O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Oldingi tahrirga qarang.
“Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son qaroriga muvofiq hamda sug‘urta tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish, sug‘urtalovchilarning moddiy-texnika bazasini va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ularning mintaqaviy vakolatxonalarini kengaytirish va aholining sug‘urta tashkilotlariga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-2-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-maydagi 105-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 21-son, 215-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
5. Yuridik shaxslar uchun sug‘urtaning ixtiyoriy turlari bo‘yicha yillik xarajatlar normativi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan tushum yillik hajmining ikki foizi miqdorida belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi idoraviy normativ hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritsinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 27-noyabr,
413-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarga qarashli mol-mulkning davlat majburiy sug‘urtasi to‘g‘risida” 1993-yil 23-dekabrdagi 609-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 12-son, 45-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Parvozlarda qatnashuvchi uchuvchilar — texnik xodimlar tarkibining davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summalari va sug‘urta tariflari miqdorlari to‘g‘risida” 1993-yil 29-dekabrdagi 612-son qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Garovga qo‘yilgan mulkni majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta to‘lovlari miqdorlarini belgilash to‘g‘risida” 1994-yil 3-maydagi 233-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 5-son, 26-modda).
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarga qarashli mol-mulkning davlat majburiy sug‘urtasi to‘g‘risida” 1993-yil 23-dekabrdagi 609-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1994-yil 14-dekabrdagi 603-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 12-son, 55-modda).
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kreditlar qaytarilishi va dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha ishlarni o‘tkazish uchun avans tariqasida beriladigan mablag‘lar qaytarilishi hamda fyuchers kontraktlar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi korxonalarining javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta to‘lovlari miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1997-yil 9-apreldagi 179-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 4-son, 16-modda).
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1998-yil 29-iyuldagi 321-son qarori.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavot mahsulotlari, sut va chorva mahsulotlari xarid qilishga shartnomalar bo‘yicha hisob-kitoblar o‘z vaqtida qilinishi uchun javobgarlikni sug‘urta qilish to‘g‘risida” 1999-yil 25-martdagi 132-son qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(I-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi 266-sonli qaroriga asosan 2015-yil 28-noyabrdan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 37-son, 487-modda)
II. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy sug‘urtasi to‘g‘risida” 1994-yil 26-yanvardagi 38-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 1-son, 6-modda):
muqaddimada “sug‘urta to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“shaxsiy” so‘zi chiqarib tashlansin;
band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita sug‘urtalovchilar hisoblanadilar”;
2-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilansinki, vakil qilingan sug‘urtalovchi sug‘urta summasi to‘laydi”;
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Belgilab qo‘yilsinki:
eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdoridagi sug‘urta mukofoti tarifi, shu jumladan vakil qilingan sug‘urtalovchining sug‘urta o‘tkazishga ushbu sug‘urta mukofotlari summasining 8 foizi miqdoridagi xarajatlari 2002-yil 31-dekabrgacha amal qiladi;
bir sug‘urta qilinuvchiga bir yilga eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdoridagi sug‘urta mukofoti tarifi — 2003-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi”;
4-banddan “shaxsiy” so‘zi chiqarib tashlansin.
Quyidagi mazmundagi 4.1 va 4.2-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“4.1. “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi (vakil qilingan sug‘urtalovchi) mazkur qarorda belgilangan tartibda majburiy davlat sug‘urtasi o‘tkazishni 2002-yil 31-dekabrgacha davom ettirsin.
“O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi (vakil qilingan sug‘urtalovchi) majburiy davlat sug‘urtasi o‘tkazishni mazkur qarorda belgilangan tartibda 2003-yil 1-yanvardan boshlasin.
4.2. “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi 2003-yil 1-fevralgacha harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy va boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning majburiy davlat sug‘urtasiga tegishli hujjatlar ro‘yxati va sug‘urta zaxiralari vositalari “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasiga berilishini ta’minlasin.
“O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi hujjatlar ro‘yxati va sug‘urta zaxiralari vositalarini qabul qilsin, keyingi har bir yil boshlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita bilan zarur sug‘urta shartnomalari tuzilishini ta’minlasin”.
III. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekinvest Interneshnl”, “O‘z-AIG” qo‘shma sug‘urta kompaniyalarini va “AIG-O‘zbekinvest” agentligini tashkil etish to‘g‘risida” 1994-yil 23-noyabrdagi 565-son qarorida:
muqaddimada “Sug‘urta to‘g‘risida” so‘zlari “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-bandda “tijorat tavakkalchiliklarini umumiy sug‘urta qilish hamda chet ellik va mamlakatimiz investorlari hayotini sug‘urta qilish sohasida sug‘urta xizmatlari, shu jumladan erkin muomaladagi valyutadagi to‘lov bilan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
IV. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarining hamda O‘zbekiston Respublikasi soliq organlari xodimlarining majburiy shaxsiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summalari va sug‘urta tariflari miqdorlari to‘g‘risida” 1994-yil 10-dekabrdagi 631-son qarorida:
qarorning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi soliq organlari xodimlarining majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summalari va sug‘urta tariflari miqdorlari to‘g‘risida”;
muqaddimada “Sug‘urta to‘g‘risida” va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1994-yil 4-martdagi 114-son qarori bilan” so‘zlari “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-band chiqarib tashlansin;
2—7-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Belgilansinki, soliq organlari xodimlarining majburiy davlat sug‘urtasi respublika budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
3. Belgilab qo‘yilsinki, soliq organlari xodimlarining majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summasi to‘lov kunida qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining 80 baravarini tashkil etadi.
4. Belgilansinki, sug‘urta mukofoti Davlat soliq qo‘mitasi (sug‘urta qildiruvchi) tomonidan vakil qilingan sug‘urtalovchiga sug‘urta qilinishi kerak bo‘lgan sug‘urta qildiruvchining har bir xodimiga to‘lash paytida amal qilgan eng kam oylik ish haqi miqdorining 20 foizi miqdorida to‘lanadi.
5. “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi (vakil qilingan sug‘urtalovchi) mazkur qarorda belgilangan tartibda majburiy davlat sug‘urtasini amalga oshirishni 2002-yil 31-dekabrgacha davom ettirsin.
“O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi (vakolatli sug‘urtalovchi) mazkur qarorda belgilangan tartibda majburiy davlat sug‘urtasi o‘tkazishni 2003-yil 1-yanvardan boshlasin.
6. “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi soliq organlari xodimlarining majburiy davlat sug‘urtasiga tegishli hujjatlarning nusxalari va sug‘urta zaxiralari mablag‘lari 2003-yil 1-fevralgacha “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasiga berilishini ta’minlasin.
“O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi hujjatlarni va sug‘urta zaxiralari vositalarini qabul qilsin hamda har bir keyingi yil boshlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan zarur sug‘urta shartnomalari tuzilishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda Soliq organlari xodimlarining majburiy davlat sug‘urtasi qoidalarini tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(V band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 26-27-son, 251-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(VI band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 6-son, 77-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(VII band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi 46-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 09/20/46/0095-son)
VIII. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zagrosug‘urta” Davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1997-yil 6-martdagi 125-son qarorida:
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari, korxonalar va qishloq joylarda yashovchi aholi mulkiy manfaatlarining sug‘urta himoyasi “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilansin.
Banklarning kreditlari qaytarilmaganligi uchun qishloq xo‘jaligi korxonalarining javobgarligini sug‘urta qilish, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun avans tariqasida beriladigan mablag‘larning qaytarilishi sug‘urtasining va fyuchers kontraktlari bo‘yicha 1 va 2-ilovalarga muvofiq hamda sug‘urta tariflarining miqdorlari: banklarning kreditlari qaytarilmaganligi uchun qishloq xo‘jaligi korxonalarining javobgarligini sug‘urta qilish bo‘yicha 2,5% miqdorida va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun avans tariqasida beriladigan va fyuchers kontraktlar bo‘yicha beriladigan mablag‘larning sug‘urtasi sug‘urta summasining 1 foizi miqdorida bo‘lgan sxemalarga rozilik berilsin”;
3-band chiqarib tashlansin;
4-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasining, uning ijro etuvchi apparatining tuzilmasi va kompaniya xodimlari soni kompaniyaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan belgilanadi”;
2 va 3-ilovalar tegishli ravishda 1 va 2-ilovalar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(IX band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PQ-3317-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 07/17/3317/0077-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(X band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)
XI. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Obyektlarni davlat mablag‘lari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida” 1999-yil 20-dekabrdagi 532-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 12-son 70-modda):
2-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“qurilish pudrati shartnomalari bo‘yicha mablag‘ bilan ta’minlash faqat shartnomalar sug‘urta polislari mavjud bo‘lgan taqdirda boshlanadi. Sug‘urta polisi sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta shartnomasida belgilangan sug‘urta mukofoti to‘langandan keyin taqdim etiladi”;
ilovaning 1-bandi ikkinchi xatboshidan “Sug‘urta to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(XII va XIII band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021)
Oldingi tahrirga qarang.
(XIV band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(XV band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 477-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/477/1166-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 22-son, 180-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda, 46-47-son, 458-modda; 2007-y., 21-son, 215-modda; 2008-y., 26-27-son, 251-modda, 28-son, 270-modda; 2009-y., 26-son, 299-modda; 2011-y., 22-23-son, 234-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda, 37-son, 487-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda, 52-son, 601-modda; 2017-y., 13-son, 201-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 07/17/3317/0077-son, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 31.12.2019-y., 09/20/1060/0021; 31.01.2020-y., 09/20/46/0095-son, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son, 13.08.2020-y., 09/20/477/1166-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son; 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)