O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3379-son qarori)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3379-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-dekabr,
1034-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-dekabrdagi 1034-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomning 21-bandi beshinchi xatboshidan (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 33-modda) “shaharsozlik” so‘zi chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 10-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi iste’molchilariga gaz yetkazib berish Qoidalarining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 2-modda) 5.8-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3379-son qaroriga ilovaga muvofiq ro‘yxatdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va alohida xizmatlar ko‘rsatuvchi iste’molchilar tabiiy gaz uchun to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan oshib boruvchi koeffitsiyentlar va tariflar bo‘yicha to‘laydilar”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 1-noyabrdagi 511-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 11-son, 103-modda):
a) 2-band ikkinchi xatboshidan “(quvvati)” so‘zi chiqarib tashlansin;
b) Elektr energiyasi iste’molchilari va hududiy elektr tarmoqlari korxonalari o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar tartibi to‘g‘risida Nizomda:
3-bandga “yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan oshib boruvchi koeffitsiyentlar va tariflar bo‘yicha” so‘zlari bilan qo‘shilsin.
quyidagi mazmundagi 41 va 42-bandlar qo‘shilsin:
“41. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3379-son qaroriga ilovaga muvofiq ro‘yxatdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va alohida xizmatlar ko‘rsatuvchi iste’molchilar elektr energiyasi (750 kVAgacha quvvatga ulangan) uchun to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan oshib boruvchi koeffitsiyentlar va tariflar bo‘yicha to‘laydilar.
750 kVA va undan yuqori quvvatga ulangan (budjet tashkilotlari, fermer xo‘jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalarining nasos stansiyalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari bundan mustasno) iste’molchilar elektr energiyasi haqini ikkinchi guruh tariflar bo‘yicha to‘lovlar to‘laydigan yuridik shaxslar uchun tarif miqdorida belgilanadigan sutka vaqtlari zonalari bo‘yicha tabaqalashtirilgan tarifga asosan hisob-kitob qiladi.
42. Yagona elektr energetika tizimining eng katta yuklamali soatlarida foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlar (tig‘iz vaqt — ertalabki va kechki tig‘iz vaqt) belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda oshib boruvchi koeffitsiyentni qo‘llash orqali, eng kam yuklamali soatlarda esa (tungi davr — sutkaning qorong‘i vaqti) belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda kamayib boruvchi koeffitsiyentni qo‘llash orqali va yarim tig‘iz vaqtda (sutkaning yorug‘ vaqti) — o‘rnatilgan tarif bo‘yicha to‘lanadi.
Tabaqalashtirilgan tarif sutka vaqtining quyidagi zonalari bo‘yicha qo‘llaniladi:
tig‘iz vaqt — soat 6-00 dan 09-00 gacha va 17-00 dan 22-00 gacha;
tungi vaqt — soat 22-00 dan 24-00 gacha va 00-00 dan 06-00 gacha;
yarim tig‘iz vaqt — soat 9-00 dan 17-00 gacha.
Sutka vaqti zonalari respublikaning barcha hududlari uchun bir xil”;
6-bandning ikkinchi xatboshidan “(quvvat)” va “va quvvatlar” so‘zlari chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidan “(quvvati)” so‘zi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidan “quvvati” va “(quvvati)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
10-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridan “(quvvati)” so‘zi chiqarib tashlansin;
12-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
15-banddan “(quvvati)” so‘zi chiqarib tashlansin;
17-banddan “va quvvatlar” so‘zlari chiqarib tashlansin;
19-bandning ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilaridan “(quvvat)” va “(quvvati)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“a” va “b” kichik bandlaridan “(quvvati)” so‘zi chiqarib tashlansin;
“v” kichik bandidan “(quvvati)” so‘zi chiqarib tashlansin;
3-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
| | | |
“20__ yil _____________ oyidagi elektr energiyasi (aktiv, reaktiv) sarfi to‘g‘risida |
| | | |||||||||||||||||||||||||||||||
|
Hisoblagich turi (aktiv, reaktiv), hisoblagichning zavodda qo‘yilgan raqami |
Hisoblash koeffitsiyenti |
Hisoblagich ko‘rsatkichi | Hisob-lagich ko‘rsatki-chidagi tafovut | Sarfi kVt.s, kVar.s | Tabaqalashtirilgan hisob uchun sarf, kVt.s (kVar.s) | ||||||||||||||||||||||||||||||||
|
tok transfor-matori bo‘yicha |
kuchlanish transfor-matori bo‘yicha (KT) | umumiy |
boshlan-g‘ich |
oxirgi |
ertalabki tig‘iz vaqt |
kun |
kechki tig‘iz vaqt |
tun | |||||||||||||||||||||||||||||
|
soat 6-9 |
soat 9-17 |
soat 17-22 |
soat 22-24 |
soat 0-6 | |||||||||||||||||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | |||||||||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | ||||||||||||||||||||||||||
| | | | | ||||||||||||||||||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | |||||||||||||||||||||||||
| | | | |||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Jami |
| | �� | | | | | | | | | | |||||||||||||||||||||||||
|
Iste’molchi rahbari |
| | |
Korxona vakili | |||||||||||||||||||||||||||||||||
|
______________________________ |
| | |
_____________________________________ | |||||||||||||||||||||||||||||||||
|
(F.I.O., imzo, sana) |
| | |
(F.I.O., imzo, sana) | |||||||||||||||||||||||||||||||||
| | |
M.O‘. |
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
|
Iste’molchi bosh buxgalteri |
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |||||||||||||||
|
______________________________ |
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | ||||||||||||
|
(F.I.O., imzo, sana) |
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | ||||||||||||
|
Bosh energetik |
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | ||||||||||||
|
______________________ |
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | ||||||||||||
|
(F.I.O., imzo, sana)”; |
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | ||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
nomlanishidan “(va quvvati)” so‘zi chiqarib tashlansin;
9 va 14 ustunlar, shuningdek, ular bo‘yicha To‘ldirish tartibidagi ta’riflar chiqarib tashlansin;
nomlanishidan “(quvvati)” so‘zi chiqarib tashlansin;
“Ko‘rsatilgan quvvat”, “Amaldagi quvvat”, “Reaktiv quvvat” va “shu jumladan quvvatni belgilanganidan ortiqcha olish bo‘yicha” ustunlar chiqarib tashlansin;
5 va 10-ilovalardan “(quvvat)” so‘zi chiqarib tashlansin;
4. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 132-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gaz iste’molchilari va gaz bilan ta’minlovchi tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 10-bandiga (O‘zbekiston respublikasi QT, 2005-y., 5-son, 28-modda) quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3379-son qaroriga ilovaga muvofiq ro‘yxatdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va alohida xizmatlar ko‘rsatuvchi iste’molchilar tabiiy gaz uchun to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan oshib boruvchi koeffitsiyentlar va tariflar bo‘yicha to‘laydilar”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1034/0502-son)