1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida guvohnoma va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 758-sonli “Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida guvohnoma va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 22-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138-son
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 138-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida guvohnoma va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda YHXBB deb ataladi) tomonidan avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida guvohnoma va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat etuvchi — avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida guvohnoma olish uchun murojaat qilgan tadbirkorlik subyekti, avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma olish uchun murojaat qilinganda esa — mazkur avtomototransport vositasining egasi (yuridik yoki jismoniy shaxs);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositasini qayta jihozlash — boshqa model va modifikatsiyalarning agregat va uzellari, ehtiyot qismlari va butlovchi detallaridan foydalangan holda avtomototransport vositasi konstruksiyasi va tarkibiy qismlarining elementlariga oʻzgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda ruxsatnoma deb ataladi) — avtomototransport vositasi egasining arizasiga asosan qayta jihozlashning aniq turi boʻyicha bir martalik faoliyatni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektiga beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida guvohnoma (keyingi oʻrinlarda guvohnoma deb ataladi) — tadbirkorlik subyektiga avtomototransport vositasini qayta jihozlash va (yoki) avtomototransport vositasi va (yoki) uning qismlarini tayyorlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositasi (qismi) tarkibiy qismlari va jihozlash predmetlari — avtomototransport vositasining konstruksiyasiga oʻrnatiladigan va foydalaniladigan, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari tatbiq etiladigan agregatlar, uzellar va detallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti — guvohnoma asosida avtomototransport vositasini qayta jihozlash va (yoki) avtomototransport vositasi va (yoki) uning qismlarini tayyorlash boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot standarti (Ts) — avtomototransport vositasini qayta jihozlashning aniq turi va (yoki) aniq marka va modeldagi avtomototransport vositasi va (yoki) uning qismlarini tayyorlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektiga belgilangan tartibda berilgan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanishga oid hujjatlar — avtomototransport vositasidan foydalanishda qoʻllash uchun moʻljallangan hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Avtomototransport vositasini qayta jihozlash tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta jihozlashning mazkur turini amalga oshirish uchun ushbu Nizomga muvofiq berilgan guvohnoma, qayta jihozlashning mazkur turi guvohnomada mavjud boʻlmagan hollarda ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Nomerli agregatni (dvigatel, shassi, kuzov, rama) ayni shu marka va modeldagi avtomototransport vositasiniki bilan almashtirish yoki tayyorlovchi tashkilotlarning foydalanishga oid hujjatlarida nazarda tutilgan avtomototransport vositasining boshqa qismini (qismlarini) almashtirish avtomototransport vositasini qayta jihozlash hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, nomerli agregat (dvigatel, shassi, kuzov, rama) ayni shu marka va modeldagi avtomototransport vositasiniki bilan almashtirilgandan keyin mazkur avtomototransport vositasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida belgilangan tartibda qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyorlovchi tashkilotning foydalanishga oid hujjatlarida nazarda tutilgan avtomototransport vositasining boshqa qismini (qismlarini) almashtirishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Avtomototransport vositasini tayyorlovchi tashkilot tomonidan nomerli agregatlarga qoʻyilgan markirovkaning oʻzgarishi yoki yoʻqolishiga olib keladigan tarzda qayta jihozlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Avtomototransport vositasini qayta jihozlash tegishli guvohnoma yoki ruxsatnomasiz amalga oshirilgan, shuningdek avtomototransport vositasi va (yoki) uning qismi tegishli guvohnomasiz tayyorlangan hollarda mazkur avtomototransport vositasi foydalanishga qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ruxsat etuvchi talablar va shartlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar avtomototransport vositasini qayta jihozlash va (yoki) avtomototransport vositasi va (yoki) uning qismini tayyorlashni amalga oshirishdagi ruxsat etuvchi talablar va shartlar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga majburiy rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YHXBB bilan kelishilgan tegishli tashkilot standarti (Ts) talablariga, qonun hujjatlari va ekologiya sohasidagi normativ hujjatlar, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga majburiy rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli harakatni va (yoki) belgilangan faoliyatni bajarish yoki amalga oshirish uchun ishlab chiqarish-texnika bazasining (binolar, inshootlar, ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari, texnologik jihozlar, tayyorgarlikdan oʻtgan xodimlar) mavjud boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligiga, avtotransport vositasining saqlanishiga, texnika xavfsizligiga rioya qilishga oid talablarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqat tegishli hujjatlari (egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjat, taqdim etilgan avtomototransport vositasining roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma yoki avtomototransport vositasi mazkur shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat) mavjud boʻlgan avtomototransport vositasi egalariga xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnomada koʻrsatilgan doirada tegishli harakatni bajarish va (yoki) belgilangan faoliyatni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Guvohnoma berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Guvohnoma YHXBB tomonidan mazkur Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq 1 yil muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Guvohnoma olish uchun tadbirkorlik subyekti YHXBBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda guvohnoma berish toʻgʻrisida ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tashkilot standartining (Ts) nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunalarning yoʻl harakati xavfsizligi sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi yuzasidan oʻtkazilgan qabul sinov dalolatnomasining nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtortransport vositalariga gaz ballon jihozlarini oʻrnatish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyekti avtotransport vositasining alohida modellari konstruksiyasining texnik loyihasi nusxasini ham taqdim etadi. DYHXBB mazkur xatboshida koʻrsatilgan hujjatga qoʻshimcha ravishda tegishli organlardan quyidagi hujjatlarni mustaqil ravishda soʻrab oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan ballonlarni texnik tekshirish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnomaning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzstandart” agentligi tomonidan berilgan gaz ballon uskunalari ulanmalarining germetikligi va ishonchliligini sinovdan oʻtkazish boʻyicha laboratoriyaning akkreditatsiya guvohnomasi nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli; jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning maʼlumotlari, shuningdek mazkur tadbirkorlik subyekti bajarishni yoki amalga oshirishni moʻljallayotgan harakat va (yoki) muayyan faoliyat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Murojaat etuvchidan mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Guvohnoma olish uchun zarur maʼlumotlar YHXBB tomonidan uning Internet butunjahon tarmogʻidagi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Guvohnoma olish uchun zarur hujjatlar YHXBBga murojaat etuvchi tomonidan bevosita, pochta aloqasi vositasida yoki murojaat etuvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Guvohnoma olish uchun YHXBBga taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, mazkur roʻyxat hujjatlar qabul qilingan sana haqida belgi qoʻygan holda darhol murojaat etuvchiga beriladi (yuboriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. YHXBB arizani mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab oʻn besh ish kunidan oshmagan muddatda koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tadbirkorlik subyektining arizada koʻrsatilgan xizmatlarni bajara olish imkoniyatini baholash taqdim etilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi, shuningdek guvohnoma berish yoki guvohnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror YHXBB tomonidan mustaqil ravishda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tadbirkorlik subyektiga guvohnoma berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan hollarda YHXBB rahbari mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladigan va YHXBBning muhri bilan tasdiqlanadigan guvohnomani imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. YHXBB ushbu qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kech boʻlmagan muddatda murojaat etuvchiga (tadbirkorlik subyektiga) guvohnomani beradi (yuboradi) yoki uni yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. YHXBB berilgan guvohnomalar reyestrini Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan tartibda yuritadi, shuningdek uni oʻzining Internet butunjahon tarmogʻidagi rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan guvohnomalar reyestridagi maʼlumotlar barcha foydalanishi uchun ochiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Guvohnoma berish quyidagi asoslarga koʻra rad etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat etuvchi tomonidan mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat etuvchi tomonidan ruxsat etuvchi talablar va shartlarga rioya etilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat etuvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 16-bandiga muvofiq tadbirkorlik subyektining arizada koʻrsatilgan xizmatlarni bajara olish imkoniyatini oʻrganish va baholash natijalariga koʻra tayyorlangan, YHXBBning asoslangan salbiy xulosasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma berishni boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Guvohnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan hollarda murojaat etuvchiga yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va murojaat etuvchi koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, takroran murojaat qilishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan rad etish haqida xabarnoma yuboriladi (beriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad etish haqida yozma xabarnoma olgandan keyin murojaat etuvchi bir oy muddatda rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Guvohnoma berishda rad uchun asos boʻlgan sabablar murojaat etuvchi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, guvohnoma berish yoki uning berilishini rad etish YHXBB tomonidan murojaat etuvchining rad etish sabablarini bartaraf etganligi toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda YHXBB tomonidan murojaat etuvchiga avval yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda bayon etilmagan rad etish sabablarini koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan muddat tugagandan keyin berilgan takroriy ariza yangi berilgan hisoblanadi va YHXBB tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Murojaat etuvchi guvohnoma berish rad etilganligi, shuningdek YHXBB mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ruxsatnoma berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ruxsatnoma YHXBB tomonidan mazkur Nizomga 4-ilovadagi sxemaga muvofiq 1 yil muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma tadbirkorlik subyektiga avtomototransport vositasi egasining (yuridik yoki jismoniy shaxsning) quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda mazkur Nizomga tegishli ravishda 5 va 6-ilovalarga muvofiq shakllarda beriladigan arizalariga asosan beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi — jismoniy shaxslar uchun (fuqarolik pasporti, 16 yoshga toʻlmaganlar uchun — tugʻilganlik haqida guvohnoma, harbiy xizmatchilar uchun — harbiy qism va harbiy muassasa qoʻmondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnoma yoki harbiy guvohnoma (harbiy xizmatga majburlarning harbiy guvohnomalari bundan mustasno), chet el fuqarolari uchun — Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki chet el fuqarosining ichki ishlar organlari tomonidan doimiy yoki vaqtincha yashash joyi haqida belgi qoʻyilgan milliy pasporti, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun — fuqaroligi boʻlmagan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositasining roʻyxatdan oʻtish guvohnomasi (texnik pasport, texnik talon) yoki avtomototransport vositasining mazkur egaga tegishli ekanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositasini qayta jihozlash uchun tadbirkorlik subyektini tanlash uning egasi tomonidan amalga oshirilishi mumkin, bu haqda arizada koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Murojaat etuvchidan mazkur Nizomning 27-bandida nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ruxsatnoma olish uchun zarur maʼlumotlar YHXBB tomonidan uning Internet butunjahon tarmogʻidagi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar YHXBBga murojaat etuvchi tomonidan bevosita, pochta aloqasi vositasida yoki murojaat etuvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ruxsatnoma olish uchun YHXBBga taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, mazkur roʻyxat hujjatlar qabul qilingan sana haqida belgi qoʻygan holda darhol murojaat etuvchiga beriladi (yuboriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. YHXBB arizani mazkur Nizomning 27-bandida nazarda tutilgan hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab oʻn besh ish kunidan oshmagan muddatda koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Tadbirkorlik subyektining arizada koʻrsatilgan xizmatlarni bajara olish imkoniyatini baholash (arizada koʻrsatilgan hollarda), shuningdek ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish YHXBB tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tadbirkorlik subyektiga ruxsatnoma berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan hollarda YHXBB ushbu qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kech boʻlmagan muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda ruxsatnoma rasmiylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektiga ruxsatnoma beradi (yuboradi) yoki uni yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositasi egasini yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta jihozlash oʻtkazilgandan keyin qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun mazkur avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining yoʻl harakati xavfsizligi hududiy boshqarmalariga ruxsatnomaning nusxasini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ruxsatnoma berish quyidagi asoslarga koʻra rad etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat etuvchi tomonidan mazkur Nizomning 27-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti tomonidan ruxsat etuvchi talablar va shartlarga rioya etilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat etuvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 33-bandiga muvofiq tayyorlangan tadbirkorlik subyektining arizada koʻrsatilgan xizmatlarni bajara olish imkoniyatini baholash natijalariga koʻra tayyorlangan, YHXBBning asoslangan salbiy xulosasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma berishni boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan hollarda murojaat etuvchiga yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va murojaat etuvchi koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, takroran murojaat qilishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan rad etish haqida xabarnoma yuboriladi (beriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma berishni rad etish haqida yozma xabarnoma olgandan keyin murojaat etuvchi oʻn kun muddatda rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ruxsatnoma berishda rad uchun asos boʻlgan sabablar murojaat etuvchi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, ruxsatnoma berish yoki uning berilishini rad etish YHXBB tomonidan murojaat etuvchining rad etish sabablarini bartaraf etganligi toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda YHXBB tomonidan murojaat etuvchiga avval yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda bayon etilmagan rad etish sabablarini koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Mazkur Nizomning 36-bandida koʻrsatilgan muddat tugagandan keyin berilgan takroriy ariza yangi berilgan hisoblanadi va YHXBB tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Murojaat etuvchi ruxsatnoma berish rad etilganligi, shuningdek YHXBB mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Guvohnoma va ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, dublikatini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan hollarda tadbirkorlik subyekti yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazish amalga oshirilgan kundan boshlab yetti ish kuni ichida, koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda guvohnoma yoki ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida YHXBBga ariza berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxsning unga berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat joyi oʻzgargan hollarda tadbirkorlik subyekti qayta roʻyxatdan oʻtkazish amalga oshirilgan kundan boshlab yetti ish kuni ichida koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda guvohnoma yoki ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida YHXBBga ariza berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar murojaat etuvchi tomonidan YHXBBga bevosita, pochta aloqasi vositasida yoki elektron shaklda ularning qabul qilinganligi haqida xabardor qilgan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar murojaat etuvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat etuvchidan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Guvohnoma yoki ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish va berish YHXBB tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda guvohnoma yoki ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida amalga oshiriladi. Guvohnomani qayta rasmiylashtirishda YHXBB berilgan guvohnomalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Guvohnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar guvohnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza bergan tadbirkorlik subyekti yoki uning huquqiy vorisi (merosxoʻri) arizada koʻrsatilgan harakatni va (yoki) faoliyatni guvohnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida berilgan, YHXBBning ariza qabul qilingan sana toʻgʻrisidagi belgisi qoʻyilgan arizasi asosida bajaradi yoki amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Guvohnomaning amal qilish muddati tadbirkorlik subyektining murojaatiga asosan uzaytiriladi. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uni berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Guvohnoma yoki ruxsatnoma yoʻqolgan yoxud yaroqsiz holga kelgan taqdirda murojaat etuvchining murojaati asosida (guvohnoma va ruxsatnoma yaroqsiz holga kelgan taqdirda uning asli ilova qilingan holda) ularning dublikati beriladi. YHXBB ariza qabul qilingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda guvohnoma yoki ruxsatnomaning dublikatini berishi (yuborishi) shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Tadbirkorlik subyekti oʻzi tomonidan qayta jihozlangan avtomototransport vositasi egasiga qayta jihozlash amalga oshirilganligi haqida yozuv kiritilgan, guvohnoma nusxasining tartib raqami va berilgan sanasi koʻrsatilgan holda guvohnoma nusxasini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur guvohnoma nusxasi tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadi, uning muhri bilan tasdiqlanadi va qayta jihozlangan avtomototransport vositasini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Arizani koʻrib chiqish, guvohnoma va ruxsatnomani berish, qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish va dublikatini berish uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Guvohnoma va ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida guvohnoma va avtotransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida guvohnoma olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida guvohnoma va avtotransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻiga
Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida guvohnoma berish toʻgʻrisida
ARIZA
_____________________________________________________________________________ ga guvohnoma berishingizni soʻrayman
(Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida guvohnoma va avtotransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandiga muvofiq)
Rahbar
____________________________________
______________________________________
(imzo)
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan holda firma blankasida; jismoniy shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyekti uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari, tadbirkorlik subyekti bajarmoqchi yoki amalga oshirmoqchi boʻlgan harakat va (yoki) muayyan faoliyat koʻrsatilgan holda toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida guvohnoma va avtotransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida GUVOHNOMA № ______
5. Amal qilish muddati 20____yil “____” ______________gacha
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻi
___________
________________
(imzo)
(familiyasi, ismi, otasining ismi.)
M.Oʻ.
20____yil “____” ____________.
6. Guvohnoma nusxasi _____-son
7. _____________________________________________ transport vositasi qayta jihozlandi. ______________________________________________________________________________________________________________________
(transport vositasining markasi, turi va roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi)
Tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxsi
_________
______________
(Imzo)
(familiyasi, ismi, otasining ismi.)
M.Oʻ.
20____yil “____” ____________.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1, 2, 3, 4 va 5-bandlar YHXBB tomonidan, 6 va 7-bandlar esa — tadbirkorlik subyekti tomonidan toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Avtotransportni qayta jihozlash faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyekti, guvohnoma asosida qayta jihozlangan transport vositasining egasiga mazkur guvohnomaning koʻchirma nusxasini qayta jihozlanganligi toʻgʻrisidagi yozuv kiritgan holda, koʻchirma nusxaning tartib raqami va qayta jihozlangan transport egasiga taqdim etilgan sanani koʻrsatgan holda taqdim etiladi. Mazkur guvohnomaning koʻchirma nusxasi tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadi, muhri bilan tasdiqlanadi va qayta jihozlangan avtortransport vositasining Oʻzbekiston Respublikasi YHXBB organlarida qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatga olish va qayta roʻyxatga olish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida guvohnoma va avtotransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida guvohnoma va avtotransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻiga
Avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish toʻgʻrisida ARIZA
___________________________________________________________________________________________ ga ruxsat berishingizni soʻrayman
(qayta jihozlash turi, markasi, turi va roʻyxatd�n oʻtkazish davlat raqami belgisi, qayta jihozlashni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektining nomi va joylashgan manzili)
(Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida guvohnoma va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 27-bandi talablariga muvofiq)
Rahbar
_____________________
__________________
(imzo)
(familiyasi, ismi, otasining ismi.)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ariza yuridik shaxs — transport egasi tomonidan firma blankasida nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan holda toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida guvohnoma va avtotransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻiga ______________________dan (arizachining familiyasi, ismi, otasining ismi)
arizachining pochta manzili:________________
telefon raqami:________________
Avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish toʻgʻrisida ARIZA
________________________________________________________________________________________ ga ruxsatnoma berishingizni soʻrayman _______________________________________________________________________________________________________________________
(qayta jihozlash turi, markasi, turi va roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi, qayta jihozlashni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektining nomi va joylashuv manzili)
(Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida guvohnoma va avtotransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 27-bandi talablariga muvofiq)
___________________
__________________
(imzo)
(familiyasi, ismi, otasining ismi.)
“_____”_________20____yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ariza jismoniy shaxs tomonidan familiyasi, ismi, otasining ismi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari koʻrsatilgan holda toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida guvohnoma va avtotransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositasini qayta jihozlashga RUXSATNOMA
(tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning nomi, joylashgan manzili (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli; tadbirkorlik subyekti-jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari)
____________________________________________________________________________ avtomototransport vositasini qayta jihozlash uchun ________________________________________________________________________________________________________________________
(transport vositasi markasi, turi va roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi)
Transport vositasining egasi ________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
(yuridik shaxsning nomi, joylashgan manzili (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli; jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, shaxsni tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari)
Qayta jihozlash turi _______________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________________________________
Alohida sharoit va talablari ________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Amal qilish muddati: 20____yil “____” ____________gacha
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻi
_________
______________
(imzo)
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Mazkur ruxsatnoma shakli Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB blankasida toʻldiriladi, ruxsatnomaning koʻchirma nusxasi transport vositasi egasiga xabarnoma tariqasida, avtomototransport vositasi qayta jihozlangandan soʻng uni qayta roʻyxatga olishni rasmiylashtirish uchun hamda tegishliligi boʻyicha transport vositasi roʻyxatga olingan Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIVga, Toshkent shahar IIBBga va viloyatlar IIBga yuboriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2018-y., 09/18/138/0815-son)