27.03.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1815-3
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. 52-bandning birinchi xatboshisidan “notarial tasdiqlangan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. 67-bandning ikkinchi xatboshisidan “paydo bo‘lgan va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.