25.01.2018 yildagi PQ-3494-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, fuqarolarning sog‘liqni saqlashga doir huquqlarini davlat tomonidan kafolatlanishini ta’minlash, fuqarolarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining barcha qatlamlarini tibbiy xizmatdan foydalanishi uchun sharoit yaratish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yilda tez tibbiy yordam xizmati uchun 1269 ta ixtisoslashtirilgan avtotransport xarid qilindi va bu hududlarning ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalariga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qoplash imkonini berdi, tez tibbiy yordam xizmatini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash esa 2 baravar ko‘paydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shoshilinch tibbiy yordam xizmati faoliyatining tashkiliy asoslari shakllantirilganiga qaramay, hanuzgacha uning samaradorligi zamon talablariga javob bermaydi, tez tibbiy yordam ko‘chma brigadalarining dori vositalari va tibbiy buyumlar, shuningdek ixtisoslashtirilgan tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi yetarli emasligicha qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4985-sonli Farmoniga muvofiq hamda shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada takomillashtirish, shu jumladan tez tibbiy yordam xizmatining tezkorligi, samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam mulkiy shakli va boshqaruvidan qat’i nazar barcha tibbiyot muassasalarida aholiga bepul ko‘rsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayot uchun xavf tug‘diruvchi holatlarda tibbiyot muassasalariga shoshilinch tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan shaxslarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatishni rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2018-yilda shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi (bundan buyon — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tez tibbiy yordam xizmatining sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini muassasalari bilan samarali integratsiyasini ta’minlash mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish orqali tez tibbiy yordam xizmati samaradorligini, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi va sifatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (bundan buyon — RSHTYOIM), uning filiallari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlarini moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tez tibbiy yordam xizmati ixtisoslashtirilgan avtotransportini zamonaviy tibbiy uskunalar va raqamli radioaloqa vositalari (ratsiyalar) bilan jihozlash va qo‘shimcha jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal rivojlantirishni ta’minlaydigan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlari hamda ilg‘or texnologiyalarni hisobga olgan holda tibbiy kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi va RSHTYOIM hududiy filiallari tez tibbiy yordam stansiyalari negizida butun respublika hududida tez tibbiy yordamni shoshilinch chaqirishga mo‘ljallangan tunu-kun ishlaydigan yagona telefon raqamining uzluksiz faoliyatini ta’minlaydigan Call-markazlar tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi maqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tez tibbiy yordam tizimini ixtisoslashtirilgan avtotransport bilan jihozlash normativlari va ulardan foydalanish muddatlari 2-ilovaga muvofiq, shuningdek, tez tibbiy yordam xizmati ko‘chma brigadasini tibbiy uskunalar va inventarlar bilan jihozlash tabeli 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rnatilgan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda tez tibbiy yordam to‘g‘risida nizom hamda tez tibbiy yordam brigadalarini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlashning yangilangan normativlarini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror qabul qilinishini inobatga olgan holda bir oy muddatda, bemorlarni respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga shoshilinch yotqizilishini talab etuvchi kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar Ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar to‘liq va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Call-markazlar faoliyatini tashkil etish uchun shifokor, o‘rta tibbiy va texnik xodimlar lavozimlarini joriy etish yo‘li bilan tez tibbiy yordam xizmatining yangilangan shtat me’yorlarini qayta ko‘rib chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, shuningdek, ularni aholiga samarali va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan malakali tibbiy kadrlar bilan qo‘shimcha ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018-yil 1-fevralidan tez tibbiy yordam brigadalari haydovchilariga ularga bemorlarni tashish bo‘yicha qo‘shimcha ravishda yuklatilgan funksiyalarni bajargani uchun, agar sanitar shtati mavjud bo‘lmasa, tarif stavkasida 30 foiz miqdorida ustama to‘lashni joriy qilish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu qaror va Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni bajarish uchun har yili zarur budjet mablag‘lari ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari rahbarlari tez tibbiy yordam tizimining avtogaraj xo‘jaligiga doir talablarga rioya etilishi, uning moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlanganligi, shuningdek, tez tibbiy yordam brigadasi ixtisoslashtirilgan avtotransportining uzluksiz ishlashi uchun shaxsan javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Investitsiyalar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun xorijiy davlatlar, xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlarini (zayomlarini) va grantlarini hamda boshqa budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish yuzasidan zarur choralar ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy muddatda tibbiyot muassasalari rahbarlarini mazkur muassasalar tomonidan shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatishni asossiz ravishda rad etilgani uchun ma’muriy javobgarlikga tortishni nazarda tutuvchi, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2018-yilda shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi bajarilishining tahlillariga asosan, 2019-yilda shoshilinch tibbiy yordam tizimidagi kompleks tadbirlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R. Qosimov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q. Akmalov zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 25-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3494-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi PQ-3494-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilda shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Ijro muddatlari

Summa

Moliyalashtirish manbalari

Ijrochilar

Amalga oshirish shakli

Shoshilinch tibbiy yordam sifatini oshirish, kasalliklarga tashxis qo‘yish va davolashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va joriy qilish

1.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (keyingi o‘rinlarda — RSHTYOIM) Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi va RSHTYOIM hududiy filiallari tez tibbiy yordam stansiyalari negizida butun respublika hududida tez tibbiy yordamni shoshilinch chaqirishga mo‘ljallangan tun-u kun ishlaydigan yagona telefon raqamining uzluksiz faoliyatini ta’minlaydigan Call-markazlar tashkil etish.

2018-yil 1-maygacha

7,4 mlrd so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev), Moliya vazirligi

Haydarov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(A. Xaitov)

Normativ-huquqiy hujjat

2.

Tez tibbiy yordam ko‘rsatishning yagona standartlaridan kelib chiqqan holda ixtisoslashtirilgan va umumiy yo‘nalishdagi ko‘chma brigadalar, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda harakatlanuvchi brigadalar uchun klinik protokollarni tasdiqlash va joriy qilish.

2018-yil 1-maygacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev)

Idoraviy hujjat

3.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda, RSHTYOIM mutaxassislarining amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida hududlarga muntazam safarlarini tashkil qilish:

mahorat darslari o‘tish va RSHTYOIM filiallari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalaridagi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlari, shuningdek, hududlardagi tez tibbiy yordam xizmati amaliyotiga zamonaviy usullar va texnologiyalarni tatbiq qilish;

safarga chiquvchilar tarkibini kamida uch nafar talab eng yuqori bo‘lgan mutaxassislar bilan to‘ldirish;

tashxis qo‘yish va davolashning zamonaviy, yuqori texnologiyaga asoslangan usullarini tatbiq qilgan holda, o‘z yo‘nalishiga tegishli bemorlarning davolash-maslahat yordami bilan keng qamrab olinishini ta’minlash.

Har oy

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev)

Idoraviy hujjat

II. Shoshilinch tibbiy yordam tizimi va tez tibbiy yordam xizmati tibbiy muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

4.

Tez tibbiy yordam xizmatining maxsus avtotransport vositalarini tibbiy jihoz komplektlari bilan bosqichma-bosqich jihozlash (to‘liq jihozlash), shu jumladan:

“Salomatlik 3” loyihasi doirasida Jahon banki mablag‘lari hisobidan 231 ta reanimobilni jihozlash;

umumiy yo‘nalishdagi tez tibbiy yordam brigadalarining 1200 ta avtomashinasini jihozlash hamda 712 ta avtomashinasini to‘liq jihozlash.

2018-yil

1-aprelgacha






2018-yil

1-avgustgacha

4,1 mln

AQSH doll.






5,0 mln

AQSH doll.

Jahon banki mablag‘lari

Xalqaro moliya institutlaridan jalb qilinadigan mablag‘lar

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Xadjibayev),
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi
(A. Axmedxodjayev)

Kompleks chora-tadbirlar

5.

Xalqaro va mahalliy maslahat xizmatlarini jalb qilgan holda, “Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish” loyihasini tayyorlash;

“Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish” loyihasining TIHKni tayyorlash.

2018-yil 1-aprelgacha


2018-yil 1-aprelgacha

186,2 ming

AQSH doll.



50,0 ming

AQSH doll.

Jahon banki mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Xadjibayev),
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi
(A. Axmedxodjayev)

Chora-tadbirlar rejasi

6.

Tez tibbiy yordam xizmati brigadalarini zamonaviy radioaloqa vositalari (ratsiyalar) va GPS-navigatsiya tizimlari bilan, shuningdek, butun respublika hududida tez tibbiy yordamni shoshilinch chaqirishga mo‘ljallangan yagona telefon raqamining uzluksiz faoliyatini ta’minlash.

2018-yil 1-oktabrgacha

9,6 mlrd so‘m

Mahalliy budjet mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Kompleks chora-tadbirlar

7.

Tez tibbiy yordam brigadalarini tasdiqlangan me’yorlarga muvofiq dori vositalari, tibbiyot buyumlari va sarf materiallari bilan ta’minlash.

2018-yil 30-iyungacha

18,25 mlrd. so‘m

Mahalliy budjet mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev),

Moliya vazirligi

(Haydarov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Har yili tasdiqlanadigan xarajatlar smetalari

III. Tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish

8.

Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash maqsadida RSHTYOIM qoshida ilmiy darajalar berish bo‘yicha ixtisoslashgan ilmiy kengash tashkil qilish.

1-iyungacha

2018-yil

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Xadjibayev), Oliy attestatsiya komissiyasi
(A. Yusupov)

Chora-tadbirlar rejasi

9.

Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimining shifokorlari va o‘rta tibbiy bo‘g‘in xodimlari, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlari, shu jumladan shoshilinch va tez tibbiy yordam tizimidagi kamida 50 nafar gospital bo‘g‘ini shifokorlarini xorijiy mamlakatlarning yetakchi klinikalarida qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish.

yil davomida

2,2 mlrd so‘m

Davlat budjeti mablag‘laribudjeta

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev), Moliya vazirligi

(A. Haydarov)

2018-yil uchun tasdiqlangan Chora-tadbirlar rejasi

10.

Shoshilinch holatlarda tashxis qo‘yish va davolashning yangi samarali texnologiyalarini yaratish bo‘yicha ustuvor, shu jumladan intervension kardiologiya, kardioxirurgiya, neyroxirurgiya, mikroxirurgiya, endovideoxirurgiya, transplantologiya metodlari yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish.

yil davomida

Davlat budjeti mablag‘lari, grant mablag‘lar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev)

2018-yil uchun tasdiqlangan Chora-tadbirlar rejasi

11.

Sohadagi yetakchi xorijiy tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish, shoshilinch tibbiyot sohasida qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish.

yil davomida

Homiylar mablag‘lari va grantlar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev)

Memorandumlar

12.

Shoshilinch tibbiy yordam tizimi tibbiy xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish uchun xalqaro tashkilotlarning grantlarini, shu jumladan “O‘zbekistonda tez tibbiy yordam xizmati salohiyatini oshirish” loyihasini amalga oshirish uchun Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash fondi (KOFIN) grantini jalb qilish.

2018-yil 1-noyabrgacha

1,0 mln AQSH doll.

KOFIN grantlari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Xadjibayev),
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi
(A. Axmedxodjayev)

Memorandum

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Dastur tadbirlarini amalga oshirish uchun jami xarajatlar:

37,45 mlrd. so‘m va 10,34 mln AQSH dollari

shundan:

mlrd.so‘m

mln. AQSH dollari

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

9,600

xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari

10,34

mahalliy budjet mablag‘lari,

shu jumladan:

27,850

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1,319

Andijon viloyati

2,944

Buxoro viloyati

2,081

Jizzax viloyati

1,112

Qashqadaryo viloyati

2,390

Navoiy viloyati

0,822

Namangan viloyati

3,144

Samarqand viloyati

2,592

Surxondaryo viloyati

2,189

Sirdaryo viloyati

0,974

Toshkent viloyati

2,526

Farg‘ona viloyati

2,955

Xorazm viloyati

1,170

Toshkent shahri

1,634

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: har bir loyihaning yakuniy qiymati loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, o‘tkazilgan savdolar (tanlovlar) natijalari bo‘yicha hamda kelishuvlarga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi PQ-3494-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tez tibbiy yordam tizimini maxsus avtotransport bilan ta’minlash me’yorlari va ulardan foydalanish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ME’YORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Aholi punkti toifalari

Jihozlash me’yorlari

I. Zambilli sanitar avtomobillar

1.1

Shahar va qishloq aholisi uchun.

Har 13 ming kishiga 1 ta zambilli sanitar avtomobil*

1.2

M-39 xalqaro avtomobil trassasining Qamchiq dovoni uchastkasida.

Har 20 km uchun 1 ta zambilli sanitar avtomobil (trassa bo‘yidagi tibbiy punktlarning ishini ta’minlash uchun).

1.3

Reanimobillar.

Reanimobillar soni zambilli sanitar avtomobillar umumiy sonining kamida 10 foizini tashkil qilishi lozim.

II. Maxsus avtotransportdan foydalanish muddatlari

2.1

Sanitar avtomobillardan shahar sharoitida foydalanishda

8 yil

2.2

Sanitar avtomobillardan qishloq va tog‘li hududlarda foydalanishda

7 yil

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga 10 dona maxsus avtotransport vositasi (Toshkent viloyati va Toshkent shahri aholisi uchun), shuningdek, har 500 000 kishi uchun hisoblagan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga 1 donadan maxsus avtotransport vositalari ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaning olis hududlaridagi aholiga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligiga hududlarning geografik joylashuvidan kelib chiqqan holda mazkur normativga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi PQ-3494-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitta tez tibbiy yordam ko‘chma brigadasini tibbiy moslamalar va inventar bilan ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TABELI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Nomlanishi

Soni

Tibbiy moslamalar

Maxsus brigadalar uchun

Umumiy yo‘nalishdagi brigadalar uchun

1.

Portativ EKG

1

1

2.

Portativ defibrillyator

1

-

3.

Ambu xaltachasi

1

1

4.

O‘pkani sun’iy havolantirish portativ apparati, kislorod balloni bilan

1

-

5.

Portativ mexanik aspirator (so‘rgich)

1

-

Immobilizatsion vositalar

6.

Bel taxtasi

1

1

7.

Bolalar va kattalar uchun ko‘p martalik foydalaniladigan immobilizatsion vositalar (shinalar komplekti)

Bo‘yin tutgich:

1

1

kattalarniki,

2

2

bolalarniki

1

1

8.

Zambil

1

1

Tibbiy sandiqcha

9.

Tibbiy sumka (keys)

1

1

10.

Laringoskop

1

-

11.

Tonometr/fonendoskop

1

1

12.

Tibbiy termometr

1

1

13.

Qon to‘xtatuvchi jgut

1

1

14.

Diagnostik lampa (chiroqcha)

1

1

15.

Pulsoksimetr

1

-

16.

Nevrologik bolg‘acha

1

1

17.

Og‘iz ochgich

1

1

18.

Tilni tutib turish asbobi

1

1

19.

Pinset

1

1

20.

Qaychi

1

1

21.

Jane shpritsi

1

1

22.

Oshqozon zondi

1

1

23.

Peshob kateteri

1

1

24.

Sterillangan bint, 5m x 10sm yoki 7m x14sm

3

2

25.

Sterillanmagan bint, 5m x 10sm yoki 7m x14sm

2

2

26.

Sterillangan salfetka № 10

1 komplekt

1 komplekt

27.

2.0; 5.0; 10.0 hajmli bir martalik shpritslar

10 donadan

10 donadan

28.

Bir martalik sistema

4

-

29.

Leykoplastir

1

1

30.

Intubatsion trubkalar: 6.0, 7.0, 7.5, 8.0 o‘lchamda

1 donadan

-

31.

Bir martalik tibbiy ko‘rik qo‘lqoplari

20 donadan

20 donadan

32.

Sterillangan tibbiy qo‘lqoplar

2 juft

-

33.

Tibbiy vata, 100 grammlik

100 gramm

100 gramm

34.

EKG lentasi

1 rulon

1 rulon

35.

Bir martalik shpatel

5

5

Yumshoq jihozlar (maxsus avtotransport salonida)

36.

Matrats

1

1

37.

Yostiq

1

1

38.

Choyshab

1

1

39.

Yo‘rgak

1

1

40.

Sochiq

1

1

Maxsus kiyim-bosh

41.

Tibbiy forma

1

1

42.

Tibbiy xodimlar uchun beyjik

1

1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Har bir podstansiyadagi dispetcher xonasida tug‘ruq bo‘yicha chaqiruvlar bo‘lganda ko‘chma brigadalar tomonidan foydalaniladigan akusherlik sandiqchasi bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akusherlik sandiqchasida quyidagilar saqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir martalik xalat — 1 dona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Taglik kleyonka — 1 dona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sterillangan jarrohlik qo‘lqopi — 2 juft;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Grusha — 1 dona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qisqich — 2 dona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qaychi — 1 dona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bog‘lash materiali (sterillangan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sterillangan yo‘rgak — 2 dona.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 07/18/3494/0624-son; 13.11.2020-y., 06/20/6110/1512-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son)