaxslarga vaqtinchalik (taftish oʻtkazish muddatiga) ruxsatnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
259. Taftish moddiy javobgar shaxslar ishtirokida oʻtkaziladi. Moddiy javobgar shaxs turli sabablarga koʻra taftish jarayonlarida ishtirok etmagan boʻlsa, bu haqida dalolatnomada alohida qayd etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
261. Taftish guruhi rahbari kassa tarmogʻiga kirib, taftishni boshlagan zahoti barcha pul omborlarini oʻzining surgʻuchli muhri bilan muhrlaydi, aylanma kassada bajarilayotgan barcha kassa operatsiyalarini esa oʻz nazoratiga olib, kechki kassa va qayta sanash kassasidagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni ham taftish qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
262. Kassadagi barcha naqd pul va boshqa qimmatliklar toʻliq taftish qilib boʻlinguniga qadar, moddiy javobgar shaxslarning pul omborlariga kirib-chiqishlari, shuningdek, naqd pul va boshqa qimmatliklarni pul omboridan olib chiqish yoki olib kirish faqat taftish guruhi rahbarining kuzatuvi, nazorati ostida amalga oshirilishiga ruxsat etiladi. Kassadagi barcha naqd pul va boshqa qimmatliklarni bank ish kunining oxirigacha taftish qilishning imkoni boʻlmasa, ish kuni oxirida taftish guruhi rahbari moddiy javobgar shaxslar bilan birgalikda pul omborlarini hamda naqd pul va boshqa qimmatliklar saqlanayotgan seyflarni muhrlab, belgilangan tartibda qoʻriqlash xizmatiga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish guruhi rahbarining muhri taxtachaga moddiy javobgar shaxslarning muhrlaridan oldin qoʻyilib, muhr namunasi bankdagi qoʻriqlash xizmati xodimiga topshiriladi va uni qabul qilib olganligi toʻgʻrisida undan tilxat olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
263. Oʻtkaziladigan taftish barcha naqd pul va boshqa qimmatliklarning aynan bir sanadagi (holatdagi) qoldigʻini shunday ketma-ketlik bilan tekshirish orqali oʻtkazilishi kerakki, bunda oʻgʻrilik, naqd pul va boshqa qimmatliklar kamomadini yashirish uchun hech qanday imkoniyat qoldirilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
264. Taftishning dastlabki bosqichida bankdagi barcha naqd pul va boshqa qimmatliklarning summalari ularning bogʻlamlari, ustki nakladkadagi yozuvlari, qopchalarga biriktirilgan yorliqdagi yozuvlari boʻyicha hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan soʻng, taftish oʻtkazilayotgan kunda ushbu hisob-kitoblar amalga oshirilguniga qadar bajarilgan kirim va chiqim kassa operatsiyalari summasi inobatga olingan holda naqd pul va boshqa qimmatliklar qoldiqlari hisoblab chiqiladi. Hisoblangan qoldiq summalar tegishli kassa kitobidagi yozuvlar hamda mos balans va balansdan tashqari hisobvaraqlarda qayd etilgan summalar bilan taqqoslab koʻriladi.
(264-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
265. Bankda taftish oʻtkazish mobaynida naqd pullar va boshqa qimmatliklarning qoldiqlarini, tegishli kassa kitoblaridagi yozuvlar hamda balans va balansdan tashqari hisobvaraqlardagi summalar bilan taqqoslash ishlari mazkur Yoʻriqnomaning 219-bandida qayd etilgan tartibda amalga oshirilishi kerak.
(265-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqqoslash natijasida tafovutlar aniqlanmasa, bankdagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni birma-bir, donalab qayta sanash ishlari boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
266. Moddiy javobgar shaxslarning almashtirilishi bilan bogʻliq boʻlmagan taftishlar davrida nazoratda qayta sanash ishlari taftish guruhi rahbari tomonidan belgilangan naqd pul va boshqa qimmatliklar (miqdori, turi) ustida olib borilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, bankdagi oʻrami buzilgan va ustki nakladkasi (yorligʻi) notoʻgʻri rasmiylashtirilgan bogʻlamlardagi naqd pul va boshqa qimmatliklar toʻliq qayta sanalishi lozim. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taftish oʻtkazuvchi, kassirga naqd pullarni birma-bir qayta sanash uchun berayotgan vaqtda pul bogʻlami orasidan bitta dastani olib, dastadan banderolni ajratgan holda naqd pullarning maʼlum bir qismini nazorat uchun oʻzida olib qoladi. Kassir naqd pulni sanab boʻlgach, amalda chiqqan summa va uning sonini taftish oʻtkazuvchiga aytadi. Taftish oʻtkazuvchi nazorat uchun oʻzida qoldirgan naqd pul summasi hamda pullar sonini kassir sanagan naqd pul summasi va soniga qoʻshadi, chiqqan umumiy summani banderolda qayd etilgan summa bilan taqqoslaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kassir tomonidan nazoratda qayta sanalayotgan naqd pullar toʻgʻri chiqqanida, nazorat uchun tekshiruvchida qolgan naqd pullar kassirga qayta sanash va dastalash uchun qaytarib beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanalayotgan dastadagi pullarning summasi va uning banderolida qayd etilgan summa oʻrtasida tafovut mavjudligi yaʼni, kamomad yoki ortiqcha pullar aniqlansa, avval taftish oʻtkazuvchi tomonidan, soʻngra naqd pullarni sanayotgan kassir tomonidan ushbu pullar qayta sanab koʻriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bogʻlamdagi pul dastalarining banderollari, ustki nakladkasi va polietilen paketdagi klishe izlarini bogʻlamdagi barcha naqd pullar toʻliq sanab boʻlinguniga qadar taftish oʻtkazuvchida saqlanishi lozim. Alohida hollarda esa naqd pullarni avval dastalagan kassirlarga oʻzlari nazoratda qayta sanashlari uchun ruxsat beriladi.
(266-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
267. Taftish davomida naqd pullar bogʻlami yoki dastasida kamomad, ortiqcha, toʻlovga yaroqsiz yoki qalbaki pullar mavjudligi tasdiqlansa, qayd etilgan holatlar boʻyicha 145-shakldagi dalolatnoma tuziladi. Aniqlangan “qalbaki” yoki “toʻlovga yaroqsiz” pullar boʻyicha esa bankda 90145 — “Toʻlovga yaroqsiz banknot va tangalar” balansdan tashqari hisobvaragʻi boʻyicha kirim kassa orderi rasmiylashtirilishi shart.
(267-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlangan kamomad summasi 19935 — “Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan kamomad” hisobvaragʻida hisobga olinib, kassa xatoligiga yoʻl qoʻygan kassirdan toʻliq undiriladi. Aniqlangan ortiqcha pul summasi esa 29816 — “Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan ortiqchalar” hisobvaragʻida hisobga olinib, uning summasi bank foydasiga kirim qilinadi.
(267-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, qalbaki pul boʻyicha mazkur Yoʻriqnomaning 81-bandi talablariga binoan tegishli choralar koʻrilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
268. “Davlat belgisi” MCHJning oʻramidagi naqd pullarni qayta sanash jarayonida kamomad, ortiqcha yoki nuqsonli pullar aniqlansa 145-shakldagi dalolatnoma uch nusxada rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnomaning birinchi nusxasi “Davlat belgisi” MCHJga, ikkinchi nusxasi Markaziy bank tegishli hududiy Bosh boshqarmasiga yuboriladi. Rasmiylashtirilgan dalolatnomaning uchinchi nusxasi chiqim kassa orderi bilan birga kamomad yoki nuqsonli pulni aniqlangan bankning kunlik kassa hujjatlariga tikiladi.
(268-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat belgisi” MCHJning oʻramidagi naqd pullar boʻyicha tuzilgan 145-shakldagi dalolatnoma bilan birga taqdim etilgan ashyoviy dalillarga (pul bogʻlamining polietilen paketi, pul bogʻlamiga tegishli 10 ta banderol va ustki nakladka) asosan kamomad yoki nuqsonli pullar “Davlat belgisi” MCHJga taqdim etiladi. Bankda “Davlat belgisi” MCHJning oʻramidan aniqlangan kamomad yoki nuqsonli pullar “Davlat belgisi” MCHJ tomonidan naqd pulsiz hisob-kitob orqali qoplab beriladi.
(268-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat belgisi” MCHJning oʻramidagi naqd pullar bogʻlamidan ortiqcha pullar aniqlansa, tuzilgan 145-shakldagi dalolatnomaga asosan, ortiqcha pullar summasi 29816 — “Naqd pullarni qayta hisoblashda aniqlangan ortiqchalar” hisobvaragʻida hisobga olinib, uning summasi Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasining tegishli hisobvaragʻiga naqd pulsiz hisob-kitob orqali oʻtkazib beriladi.
(268-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
269. Taftish davomida qayta sanash kassasidagi inkassatsiya sumkalaridan (qoplaridan) chiqqan naqd pul va boshqa qimmatliklar taftish guruhi rahbari tomonidan belgilangan miqdorda birma-bir, donalab sanalgan holda tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta sanash kassasidagi naqd pul va boshqa qimmatliklar — mazkur Yoʻriqnomaning 14a-ilovasida keltirilgan shakldagi ilova qaydnomasida hamda 15 va 18-ilovalarida keltirilgan maʼlumotnomalar bilan taqqoslanadi.
(269-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
270. Chet el valyutasi va chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlari bogʻlamlar, dasta va qoplarga biriktirilgan yorliqlardagi yozuvlar va ustki nakladkalaridagi yozuvlari boʻyicha tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el valyutasi va chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlari birma-bir va donalab sanalishi lozim. Zarur hollarda, chet el valyutasi va chet el valyutasidagi qimmatliklarni toʻlovga yaroqli ekanligini tekshirish hamda nazoratda qayta sanashga, valyuta ayirboshlash shoxobchasi kassirlari ham jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
271. Bankda saqlanayotgan barcha qimmatliklar ularning nominal qiymatlari yoki shartli baholari boʻyicha — taftish rahbari yoki bank rahbari tomonidan belgilangan miqdorda donalab yoki birma-bir tekshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
272. Bankda mavjud boʻlgan naqd pul va boshqa qimmatliklar qayta sanalganidan soʻng, aniqlangan kamomad yoki ortiqcha pullar summasi inobatga olingan holda taftish oʻtkazuvchilar tomonidan haqiqatda mavjud boʻlgan naqd pul va boshqa qimmatliklar summasi tegishli kassa kitoblaridagi yozuvlar bilan hamda kunlik balans maʼlumotlari bilan taqqoslanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
273. Buxgalteriya boʻlimi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan (kirim yoki chiqim kassa jurnalida qayd etilmagan, bankning masʼul xodimlari, shuningdek, mijoz tomonidan imzolanmagan va tegishli buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshirilmagan) kassa hujjatlarining summalari kassa qoldigʻini hisoblashda inobatga olinmaydi va kassirdan chiqqan kamomad (yoki ortiqcha) deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
274. Naqd pullar bogʻlami, dastasi orasidan kamomad yoki ortiqcha pullar chiqsa, ushbu bogʻlamni shakllantirgan kassir tomonidan dastalangan barcha bogʻlamlar birma-bir qayta sanab chiqilishi talab etiladi. Qopdagi tangalar kam yoki ortiqcha chiqqanda ham undagi tangalar, agar taftish guruhi rahbari lozim topsa shu tarzda qayta sanalib, tekshirib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
275. Moddiy javobgar shaxslarning almashtirilishi munosabati bilan taftish oʻtkazilayotgan vaqtda (naqd pul va boshqa qimmatliklar toʻliq tekshirilib, ularni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi imzolangunga qadar) naqd pul va boshqa qimmatliklarning saqlanishi hamda ular bilan kassa operatsiyalarini bajarishga doir barcha hujjatlar, naqd pul va boshqa qimmatliklarni topshiruvchi moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
276. Bankda har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladigan taftishlar davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kassa ishining qanday tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfdan va yongʻindan ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalarining ahvoli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank binosiga kirib-chiqish tartibiga rioya etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kalitlar, muhrlar, toʻrtburchak muhrlar, plombir va klishelar hisobining yuritilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inkassatsiya qilingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni bank kassasiga qabul qilish tartibiga rioya etilishi ham oʻrganilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
277. Taftish mobaynida pul omboridan qayta sanash uchun olib chiqilgan, shuningdek, pul omboriga qaytarib topshirilgan naqd pul va boshqa qimmatliklar summasi hamda ularning olib chiqishga asos boʻlgan hujjat, mazkur Yoʻriqnomaning 41-ilovasida keltirilgan 123-shakldagi pul omboridan nazoratda qayta sanash uchun olib chiqilgan hamda pul omboriga qaytarilgan naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayd etish kitobida qayd etilishi shart. Bunda, qayta sanash kassasining nazoratchisi 123-shakldagi kitobga imzo qoʻygan holda naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
278. Bank tekshiruvchisi tomonidan tanlab olingan pul omboridagi naqd pul va boshqa qimmatliklarning turlari, naqd pullarning nominal qiymatlari, ularni olib chiqish sabablari, qaysi tashkilot tomonidan tekshirilayotganligi 123-shakldagi kitobga qayd etilib, nazoratchi kassirning (ularni qabul qilib olganligini tasdiqlab) imzosi qoʻyilganidan soʻng, qayta sanash kassasiga olib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul omborida saqlanadigan 123-shakldagi kitob faqat kassa mudiri tomonidan toʻldirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
279. Nazoratda qayta sanash uchun olib chiqilgan naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanash kassasining nazoratchisi kassa mudirining 155-shakldagi kitobiga imzo qoʻygan holda qabul qilib oladi. Shundan soʻng, qayta sanash kassasi kassirlariga pul omboridan olib chiqilgan naqd pul va boshqa qimmatliklarni tarqatib, ularning 175-shakldagi nazorat varaqasida qayd etilgan (qayta sanash uchun ular nazoratchidan olgan) summani tasdiqlab, imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta sanash kassasining kassirlari tomonidan nazoratda qayta sanalgan naqd pul va boshqa qimmatliklar 175-shakldagi nazorat varaqasiga qayd etilgan holda kassa mudiriga qaytarib topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazoratda qayta sanab boʻlingan naqd pul va boshqa qimmatliklarning pul omboriga qaytarilishi uchta moddiy javobgar shaxsning 123-shakldagi kitobga qoʻygan imzolari bilan tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
280. Nazoratda qayta sanash moddiy javobgar shaxslardan birining ishtirokida yoki naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan kassa operatsiyalarini bajarilishiga aloqasi boʻlmagan bank xodimi yoki shu ish uchun masʼul etib tayinlangan xodim ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta sanash uchun ajratilgan naqd pul va boshqa qimmatliklar ularni nazoratda qayta sanagan kassirlar tomonidan belgilangan tartibda oʻrab-bogʻlanadi. Bunda, banderol, ustki nakladka va yorliqlarning chap qismiga “Nazoratda qayta sanaldi” degan toʻrtburchak muhr bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd pul va boshqa qimmatliklarni nazoratda qayta sanash jarayonida hosil boʻlgan toʻliq shakllantirilmagan pul bogʻlamlarini qoʻshish va umumlashtirish, qayta sanash kassasi nazoratchisi koʻrsatmasiga asosan, tanlangan kassir tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
281. Bank tomonidan naqd pul va boshqa qimmatliklarni but saqlanishini hamda kassa ishining ahvolini oʻrganish boʻyicha oʻtkaziladigan taftishlar natijasi boʻyicha rasmiylashtiriladigan dalolatnomalarga har yangi yilning birinchi yanvaridan boshlab yangidan (1 dan boshlab oʻsib borish tartibida) tartib raqamlari qoʻyib borilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
282. Taftish, tekshirish davomida bankda naqd pul va boshqa qimmatliklar kamomadi talon-toroj, masʼuliyatsizlik yoki oʻgʻrilik natijasida kelib chiqqanligi aniqlansa, taftish oʻtkazuvchi bu toʻgʻrisida darhol bank rahbarini hamda Bosh bankning masʼul xodimlarini xabardor qiladi. Ular tomonidan bir qarorga kelingunga qadar, kamomadga yoʻl qoʻygan bank xodimi naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan ishlashdan chetlashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talon-toroj, oʻgʻrilik va suiisteʼmol bilan bogʻliq boʻlgan boshqa holatlar natijasida aniqlangan naqd pul va boshqa qimmatliklar kamomadi, uning hisobi yuritilgan tegishli hisobvaraqdan hisobdan chiqariladi hamda ushbu kamomad aybdor shaxsdan undirib olingunga qadar 19908 — “Olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar — Bank xodimlari bilan hisob-kitoblar” hisobvaragʻida hisobga olinadi. Bunday holatda bankning jiddiy xato va kamchilikka yoʻl qoʻygan ushbu kassiri tomonidan oʻrab-bogʻlagan naqd pul va boshqa qimmatliklar bogʻlamlari toʻliq qayta sanalishi shart.
(282-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
283. Talon-toroj, oʻgʻrilik yoki boshqa suiisteʼmol hollari bilan bogʻliq, shuningdek, kamomadga doir barcha yozishmalar, kamomad summasi toʻliq undirib olinganidan yoki ushbu kamomad summasi bank balansidan chiqarilganidan soʻng, bank arxiviga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
284. Pul omboridagi naqd pul cheki, tijorat bankining hisob-kitob cheki va kvitansiya daftarchalarining bogʻlamlarini taftish qilish jarayonida maxsus ajratilgan nazoratchi kuzatuvida kassir tomonidan ushbu chek va kvitansiya daftarchalaridagi alohida bogʻlamlarning har bir bogʻlamidagi daftarchalar soni va har bir daftarchadagi varaqlar soni, ulardagi raqamlar ketma-ketligi, foydalanishga yaroqliligi tekshirib koʻrilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul omboridagi naqd pul cheki, tijorat bankining hisob-kitob cheki va kvitansiya daftarchasining nuqsonli ekanligi aniqlansa, unda dalolatnoma tuzilib, uning nuqsonlari batafsil qayd etilishi hamda bankning moddiy javobgar shaxslari tomonidan dalolatnoma imzolanishi va nuqsonli daftarcha tegishli dalolatnoma bilan birga, alohida saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaroqsiz holga keltirilgan naqd pul chek daftarchasi bank rahbarining buyrugʻiga asosan tashkil etilgan maxsus komissiyasi tomonidan yoʻq qilinguniga qadar, har bir naqd pul chek daftarchasi (unda qancha varaq mavjudligidan qatʼi nazar) 93609 — “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” balansdan tashqari hisobvaragʻida shartli “1 soʻm” bahosida hisobga olinadi.
(284-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
285. Bankdagi naqd pul va boshqa qimmatliklar taftish qilinganligi boʻyicha tuzilgan dalolatnoma taftishda ishtirok etgan barcha xodimlar hamda bankning moddiy javobgar shaxslari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd pul va boshqa qimmatliklar orasidan kamomad (ortiqcha) chiqqanda, hisob-kitoblarda tafovut mavjudligi yoki ularni but saqlashda kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi aniqlanganda tuzilgan dalolatnomaning bir nusxasi Bosh bankka joʻnatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
286. Bosh bank mutasaddi xodimlari hamda bank rahbari oʻtkazilgan taftish va tekshiruv natijalarini zudlik bilan koʻrib chiqishi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ularni kelgusida takrorlamaslik yuzasidan tegishli choralarni koʻrishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-bob. Naqd pullarni ekspertiza qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
287. Oʻzbekiston Respublikasida naqd pullarning toʻlovga yaroqli ekanligi mazkur Yoʻriqnomaning 25-ilovasida keltirilgan mezonlarga asosan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
288. Bank kassirlari naqd pullarni qayta sanab qabul qilish ishlarini pul sanash mashinkalarida bajarganliklari yoki mijozlar tomonidan saralangan pullarni qabul qilganliklari kassirlarni naqd pullarning haqiqiyligini va toʻlovga yaroqliligini aniqlash masʼuliyatidan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
289. Toʻlov qobiliyatiga ega boʻlmagan, “qalbaki” va “toʻlovga yaroqsiz” naqd pullar bank tomonidan toʻlovga qabul qilinmaydi yoki almashtirib berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank kassasiga “qalbaki” yoki “toʻlovga yaroqsiz” toifasiga mansub boʻlgan pullarni “toʻlovga yaroqli” pul deb qabul qilgan kassirlar, oʻzlari qabul qilgan “qalbaki” yoki “toʻlovga yaroqsiz” pullarning umumiy summasi boʻyicha moddiy javobgar hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
290. Bank kassalariga qabul qilib olinayotgan naqd pullarni toʻlovga yaroqsiz ekanligi aniqlansa, bu toʻgʻrisida mijozga maʼlum qilinishi va uning sabablari asosli tarzda tushuntirib berilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijoz kassa xodimlarining tushuntirishlarini asosli ekanligiga va topshirayotgan naqd pulini toʻlovga yaroqsiz ekanligiga ishonch hosil qilsa, unda toʻlovga yaroqsiz banknotga “Almashtirib berish rad etildi” degan bank nomi tushirilgan toʻrtburchak muhr bosiladi hamda sana va ushbu qarorni qabul qilgan kassa xodimining imzosi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday pullarning nominal qiymati va umumiy summasi qanchaligidan qatʼi nazar, ularning har bir donasi “1 soʻm” boʻlgan shartli bahoda 90145 — “Toʻlovga yaroqsiz banknot va tangalar” balansdan tashqari hisobvaragʻiga kirim qilinishi shart. Agarda, pulning “qalbaki” ekanligi aniqlansa, unda mazkur Yoʻriqnomaning 81-bandi talablariga binoan tegishli choralar koʻrilishi lozim.
(290-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
291. Bank kassa xodimlari qabul qilib olinayotgan naqd pulning juda ham siyqalanganligi, jiddiy shikastlangan yoki turli sabablarga koʻra rangi keskin oʻzgarib, ayrim himoya belgilari mavjudligini aniqlash qiyin boʻlgan hollarda, yaʼni banknotni “toʻlovga yaroqli” ekanligiga toʻla ishonch hosil qila olishmasa yoki mijozga u topshirayotgan naqd pulni “toʻlovga yaroqsiz” ekanligini asoslab berish qiyin boʻlgan vaziyatlarda, mijozning arizasiga muvofiq, ushbu pul ekspertizaga qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank buxgalteriya boʻlimining masʼul xodimi shubhali banknot yoki tangani ekspertizaga qabul qilish toʻgʻrisidagi mijozning arizasiga asosan 90141 — “Ekspertizaga qabul qilingan banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar” balansdan tashqari hisobvaragʻi boʻyicha kirim kassa orderini rasmiylashtirib, shubhali banknotlar va tangalar nominal qiymati boʻyicha (boshqa qimmatliklar esa har bir donasi “1 soʻm” boʻlgan shartli bahoda) hisobga olinishi lozim. Bunda, naqd pullarni ekspertizaga qabul qilinganligi haqida mijozga 004-shakldagi kvitansiya rasmiylashtirib beriladi.
(291-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
292. Bankda 90141 — “Ekspertizaga qabul qilingan banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar” balansdan tashqari hisobvaragʻi boʻyicha kirim kassa orderi uch nusxada rasmiylashtiriladi. Uning birinchi nusxasi kunlik kassa hujjatlariga, ikkinchi nusxasi buxgalteriyaning kunlik hujjatlari yigʻmajildiga tikish uchun, uchinchi nusxasi esa ekspertizaga qabul qilingan pullar bilan birga kassada saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inkassatsiya qilingan naqd pullarni qayta sanashda yoki taftish, tekshiruv va boshqa hollarda naqd pullarning toʻlovga yaroqli ekanligi shubha tugʻdirsa hamda ularni ekspertizadan oʻtkazish zarurat degan xulosaga kelinsa, bunday banknot va tangalar ham 90141 — “Ekspertizaga qabul qilingan banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar” balansdan tashqari hisobvaragʻiga kirim qilinishi lozim.
(292-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
293. Naqd pullar ekspertizaga qabul qilingan kundan boshlab, 10 kundan kechiktirilmagan holda, bankning yozma murojaati va mijoz arizasining nusxasi bilan birga, inkassatorlar guruhining navbatdagi tashrifida Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasining Hisob-kitob kassa markaziga (keyingi oʻrinlarda HKKM deb yuritiladi) joʻnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
294. Ekspertizaga joʻnatilayotgan naqd pullar sumkaga (qopga) joylangach, uning ogʻzi bank rahbari, bosh buxgalteri va kassa mudirining surgʻuchli muhrlari bilan muhrlanadi. Bank tomonidan ekspertizaga joʻnatiladigan naqd pullar 90143 — “Ekspertizaga qabul qilingan yoʻldagi banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar” balansdan tashqari hisobvaragʻida, shubhali banknotlar va tangalar nominal qiymati boʻyicha (boshqa qimmatliklar esa har bir donasi “1 soʻm” boʻlgan shartli bahoda) hisobga olinadi.
(294-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
295. Ekspertizaga qabul qilingan naqd pul va boshqa qimmatliklar Markaziy bank Bosh boshqarmasining HKKM tomonidan qabul qilib olinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomaga asosan ushbu joʻnatilgan shubhali naqd pullar 90143 — “Ekspertizaga qabul qilingan yoʻldagi banknotlar, tangalar va boshqa boyliklar” balansdan tashqari hisobvaragʻidan hisobdan chiqariladi.
(295-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
296. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan ekspertizaga qabul qilingan naqd pullarning toʻlovga yaroqli ekanligini aniqlashda va asoslangan qaror qabul qilishda qiyinchilik tugʻilsa, u holda ushbu shubhali naqd pullar Markaziy bankning naqd pul muomalasini tashkil etish departamentiga ekspertizaga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, shubhali naqd pullar Markaziy bankning inkassatsiya xizmati orqali kuzatuv xatiga ilova qilingan holda, konvertga solinib, muhrlangan holatda yuboriladi hamda yuborilgan shubhali naqd pullar Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi HKKMga kirim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan va yuborilgan shubhali naqd pullar boʻyicha Markaziy bankning bosh boshqarmalari XHKM tomonidan tegishli buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bankning Naqd pul muomalasini tashkil etish departamenti tomonidan shubhali naqd pullar tegishli farmoyish asosida “Davlat belgisi” MCHJga ekspertizadan oʻtkazish uchun yetkaziladi.
(296-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat belgisi” MCHJ tomonidan oʻtkazilgan ekspertiza natijalariga koʻra, naqd pullar haqiqiy deb topilsa, ekspertiza xulosasi ushbu naqd pullarni ekspertizaga yuborgan Markaziy bankning bosh boshqarmasi HKKMga va Naqd pul muomalasini tashkil etish departamentiga yuboriladi.
(296-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haqiqiy deb topilgan naqd pullar kuzatuv xatiga ilova qilingan holda, konvertga solinib, muhrlangan holatda Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi HKKMga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat belgisi” MCHJ tomonidan shubhali naqd pullar “haqiqiy emas” yoki “qalbaki” deb topilgan hollarda, kuzatuv xati orqali ekspertiza xulosasi va shubhali naqd pullar konvertga solinib, muhrlangan holatda Ichki ishlar boʻlinmalariga xabar berish uchun naqd pullarni yuborgan Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmasi HKKMga joʻnatiladi.
(296-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqd pullarni “toʻlovga yaroqsiz” yoki “qalbaki” ekanligi aniqlansa, ularni almashtirib berish rad etiladi. Bunday banknot va tangalar Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasining HKKMdagi 90146 — “Yoʻq qilish uchun muomaladan qaytarib olingan toʻlovga yaroqsiz banknot va tangalar” balansdan tashqari hisobvaragʻiga, ularning har bir donasi “1 soʻm” boʻlgan shartli bahoda kirim qilinadi. Ushbu “toʻlovga yaroqsiz” yoki “qalbaki” pullar ularni ekspertizaga joʻnatgan bankka, uni ekspertizaga topshirgan mijozga qaytarib berilmaydi;
(297-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqd pullar “toʻlovga yaroqli” deb topilsa, ular Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasining HKKMda “eskirgan” pullar toifasiga oʻtkaziladi. Ushbu shikastlangan, lekin “toʻlovga yaroqli” deb topilgan pullar summasi, ularni ekspertizaga joʻnatgan bankka naqd pulsiz hisob-kitob orqali oʻtkazib beriladi hamda ushbu mablagʻlar uni topshirgan mijoz hisobvaragʻiga kirim qilib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
298. Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasi tegishli tijorat banki filialiga ekspertiza natijasini yozma ravishda maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank yoki uning hududiy Bosh boshqarmasi tomonidan chiqarilgan ekspertiza xulosasi tegishli bank uchun yakuniy xulosa hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza natijalari shubhali naqd pullarni ekspertizaga topshirgan shaxsga (mijozga) unga xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan yozma ravishda maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
299. Bankning naqd pul va boshqa qimmatliklarini tashish hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning naqd pul tushumlarini oʻz vaqtida inkassatsiya qilish va daxlsizligini taʼminlagan holda belgilangan manzillarga yetkazib berish maqsadida inkassatsiya xizmatlari tashkil etiladi.
(299-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
(300-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
301. Bankning naqd pul va boshqa qimmatliklarini tashish hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning naqd pul tushumlarini inkassatsiya qilish, shuningdek, bank yoki boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlari bilan tuzilgan shartnomaga asosan ularning vakili tomonidan qabul qilib olingan qimmatliklarni kuzatib borish ishlari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
(301-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
302. Bankning naqd pul va boshqa qimmatliklarini tashish hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning naqd pul tushumlarini inkassatsiya qilish Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlarida maxsus tezkor (operativ) avtotransport vositasi sifatida roʻyxatga olingan avtotransport vositalari yordamida amalga oshiriladi.
(303-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
304. Naqd pul va boshqa qimmatliklarni tashish va inkassatsiya qilish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni bajaruvchi inkassatsiya xizmatining har bir xodimi bilan moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuzilishi lozim.
(304-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
305. Markaziy bank va uning hududiy Bosh boshqarmalarini masʼul tarkibiy boʻlinmalari “Respublika inkassatsiya xizmati” masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda Respublika inkassatsiya xizmati deb yuritiladi) ishini muntazam ravishda tekshirib va nazorat qilib borishlari shart. Tekshiruv jarayonida aniqlangan xato va kamchiliklar Markaziy bankka hamda Respublika inkassatsiya xizmatiga yozma ravishda maʼlum qilinishi lozim. Respublika inkassatsiya xizmatining masʼul xodimlari aniqlangan xato va kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish yuzasidan zaruriy choralarni koʻrishlari kerak.
(305-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-bob. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning naqd pul tushumlarini inkassatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
306. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning pul tushumlarini inkassatsiya xizmati xodimlari tomonidan qabul qilib olish va ularni bank kassasiga yetkazib berish mijoz, inkassatsiya xizmati va bank oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(306-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
307. Doimiy naqd pul tushumlariga ega boʻlgan va inkassatsiya xizmati boʻlimi bilan shartnoma tuzgan xoʻjalik yurituvchi subyektga, har oyda xoʻjalik yurituvchi subyekt uchun mazkur Yoʻriqnomaning 13-ilovasidagi tashrif varaqasi ochilib, unga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inkassatsiya boʻlimi, mijoz va unga xizmat koʻrsatuvchi bank nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inkassatsiya yoʻnalishi raqami va tashrif varaqasi qaysi oy uchun ochilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz rekvizitlari (joylashgan manzili, bankdagi hisobvaragʻi, telefon raqami, ishning tugash vaqti, oddiy va dam olish kunlari uchun tashrif vaqti);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz roʻyxatga olingan tartib raqami va unga biriktirilgan inkassatsiya sumkalarining (qoplarining) raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning naqd pul tushumlarini inkassatsiya qilishni davriyligi qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
308. Tashrif varaqasi inkassatsiya boʻlimi, mijoz va unga xizmat koʻrsatuvchi (yoki mijoz naqd pul tushumlari inkassatsiya qilinadigan) bank rahbarlari tomonidan imzolanib, muhrlangach toʻliq rasmiylashtirilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
309. Naqd pul tushumiga ega boʻlgan va tushum pullarini inkassatsiya xizmati orqali topshiruvchi har bir xoʻjalik yurituvchi subyektga, uning naqd pul tushumining hajmiga qarab kerakli miqdorda (kamida 3 ta) “BANK” soʻzi yozilgan inkassatsiya sumkalari (qoplari) beriladi. Har bir inkassatsiya sumkasiga (qopiga) kasr sonli raqam qoʻyilib, bunda, suratdagi raqam mijozning roʻyxatdagi tartib raqamini, maxrajdagi raqam esa mijozga biriktirilgan sumkaning (qopning) tartib raqamini bildiradi. Bundan tashqari, dam olish va bayram kunlari oʻz naqd pul tushumlarini inkassatsiya xizmatiga topshiruvchi mijozlarga “D” harfi qayd etilgan sumkalar (qoplar) ham berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
310. Naqd pul tushumlarini inkassatsiya xizmati orqali topshirmoqchi boʻlgan har bir xoʻjalik yurituvchi subyekt oʻz plombirining aniq izi tushirilgan ikkita plomba namunasini alohida tizimchalarda inkassatsiya boʻlimiga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektning naqd pul tushumi solingan inkassatsiya sumkalari (qoplari) bozor yoki savdo majmuasi hududida tashkil etilgan inkassatsiya punktlariga topshirilsa, mijoz plomba namunalarini uch nusxada topshiradi. Har bir xoʻjalik yurituvchi subyektning plomba izida, ushbu xoʻjalik subyektining qisqartirilgan nomi qayd etilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
311. Inkassatsiya boʻlimi boshligʻi mijozning plomba izi namunasi aniq tushirilganligini tekshirgach, xoʻjalik yurituvchi subyekt plomba izi namunasi bosilgan har bir tizimchaning quyi qismiga oʻz plomba izi namunasini bosadi. Inkassatsiya boʻlimining masʼul xodimi plomba izi namunasi bosilgan tizimchani bank kassa mudiriga beradi. Kassa mudiri mijozning va inkassatsiya boʻlimi boshligʻining plomba izlari aniq tushirilganligini tekshirgach, har bir tizimchaning quyi qismiga oʻz plomba namunasini bosadi. Kassa mudiri plomba izi namunalari bosilgan tizimchalarning bittasini oʻzida olib qoladi va plomba izi namunalari bosilgan boshqa tizimchalarni inkassatsiya boʻlimining masʼul xodimiga qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
312. Kassa mudiri ushbu plomba izi namunasi bosilgan tizimchani kechki kassa xodimlariga — inkassatorlar guruhidan mijozning naqd pul tushumi solingan sumkalarini (qoplarini) qabul qilib olish jarayonida inkassatsiya sumkasi (qopi) ogʻzidagi tizimchaga bosilgan plomba izi bilan taqqoslab qabul qilish maqsadida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
313. Inkassatsiya boʻlimining masʼul xodimi bitta tizimchadagi tasdiqlangan plomba izi namunasini xoʻjalik yurituvchi subyektga beradi. Mijoz naqd pul tushumlari solingan inkassatsiya sumkasini (qopini) yigʻuvchi inkassatorga topshirish vaqtida, sumka (qop) ogʻzidagi tizimchaga bosilgan plomba izini, oʻzining plomba izi namunasi bilan taqqoslab koʻrishi uchun inkassatorga koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
314. Inkassatorlar guruhi yoʻnalishga chiqishdan avval, ushbu Yoʻriqnomaning 121-bandida belgilangan tartibda, bank kassasidan naqd pul tushumlarini yigʻishda foydalaniladigan boʻsh inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) qabul qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
315. Xoʻjalik yurituvchi subyekt naqd pul tushumi solingan sumkani (qopni) inkassatsiya punktiga topshirsa, plomba izining uchinchi namunasi, mijozdan qabul qilinayotgan pullik sumka (qop) ogʻzidagi plomba izini taqqoslab koʻrgan holda qabul qilish maqsadida ushbu inkassatsiya punktining inkassatoriga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
316. Xoʻjalik yurituvchi subyektlardan naqd pul tushumlarini yigʻish yoʻnalishlarini va tashrif vaqti jadvallarini inkassatsiya boʻlimi boshligʻi (oʻrinbosari) tuzib chiqadi. Inkassatorlar guruhining naqd pul tushumiga ega boʻlgan mijozlarning shoxobchalariga tashrif vaqtlari, bank kassasiga imkon qadar koʻproq naqd pul tushumlarini yigʻib kelishni koʻzlagan holda belgilanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
317. Yigʻuvchi inkassator mijozning naqd pul tushumi solingan sumkalarini (qoplarini) qabul qilib olish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fotosurati boʻlgan xizmat guvohnomasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqd pul tushumi solingan sumkani (qopni) qabul qilib olish va bankka inkassatsiya qilish uchun berilgan mazkur Yoʻriqnomaning 42-ilovasida keltirilgan 173-shakldagi muddatli ishonchnomani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz uchun rasmiylashtirilgan mazkur Yoʻriqnomaning 13-ilovasidagi tashrif varaqasini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektning masʼul xodimi inkassatorga pullik sumkani (qopni) topshirishda tashrif varaqasining tegishli katakchalariga zaruriy yozuvlarni qayd etadi. Mijoz uchun rasmiylashtirilgan tashrif varaqasini inkassator tomonidan toʻldirilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
318. Xoʻjalik yurituvchi subyekt vakili naqd pul tushumi solingan inkassatsiya sumkasini (qopini) yigʻuvchi inkassatorga topshirayotgan vaqtida har bir inkassatsiya sumkasi (qopi) uchun quyidagi (komplekt) blanklarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Yoʻriqnomaning 14v-ilovasidagi kvitansiyani ketma-ket joylashtirgan holda qora qogʻoz orqali bir yoʻla toʻldiradi hamda ularni har birini alohida imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, inkassatsiya sumkasining (qopining) ilova qaydnomasi mijoz tomonidan inkassatsiya sumkasining (qopining) ichki choʻntagiga solinadi va sumkaning (qopning) ogʻzi plombalanadi. Naqd pul tushumlari solingan inkassatsiya sumkasining (qopning) yuk xati va kvitansiyasi sumka (qop) bilan birga yigʻuvchi inkassatorga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
319. Yigʻuvchi inkassator xoʻjalik yurituvchi subyektdan sumkalarni (qoplarni) qabul qilib olishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sumkaning (qopning) yaroqliligi va uning butligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sumka (qop) ogʻzidagi plombalangan tizimchaning butligini, plombir izining aniqligini va uning plomba namunasiga mosligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilinayotgan va topshirilayotgan inkassatsiya sumkalarining (qoplarining) raqamlarini tashrif varaqasi, yuk xati va kvitansiyada koʻrsatilgan raqamlarga mos kelishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektning masʼul xodimi tomonidan inkassatsiya sumkasining (qopining) yuk xati va kvitansiyasi imzolanganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashrif varaqasida qayd etilgan summani, inkassatsiya sumkasining (qopining) yuk xati va kvitansiyasida qayd etilgan summalarga mos kelishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inkassatsiya sumkasining (qopining) yuk xati hamda kvitansiyasiga raqam va soʻz bilan yozilgan summalarning oʻzaro mos kelishini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
320. Mijozning naqd pul tushumi solingan inkassatsiya sumkasini (qopini) qabul qilib olishda kamchiliklar aniqlanmasa, yigʻuvchi inkassator inkassatsiya sumkasining (qopning) kvitansiyasini tilxat qismiga qabul qilib olayotgan sumkaning (qopning) raqamini, sanani yozib oʻz imzosini qoʻyadi va yoʻnalish uchburchak muhrini bosib, kvitansiyani xoʻjalik yurituvchi subyektning vakiliga topshiradi. Shundan soʻng, keyingi ish kunida naqd pul tushumlarini inkassatsiya qilishda foydalaniladigan boʻsh sumkani (qopni) mijozga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
321. Mijoz milliy va xorijiy valyutadagi naqd pul tushumlariga ega boʻlsa, har bir valyuta turi alohida inkassatsiya sumkasiga (qopiga) solingan holda yigʻuvchi inkassatorga topshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻuvchi inkassatorga ikkita va undan ortiq sumkalar (qoplar) topshirilganda yoki inkassatordan ikkita va undan ortiq boʻsh sumkalar (qoplar) qabul qilib olinganida tashrif varaqasining “naqd pul tushumi solingan sumkaning (qopning) raqami” hamda “inkassatordan qabul qilingan boʻsh sumkaning (qopning) raqami” degan ustunlariga sumkalar (qoplar) soni soʻz bilan yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻuvchi inkassator mijozdan ikki va undan ortiq sumkalarni (qoplarni) qabul qilayotganida, sumka (qop) raqami va unga solingan naqd pul tushumi umumiy summasini har bir sumkaga (qopga) tegishli yuk xati hamda kvitansiyadagi yozuvlarga qarab, tekshirib qabul qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻuvchi inkassator sumkaning (qopning) shikastlanganligini yoki uning hujjatini notoʻgʻri rasmiylashtirilganligini aniqlasa, naqd pul tushumi solingan sumka (qopni) qabul qilib olishni toʻxtatadi. Bunda, aniqlangan nuqson va kamchiliklarni mijoz tomonidan yigʻuvchi inkassator ishtirokida bartaraf etilishi, faqat inkassatorlar guruhining yoʻnalish qatnov jadvalida ushbu mijoz uchun belgilangan vaqt doirasida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aks holda, ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektning naqd pul tushumi solingan sumkalarni (qoplarini) qabul qilish, inkassatorlarning qayta tashrifi vaqtida amalga oshiriladi va bu haqida tashrif varagʻiga tegishli yozuvlar qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
322. Xoʻjalik yurituvchi subyektda yigʻuvchi inkassatorga topshirish uchun naqd pul tushumlari boʻlmasa, xoʻjalik yurituvchi subyektning masʼul vakili tashrif varaqasiga naqd pul tushumlarini topshirmaslik sabablarini qayd etib, oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
323. Inkassatorlar guruhi tomonidan yigʻib kelingan mijozlarning inkassatsiya sumkalarini (qoplarini) bank kassasiga topshirish mazkur Yoʻriqnomaning 72 — 77-bandlarida qayd etilgan tartibda amalga oshiriladi.
(324-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-bob. Bankning naqd pul va boshqa qimmatliklarini tashish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
325. Naqd pul va boshqa qimmatliklarni banklar oʻrtasida yoki hududlararo tashish shartnomaga asosan inkassatsiya xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
(325-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
326. “Davlat belgisi” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan naqd pul va boshqa qimmatliklarni HKKMga (aksiz markalarini Agrobankning tegishli mintaqaviy boʻlinmalariga) tashish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining farmoyishlariga asosan amalga oshiriladi.
(326-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) asosan birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bankning Hisob-kitob kassa markazlari va tijorat banklari (filiallari) hamda tijorat banklari oʻrtasida naqd pullarni va boshqa qimmatliklarni tashish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yoki uning tegishli hududiy Bosh boshqarmalarining farmoyishlari asosida amalga oshiriladi.
(326-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari (filiallari) oʻrtasida Markaziy bankning “Naqd pullarning elektron maydoni” dasturiy majmuasi orqali milliy valyutadagi naqd pullarni yetkazib berish boʻyicha kelishuv amalga oshirilgan hollarda, naqd pullarni tashish inkassatsiya xizmatlarining tegishli tarkibiy boʻlinmalari farmoyishiga asosan amalga oshiriladi.
(326-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 31-martdagi 8/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-7, 27.04.2023-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2023-y., 10/23/3028-7/0228-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inkassatsiya xizmatlari tomonidan tijorat banklari (filiallari) oʻrtasida naqd xorijiy valyutalarni va boshqa qimmatliklarni tashish inkassatsiya xizmatlarining tegishli tarkibiy boʻlinmalari farmoyishiga asosan amalga oshiriladi.
(326-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
327. Markaziy bankning farmoyishlari uch nusxada tayyorlanib, uning birinchi nusxasi qimmatliklarni joʻnatuvchi bankda, ikkinchi nusxasi qimmatliklarni qabul qilib oluvchi bankda, uchinchi nusxasi Markaziy bankning naqd pul muomalasini tashkil etish departamenti yigʻmajildida nazorat uchun saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasining naqd pul va boshqa qimmatliklarni tashishga doir farmoyishlari uch nusxada tayyorlanib rasmiylashtirilishi lozim. Ushbu farmoyishlarning bir nusxasi Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasining naqd pul muomalasini tashkil etish boshqarmasi (boʻlimi) yigʻmajildida, ikkinchi va uchinchi nusxasi naqd pul va boshqa qimmatliklarni joʻnatuvchi hamda qabul qilib oluvchi banklarga beriladi. Naqd pul va boshqa qimmatliklarni tashishni amalga oshiruvchi inkassatsiya xizmatiga rasmiylashtirilgan farmoyishning elektron fayl (PDF yoki TIF) koʻrinishi yuboriladi.
(327-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inkassatsiya xizmatlari tomonidan naqd xorijiy valyuta va boshqa qimmatliklarni tashish uchun farmoyishlar uch nusxada tayyorlanib, birinchi nusxasi qimmatliklarni joʻnatuvchi bankda, ikkinchi nusxasi qimmatliklarni qabul qilib oluvchi bankda, uchinchi nusxasi mazkur farmoyishni tayyorlagan inkassatsiya xizmatining tegishli yigʻmajildida nazorat uchun saqlanadi.
(327-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankning moddiy javobgar shaxslari tomonidan naqd pul va boshqa qimmatliklarni joʻnatish yoki qabul qilib olish bilan bogʻliq tayyorgarlik choralarini oʻz vaqtida koʻrishlari uchun ularga naqd pul va boshqa qimmatliklarni tashishga doir farmoyishlar inkassatorlar orqali yetib borguniga qadar elektron rasmiylashtirilgan (vakolatli shaxsning elektron (yoki QR-kodli) imzosi bilan imzolangan) farmoyishlar maxsus dasturiy taʼminot orqali yuboriladi.
(327-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
(327-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
(327-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3271. “Respublika maxsus aloqa bogʻlamasi” DUK tomonidan bir bank boʻlinmalari oʻrtasida naqd pul va qimmatliklar bank bilan tuzilgan shartnoma asosida xavfsizlik choralari koʻrilgan holda tashiladi.
(3271-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
328. Naqd pul va boshqa qimmatliklarni tashish talab etilganida, joʻnatuvchi bank tashish ishlari hudud ichida yoki hududlararo amalga oshirilishini inobatga olgan holda, Markaziy bankka yoki Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga yoxud inkassatsiya xizmatiga yozma ravishda murojaat qilishi lozim.
(328-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
329. Naqd pul va boshqa qimmatliklarni joʻnatuvchi bank telefon orqali ularni qabul qiluvchi bankni oldindan xabardor qilib, maxsus avtotransportni yoʻlga chiqqan vaqtini maʼlum qilishi lozim. Qabul qiluvchi bank naqd pul va boshqa qimmatliklarni oʻz vaqtida qabul qilib olish uchun tayyorgarlik choralarini koʻrishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
330. Inkassatorlar brigadasi aʼzolari naqd pul va boshqa qimmatliklarni joʻnatuvchi bankka tashrif buyurganlaridan soʻng, bankning moddiy javobgar shaxslariga fotosurati boʻlgan xizmat guvohnomalarini koʻrsatishlari shart. Shundan soʻng, inkassatorlar brigadasi boshligʻi naqd pul va boshqa qimmatliklarni tashish uchun berilgan mazkur Yoʻriqnomaning 44-ilovasida keltirilgan 179-shakldagi bir martalik ishonchnomani hamda Markaziy bank, inkassatsiya xizmatiga ega boʻlgan tijorat banki yoki inkassatsiya xizmati farmoyishining asl nusxasini joʻnatuvchi bankning moddiy javobgar shaxslariga taqdim etishi lozim.
(330-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
331. Joʻnatuvchi bankning moddiy javobgar shaxslari Markaziy bank, inkassatsiya xizmatiga ega boʻlgan tijorat banki yoki inkassatsiya xizmatining farmoyishi hamda bank rahbari (yoki moddiy javobgarlik yuklatilgan uning oʻrinbosari), bosh buxgalteri va kassa mudiri tomonidan imzolangan chiqim kassa orderi asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatorlar brigadasiga, pul omborining oldidagi xonada topshiradilar. Chiqim kassa orderida naqd pul va boshqa qimmatliklarni belgilangan joyga yetkazilishi toʻgʻrisidagi Markaziy bank, inkassatsiya xizmatiga ega boʻlgan tijorat banki yoki inkassatsiya xizmati farmoyishining raqami va sanasi koʻrsatilishi hamda chiqim kassa orderining orqa tarafiga inkassatorlar brigadasi aʼzolarining familiyalari, ismi va otasining ismining bosh harflari hamda xizmat guvohnomalarining tartib raqamlari qayd etilishi lozim.
(331-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joʻnatuvchi bank Markaziy bank, inkassatsiya xizmatiga ega boʻlgan tijorat banki yoki inkassatsiya xizmatining farmoyishida koʻrsatilgan naqd pul va boshqa qimmatliklar summasini inkassatsiya xodimlariga oʻz vaqtida va toʻliq miqdorda topshirishlari kerak.
(331-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
332. Markaziy bank, inkassatsiya xizmatiga ega boʻlgan tijorat banki yoki inkassatsiya xizmatining farmoyishiga asosan naqd pul va boshqa qimmatliklarni tashish toʻliq bogʻlamlarda, tangalarni esa toʻliq qopchalarda amalga oshirilishi lozim. Biroq, alohida hollarda muomaladan qaytarib olinayotgan yoki toʻlovga yaroqsiz va qalbaki banknotlarni toʻliq boʻlmagan bogʻlamlarda, tangalarni esa toʻliq boʻlmagan qopchalarda inkassatsiya xizmati orqali tashilishiga ruxsat berilishi mumkin.
(332-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
333. Inkassatorlar brigadasi aʼzolari tashish uchun moʻljallangan naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nominal qiymatlari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bogʻlamlari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir bogʻlamdagi dastalar soni boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bogʻlamlar belgilangan tartibda oʻrab-bogʻlanganligini va ularning butligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustki nakladkada qayd etilgan summani, bogʻlamdagi naqd pullar summasiga mosligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustki nakladkalarda qayd etilgan rekvizitlarning aniqligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir pul bogʻlami joylashtirilgan paketdagi kafolat choklarining (klishe izlarining) mavjudligi va aniq ekanligini tekshirib qabul qilishlari lozim.
(333-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
334. Tangalar solingan qopcha inkassatorlar tomonidan tashish uchun qabul qilinayotgan vaqtda, uning butligi va toʻgʻri bogʻlanganligi, qopchaga biriktirilgan yorliqda tangalarning qiymati va summasi qayd etilganligini, kassir imzosi mavjudligini, shuningdek, plombaning butligi va uning izi aniq tushirilganligi hamda plomba bosilgan tizimchaning (bir martalik raqamlangan shtrix yoki QR kodli plastik plombaning) uzilmaganligini tekshirishlari kerak.
(334-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inkassatorlar brigadasi tomonidan naqd pullarni tashish uchun qabul qilishda shikastlangan banknotlar bogʻlami yoki nuqsonli tangali qopchalar aniqlansa, ularni tashish uchun qabul qilish taqiqlanadi. Ushbu bogʻlamdagi banknotlar, qopchadagi tangalar qayta sanalib, belgilangan tartibda oʻrab-bogʻlanib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgach, inkassatorlar brigadasi tomonidan tashish uchun qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
335. Bankda qoplarga joylashtirilmagan holda tashish uchun tayyorlab qoʻyilgan naqd pul va boshqa qimmatliklar oldida inkassatsiya yoki kassa xodimining bir oʻzini yolgʻiz qoldirilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
336. Inkassatorlar tomonidan naqd pul va boshqa qimmatliklar tashish uchun qabul qilib olinganida, kassa mudiri yoki uning koʻrsatmasiga binoan boshqa kassa xodimining nazorati ostida inkassatorlar ularni standart brezent qoplarga joylaydilar. Har bir qopning ogʻzi tikilib, tizimcha (bir martalik raqamlangan shtrix yoki QR kodli plastik plomba) bilan ikki yarim aylanishda siqib bogʻlanadi. Qopning ogʻzi tizimcha bilan bogʻlanganida, uning bir uchi matodan tayyorlangan yorliqdan oʻtkazilib, yorliqda joʻnatuvchi bank nomi, qopga solingan naqd pul va boshqa qimmatliklarning nominal qiymati hamda umumiy summasi, qopning oʻrab-bogʻlangan sanasi koʻrsatilib, tizimchaning uchlari mahkam bogʻlangan holda qop belgilangan tartibda plombalanadi.
(336-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qopning ogʻzi bir martalik raqamlangan shtrix yoki QR kodli plastik plomba bilan bogʻlanganda, ikki yarim aylanishdan soʻng, plomba uchidan yorliq oʻtkazilgan holda siqib bogʻlanadi.
(336-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan soʻng, naqd pul va boshqa qimmatliklar qopga joylanishini hamda qop ogʻzi bogʻlanishini nazorat qiluvchi kassa xodimi qopdagi yorliqda qayd etilgan maʼlumotlar toʻgʻri ekanligini tasdiqlab, yorliqqa imzo qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
337. Inkassatorlar brigadasi tomonidan xorijiy valyuta tashilganida ham mazkur Yoʻriqnomaning 45-ilovasida keltirilgan roʻyxat rasmiylashtirilishi lozim. Shuningdek, milliy va xorijiy valyuta bir vaqtda tashilganida ham har bir valyuta turi boʻyicha alohida 45-ilovada keltirilgan roʻyxat rasmiylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank tomonidan inkassatorlar brigadasi aʼzolariga qatʼiy hisobda turuvchi blanklar va boshqa qimmatliklar tashish uchun topshirilayotgan boʻlsa, mazkur Yoʻriqnomaning 46-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq joʻnatilayotgan qatʼiy hisobda turuvchi blanklar va boshqa qimmatliklar roʻyxati rasmiylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd pullarni yoki qatʼiy hisobda turuvchi blanklar va boshqa qimmatliklarni joʻnatuvchi bankning kassa mudiri tomonidan mos ravishda mazkur Yoʻriqnomaning 45-46-ilovalarida keltirilgan shakllar boʻyicha roʻyxat uch nusxada tuzilib, mazkur bankning moddiy javobgar shaxslari tomonidan imzolanadi hamda roʻyxatning barcha nusxalari bankning muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu rasmiylashtirilgan roʻyxatning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi nusxasi naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qiluvchi bankning moddiy javobgar shaxslariga topshirish uchun inkassatsiya brigadasining boshligʻiga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi nusxasi chiqim kassa orderi, inkassatsiya xizmatining ishonchnomasi va Markaziy bank, inkassatsiya xizmatiga ega boʻlgan tijorat banki yoki inkassatsiya xizmatining tegishli farmoyishi bilan birga joʻnatuvchi bankning kunlik kassa hujjatlariga tikiladi;
(337-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi nusxasi inkassatorlar brigadasi tomonidan naqd pul va boshqa qimmatliklarni tashish ishlarini yakunlangach, inkassatsiya boʻlimiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
338. Naqd pul va boshqa qimmatliklar tashish uchun qabul qilib olinganligi toʻgʻrisida inkassatorlar brigadasining boshligʻi chiqim kassa orderini imzolaydi. Brigada aʼzolari esa chiqim kassa orderining orqa tarafiga oʻz imzolarini qoʻyadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan joyga yetkazib berish uchun qoplarga joylangan va qabul qilib olingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni but saqlanishi hamda qoplarning, ularning ogʻzidagi tizimchalarning va undagi plomba izlarining (bir martalik raqamlangan shtrix yoki QR kodli plastik plombani) butligi uchun inkassatsiya brigadaning barcha aʼzolari javobgar hisoblanadilar. Qabul qilib olingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni Markaziy bank, inkassatsiya xizmatiga ega boʻlgan tijorat banki yoki inkassatsiya xizmati farmoyishida qayd etilgan joyga toʻliq va oʻz vaqtida yetkazib borilishini taʼminlash uchun inkassatorlar brigadasining aʼzolari toʻliq moddiy javobgar hisoblanadilar.
(338-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
339. Inkassatorlar brigadasi tomonidan bankdan tashish uchun qabul qilib olingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni oʻsha kunning oʻzida tashishning imkoni boʻlmagan hollarda naqd pul va qimmatliklar joylanib, plombalangan har bir qop shartli “1 soʻm” hisobida 93609 — “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” balansdan tashqari hisobvaragʻiga kirim qilingan holda ushbu bankning pul omborida saqlash uchun qoldirilishi mumkin.
(339-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday hollarda bankning pul omborini eshigi inkassatorlar brigadasi boshligʻining plombiri bilan qoʻshimcha ravishda plombalanadi hamda belgilangan tartibda qoʻriqlash xizmati xodimiga topshiriladi. Inkassatorlar brigadasi boshligʻining plombir namunasi qoʻriqlash xizmati xodimiga topshiriladi va pul ombori eshigini ochish inkassatorlar brigadasining boshligʻi ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, inkassatorlar brigadasi tomonidan qabul qilib olingan naqd pul va boshqa qimmatliklar joylanib, plombalangan qoplar, inkassatorlarning bronlangan maxsus avtomashinasida ham saqlanishi mumkin. Bunda, mashinadagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni qoʻriqlab, ularning but saqlanishini taʼminlash uchun brigada inkassatorlaridan qoʻriqchi inkassatorlar tayinlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
340. Inkassatorlar brigadasi tomonidan naqd pul va boshqa qimmatliklar toʻliq qabul qilib olinganidan soʻng, qoplarga joylangan naqd pul va boshqa qimmatliklar inkassatorlar tomonidan brigada boshligʻi va ichki ishlar organi xodimi kuzatuvi ostida maxsus avtomashinaga joylanishi lozim.
(340-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
341. Naqd pul va boshqa qimmatliklar bir xonadan boshqa bir xonaga tashiladigan yoki maxsus avtomashinadan boshqa maxsus avtomashinaga yuklanadigan hollarda, qoplar sonini har safar inkassatorlar brigadasining boshligʻi sanab koʻrishi shart. Bunda, inkassatorlar brigadasi boshligʻi shunday joyda turishi kerakki, unga qoplarni tashishda ishtirok etayotgan inkassatorlar brigadasi aʼzolarining har bir harakati koʻrinib turishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
342. Naqd pul va boshqa qimmatliklar joylangan qoplar maxsus avtomashinaga joylab boʻlinganidan soʻng, uning yukxonasi eshigi inkassatorlar brigadasi boshligʻining plombiri bilan plombalanib, kassa mudirining (yoki ushbu vazifa buyruq bilan yuklatilgan bank boshqa masʼul xodimining) plombiri bilan plombalanib, naqd pul va boshqa qimmatliklar yuklanganligi tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
343. Naqd pul va boshqa qimmatliklar qabul qilib oluvchi bankka inkassatorlar brigadasi tomonidan tashib borilganida, ularni qabul qilib oluvchi bankning moddiy javobgar shaxslari qabul qilib olishlari lozim. Agar, inkassatorlar brigadasidan tashib kelingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni oʻsha kunning oʻzida qabul qilib olishning imkoni boʻlmagan hollarda naqd pul va qimmatliklar joylanib, plombalangan har bir qop shartli “1 soʻm” hisobida 93609 — “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” balansdan tashqari hisobvaragʻiga kirim qilingan holda ushbu bankning pul omborida saqlash uchun qoldirilishi mumkin.
(343-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday hollarda bankning pul omborini eshigi inkassatorlar brigadasi boshligʻining plombiri bilan qoʻshimcha ravishda plombalanadi hamda belgilangan tartibda qoʻriqlash xizmati xodimiga topshiriladi. Inkassatorlar brigadasi boshligʻining plombir namunasi qoʻriqlash xizmati xodimiga topshiriladi va pul ombori eshigini ochish inkassatorlar brigadasining boshligʻi ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, tashib kelingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatorlarni bronlangan maxsus avtomashinasida ham saqlanishi mumkin. Bunda, mashinadagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni qoʻriqlab, ularning but saqlanishini taʼminlash uchun brigada inkassatorlaridan qoʻriqchi inkassatorlar tayinlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
344. Qabul qiluvchi bankning kassa mudiri olib kelingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olishni, maxsus avtomashina yukxonasi eshigi plombasini inkassatorlar brigadasi boshligʻidagi plomba izi namunasi bilan taqqoslashdan boshlaydi. Plomba izlarining bir-biriga mosligiga ishonch hosil qilganidan soʻng, avtomashina yukxonasi eshigini ochishga ruxsat beradi. Tashib kelingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni bankning moddiy javobgar shaxslari mazkur Yoʻriqnomaning 333-334-bandlarida belgilangan tartibda inkassatorlar brigadasidan qabul qilib olishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd pul va boshqa qimmatliklar bank moddiy javobgar shaxslari tomonidan toʻliq qabul qilib olinguniga qadar maxsus avtomashina yukxonasi eshigining plombali tizimchalari kassa mudirida saqlab turilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd pul va qimmatliklarni qabul qilishda qop yoki undagi pul bogʻlamlarining shikastlanganligi aniqlangan taqdirda pul bogʻlamlari inkassatorlar brigadasi aʼzolari ishtirokida qayta sanab, qabul qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatorlar brigadasidan bank kassasiga qabul qilib olish jarayonida, banknotlar bogʻlami joylashtirilgan polietilen paket yirtilganligi yoki undagi klishe izining aniq emasligi aniqlansa, ushbu bogʻlamdagi naqd pul va boshqa qimmatliklar birma-bir, donalab sanalgan holda qabul qilinishi shart.
(344-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu pul bogʻlamida kamomad yaʼni, banknotlar donasining kamligi aniqlansa, bunday kamomad uchun inkassatsiya brigadasining aʼzolari toʻliq moddiy javobgar boʻladilar. Bunda, belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, avtomashina yukxonasining plombali tizimchasi, qopning plombali tizimchasi (bir martalik raqamlangan shtrix yoki QR kodli plastik plombani), plomba namunalari, hujjat va boshqa ashyolar moddiy javobgar boʻlgan tomonga (tegishli inkassatsiya boshqarmasiga) taqdim etiladi.
(344-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, ushbu pul bogʻlamida toʻlovga yaroqsiz, qalbaki pullar mavjudligi uchun kamomad aniqlansa, bunday kamomad uchun mazkur pul bogʻlamini shakllantirgan bank kassiri toʻliq moddiy javobgar boʻladi. Bunda, belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, avtomashina yukxonasining plombali tizimchasi, qopning plombali tizimchasi (bir martalik raqamlangan shtrix yoki QR kodli plastik plombani), plomba namunalari, hujjat va boshqa ashyolar moddiy javobgar boʻlgan tomonga, tegishli bankka (filialga) taqdim etiladi.
(344-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
345. Inkassatsiya xizmatining maxsus avtomashinasiga bir nechta bank uchun moʻljallangan naqd pul va qimmatliklar joylangan boʻlib, ularning tegishli qismi belgilangan bankka olib borib topshirilgach, avtomashina yukxonasi eshigi inkassatorlar brigadasi boshligʻining plombasi bilan plombalanib, naqd va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olgan bankning kassa mudiri (yoki ushbu vazifa buyruq bilan yuklatilgan bank boshqa masʼul xodimi) plombiri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus avtomashina eshigini ochib-yopishning ushbu tartibi, undagi naqd pul va boshqa qimmatliklar tegishli banklarga toʻliq yetkazib berilguniga qadar davom ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
346. Naqd pul va boshqa qimmatliklarni tashish inkassatsiya xizmatlarining yopiq kuzovli maxsus avtomashinalarida amalga oshirilishi lozim. Inkassatsiya xizmatlari naqd pul va boshqa qimmatliklarni tashib borish, belgilangan bankka but va oʻz vaqtida yetkazib berish, ularning daxlsizligini taʼminlash choralarini koʻrishi lozim.
(346-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
(347-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
348. Inkassatorlarning maxsus avtomashinasidagi naqd pul va boshqa qimmatliklar qabul qilib oluvchi bankka tashib kelingach, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatorlar tomonidan topshirilishi inkassatorlar brigadasining barcha aʼzolari ishtirokida amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
349. Bank ish kuni yakunlangach yoki umumiy dam olish kunlari inkassatorlar brigadasi tomonidan bankning moddiy javobgar shaxslariga tegishli hujjatlar taqdim etilgan taqdirda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inkassatorlar brigadasidan naqd pul va boshqa qimmatliklarni belgilangan tartibda qabul qilib olishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inkassatorlar brigadasiga naqd pul va boshqa qimmatliklarni belgilangan tartibda, toʻliq miqdorda topshirilishini taʼminlashlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Markaziy bank, inkassatsiya xizmatiga ega boʻlgan tijorat banki yoki inkassatsiya xizmati farmoyishiga asosan inkassatorlar brigadasidan qabul qilib olingan yoki ularga topshirilgan naqd pul va boshqa qimmatliklar boʻyicha tegishli kirim yoki chiqim kassa hujjatlari, ular bankka qabul qilib olingan sana bilan rasmiylashtiriladi hamda navbatdagi bank ish kunida ular asosida buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi. Bank tegishli kassa kitoblariga yozuvlarni qayd etish, buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshirilganidan keyin bajariladi.
(349-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
350. Bankning moddiy javobgar shaxslari naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatorlardan qabul qilib olganlaridan soʻng, joʻnatilayotgan naqd pullarning yoki joʻnatilayotgan qatʼiy hisobda turuvchi blanklar va boshqa qimmatliklar roʻyxatining ikkinchi va uchinchi nusxalari orqa tarafidagi “tilxat” qismiga imzo qoʻyadilar va bank muhri bilan tasdiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu roʻyxatning birinchi nusxasi naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olgan bankda qoladi, roʻyxatning uchinchi nusxasi esa inkassatorlar brigadasi boshligʻiga qaytarib beriladi.
(350-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
351. Inkassatorlar brigadasining boshligʻi inkassatsiya boʻlimiga qaytib kelganidan soʻng, Markaziy bank, inkassatsiya xizmatiga ega boʻlgan tijorat banki yoki inkassatsiya xizmati farmoyishida qayd etilgan naqd pullar (yoki qatʼiy hisobda turuvchi blanklar va boshqa qimmatliklar) belgilangan joyga tashib borib topshirilganligini tasdiqlovchi joʻnatilayotgan naqd pullar (yoki joʻnatilayotgan qatʼiy hisobda turuvchi blanklar va boshqa qimmatliklar) roʻyxatining uchinchi nusxasini inkassatsiya boʻlimi boshligʻiga (yoki uning oʻrinbosariga) taqdim etadi.
(351-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qiluvchi bank shartnomada belgilangan muddatlarda inkassatsiya xizmatiga ularni tashib berishda qilingan haqiqiy xarajatlarni (taqdim etilgan pul-hisob-kitob hujjatlarida qayd etilgan summalarni asosli ekanligini tekshirib koʻrgach) toʻlab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
352. Bank filiallarida kassa ishini mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartib, qoidalarga muvofiq tashkil etilishi boʻyicha Bosh bank javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring va bankda oʻtkazilgan taftish, tekshiruv natijalariga koʻra naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan kassa operatsiyalarini bajarish yoki ularning but saqlanishini taʼminlash borasida aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish yuzasidan zaruriy choralarni koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
353. Mijozlarga sifatli kassa xizmatlarini koʻrsatish, naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan kassa operatsiyalarini mazkur Yoʻriqnoma talablariga rioya etgan holda bajarilishi hamda ularning but saqlanishini taʼminlash uchun bank filialining boshqaruvchisi, bosh buxgalteri va kassa mudiri javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
354. Mazkur Yoʻriqnoma talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(354-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Mazkur blankdagi rekvizitlarga banklar tomonidan qoʻshimcha rekvizitlar ham kiritilishi mumkin.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) asosan izoh bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JISMONIY SHAXSNING SOLIQ TOʻLOVLARI UCHUN MAXSUS BLANK
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa mudiri, kirim, chiqim va kechki kassa kassiri tomonidan qabul qilingan yoki topshirilgan naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayd etish K I T O B I
saqlashga qabul qilingan qimmatliklar soni va summasi toʻgʻrisida
MAʼLUMOTNOMA
109-shakl
T/r
Kirim qilingan naqd pul va boshqa qimmatliklar nomi
Kirim hujjatlari
Kirim qilingan
Kirim amallarini nazorat qiluvchi masʼul xodim
soni (dona)
asosida saqlashga qabul qilingan qimmatliklar boʻyicha berilgan 004-shakldagi kvitansiyalar soni
naqd pullar summasi
saqlash uchun qabul qilingan qimmatliklar summasi
F.I.O.
imzosi
Bir kundajami:_________________________________________________________________________________________________________________________________________
(summa raqam va soʻz bilan)
__________________________________________________________________________________________________________________________________soʻm naqd pullar va
______________________________________________________________________soʻmlik qimmatliklar kirim qilindi.
NAQD PULLAR SOLINGAN ____________-SONLI SUMKANI (QOPNI) ILOVA QAYDNOMASI
SUMMA
20___ yil “ ____” ___________________
Sumkani (qopni) topshiruvchi shaxs _________________________________________________________
(F.I.O.)
DEBET
Qabul qiluvchi bank nomi ____________________________________________
Bank kodi
KREDIT
Pul kirim qilinadigan h/r ________________________________________________
(xoʻjalik subyektini yoki bank hisobvaragʻini nomi)
Bank kodi
_________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________ Summa soʻz bilan_________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________
Sumkani (qopni) topshiruvchi shaxs imzosi: ________Naqd pul tushumlari va boshqa qimmatliklar solingan hamda ogʻzi plombalangan ______________-sonli sumka (qop) (naqd pul tushumlari va boshqa qimmatliklar sanalmasdan), belgilangan tartibda bank kassasiga qabul qilindi.

NAQD PUL TUSHUMLARI SOLINGAN SUMKANI (QOPNI) BANKNING KASSA XODIMIGA TOPSHIRISH BLANKI

Sumkani (qopni) topshiruvchi shaxs imzosi: ___TILXAT: Naqd pul tushumlari va boshqa qimmatliklar solingan hamda ogʻzi plombalangan ______________-sonli sumka (qop) (naqd pul tushumlari va boshqa qimmatliklar sanalmasdan), belgilangan tartibda bank kassasiga qabul qilindi.
(8a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-2, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/3028-2/3366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 9-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HISOBVARAQ EGASIDA YOKI BOSH (KATTA) BUXGALTERDA MAXSUS QOʻRIQLANADIGAN SEYF YOKI TEMIR SHKAFDA SAQLANADI
Chekni toʻldirish va undan foydalanish tartibi muqovaning 2-betida koʻrsatilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-2, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/3028-2/3366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 10-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 31-dekabrdagi 28/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 3285, 26.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2021-y., 10/21/3285/0073-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 11-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(12-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-2, 03.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 10/19/3028-2/3366-son)
Mijozning bank(filial)dagi hisob raqami _________________________________
Kun
Mijoz tomonidan tushum pullari solingan sumkalarni (qoplarni) topshirish vaqti
Tushum puli solingan sumkalar (qoplar)
Inkassatorlardan qabul qilingan boʻsh sumkalar (qoplar) raqami
Xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbarining imzosi
Mijozning ish vaqtini tugashi: ______ soat________daqiqa
Inkassatorning tashrif vaqti _______soat __________daqiqa
Inkassatorning dam olish kunlaridagi tashrif vaqti ______soat ________daqiqa
soat
daqiqa
raqami
boʻyicha qayd etilgan naqd pullar summasi
Inkassatsiya xizmati tashrifining davriyligi ___________________________
(har kuni, va h. k.)_______________
Agar tushum pullari inkassatorga topshirilmasa, xoʻjalik yurituvchi subyektning mansabdor shaxsi oʻsha sana qatoriga tushum pullarini topshirmaslik sababini koʻrsatib tasdiqlashi shart. Yozishda xatoga yoʻl qoʻyilgan hollarda, notoʻgʻri yozuv ustidan chiziq tortilib (oʻchirilib), toʻgʻrisi esa tashrif varaqasining hoshiyasiga yozib qoʻyiladi.
Ikki yoki undan ortiq sumkalar (qoplar) topshirilsa yoki qabul qilinsa, “Tushum pullari solingan sumka (qop)” raqami va “Inkassatordan qabul qilingan boʻsh sumka (qop)” raqami ustuniga raqamlar oʻrniga qop(sumka)lar soni soʻz bilan yoziladi.
Inkassatorning takroriy kelishi (mijozga qayta tashrif qilinganida), topshirilgan tushum pullari “Takroriy tashriflar (mijozga qayta kirishlar)” boʻlimiga yoziladi. Tashrif varaqasini inkassatorlar tomonidan toʻldirilishi man etiladi.
1.
2.
3.
4.
5.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Har kuni inkassatsiya boʻlimi boshligʻi (navbatchi inkassator) bank (filial) rahbariga bir kun avval (kechagi kun) tushum pullarini inkassatorlarga topshirmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha maʼlumot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(13-ilovaning orqa tomoni)
Kun
Mijoz tomonidan tushum pullari solingan sumkalarni (qoplarni) topshirish vaqti
Tushum puli solingan sumkalar (qoplar)
Inkassatorlardan qabul qilingan boʻsh sumkalar (qoplar) raqami
Xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbarining imzosi
Kun
Mijoz tomonidan tushum pullari solingan sumkalarni (qoplarni) topshirish vaqti
Tushum puli solingan sumkalar (qoplar)
Inkassatorlardan qabul qilingan boʻsh sumkalar (qoplar) raqami
(inkassatsiya xizmati (boʻlinma) rahbari F.I.O., imzosi)
(sana)”.
(13-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 14a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(14a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 14b-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(14b-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 14v-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(14v-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 15-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inkassatorlar guruhiga topshirilgan boʻsh sumka (qop)larning soni toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOTNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 ___ yil “ ____” ________________da
_______-sonli yoʻnalish (____-tashrif) boʻyicha ______________________ boʻlinmasidan
___________________________(inkassatsiya yoki bank nomi)
T/r
Yoʻnalish (tashrif*) raqami
Soni (dona)
Qabul qilib oldi yoʻnalish katta inkassatori
Inkassatsiya sumkalari
Standart qoplar
F.I.O.
imzosi
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
11.
12.
13.
14.
15.
16.
17.
18.
Jami:
Topshirdi:
___________________________
___________
(F.I.O.)
(imzo)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* — biror bir yoʻnalish boʻyicha takroriy tashrif amalga oshirilganda, ushbu tashrif raqami alohida (jadval qatorida) qayd etilishi shart.
(15-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
(16-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 17-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inkassatsiya sumkasidagi (qopidagi) naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanash natijalari boʻyicha tuzilgan DALOLATNOMA
Ushbu inkassatsiya sumkasi (qopi)dagi naqd pullar __________________________________ kassasining nazoratchisi ___________________________tomonidan qayta sanab koʻrilganida, ________-sonli
(nazoratchining F.I.O.)
inkassatsiya sumkasi(qopi)da haqiqatda jami:
_____________________________________________________________soʻmlik naqd pullar mavjudligi, shuningdek,
Aniqlangan ________________________________________________ soʻmlik ______ dona qalbaki pullarda, ularning
(umumiy summasi raqam va soʻz bilan)
nominal qiymati, seriyasi, tartib raqami va ishlab chiqarilgan yili quyidagicha qayd etilgan: ________soʻmlik, seriyasi:______, tartib raqami___________, ishlab chiqarilgan ______ yil; ________soʻmlik, seriyasi:______, tartib raqami____________, ishlab chiqarilgan ______ yil; ________soʻmlik, seriyasi:______, tartib raqami____________, ishlab chiqarilgan ______ yil. Inkassatsiya sumkasi (qopi)dagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanash natijalari boʻyicha tuzilgan ushbu dalolatnomada qayd etilgan maʼlumotlarni toʻgʻri ekanligini tasdiqlab, imzo chekuvchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 18-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank (filial) kassasiga qabul qilingan naqd pul tushumlari solingan va boʻsh inkassatsiya sumka(qop)lari toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOTNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. 20___ yilning “____” ______________da bank (filial) __________________ kassasiga inkassatorlar guruhidan
T/r
Yoʻnalish (tashrif) raqami
bank (filial) kassasiga qabul qilingan inkassatsiya sumkasi(qopi)
raqami
yuk xati boʻyicha tushum pullarining qayd etilgan summasi (soʻmda)
Izohlar
summa raqam bilan
summa soʻz bilan
Jami:
soʻm tushum pullari solinganligi eʼlon qilingan sumka(qop)lar qabul qilindi.
Ushbu qabul qilingan pullik sumka(qop)lar orasidan quyidagi nuqsonli (shikastlangan) sumka (qop)lar bank (filial) _______________________ kassasida inkassatorlar ishtirokida ochilib, undagi naqd pul tushumlari qayta sanalib:
T/r
Yoʻnalish (tashrif) raqami
Ochilgan inkassatsiya sumka(qopi) va ularga solingan naqd pul tushumlarining summasi (soʻmda)
sumka(qop) raqami
summa raqam bilan
summa soʻz bilan
Jami:
soʻm tushum pullari qayta sanab qabul qilindi.
Shuningdek, ___________________________ ta boʻsh inkassatsiya sumka (qop)lari qabul qilindi.
____________________(qoplarning soni; raqam va soʻz bilan)
Topshirdi inkassatorlar guruhi aʼzolari:
________________________
___________
(F.I.O)
(imzo)
________________________
___________
(F.I.O)
(imzo)
M.Oʻ. (inkassatsiya)
________________________
___________
(F.I.O)
(imzo)
Qabul qilib oldi bankning kechki kassa xodimlari:
Kassir
________________________
___________
(F.I.O)
(imzo)
Buxgalter-nazoratchi
________________________
___________
(F.I.O)
(imzo)
M.Oʻ. (bank kechki kassasi)
(orqa tomoni)
II. 20____ yilning “____” ___________da kassa mudiri bank(filial)ning kechki kassada ochilgan
nuqsonli sumka (qop)dan chiqqan _____________________________________________________ soʻmlik
____________________________________________(summa raqam va soʻz bilan)
naqd pullarni, ushbu sumka (qop)ni hujjatlari va tuzilgan dalolatnoma (17-ilova)da qayd etilgan maʼlumotlar bilan taqqoslab koʻrgan holda kechki kassa kassiridan qabul qilib oldi.
Kechki kassa xodimlaridan qabul qilib oldi:
Kassa mudiri
__________________________
___________
(F.I.O)
(imzo)
III. 20____ yilning “ ____” _________________da bank boʻlinmasi qayta sanash kassasining:
1-nazoratchisi ______________________________________________________ ta tushum pullari
(qoplarning soni raqam va soʻz bilan)
solingan va _________________________________________ ta boʻsh inkassatsiya sumkalari (qoplari)ni
_____________________(qoplarning soni raqam va soʻz bilan)
kechki kassa xodimlaridan qabul qilib oldi:
Qayta sanash kassasining nazoratchisi:
__________________________
___________
(F.I.O)
(imzo)
2-nazoratchisi ______________________________________________________ ta tushum pullari
(qoplarning soni raqam va soʻz bilan)
solingan va _________________________________________ ta boʻsh inkassatsiya sumkalari (qoplari)ni
____________________(qoplarning soni raqam va soʻz bilan)
kechki kassa xodimlaridan qabul qilib oldi:
Qayta sanash kassasining nazoratchisi:
__________________________
___________
(F.I.O)
(imzo)
IV. 20___ yilning “___” _______________da bank (filial) kassasiga inkassatorlar guruhidan qabul qilib olingan inkassatsiya sumka(qop)laridagi naqd pul tushumlari qayta sanash kassasi kassirlari tomonidan qayta sanab chiqilganidan:
_____________________________ soʻm ______ tiyinlik kamomad (shu jumladan, _____________ soʻmlik
_______________________________ soʻm _____ tiyinlik ortiqcha pullar mavjudligi aniqlandi.
Natijada, inkassatorlar guruhi tomonidan bank (filial)ning binodan tashqarida joylashgan kassalaridan yigʻib kelingan ________________ ta inkassatsiya sumka (qop)laridagi oʻrab-
pullar va __________________________________________________ soʻmlik qimmatliklar, shuningdek,
_______________________(summa raqam va soʻz bilan)
Mijozlarning ___________________ ta inkassatsiya sumkasi (qopi)dan chiqqan va qayta sanash kassasi
kassirlari tomonidan qayta sanalgan _________________________________________________ soʻmlik
__________________________________________(haqiqatda chiqqan summa raqam va soʻz bilan)
naqd pullar bank (filial) aylanma kassasiga kirim qilindi.
Kassa mudiri:
__________________________
___________
(F.I.O)
(imzo)
Tekshirdi:
Bosh buxgalter:
__________________________
___________
(F.I.O)
(imzo)
(18-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 19-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20____ yil “ ____ ” _______________________________________
Naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanash natijalari boʻyicha
NAZORAT QAYDNOMASI
Ish kuni boshida, qayd qilingan umumiy summasi ______________________soʻm boʻlgan _________ ta inkassatsiya sumkasi (qopi) qayta sanash uchun qabul qilindi.
Ish kuni mobaynida, qayd qilingan umumiy summasi ______________________soʻm boʻlgan _________ ta inkassatsiya sumkasi (qopi) qayta sanash uchun qabul qilindi.
Boshqa sanoq brigadalari nazoratchisiga, qayd qilingan umumiy summasi ______________________soʻm boʻlgan _________ ta inkassatsiya sumkasi (qopi) qayta sanash uchun topshirildi.
20____ yil “_____” ______________________________ga
Qayta sanash kassasining kassiri_________________________________________________________ning
____________________________(F.I.O.)
NAZORAT VARAQASI
175-shakl
T/r
Kassa mudiri yoki boshqa kassirga topshirilgan naqd pul va boshqa qimmatliklar
Naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olgan kassa mudiri/kassirning
summasi (raqam va soʻz bilan)
bogʻlamlari soni (dona)
F.I.O.
tasdiqlovchi imzosi
Jami:
Naqd pul va boshqa qimmatliklarni sanovchi kassir_______________________________
(kassirning imzosi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(20-ilovaning orqa tarafi)
T/r
Qayta sanash uchun qabul qilib olingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni
Sanovchi kassirning tasdiqlovchi imzosi
summasi
topshiruvchining F.I.O.
raqam bilan
soʻz bilan
Jami:
(20-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 21-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd pul bogʻlami, dastasi (qopchadagi tangalar) orasidan aniqlangan kamomad (shu jumladan, toʻlovga yaroqsiz, qalbaki) yoki ortiqcha pullar boʻyicha tuzilgan DALOLATNOMA
20___ yil “____” __________________
___________________ shahri (tumani)
Ushbu dalolatnoma ______________________________________________________________da shu haqida tuzildiki,
(bank, filial nomi)
_____________________________________________ oʻramidagi yoki _________________________________kassiri
(“Davlat belgisi” MCHJ korxonasi)
(bank / filial nomi)
_________________________________________yoki ijoz____________________________________tomonidan qayta
(kassirning F.I.O.)
(mijozning F.I.O.)
sanab koʻrilganida, 20_______ yilning “______” ____________________________da oʻrab-bogʻlagan, nominal qiymati ____________________________________________soʻm (yoki tiyin) boʻlgan banknotlar bogʻlami / dastasi (yoki qopchaga solingan tangalar)dan_________________________________________________________________soʻmlik kamomad,
(kamomad summasi raqam va soʻz bilan)
jumladan __________________________________________soʻmlik___________________________________pullar
(toʻlovga yaroqsiz / qalbaki pullar summasi)
(toʻlovga yaroqsiz / qalbaki)
yoxud __________________________________________________________soʻmlik ortiqcha aniqlandi. (ortiqcha pul summasi raqam va soʻz bilan)
Kassa xatoliklari aniqlangan __________________________________________- raqamli klishe bosilgan bogʻlamdagi Banknotlar / _____________________________________ -raqamli plombir izi bosilgan qopchadagi tangalar takroran kassir_____________________________________________tomonidan nazoratchi _____________________________
(qayta sanagan kassirning F.I.O.)
(nazoratchi F.I.O.)
________________________________________________ kuzatuvi ostida toʻliq qayta sanab koʻrilganida haqiqatda ham ______________________________soʻmlik ____________________________________________borligi tasdiqlandi.
Aniqlangan ______________________________________________ soʻmlik _______ dona qalbaki pullarda, ularning
(umumiy summasi raqam va soʻz bilan)
nominal qiymati, seriyasi, tartib raqami va ishlab chiqarilgan yili quyidagicha qayd etilgan: ________soʻmlik, seriyasi:______, tartib raqami___________, ishlab chiqarilgan ______ yil; ________soʻmlik, seriyasi:______, tartib raqami____________, ishlab chiqarilgan ______ yil; ________soʻmlik, seriyasi:______, tartib raqami____________, ishlab chiqarilgan ______ yil. Aniqlangan qalbaki pullar boʻyicha ___________________________ichki ishlar boʻlimiga yozma ravishda xabar berildi. Ushbu tuzilgan dalolatnomaga quyidagilar ilova qilinmoqda (mavjud boʻlmagan ashyolar ustidan chiziq tortib oʻchirilsin): — toʻlovga yaroqsiz/qalbaki pul aniqlangan bogʻlamning ustki nakladkasi; — banknotlar bogʻlami (tangali qop ogʻzi) oʻralgan tizimcha plombasi bilan; — klishe bosilgan sellofan paket; — dastaning toʻliq 10 ta banderoli (tangali qopning yorligʻi). Aniqlangan kamomad (shu jumladan, toʻlovga yaroqsiz / qalbaki pullar) summasini _______________________bankning ________________________________-hisobvaragʻiga naqd pulsiz hisob-kitob orqali oʻtkazib berishingizni soʻraymiz. Banknotlar bogʻlami / qopchadagi tangalarni qayta sanash natijalari boʻyicha tuzilgan ushbu dalolatnomada qayd etilgan maʼlumotlarni toʻgʻri ekanligini tasdiqlab, imzo chekuvchilar:
(21-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 22-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(23-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
(24-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 25-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining banknot va tangalarini toʻlovga yaroqli ekanligini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEZONLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy toʻlov vositasi hisoblangan va ularning haqiqiyligi shubha tugʻdirmaydigan, tegishli himoya belgilariga ega boʻlgan hamda yetarli miqdorda oʻzining hajmini saqlab qolgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining banknot va tangalari toʻlovga yaroqli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar tegishli himoya belgilariga ega boʻlgan quyidagi banknotlarni hech qanday moneliksiz toʻlovga qabul qilishlari va tushum puli sifatida banklarga topshirishlari lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har qanday qismida teshik yoki yirtilish boʻlgan, qogʻozi siyqalangan (ishqalanish oqibatida yupqalashib, yumshoq qogʻoz koʻrinishiga kelib qolgan) hamda dogʻlari boʻlgan va turli rasm va (yoki) yozuvlar yozilgan banknotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirtilib boʻlaklarga ajralgan va yelimlangan pullar — agar pulning qismlari shubhasiz bitta banknotga tegishli boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻyoq moddalari yoki kislota toʻkilgan, tabiiy rangi oʻzgargan, kuygan, boʻyalgan yoki chizilgan pullar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy hajmining 55 foizidan kam boʻlmagan qismini saqlab banknotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bank kassasiga mijozlar tomonidan tegishli himoya belgilari mavjud boʻlgan lekin, jiddiy shikastlangan (xususan, katta bir qismi yaʼni, banknot umumiy hajmining kamida 40 — 45 foizi mavjud boʻlmagan) banknotlar taqdim etilsa, ularning toʻlovga yaroqli ekanligini aniqlashda maxsus katakchalardan foydalanish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu maxsus katakchalar soni 200 tani tashkil etib, gorizontal joylashgan 20 ta katak banknot enining uzunligini, vertikal joylashgan 10 ta katak esa banknot boʻyining uzunligini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markaziy bank tomonidan muomalaga kiritilgan banknotlarning (100 foiz hajmi) toʻliq maydoni quyidagi oʻlchamlarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1000 (2001-yil namunasidagi), 5000 (2013-yil namunasidagi), 10000 (2017-yil namunasidagi), 50000 (2017-yil namunasidagi) va 100000 (2019-yil namunasidagi) soʻmlik banknotlar uchun katak maydoni 144 x 78 mm.ni;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil namunasidagi 2000 va 5000 soʻmlik banknotlar uchun katak maydoni 142 x 69 mm.ni;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil namunasidagi 10 000, 20 000 va 50 000 soʻmlik banknotlar uchun katak maydoni 147 x 69 mm.ni;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil namunasidagi 100 000 soʻmlik va 2022-yil namunasidagi 200 000 soʻmlik banknotlar uchun katak maydoni 152 x 69 mm.ni tashkil etadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun ham banknotlar nominal qiymatini inobatga olingan holda ularning toʻlovga yaroqli ekanligini aniqlashda har bir guruh uchun mos oʻlchamdagi (kataklari soni 20x10 boʻlgan) alohida kataklardan foydalanilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shikastlanish turidan qatʼi nazar, (shakli buzilgan, pachoqlangan, siyqalangan (ishqalanish oqibatida metalli yupqalashgan), teshilgan, qirqilgan, sindirilgan, ishqorga solingan, biror bir metall bilan payvandlangan, olovda eritilgan, koʻkarib va qorayib ketgan) oʻzining toʻla hajmini va old tomonidagi qiymati tasvirini saqlab qolgan hamda haqiqiyligiga shubha tugʻdirmaydigan metall tangalar toʻlovga yaroqli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bank kassasiga naqd pullar kirim qilinayotganida, ular kassirlar tomonidan saralanishi hamda “muomalaga yaroqli”, “eskirgan”, “toʻlovga yaroqsiz” pullar toifalariga ajratilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Muomalaga yaroqli” boʻlgan banknotlar toifasiga siyqalanmagan (banknot qogʻozining mustahkamligi, uni yana muomalada aylanishi uchun imkoniyat beradigan darajada mustahkam) hamda shikastlanganligi quyidagi darajada boʻlgan banknotlar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hech qanday shikastlanish belgilariga ega boʻlmagan banknotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banknotning ayrim qismiga (yoki qismlariga) yozilgan yozuvlar yoki boʻyalgan (boʻyoq toʻkilgan) joyi banknot umumiy hajmining 5 foizidan oshmaydigan (yaʼni, yozuvlarning egallab turgan umumiy maydoni, 200 ta katakchaning 10 tasidan oshmasa) hamda pulning nominalini yoki uning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan banknotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banknotning yirtilgan, teshilgan joyini diametri yoki yirtilib tushgan burchagi (qismi) 1 sm.dan oshmaydigan hamda ushbu shikastlanishlar banknotning nominalini yoki uning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan banknotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rangi keskin tarzda oʻzgarmagan banknotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Banknotni siyqalanish yoki shikastlanish darajasi ushbu qoidaning 5-bandida sanab oʻtilgan talablarga javob bermaydigan hamda haqiqiyligi shubha uygʻotmaydigan, shuningdek, banknot umumiy hajmining 55 foizidan kam boʻlmagan qismi saqlanib qolgan banknotlar “eskirgan” pullar toifasiga kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Banknot umumiy hajmining 55 foizidan kam qismi saqlanib qolgan boʻlsa yoki tegishli himoya belgilariga ega boʻlmagan banknotlar yaʼni, “qalbaki” pullar hamda banknotdagi uning nominal qiymatini aks ettiruvchi yozuv va raqamlarni oʻzgartirish orqali hosil qilingan “soxta” pullar — “toʻlovga yaroqsiz” pullar toifasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Davlat Belgisi” MCHJ korxonalari tomonidan nuqsonli banknot va tangalar ishlab chiqarilganligi aniqlansa, bank hech qanday moneliksiz, Markaziy bankning Hisob-kitob kassa markazlarida, ularni “muomalaga yaroqli” pullarga almashtirib olishlari mumkin.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bank tomonidan ushbu nuqsonli banknot va tangalar Markaziy bankning Bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa markazlariga topshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mijozlar nuqsonli, shikastlangan va oʻzining yetarli miqdordagi (55 foizdan kam boʻlmagan) hajmini saqlab qolgan hamda haqiqiyligi shubha oʻygʻotmaydigan banknotlarni bank kassalarida “muomalaga yaroqli” pullarga almashtirib olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shikastlangan banknotni uning nominal qiymatini inobatga olgan holda, unga mos keluvchi (tegishli oʻlchamdagi) kataklarga shunday joylashtirilishi kerakki, bunda uning saqlanib qolgan qismi kataklarning chetki chegaralaridan boshlab joylashtirilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joylashtirilgan banknotning shikastlangan qismi uning konturi boʻylab chizib chiqiladi va banknotning saqlanib qolgani qismi toʻliq band etgan kataklar soni sanab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻngra, banknotning saqlanib qolgan qismini konturi boʻylab, toʻliq band etilmagan (kamida yarmi band etilgan) kataklar soni sanab chiqiladi va ikkita shunday yarmi band etilgan katakchalar — bitta butun katak hisoblangan holda, ushbu hisoblangan butun kataklar umumiy soni, shikastlangan banknot toʻliq band etgan kataklar soniga qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisoblash natijalariga koʻra, banknotning saqlanib qolgan qismi 110 ta katakchani band etsa, yaʼni banknotning saqlanib qolgan qismi, uning umumiy hajmini 55 foizini (saqlanmagan qismi esa 90 ta katakchani, yaʼni, banknot umumiy hajmining 45 foizini) tashkil etsa, shuningdek, banknotning shikastlanish turi va shikastlangan qismining qanday joylanishidan qatʼi nazar, bunday banknotlar “toʻlovga yaroqli” hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Himoya belgilari mavjud boʻlgan banknot bir necha qismlarga boʻlingan boʻlib, uning bir katta boʻlagini (qismini) egallab turgan maydoni 55 foizdan kam boʻlmasa yoki banknotning bir necha qismlari soʻzsiz bir banknotga tegishli boʻlib, ularning egallagan maydoni 55 foizdan kam boʻlmagan taqdirda — bunday banknotlar ham “toʻlovga yaroqli” deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, himoya belgilari mavjud boʻlgan banknot bir nechta boʻlaklarga boʻlingan boʻlib, uning banknot umumiy hajmining 55 foizidan katta boʻlgan boʻlagi mavjud boʻlib, unda pulning seriyasi va tartib raqami qayd etilgan qismlari saqlanib qolmagan boʻlsa ham bunday banknotlar “toʻlovga yaroqli” hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jiddiy shikastlangan banknotlarni oʻrab-bogʻlash yoki tashish vaqtda banknotni saqlanib qolgan qismini asrash maqsadida, ushbu banknot kalkaga yoki yupqa qogʻozga yelimlanishi lozim. Shuningdek, bir banknot bir nechta banknot boʻlaklaridan shakllantirilganligi aniqlansa, har bir banknotga tegishli boʻlgan boʻlaklar alohida yupqa qogʻoz (kalka)ga yelimlangan (qogʻoz yordamida banknotning toʻliq hajmi shakllantirilgan) holda, banknot umumiy hajmining 55 foizini saqlab qolmagan banknotlar “toʻlovga yaroqsiz” banknotlar toifasiga kiritilishi hamda ushbu banknotlarning nominal qiymati qanday ekanligidan qatʼi nazar, ularning har biri “1 soʻm” shartli bahoda 90145 — “Toʻlovga yaroqsiz banknot va tangalar” balansdan tashqari hisobvaragʻiga kirim qilinishi kerak.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Banknot va tangalarning toʻlovga yaroqli ekanligi yoki yaroqli emasligi boʻyicha xulosani, uni qabul qilayotgan bank (filial) mutaxassislari tomonidan chiqariladi. Agarda, bank (filial) mutaxassislari naqd pullarni toʻlovga yaroqli ekanligini aniqlash borasida asosli xulosa chiqarishga qiynalsalar, bunday hollarda shubhali naqd pullar ekspertizaga qabul qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 26-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yigʻma maʼlumotnoma 109 va 110-shakldagi maʼlumotnomalar hamda buxgalteriya hisobi (jurnali) maʼlumotlari bilan taqqoslandi.
Bosh buxgalter
__________________________
(F.I.O.)
__________________
(imzo)
(28-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 29-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qatʼiy hisobda turuvchi blankalar nomi
Bank ish kuni oxiriga qatʼiy hisobda turuvchi blankalar qoldigʻi (soʻmda)
____ . ____ .
____ . ____ .
____ . ____ .
____ . ____ .
____ . ____ .
____ . ____ .
20___ yil
20___ yil
20___ yil
20___ yil
20___ yil
20___ yil
Naqd pul chek daftarchasi
Bank omonat daftarchalari
JAMI:
Saqlanayotgan qimmatli qogʻozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar nomi
Bank ish kuni oxiriga saqlash uchun qabul qilingan qimmatliklar qoldigʻi (soʻmda)
____ . ____ .
____ . ____ .
____ . ____ .
____ . ____ .
____ . ____ .
____ . ____ .
20___ yil
20___ yil
20___ yil
20___ yil
20___ yil
20___ yil
1. Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar (93609-balansdan tashqari hisobvaragʻi boʻyicha):
2. _____________________________________________________-balansdan tashqari hisobvaragʻi boʻyicha:
3. _____________________________________________________-balansdan tashqari hisobvaragʻi boʻyicha:
4. _____________________________________________________-balansdan tashqari hisobvaragʻi boʻyicha:
5. _____________________________________________________-balansdan tashqari hisobvaragʻi boʻyicha:
JAMI:
Bank / filial rahbari
___________
___________
___________
___________
___________
___________
Bosh buxgalteri
___________
___________
___________
___________
___________
___________
Kassa mudiri
___________
___________
___________
___________
___________
___________
(imzo)
(imzo)
(imzo)
(imzo)
(imzo)
(imzo)
(29-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 30-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saqlash muddati — 5 yil
____________________________________ bank __________________________________ filiali
20____ yil “____” ______________________________ga
KUNLIK KASSA HUJJATLARINING YIGʻMAJILDI
Kassa hujjatlari
Soni (donada)
Summasi
jami
shu jumladan alohida yigʻmajildda
jami
shu jumladan alohida yigʻmajildda
1.
Balans hisobvaraqlari boʻyicha kirim kassa hujjatlari
2.
Balans xisobvaraqlari boʻyicha chiqim kassa hujjatlari
3.
Balansdan tashqari hisobvaraqlar boʻyicha kirim kassa hujjatlari
4.
Balansdan tashqari hisobvaraqlar boʻyicha chiqim kassa hujjatlari
Kassa xodimi
(F.I.O.)
(imzo)
Kassa mudiri
(F.I.O.)
(imzo)
Tekshirdi:
Bosh buxgalter
(F.I.O.)
(imzo)
(30-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 25-noyabrdagi 27/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-5, 17.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 10/21/3028-5/1172-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 31-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga
32a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121A-shakl
________________________________________
(bank / filial nomi)
ESKIRGAN NAQD CHET EL VALYUTALARI
QOLDIGʻINI QAYD ETISH
K I T O B I
20__ yil “___” _________________ da boshlandi.
20__ yil “___” _________________ da yakunlandi.
Eskirgan nakd chet el valyutalarining nomlari
Eskirgan naqd chet el valyutalarining qoldiqlari
(nominal qiymatlari boʻyicha)
___.___ 20__
___.___ 20__
___.___ 20__
___.___ 20__
___.___ 20__
AQSH dollari
Yevro
...
Boshqaruvchi:
Bosh buxgalter:
Kassa mudiri:
(imzolar)
(imzolar)
(imzolar)
(imzolar)
(imzolar)
(32a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 25-noyabrdagi 39/3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-8, 03.01.2024-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 10/24/3028-8/0024-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(33-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(34-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(35-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 36-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Eskirgan” toifadagi naqd pullar hisobvaragʻi
10198000________________________
“Eskirgan” toifadagi naqd pullar:
sana_____/______/ 20___ yil
sana_____/______/ 20___ yil
sana_____/______/ 20___ yil
hujjatlar soni
summasi (soʻmda)
hujjatlar soni
summasi (soʻmda)
hujjatlar soni
summasi (soʻmda)
Kun boshiga qoldiq
Kirim
Chiqim
Kun oxiriga qoldiq
Banknotlar nominal qiymati
Kun oxiriga “eskirgan” toifadagi naqd pullar qoldiqlari
sana_____/______/ 20___ yil
sana_____/______/ 20___ yil
sana_____/______/ 20___ yil
Jami banknotlar:
Tangalar nominal qiymati
Kun oxiriga Markaziy bankka topshiriladigan tangalar qoldiqlari
sana_____/______/ 20___ yil
sana_____/______/ 20___ yil
sana_____/______/ 20___ yil
Jami tangalar:
HAMMASI:
Bank / filial rahbari
imzolar
imzolar
imzolar
Bosh buxgalteri
Kassa mudiri
(36-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 8-oktabrdagi 31/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-9, 11.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2024-y., 10/24/3028-9/0917-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 37-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
_________________________________________________________________________________________________ (qoʻriqlash uchun topshiriladigan bank / filial binosidagi obyektning toʻliq nomi) PUL OMBORINI OCHILISHI, YOPILISHI HAMDA QOʻRIQLASH XIZMATI XODIMIGA TOPSHIRILISHI VA UNDAN QABUL QILIB OLINISHINI QAYD ETISH
__________________________________________________________________________________________________ (texnik qoʻriqlash punktiga topshiriladigan bank / filial binosidagi obyektning toʻliq nomi) PUL OMBORINI TEXNIK QOʻRIQLASH PUNKTIGA TOPSHIRILISHI VA UNDAN QABUL QILIB OLINISHINI QAYD ETISH
_____________________________________________ xizmati
(inkassatsiya xizmati rahbarining F.I.O.)
tomonidan mijozlar bilan tuzilgan shartnomalarga asosan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning naqd pul tushumlari solinib plombalangan yoki boʻsh inkassatsiya sumka(qop)larini qabul qilib olish uchun berildi
ISHONCHNOMANING AMAL QILISH MUDDATI
20____ yil “_____” ______________________gacha
__________________________________ ning ____________ imzosi
(42-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
(43-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 21-noyabrdagi 31/4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3028-10, 11.12.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 10/25/3028-10/1170-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yoʻriqnomaga 44-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BIR MARTALIK ISHONCHNOMA
179-shakl
INKASSATSIYA XIZMATI ____________________________________________________ (nomi) inkassatsiya xizmati _______-son ISHONCHNOMA MILKI Inkassatorlar guruhi boshligʻi_______________________ __________________________________________________ga (F.I.O.) ____________________________________________________(bank / filial nomi) _____________________________________ dan qabul qilib __________________________________ shahri (tumani)dagi _____________________________________ bank (filial)ga (HKKM / bank nomi) yetkazib berish uchun__________________________________ ________________________________________________________________________________________________________ (summasi soʻz bilan yoziladi) ______________________________________________soʻmlik naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olish uchun____ berildi._____________________________________________ Markaziy bankning 20__ yil “___” ___________ dagi________ _________________-son Xizmat farmoyishi_______________
Ishonchnoma 20__ yil “__” ________ gacha haqiqiydir.________
INKASSATSIYA XIZMATI
Ishonchnoma 20___ yil “___” ________ gacha haqiqiydir va u suratli guvohnoma bilan birga koʻrsatilishi shart. _____________________________ inkassatsiya xizmati (inkassatsiya xizmati nomi)______________ _________-son ISHONCHNOMA Inkassatsiya guruhi boshligʻi __________________________ __________________________________________________ga (F.I.O.) ___________________________________________________(summasi soʻz bilan yoziladi) ___________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________soʻmlik naqd pul va boshqa immatliklarni ______________________ _____________________________(bank / filial nomi) ________________________________________________________________________dan olib ___________shahri (tumani)dagi________________________________________________ (HKKM / bank nomi) _________________________________________________ ga yetkazish uchun berildi. Inkassatorlar guruhi boshligʻining shaxsiy imzosi_________ ______________ tasdiqlandi.__________________________ (imzo)____________________________________ 20__ yil “___” _____________dagi ___-son Xizmat farmoyishi asosida topshiriqni bajarish uchun vakolat berildi.
(44-ilovaning orqa tomoni)
NAQD PUL VA BOSHQA QIMMATLIKLARNI KUZATIB BORISH UCHUN TAYINLANGAN INKASSATORLAR GURUHI TARKIBIGA KIRITILGAN INKASSATORLAR R Oʻ Y X A T I 1._______________________________________________ (F.I.O.) 2._______________________________________________ 3._______________________________________________ 4._______________________________________________ 5._______________________________________________ 6._______________________________________________ 7._______________________________________________ Amaldagi yoʻriqnomaga muvofiq inkassatorlar tegishli____ hujjatlarga imzo qoʻyadilar.___________________________ __________________________________ inkassatsiya xizmati (inkassatsiya xizmati nomi)__________________ rahbari: ___________________ ________________________ (imzo)__________________ __________________________________ inkassatsiya xizmati (inkassatsiya xizmati nomi)______________________ bosh buxgalteri: __________________ ____________________ (imzo)_______ 20__ yil “ ___” ______________ ________________________
NAQD PUL VA BOSHQA QIMMATLIKLARNI KUZATIB BORISH UCHUN TAYINLANGAN INKASSATORLAR GURUHI TARKIBIGA KIRITILGAN INKASSATORLAR R Oʻ Y X A T I 1.__________________________________________________ (F.I.O.) 2.__________________________________________________ 3.__________________________________________________ 4.__________________________________________________ 5.__________________________________________________ 6.__________________________________________________ 7.__________________________________________________
Ishonchnomani oldim:________________________________ ___________________________________________________(inkassatsiya guruhi boshligʻi F.I.O.) __________________________________________________ _____________________________________(imzo)
20___ yil “___” _____________ _______________________ Imzo:_____________________________________________
20__ yil “___” _____________ _______________________
(44-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
Joʻnatuvchi bank nomi ______________________________________________________________________________ Qabul qiluvchi bank nomi ____________________________________________________________________________ Inkassatorlar guruhi rahbari __________________________________________________________________ orqali __________________________(F.I.O.) ____________________________________________________________________________ pullar quyidagi roʻyxatga (“yangi”, “muomalaga yaroqli”, “eskirgan”, “toʻlovga yaroqsiz”)
asosan joʻnatilmoqda. Joʻnatilgan naqd pullarni qabul qilib olinganligi va tegishli hisobvaraqqa belgilangan tartibda kirim qilinganligini belgilangan tartibda tasdiqlashingizni soʻraymiz.
T/r
Banknotlar qiymati
Summasi
Qoplar soni
Qoplar raqami
Plombir raqami
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
JAMI:
T/r
Tangalar qiymati
Summasi
Qoplar soni
Qoplar raqami
Plombir raqami
1.
2.
3.
JAMI:
Hammasi: _______________________________________________________________________________________ (summa raqam va soʻz bilan) _________________________________________________________________________________________________
T I L X A T 20 _____ yil “_____” ___________________ da inkassatorlar guruhi rahbari tomonidan roʻyxatda koʻrsatilgan ____________________________________________________________________________________________soʻmlik (F.I.O.) naqd pullar toʻliq qabul qilib olindi.__________________________________________________________________ Naqd pullar ___________________________________________________________ tekshirilib qabul qilib olindi. (birma-bir, donalab, yorliqdagi yozuvlari boʻyicha boʻyicha dasta va bogʻlamlar boʻyicha)________________________
Izoh: naqd pullar qabul qilib olinganligi toʻgʻrisida imzolangan ushbu roʻyxat unda qayd etilgan naqd pullarni hisobdan chiqarish uchun asos boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joʻnatilayotgan naqd pullar roʻyxati har bir valyuta turi boʻyicha alohida tuzilishi hamda banknot va tangalarni “soʻm”, “dollar”, “yevro” yoki boshqa valyuta ekanligi “Banknotlar qiymati” ustunida hamda “Summasi” ustunida aniq koʻrsatilishi kerak.
(45-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)
20 ___ yil “___” _________________________________________ ________________shahri (tumani) Joʻnatuvchi bank nomi _________________________________________________________________ Qabul qiluvchi bank nomi ______________________________________________________________ Inkassatorlar guruhi boshligʻi ___________________________________________________ orqali __________________________________________________(F.I.O.) ______________________________________________________________________________quyidagi roʻyxatga asosan _____________________________(qatʼiy hisobda turuvchi blankalar /qimmatliklar nomi)
joʻnatilmoqda. Joʻnatilgan qatʼiy hisobda turuvchi blanklar / qimmatliklarni qabul qilib olinganligi va tegishli hisobvaraqqa belgilangan tartibda kirim qilinganligini belgilangan tartibda tasdiqlashingizni soʻraymiz.
T/r
Joʻnatilayotgan qatʼiy hisobda turuvchi blankalar
Nomi
Daftar yoki kitobcha koʻrinishidagi blanklar
Alohida varaq koʻrinishidagi blanklar soni
Varaqlardagi qayd etilgan
daftar yoki kitobchalar soni
varaqlar soni
Seriyasi
tartib raqami
raqamdan
raqamgacha
1.
2.
3.
JAMI:
T/r
Joʻnatilayotgan boshqa qimmatliklar
Nomi
Qiymati
Summasi
Qimmatliklar solingan qoplar
Bosilgan plombir raqami
soni
raqami
1.
2.
3.
JAMI:
Hammasi: ____________________________________________________________________________________ (summa raqam va soʻz bilan) _________________________________________________________________________________________________ ___________________ rahbari ______GʻGʻ__________________________________________________________________ ____(bank/filial nomi)__________________________________________________(F.I.O.) _______________________________________________(imzo) Bosh buxgalter_______________________________________________________________________________________ ___________________________________________________(F.I.O.)________________________________________________ (imzo) Kassa mudiri_______________________________________________________________________________________ ___________________________________________________(F.I.O.)________________________________________________ (imzo) M.Oʻ.(Joʻnatuvchi bank / filialning muhri)
(46-ilovaning orqa tarafi)
T I L X A T
20 ___ yil “___” ____________da ____________________inkassatsiya xizmati (boʻlinma)
inkassatorlar guruhi boshligʻi _________________________________________________
(F.I.O.)
tomonidan roʻyxatda koʻrsatilgan ________________________________________________
_____________________________________________________________________________________________________ boʻyicha
(birma-bir donalab, yorliqdagi yozuvlari boʻyicha, dasta va bogʻlamlar boʻyicha)
sanab, tekshirib qabul qilib olindi.
Izoh: Qatʼiy hisobda turuvchi blanklar / boshqa qimmatliklarni qabul qilib olinganligi toʻgʻrisida imzolangan ushbu roʻyxat unda qayd etilgan blanka / qimmatliklarni hisobdan chiqarish uchun asos boʻla olmaydi.
_______________________rahbari
__________________________________
_____________
(bank/filial nomi)
(F.I.O.)
(imzo)
Bosh buxgalter
__________________________________
_____________
(F.I.O.)
(imzo)
Kassa mudiri
__________________________________
_____________
(F.I.O.)
(imzo)
Roʻyxatdagi qatʼiy hisobda turuvchi blanklarni/qimmatliklarni topshirgan inkassatorlar:
__________________________________
_____________
(F.I.O.)
(imzo)
__________________________________
_____________
(F.I.O.)
(imzo)
__________________________________
_____________
(F.I.O.)
(imzo)
__________________________________
_____________
(F.I.O.)
(imzo)
__________________________________
_____________
(F.I.O.)
(imzo)
M.Oʻ.(qabul qilib oluvchi bank / filialning muhri).
(46-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning 2018-yil 15-dekabrdagi 39/19-sonli qarori (roʻyxat raqami 3028-1, 23.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3028-1/2532-son)