16.04.2018 yildagi O‘RQ-475-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 1-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018-yil 29-martda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi 770-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 122-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 16-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-475-son

Oʻrmon toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(yangi tahriri)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻrmon toʻgʻrisidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer, suv, yer osti boyliklari, oʻsimlik va hayvonot dunyosidan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bilan bogʻliq boʻlgan, oʻrmonlardan foydalanish sohasidagi munosabatlar tegishli qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining oʻrmon toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻrmonlarning vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlar asosan ekologik (tuproqni muhofaza qilish, suvni muhofaza qilish, oʻsimlik va hayvonot dunyosini hamda boshqa tabiiy resurslarni muhofaza qilish, himoya, sanitariya-gigiyena, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya) va ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon — oʻrmon fondi yerlaridagi oʻzaro taʼsir koʻrsatuvchi va atrof-muhitga taʼsir koʻrsatadigan, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega daraxtlar, butalar va boshqa tabiiy obyektlar (yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi) majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarni koʻpaytirish — oʻrmon bilan qoplanmagan oʻrmon fondi yerlarida daraxtlar va butalarni ekish hamda yetishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarni muhofaza qilish — oʻrmonlarga salbiy taʼsirlarning oldini olishga qaratilgan faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarni takroriy koʻpaytirish — daraxt va butalarning tabiiy muhitda oʻsishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda oʻrmon fondi yerlarida oʻrmon daraxtlari urugʻlari va koʻchatlarini plantatsiya usulida ekish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmondan foydalanuvchilar — oʻrmondan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarni qayta tiklash — kesilgan, yongʻinlar, oʻrmon zararkunandalari, kasalliklari hamda boshqa salbiy taʼsirlar oqibatida shikast yetkazilgan daraxt va butalar oʻrnida iqlim sharoitlariga mos keladigan daraxt va butalar turlarini ekish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Oʻrmonlarga boʻlgan mulkchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlar davlat mulki — umummilliy boylik boʻlib, ulardan oqilona foydalanish lozim hamda ular davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Davlat oʻrmon fondi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha oʻrmonlar davlat oʻrmon fondini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon fondi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ahamiyatiga molik oʻrmonlardan, yaʼni davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari tasarrufidagi oʻrmonlardan;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishidagi oʻrmonlardan iboratdir.
(6-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtzor va butazorlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar davlat oʻrmon fondiga kirmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardagi ekinzorlarning ihota daraxtzorlari, shuningdek boshqa daraxtzor va butazorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻllarning, avtomobil yoʻllarining, tabiiy va sunʼiy suv oqimlarining, suv havzalarining hamda boshqa suv obyektlarining ajratilgan mintaqalaridagi ihota daraxtzorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlardagi hamda boshqa aholi punktlaridagi daraxtzor va butazorlar, shuningdek koʻkalamzorlashtirish uchun ekilgan oʻsimliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomorqalardagi va bogʻ uchastkalaridagi daraxtzor va butazorlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtzor va butazorlarni barpo etish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish, ularni parvarish qilish, muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Oʻrmon fondi yerlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon bilan qoplangan yerlar, shuningdek oʻrmon bilan qoplanmagan, ammo oʻrmon xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar oʻrmon fondi yerlari deb eʼtirof etiladi. Oʻrmon fondi yerlarining chegaralari qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon fondi yerlari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat oʻrmon xoʻjaligi organlariga, davlat organlari va muassasalariga doimiy foydalanishga, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarga ijaraga berilishi mumkin.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Davlat oʻrmon fondi uchastkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon fondi uchastkalari davlat oʻrmon fondining bir qismi boʻlib, ular davlat oʻrmon kadastrida koʻrsatilgan muayyan chegaraga, maydonga, joylashgan yeriga, huquqiy rejimga va boshqa xususiyatlarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasini tartibga solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash hamda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidalar, normalar va normativlarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi va uning hududiy organlari davlat oʻrmon xoʻjaligi organlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumdavlat ahamiyatiga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat oʻrmon fondini tasarruf etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalarini aniqlash tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmondan foydalanganlik uchun haq undirish tartibi va miqdorlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat nazoratini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning monitoringini, davlat hisobini va davlat oʻrmon kadastrini yuritish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida qoidalar, normalar va normativlarni qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha oʻrmonlarda oʻrmon tuzishning yagona tizimini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon fondi yerlarida idoraviy nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobini yuritishda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish, pichan oʻrish, chorva mollarini oʻtlatish, daraxtzor hamda butazorlarni kesish uchun ruxsatnoma beradi;
(13-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon fondi yerlarida biotexnik tadbirlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon fondi yerlaridagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni, oʻrmon-ovchilik, ovchilik va (yoki) baliqchilik xoʻjaliklarini yuritish, boshqarish hamda rivojlantirishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarni qayta tiklash va ihota oʻrmonlarni koʻpaytirishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilishini hamda amalga oshirilishini, togʻ yonbagʻirlari, jarliklar va tashlandiq yerlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish ishlarining bajarilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning mahsuldorligini oshirish maqsadida ilgʻor ilmiy-texnika yutuqlarini joriy etadi, oʻsimliklar seleksiyasi va urugʻchilik boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manzarali, mevali daraxtlar va butalarni yetishtirishga, dorivor oʻsimliklarning plantatsiyalarini barpo etishga doir usullarni ishlab chiqadi, manzarali oʻsimliklar koʻchatlarini sertifikatlashtirish hamda standartlashtirishning yagona tizimi ishlab chiqilishi va joriy etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning monitoringini, davlat hisobini, davlat oʻrmon kadastrini belgilangan tartibda yuritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarni yongʻinlar, zararkunandalardan va kasalliklardan himoya qilishga doir chora-tadbirlar amalga oshirilishini, oʻrmonlarning qonunga xilof ravishda kesishlardan hamda oʻrmon toʻgʻrisidagi qonunchilikning boshqacha tarzda buzilishlaridan muhofaza qilinishini taʼminlaydi;
(13-modda birinchi qismining oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon xoʻjaliklarida bir-biriga bogʻliq boʻlgan xoʻjalik faoliyatini kengaytirish va rivojlantirishni, koʻchat yetishtirishni, dorivor oʻsimliklar yigʻishni, asalarichilik, baliqchilik, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishni hamda qayta ishlashni, xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon xoʻjaligi sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, oʻz vakolatlari doirasida qoidalar, normalar va normativlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon fondidan barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini tanlash materiallarining, oʻrmon tuzish loyihalarining, davlat oʻrmon fondining tabiiy resurslaridan foydalanish bilan bogʻliq loyihaoldi, loyiha hujjatlarining davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat oʻrmon fondi uchastkalaridagi Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan tartibda ruxsatnoma beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasida hududiy dasturlarni tasdiqlaydi, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda davlat oʻrmon xoʻjaligi organlarining taqdimnomasiga binoan pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish normalarini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari bilan kelishilgan holda yuridik va jismoniy shaxslarga davlat oʻrmon fondi uchastkalarini beradi, bundan oʻrmonlarning daryolar, koʻllar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari boʻylab oʻtgan taqiqlangan mintaqalari, yerlari, oʻrmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvuldiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari, suv taʼminoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi oʻrmonlar, davlat qoʻriqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarining, tabiat bogʻlarining, umumdavlat ahamiyatiga molik buyurtma qoʻriqxonalarning, umumdavlat ahamiyatiga molik kurort tabiiy hududlarining, davlat biosfera rezervatlarining, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning oʻrmonlari mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning davlat hisobi va davlat oʻrmon kadastri yuritilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat nazoratini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(15-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolarning oʻrmonlarni muhofaza qilishni, himoya qilishni, koʻpaytirishni, takroriy koʻpaytirishni, qayta tiklashni, ularning mahsuldorligini oshirishni va ulardan foydalanishni taʼminlashda ishtirok etishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi oʻrtasida fuqarolarning huquqiy savodxonligini va ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tushuntirish ishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish boʻyicha boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi, davlat organlariga koʻmaklashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oʻrmonlarni muhofaza qilishni va himoya qilishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Oʻrmonlarni muhofaza qilish chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni muhofaza qilish chora-tadbirlari quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish va ulardan foydalanish sohasidagi qoidalar, normalar hamda normativlarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon tuzish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmondan foydalanishda cheklovlar va taqiqlar belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmondan maxsus foydalanish huquqini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmondan oʻzboshimchalik bilan foydalanishning va undan foydalanish borasida belgilangan tartibning boshqa buzilishlarining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirishda oʻrmonga zararli taʼsir koʻrsatilishining yoki uning yoʻq qilib yuborilishining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning monitoringini, davlat hisobini va davlat oʻrmon kadastrini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan oqilona foydalanish sohasida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish hamda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon fondi yerlarida biotexnik tadbirlarni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarni yongʻinlardan muhofaza qilish, zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni muhofaza qilish chora-tadbirlari qonunchilikka muvofiq boshqa yoʻllar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Oʻrmon tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon tuzish oʻrmonlarni muhofaza qilishni, himoya qilishni, koʻpaytirishni, takroriy koʻpaytirishni, qayta tiklashni, ularning mahsuldorligini oshirishni va ulardan oqilona foydalanishni taʼminlashga qaratilgan tadbirlar tizimidan iborat boʻlib, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat oʻrmon fondi uchastkalarining chegaralarini belgilash va davlat oʻrmon fondining oʻrmondan doimiy foydalanuvchilar foydalanishidagi hududining ichki xoʻjaligini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topografiya-geodeziya ishlarini bajarish va oʻrmonlarni maxsus xaritaga kiritish hamda ularning elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat oʻrmon fondini inventarizatsiyadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning yetilish yoshini belgilash, oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq holda oʻrmon daraxtlarining kesilishi hisob-kitobini, kesishlarning miqdorlarini hamda oʻrmondan foydalanishning boshqa turlari miqdorlarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat oʻrmon fondi uchastkalarida pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning dorivor hamda texnik xom ashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash, daraxtlar hamda butalarni kesmagan holda oʻtin va shox-shabbalarni yigʻish hajmlarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat oʻrmon fondi uchastkalarida asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, oʻrmondan oʻrmon-ovchilik, ovchilik va (yoki) baliqchilik xoʻjaliklari ehtiyojlari uchun, ilmiy-tadqiqot, madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya hamda estetik maqsadlarda, shuningdek ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida foydalanish imkoniyatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, qayta tiklash va koʻpaytirish borasidagi ishlar hajmini, shuningdek boshqa oʻrmon xoʻjaligi ishlari hajmini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon tuzish loyihalarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon tuzish loyihalari davlat ekspertizasidan oʻtkaziladi, davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tasdiqlanadi.
(18-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon tuzish loyihalari oʻrmon xoʻjaligini, oʻrmon-ovchilik, ovchilik va (yoki) baliqchilik xoʻjaliklarini yuritish, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirishga doir ishlarni tashkil etish hamda yuritish, oʻrmondan oqilona foydalanishni, joriy va istiqbolga moʻljallangan rejalashtirishni amalga oshirish uchun asosiy normativ-texnik hujjatdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon tuzish Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda barcha oʻrmonlarda yagona tizim boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Oʻrmonlar monitoringi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlar monitoringi oʻrmonlarga salbiy taʼsirlarning oʻz vaqtida oldi olinishi uchun davlat oʻrmon fondi holatidagi oʻzgarishlarni aniqlashga, uni baholash va prognoz qilishga doir muntazam kuzatuvlardan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlar monitoringi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Oʻrmonlarning davlat hisobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarning davlat hisobi davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari tomonidan oʻrmon tuzish loyihalari asosida, oʻrmon tuzish amalga oshirilmagan joylarda esa davlat oʻrmon fondini inventarizatsiyadan oʻtkazish va tekshirish materiallari asosida yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarning davlat hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yagona tizim boʻyicha yuritiladi.
(20-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Davlat oʻrmon kadastri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon kadastri Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha oʻrmonlar, ularning geografik oʻrni, huquqiy rejimi, miqdoriy va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi toʻgʻrisidagi yangilab boriladigan ishonchli kadastr axboroti tizimidan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon kadastri oʻrmonga oid munosabatlarni tartibga solish, oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ulardan oqilona foydalanish va ularni takroriy koʻpaytirish maqsadida manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni oʻrmon toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan taʼminlash uchun moʻljallangandir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon kadastri davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yagona tizim boʻyicha yuritiladi.
(21-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi nazorat
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat nazorati qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(22-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi idoraviy nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi ishlab chiqarish nazoratini xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻzlariga biriktirilgan hududlarda amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi jamoatchilik nazorati Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
(22-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 29-avgustdagi OʻRQ-559-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 03/19/559/3670-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Oʻrmonlarni muhofaza qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida oʻrmonni undan foydalanish tartibi buzilishidan, shu jumladan oʻrmonni qonunga xilof ravishda kesishlardan hamda oʻrmonga boshqacha tarzda zararli taʼsir koʻrsatilishidan muhofaza qilinishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻrmonda yongʻinning oldini olish, yongʻinga qarshi kurashishga oid chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi, zarur hollarda yongʻinni oʻchirish uchun aholini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning oʻt oʻchirish, yer qazish texnikasini hamda transport vositalarini jalb etadi, yongʻin xavfi yuqori boʻlgan davrda aholining oʻrmonda boʻlishini hamda oʻrmonlarga transport vositalari va boshqa vositalar kirishini cheklaydi yoki taqiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan foydalanuvchilar oʻrmonlarda yongʻin xavfsizligiga rioya etishi, ish joylarida yongʻinga qarshi tadbirlar oʻtkazishi, oʻrmonlarda yongʻinlar chiqqan taqdirda esa ularning oʻchirilishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Oʻrmonlarni yongʻinlardan, zararkunandalar, kasalliklar va boshqa salbiy taʼsirlardan himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni yongʻinlar, zararkunandalar, kasalliklardan va boshqa salbiy taʼsirlardan himoya qilish oʻrmondan foydalanuvchilar tomonidan quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etish va yongʻinga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, yongʻin chiqqanda uni oʻchirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon zararkunandalari, kasalliklari oʻchoqlarini, sanoat va maishiy chiqindilarning hamda boshqa salbiy omillarning taʼsir doiralari rivojlanishini hisobga olish va prognoz qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon zararkunandalarining ommaviy koʻpayish va oʻrmon kasalliklarining tarqalish oʻchoqlari yuzaga kelishi hamda kengayishining oldini olish, oʻrmonlarning biologik jihatdan chidamliligini oshirish tadbirlarini oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni yongʻinlar, zararkunandalar, kasalliklardan va boshqa salbiy taʼsirlardan himoya qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Oʻrmon qoʻriqchiligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon qoʻriqchiligi oʻrmonlarni muhofaza qilish va himoya qilishni taʼminlash maqsadida davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari tomonidan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon qoʻriqchiligining mansabdor shaxslari ayni vaqtda davlat oʻrmon xoʻjaligi organlarining inspektorlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon qoʻriqchiligining mansabdor shaxslari oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning oʻrmondan foydalanishga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ulardan foydalanish va ularni takroriy koʻpaytirish sohasidagi maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi;
(25-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 29-sentabrdagi OʻRQ-639-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2020-y., 03/20/639/1342-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni tegishli organlarga olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunga xilof ravishda qoʻlga kiritilgan oʻrmon mahsulotini va uni qoʻlga kiritish vositalarini olib qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni intizomiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi materiallarni tegishli organlarga yuboradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida sudga daʼvolar taqdim etadi;
(25-modda uchinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarga oʻrmon toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf etish haqida koʻrsatmalar beradi.
(25-modda uchinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon qoʻriqchiligining faoliyat koʻrsatish tartibi va davlat oʻrmon xoʻjaligi organlarining oʻrmon qoʻriqchiligini amalga oshiruvchi inspektorlari tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Oʻrmon xoʻjaligini tashkil etishning asosiy qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon xoʻjaligini tashkil etish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning himoya qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya va boshqa foydali tabiiy xususiyatlarini saqlash hamda kuchaytirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlardan oqilona foydalanishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarni koʻpaytirishni, takroriy koʻpaytirishni, qayta tiklashni, ularning mahsuldorligini oshirishni, tur tarkibi va sifatini yaxshilashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarni yongʻinlardan muhofaza qilishni, zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalarini aniqlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning yetilish yoshini, kesish usullarini va oʻrmondan foydalanish normalarini belgilashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon fondi yerlaridan oqilona foydalanishni taʼminlashi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon xoʻjaligini tashkil etish qonunchilikka muvofiq boshqa tashkiliy-texnik tadbirlar bilan ham taʼminlanadi.
(26-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlar belgilangan maqsadi va bajaradigan vazifalariga muvofiq quyidagi qoʻriqlanish toifalari jumlasiga kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning daryolar, koʻllar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari boʻylab oʻtgan taqiqlangan mintaqalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvuldiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eroziyadan saqlaydigan oʻrmonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari yoqalab oʻtgan ihota mintaqalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
choʻl va chala choʻl zonalarining oʻrmonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar oʻrmonlari va oʻrmon-bogʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining koʻkalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi oʻrmonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv taʼminoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi oʻrmonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida qimmatga ega boʻlgan oʻrmonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻoqchilik zonalaridagi oʻrmonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning mevali daraxtzorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat qoʻriqxonalarining oʻrmonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarining oʻrmonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiat bogʻlarining oʻrmonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtma qoʻriqxonalarning oʻrmonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kurort tabiiy hududlarning oʻrmonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat biosfera rezervatlarining oʻrmonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning oʻrmonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan oʻrmonlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni qoʻriqlanish toifalariga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Oʻrmonlarni koʻpaytirish, qayta tiklash va ularning mahsuldorligini oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Oʻrmonlarni koʻpaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni koʻpaytirish oʻrmondan foydalanuvchilar tomonidan hududlarning serdaraxtligini oshirish, oʻrmonlarning tur tarkibini yaxshilash, qimmatli daraxt navlarini koʻpaytirish va eroziya jarayonlarining oldini olish maqsadida quyidagilar orqali maxsus dasturlar boʻyicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daraxtlar va butalarning koʻchatlarini, urugʻlarini ekish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
togʻ yonbagʻirlari, jarliklar va tashlandiq yerlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish ishlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli daraxt navlarini koʻpaytirish maqsadida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, manzarali, mevali daraxtlar va butalar yetishtirishning samarali usullarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni koʻpaytirish qonunchilikka muvofiq boshqa yoʻllar bilan ham amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni koʻpaytirish uchun beriladigan, qishloq xoʻjaligiga va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar qonunchilikka muvofiq oʻrmon fondi yerlari toifasiga oʻtkaziladi.
(28-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Oʻrmonlarni qayta tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni qayta tiklash quyidagi talablarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daraxtlar kesilgan, yongʻinlar, oʻrmon zararkunandalari, kasalliklari va boshqa salbiy taʼsirlar oqibatida zararlangan joylarda xoʻjalik jihatidan qimmatli daraxtlar turlarini majburiy ravishda ekishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, qurgʻoqchilikka, zararkunandalar va kasalliklarga chidamli oʻsimliklar turlarini tanlashga doir tavsiyalarga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning tur tarkibini yaxshilash, ularning mahsuldorligini va himoya xususiyatlarini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonning tabiiy ravishda tiklanishi uchun qulay sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning genetik fondi va biologik xilma-xilligini saqlab qolish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni qayta tiklash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Oʻrmonlarning mahsuldorligini oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarning mahsuldorligini oshirish oʻrmonlarni takroriy koʻpaytirish, ularning tur tarkibini yaxshilash, oʻrmon melioratsiyasi va oʻrmonlarni plantatsiya usulida yetishtirish natijasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Oʻrmondan foydalanishning asosiy qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Oʻrmondan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon fondi uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga foydalanishga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan foydalanish umumiy yoki maxsus boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan umumiy foydalanish jismoniy shaxslar tomonidan bepul va oʻz ehtiyojlari uchun belgilangan hajmlarda, ushbu Qonun 36-moddasi birinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan foydalanish turlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan maxsus foydalanish uchun haq toʻlanadi. Toʻlovlar miqdori va ularni undirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan foydalanish doimiy va vaqtincha boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon fondi yerlari oʻzlariga doimiy foydalanishga berib qoʻyilgan oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlari oʻrmondan doimiy foydalanuvchilardir.
(31-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan qisqa muddatli yoki uzoq muddatli foydalanish huquqini beruvchi tegishli hujjatlar asosida davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan foydalanishni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar oʻrmondan vaqtincha foydalanuvchilardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan vaqtincha foydalanish qisqa muddatli — uch yilgacha va uzoq muddatli — oʻn yilgacha boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari oʻrmon fondining foydalanilmayotgan yerlarini jismoniy va yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali ijara huquqi asosida berishi mumkin. Oʻrmon fondining foydalanilmayotgan yerlari jismoniy va yuridik shaxslarga investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik asosida uch yildan kam boʻlmagan va qirq toʻqqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga berilishi mumkin.
(31-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi OʻRQ-1117-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 03/26/1117/0116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Oʻrmondan maxsus foydalanish huquqini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan maxsus foydalanish huquqi yuridik va jismoniy shaxslarga davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan maxsus foydalanishni amalga oshirishga ruxsatnoma, oʻrmon kesish (oʻrmon) chiptasi boʻyicha yoʻl qoʻyiladi, bundan ushbu Qonunning 47-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Oʻrmondan doimiy foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan doimiy foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat oʻrmon fondining oʻzlariga berilgan uchastkalarida oʻrmon xoʻjaligini mustaqil yuritish, oʻrmondan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon fondi yerlaridan, suv resurslaridan, keng tarqalgan foydali qazilmalardan belgilangan tartibda oʻrmon xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda yoʻl ochish, oʻrmon mahsulotini joylashtirish uchun maydonchalarni jihozlash, ishlab chiqarish va turarjoy binolari hamda inshootlarini qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlangan mahsulotga va uni realizatsiya qilishdan olingan daromadga mulkdor boʻlish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan doimiy foydalanuvchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning muhofaza qilinishini, himoya qilinishini, koʻpaytirilishini, takroriy koʻpaytirilishini, qayta tiklanishini, mahsuldorligi oshirilishini va ulardan oqilona foydalanilishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning monitoringini, davlat hisobini va davlat oʻrmon kadastrini yuritishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarni oʻrmonlarning holatiga hamda ularni takroriy koʻpaytirishga, shuningdek tuproqning, oʻsimlik va hayvonot dunyosining, suv obyektlarining va boshqa tabiiy obyektlarning holatiga salbiy taʼsir koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydigan usullar bilan yuritishi;

oʻrmondan vaqtincha foydalanuvchilarning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarda yongʻinga qarshi tadbirlar oʻtkazishi va yongʻinlarni bartaraf etish choralarini koʻrishi, shuningdek oʻrmonlarni zararkunandalar hamda kasalliklardan himoya qilish boʻyicha tadbirlar oʻtkazishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon fondi yerlarida biotexnik tadbirlarni amalga oshirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
(33-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 29-sentabrdagi OʻRQ-639-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2020-y., 03/20/639/1342-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmondan foydalanuvchi boshqa shaxslarning huquqlarini buzmasligi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan doimiy foydalanuvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va ularning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.
(33-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Oʻrmondan vaqtincha foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan vaqtincha foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmondan foydalanishni oʻrmondan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarda koʻrsatilgan davlat oʻrmon fondi uchastkalari doirasida, belgilangan muddatlarda va oʻrmondan foydalanish turlari boʻyicha amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda yoʻl ochish, oʻrmon mahsulotini joylashtirish uchun maydonchalar jihozlash, ishlab chiqarish binolari va inshootlari qurish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan vaqtincha foydalanuvchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlariga berib qoʻyilgan yaylovlar, pichanzorlar va boshqa oʻrmonzorlardan oqilona foydalanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarni oʻrmonlarning holatiga hamda ularni takroriy koʻpaytirishga, shuningdek tuproqning, oʻsimlik va hayvonot dunyosining, suv obyektlarining va boshqa tabiiy obyektlarning holatiga salbiy taʼsir koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydigan usullar bilan yuritishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan oqilona foydalanish sohasida belgilangan qoidalar, normalar va normativlarga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarda yongʻinga qarshi tadbirlarni oʻtkazishi va yongʻinlarni bartaraf etish choralarini koʻrishi, shuningdek oʻrmonlarni zararkunandalar hamda kasalliklardan himoya qilish boʻyicha tadbirlar oʻtkazishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmondan doimiy foydalanuvchilar bilan kelishilgan holda davlat oʻrmon fondi uchastkalarida biotexnik tadbirlarni amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmondan foydalanganlik uchun oʻz vaqtida va belgilangan tartibda haq toʻlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmondan foydalanuvchi boshqa shaxslarning huquqlarini buzmasligi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan vaqtincha foydalanuvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va ularning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.
(34-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Oʻrmondan foydalanuvchilar huquqlarining kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan foydalanuvchilarning faoliyatiga davlat organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan foydalanuvchilarning buzilgan huquqlari qonunchilikda belgilangan tartibda tiklanishi lozim.
(35-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan foydalanuvchilarning huquqlarini buzish oqibatida yetkazilgan zararlarning (shu jumladan boy berilgan foydaning) oʻrni toʻliq hajmda qoplanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Oʻrmondan foydalanish turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan foydalanish turlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daraxtzorlar va butazorlarni kesish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pichan oʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorva mollarini oʻtlatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asalari uyalari va qutilarini joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning dorivor va texnik xom ashyosini yigʻish hamda tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun yigʻish va tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daraxt va butalarni kesmagan holda oʻtin va shox-shabbalarni yigʻish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon-ovchilik, ovchilik va (yoki) baliqchilik xoʻjaliklari ehtiyojlari uchun foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot, madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida foydalanish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikda oʻrmondan foydalanishning boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin.
(36-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Daraxtzorlar va butazorlarni kesish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolarni, inshootlarni va kommunikatsiyalarni qurish chogʻida davlat oʻrmon fondi uchastkalaridagi daraxtzorlar va butazorlarni ishlab chiqarish-texnik zaruratdan kelib chiqmagan holda kesish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daraxtzorlar va butazorlarni kesishga qonunchilikda belgilangan tartibda, oʻrmon kesish (oʻrmon) chiptalari asosida va faqat oʻrmonlarni albatta qayta tiklash sharti bilan yoʻl qoʻyiladi.
(37-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daraxtzorlar va butazorlarni kesish oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalariga qarab, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Oʻrmonni parvarish qilish uchun kesish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarning temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari yoqalab oʻtgan ihota mintaqalarida, choʻl va chala choʻl zonalarining oʻrmonlarida oʻrmonning holatini yaxshilash maqsadida parvarish qilish uchun kesishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarning daryolar, koʻllar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari boʻylab oʻtgan taqiqlangan mintaqalarida, oʻrmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvuldiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalarida, eroziyadan saqlaydigan oʻrmonlarda, shahar oʻrmonlari va oʻrmon-bogʻlarida, shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining koʻkalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi oʻrmonlarda, suv taʼminoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi oʻrmonlarda, alohida qimmatga ega boʻlgan oʻrmonlarda, yongʻoqchilik zonalaridagi oʻrmonlarda, oʻrmonlarning mevali daraxtzorlarida, tabiat bogʻlarining oʻrmonlarida (ularning qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalari bundan mustasno), kurort tabiiy hududlarning oʻrmonlarida, davlat biosfera rezervatlarining oʻrmonlarida (ularning qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalari bundan mustasno), ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan oʻrmonlarda oʻrmon kesish (oʻrmon) chiptasi boʻyicha faqat oraliq foydalanishdagi kesishga (oʻrmon parvarishi va sanitariya maqsadida kesishga) yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha qoʻriqlanish toifalaridagi oʻrmonlarda yongʻinga qarshi oraliq joy hosil qilish bilan bogʻliq kesishlarga yoʻl qoʻyilishi mumkin, bundan davlat qoʻriqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarining oʻrmonlari, tabiat bogʻlarining, davlat biosfera rezervatlarining qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalaridagi oʻrmonlari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonni parvarish qilish uchun kesish, plantatsiyalarda hamda davlat oʻrmon fondi uchastkalarida maqsadli foydalanish, sanoat va aholining yogʻochga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlash uchun yetishtirilayotgan tez oʻsuvchi daraxt va butalarni kesish Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi belgilagan tartibda oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻinlar, oʻrmon zararkunandalari, kasalliklari hamda boshqa salbiy taʼsirlar oqibatida shikastlangan oʻrmonlarni kesishga ularni tanlab va sanitariya maqsadida kesish tartibida yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Pichan oʻrish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat oʻrmon fondi uchastkalarida pichan oʻrishga shu maqsadlar uchun maxsus moʻljallangan maydonlarda davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon fondi uchastkalarida pichan oʻrish uchun maydonlar oʻrmon tuzish loyihalari, yaylovlardan almashlab foydalanish sxemalari va pichan oʻrishning kalendar jadvali hisobga olingan holda foydalanishga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon fondi uchastkalarida pichan oʻrish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Pichan oʻrish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Chorva mollarini oʻtlatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat oʻrmon fondi uchastkalarida chorva mollarini oʻtlatish shu maqsadlar uchun maxsus moʻljallangan maydonlarda davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari beradigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarning daryolar, koʻllar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari boʻylab oʻtgan taqiqlangan mintaqalarida, eroziyadan saqlaydigan oʻrmonlarda, suv taʼminoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi oʻrmonlarda, alohida qimmatga ega boʻlgan oʻrmonlarda, yongʻoqchilik zonalaridagi oʻrmonlarda, davlat qoʻriqxonalarining oʻrmonlarida, shuningdek belgilangan rejimga muvofiq tabiat bogʻlarining, buyurtma qoʻriqxonalarning, kurort tabiiy hududlarning, davlat biosfera rezervatlarining, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning oʻrmonlarida chorva mollarini oʻtlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon fondi uchastkalarida chorva mollarini oʻtlatishga yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning kamyob va qimmatli turlari tabiiy ravishda takroriy koʻpayishini, yovvoyi hayvonlarni saqlab qolishni, shuningdek eroziya jarayonlarining yuzaga kelish ehtimolining oldini olishni taʼminlash sharti bilan yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayvonot dunyosini hayvonlarning yuqumli va boshqa kasalliklaridan himoya qilish hamda ular tarqalishining oldini olish maqsadida davlat oʻrmon fondi uchastkalarida chorva mollarini oʻtlatishga chorva mollarini, ulovlarni (otlar, eshaklar, tuyalar) va ularni qoʻriqlovchi itlarni veterinariya-laboratoriya koʻrigidan oʻtkazish sharti bilan yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon fondi uchastkalarida chorva mollarini oʻtlatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Chorva mollarini oʻtlatish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Asalari uyalari va qutilarini joylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon fondi uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga asalari uyalari va qutilarini joylashtirish uchun davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari tomonidan shartnoma asosida beriladi.
(40-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 29-sentabrdagi OʻRQ-639-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2020-y., 03/20/639/1342-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning dorivor va texnik xom ashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslarga yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning dorivor va texnik xom ashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash uchun ruxsatnoma qonunchilikda belgilangan tartibda davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari tomonidan beriladi.
(41-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning dorivor va texnik xom ashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash mavjud oʻsimliklar resurslarining tugab qolishiga hamda oʻrmon xoʻjaligiga zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan vositalar va usullar bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Daraxt va butalarni kesmagan holda oʻtin va shox-shabbalarni yigʻish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan doimiy foydalanuvchilar tomonidan davlat oʻrmon fondi uchastkalari daraxt va butalarni kesmagan holda oʻtin va shox-shabbalar yigʻish uchun yuridik hamda jismoniy shaxslarga qonunchilikda belgilangan tartibda berilishi mumkin.
(42-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Oʻrmon fondi yerlaridan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon fondi yerlarida qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish davlat oʻrmon fondiga zarar yetkazmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Oʻrmon-ovchilik, ovchilik va (yoki) baliqchilik xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan oʻrmon-ovchilik, ovchilik va (yoki) baliqchilik xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish huquqi yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan oʻrmon-ovchilik, ovchilik va (yoki) baliqchilik xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(44-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Ilmiy-tadqiqot, madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish qonunchilik bilan belgilanadi.
(45-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanishga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan oʻrmondan doimiy foydalanuvchilar bilan kelishilgan holda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon fondining madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanish uchun berilgan uchastkalarida oʻrmondan foydalanuvchilar bu uchastkalarni obodonlashtirishga doir tadbirlarni oʻrmonlarni hamda tabiiy landshaftlarni, oʻsimlik va hayvonot dunyosini saqlash, oʻrmonlarda yongʻin xavfsizligi va sanitariya qoidalariga rioya qilish sharti bilan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan madaniy-maʼrifiy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon fondi uchastkalaridan ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan foydalanishga qonunchilikda belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
(46-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda. Fuqarolarning oʻrmonlarda boʻlishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar oʻsimlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish tartibida oʻrmonlarda boʻlish, yovvoyi holda oʻsuvchi dorivor va oziq-ovqatbop oʻsimliklar, mevalar va qoʻziqorinlarni qonunchilikda belgilangan shartlar asosida oʻz ehtiyojlari uchun yigʻish huquqiga ega.
(47-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarda Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni, shuningdek zaharli, tarkibida giyohvandlik moddalari mavjud boʻlgan oʻsimliklarni fuqarolar tomonidan yigʻish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar oʻrmonlarda yongʻin xavfsizligiga rioya etishi, daraxtlar va butalarni sindirishga, kesishga, oʻrmon ekinlariga shikast yetkazilishiga, oʻrmonlarning maishiy hamda boshqa chiqindilar bilan ifloslanishiga, yovvoyi hayvonlarning yashash muhiti yoʻq qilinishiga va urchish joylari buzilishiga yoʻl qoʻymasligi, shuningdek oʻrmon toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa talablarni bajarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda. Chegara zonasida oʻrmondan foydalanish xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chegara zonasida oʻrmondan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
(48-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda. Qonunga xilof ravishda qoʻlga kiritilgan oʻrmon mahsulotini olib qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga xilof ravishda qoʻlga kiritilgan oʻrmon mahsuloti olib qoʻyilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga xilof ravishda qoʻlga kiritilgan oʻrmon mahsulotini olib qoʻyishning imkoni boʻlmagan taqdirda, uning qiymati qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda undirib olinadi.
(49-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-modda. Oʻrmonlarning holatiga va ularni takroriy koʻpaytirishga taʼsir koʻrsatadigan korxonalarni, inshootlarni va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish hamda ishga tushirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarning holatiga va ularni takroriy koʻpaytirishga taʼsir etadigan yangi hamda rekonstruksiya qilinayotgan korxonalarni, inshootlarni va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish hamda ishga tushirish, shuningdek yangi texnologiyalarni joriy etish oʻrmonlarni muhofaza qilishga, takroriy koʻpaytirishga doir tadbirlar taʼminlangan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarning holatiga va ularni takroriy koʻpaytirishga taʼsir etadigan korxonalarni, inshootlarni hamda boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, shu jumladan yangi texnologiyalarni joriy etish, shuningdek daraxt turlarini kesish zaruriyati qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda majburiy ravishda davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilib, davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishiladi.
(50-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-modda. Oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarni amalga oshirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon fondi yerlarida oʻrmon xoʻjaligini yuritish va oʻrmondan foydalanish bilan bogʻliq boʻlmagan qurilish hamda portlatish ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish, kabellar, quvurlar va boshqa kommunikatsiyalarni oʻtkazish, parmalash ishlari va boshqa ishlar davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari bilan kelishilgan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(51-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon fondi yerlarida oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar oʻrmonlarni qayta tiklash, oʻrmon fondining holati buzilgan yerlarini rekultivatsiya qilish boʻyicha choralar koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-modda. Oʻrmonlardan foydalanishni cheklash va taqiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni muhofaza qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi oʻrmonlardan foydalanishga yoki foydalanishning ayrim turlariga nisbatan cheklovlar yoki taqiqlar belgilashi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan foydalanuvchilarning, yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, shu jumladan davlat oʻrmon fondi uchastkalari ijarachilarining, shuningdek oʻsimlik va hayvonot dunyosidan foydalanuvchilarning, suvdan foydalanuvchilarning, suv isteʼmolchilarining hamda yer qaʼridan foydalanuvchilarning huquqlari oʻrmonlarni muhofaza qilish manfaatlarini koʻzlab, qonunchilikda belgilangan tartibda cheklanishi va ularning zimmasiga tegishli majburiyatlar yuklatilishi mumkin.
(52-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-modda. Oʻrmondan maxsus foydalanish huquqini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan maxsus foydalanish huquqi oʻrmonlarni muhofaza qilishni taʼminlash uchun toʻxtatib turilishi, tugatilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan maxsus foydalanish huquqi quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmondan maxsus foydalanishning ruxsat berishga doir talablari va shartlari buzilganligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat oʻrmon xoʻjaligi vakolatli organining oʻrmondan foydalanishning ruxsat berishga doir talablari va shartlariga oid aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi qarori bajarilmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan maxsus foydalanish huquqi quyidagi hollarda tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanish zarurati qolmaganda yoki undan voz kechilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanishning belgilangan muddati oʻtganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganda;
(53-modda uchinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmondan maxsus foydalanish huquqi berilgan jismoniy shaxs vafot etganda yoki uning faoliyati tugatilganda yoxud yuridik shaxs tugatilganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikda oʻrmondan maxsus foydalanish huquqini toʻxtatib turish yoki tugatish uchun boshqa hollar ham nazarda tutilishi mumkin.
(53-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan maxsus foydalanish huquqi quyidagilar asosida bekor qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmondan foydalanuvchining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasiga koʻra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmondan maxsus foydalanish huquqi qonunchilikda belgilangan tartibda toʻxtatib turiladi, tugatiladi yoki bekor qilinadi.
(53-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-modda. Oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish sohasidagi faoliyatni moliyalashtirish hamda iqtisodiy ragʻbatlantirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish sohasidagi faoliyatni moliyalashtirish hamda iqtisodiy ragʻbatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(54-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish sohasidagi faoliyatni moliyalashtirishni va iqtisodiy ragʻbatlantirishni amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55-modda. Zararning oʻrnini qoplash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslar oʻrmon toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qonunchilikda belgilangan tartibda qoplashi shart.
(55-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zararning oʻrnini qoplash aybdor shaxslarni qonunga muvofiq javobgarlikdan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(56-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57-modda. Oʻrmon toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(57-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2018-y., 03/18/475/1078-son; 30.08.2019-y., 03/19/559/3670-son; 28.09.2020-y., 03/20/638/1333-son, 30.09.2020-y., 03/20/639/1342-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son; 07.02.2026-y., 03/26/1117/0116-son)