23.04.2018 yildagi 299-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘nggi yillarda respublikamizda yerlardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, yer munosabatlarini tartibga solish, yerlardan foydalanishda davlat nazoratini kuchaytirish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, yerlardan foydalanishda davlat nazoratini samarali tashkil etish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, yer resurslarini hisobga olish ishlari yetarli darajada tashkil etilmasdan qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar), shaharchalar, qishloqlar (ovullar) chegaralarining koordinatalar tizimiga bog‘lanmaganligi hududlarda yer hisobotini yuritish, yer ajratish, yer munosabatlarini tartibga solish borasida muammolarga sabab bo‘lmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, mavjud 21 mln. gektar yaylov va pichanzorlardan samarali foydalanish, o‘simliklarning turi va sonini ko‘paytirish, hosildorligini oshirish, chorva mollarini tartibli almashlab boqishni yo‘lga qo‘yish, yaylov va pichanzorlar degradatsiyasining oldini olish maqsadida geobotanik tadqiqotlarni o‘tkazish yuzasidan tadbirlar umuman nazoratdan chetda qolib ketgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natijada so‘nggi 25 — 30 yilda yaylov va pichanzorlarning 35 — 40 foizi degradatsiyaga uchragan, o‘simliklar turi va soni 20 foizga kamayib, hosildorlik 1,5-2 barobarga tushib ketgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) ma’muriy chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish va hisob-kitobini yo‘lga qo‘yish ishlari tizimli tashkil etilmaganligi sababli joylarda ichki chegaralarni aniqlashda turli muammolar yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni inobatga olib hamda yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan davlat nazoratini kuchaytirish, yer resurslarini aniq hisobini yuritishni tizimli yo‘lga qo‘yish, qishloq xo‘jaligi yerlaridan, jumladan, sug‘oriladigan, lalmi va yaylov yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqot ishlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni o‘tkazish ishlari Davlat budjetining yillik ajratiladigan parametrlariga qo‘shimcha mablag‘lar hisobiga moliyalashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018 — 2026-yillar mobaynida ma’muriy-hududiy birliklar chegaralari belgilanishini, yer resurslari xatlovdan o‘tkazilishini, yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlar o‘tkazilishini ta’minlasin;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlari bo‘yicha yer resurslarining toifalari va turlarini o‘zgartirish, yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini bartaraf etish, yer resurslaridan maqsadli va samarali foydalanishni tashkil etish, holati yomonlashgan va degradatsiyaga uchragan maydonlarni tiklash yoki konservatsiya qilish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash va yer resurslarini xatlovdan o‘tkazishni muvofiqlashtiruvchi komissiyani 4-ilovaga* muvofiq bir hafta muddatda namunaviy tarkibda tashkil etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 4-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlari yakunlangandan so‘ng bir oy muddatda zaruratga ko‘ra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash yoki ularga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga hamda tegishli xalq deputatlari viloyat Kengashlariga takliflar kiritilishini ta’minlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligining yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni nazorat qilish bo‘yicha davlat inspektorlari tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, yerdan foydalanuvchilar tomonidan ularga ajratib berilgan yerlardan foydalanish holatini (moliyaviy xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda) muntazam monitoring qilib borish huquqiga ega.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev hamda O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi A.H. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 23-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
299-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2018-y., 09/18/299/1105-son; 19.08.2019-y., 09/19/689/3586-son; 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son; 31.10.2023-y., 09/23/578/0811-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son)