Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.04.2013 17.08.2004 yildagi 399-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.04.2013
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA TOVARLAR VA TRANSPORT VOSITALARINI ChETDAN VAQTINChALIK OLIB KELISh ShARTLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-apreldagi 106-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida tovarlar va transport vositalarini vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) shartlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi qoidalarini amalga oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar va transport vositalarini chetdan vaqtinchalik olib kelish shartlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar va transport vositalarini chetdan vaqtinchalik olib kelish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar 2004-yil 15-sentabrdan boshlab amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2004-yil 15-sentabrdan boshlab tovarlarni chetdan vaqtinchalik olib kelish rejimiga qoʻyish har bir toʻliq va toʻliq boʻlmagan kalendar oy uchun bojxona bojlari va soliqlari summasining 5 foizi miqdorida davriy bojxona toʻlovlari toʻlagan holda amalga oshiriladi, ushbu toʻlovlar chetdan vaqtinchalik olib kelingan tovarlar ular bojxonada rasmiylashtirilgan kunda erkin muomala uchun chiqarish bojxona rejimiga qoʻyilgan taqdirda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 15-sentabrgacha Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga chetdan vaqtinchalik olib kelish rejimiga bojxona bojlari va soliqlardan toʻliq ozod qilgan holda qoʻyilgan tovarlar va transport vositalariga nisbatan ularni chetdan vaqtinchalik olib kelish muddati tugagungacha bojxona organlari tomonidan bojxona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlar qabul qilingan kunda amalda boʻlgan chetdan vaqtinchalik olib kelishning bojxona rejimi shartlari saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan quyidagi tovarlar chetdan vaqtinchalik olib kelish rejimiga qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga va u orqali chetdan keltirish hamda tranzit boʻyicha keltirish taqiqlangan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi, suv, quvurlar orqali tovarlar (neft, gaz) yetkazib berish, shuningdek yoqilgʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chetdan keltirilishi kvotalanadigan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sarflanadigan materiallar va sarflanadigan namunalar, xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy va yuridik shaxslari tomonidan chetdan olib kelinadigan avtotransport vositalari, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarida belgilangan hollardan tashqari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 17-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
399-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 17-avgustdagi 399-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar va transport vositalarini chetdan vaqtinchalik olib kelish qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar va transport vositalarini chetdan vaqtinchalik olib kelish shartlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Chetdan vaqtinchalik olib kelish rejimiga qoʻyiladigan tovarlar va transport vositalari oʻzgarishsiz holatda qaytarilishi kerak, tashish, saqlash va foydalanishning normal sharoitlarida tabiiy ravishda eskirish yoxud kamayish oqibatidagi oʻzgarishlardan tashqari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Chetdan vaqtinchalik olib kelishga ularni qayta olib ketishda tovarlar va transport vositalari bojxona organi tomonidan identifikatsiyalash mumkin boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Chetdan vaqtinchalik olib kelingan tovarlardan bojxona organlarining chetdan vaqtinchalik olib kelishga ruxsatnomasini olgan shaxs foydalanishi mumkin. Bojxona organining ruxsatnomasi bilan chetdan vaqtinchalik olib kelingan tovarlarni chetdan vaqtinchalik olib kelishning bojxona rejimi shartlariga rioya qilish majburiyatini oʻz zimmasiga oladigan boshqa shaxsga berishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Chetdan vaqtinchalik olib kelinadigan tovarlar va transport vositalarini bojxona bojlari va soliqlardan toʻliq ozod qilish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bojxona bojlari va soliqlardan toʻliq ozod qilish quyidagi tovarlar chetdan vaqtinchalik olib kelingan hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xorijiy davlatlar diplomatik va konsullik vakolatxonalarining hamda ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida normal faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun chetdan olib kelinadigan, shuningdek ushbu vakolatxonalarning diplomatik agentlari hamda maʼmuriy-texnik xodimi hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan ularning oila aʼzolari tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kelinadigan tovarlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday tovarlarni chetdan vaqtinchalik olib kelishga yuqorida koʻrsatilgan vakolatxonalarning Oʻzbekiston Respublikasi organlari tomonidan vakil qilingan shaxslar akkreditatsiya qilingan muddatga ruxsat etiladi va ushbu muddat ularning akkreditatsiya muddatlari uzaytirilishidan kelib chiqqan holda uzaytiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalarini vaqtinchalik olib kelishga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur kichik bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan vakolatxonalar uchun, — bir xodimga 1 ta (bitta) avtotransport vositasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur kichik bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan jismoniy shaxslarning shaxsiy foydalanishi uchun, — vakolatxonaning bir xodimiga va uning oilasining voyaga etgan aʼzosiga 1 tadan (bittadan) avtotransport vositasi, biroq bir oilaga 2 tadan (ikkitadan) ortiq boʻlmagan avtotransport vositasi hisobidan kelib chiqib yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalarini vaqtinchalik olib kelishga miqdoriy cheklashlar Oʻzbekiston Respublikasining erishilgan ahdlashuvlaridan kelib chiqib, shuningdek baravarlik shartlarida yoki muruvvat loyihalari va texnik koʻmaklashish loyihalarini amalga oshirish uchun oʻzgartirilishi mumkin. Miqdoriy cheklash oʻzgarishi toʻgʻrisidagi qaror akkreditatsiya boʻyicha vakolatli organning birinchi rahbari tomonidan qabul qilinadi, keyinchalik bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilinadi.
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-avgustdagi 174-sonli qaroriga muvofiq xatboshilar bilan toʻldirildi— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 343-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shaxsiy ehtiyojlarni qondirish uchun xorijiy fuqarolar va Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan olib kelingan tovarlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalari ushbu kichik bandning birinchi xatboshiga muvofiq chetdan vaqtinchalik olib kelingan taqdirda bojxona bojlari va soliqlardan toʻliq ozod qilish uch oygacha boʻlgan muddatga beriladi. Koʻrsatilgan muddat tugagach ularga chetdan vaqtinchalik olib kelishning bundan keyingi muddati uchun davriy bojxona toʻlovlari qoʻllanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) texnologiya asbob-uskunalari, ularga ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) transport vositalari, ularga ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va transport asbob-uskunalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan odamlar va yuklarni xalqaro tashuvlarda foydalaniladigan konteynerlar, poddonlar va koʻp martalab ishlatiladigan idishlar va upakovkalarning boshqa turlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan transport vositalari xorijiy davlatda roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlishi kerak va xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan olib kelinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan transport vositalari, ularga ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va transport asbob-uskunalari, koʻp martalab ishlatiladigan idishlar va upakovkalarning boshqa turlarini chetdan vaqtinchalik olib kelishni bojxona bojlari va soliqlardan toʻliq ozod qilish transport operatsiyalarini amalga oshirish muddatiga, lekin transport vositalari, ularga ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va transport asbob-uskunalari uchun — bir oydan koʻp boʻlmagan muddatga hamda koʻp martalab ishlatiladigan idishlar va upakovkalar uchun — uch oydan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chetdan vaqtinchalik olib kelish muddati oʻtgach koʻrsatib oʻtilgan transport vositalari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan chiqarib ketilishi yoki Oʻzbekiston Respublikasining bojxona qonun hujjatlariga muvofiq boshqacha bojxona rejimiga qoʻyilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) chetdan vaqtinchalik olib kelinishi maqsadini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida ushbu Qoidalarga ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha tovarlar. Taqdim etiladigan hujjatlarga talablar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qoidalarga ilovada koʻrsatilgan tovarlarni chetdan vaqtinchalik olib kelishga bojxona bojlari va soliqlardan bir yil muddatga toʻliq ozod qilgan holda ruxsat etiladi. Ushbu muddat tugagach koʻrsatib oʻtilgan tovarlarga chetdan vaqtinchalik olib kelishning bundan keyingi muddatiga davriy bojxona toʻlovlari qoʻllanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan bojxona bojlari va soliqlardan toʻliq ozod qilish nazarda tutilgan tovarlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Chetdan vaqtinchalik olib kelingan tovarlarga davriy bojxona toʻlovlarini qoʻllanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qoidalarning 5-bandida koʻrsatilmagan tovarlar chetdan vaqtinchalik olib kelingan taqdirda ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasiga chetdan vaqtinchalik olib kelish rejimida olib kelingan vaqtdan boshlab bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan qisman ozod qilish qoʻllanadi. Bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan qisman ozod qilingan taqdirda davriy bojxona toʻlovlari undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davriy bojxona toʻlovlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning chetdan vaqtinchalik olib kelish rejimida turgan har bir toʻliq va notoʻliq kalendar oy uchun bojxona bojlari va soliqlar summasining 5 foizi miqdorida, erkin muomaladagi valyutada hisoblab yoziladi, ular ushbu tovarlar bojxona rejimida turganda ularning chetdan vaqtinchalik olib kelish rejimida bojxona rasmiylashtirish kunida erkin muomala uchun chiqarishning bojxona rejimiga qoʻyilganda toʻlanishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy valyutada — soʻmda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ularni toʻlash kunida belgilangan kurs boʻyicha toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davriy bojxona toʻlovlari tovarlar chetdan vaqtinchalik olib kelishning bojxona rejimiga qoʻyilganda chetdan vaqtinchalik olib kelishning butun davri uchun toʻliq yoki chetdan olib kelishga ruxsatnoma olgan shaxsning tanlashi boʻyicha davriy toʻlanadi. Koʻrsatib oʻtilgan toʻlovlarni davriy toʻlash chetdan olib kelishga ruxsatnoma olgan shaxs tomonidan, bojxona organining toʻlov tartibi toʻgʻrisidagi bildirishnomasi bilan belgilanadi. Davriy bojxona toʻlovlarini toʻlash tegishli davr boshlangungacha amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undiriladigan davriy bojxona toʻlovlarining umumiy summasi chetdan vaqtinchalik olib kelish rejimida bojxonada rasmiylashtirish kunida erkin muomala (import) uchun chiqarishning bojxona rejimida ushbu tovarlarni rasmiylashtirishda toʻlash mumkin boʻlgan bojxona bojlari va soliqlar summasidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davriy bojxona toʻlovlarining toʻlangan summalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chetdan vaqtinchalik olib kelingan tovarlar qayta eksport qilinganda yoxud ular boshqacha bojxona rejimlariga qoʻyilganda qaytarilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu tovarlarni erkin muomala uchun chiqarishning bojxona rejimiga qoʻyishda toʻlanadigan bojxona toʻlovlari summasiga hisoblab qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agar davriy bojxona toʻlovlarining toʻlangan summasi toʻlanishi kerak boʻlgan summaga teng boʻlsa, chetdan vaqtinchalik olib kelingan tovarlar bojxona rejimiga qoʻyilgan kunda erkin muomalaga chiqarilganda, ushbu tovarlarga Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan iqtisodiy siyosat chora-tadbirlari qoʻllanmaganda yoxud tovarlar chetdan vaqtinchalik olib kelishning bojxona rejimiga qoʻyilgan kunda qoʻllangan ushbu chora-tadbirlar bekor qilinganda tovarlar erkin muomala uchun chiqarilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davriy bojxona toʻlovlarining toʻlanishi uchun chetdan vaqtinchalik olib kelishga ruxsat olgan shaxs yoki tovarlar unga ushbu Qoidalarning 4-bandiga muvofiq berilgan shaxs javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Chetdan olib kelish bojxona rejimi tovarlarni erkin muomala uchun chiqarish bilan yakunlangan taqdirda tovarlarning bojxona qiymati va miqdori tovarlar chetdan vaqtinchalik olib kelishning bojxona rejimiga qoʻyilgan kunda, bojxona bojlari va soliqlar stavkalari esa — tovarlar erkin muomala uchun chiqarilgan kunda belgilanadi. Deklarant normal tashish, saqlash va foydalanish sharoitlarida eskirishi yoki tabiiy ravishda kamayishi oqibatida, shuningdek avariyalar oqibatida yoki yengib boʻlmaydigan kuch taʼsirida yuz bergan tovarlarning bojxona qiymatini va (yoki) ularning miqdorini kamaytirishga haqlidir. Tovarlarning bojxona qiymatini va (yoki) ularning miqdorini oʻzgartirish, agar deklarant bojxona organiga ishonchli va hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni taqdim etsa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni erkin muomala uchun chiqarishda toʻlanadigan bojxona bojlari va soliqlar summasini belgilashda davriy bojxona toʻlovlarining toʻlangan summalari hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davriy bojxona toʻlovlari qoʻllangan tovarlarni erkin muomala uchun chiqarishda ularni qoʻllanish davri uchun, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, agar ushbu summalarga nisbatan davriy bojxona toʻlovlari qoʻllangan kundan boshlab toʻlov muddati uzaytirilgan boʻlsa toʻlanishi kerak boʻlgan bojxona bojlari va soliqlardan foizlar toʻlanadi, ushbu Qoidalarning 9-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Chetdan vaqtinchalik olib kelingan tovarlar mazkur tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishni amalga oshirgan bojxona organi faoliyati zonasidan boshqa bojxona organi faoliyat zonasiga uch oy va undan koʻp muddatga oʻtkazilgan taqdirda chetdan vaqtinchalik olib kelishga ruxsatnoma olgan shaxs yoki tovarlar ushbu Qoidalarning 4-bandiga muvofiq oʻziga berilgan boshqa shaxs koʻrsatib oʻtilgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishni amalga oshirgan bojxona organini tovarlarni boshqa bojxona organi faoliyat zonasiga olib ketish niyati toʻgʻrisida xabardor qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabardor qilish yozma shaklda, chetdan vaqtinchalik olib kelingan tovarlarning turgan joyi va muddatini koʻrsatgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Chetdan vaqtinchalik olib kelingan tovarlar bojxona rejimining amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatib turiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chetdan vaqtinchalik olib kelingan tovarlarga arest belgilanganda yoki ular Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq olib qoʻyilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davriy bojxona toʻlovlari qoʻllangan chetdan vaqtinchalik olib kelingan tovarlar ularni erkin muomala uchun chiqarishni nazarda tutmaydigan boshqa bojxona rejimlariga qoʻyilgan taqdirda chetdan vaqtinchalik olib kelishga ruxsatnoma olgan shaxsning iltimosiga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qoidalar 5-bandining (b), (v) va (d) kichik bandlarida koʻrsatilgan chetdan vaqtinchalik olib kelingan tovarlar qayta olib chiqib ketilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chetdan vaqtinchalik olib kelish rejimining amal qilishi toʻxtatib turilgan davr uchun davriy bojxona toʻlovlari hisoblab yozilmaydi va toʻlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan fakt yoki hodisalar tugagandan keyin chetdan vaqtinchalik olib kelish bojxona rejimining amal qilishi tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Chetdan vaqtinchalik olib kelishga ruxsatnomalar berish, chetdan vaqtinchalik olib kelingan tovarlarga nisbatan davriy bojxona toʻlovlarini qoʻllanish, ularni chetdan vaqtinchalik olib kelish muddatini uzaytirish va foydalanish uchun boshqa shaxsga berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Qoidalarning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob berishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar va transport vositalarini chetdan vaqtinchalik olib kelish qoidalariga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona bojlari va soliqlaridan toʻliq ozod etilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga chetdan vaqtinchalik olib kelinadigan tovarlar roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Tashqi iqtisodiy faoliyatga koʻmaklashishga moʻljallangan tovarlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Koʻrgazmalar, yarmarkalar, xalqaro uchrashuvlarda va shunga oʻxshash boshqa tadbirlarda namoyish qilishga moʻljallangan tovarlar (chetdan olib kelingan tovarlarni sotish maqsadida oʻtkaziladigan ishlab chiqarish faoliyati yoki boshqa tijorat faoliyati amalga oshiriladigan joylardagi koʻrgazmalardan tashqari), shuningdek ushbu tadbirlarda foydalanish uchun moʻljallangan yordamchi asbob-uskunalar va materiallar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Faqat mana shunday tipdagi tovarlarga buyurtmalar olish maqsadlari uchun moʻljallangan va boshqa maqsadlarda foydalanish uchun yaroqsiz boʻlgan tovarlarning namunalari, bu ularga oʻchirilmaydigan markirovkalash, yoriqlar, teshiklar oʻyish yoki boshqa usul bilan shikast yetkazish yoʻli bilan taʼminlanadi, har bir tip, marka, model, artikul, fason, boʻyash va hokazolarning tovar namunalari, 2 nusxasidan ortiq boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xorijiy shaxslar tomonidan olib kelinadigan reklama materiallari (kataloglar, preyskurantlar va tijorat prospektlari, modellar, plakatlar, planshetlar, risolalar) — agar har bir oluvchi uchun ushbu materiallar 2 nusxadan ortiq olib kelinmasa yoxud ularning umumiy brutto ogʻirligi 50 kilogrammdan ortiq boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Reklama filmlari, shuningdek tovarlarning xossalari yoki vazifasini ochib beruvchi reklama uchun moʻljallangan kompyuterda tashiladigan axborot — agar ushbu filmlar va axborot tashuvchilar xorijiy shaxsning mulki boʻlib qolsa, xorijiy shaxs tomonidan taklif etilayotgan xorijiy tovarlarga tegishli boʻlsa, faqat tovarlarning ehtimol tutilgan sotib oluvchilariga koʻrsatish uchun moʻljallangan boʻlsa, bir nusxada olib kelinsa va ulardan foydalanish daromad olish maqsadini koʻzlamasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sinovlar, tekshirishlar, eksperimentlar oʻtkazish hamda xossalari va tavsiflarini koʻrsatish uchun moʻljallangan tovarlar — agar ulardan foydalanish daromad olish maqsadini koʻzlamagan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kasb asbob-uskunalari (sanoat ishlab chiqarishi, tovarlarni oʻrash yoki tabiat resurslaridan foydalanish, yer ishlarini bajarish, binolar, imoratlar, inshootlar qurish va taʼmirlash hamda shunga oʻxshash ishlarni bajarish uchun foydalaniladigan asbob-uskunalardan tashqari) va instrumentlar (shu jumladan yordamchi apparatlar va anjomlar) — agar chetdan vaqtincha olib kelingan kasb asbob-uskunalari va instrumentlar xorijiy shaxsning mulki boʻlib qolsa, ular tomonidan olib kelinsa va ularga Oʻzbekiston Respublikasi hududida aniq ishni bajarish uchun zarur boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ishlab chiqarish kooperatsiyasi doirasida chetdan olib kelinadigan chizmalar, rejalar, modellar, shtamplar, matritsalar, klishelar, bosma shakllar va shunga oʻxshash boshqa buyumlar, nazorat-oʻlchash asboblari va instrumentlar — agar koʻrsatib oʻtilgan tovarlardan asosan eksportga moʻljallangan tovarlarni ishlab chiqarish munosabati bilan foydalanilsa, xorijiy shaxsning mulki boʻlib qolsa, biroq Oʻzbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan foydalanish uchun moʻljallangan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Fan, madaniyat, kinematografiya, sport va turizm sohasida xalqaro aloqalarga koʻmaklashish uchun moʻljallangan tovarlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Madaniyat va kinematografiya sohalarida ilmiy-tadqiqot, taʼlim maqsadlari uchun foydalaniladigan asbob-uskunalar (shu jumladan restavratsiya asbob-uskunalari) va materiallar, chetdan vaqtincha olib kelingan asbob-uskunalar va materiallarni, anjomlarni taʼmirlashga moʻljallangan ehtiyot qismlar, shuningdek bunday asbob-uskunalar va materiallarni sozlash, nazorat qilish va taʼmirlash uchun moʻljallangan instrumentlar — agar chetdan vaqtincha olib kelingan asbob-uskunalar, materiallar, ehtiyot qismlar, anjomlar va instrumentlar xorijiy shaxsning mulki boʻlib qolsa va ulardan foydalanish daromad olish maqsadini koʻzlamasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kinoga olish, tomoshalar, spektakllar va shunga oʻxshash tadbirlarni oʻtkazish uchun moʻljallangan, madaniyat muassasalari, kinematografiya tashkilotlariga vaqtincha foydalanish uchun tekin beriladigan teatr (sirk, kino) kostyumlari, sahna asbob-uskunalari, partitura, musiqa asboblari va boshqa teatr (sirk) rekviziti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kino va videofilmlar, slaydlar, fotosuratlar, plakatlar, kino va videofilmlarning montaj va muloqotli sahifalari hamda foto va kinotanlovlarda, kinofestivallarda, kinohaftaliklarida va boshqa shunga oʻxshash tadbirlarda namoyish qilish uchun tasvir yozilgan boshqa axborot tashuvchilar — agar bunday tovarlardan foydalanish daromad olish maqsadini koʻzlamasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi hududida sport musobaqalari, koʻrgazmali sport tadbirlari yoki mashqlar oʻtkazish uchun moʻljallangan tovarlar — agar bunday tovarlar xorijiy shaxsning mulki boʻlib qolsa va ularning vazifasiga muvofiq miqdorda olib kelinsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kurort ishi va turizm boʻyicha tanishtirish materiallari — agar chetdan vaqtincha olib kelingan materiallar xorijiy shaxsning mulki boʻlib qolsa va ularning vazifasiga muvofiq miqdorda olib kelinsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Madaniyat boyliklari (sanʼat asarlari, kolleksiyalash va antikvariat buyumlari boʻlgan tovarlar, shuningdek olib chiqib ketilishi va olib kelinishi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan boshqa tovarlar), — agar bunday tovarlar xorijiy shaxsning mulki boʻlib qolsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Taʼlim, fan va madaniyat bilan bogʻliq boʻlgan kitoblar, davriy nashrlar, materiallar va hujjatlar (shu jumladan ularning bosma usuldan boshqa usulda koʻpaytirilganlari), — agar bunday tovarlar xorijiy shaxsning mulki boʻlib qolsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Xalqaro yordam koʻrsatishga moʻljallangan tovarlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining va (yoki) oʻq-dorilar va atom energetikasini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va utilizatsiya qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradigan, atom energiyasidan foydalanishning davlat boshqaruvini amalga oshiradigan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlarida va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan hollarda ushbu sohada ijro etuvchi hokimiyatning boshqa organlari faoliyatini muvofiqlashtiradigan boshqa vakolatli organning sabablari koʻrsatilgan taqdimnomasi boʻyicha vaqtincha foydalanish uchun davlat organlari va davlat muassasalariga tekin beriladigan, xorijiy shaxs tomonidan olib kelinadigan tabiiy va texnogen xususiyatga ega boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun moʻljallangan tovarlar, shu jumladan transport vositalari, — agar chetdan vaqtincha olib kelingan tovarlar va transport vositalari xorijiy shaxsning mulki boʻlib qolsa, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalari bilan birga olib kelinadigan yonilgʻi-moylash materiallari, suv, ishlab chiqaruvchi tomonidan nazarda tutilgan konstruktiv idishlardagi boshqa suyuqliklar, ehtiyot qismlar, koʻrsatib oʻtilgan transport vositalarining odatdagi anjomlari va aslahalari, shu jumladan yuklar, konteynerlar va boshqa transport asbob-uskunasini yuklash, tushirish, ishlov berish va himoya qilish uchun maxsus asbob-uskuna, agar bunday transport vositalari xorijiy davlat hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, xorijiy shaxs tomonidan olib kirilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni transportda tashish, yer qazish ishlari, binolar, imoratlar va inshootlarni qurish, taʼmirlash va ulardan foydalanish va shunga oʻxshash ishlarni bajarish uchun moʻljallangan asbob-uskunalar va instrumentlar, shu jumladan yordamchi apparatlar, agregatlar, ehtiyot qismlar va anjomlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qutqarish, davolash muassasalariga hamda boshqa tibbiyot muassasalari va tashkilotlariga vaqtincha foydalanish uchun tekin beriladigan qutqarish, tibbiyot va laboratoriya asbob-uskunasi — agar chetdan vaqtincha olib kelingan asbob-uskuna ushbu muassasalar va tashkilotlar tomonidan muruvvat, qutqaruv, tashxis qoʻyish yoki davolash maqsadlarida foydalanish uchun moʻljallangan boʻlsa, xorijiy shaxsning mulki boʻlib qolsa va uni yetkazib berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra amalga oshirilsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Boshqa tovarlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xorijiy havo kemalari ekipajlarining ijtimoiy-maishiy hayot sharoitlarini taʼminlash va ularning madaniyat, taʼlim, dam olish, din va sport sohasidagi ehtiyojlarini qondirish uchun moʻljallangan tovarlar — agar chetdan vaqtincha olib kelingan tovarlar xorijiy shaxsning mulki boʻlib qolsa va ulardan foydalanish daromad olish maqsadini koʻzlamasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Professional kinematografiya asbob-uskunasi, matbuot, radio yoki televideniye jihozi, koʻrsatib oʻtilgan asbob-uskunalarga yordamchi qurilmalar va anjomlar — agar chetdan vaqtinchalik olib kelingan professional asbob-uskunalar, qurilmalar va anjomlar xorijiy shaxsning mulki boʻlib qolsa, ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida aniq ishni bajarish uchun zarur boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Boqish, oʻrgatish, urchitish, veterinariya yoʻli bilan davolash, sinovlar oʻtkazish, turistik tadbirlar, gumanitar va qutqarish operatsiyalari, maxsus funksiyalarni amalga oshirish (militsiya otlari va itlari, izlovchi kuchuklar, koʻzi ojizlarni yetaklab yuradigan kuchuklar va boshqalar), koʻrgazmalar, tanlovlar, musobaqalar, namoyishlar, spektakllar, tomoshalar va shunga oʻxshash daromad olish bilan bogʻliq boʻlmagan tadbirlarda ishtirok etish uchun, shuningdek tibbiyot maqsadlarida va chegara hududida foydalanish uchun moʻljallangan ish mollari sifatida (tegishli jihozlar bilan birgalikda) xorijiy shaxsning mulki boʻlib qoladigan hayvonlar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 33-son, 372-modda;2006-y., 34-35-son, 343-modda)