T/r | Tadbirlarning nomi | Amalga oshirish muddati | Mas’ul ijrochilar |
1. | Suv resurslarini boshqarish va ulardan oqilona foydalanish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi obyektlarini modernizatsiya qilish uchun xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish holatini tahlil qilish. Budjet mablag‘lari va xalqaro moliya institutlari kreditlarining amalda tejalishini belgilash. | Investitsiya loyihalarining komponentlari va tasdiqlangan tarmoq jadvallari yakunlanishiga ko‘ra | Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Moliya vazirligi (Y. Tursunov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov) |
2. | Investitsiya loyihalari doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha loyihalarning amalga oshirilishi yuzasidan tejalgan O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘larini Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, shuningdek, moliyalashtirayotgan xorijiy banklar mablag‘larini yo‘naltirishni kelishish. | Tejalgan mablag‘lar aniqlangandan so‘ng ikki oy muddatda | Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Moliya vazirligi (Y. Tursunov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov) |
3. | Investitsiya loyihalari doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha tarmoq jadvalini tasdiqlash. | Tejalgan mablag‘lar aniqlagandan so‘ng ikki oy muddatda | |
4. | Amalga oshirilgan investitsiya loyihalari doirasida suv xo‘jaligi obyektlarida qurilgan va rekonstruksiya qilingan uchastkalarni tekshirish va ishchi guruh tuzish. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida mavjud daraxtlar | Tasdiqlangan tarmoq jadvali bo‘yicha | Davlat o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi (G. Qurbonov), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (U. Utayev), O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (B. Yusupov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari |
5. | Xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab joylashgan yer maydonlarini aniqlash. | Tasdiqlangan tarmoq jadvali bo‘yicha | |
6. | Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha loyihalarning texnik topshiriqlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash. | Tasdiqlangan tarmoq jadvali bo‘yicha | |
7. | Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlash va loyiha smetalarini ishlab chiqish uchun loyiha tashkilotini aniqlash. | Tasdiqlangan tarmoq jadvali bo‘yicha | Davlat o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi (G. Qurbonov), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (U. Utayev), O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer e�alari kengashi (B. Yusupov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari “Suvqurilishinvest” DM |
8. | Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish uchun ishlab chiqilgan loyiha smetalarini texnik, davlat va ekologik ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlash. | Tasdiqlangan tarmoq jadvali bo‘yicha | Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi, Qurilish vazirligi (D. Adilov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (U. Utayev), “Suvqurilishinvest” DM |
9. | Investitsiya loyihasi doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish loyihasini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda pudratchi tashkilotni aniqlash. | Tasdiqlangan tarmoq jadvali bo‘yicha | Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi, Qurilish vazirligi (D. Adilov), Kadastr agentligi (M. Mirmaxsudov), Davlat o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi (G. Qurbonov), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (U. Utayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari, “Suvqurilishinvest” DM |
10. | Investitsiya loyihasi doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun pudratchi tashkilotlar bilan shartnoma tuzish. | Tasdiqlangan tarmoq jadvali bo‘yicha | Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi, “Suvqurilishinvest” DM |
11. | Ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish uchun zarur bo‘lgan tur va miqdordagi ko‘chatlarni shartnoma asosida yetishtirish va sotish. | Tuzilgan shartnomalar bo‘yicha | Davlat o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi (G. Qurbonov) |
12. | Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha loyihalarning tarmoq jad?allarini tasdiqlash. | Pudratchi bilan shartnoma tuzilgandan so‘ng 10 kun muddatda | Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi, “Suvqurilishinvest” DM, Bosh pudratchi tashkilotlar |
13. | Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq qurib qolgan va tabiiy zararkunandalar va kuchli shikastlangan va quriyotgan, kasallangan daraxtlar va butalarni kesish uchun tegishli qarorlarni to‘lovsiz, o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazish. | Belgilangan muddatlarda | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (U. Utayev), |
14. | Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab ihota va daraxtzorlarni barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishni ta’minlash. | Tasdiqlangan tarmoq jadvallari bo‘yicha | Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi, “Suvqurilishinvest” DM, Bosh pudratchi tashkilotlar |
15. | Qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish loyihalari sifati va o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash. | Loyihalarni amalga oshirish mobaynida | Bosh pudratchi tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari, “Suvqurilishinvest” DM |
16. | Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha qurilishi tugallangan obyektlarni ishga tushirish uchun davlat qabul qilish komissiyasini shakllantirish. | Loyihalar tugallangandan so‘ng bir oy muddatda | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari, |
17. | Qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab barpo etilgan va rekonstruksiya qilingan ihota va ko‘kala�zorlashtirish daraxtzorlarini hamda obodonlashtirilgan hududlarning yer maydonlarini va yaxshi saqlangan hududlarni yer maydonlari bilan ta’minlashni va ulardan foydalanishni belgilangan tartibda ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish. | Loyihalar tugallagandan so‘ng bir oy muddatda | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari, Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Kadastr agentligi (M. Mirmaxsudov), “Suvqurilishinvest” DM |
18. | Suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab belgilangan daraxtzorlarni barpo etish va himoyalashga, shuningdek, obyektlardan maqsadli foydalanishga yo‘naltirish orqali foydalanish tashkilotlari tomonidan sug‘orish va boshqa qishloq xo‘jaligi agrotexnika tadbirlarini o‘z vaqtida olib borish yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash. Suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab barcha etilgan ihota va daraxtzorlar saqlanishini nazorat qilish. | Har oyda jadval bo‘yicha Har oyda jadval bo‘yicha | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar va viloyatlar hokimliklari, Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari bilan birgalikda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (U. Utayev) va uning hududiy organlari |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.12.2017 yildagi 1004-son
Кучга кириш санаси
23.12.2017
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Sug‘oriladigan yerlarning shamol eroziyasiga va suv xo‘jaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi kurashish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘yidagi hududlarni obodonlashtirish maqsadida ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, shuningdek, yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazir Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish amaliy chora-tadbirlari rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘yida ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish loyihalari bo‘yicha:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining tegishli “Suvqurilishinvest” DM — buyurtmachilar etib;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
bosh loyihachi tashkilotlar — eng yaxshi takliflarni tanlash asosida, tanlov savdolari o‘tkazmasdan;
bosh pudratchi tashkilotlar — qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tanlov savdolari natijalari bo‘yicha;
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tejalgan xorijiy investitsiyalar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar — moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida Suv xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida tejalgan kreditlarni qurilganhamda rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirishga yo‘naltirish yuzasidan xorijiy investorlar bilan muzokaralar o‘tkazsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida tejalgan budjet mablag‘larini qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirishga;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda irrigatsiyani rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3405-son qarorining 11-ilovasida ko‘rsatilgan investitsiya loyihalari doirasida tejalgan mablag‘lar hisobiga amalga oshirilayotgan qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirishda daraxtlar va butazorlarni sanitariya maqsadida kesish ishlarining to‘lovlarsiz amalga oshirilishiga ruxsat berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Qurilish vazirligi bilan birgalikda — tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida amalga oshirilayotgan qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlari barpo etilishiga, rekonstruksiya qilinishiga hamda hududlarning obodonlashtirilishiga belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini ta’minlasinlar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
bir oy muddatda, tuproq va iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish uchun daraxtlar turlarini aniqlasin;
qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun shartnoma asosida pudratchi tashkilotlarni zarur turdagi va miqdordagi ko‘chatlar bilan ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda — qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab barpo etiladigan va rekonstruksiya qilinadigan ihota va ko‘kalamzorlashtiriladigan hamda obodonlashtiriladigan hududlarni yer uchastkalari bilan ta’minlash, ularning saqlanishi va foydalanilishi yuzasidan zarur choralar ko‘rsinlar;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
barpo etilgan va rekonstruksiya qilingan ihota va ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini parvarish qilish, shuningdek, belgilangan tartibda boshqa shaxslarga berilgan obodonlashtirish obyektlari va yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlasinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xo‘jaligi obyektlari bo‘ylab barpo etilgan va rekonstruksiya qilingan ihota hamda ko‘kalamzorlashtirish daraxtzorlarini muhofaza qilish yuzasidan belgilangan tartibda tegishli nazorat o‘rnatsin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi K.R. Sariyev hamda viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)