Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport Davlat qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 6-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2953]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2020-yil 10-oktabrdagi 10-mh-sonli “Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2953-1, 23.10.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-martdagi 148-son “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais R. KURBANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 13-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 13-noyabrdagi 17-mh-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Xalqaro toifali trener” malaka toifasini berishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
trener-oʻqituvchi — sport-taʼlim muassasalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan sport-taʼlim muassasalarida muayyan sport turi boʻyicha taʼlim dasturi asosida bevosita taʼlim beruvchi va sportchilarni tayyorlovchi mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻriqchi-uslubchi — sport-taʼlim muassasalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan sport-taʼlim muassasalarida tashkiliy, tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish va metodik-uslubiy ishlarni tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi mutaxassis.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Trener-oʻqituvchilar va yoʻriqchi-uslubchilarga beriladigan malaka toifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Trener-oʻqituvchilarga quyidagi malaka toifalari beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi toifali trener;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi toifali trener;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy toifali trener.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yoʻriqchi-uslubchilarga quyidagi malaka toifalari beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi toifali yoʻriqchi-uslubchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi toifali yoʻriqchi-uslubchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy toifali yoʻriqchi-uslubchi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ikkinchi va birinchi toifali trener hamda ikkinchi va birinchi toifali yoʻriqchi-uslubchi malaka toifalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oliy toifali trener” va “Oliy toifali yoʻriqchi-uslubchi” malaka toifalari Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha ikkinchi va birinchi toifali trener hamda ikkinchi va birinchi toifali yoʻriqchi-uslubchi malaka toifalari Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari tomonidan, “Oliy toifali trener” va “Oliy toifali yoʻriqchi-uslubchi” malaka toifalari esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Trener-oʻqituvchilar va yoʻriqchi-uslubchilarga berilgan malaka toifalari ularga tabaqalashtirilgan tarzda haq toʻlash uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Malaka toifalarini berish boʻyicha talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Malaka toifalarini olishga daʼvogarlarning hujjatlari tegishli malaka komissiyalari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Trener-oʻqituvchilar malaka toifalarini olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
trener-oʻqituvchi tomonidan malaka toifasini olish uchun berilgan arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat daftarchasidan nusxa (ish joyidan tasdiqlangan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joyidan tavsifnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnoma nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yoʻriqchi-uslubchilar malaka toifalarini olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻriqchi-uslubchi tomonidan malaka toifasini olish uchun berilgan arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat daftarchasidan nusxa (ish joyidan tasdiqlangan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joyidan tavsifnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻriqchi-uslubchi faoliyatini amalga oshirish uchun nashr etilgan uslubiy qoʻllanma(lar) nusxasi (mavjud boʻlganda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Malaka toifalari mazkur Nizomning 1, 2 va 3-ilovalarida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiq beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ikkinchi va birinchi toifali malaka toifalarini olish uchun daʼvogar bevosita Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari huzurida tashkil etilgan, sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari huzurida tashkil etilgan malaka komissiyasiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy toifali malaka toifasini olish uchun daʼvogar mazkur Nizomning 10, 11-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari hamda sport-taʼlim muassasalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan sport-taʼlim muassasalariga, sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga taqdim etadi. Ular oʻz navbatida ushbu hujjatlarni tasdiqlab, koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi huzurida tashkil etilgan malaka komissiyasiga, sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Nizomning 10, 11-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarning haqqoniyligi uchun daʼvogar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, sport-taʼlim muassasalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan sport-taʼlim muassasalari hamda Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Malaka toifalari 5 yil muddatga beriladi. Mazkur muddat oʻtgandan soʻng, trener-oʻqituvchilar va yoʻriqchi-uslubchilar oʻz malaka toifalarini belgilangan tartibda qaytadan tasdiqlatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka toifalari qonun hujjatlariga muvofiq ijodiy taʼtil olinganda ijodiy taʼtil muddatiga, shuningdek yoshga doir pensiyaga chiqish muddatiga bir yil qolganda bir yil muddatga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka toifalari qaytadan tasdiqlangunga qadar, trener-oʻqituvchilar va yoʻriqchi-uslubchilarga ish haqi mutaxassis lavozimi boʻyicha toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Malaka toifalarining amal qilish muddati tugashidan ikki oy oldin mazkur Nizomning 10, 11-bandida nazarda tutilgan hujjatlar belgilangan tartibda tegishli malaka komissiyalariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” unvoniga ega boʻlgan shaxslarga malaka toifalari cheklanmagan muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Trener-oʻqituvchilarga malaka toifalari Olimpiya, noolimpiya oʻyinlari yoki Oʻzbekiston milliy sport turlari va xalq oʻyinlari boʻyicha natija koʻrsatgan sportchi bilan kamida ikki yil uzluksiz shugʻullangandan soʻng beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sportchilarni keyingi sport mahoratini oshirish guruhlariga bergan trener-oʻqituvchilar ushbu sportchilarning natijalari boʻyicha tegishli malaka toifalarini olishga haqli. Bunda ushbu trener-oʻqituvchi daʼvogarlik qilayotgan malaka toifasidan oldingi malaka toifasi mezonlariga toʻgʻri keladigan natijalarga erishgan sportchilarga ega boʻlishi shart. Bu sportchilar erishgan natijalar boʻyicha trener-oʻqituvchi faqat bir marta malaka toifasi olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Malaka toifalarini berishda tan olinadigan nufuzli sport musobaqalari mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Malaka toifalarini berish boʻyicha malaka komissiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Trener-oʻqituvchilar va yoʻriqchi-uslubchilarga malaka toifalarini berish boʻyicha tegishli tashkilotlar huzurida malaka komissiyalari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Malaka komissiyasi aʼzolari bir yil muddatga tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha esa Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi yoki uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari — respublika malaka komissiyasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, viloyatlar hamda Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosari — boʻlim boshligʻi hududiy malaka komissiyasining raisi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, sport federatsiyalari (uyushmalari), sport maktablarining rahbarlari hamda vakillari malaka komissiyasiga aʼzo sifatida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisining sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari — respublika malaka komissiyasining, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari raisining sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari — hududiy malaka komissiyasining raisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Malaka komissiyasi 7 nafar aʼzodan iborat boʻladi, uning tarkibiga tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, sport federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va boshqalar), sport turlari boʻyicha oliy sport mahorati maktablari, sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari va boshqa jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari rahbarlari yoki vakillari, sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha esa Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi yoki uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari rahbarlari yoki vakillari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka komissiyasi uning aʼzolarining uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka komissiyasi aʼzolariga quyidagi talablar qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar bazasi bilan yaxshi tanish boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka komissiyasi kotibi hujjatlarni qabul qiladi, komissiya yigʻilishida koʻrib chiqish uchun tayyorlaydi, rasmiylashtiradi va ularni saqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Malaka komissiyasi raisi va aʼzolari quyidagi hollarda komissiya tarkibidan muddatidan oldin chiqarilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz arizasiga koʻra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishda aniqlangan qoida buzishlari boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etgan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Malaka komissiyasi qarorlari ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Komissiya qarori yigʻilishda ishtirok etgan aʼzolarning koʻpchiligi ovoz bergan taqdirda, qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Malaka komissiyasi aʼzosi boʻlgan mutaxassisning hujjatlari komissiyada koʻrilganda komissiya aʼzosi boʻlgan mutaxassisning ovozi hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Malaka komissiyasining yigʻilishlari har chorakda bir marta oʻtkaziladi. Komissiyaning navbatdan tashqari yigʻilishlari quyidagi hollarda rais tomonidan chaqiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi oʻquv yili boshlanishi bilan bogʻliq boʻlgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlar yigʻilib qolganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Malaka komissiyasi qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va rais hamda yigʻilishda ishtirok etgan aʼzolar tomonidan imzolanadi. Malaka komissiyasining qarori Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining veb-saytida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka toifasini berish toʻgʻrisidagi tegishli malaka komissiyasining qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha esa Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi yoki uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar yoxud Toshkent shahar kengashi tomonidan buyruq chiqariladi hamda mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda malaka toifasi toʻgʻrisida guvohnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Malaka komissiyasi qaroridan norozi boʻlgan shaxslar qaror qabul qilingandan soʻng, bir oy ichida respublika malaka komissiyasi yoki sudga shikoyat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika malaka komissiyasiga shikoyat kelib tushgan hollarda Respublika malaka komissiyasi tegishli hududiy malaka komissiyalaridan hujjatlar nusxalarini oʻrganib chiqish uchun soʻrab olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Respublika malaka komissiyasining xulosasi uch nusxada bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, bayonnomaning bir nusxasi arizachiga, ikkinchi nusxasi hududiy komissiyasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Malaka toifasi berilgan shaxslarning hisobini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Berilgan malaka toifalari hisobi malaka toifasini berish toʻgʻrisidagi buyruqlarga asosan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Malaka toifasini berish boʻyicha barcha hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha esa, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi yoki uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar yoxud Toshkent shahar kengashida ikki yil mobaynida saqlanib, tegishli arxiv muassasalariga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Trener-oʻqituvchi va yoʻriqchi-uslubchilarga berilgan guvohnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumot Guvohnomalarni roʻyxatga olish daftariga navbatma-navbat qayd etib boriladi. Guvohnomalarni roʻyxatga olish daftari sahifalangan, tikilgan va tashkilot muhri qoʻyilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. “Xalqaro toifali trener” malaka toifasini olgan trener-oʻqituvchilarning hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi tomonidan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi R. NIYAZOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 13-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 13-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri B. XODJAYEV

Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Trener-oʻqituvchilarning ish natijalarini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEZONLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Trener-oʻqituvchi tomonidan tayyorlangan sportchilarning sport musobaqalarida erishgan natijasi boʻyicha:
Sportchi tomonidan sport musobaqasida egallangan oʻrin (erishilgan natijasi)**
oliy toifa
birinchi toifa
ikkinchi toifa
Olimpiya oʻyinlari
1
1 — 10
11 — 20
ishtirok etgan boʻlishi kifoya
Jahon chempionati va kubogi
1
1 — 6
7 — 10
11 — 20
Yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida Jahon chempionati va (yoki) kubogi
1
1 — 3
4 — 6
7 — 10
Osiyo oʻyinlari
1
1 — 6
7 — 10
10 — 14
Osiyo chempionati va kubogi
1
1 — 3
4 — 6
7 — 10
Yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo chempionati va (yoki) kubogi
1
1-2
3 — 5
6 — 8
Xalqaro sport musobaqalari
2
1
2-3
4 — 6
Oʻzbekiston Respublikasi chempionati, kubogi yoki birinchiligi
2
-
1 — 3
4 — 6
Yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi chempionati, kubogi yoki birinchiligi
2
-
1
2-3
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: trener-oʻqituvchiga tegishli malaka toifasini berish uchun u tomonidan sport musobaqasida qatnashish uchun tayyorlanishi lozim boʻlgan sportchi soni* va sportchining sport musobaqasida egallashi lozim boʻlgan oʻrni (erishilgan natijasi)**.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oliy toifali trener” malaka toifasini berishda trener-oʻqituvchi tomonidan tayyorlangan sportchilarning Oʻzbekiston Respublikasi chempionati, kubogi yoki birinchiligi hamda Yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi chempionati, kubogi yoki birinchiligida egallagan oʻrni koʻrsatkich sifatida inobatga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur jadvalda koʻrsatilgan sport musobaqalarining nufuzi Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-ilovasiga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Trener-oʻqituvchilarning ish natijalarini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEZONLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Trener-oʻqituvchining Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalarini shakllantirish hamda sport zaxirasini tayyorlashda qoʻshgan hissasi boʻyicha:
Sportchilarni olimpiya zaxirasi kollejiga kirishi uchun tayyorlash
4
2
Sportchilarni oliy sport mahorati bosqichigacha tayyorlash
4
2
Sportchilarni sport mahoratini takomillashtirish bosqichigacha tayyorlash
2
1
Sportchilarni boshlangʻich tayyorgarlik bosqichidan oʻquv-mashq bosqichiga tayyorlash
—
2
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: * trener-oʻqituvchiga tegishli malaka toifasini berish uchun u tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalarini shakllantirish hamda sport zaxirasini yaratish uchun tayyorlashi lozim boʻlgan sportchilar soni. Bunda “Oliy toifali trener” malaka toifasini berishda mazkur koʻrsatkichlar inobatga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻriqchi-uslubchilarning ish natijalarini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEZONLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika darajasidagi jismoniy tarbiya-sport jamiyatlarida
7
4
3
Hududiy jismoniy tarbiya-sport jamiyatlarida
10
6
4
Bevosita rahbarlik lavozimidagi ishlari:
Oliy sport mahorat maktabi, oliy mahorat sport maktabi, olimpiya zaxirasi kolleji, ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida
6
5
4
Bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida
7
5
3
Ilmiy tadqiqot institutlari va oliy taʼlim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyati:
Ilmiy unvon yoki ilmiy darajaga ega boʻlgan holda
7
4
2
Ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega boʻlmagan holda
10
7
4
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: ish stajini hisoblashda tegishli ishda (lavozimda) toʻliq ishlangan yillar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻriqchi-uslubchining ish natijalarini baholashda uning ish stajidan qatʼi nazar, Ixtisoslashtirilgan muvofiqlashtiruvchi uslubiy Kengash tomonidan ruxsat berilgan holda jismoniy tarbiya va sport sohasida yakka mualliflikda chop etgan uslubiy qoʻllanmalari hisobga olinadi. Bunda “Oliy toifali yoʻriqchi-uslubchi” malaka toifasini olish uchun kamida 2 ta, “Birinchi toifali yoʻriqchi-uslubchi” malaka toifasini olish uchun esa, kamida 1 ta uslubiy qoʻllanma chop etilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka toifalarini olishda tan olinadigan nufuzli sport musobaqalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nufuzli sport musobaqalariga Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari va kuboklari, turli xalqaro sport musobaqalari, Oʻzbekiston Respublikasi chempionati, kubogi kiradi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Olimpiya oʻyinlarining nufuzi Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha Jahon yoki Osiyo chempionati va kubogining nufuzi tegishli xalqaro sport federatsiyasi (uyushmasi) tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilmagan sport turlari boʻyicha Jahon chempionati va kubogining nufuzi ushbu sport musobaqalarida kamida 20 ta mamlakatning vakillari va (yoki) terma jamoalari qatnashgan taqdirda tan olinadi, Osiyo chempionati va kubogining nufuzi esa, ushbu sport musobaqalarida kamida 10 ta mamlakatning vakillari va (yoki) terma jamoalari qatnashgan taqdirda tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalqaro sport musobaqalarining nufuzi sport turlari boʻyicha tegishli xalqaro sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan roʻyxatga olingan xalqaro sport musobaqalari boʻyicha tan olinadi. Bunda ushbu sport musobaqalarida kamida 6 ta mamlakatning vakillari va (yoki) terma jamoalari qatnashgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi chempionati, kubogi nufuzi ushbu sport musobaqalarining xalqaro va respublika miqyosidagi sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilishi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ nomi GUVOHNOMA _______-son ________________________________________________________
Ismi: _____________________________________________________________________________________________
Otasining ismi: ____________________________________________________________________________________
Sport turi: ________________________________________________________________________________________
Sport turlari boʻyicha trener, shuningdek yoʻriqchi-uslubchilarga malaka toifalari berish malaka komissiyasining qarori hamda _________________________________________________ning _____ yil ___ ____________ dagi ______-sonli buyrugʻiga asosan “_________________________________” toifasi berildi _____ yil ___ ____________ kuniga qadar haqiqiy hisoblanadi.
Vakolatli organ rahbarining imzosi va muhri Guvohnoma berilgan sana:
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/2953/0372-son)