O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlarida ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 4-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2155-3]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020-yil 15-fevraldagi 3/9-sonli “Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlarida ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2155-5, 09.03.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/8-son qarori (ro‘yxat raqami 2155, 2010-yil 19-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 47-son, 438-modda) bilan tasdiqlangan Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlarida ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy banki raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 25-noyabr,
32/1-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 25-noyabrdagi 32/1-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlarida ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
1. 8-bandning ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 2465, 2013-yil 3-iyun) 59-bandida nazarda tutilgan inkasso topshiriqnomalarini taqdim etish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar bevosita mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka inkasso topshiriqnomalarini elektron shaklda taqdim etishi yoki ularni chaqirib olishi mumkin.”.
2. 12-band “mijozlarning tizimga kirish va chiqish vaqtlari” degan so‘zlardan keyin “, IP manzillari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
3. 22-banddagi “(ro‘yxat raqami 2528, 2013-yil 21-noyabr)” degan so‘zlar “(ro‘yxat raqami 2886, 2017-yil 23-may)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.12.2017-y., 10/17/2155-3/0360-son)