03.11.2017 yildagi PQ-3351-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish, tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan mahsulotlarning eksport hajmlari va turlarini koʻpaytirish, tadbirkorlik subyektlarining raqobatbardoshligini oshirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-son Farmoniga asosan 2020-yil 1-avgustdan chiqariladi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tadbirkorlik subyektlariga (ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan koʻp boʻlgan tashkilotlardan tashqari, “Oʻzsanoateksport” aksiyadorlik jamiyati bundan mustasno) tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini oldindan toʻlov, ochilgan akkreditiv, rasmiylashtirilgan bank kafolati va eksport kontraktini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish boʻyicha polis mavjud boʻlmasdan eksport qilish huquqi beriladi, ushbu qarorga ilovada koʻrsatilgan tovarlar (keyingi oʻrinlarda xom ashyo tovarlari deb ataladi) bundan mustasno;
(1-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.09.2026-y., 06/26/174/0881-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport qilinayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — TSOYAEA) hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasiz amalga oshiriladi, ushbu qarorga ilovada* koʻrsatilgan xom ashyo tovarlari, shuningdek, invoys asosida eksport qilinadigan tovarlar bundan mustasno;
(1-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-noyabrdagi PQ-417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2022-y., 07/22/417/1004-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, tovarlar, ishlar va xizmatlar eksporti faqat oldin amalga oshirilgan eksport operatsiyalari boʻyicha tadbirkorlik subyektida muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlik mavjud boʻlmaganda (bundan barqarorlik reytingida “BB” va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari mustasno) ushbu kichik band shartlariga muvofiq amalga oshirilishi mumkin. Bunda eksport qiluvchilarga tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini oldindan toʻlov, ochilgan akkreditiv, shuningdek, xaridor banklarining kafolati yoki eksport kontraktini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish boʻyicha polis mavjud boʻlishi shartlarida eksport qilish huquqi saqlanadi.
(1-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PF-250-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlik hosil boʻlganligi uchun bevosita tadbirkorlik subyektlari javob beradilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) import operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlik hosil boʻlganligi uchun import qiluvchilarga (ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan koʻp boʻlgan tashkilotlardan tashqari) nisbatan eksport operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlikka yoʻl qoʻygan eksport qiluvchilar uchun nazarda tutilgan javobgarlik choralari qoʻllaniladi;
(1-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi PF-97-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2022-y., 06/22/97/0275-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) taʼsiri yuzaga kelgan holatda valyuta tushumining tushish muddati ushbu taʼsir yuz bergan davlatning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan yengib boʻlmaydigan kuchning amal qilishi davriga uzaytiriladi;
(1-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.09.2026-y., 06/26/174/0881-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tovarlar, ishlar va xizmatlar eksport qiluvchining hisob raqamiga eksport kontraktini sugʻurtalash polisi boʻyicha sugʻurta qoplamasi summasi (milliy va/yoki xorijiy valyutalarda) tushganda, ushbu eksport kontrakti boʻyicha debitor qarzdorlik summasi moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash maqsadlari uchun sugʻurta qoplamasi summasiga kamaytiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllanilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlash uchun import qiluvchilar tomonidan eksport bojxona yuk deklaratsiyasi majburiy taqdim etilishi boʻyicha talab bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimi ostidagi tovarlarni qayta eksport qilishga davlat bojxona xizmatlari organlari tomonidan ruxsatnoma berilishi boʻyicha talab bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2017-yil 1-dekabrdan boshlab tadbirkorlik subyektlariga tovarlarni (maxsus tovarlardan tashqari), ishlar va xizmatlarni eksport kontrakti tuzmasdan, invoyslar asosida, ushbu qarorning 1-bandi “b” kichik bandida belgilangan tartibda va TSOYAEA tizimiga invoys toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni kiritish sharti bilan, eksport qilish huquqi berilsin.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.09.2026-y., 06/26/174/0881-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz mahsulotlari, dukkaklilar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni eksport qilishga qonun hujjatlariga muvofiq alohida talablar belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga ularning boshqaruv organlari 2017-yilning 5-sentabriga qadar tashqi savdo kontraktlari boʻyicha hosil boʻlgan kreditor qarzdorlikni hisobdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilganida hisobdan chiqarilayotgan kreditor qarzdorlik summasiga soliq majburiyatlarini qoʻshib hisoblamaslikka ruxsat berilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-sentabrdagi PF-5811-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2019-y., 06/19/5811/3691-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qilinadigan tovarlarning asosiy turlari boʻyicha tashqi bozorlarning joriy va istiqbolli konyunkturasiga doir doimiy ravishda chuqur marketing tadqiqotlari oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining eksport qilinadigan mahsulotlari turlarini kengaytirish uchun yangi salohiyatli imkoniyatlar aniqlanishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2018-yil 1-yanvardan boshlab TSOYAEA tizimini texnik qoʻllab-quvvatlash va undan foydalanish boʻyicha vazifalar Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Markaziy bank va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2018-yil 1-yanvarga qadar TSOYAEA tizimi, uning texnik hujjatlari va maʼlumotlarni qayta ishlashda foydalaniladigan dasturiy vositalarning birlamchi kodlari bilan birgalikda qabul qilinishini — berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi TSOYAEA tizimi ishini takomillashtirish maqsadida manfaatdor vazirliklar va idoralarning vakillaridan iborat ishchi guruh tuzsin, unga 2018-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda eksport va import qiluvchilar tomonidan maʼlumotlar TSOYAEA tizimiga kiritilishi tartibini soddalashtirish vazifalarini yuklasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Davlat bojxona qoʻmitasi 2019-yil 1-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan yoʻlovchilarning bojxona deklaratsiyalari va belgilangan normalardan ortiqcha olib kirilayotgan naqd xorijiy valyuta hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ayirboshlash boʻyicha axborot sohasidagi hamkorlikni tashkillashtirsin.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-sentabrdagi PF-5811-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2019-y., 06/19/5811/3691-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi va “Oʻzbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyati eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishni tezlashtirish, tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qoʻllanilishi samaradorligini oshirish maqsadida berilgan sertifikatlar va ruxsat berish tusidagi hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Yagona darcha” unifikatsiyalashtirilgan bojxona axborot tizimiga oʻz vaqtida va toʻliq hajmda kiritilishini taʼminlasinlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Davlat bojxona qoʻmitasi, Markaziy bank, Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrgazma tadbirlarini oʻtkazishga moʻljallangan tovarlarni (mahsulotlarni) olib chiqib ketish tartibini soddalashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqib qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan kiritilgan normalarning samaradorligi monitoringi doimiy ravishda olib borilishini taʼminlasin va, zarurat boʻlganda, qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri E.M. Gʻaniyev, Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.R. Parpiyev va Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.V. Tohiriy zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 3-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3351-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3351-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldindan haqi toʻlanmasdan, akkreditiv ochilmasdan, bank kafolati rasmiylashtirilmasdan va eksport kontraktini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish boʻyicha polis mavjud boʻlmasdan eksport qilish boʻyicha imtiyozlar tatbiq etilmaydigan tovarlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.09.2026-y., 06/26/174/0881-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tovar nomi

TIF TN boʻyicha kodi

1.

Paxta linti

1404 20 000 0

2.

Neft xom ashyosi, gaz kondensati, neft mahsulotlari

2709 00, 2710 (2710 12 410 0-2710 12 590 0, 19 290 0, 2710 19 820 0, 2710 19 840 0, 2710 19 880 0 dan tashqari)

3.

Tabiiy gaz

2711 21 000 0

4.

Elektr energiyasi

2716 00 000 0

5.

Paxta tolasi

5201 00, 5203 00 000 0

6.

Ip kalava

5205, 5206

7.

Qimmatbaho metallar

7106, 7108,71 10, 7112

8.

Qora metallar, qora metallar prokati, qora metall parchalari va chiqindilari

7201 — 7213 (721310 000 0, 91 490 0 dan tashqari), 7214 (7214 20 000 0, 91 100 0,7214 99 100 0,7214 99 310 0, 7214 99 390 0, 7214 99 500 0 dan tashqari). 7215, 7216 (7216 10 000 0, 7216 21 000 0, 7216 22 000 0, 7216 50 100 0 dan tashqari), 7217, 7229

9.

Rangli metallar, rangli metallar prokati, rangli metallar parchalari va chiqindilari

74-guruh (7403 11 000 0, 7403 12 000 0, 7403 13 000 0, 7403 19 000 0, 7411, 7412dan tashqari), 7501 — 7504 00 000, 7601 — 7603 (7601 20 910 0, 7601 20 990 0 dan tashqari), 7801 -7802 00 000 0 (7801 10 000 0 dan tashqari), 7804 20 000 0, 7902 00 000 0 — 7903, 8001 — 8002 00 000 0, 8101 97 000 0, 8102 97 000 0,8103 20 000 0,8103 30 000 0, 8104 11 000 0 — 8104 30 000 0, 8105 20 000 1 — 8105 30 000 0, 8106 00 100 0, 8107 20 000 0 — 8107 30 000 0, 8108 20 000 — 8108 30 000 0, 8109 20 000 0 — 8109 30 000 0, 8110 10 000 0 — 8110 20 000 0, 8111 00 110 0 — 8111 00 190 0, 8112 12 000 0 — 8112 13 0000, 8112 21 — 8112 22 000 0, 8112 51 000 0 — 8112 52 000 0, 8112 92

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-fevraldagi PQ-42-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 07/25/42/0117-son)