O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1997-YIL 2 DEKABRDAGI 532-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-fevraldagi 31-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish va uning uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 5-sentabr,
344-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-sentabrdagi 344- son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davolash-profilaktika muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1997-yil 2-dekabrdagi 532-son qaroriga kiritilayotgan
O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR
1. 1-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Shaxslarni turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qiluvchi kasalliklar ro‘yxati (pulli kasalxonalar va bo‘limlardan tashqari):
1. Onkologik kasalliklar
2. Sil kasalligi
3. Ruhiy kasalliklar
4. Ixtisoslashtirilgan muassasalarda giyohvandlik
5. Moxov kasalligi
6. Nurlanish kasalligiga chalingan bemorlar
7. Yuqumli kasalliklar
8. Sifilis
9. OIV kasalligini yuqtirganlar (OITS)
10. Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish chog‘ida bemorlarning shifoxonada bo‘lishi cheklangan muddatlarining tasdiqlangan standartlari bo‘yicha reanimatsiya tadbirlarini va intensiv terapiyani talab etuvchi holatlar
11. Darajasidan qat’iy nazar kamqonlik kasalligiga chalingan homilador ayollar va tuqqan ayollar
12. Endokrinologik kasalliklar”.
2. 2-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qilinadigan aholi toifalarining ro‘yxati (pulli kasalxonalar va bo‘limlardan tashqari):
1. Bolalikdan nogironlar
2. G‘irt yetimlar
3. I va II guruh nogironlari
4. 1941—1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar
5. Ijtimoiy ta’minot organlarida hisobda turuvchi yolg‘iz pensionerlar
6. 1941—1945-yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari
7. Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan — nogiron shaxslar
8. Baynalmilalchi jangchilar
9. 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar
10. Mudofaa ishlari bo‘limlarining yo‘llanmalari bo‘yicha 18—27 yoshli chaqiriq yoshidagilar”.
3. “Davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil qilish va uning uchun haq to‘lashning vaqtinchalik tartibi” 3-ilovaning 3.2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tasdiqlangan standartlarga muvofiq bemorlar shifoxonada bo‘lishining cheklangan muddatlariga binoan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishini talab etuvchi holatlar bekor qilinganda davolanishni davom ettirayotgan shaxslarning ovqatlanishi uchun haq to‘lash belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 30-son, 387-modda)