Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 08.11.2017 yildagi 896-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil hosili uchun shudgorlash ishlarini zarur tarzda tashkil etish va oʻtkazish kompleks chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shudgorlash ishlari oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini taʼminlash yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, 2018-yilning kafolatlangan hosili uchun zarur hamda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyatining 2018-yil hosili uchun shudgorlash hajmi va muddatlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan taklifi ilovaga* muvofiq qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlarning hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati rahbarlari zimmasiga quyidagilar yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnika taʼmirlanishini nihoyasiga yetkazish, mashina-traktor parklari va fermer xoʻjaliklarining buyurtmanomalari boʻyicha haydov agregatlari uchun ehtiyot qismlarni tayyorlash va yetkazib berish hamda 2017-yil 10-noyabrdan kechiktirmay barcha joylarda shudgorlashni boshlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan agrotexnologiya normalariga muvofiq shudgorlashning zarur chuqurligi va bir tekisligiga, mineral va organik oʻgʻitlar solinishiga alohida eʼtiborni qaratgan holda shudgorlash sifatini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda shudgorlash ishlarining ushbu qarorga ilovada nazarda tutilgan hajm va muddatlarda olib borilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin. Hisobotni buzib koʻrsatish va boshqa qoidabuzarlik faktlari aniqlangan hollarda aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan qatʼiy javobgarlik choralari koʻrilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati hamda “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda quyidagilarni taʼminlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch kun muddatda shudgorlashning borishi va sifatini nazorat qiluvchi hududiy komissiyalar tuzish va ularga shudgorlash ishlarini olib borishda har bir tuman boʻyicha xoʻjaliklar va mashina-traktor parklarining alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlariga birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinlar uchun ragʻbatlantiruvchi mukofotlar joriy etish huquqini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda, yer resurslaridan yanada samarali foydalanishni hisobga olgan holda, tumanlar va xoʻjaliklar boʻyicha shudgorlashni oʻtkazish jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnika va ustaxonalarning ikki smenada toʻlaqonli ishlashini tashkil qilish, shudgorlash ishlarida qatnashayotgan mexanizator xamda operatorlarga maishiy va boshqa zarur shart-sharoitlarning butun kompleksini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shudgorlash ishlarini oʻtkazish uchun haydov traktorlari va koʻchma taʼmirlash ustaxonalarini jalb etish boʻyicha mintaqalarda joylashgan sanoat, qurilish tashkilotlari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklari va mashina-traktor parklari buyurtmanomalariga asosan ehtiyot qismlarni yetkazib berish, shuningdek, koʻchma taʼmirlash ustaxonalarining uzluksiz ishlashini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati shudgorlash ishlarini oʻtkazish davrida mineral oʻgʻitlar belgilangan tartibda solinishini taʼminlaydigan muddatlarda respublikaning barcha mintaqalariga oʻgʻitlar tuzilgan shartnomalarga muvofiq bir maromda yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi yonilgʻi-moylash materiallarining zarur zaxirasini yaratsin hamda ularni shudgorlashda ishtirok etuvchi mashina-traktor parklari, qishloq xoʻjaligi korxonalari va boshqa tashkilotlarga belgilangan tartibda uzluksiz yetkazib berilishini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi N.S. Otajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 8-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
896-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/896/0232-son)