03.04.2018 yildagi 263-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi sektori statistikasi shakllantirilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy va moliyaviy koʻrsatkichlarining ommaviyligi va ochiqligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-sentabrdagi F-5054-son farmoyishiga muvofiq, shuningdek, tashqi sektor statistikasining oʻz vaqtida va sifatli shakllantirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy va moliyaviy koʻrsatkichlarining ommaviyligi va ochiqligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-sentabrdagi F-5054-son farmoyishiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro valyuta fondining kengaytirilgan Maʼlumotlarni tarqatish umumiy tizimiga qoʻshilishi boʻyicha faol ishlar olib borilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Oʻzbekiston Respublikasi toʻlov balansining hisobi va tahlili tizimli asosda Xalqaro valyuta fondi metodologiyasiga muvofiq yuritilishini taʼminlash yuklanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasining tashqi sektori statistikasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi tashqi sektori statistikasi shakllantirilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni yigʻish va Markaziy bankka oʻz vaqtida taqdim etish uchun masʼul boʻlgan vakolatli boʻlinmalar (shaxslar)ni bir oy muddatda belgilasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga va Davlat statistika qoʻmitasiga tashqi sektor statistikasini tuzish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etish va ularning toʻgʻriligi uchun shaxsiy masʼuliyat vazirliklar va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi B.A. Begalov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 3-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
263-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 09/18/263/1035-son, 25.08.2018-y., 09/18/682/1794-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son; 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son)