O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son)
Madaniyat va san’at sohasidagi boshqaruv tizimida davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan budjetdan tashqari Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PQ-36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.12.2021-y., 07/21/36/1143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi PF-111-son Farmoniga muvofiq Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bo‘ysunuviga o‘tkazilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PQ-36-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.12.2021-y., 07/21/36/1143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PQ-36-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.12.2021-y., 07/21/36/1143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Jamg‘arma barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan ozod qilinsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamg‘arma Adliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-fevralga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Jamg‘armaga metsenatlik ko‘magi hisobidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Jamg‘arma tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarda chet ellik kontragentlarni soliqlar va to‘lovlardan 2030-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilish.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ-64-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida milliy valyutadagi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga hamda milliy va xorijiy valyutada bank hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PQ-36-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.12.2021-y., 07/21/36/1143-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilsin, unda, jumladan, Jamg‘arma ijrochi direksiyasi tuzilmasini tasdiqlashni ko‘zda tutsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Manfaatdor vazirlik va idoralar bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PQ-36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.12.2021-y., 07/21/36/1143-son)
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-oktabr,
PQ-3325-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PQ-36-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.12.2021-y., 07/21/36/1143-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PQ-3325-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3219-son qarori:
b) 4-bandning:
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PQ-36-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.12.2021-y., 07/21/36/1143-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PQ-36-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.12.2021-y., 07/21/36/1143-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 07/17/3325/0127-son; 27.05.2020-y., 07/20/4730/0670-son, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 09.12.2021-y., 07/21/36/1143-son; 03.02.2026-y., 06/26/15/0102-son; 17.02.2026-y., 07/26/64/0147-son)