Mamlakatda eksport-import operatsiyalarini tartibga solish va soddalashtirish, talab yuqori bo‘lgan oziq-ovqat tovarlarini import qilishda to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, nosog‘lom raqobat, oziq-ovqat mahsulotlari importining ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan monopollashtirilishi, sun’iy taqchillikni yuzaga keltirish va ba’zi tovarlar uchun narx-navoning asossiz oshirilishi, oqibatda, bu asosda qo‘shimcha foyda olish uchun shart-sharoitlar yaratuvchi jiddiy tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.
Bozorda ayrim import qiluvchilarning ustun mavqega ega bo‘lishiga ular uchun individual imtiyoz va preferensiyalarning taqdim qilinganligi, ularning faoliyati uchun eksklyuziv sharoitlar yaratilganligi ko‘maklashgan, bu esa boshqa tadbirkorlik subyektlarining bozorga kirish imkoniyatini cheklashga olib kelmoqda.
Mazkur sohada yuzaga kelgan vaziyat ishchanlik faolligini va O‘zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini pasaytiradi, xalqaro maydonda mamlakatning obro‘siga jiddiy ziyon yetkazadi.
Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash, bozorni sifatli, xavfsiz va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish, aholining xarid imkoniyatlarini mustahkamlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish va sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, shuningdek, mazkur sohadagi mavjud tizimli muammolarga barham berish maqsadida:
1. 2018-yil 1-fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasiga oziq-ovqat tovarlarini import qilish bo‘yicha ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarga taqdim qilingan individual bojxona, soliq va boshqa imtiyozlar, shuningdek, boshqa preferensiyalar bekor qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan respublikaga oziq-ovqat tovarlarini olib kirish bo‘yicha ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarga individual bojxona, soliq va boshqa imtiyozlar, shuningdek, boshqa preferensiyalar taqdim etishni nazarda tutuvchi qarorlarning qabul qilinishi taqiqlansin.
Belgilansinki, ushbu band talablari buzilgan hollarda aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi, Respublika universal agrosanoat birjasi, Savdo-sanoat palatasi hamda boshqa tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda:
2018-yilga oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchilarni izlab topish va jalb qilish, ular uchun bozorga kirishda teng sharoitlar yaratish, ularga shartnomalar tuzish, kiritilgan mahsulotlarni tashish va saqlashda ko‘maklashish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar, shuningdek, aholining sifatli, arzon oziq-ovqat tovarlariga bo‘lgan talabini to‘liq qanoatlantirishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni ishlab chiqishni;
respublikaning barcha hududlarida davlat-xususiy sheriklik shartlarida ixtisoslashtirilgan omborxona imoratlari, omborlar, muzlatish kameralari, oziq-ovqat tovarlarini qayta ishlash va qadoqlash bo‘yicha zamonaviy yuqori texnologik, energiya samarador uskunalarni tashkil etishni ta’minlasin.
iste’mol tovarlarini respublika tovar-xomashyo birjalarida sotish (sotib olish)ga taqiq bekor qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
iste’mol tovarlarini tovar-xomashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida sotish (sotib olish) uchun ulgurji savdoni amalga oshirishga litsenziya mavjudligi talab etilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oziq-ovqat mahsulotlarining rejalashtirilayotgan xaridi, to‘g‘risidagi batafsil axborot har oy O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida e’lon qilib boriladi;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
birja brokerlari tijorat banklariga mijoz — norezident nomidan tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida mahsulotlarni sotishdan olingan mablag‘lar hisobidan xorijiy valyutani sotib olish (sotish)ga talabnoma berish, norezident — yuridik shaxslar esa O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida hisob raqamlari ochish va tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida mahsulotlarni sotishdan olingan mablag‘lar hisobidan xorijiy valyutani sotib olish (sotish)ni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish tartibini chayqovchilik va boshqa suiiste’molchilik hollariga imkon bermaydigan choralarni nazarda tutgan holda belgilash to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasi;
bozorni sifatli, xavfsiz va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish, agrar kompleksni rivojlantirish, ijtimoiy va davlat-xususiy sheriklikning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish, oziq-ovqat bozori barqarorligiga tahdidlarni o‘z vaqtida bartaraf etish, oziq-ovqat tovarlari importini qulay bojxona-tarif tartibga solish bo‘yicha choralarni belgilovchi “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasining ishlab chiqilishi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin.
5. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-martga qadar muddatda tovar-xomashyo birjalari tomonidan foydalanilayotgan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni axborotdan erkin foydalanish va uning ochiqligi, jumladan ma’lumotlarni chet tillarda (rus, ingliz tillari) joylashtirish, amalga oshirilayotgan operatsiyalarning shaffofligini, shuningdek, o‘tkaziladigan elektron savdolarga aralashish va ularning natijalarini buzib ko‘rsatish imkoniyatini istisno etishni nazarda tutgan holda tubdan takomillashtirishni ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda oziq-ovqat tovarlariga bojxona to‘lovlari stavkalari, bojxona tartib-taomillari va respublika bojxona chegarasi orqali tovarlarni tashish tizimining tanqidiy o‘rganilishini hamda bojxona to‘lovlari stavkalarini optimallashtirish, ortiqcha to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish, jumladan tartib-taomillarni “yagona darcha” tamoyili asosida rasmiylashtirishga o‘tish orqali tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi tartib-taomillarini maksimal soddalashtirish va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda chakana savdo va xizmatlar ko‘rsatishni tartibga soluvchi qonunchilikni ortiqcha to‘siq va g‘ovlar, davlat tomonidan tartibga solishning asossiz choralarini bartaraf etish nuqtai nazaridan tanqidiy tahlil qilsin, shuningdek, natijalari bo‘yicha mazkur sohani tubdan takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin;
oziq-ovqat tovarlari narxini pasaytirish va barqarorlashtirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdagi sansalorlik va byurokratiyani bartaraf etish, shuningdek, respublikada ishchanlik muhitini yaxshilash bo‘yicha asoslantirilgan takliflar kiritish maqsadida tadbirkorlik subyektlari, jumladan ahamiyatga molik oziq-ovqat tovarlarini eksport va import qiluvchilar, chet ellik investorlar va xorijiy hamkorlar bilan doimiy asosda muntazam ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa idoralarning axborot ma’lumotlar bazalaridan masofadan turib foydalanish imkoniyatini yaratsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va uning hududiy tuzilmalari rahbarlari bojxona tartib-taomillarini amalga oshirishda sun’iy to‘siqlar yaratish, sansalorlik va suiiste’molchilik holatlariga yo‘l qo‘yganlik uchun shaxsiy javobgarligi haqida qat’iy ogohlantirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. 2020-yil 1-yanvarga qadar muddatga bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilinadigan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyolarning ayrim turlari ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5564-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2018-y., 06/18/5564/2137-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-122-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son)
11. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
T/r | Tovarning nomlanishi | TIF TN bo‘yicha kodi |
1. | Tirik yirik qoramol | 0102 |
2. | Tirik qo‘y va echkilar | 0104 |
3. | Yirik qoramol go‘shti, barra yoki sovutilgan | 0201 |
4. | Barra, sovutilgan (muzlatilganidan tashqari) qo‘y yoki echki go‘shti | 0204 |
41. | Yangi va sovitilgan kartoshka | 0701 |
42. | Guruch | 1006 |
5. | Soya loviyasi, maydalangan yoki maydalanmagan | 1201 |
6. | Kungaboqar urug‘i, maydalangan yoki maydalanmagan | 1206 00 |
7. | Kunjut urug‘i | 1207 40 |
8. | Xushbo‘y hid va ta’m beruvchi yoki ranglantiruvchi qo‘shimchalarsiz shakar xomashyosi | 1701 12 — 1701 14 |
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5596-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2018-y., 06/18/5596/2298-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoniga asosan izoh bilan to‘ldirilgan — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)