06.10.2000 yildagi 384-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHOSHILINCH TIBBIY YORDAM RESPUBLIKA MARKAZINI TEXNIK JIXATDAN JIHOZLASH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shoshilinch tibbiy yordamning ilgʻor texnologiyalaridan foydalangan holda mamlakat aholisiga malakali tibbiy xizmat koʻrsatish maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining “Oʻztibbiyeksport” respublika tashqi iqtisodiy korxonasi tomonidan Toshkent shahridagi Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazini jihozlash uchun zamonaviy tibbiyot texnikasi va anjomlar, kasalxona asbob-uskunalari xarid qilish va tibbiyot xodimlarini oʻqitish uchun “Suministros De Comercio Exterior, S.A.” (Ispaniya) firmasi bilan 10,62 mln yevro miqdorida kontrakt tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi mazkur loyihaning buyurtmachisi va ijrochisi deb belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, sotib olinayotgan tibbiyot asbob-uskunalarini mablagʻ bilan taʼminlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“CESCE” agentligi sugʻurta mukofoti pulining 50 foizi qoʻshilgan kontrakt umumiy qiymatining 50 foizi (5,31 mln yevro) Ispaniyaning “Instituto de Credito Oficial” (ICO) Davlat kredit agentligining “CESCE” agentligining sugʻurta qoplamasi ostida 31,5 yil muddatga beriladigan imtiyozli krediti mablagʻlarini qayta moliyalash yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining krediti hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“CESCE” agentligi sugʻurta mukofoti pulining 50 foizi qoʻshilgan kontrakt umumiy qiymatining 50 foizi (5,31 mln yevro) Ispaniyaning “Banco Bilbao Viscaya Argentaria” bankining “CESCE” agentligining sugʻurta qoplamasi ostida 5 yil muddatga beriladigan mablagʻlarini qayta moliyalash yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining krediti hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining xorijiy kreditorlar oldidagi toʻlov majburiyatlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki oldidagi toʻlov majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolat berishga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi kredit bitimiga ilovada belgilangan shakl boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining xorijiy banklar-kreditorlar oldidagi kafolatlari boʻyicha belgilangan tartibda xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining kreditlari boʻyicha 1 va 2-ilovalarga* muvofiq asosiy qarz, foizlar va vositachilik haqi ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qaytarilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asbob-uskunalarni joylashtirish va montaj qilish uchun binolar oʻz vaqtida tayyorlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat aholisining keng qatlamlariga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish uchun zamonaviy tibbiyot texnikasi va kasalxona asbob-uskunalaridan samarali foydalanilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi tibbiyot texnologiyalarini oʻrganish uchun mutaxassislar tanlanishi va chet elga yuborilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jalb etiladigan kredit mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi va ular hisobiga sotib olinadigan zarur asbob-uskunalar toʻgʻri tanlanishi uchun masʼuliyat Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziriga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2000-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga mazkur qarorga muvofiq jalb qilinadigan kreditlar boʻyicha asosiy qarzni, foizlarni va vositachilik haqini qaytarish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash uchun respublika budjetidan zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur loyihani mablagʻ bilan taʼminlashda qatnashuvchi xorijiy kreditorlar va eksport-kredit agentliklari Oʻzbekiston Respublikasi hududida norezidentlardan undiriladigan daromad (foyda) soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 6-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
384-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 112-modda)