Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʻgʻrisida
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda Markaziy saylov komissiyasi deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va oʻtkazish uchun tuziladi hamda u oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi.
(1-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
2-modda. Markaziy saylov komissiyasi faoliyatining asosiy prinsiplari
Markaziy saylov komissiyasi faoliyatining asosiy prinsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, adolatlilikdan iborat.
(2-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Markaziy saylov komissiyasi oʻzining butun faoliyati bilan saylov tizimining demokratik prinsiplarini amalga oshirishga koʻmaklashishga, saylovchilarning oʻz xohish-irodasini erkin bildirish imkoniyatini taʼminlashga daʼvat etilgan.
21-modda. Mustaqillik
Markaziy saylov komissiyasi va uning aʼzolari oʻz faoliyatini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda amalga oshiradi.
Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari qaror qabul qilishda siyosiy moyillar va boshqa yot taʼsirlardan holi boʻlgan oʻz nuqtai nazarini bildiradi.
Markaziy saylov komissiyasining faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
22-modda. Qonuniylik
Markaziy saylov komissiyasi va uning aʼzolari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, saylov, referendum toʻgʻrisidagi qonunlarga hamda boshqa qonunlarga amal qiladi.
23-modda. Kollegiallik
Masalalarni koʻrib chiqish va qarorlar qabul qilish Markaziy saylov komissiyasi tomonidan kollegial tarzda amalga oshiriladi.
24-modda. Oshkoralik
Markaziy saylov komissiyasi oʻz faoliyatini oshkora amalga oshiradi. Markaziy saylov komissiyasining majlislari ochiq oʻtkaziladi.
Markaziy saylov komissiyasi majlislarida siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan va harakatlardan kuzatuvchilar hozir boʻlishi mumkin.
Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
25-modda. Adolatlilik
Markaziy saylov komissiyasi nomzodlarni, siyosiy partiyalarni saylov kampaniyasini oʻtkazish uchun teng shart-sharoitlar bilan taʼminlash, saylovga, referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish uchun ajratilgan budjet mablagʻlarining adolatli taqsimlanishini, ovoz berishning va saylov, referendum yakunlarini chiqarishning halol boʻlishini taʼminlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻradi.
(21 — 25-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
3-modda. Markaziy saylov komissiyasini tuzish
Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan kamida oʻn besh nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi.
Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan saylanadi.
Markaziy saylov komissiyasining Raisi komissiya aʼzolari orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasi boʻyicha komissiya majlisida saylanadi.
Markaziy saylov komissiyasi Raisining oʻrinbosari va komissiya kotibi komissiya aʼzolari orasidan komissiya majlisida saylanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
4-modda. Markaziy saylov komissiyasiga aʼzolik
Yigirma besh yoshga toʻlgan, qoida tariqasida, oliy maʼlumotga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini va davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylovni, referendumni tashkil etish va oʻtkazish borasida ish tajribasiga ega boʻlgan, jamoatchilik oʻrtasida obroʻ-eʼtibor qozongan hamda kamida oxirgi besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuniga asosan birinchi va ikkinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi boshqa saylov komissiyasining yoki siyosiy partiyaning aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Qonunda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod etib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzoligiga nomzod etib, ishonchli vakil etib roʻyxatga olingan Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi komissiya tarkibidan chiqib ketgan deb hisoblanadi.
(4-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-194-sonli qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Markaziy saylov komissiyasi aʼzosining vakolatlari quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan bevosita yoki uni aʼzolikka tavsiya etgan organning taqdimnomasi boʻyicha toʻxtatilishi mumkin:
u oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida yozma ariza bergan taqdirda;
u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan taqdirda;
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;
u oʻz vazifalarini muntazam ravishda bajarmay kelgan taqdirda.
(4-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Markaziy saylov komissiyasining yangi aʼzosi ushbu Qonunda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi komissiyaning qaroriga binoan unda doimiy asosda ishlashi mumkin.
Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi aʼzolari ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emas.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
41-modda. Markaziy saylov komissiyasi aʼzosining guvohnomasi
Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi tegishli guvohnomaga ega boʻladi.
Markaziy saylov komissiyasi Raisi va uning oʻrinbosarining guvohnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Markaziy saylov komissiyasi boshqa aʼzolarining guvohnomasi esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi tomonidan imzolanadi.
(41-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
5-modda. Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari
Markaziy saylov komissiyasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovni oʻtkazish uchun tuziladigan saylov komissiyalarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi referendumini oʻtkazish uchun tuziladigan referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning tizimiga boshchilik qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov va Oʻzbekiston Respublikasi referendumi toʻgʻrisidagi qonunlarning ijrosini nazorat qiladi, ularning bir xil qoʻllanilishini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar yuzasidan saylov kompaniyasi boshlanganligini eʼlon qiladi;
(5-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-194-sonli qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 510-modda)
saylov komissiyalari va referendum oʻtkazuvchi komissiyalar faoliyatini uslubiy jihatdan taʼminlaydi, saylov va referendumni tashkil etishga oid masalalar yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi, yoʻriqnomalar chiqaradi hamda nizomlarni tasdiqlaydi va tushuntirishlar berib boradi;
saylov okruglarini, referendum okruglarini tuzadi, ularga nom va tartib raqami beradi, chegaralarini, saylovchilar hamda referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar sonini koʻrsatgan holda okruglar roʻyxatini eʼlon qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalari va referendum uchastkalarini qaysi okruglarga biriktirish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etadi;
okrug saylov komissiyalarini va referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyalarini tuzadi hamda ularning joylashgan yeri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
saylov komissiyalari va referendum oʻtkazuvchi komissiyalar tarkibiga oʻzgartishlar kiritish tartibini belgilaydi;
okrug saylov komissiyalarining va referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyalarining qarorlarini, agar bu qarorlar saylov va referendum toʻgʻrisidagi qonunlarga zid boʻlsa, mustaqil tarzda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qiladi;
chet davlatlarning, xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilariga saylov va referendumga mandatlar beradi;
saylovga va referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishning xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, pul mablagʻlarini saylov komissiyalariga hamda referendum oʻtkazuvchi komissiyalarga, shu jumladan siyosiy partiyalarning saylovlarda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun taqsimlaydi, saylov komissiyalarining va referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning binolar, transport va aloqa vositalari bilan taʼminlanishini nazorat qiladi, saylov hamda referendumni moddiy-texnika jihatidan taʼminlashga doir boshqa masalalarni koʻrib chiqadi;
(5-moddaning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
siyosiy partiyalarning kuzatuvchilari, matbuot, televideniye, radio vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlarning kuzatuvchilariga moʻljallangan mandat namunasini belgilaydi;
(5-moddaning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-194-sonli qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 510-modda)
taqdim etilgan hujjatlar asosida siyosiy partiyalarning saylovda qatnashishiga ijozat berish yuzasidan qaror qabul qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalardan tegishli hujjatlarni qabul qilib oladi.
(5-moddaning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-194-sonli qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 510-modda)
Oʻzbekiston Ekologik harakatining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi boʻyicha konferensiyasini oʻtkazish haqida qaror qabul qiladi;
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuniga asosan oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni roʻyxatga oladi, roʻyxatga olingan nomzodlarning roʻyxatlari va ular haqidagi maʼlumotlar matbuotda eʼlon qilinishini uyushtiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar saylovda ishtirok etishi uchun teng sharoitlarni taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari sayloviga doir saylov byulletenlarining va saylov varaqalarining, referendumda ovoz berish byulletenining, saylovchilar hamda referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar roʻyxatlarining, imzo varaqalarining, saylov komissiyalari, referendum oʻtkazuvchi komissiyalar bayonnomalarining hamda boshqa hujjatlarning namuna va shakllarini, ovoz berish qutilarining hamda saylov komissiyalari, referendum oʻtkazuvchi komissiyalar muhrlarining namunalarini, hujjatlarni saqlash tartibini belgilaydi;
(5-moddaning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
saylov komissiyalari, referendum oʻtkazuvchi komissiyalar, siyosiy partiyalar, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlatning boshqa organlari hamda boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining saylovga, referendumga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan axborotlarini eshitadi;
Oldingi tahrirga qarang.
saylovning va referendumning yakunini chiqaradi, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha ovoz berishning umumiy natijalarini aniqlaydi hamda ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yoki referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar soni toʻgʻrisidagi, har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar soni toʻgʻrisidagi, referendumga qoʻyilgan masalani yoqlab yoki unga qarshi berilgan ovozlar soni toʻgʻrisidagi axborotni matbuotda eʼlon qiladi;
(5-moddaning oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-194-sonli qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 510-modda)
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda takroriy ovoz berish, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining yoki Senati aʼzolarining takroriy saylovi va boʻshab qolgan oʻrinlarga saylovi oʻtkazilishini tashkil etadi;
saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlarini, Senatining aʼzolarini roʻyxatga oladi, shuningdek ularning roʻyxatini matbuotda eʼlon qiladi;
saylovdan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining, Senatining birinchi majlisini qonunda belgilangan tartibda chaqiradi;
saylangan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganligi toʻgʻrisida guvohnoma topshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatiga va Senatining aʼzosiga tegishincha Qonunchilik palatasi deputatining hamda Senat aʼzosining guvohnomasi va koʻkrak nishonini beradi;
saylov komissiyalarining va referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning qarorlari hamda xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasining saylov va referendum toʻgʻrisidagi qonunlari jinoiy javobgarlikka tortishga sabab boʻladigan tarzda buzilganligiga doir materiallarni prokuratura organlariga oshiradi;
boshqa mamlakatlarning saylov organlari, xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, chet davlatlarning, xalqaro tashkilotlarning vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etadi, hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar, memorandumlar tuzadi;
xorijiy mamlakatlardagi saylovlarni kuzatishda, shu jumladan xalqaro tashkilotlarning missiyalari tarkibida kuzatishda ishtirok etadi;
xalqaro tashkilotlarni, xorijiy mamlakatlarning saylov organlarini mamlakatimizdagi saylovlarni kuzatish uchun taklif etadi, oʻz vakillarini kuzatuvchilarning missiyalari tarkibiga yuboradi;
saylov va referendumni tashkil etish, oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlarning idoraviy arxivlarga topshirilishini taʼminlaydi;
(5-moddasining oʻttiz birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Markaziy saylov komissiyasining Reglamentini tasdiqlaydi;
jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni mustahkamlaydi va rivojlantiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(5-moddaning yigirma sakkizinchi — oʻttizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuniga asosan yigirma sakkizinchi — oʻttiz toʻrtinchi xatboshilarga almashtirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
6-modda. Markaziy saylov komissiyasi Raisining vakolatlari
Markaziy saylov komissiyasining Raisi:
Markaziy saylov komissiyasining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
Markaziy saylov komissiyasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi, komissiyaning aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Markaziy saylov komissiyasining majlislarida ishtirok etish uchun davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalarining, tashkilotlarning vakillarini va boshqa mansabdor shaxslarni taklif etadi;
davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, jamoat birlashmalari bilan munosabatlarda Markaziy saylov komissiyasi nomidan ish koʻradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov, shuningdek referendum yakunlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga axborot beradi;
Markaziy saylov komissiyasining qarorlarini va boshqa hujjatlarini imzolaydi;
Markaziy saylov komissiyasining faoliyatini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarni taqsimlaydi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi;
(6-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuniga asosan yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining birinchi majlisini ochadi hamda Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi saylangunga qadar unda raislik qiladi;
ushbu Qonunda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(6-modda birinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuniga muvofiq oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Markaziy saylov komissiyasining Raisi oʻz vakolatlarini bajarishining imkoni boʻlmagan taqdirda, shuningdek Rais boʻlmaganida, Raisning vazifalari Rais oʻrinbosariga yoki Markaziy saylov komissiyasining qarori bilan komissiya aʼzolaridan biriga yuklanadi.
7-modda. Markaziy saylov komissiyasining majlislari
Markaziy saylov komissiyasi ishining tashkiliy koʻrinishi uning majlislari hisoblanib, ular zaruratga qarab oʻtkaziladi. Agar majlisda komissiya aʼzolari umumiy miqdorining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etayotgan boʻlsa, u vakolatli hisoblanadi.
Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ochiq ovoz berish orqali, komissiya aʼzolari umumiy miqdorining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlinib qolgan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi Raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
8-modda. Markaziy saylov komissiyasi majlisining bayonnomasi
Markaziy saylov komissiyasining majlislarida bayonnoma yuritilib, u raislik qiluvchi va Markaziy saylov komissiyasining kotibi tomonidan imzolanadi.
(8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Markaziy saylov komissiyasining aʼzolari alohida fikr bildirishga haqli boʻlib, bu fikr yozma shaklda bayonnomaga ilova qilinadi.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
9-modda. Markaziy saylov komissiyasining qarorlari
Markaziy saylov komissiyasi oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi, qarorlar Markaziy saylov komissiyasi raisi tomonidan imzolanadi.
Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ular qabul qilingan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi va Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida oʻsha kunning oʻzida, shuningdek, zarur boʻlgan hollarda, boshqa manbalarda eʼlon qilinishi lozim.
(9-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
10-modda. Markaziy saylov komissiyasi qarorlarining majburiyligi
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy saylov komissiyasi oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlar okrug va uchastka saylov komissiyalari hamda referendumni oʻtkazish komissiyalari uchun, davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun majburiydir.
(10-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
11-modda. Markaziy saylov komissiyasining murojaatlarini koʻrib chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy saylov komissiyasi saylovga yoki referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlariga, boshqa mansabdor shaxslarga murojaat etishga haqli boʻlib, ular masalani koʻrib chiqishlari va uch kun ichida javob berishlari shart.
(11-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda)
12-modda. Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ustidan shikoyat berish
Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat berish mumkin. Shikoyat tushgan paytdan eʼtiboran uch kun ichida, agar saylov yoki referendumga olti kundan kam vaqt qolgan boʻlsa — darhol koʻrib chiqilishi lozim.
13-modda. Markaziy saylov komissiyasining Kotibiyati
Markaziy saylov komissiyasining faoliyatini taʼminlash uchun uning Kotibiyati tuziladi.
Kotibiyat ishiga Markaziy saylov komissiyasining kotibi rahbarlik qiladi.
Kotibiyatning tuzilishi, shtatlari va uning ish tartibini Markaziy saylov komissiyasining Raisi tasdiqlaydi.
14-modda. Markaziy saylov komissiyasining Reglamenti
Markaziy saylov komissiyasining faoliyat koʻrsatish tartibi uning Reglamentida belgilanadi.
15-modda. Markaziy saylov komissiyasini moliyaviy taʼminlash
Markaziy saylov komissiyasini moliyaviy taʼminlash davlat mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetida alohida satrda nazarda tutiladi.
(15-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
16-modda. Markaziy saylov komissiyasining muhri
Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Markaziy saylov komissiyasi yuridik shaxs hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 30-aprel,
613-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 95-modda; 1999-y., 1-son, 20-modda; 9-son, 206-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda; 2008-y., 52-son, 510-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)