Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.10.1993 09.01.1992 yildagi 4-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.10.1993
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NARXLARNI LIBERALLAShTIRISh ChORALARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-noyabrdagi 505-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash va ularning ba’zilariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini barqarorlashtirish va bozor munosabatlarini shakllantirish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1992-yil 16-yanvardan ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlarga, xalq iste’moli tovarlariga, ishlar va xizmatlarga talab va taklif asosida shakllanadigan shartnomaviy (erkin) narxlar va tariflarga asosan o‘tish amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aholining, eng avvalo ijtimoiy jihatdan muhtoj aholi talabalarining manfaatlarini himoya qilish zarurligini e’tiborga olib, 1—3-ilovalarga muvofiq oziq-ovqat va sanoat (bolalar) tovarlarining chegaralangan doirasiga cheklangan narxlar miqdorlari, shuningdek, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarga tariflarning cheklangan miqdorlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirishni rag‘batlantirish va eng muhim oziq-ovqat tovarlarining belgilanadigan cheklangan chakana narxlari bilan bog‘liqlikni ta’minlash maqsadida don, guruh, chorva mollari, parranda, sut va tuxum uchun 4-ilovaga muvofiq boshqariladigan xarid narxlarining chegarasi belgilansin. Bunda xo‘jaliklarga belgilanadigan topshiriqdagi mahsulotning 15 foizining va topshirishdan oshiqcha barcha mahsulotning narxi ishlab chiqaruvchilar tomonidan belgilanadi, ya’ni ko‘rsatilgan mahsulot hajmlari erkin narxlarda sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Savdo vazirligi, moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasi, Davlat tashqi savdo va xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar qo‘mitasi va O‘zbekbirlashuvga mahalliy Kengashlar ijroiya qo‘mitalari bilan birgalikda respublika tashqarisidan olib kelinadigan tovarlarning shartnomaviy narxlari hamda oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarining cheklangan chakana narxlari o‘rtasidagi tafovutni 1, 2-ilovalarga muvofiq ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda hal qilish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Savdo vazirligi, O‘zbekbirlashuv o‘n kun muddat ichida Davlat narxlar qo‘mitasi bilan birgalikda umumiy ovqatlanish korxonalari uchun ustama narxlarning cheklangan darajalarini ishlab chiqsinlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari va Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi esa ularni tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat narxlar qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari va Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasiga narxlarni tahlil qilish asosida o‘zining yakkahukmronlik holatidan foydalanuvchi va narxlarni asoslanmagan xolda oshirishga yo‘l qo‘yuvchi korxonalarni shartnomaviy (erkin) narxlar va tariflarni qo‘llash huquqidan mahrum qilishga hamda ularning mahsulotlariga narxlarning cheklangan darajalarini joriy qilishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Konsernlarga, birlashmalarga; korxonalar va xo‘jaliklarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududida zaruriyat bo‘lganda o‘z mablag‘lari hisobidan, eng avvalo o‘z xodimlari va xizmatchilari uchun quyidagicha kompensatsiyalar ajratish hisobiga narxlarning cheklangan darajalarini kamaytirish imkoniyatlarini qidirib topish tavsiya qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy ovqatlanish korxonalari mahsulotlariga (maktab, studentlar, ishchilar oshxonalari va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport, maishiy, Kommunal va boshqa xizmat turlariga.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-yanvardagi 22-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Konsernlar, korxonalar va tashkilotlar (mulkchilik shaklidan qat’i nazar) ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlar va iste’mol tovarlarining qoldiqlarini qayta baholasinlar, oshirib baholangan summa miqdorining 50 foizi aholini ijtimoiy himoya qilish uchun respublika budjetiga va 50 foizi o‘zining oborot mablag‘larini to‘ldirishga o‘tkazilsin,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kalish ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida “O‘zbekrezinotexnika” birlashmasiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining 15 foizini tuzilgan shartnomalar bo‘yicha valyutaga sotishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Aholining ayrim toifalarini ijtimoiy himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 2-apreldagi 82-son, 1991-yil 12-apreldagi 97-son, 1991-yil 22-maydagi 140-son qarorlari bilan belgilangan amaldagi imtiyozlar saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning hisob-kitoblari bo‘yicha 1992-yilgi budjetda aholiga ayrim oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini belgilangan norma bo‘yicha sotishdan, shahar avtomobil va shahar elektr transportida yo‘lovchilar tashish, shuningdek, issiqlik ta’minoti va kvartira haqi xizmatlaridan dotatsiyalarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Davlat narxlar qo‘mitasi o‘n kun muddat ichida ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotga, xalq iste’moli tovarlari va xizmatlarga shartnomaviy (erkin) narxlarni qo‘llanish tartibi to‘g‘risida Vaqtinchalik nizom ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Davlat narxlar qo‘mitasi, Davlat soliq xizmati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari va Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi xalq iste’moli tovarlari, ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlar va xizmatlar uchun narx intizomiga rioya qilish ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosarlari — komplekslarning rahbarlariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi o‘rinbosari I. JO‘RABEKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 9-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 3-apreldagi 164-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 18-martdagi 142-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 9-yanvardagi 4-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AHOLIGA KO‘RSATILADIGAN IJTIMOIY AHAMIYATGA MOLIK XIZMATLAR TARIFLARI DARAJASI O‘ZGARIShINING ChEKLANGAN MIQDORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koeffitsiyent‎
Temir yo‘l transportida tashish tariflari‎ 3,9‎
Shahar avtobusida yo‘lovchilarni tashish tariflari‎ 2,0‎
Engil taksomotorda tashish tariflari‎ 4,0‎
Marshrutli taksomotor avtobuslari bilan yo‘lovchilarni tashish tariflari‎ 5,0‎
Xizmat yengil avtomobillari uchun tariflar‎ 2,4‎
Shahar elektr transportida yo‘lovchilarni tashish tariflari:‎
metro, tramvay, trolleybus‎ 2,0‎
(jadval O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 29-oktabrdagi 499-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 9-yanvardagi 4-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ENG MUHIM OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI UChUN XARID NARXLARINING ChEKLANGAN MIQDORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1 tonnasiga so‘m hisobida (o‘rtacha)‎

Boshoqli don‎ 1200‎
Guruch‎ 2000‎
Qoramol, ot va tuya‎ 15300‎
Cho‘chqa‎ 15600‎
Qo‘y va echkilar‎ 11700‎
Parranda‎ 20100‎
Bazis yog‘dorligi 3,6 foiz bo‘lgan sut‎ 1850‎
Tuxum (1 ming donasi uchun)‎ 580‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ishlab chiqarish uchun sarflanadigan jami xarajatlardan kelib chiqib, mol yog‘i yetishtiruvchilar uchun uning eng yuqori ulgurji narxi har kilogrammiga 50 so‘mgacha qilib belgilansin
(jadval O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 25-avgustdagi 397-sonli qarori tahririda)