LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2018-yil 8-oktabrdagi 7-mb-sonli “2018-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2956-4, 31.10.2018-y.) asosan 2019-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi).
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi Qonunining 51-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2017-yil 9-noyabrdagi 6-mb-son “2018-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining (ro‘yxat raqami 2956, 2017-yil 19-dekabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2017-y., 10/17/2956/0429-son) 99-son ilovasi ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2018-yil 30-maydagi 4-mb-son qaroriga
ILOVA
ILOVA