Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.01.1998 yildagi 1-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAZORASP QAND-ShAKAR ZAVODINI XOM AShYo BILAN TA’MINLASh MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyatidagi Hazorasp qand-shakar zavodining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining qand lavlagi ekin maydonlari va uning yalpi hosili to‘g‘risidagi taklifi 1-ilovaga* muvofiq qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi va “Oziqovqatsanoat” uyushmasi bilan birgalikda MDHning lavlagi ekiladigan mintaqalarida va uzoq xorijiy mamlakatlarda qand lavlagi yetishtirish tajribasini o‘rgansin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining agroiqlim sharoitlarini hisobga olgan holda qand lavlagi yetishtirish bo‘yicha tavsiyanomalar hamda texnologik xaritalar ishlab chiqilsin va xo‘jaliklarga yetkazilsin. Qandliligi kamida 17 foiz bo‘lgan qand lavlagi olinishi ta’minlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oziqovqatsanoat” uyushmasi (Qosimxo‘jayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda 1998-yil 1-fevralgacha 1998-yil hosilidan qand lavlagi xarid qilish yuzasidan xo‘jaliklar bilan kontraktatsiya shartnomalari tuzishni tugallasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 1-martgacha xo‘jaliklarga shartnomaviy narx bo‘yicha xarid qilinadigan xomashyo qiymatining kamida 40 foizi miqdorida avans to‘lasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyor (qand-shakar) va qo‘shimcha mahsulot (jom)ning bir qismini xomashyo uchun to‘lov hisobiga xo‘jaliklarga ajratishni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qand lavlagini qabul qilib olish va saqlash uchun qand-shakar zavodi hududida 50 ming tonna qand lavlagi g‘aramlab saqlanadigan maydonni, shuningdek respublikaning qayd etilgan mintaqalarida 4 ta qand lavlagi qabul qilish punktlarini tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zkimyosanoat” uyushmasi (Yusupbekov) lavlagi ekadigan xo‘jaliklarga 2-ilovaga* muvofiq miqdorda mineral o‘g‘itlar va gerbitsidlar yetkazib berishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi (Olimjonov) 1998-yil 1-martgacha mashina-traktor parklari uchun 3-ilovaga* muvofiq qand lavlagi yetishtirish va hosilini yig‘ishtirib olish texnikasini yetkazib berish masalasini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi (Matchonov) 1998-1999-yillarda respublika sanoat korxonalarida “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi buyurtmanomalariga binoan qand lavlagi yetishtirish va lavlagichilik texnikasi parkini yangilash uchun shunday texnika ishlab chiqarishni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi lavlagi yetishtirish tajribasini o‘rganish asosida bir kurtakli qand lavlagi urug‘ini yetkazib berishi mumkin bo‘lgan tashkilotlarni aniqlasin, “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi (Otayev) esa kontraktlar tuzishni va 4-ilovaga* muvofiq urug‘lik yetkazib berishni ikki oy muddatda ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Paxta-bank” va “G‘alla-bank” “Oziqovqatsanoat” uyushmasiga yetishtiriladigan qand lavlagi uchun xo‘jaliklarga avans berish uchun 761 mln. so‘m miqdorida va “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasiga navli (bir kurtakli) lavlagi urug‘lari sotib olish uchun 1200 ming AQSh dollariga teng miqdorda qayta moliyalash stavkasi bo‘yicha bir yilgacha muddatga kreditlar ajratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi “Oziqovqatsanoat” uyushmasiga qand lavlagi tashish uchun zarur miqdorda avtotransport vositalari va temir yo‘l vagonlari ajratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Oziqovqatsanoat” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda mavsum oralig‘ida shakar xomashyosini qayta ishlash hisobiga Hazorasp qand-shakar zavodining yillik ishlab chiqarish quvvatlarini 125 ming tonnagacha oshirish masalasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. H. Jo‘rabekov va Bosh vazir o‘rinbosari M. Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 5-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-son