06.06.2018 yildagi 425-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish, respublika iqtisodiyoti sohalarining xoʻjalik faoliyati jarayonida va aholining hayot faoliyati davomida hosil boʻluvchi rangli va qora metallar parchalari, chiqindilarining ikkilamchi resurslaridan keyinchalik yuqori qoʻshimcha qiymat bilan mahsulot ishlab chiqarish uchun chuqur qayta ishlash jarayoniga jalb qilish yoʻli bilan ulardan oqilona foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rangli va qora metall parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslardan qabul qilishga ruxsat etilgan maishiy maqsaddagi rangli metall parchalari va chiqindilarining roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ ikki oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va respublika viloyatlari shaharlari va tuman markazlarida ushbu qarorga 2-ilovada koʻrsatilgan rangli metallar parchalari va chiqindilarini jismoniy shaxslardan qabul qilish punktlarini tashkil qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, tashkilotlarning, oʻz quyish va metall prokati ishlab chiqarishiga ega boʻlgan tashkilotlar bundan mustasno (toʻlovga qobiliyatsizlik va tugatish hollaridan tashqari), toʻlovga qobiliyatsizligi, tugatilishi, rekonstruksiya va modernizatsiya qilinishi tartibotlarini oʻtkazish davomida belgilangan tartibda hisobdan chiqariladigan tarkibida qora va rangli metallar boʻlgan tabiiy va maʼnaviy eskirgan asbob-uskunalar qora va rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega tadbirkorlik subyektlariga erkin (shartnomaviy) narxlarda sotiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. 2019-yil 1-iyundan boshlab elektrotexnika sanoati tashkilotlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot tannarxini kamaytirish maqsadida ishlab chiqarish faoliyati natijasida hosil boʻlgan rangli metall parchalari va chiqindilarini oʻz ishlab chiqarish quvvatlarida yoki tegishli rangli metallar ishlab chiqaruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlarda mahsulotni qaytarish asosida qayta ishlagan holda ishlab chiqarishda foydalanishga ruxsat berilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rangli metall parchalari va chiqindilarini topshirish prognoz koʻrsatkichlari belgilanmaydi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 367-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2019-y., 09/19/367/3037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. “Issiqliktaʼminoti” AJ huzuridagi issiqlik taʼminoti korxonalarining foydalanishidan chiqarilgan hamda tarkibida qora metall parchalari boʻlgan maʼnan va jismonan eskirgan issiqlik tarmoqlari, asbob-uskunalar va butlovchi qismlarini belgilangan tartibda birja savdolari orqali sotishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sotishdan tushadigan mablagʻlar toʻliq issiqlik taʼminoti korxonalarining mavjud kreditor qarzdorliklarini soʻndirishga va (yoki) issiqlik tizimlarini modernizatsiya qilish va mukammal taʼmirlash xarajatlariga yoʻnaltiriladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi A.S. Sultanov, “Oʻzmetkombinat” AJ boshqaruvi raisi A.X. Xursanov va “Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ bosh direktori F.R. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 6-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
425-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 425-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini, asosiy tushunchalarni, tartibotlar va talablarni, shuningdek, ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solish xususiyatlarini belgilaydi hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida barcha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metall parchalari — rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari, tarkibida rangli yoki qora metallar va ularning qotishmalari mavjud boʻlgan yaroqsiz holga kelgan yoki oʻz isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotgan mahsulotlar, tovarlar, rangli yoki qora metallar va ularning qotishmalaridan mahsulot ishlab chiqarishda hosil boʻlgan chiqindilar, shuningdek, koʻrsatilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelgan toʻgʻrilab boʻlmas yaroqsiz mahsulot;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlash — metall parchalarini sotib olish, saralash hamda kesish, maydalash va (zaruratga koʻra) presslash orqali oʻlchamga keltirish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parchalarni topshiruvchilar — tayyorlovchiga metall parchalarini topshirayotgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar yuridik shaxslar, shuningdek, jismoniy shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlovchi — qora va rangli metall lomi hamda chiqindilarini xarid qilish, ularni tayyorlash (saralash hamda kesish, maydalash va (zaruratga koʻra) presslash orqali oʻlchamga keltirish) hamda qayta ishlovchi korxonalarga realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega tadbirkorlik subyekti;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ishlash va realizatsiya qilish — tayyorlangan (saralangan va oʻlchamga keltirilgan) qora va rangli metall lomi hamda chiqindilarini texnologik ishlov berish (qayta eritish, quyish, prokatlash yoki boshqa metallurgik qayta ishlash amaliyotlari) orqali yarim tayyor yoki tayyor metall mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni realizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ishlovchi va realizatsiya qiluvchi — qora va rangli metall lomi hamda chiqindilarini qabul qilish (xarid qilish) hamda ularga texnologik ishlov berish (qayta eritish, quyish, prokatlash yoki boshqa qayta ishlash amaliyotlari) orqali yarim tayyor yoki tayyor mahsulot ishlab chiqarish va uni realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega tadbirkorlik subyekti.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Metall parchalari mulkdorlari — yuridik va jismoniy shaxslar qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida ularga egalik qiladilar, foydalanadilar va tasarruf etadilar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kelgusi yil uchun respublika ichida metall parchalarining hosil boʻlishi va ulardan foydalanish parametrlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan tayyorlovchilar, qayta ishlovchilar va realizatsiya qiluvchilar bilan birgalikda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining takliflarini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelgusi yil uchun takliflar har yili 1-oktabrgacha boʻlgan muddatda berilishi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Rangli va qora metallarning parchalari, chiqindilari bilan muomala qilish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 367-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2019-y., 09/19/367/3037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qora va rangli metallarning parchalari va chiqindilari hosil boʻlishi va ulardan foydalanish prognozi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hayʼati tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 367-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2019-y., 09/19/367/3037-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Parchalarni topshiruvchilar tomonidan metall parchalarining yetkazib berilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Parchalarni topshiruvchilarda hosil boʻladigan metall parchalari erkin (shartnomaviy) narxlarda ushbu Nizomda belgilangan tartibda tayyorlovchiga, qayta ishlovchiga va realizatsiya qiluvchiga topshirilishi shart.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda oʻzining quyuv va metall prokati ishlab chiqarishlari boʻlgan tashkilotlar oʻzlariga tegishli metall parchalarini qayta ishlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Parchalarni topshiruvchilar quyidagilarni taʼminlaydilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metall parchalarini yigʻish, saqlash va tayyorlovchiga, qayta ishlovchiga va realizatsiya qiluvchiga yetkazib berish;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metall parchalarini tashish, qayta ishlash va qayta quyish uchun xavfsiz boʻlgan holatda yetkazib berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetkazib beriladigan metall parchalari yonuvchan-portlovchan, kimyoviy va radioaktiv materiallardan zararsizlantirilgan boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tayyorlovchiga, qayta ishlovchiga va realizatsiya qiluvchiga portlovchan, kimyoviy ifloslangan va radioaktiv metall parchalarini yetkazib berish taqiqlanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tayyorlovchi, qayta ishlovchi va realizatsiya qiluvchi metall parchalari muntazam asosda hosil boʻladigan parchalarni topshiruvchilarga bepul asosda, metall parchalarini yigʻish va tayyorlovchiga, qayta ishlovchiga va realizatsiya qiluvchiga yetkazib berunga qadar saqlash uchun konteynerlar, urnalar, qutilar va boshqa vositalarni vaqtincha foydalanishga berishga haqli.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Metall parchalarining miqdori (ogʻirligi) va tavsifi tayyorlovchi, qayta ishlovchi va realizatsiya qiluvchi tomonidan metall parchalarini qabul qilish holati boʻyicha tuziladigan qabul qilish-topshirish dalolatnomalarida qayd qilinadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Metall parchalarining hisobi tayyorlovchining, qayta ishlovchining va realizatsiya qiluvchining rahbari tomonidan tayinlangan shaxs tomonidan yuritiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tayyorlovchining, qayta ishlovchining va realizatsiya qiluvchining maxsus qabul qilish shaxobchalari radiatsiya nazoratini oʻtkazish uchun zarur uskunalar bilan taʼminlanishi shart.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyorlovchi, qayta ishlovchi va realizatsiya qiluvchi metall parchalari har bir turkumining radiatsiya nazoratidan va kimyoviy va portlash jihatidan xavfsizlik boʻyicha kirish nazoratidan oʻtkazilishini belgilangan tartibda taʼminlashga majbur.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat tegishli tayyorgarlik va attestatsiyadan oʻtgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Radioaktiv, kimyoviy ifloslangan va portlovchan metall parchalari aniqlangan hollarda tayyorlovchi, qayta ishlovchi va realizatsiya qiluvchi zarur choralarni koʻrish uchun zudlik bilan tegishli xizmatlarga belgilangan tartibda xabar beradi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yuridik shaxslardan metall parchalarini qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yuridik shaxslardan metall parchalarini qabul qilish tuzilgan shartnomalarga asosan tayyorlovchining, qayta ishlovchining va realizatsiya qiluvchining maxsus qabul qilish shaxobchalarida, har bir turkum boʻyicha brutto ogʻirligi va transport vositasi, idishi va ifloslanganligi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadigan netto ogʻirligi boʻyicha amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tayyorlovchi, qayta ishlovchi va realizatsiya qiluvchi hamda parchalarni topshiruvchi oʻrtasida tuziladigan shartnomalarda metall parchalarini yetkazib berish hajmlari, turlari, muddatlari, toʻlov shartlari, taraflarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgarligi koʻrsatiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Parchalarning har bir turkumiga tayyorlovchi, qayta ishlovchi va realizatsiya qiluvchi tomonidan belgilangan shaklda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi majburiy tartibda tuziladi. Dalolatnoma asosida parchalarni topshiruvchilar bilan oʻzaro hisob-kitoblar, shuningdek, olingan shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishi monitoringi amalga oshiriladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi qatʼiy hisobot beriladigan hujjat boʻlib, har bir shunday dalolatnoma mufassal raqamlanadi, har bir varagʻi belgilangan tartibda raqamlangan va tikilgan qabul qilish-topshirish dalolatnomalari hisobga olish daftarida (keyingi oʻrinlarda hisobga olish daftari deb ataladi) qayd etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tayyorlovchiga, qayta ishlovchiga va realizatsiya qiluvchiga transport vositasida yetkazib beriladigan metall parchalari topshirish joyida miqdori va sifati boʻyicha qabul qilinadi, natijalari boʻyicha qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Metall parchalarini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi uch nusxada tuziladi, ularning ikkitasi tayyorlovchida, qayta ishlovchida va realizatsiya qiluvchida qoladi, uchinchisi esa parchalarni topshiruvchiga beriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Metall parchalari temir yoʻl transportida yetkazib berilganda har bir temir yoʻl vagoniga (konteynerga), vagon (konteyner) kelgan kunni hisobga olmagan holda vagon (konteyner) tayyorlovchiga, qayta ishlovchiga va realizatsiya qiluvchiga kelgan paytdan boshlab ikki sutkadan koʻp boʻlmagan muddatda uch nusxada qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Basharti tayyorlovchida, qayta ishlovchida va realizatsiya qiluvchida tushgan metall parchalarining sifati boʻyicha eʼtirozlar yuzaga kelsa, u ushbu metall parchalarini javobgarlik ostida saqlashga qabul qiladi va metall parchalarini qabul qilish boʻyicha kelishilgan qarorni qabul qilish uchun parchalarni topshiruvchini yoki uning vakilini chaqiradi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jismoniy shaxslardan metall parchalarini qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tayyorlovchining, qayta ishlovchining va realizatsiya qiluvchining aholidan metall parchalari qabul qilinadigan maxsus shaxobchalarida hammaga koʻrinadigan joyda quyidagi axborot koʻrsatilgan eʼlon osilgan boʻlishi lozim:
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metall parchalarini qabul qilish shartlari va narxlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslardan qabul qilinishi ruxsat etilgan metall parchalari turlari roʻyxati.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Metall parchalari ularning har bir turkumiga tayyorlovchi, qayta ishlovchi va realizatsiya qiluvchi tomonidan belgilangan shaklda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi majburiy tartibda tuzilgan holda qabul qilinadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi ikki nusxada tuziladi (bittasi metall parchalarini topshirayotgan shaxsga beriladi, ikkinchisi tayyorlovchida, qayta ishlovchida va realizatsiya qiluvchida qoladi).
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Jismoniy shaxslar bilan oʻzaro hisob-kitoblar qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Har marotaba metall parchalari qabul qilinganda hisobga olish daftariga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qabul qilish-topshirish dalolatnomasining roʻyxat raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) metall parchalarini qabul qilish sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) parcha va chiqindilarni topshirayotgan shaxs haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qabul qilingan metall parchalarining GOSTga muvofiq turi, rusumi va qisqacha tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) metall parchalarining portlash xavfsizligi va radiatsiya nazoratlari maʼlumotlari, nazoratni amalga oshirgan shaxslarning imzosi ostida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) qabul qilingan metall parchalarining ifloslanganligi foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) qabul qilingan metall parchalarining ogʻirligi va qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) daftarga yozuv kiritgan shaxs haqidagi maʼlumotlar va imzosi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Hisobga olish daftari va qabul qilish-topshirish dalolatnomalari metall parchalarining qabul qilinganligi toʻgʻrisida oxirgi yozuv kiritilgan sanadan boshlab kamida 5 yil mobaynida saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qabul qilish-topshirish dalolatnomalarining oʻz vaqtida va toʻgʻri tuzilishi, hisobga olish daftariga kiritilganligi, ulardagi maʼlumotlarning aniqligi va haqqoniyligi uchun tayyorlovchining, qayta ishlovchining va realizatsiya qiluvchining metall parchalarini qabul qilish uchun masʼul boʻlgan vakolatli shaxsi javob beradi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Jismoniy shaxslardan rangli va qora metallarning elektr texnikasi (kuchlanish kabellari, elektr uzatish va aloqa tarmoqlarining havo liniyalari), sanoat (qirindi, shlak, katalizatorlar), harbiy ahamiyatga ega boʻlgan parcha va chiqindilarini, shuningdek, temir yoʻl, harakatdagi tarkiblar va aviatsiya transporti qismlarini sotib olish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. 16 yoshga toʻlmagan shaxslardan metall parchalarini qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. 14 yoshdan 16 yoshgacha jismoniy shaxslardan metall parchalarini qabul qilishga ularning qonuniy vakillarining ularning pasportiga oid maʼlumotlar va yashash manzillari koʻrsatilgan yozma roziligi mavjud boʻlganda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Metall parchalari uchun hisob-kitob qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Qabul qilingan metall parchalari uchun toʻlov pul mablagʻlari bilan bozor asosida aniqlanadigan erkin (shartnomaviy) narxlar boʻyicha, yuridik shaxslar uchun — naqdsiz shaklda, jismoniy shaxslar uchun — naqd shaklda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq toʻlovning boshqa usullarida amalga oshiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tayyorlovchilar, qayta ishlovchilar va realizatsiya qiluvchilar metall parchalari muntazam asosda hosil boʻladigan parchalarni topshiruvchilarga metall parchalarini topshirishga fyuchers shartnomalar boʻyicha oldindan toʻlov yoʻli bilan belgilangan tartibda pul oʻtkazishga haqli.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Tayyorlovchi, qayta ishlovchi va realizatsiya qiluvchi, shuningdek, parchalarni topshiruvchining javobgarligi
(6-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ushbu Nizom talablarini buzganlik, shu jumladan, metall parchalarini yoʻq qilganlik va buzganlik, axlatxonaga va parchalarni topshiruvchiga biriktirilmagan hududga tashlaganlik, noqonuniy sotganlik uchun parchalarni topshiruvchilar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Sanksiyalarning qoʻllanilishi metall parchalarini topshirishdan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Metall parchalarining kelib chiqishi uchun parchalarni topshiruvchi javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Parchalarning hosil boʻlishi monitoringini tashkil qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Qora metallar parchalari va chiqindilari hosil boʻlishi va ulardan foydalanish prognozining ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 367-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2019-y., 09/19/367/3037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar metall parchalarining hosil boʻlishi va ishlatilishi prognozini belgilaydilar va har chorakda tegishli maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasiga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi olingan maʼlumotlar asosida har chorakda resurslar bazasini tahlil qiladi va metall parchalari aylanishining oraliq monitoringini amalga oshiradi, soʻngra tahliliy maʼlumotlarni respublika ichida metall parchalari hosil boʻlishi va ulardan foydalanish koʻrsatkichlarini shakllantirishda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga taqdim etadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash sohasida faoliyatni nazorat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda:
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub xoʻjalik subyektlari yuzasidan — davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan; hududiy boʻysunishdagi xoʻjalik subyektlari yuzasidan — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy boʻysunishdagi xoʻjalik subyektlari yuzasidan — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rangli va qora metall parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Tadbirlar

Subyektlar

Bajarish muddatlari


 

1-bosqich

Respublika boʻyicha qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarining hosil boʻlishi
va ulardan foydalanish prognozini shakllantirish

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, tayyorlovchilar, qayta ishlovchilar va realizatsiya qiluvchilar

har yili
15-noyabrgacha


 

2-bosqich

Metall parchalari va chiqindilarining hosil boʻlishi va ulardan foydalanish prognozini ishlab chiqish

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, tayyorlovchilar, qayta ishlovchilar va realizatsiya qiluvchilar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

har yili
1-dekabrgacha


 

3-bosqich

Metall parchalari hosil boʻlishi va ulardan foydalanish prognozini va har oylik jadvallarni tasdiqlash

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
(hayʼatning qarori)

har yili
15-dekabrgacha


 

4-bosqich

Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini erkin (shartnomaviy) narxlarda topshirish boʻyicha shartnomalar tuzish

tayyorlovchilar, qayta ishlovchilar va realizatsiya qiluvchilar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

yil mobaynida


 

5-bosqich

Oʻzining metall parchalarini ishlatish (qayta ishlash)

Oʻzining quyish va metall prokatini ishlab chiqarishlariga ega boʻlgan tashkilotlar

yil mobaynida


 

6-bosqich

Metall parchalarini qabul qilish

tayyorlovchilar, qayta ishlovchilar va realizatsiya qiluvchilar

yil mobaynida


 

7-bosqich

Metall parchalari uchun hisob-kitob qilish

tayyorlovchilar, qayta ishlovchilar va realizatsiya qiluvchilar

tuzilgan shartnoma shartlari boʻyicha


 

8-bosqich

Metallar parchalari hosil boʻlishi, shu jumladan, fizik ishdan chiqqan va maʼnaviy eskirgan asbob-uskunalarni hisobdan chiqarishning rejalashtirilishi monitoringi olib borilishini tashkil etish

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, tayyorlovchilar, qayta ishlovchilar va realizatsiya qiluvchilar

yil mobaynida


 

9-bosqich

Metall parchalari hosil boʻlishi va ulardan foydalanish parametrlari ijrosi ustidan nazorat qilish

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi

har oyda

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 425-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslardan qabul qilishga ruxsat etilgan maishiy maqsaddagi rangli metallar parchalari va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Avtotransport akkumulyatorlari va avtotransport texnikasiga ehtiyot qismlar

2.

Aluminiy bidon, flyaga, kanistrlar

3.

Aluminiy qayiqlar

4.

Aluminiy deraza va eshiklar

5.

Changʻilar uchun aluminiy tayoqlar va qayishlar

6.

Aluminiy spinning va gʻaltaklar (katushki)

7.

Antennalar

8.

Bareleflar

9.

Batareykalar

10.

Ichki yonuv dvigatellarning bloklari va dizelli dvigatellar

11.

Bra

12.

Soqol olish asboblari

13.

Maishiy elektr ventilyatorlar

14.

Vazalar

15.

Vannalar

16.

Ilgaklar

17.

Avtomobil va traktor generatorlari, startyorlari

18.

Tarozi toshlari

19.

Gaz gorelkalari

20.

Gotovalnyalar

21.

Umumiy foydalanish maishiy asboblarining detallari

22.

Gaz kolonkalarining detallari

23.

Avtomobil, mototsikl, motoroller va velosipedlarning detallari va aksessuarlari

24.

Changyutgichlarning detallari

25.

Radioapparatura, televizor, magnitofonlarning detallari

26.

Sovutgichlarning detallari

27.

Bolalar oʻyinchoqlari

28.

Chovlilar (durshlag)

29.

Akvalangistlarning nafas olish aksessuarlari

30.

Yondirgichlar

31.

Qulflar

32.

Qozonlar

33.

Chilchiroqlar (kandelyabr)

34.

Karnizlar

35.

Kastrullar

36.

Kerogaz

37.

Kalitlar

38.

Suv isitish kolonkalari

39.

Berkitish va qadoqlash uchun qalpoqchalar, tyubiklar, zarqogʻoz (folga)

40.

Uzuklar

41.

Mebel xalqalari

42.

Tarozilarning shayini (koromislo)

43.

Ovqat pishiradigan qozonlar

44.

Kofeyniklar (qahva soladigan idish)

45.

Joʻmraklar (kran, ventil), aralashtirgichlar (smesiteli)

46.

Karavot, stol va stullar

47.

Krujka, koʻza, qumgʻonlar

48.

Tomlar

49.

Oshxona va ovqatlanish anjomlari va mebeli, mebel furniturasi

50.

Lampalar (chiroqlar)

51.

Jezdan yasalgan blesnalar

52.

Chizgichlar

53.

Qayiq motorlari

54.

Qandillar

55.

Manikyur aksessuarlari

56.

Mebel bezaklari

57.

Qahva tegirmoni

58.

Metall galantereya

59.

Bolalar va nogironligi boʻlgan shaxslar aravachalarining metall qismlari

60.

Tovoqlar

61.

Musiqa asboblari va cholgʻulari

62.

Goʻsht qiymalagichlar

63.

Kavsharlagichlar (payalnik)

64.

Kavsharlash lampalari (chiroqlari)

65.

Kuldonlar

66.

Maishiy pechlar

67.

Patnislar

68.

Shamdonlar

69.

Stakandonlar (podstakannik)

70.

Avtomobil va traktor porshenlari

71.

Eshik, deraza va pech anjomlari

72.

Primuslar

73.

Aluminiydan tayyorlangan eshik, deraza romlari, shuningdek, ularning chiqindilari

74.

Qoʻlyuvgichlar

75.

Samovarlar

76.

Santexnika anjomlari

77.

Gazlantirilgan suv uchun sifonlar

78.

Haykalchalar

79.

Sharikli ruchka va qalamlarning sterjen va uchlari

80.

Hovonchalar

81.

Togʻoralar

82.

Fonuslar (fonarlar)

83.

Non qoliplari

84.

Elektr va maishiy texnika

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 425-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash, saqlash, ehtiyotlash va topshirish tartibi toʻgʻrisida” 1999-yil 5-fevraldagi 49-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 2-son, 8-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Hukumat komissiyalarini tuzish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgarishlar, qoʻshimchalar kiritish va oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida” 2000-yil 19-sentabrdagi 359-son qaroriga 1-ilovaning 19-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/425/1322-son; 30.04.2019-y., 09/19/367/3037-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son; 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)