1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.04.00.00 Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari / 10.04.03.00 Eksportni qullab-quvvatlash;
4.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.03 Eksport]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada liberallashtirish, eksport qilinadigan yangi meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarning (keyingi o‘rinlarda meva-sabzavot mahsulotlari deb yuritiladi) hajmini ko‘paytirish va turlarini kengaytirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarining jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Savdo-sanoat palatasining quyidagilar to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xo‘jalik yurituvchi subyektlarga eksport kontrakti (shartnomasi) tuzmasdan quyidagi shartlarga rioya qilgan holda invoys asosida meva-sabzavot mahsulotlarining eksportini amalga oshirish huquqini berish:
(1-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining vakolatli tijorat banklaridagi hisobvaraqlarga O‘zbekiston Respublikasi norezidentlaridan xorijiy valyutada, shu jumladan bank o‘tkazmalari, xalqaro bank kartalari orqali to‘lovlar, shuningdek, tijorat banklarining ayirboshlash shoxobchalarida sotib olingan milliy valyutadagi naqd pul mablag‘larini kiritish shaklida 100 foizlik oldindan to‘lov olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga eksportga yetkazib berish haqidagi ma’lumotlarni kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) eksport qilingan meva-sabzavot mahsulotlarining faktura qiymatiga ularni saqlashda, tashishda va sotishda qonun hujjatlarida belgilangan tabiiy yo‘qotish normativlari doirasida tuzatishlar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda o‘n kun muddatda eksport qilingan meva-sabzavot mahsulotlarining tabiiy yo‘qotish normativlari va ularning faktura qiymatiga tuzatishlar kiritish tartibini belgilaydigan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari keyinchalik eksport qilish uchun jismoniy shaxslardan sotib olinganda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan mahsulotlar ularga yoki ularning oila a’zolariga ajratilgan yer uchastkalarida yetishtirilganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim qilmasdan qo‘llaniladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-noyabrdagi PQ-417-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2022-y., 07/22/417/1004-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona haqidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi belgilari aniqlangan taqdirda, meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga yuk-bojxona deklaratsiyasi ko‘rik hujjati tuzilganidan keyin hamda uzum, vino va konyak mahsulotlari eksportiga yuk-bojxona deklaratsiyasi tovarlarni eksportga rasmiylashtirish ruxsat etilganidan so‘ng 3 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda rasmiylashtiriladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “O‘zbekoziqovqatxolding” XK bilan birgalikda 2017-yil 15-noyabrga qadar muddatda mazkur qarorning 1-bandi talablarini hisobga olgan holda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimini takomillashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.06.00 Inventarizatsiya qilish va qayta baholash, qayta baholash, hisobdan chiqarish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.04 Bog‘dorchilik. Uzumchilik;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport;
4.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining meva-sabzavot mahsulotlari savdosi va eksporti sohasidagi xalqaro shartnomalarini inventarizatsiyadan o‘tkazishni;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.03.00 Import bojxona bojlari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib o‘tilganda undiriladigan soliqlar va yig‘imlar / 10.05.04.00 Import (olib kirish) vaqtida aksizning qo‘llanilishi (shuningdek, 07.10.04.00ga qarang);
3.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena me’yorlari hamda qoidalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi import bojxona bojlari, aksiz solig‘i va yig‘imlar stavkalarini, shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, tashish hamda meva-sabzavot mahsulotlarining potensial import qiluvchi xorijiy mamlakatlarda sotishda sanitariya norma va qoidalarini tanqidiy o‘rganishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tashqi savdo vazirligi inventarizatsiya va tanqidiy o‘rganish yakunlari bo‘yicha 2017-yil 1-dekabrga qadar muddatda:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining meva-sabzavot mahsulotlarining savdosi va eksporti sohasida yangi xalqaro shartnomalar tuzish hamda amaldagilariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi normativ hujjatlar, sanitariya norma va qoidalari, fitosanitariya talablarini xalqaro standartlar, shuningdek, mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarining potensial import qiluvchi xorijiy mamlakatlar talablarini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zstandart” agentligi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda yigirma kun muddatda respublikada xalqaro standartlarni, shu jumladan “ISO 22000”, “Halol” standartlarini joriy etish va keyinchalik qo‘llash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida berilgan muvofiqlik sertifikatlarini mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarini asosiy iste’mol qiluvchi davlatlarda, shu jumladan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlarni tuzish, shuningdek, laboratoriyalarni modernizatsiya qilish orqali tan olinishini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda eksport qiluvchi tomonidan zarur hujjatlar taqdim qilingan vaqtdan ko‘pi bilan bir ish kuni davomida meva-sabzavot hamda tez buziladigan mahsulotlarning eksporti uchun sertifikatlar berishni ta’minlasin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va “O‘zbekoziqovqatxolding” XK:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga yetkazib berishning asosiy nomenklaturasi bo‘yicha tashqi bozorlarning joriy va istiqboldagi konyunkturalarini doimiy asosda chuqur o‘rganishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavot mahsulotlari eksportining yangi istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash hamda turi va naviga bog‘liq holda mahalliy meva-sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talabni aniqlash hisobiga ularning nomenklaturasini kengaytirishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “O‘zbekoziqovqatxolding” XK O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda haqiqiy ehtiyoj hamda meva-sabzavot mahsulotlarini tashish yo‘nalishlarini chuqur o‘rganish asosida Meva-sabzavot mahsulotlarini ishlash, saqlash va tashish bo‘yicha logistika markazlarini tashkil etish dasturini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, loyihalarning aniq ro‘yxati belgilansin, markazlarni optimal va oqilona joylashtirish, ularni tashkil etish muddatlari, xalqaro va xorijiy moliya institutlarining mablag‘lari bilan birga chet el investitsiyalarini jalb etishga alohida e’tibor qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bojxona tartib-taomillari va eksport-import operatsiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda ishchi guruh deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh 2018-yil 1-fevralga qadar muddatda bojxona tartib-taomillari va eksport-import operatsiyalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.08 Naqd pul bilan hisob-kitob;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.05.00 Bank omonati va boshqa depozit operatsiyalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tijorat banklariga meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tayyorlov tashkilotlarining depozit hisobvaraqlaridan ularning buyurtmalari bo‘yicha meva-sabzavot mahsulotlari sotib olish uchun naqd pul mablag‘lari berishni ta’minlash tavsiya etilsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “O‘zbekoziqovqatxolding” XK import va eksport qiluvchilar uchun, shu jumladan mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar, ularning navi va narxlari, shuningdek, chet el xaridorlari tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini sotib olishga bo‘lgan talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yagona axborot portalini yuritishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “O‘zbekoziqovqatxolding” XK O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Tashqi savdo vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda o‘n kun muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov ikki kun muddatda mazkur qaror talablari bajarilishining borishi ustidan ta’sirchan nazorat qilish, meva-sabzavot mahsulotlari eksportining tasdiqlangan parametrlariga erishishni tizimli monitoring qilish hamda aniqlangan muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal qilishni ta’minlash bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari va mutaxassislaridan maxsus guruhni shakllantirsin, zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qaror qabul qilish uchun asoslantirilgan takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov, N.S. Otajonov va Z.T. Mirzayev, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi M.B. Nurmuratov, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK raisi T.A. Jalilov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 6-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3377-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-noyabrdagi PQ-3377-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona tartib-taomillari va eksport-import operatsiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.
Qo‘chqorov J.A.
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, ishchi guruh rahbari
2.
G‘aniyev E.M.
—
O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri
3.
Xodjayev B.A.
—
O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri
4.
Saidova G.K.
—
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri
5.
Shermatov Sh.X.
—
O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b.
6.
Toxiriy M.V.
—
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi
7.
Parpiyev B.R.
—
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi
8.
Ishmetov T.A.
—
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari
9.
Ikramov A.I.
—
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi
10.
Sotiboldiyev J.K.
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i
11.
Kadirov F.A.
—
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ATD mudiri, ishchi guruh kotibi
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2017-y., 07/17/3377/0215-son; 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son, 09.11.2022-y., 07/22/417/1004-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son; 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)