ILOVA
|
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddatlari |
Bajaruvchilar |
Xarajatlar |
Moliyalashtirish manbalari | |
|
I. PANDEMIK SALOHIYATGA EGA YANGI YUQORI PATOGEN VIRUSLARIGA NISBATAN XAVFSIZLIKNI TAʼMINLASH | ||||||
|
1. |
Parranda va hayvonlar grippi yuqori patogen viruslari hamda boshqa oʻtkir respirator infeksiyalari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tarqalishining oldini olish va nazorat qilish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2018-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Veterinariya davlat qoʻmitasi, Ekologiya davlat qoʻmitasi, DBQ, Turizm davlat qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ |
- |
- |
|
2. |
Odamlar uchun xavfli boʻlgan parranda va hayvonlar grippining yuqori patogen viruslari, shuningdek, boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarning laboratoriya diagnostikasi tayyorligini (reaktivlar va sarf materiallarini) taʼminlash |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Veterinariya davlat qoʻmitasi, TIV |
3,7 ming AQSH dollari |
Xalqaro tashkilotlar mablagʻlari |
|
II. AHOLI VA INFEKSIYA YUQISHI XAVFI YUQORI BOʻLGAN GURUHLAR OʻRTASIDA GRIPP HAMDA BOSHQA OʻTKIR RESPIRATOR INFEKSIYALAR PROFILAKTIKASI BOʻYICHA CHORA-TADBIRLARNI YANADA TAKOMILLASHTIRISH | ||||||
|
3. |
Infeksiya yuqishi xavfi yuqori boʻlgan va grippning ogʻir oqibatlariga duchor boʻlgan shaxslarning mavsum oldi vaksinatsiyasini oʻtkazish uchun ularning asosli kontingentini aniqlash. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2018-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
- |
- |
|
4. |
Grippga va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarga qarshi kurashish boʻyicha preparatlarga va tibbiy vositalarga boʻlgan talab-ehtiyojlarni oʻrganish hamda Davlat budjetidan zarur mablagʻlarni ajratish uchun asoslangan hisob-kitoblarni tayyorlash |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi |
- |
- |
|
5. |
Xavfi yuqori boʻlgan vazirlik va idoralarning xodimlarini budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga mavsumiy grippga qarshi vaksinatsiyalash boʻyicha idoralararo chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish |
Chora-tadbirlar dasturi |
2018-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, IIV, Milliy gvardiya, FVV, DXX chegara qoʻ??inlari, XTV, MTV, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar |
- |
- |
|
III. VAKSINALARNING BIOEKVIVALENTLIGI VA VIRUSGA QARSHI PREPARATLARNING SAMARADORLIGINI LABORATORIYADA NAZORAT QILISH CHORALARINI HAMDA DORI PREPARATLARI VA TIBBIY BUYUMLARNI ROʻYXATGA OLISH TARTIBINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH | ||||||
|
6. |
Virusologiya ITI negizida grippga qarshi vaksinalar, diagnostika hamda virusga qarshi davolash preparatlarining faolligi va samaradorligini baholash oʻtkazilishini taʼminlash (vaksinalar va virusga qarshi preparatlarni ekspertdan oʻtkazib baholashning klinik-laboratoriya bazasini yaratish). |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
Buyurtma-nomalarga muvofiq |
Ishlab chiqaruvchi firmalar va yetkazib beruvchilarning mablagʻlari |
|
7. |
Gripp hamda boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarni profilaktika qilish, tashxis qoʻyish va davolash uchundori vositalari va tibbiy ahamiyatdagi buyumlarni roʻyxatga olish tartibini takomillashtirib, muddatlarni qisqartirishni nazarda tutish |
Normativ-huquqiy hujjat |
2018-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
- |
- |
|
IV. GRIPP HAMDA BOSHQA OʻTKIR RESPIRATOR INFEKSIYALARGA TASHXIS QOʻYISH VA ULARNI DAVOLASH CHORA-TADBIRLARINI TAKOMILLASHTIRISH | ||||||
|
8. |
Yuqumli kasalliklar statsionarlarida, tugʻuruq komplekslarida va perinatal markazlarda, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida va uning filiallarida grippga tashxis qoʻyish ekspress-testlari hamda grippga qarshi maxsus preparatning qayta tiklanadigan zaxirasini yaratish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi |
5,0 mlrd soʻm |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
|
9. |
Oʻtkir respirator infeksiyalarning ogʻir shakllariga chalingan bemorlarni davolash uchun profilli statsionarlarning jonlantirish va intensiv terapiya boʻlimlarini: vital funksiyalarni nazorat qilish uchun pulsoksimetr va monitorlar bilan; kapnograflar va sarf materiallari bilan; qondagi gazlarni nazorat qilish apparatlari va ular uchun sarf materiallari; oʻpkani noinvaziv sunʼiy ventilyatsiya qilish apparatlari va ular uchun niqoblar; rezervuarlari boʻlgan kislorod niqoblari; oʻpkani yuqori chastotali sunʼiy ventilyatsiya qilish apparatlari; nebulayzerlar; nafas olish filtrlari; havoning bakteritsid retsirkulyatorlari; ekstrokarporal mebranali oksiginatsiya uskunalari hamda boshqa sarf materiallari bilan jihozlash. |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi |
6,0 mlrd soʻm |
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari |
|
10. |
Barcha statsionar muassasalarda, goʻdaklar uylarida, “Muruvvat” va “Sahovat” internat uylarida gripp, oʻtkir pnevmoniya va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalar tarqalishining oldini olish boʻyicha profilaktika va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2018-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
- |
- |
|
11. |
Gripp hamda boshqa oʻtkir respirator infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish borasida mahalliy preparatlar va tibbiy vositalar yaratish hamda ularni ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Fanlar akademiyasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi |
- |
- |
|
12. |
Grippga va boshqa oʻtkir respirator virusli infeksiyalarga tashxis qoʻyish uchun PSR (polimerturli-zanjirli reaksiya) laboratoriyalarini zarur miqdordagi test-tizimlar va sarf materiallari bilan taʼminlash. |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
31,2 ming AQSH dollari |
Xalqaro tashkilotlar mablagʻlari |
|
V. KADRLAR VA ILMIY SALOHIYATNI MUSTAHKAMLASH, GRIPPGA QARSHI KURASH SOHASIDA XALQARO HAMKORLIKNI KENGAYTIRISH | ||||||
|
13. |
Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti oʻquv dasturini takomillashtirish, shu jumladan oʻquv jarayoniga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etgan holda gripp hamda boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarga tashxis qoʻyish, davolash va oldini olishni chuqur oʻrganishni nazarda tutuvchi choralarni koʻrish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi |
- |
- |
|
14. |
Virusologiya ITI huzuridagi Milliy gripp markazi faoliyatini, shu jumladan: uning faoliyatini gripp hamda boshqa oʻtkir respirator infeksiyalar muammosi boʻyicha ilmiy-metodik markaz hamda referens-laboratoriya sifatida, shuningdek, shtat birliklarini koʻpaytirish zarurligini; Milliy gripp markazining Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan tan olinishiga shart-sharoitlarni taʼminlash zaruratini hisobga olgan holda takomillashtirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, DXX |
- |
- |
|
15. |
Virusologiya ITI huzurida gripp va boshqa respirator infeksiyalar profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolash sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda innovatsion ishlanmalarni muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo ekspert kengashini tuzish. Gripp hamda boshqa oʻtkir respirator infeksiyalar profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolash sohasida amaliy innovatsion va fundamental ilmiy loyihalarni muntazam koʻrib chiqish. Yil yakunlari boʻyicha ilmiy va innovatsion ishlanmalarni joriy etish samaradorligini kengaytirilgan Ilmiy kengashda muntazam muhokama qilib borish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi |
||
|
16. |
Gripp hamda boshqa oʻtkir respirator infeksiyalar diagnostikasi, davolash va profilaktikasi muammolari boʻyicha dolzarb ilmiy ishla?malarga davlat buyurtmasini belgilash (ilmiy-tadqiqot loyihalarining buyurtmalarini tayyorlash, ekspert baholarini oʻtkazish, eng dolzarb va asoslangan loyihalarga grant berish). |
Tashkiliy tadbirlar |
2018-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, TIV |
Buyurtmaga muvofiq |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va xalqaro tashkilotlarning mablagʻlari |
|
17. |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi idoraviy tarmogʻining bir qismi sifatida monitoring axborot tizimini yaratish, epidemiologik, laboratoriya va klinik jihatlarini hisobga olgan holda ogʻir oʻtkir respirator infeksiyalar aniqlanishi, shuningdek, real vaqt rejimida preparatlarning harakati va mavjudligi monitoringini taʼminlash. |
Texnik topshiriq |
2018-yil |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
25 ming AQSH dollari |
Xalqaro tashkilotlar mablagʻlari |
|
Axborot tizimi |
2018-yil | |||||
|
18. |
Gripp hamda boshqa oʻtkir respirator infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha mamlakat salohiyatini oshirish uchun xalqaro va xorijiy nohukumat tashkilotlarining mablagʻlarini jalb etish. |
Qoʻshma loyihalar |
doimiy asosda |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Veterinariya davlat qoʻmitasi |
- |
- |
|
19. |
Xalqaro tibbiyot va boshqa tashkilotlar (JSST, CDC, YUNISEF va boshqalar) bilan texnik hamkorlikni kengaytirish. |
Grant mablagʻlarini jalb etish boʻyicha memorandumlar, bitimlar |
doimiy asosda |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, TIV |
- |
- |