O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 23-noyabrdagi 939-son va “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalaridan foydalanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 7-martdagi 183-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-maydagi 195-son qarori bilan tasdiqlangan Surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash uchun ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalari to‘g‘risidagi nizomning 8-bandidagi “militsiya” so‘zi “ichki ishlar organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qaroriga 2-ilova I-bandining “g” kichik bandida:
“hamda hunar-texnika o‘quv yurtlarida” so‘zlari “kasb-hunar ta’limi muassasalarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“maxsus hunar-texnika bilim yurtlari” so‘zlari “o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari qoidalarining 4-bandiga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Turistlar hujjatlarini tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadigan soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-dekabrdagi 1035-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 09/19/1035/4226-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Sayyohlik tashkilotlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 1998-yil 8-avgustdagi 346-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 8-son, 29-modda) 4-bandi sakkizinchi xatboshidagi “qayta tayyorlashga” so‘zlaridan keyin “shu jumladan, turistik faoliyat subyektlari xodimlari uchun turistlar xavfsizligini ta’minlash, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, huquqni muhofaza qilish va boshqa davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini davriy tashkil etishga” so‘zlari qo‘shilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son)
7. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 22-noyabrdagi 506-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-yil, 11-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi o‘rmonlarida yong‘in xavfsizligi qoidalarining 20-bandidagi “militsiya” so‘zi “ichki ishlar organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida bo‘lishining qo‘shimcha shartlari to‘g‘risida” 2000-yil 12-yanvardagi 11-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 3-modda) 2-ilovaning 13.2-bandidagi “militsiyaga yoki DANga” so‘zlari “ichki ishlar organlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilova 6-bandining oltinchi xatboshidagi “militsiya” so‘zi “ichki ishlar organlari tayanch” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasining tabiiy boyliklarini saqlab qolish hamda dam olish va sog‘lomlashtirish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 6-sentabrdagi 362-son qarori 15-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “militsiya” so‘zi chiqarib tashlansin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Ekinlarning payhon qilinishi va nobud bo‘lishiga qarshi kurashni yanada kuchaytirish to‘g‘risida” 2004-yil 14-yanvardagi 20-son qarori 1-bandining beshinchi xatboshidagi “idoralari” so‘zi “organlari” so‘zi bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomga 2-ilova 3-bo‘limining 3.23-bandi birinchi xatboshidagi “Militsiya bo‘linmalari kuchlari” so‘zlari “Ichki ishlar organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4630-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2020-y., 07/20/4630/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 09/10/1049/4245-son)
15. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-martdagi 89-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 3-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Yong‘in-texnik komissiyalarini tashkil etish va ularning faoliyati tartibi to‘g‘risidagi nizomning 45-bandidagi “idoralari” so‘zi “organlari” so‘zi bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
17. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi 47-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolar yig‘inining “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi to‘g‘risidagi nizomning 18-bandidagi “militsiya” so‘zi “ichki ishlar organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 09/22/172/0298-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 700-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2019-y., 09/19/700/3602-son)
21.Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 765-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 9-son, 217-modda) bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining xizmat uy-joylari fondini shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi nizomning 26-bandi birinchi xatboshidagi “xizmatdan bo‘shash paytida” so‘zlari bilan chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 337-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 09/19/337/2997-son)
23. Vazirlar Mahkamasining “Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular bo‘lgan mahsulotlarning O‘zbekiston Respublikasiga importini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 9-yanvardagi 17-son qaroriga 6-ilovaning ** havolasidagi “militsiyaning” so‘zi “ichki ishlar organlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqida” 1991-yil 25-oktabrdagi 270-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 10-modda, 36-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” 1992-yil 24-yanvardagi 32-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi IIV ichki qo‘shinlari tuzilmasida o‘quv polkini tashkil qilish to‘g‘risida” 1992-yil 29-maydagi 255-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimini qisqartirish to‘g‘risida” 1992-yil 28-oktabrdagi 498-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida xizmat o‘tash to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 8-yanvardagi 16-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqidagi nizomga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” 1994-yil 14-dekabrdagi 602-son qarori.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarini mustahkamlash to‘g‘risida” 1996-yil 4-noyabrdagi 378-son qarori.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarini mustahkamlash to‘g‘risida” 1997-yil 27-maydagi 266-son qarori.
9. Vazirlar Mahkamasining “Alohida militsiya batalonini chet el davlatlarining diplomatik vakolatxonalarini qo‘riqlashni ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining militsiya polkiga aylantirish to‘g‘risida” 1998-yil 13-apreldagi 155-son qarori.
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi davlat avtomobil nazorati xodimlarining mas’uliyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 14-noyabrdagi 474-son qarori.
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 1-maydagi 150-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi, QT, 2002-y., 5-son, 23-modda) ilovaning 1-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy ko‘nikma markazlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 16-maydagi 162-son qarori.
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ–59-son Qonuni) 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda) 1-ilovaning 1-bandi.
14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 27-modda) ilovaning 1-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 24-avgustdagi PF-4354-son farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qarori) 2011-yil 2-noyabrdagi 294-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 85-modda) 1-ilovaning 1-bandi.
16. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 16-iyuldagi PF–4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda) 1-ilovaning 1-bandi.
17. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori)” 2013-yil 8-oktabrdagi 276-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 10-son, 72-modda) ilovaning 1-bandi.
18. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son qarori)” 2014-yil 17-iyuldagi 196-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-yil, 7-son, 73-modda) ilovaning 1-bandi.