1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ichki ishlar organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Ichki ishlar organlarining xizmat uy-joylari fondini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida

LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyasining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi va “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlarini xizmat uy-joylari bilan taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy bazani tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ichki ishlar organlarining xizmat uy-joylari fondini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarining xizmat uy-joylari fondini shakllantirish uchun uy-joylar hamda kvartiralar qurish va ularni rekonstruksiya qilish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturlarini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga har yili nazarda tutiladigan kapital mablagʻlar limitlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarining xizmat uy-joylari fondi kvartiralarni xarid qilish, kapital va joriy taʼmirlash hamda jihozlash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Xizmat turar joylari olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar roʻyxatiga2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 26-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
765-son

Vazirlar Mahamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 765-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining xizmat uy-joylari fondini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi va “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq ichki ishlar organlarining xizmat uy-joylari fondini shakllantirish va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat uy-joylari fondi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda IIV deb ataladi) tomonidan ichki ishlar organlari xodimlarini turar joy bilan taʼminlash yoki ularning yashash sharoitlarini yaxshilash uchun uy-joylar qurish va ularni rekonstruksiya qilish, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaxslar kvartiralarini sotib olish hisobidan shakllantirilgan fond;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat uy-joyi — ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolari yashashi uchun moʻljallangan, xizmat hamda munitsipal uy-joy fondining turar joy binolarida joylashgan, ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash davrida shartnoma asosida beriladigan uy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari xodimi (keyingi oʻrinlarda xodim deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasining ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan, maxsus unvonga ega boʻlgan fuqarosi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. IIV xizmat uy-joylari fondini shakllantirish va xodimlarni xizmat uy-joylari bilan taʼminlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joylar qurish va ularni rekonstruksiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar uy-joylari hamda kvartiralarini qonunchilikda belgilangan tartibda sotib olish hisobiga amalga oshiriladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xizmat uy-joylari fondidan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Xizmat uy-joylarini va turar joyga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj xodimlarni hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xizmat uy-joylaridan samarali foydalanish va xodimlarni uy-joy bilan taʼminlash maqsadida IIV ularning hisobini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. IIV xizmat uy-joylarini ichki ishlar organlariga biriktiradi va ularni hisobga olish hamda foydalanish holatini har yili tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xizmat uy-joylarini hisobga olish kitobi va kartochkalarining shakllari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Uy-joyga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj xodimlarni hisobga olish, shuningdek xizmat uy-joylarini taqsimlash uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IIV Markaziy apparatining uy-joy-maishiy komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Markaziy komissiya deb ataladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy ichki ishlar organlarining uy-joy-maishiy komissiyasi (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Markaziy va hududiy komissiyalar tarkibi, ularning huquqlari va vazifalari, ularning faoliyat yuritish va faoliyatini nazorat qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirning buyrugʻi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xizmat uy-joylari xodimlarga yashash joyi boʻyicha quyidagi holatlarda beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xodim uy-joyni ijara shartnomasi boʻyicha ijaraga oluvchi yoki uy-joyni ijaraga olgan shaxs oilasining aʼzosi yoxud shaxsiy turar uy-joy mulkdori yoki mulkdor oilasining aʼzosi boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xodim uy-joyni ijara shartnomasi boʻyicha ijaraga olgan yoki uy-joyni ijaraga oluvchi shaxs oilasining aʼzosi yoxud shaxsiy turar joy mulkdori yoki mulkdor oilasining aʼzosi boʻlsa, ammo qayd etilgan uy-joyga jamoat transportidan foydalangan holda har kuni qaytish imkoniyatiga ega boʻlmasa (uy-joyning xodim xizmat qiladigan joydan kamida 60 kilometr uzoqligi sababli);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xodim oilaning bir nafar aʼzosi uchun qonunchilikda yashash maydonining belgilangan ijtimoiy normasidan kam boʻlgan umumiy maydonga ega uy-joyda yashasa. Uy-joyning umumiy maydonini hisoblashda xodimning qoʻshimcha uy-joy maydoniga boʻlgan huquqi hisobga olinadi;
(9-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xodim bemor, ayrim surunkali kasalliklardan aziyat chekayotgan aʼzolari boʻlgan boshqa oilalar ham istiqomat qilayotgan va ular bilan birgalikda yashash imkoniyati boʻlmagan kvartiralarda yashasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) xodim qarindosh boʻlmagan ikki va undan koʻp oila istiqomat qiladigan, alohida ajratilmagan yonma-yon xonalarda yashasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Profilaktika inspektori lavozimiga tayinlangan xodimlarga xizmat uy-joylari bevosita ular xizmatni oʻtaydigan hududda yoki xizmatni oʻtash joyiga yaqin boʻlgan hududda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Uy-joyga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj xodimlar tegishli ravishda Markaziy yoki hududiy komissiya raisiga taqdim etilgan va quyidagi hujjatlar ilova qilingan bildirgilarga (arizalarga) muvofiq hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joyidan maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashash joyidan oilasi tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim va uning oila aʼzolari pasportlarining (tugʻilganlik haqida guvohnomalarning) nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nikoh tuzilgani (mavjud boʻlsa) haqida guvohnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joyni ijaraga olgani (yollagani) haqida shartnoma (mavjud boʻlsa) nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim va uning turmush oʻrtogʻi (xotini-eri)ning shaxsiy uy-joyi (er uchastksi) yoʻqligi haqida maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bildirgilar (arizalar) raqamlanadigan, tikiladigan va tegishli ichki ishlar organlari kanselyariyalarida muhr bilan muhrlanadigan roʻyxatga olish jurnalida (keyingi oʻrinlarda jurnal deb ataladi) roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jurnalda har bir bildirgiga (arizaga) roʻyxat raqami qoʻyiladi. Bildirgilar (arizalar) jurnalga ketma-ket, qachon olinganiga qarab kiritilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bildirgini (arizani) oldindan jurnalda roʻyxatga olmasdan koʻrib chiqish taqiqlanadi. Markaziy va hududiy komissiyalar bildirgilarni (arizalarni) ular kelib tushgandan soʻng bir oy davomida jurnalda qayd etilgan navbat boʻyicha koʻrib chiqishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tegishli ravishda Markaziy yoki hududiy komissiyaning xodimlar sharoiti yetishmasligi haqidagi xulosasi ularni hisobga qoʻyish uchun asos hisoblanadi. Bunday xulosa komissiya aʼzolari tomonidan xodimning joriy yashash-maishiy sharoitlari va u taqdim etgan hujjatlar bilan tanishib chiqish natijalariga muvofiq tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Uy-joyga va uy-joy yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj xodimlar hisobini yuritish, xodimlar va ularning oila aʼzolari yashash maydonining ijtimoiy normasini belgilash uchun ularga ushbu Nizomga ilovaga muvofiq shaklda, xizmat uy-joyi bilan taʼminlanish huquqini tasdiqlovchi hujjat hisoblangan uy-joy attestati yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xodimlarning xizmat uy-joyini olish yoki yashash sharoitlarini yaxshilash navbati uy-joy attestatlari asosida belgilanadi. Uy-joy attestati ikki nusxada rasmiylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir nuxasi xodimga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi nusxasi xodimning shaxsiy hujjatiga tikiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yangi xizmat joyiga kelgan xodimlar uy-joy attestatini unga zarur maʼlumotlarni kiritish va saqlash uchun tegishli komissiyaga topshiradi. Xodim yangi xizmat joyiga ketishida unga uy-joy attestati imzo qoʻydirib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Belgilangan tartibda yangi xizmat joyiga yuborilgan va uy-joyga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobida turadigan xodimlar uy-joy attestatlariga muvofiq yangi xizmat joyida muhtoj boʻlganlar roʻyxatiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xodimlar uy-joyga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobidan quyidagi holatlarda chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashash maydonining qonunchilikda belgilangan ijtimoiy normalariga muvofiq xizmat uy-joyi bilan taʼminlanganda;
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 30-bandida qayd etilgan muddat tugagandan soʻng yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim yoki uning turmush oʻrtogʻi (xotini-eri) shaxsiy uy-joyga egalik qilish huquqiga ega boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobga turganidan soʻng xizmat joyida yoki yangi xizmat joyiga ketganda xizmat uy-joyi berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlaridan boʻshaganda yoki pensiyaga chiqqanda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan holatda vafot etganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Uy-joyga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobida turgan xodim xizmat majburiyatlarini bajarishda halok boʻlgan holatlarda uning oila aʼzolari belgilangan normalar boʻyicha uy-joy berilmagungacha hisobdan chiqarilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Xodimlarga xizmat uy-joylari va yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xizmatni oʻtash davrida uy-joyga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj xodimlarga, shuningdek ularning oila aʼzolariga (eri (xotini), farzandlari yoki qaramogʻida boʻlgan shaxslarga) qoʻshimcha yashash maydoniga boʻlgan huquq hisobga olinib, tashkil etiladigan xizmat uy-joylari fondi, shuningdek ichki ishlar organlariga biriktirilgan munitsipal uy-joy fondidagi kvartiralar hisobidan yashash maydonining belgilangan ijtimoiy normalari doirasida xizmat uy-joylari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim xizmatni oʻtash davrida qonunchilikda belgilangan normalar, navbat va imtiyozlar hisobga olinib, yashash sharoitlarini yaxshilash huquqiga egadir.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ichki ishlar organlariga biriktirilgan xizmat uy-joylari xodimlar oʻrtasida Markaziy va hududiy komissiyalar tomonidan xodimlarning hisobga qoʻyilgan hamda uy-joyga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar roʻyxatiga kiritilgan vaqtidan kelib chiqib, qonunchilikda belgilangan norma hamda imtiyozlar inobatga olingan holda taqsimlanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Uy-joyga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan, ichki ishlar organlarining rahbarlar tarkibidagi lavozimga tayinlangan xodimlar (IIV vazirining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari, bosh boshqarmalari va Markaziy apparati boshqarmalari boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshligʻining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari, shuningdek vazirlik tarkibiy boʻlinmalarining boshligʻi va boshliq oʻrinbosarlari) ayrim operativ xizmatlar xodimlari, xizmatni bajarish bilan bogʻliq ravishda davlat mukofotlari bilan taqdirlangan xodimlar xizmat uy-joylari bilan navbatsiz taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Markaziy yoki hududiy komissiyalar xizmat uy-joyini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda uy-joyga yoki yashash sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobida turgan xodimlar ayni paytda ushbu Nizomning 17-bandida qayd etilgan holatlar mavjud boʻlmaganda ham uy-joy berish uchun roʻyxatga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy yoki hududiy komissiya ijobiy qaror qabul qilgandan soʻng ushbu Nizomga muvofiq xizmat uy-joylari beriladigan xodimlar bilan xizmat uy-joylarini ijaraga olish shartnomasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat uy-joyining ijara shartnomasida tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, xizmat uy-joyini berish, saqlash hamda boʻshatish tartibi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Xizmat uy-joylarida yashaydigan xodimlar xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan barcha turdagi kommunal xizmatlar yuzasidan jismoniy shaxslar uchun belgilangan tariflar boʻyicha shartnomalar tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Xizmat uy-joyining ijara shartnomasini bekor qilish, xodimlar va ularning oila aʼzolarini xizmat uy-joyidan chiqarish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Xizmat uy-joyi boʻlinmaydi va almashtirilmaydi, shuningdek xususiylashtirilmaydi, ushbu Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Xizmat uy-joylari, yopiq shaharchalardagi xizmat kvartiralari va profilaktika inspektorlariga berilgan xizmat kvartiralaridan tashqari, Markaziy komissiya taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining qaroriga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat vaqtida ijobiy natijalarga erishgan va yuksak professional hamda maʼnaviy-ishchanlik fazilatlarini namoyon qilgan, ichki ishlar organlarida jami 20 va undan koʻp kalendar yil xizmat qilgan hamda uy-joy bilan taʼminlanmagan yuqori malakali xodimlarga — bepul;
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ-118-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi navbatda, xizmat kvartiralarida yashovchi, shuningdek, uy-joy bilan taʼminlanish va yashash sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoji boʻlgan xodimlarga sotish orqali shaxsiy mulk etib berilishi mumkin.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-oktabrdagi 865-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2019-y., 09/19/865/3908-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat uy-joylari, yopiq shaharchalardagi xizmat kvartiralari va profilaktika inspektorlariga berilgan xizmat kvartiralaridan tashqari, Markaziy komissiya taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining qaroriga asosan xizmat majburiyatlarini bajarishda halok boʻlgan xodimlar bilan birga yashagan oila aʼzolariga (eri (xotini), farzandlari yoki qaramogʻida boʻlgan shaxslarga) shaxsiy mulk etib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boquvchisini yoʻqotgan xodimlarning oila aʼzolari (eri (xotini), farzandlari yoki qaramogʻida boʻlgan shaxslar) ularga boshqa uy-joy berilmasdan yashab turgan xizmat uy-joyidan chiqarilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ichki ishlar organlari tizimida xizmatni boshqa joyda oʻtash uchun yuborilgan xodimlar avvalgi xizmat joyida yashab turgan xizmat uy-joyini tegishli davlat organiga topshirganidan soʻng yangi xizmat joyida xizmat uy-joyi bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Xodimlar IIVning harakatdagi rezerviga olinganda ularga berilgan xizmat uy-joyi saqlab qolinadi, xizmatni davom ettirish uchun ularga boshqa joyda xizmat uy-joylari berish holatlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Xizmat uy-joyi quyidagi holatlarda boʻshatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar xizmatdan boʻshatilganda (pensiya olish huquqisiz);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar yoki ularning turmush oʻrtogʻi (xotini-eri) shaxsiy uy sotib olganda yoxud yashash sharoitlarini yaxshilaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarga ushbu Nizomning 31-bandida qayd etilgan muddat tugagandan soʻng yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar vafot etganda (xizmat faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan holatda va oila aʼzolari boʻlmasa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Profilaktika inspektorlariga berilgan xizmat uy-joylari quyidagi holatlarda qaytarilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktika inspektori lavozimidan ozod etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa hududga oʻtkazilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiyaga chiqqanda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim vafot etganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Xodimlarning arizasiga va IIVning mahalliy davlat hokimiyati organlariga iltimosnomasiga binoan ularga beriladigan xizmat uy-joyi oʻrniga yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi belgilangan tartibda bepul berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organi yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan kundan boshlab ikki yilgacha xodim va uning oila aʼzolari uchun yakka tartibdagi uy-joyni qurish davrida xizmat uy-joyi saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlar va ularning oila aʼzolarini IIV buyurtmanomalariga muvofiq xizmat uy-joyi bilan taʼminlashda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar uchun kvartira sotib olish, shuningdek uy-joy qurish va uni rekonstruksiya qilishda yordam koʻrsatadi hamda suv, issiqlik va elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar uchun sotib olingan uy-joyning xizmat uy-joylariga kiritilishi, shuningdek IIVdan tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab, uch kundan kechiktirmasdan xizmat uy-joyi uchun belgilangan tartibda orderlar berilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xizmat uy-joylari uchun orderlarni berish, toʻxtatib turish va saqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Mahalliy davlat hokimiyati organi qabul qilgan qarorga asosan xodimlar yoki ularning oila aʼzolariga (boquvchisini yoʻqotganda) xizmat uy-joyi uchun order (keyingi oʻrinlarda order deb ataladi) beriladi va ushbu order ijara shartnomasi boʻyicha berilgan xizmat uy-joyiga koʻchib kirish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Order mahalliy davlat hokimiyati organining qaroriga muvofiq yashash maydonini hisobga olish va taqsimlash boʻlimi yoki mahalliy davlat hokimiyati organining maxsus vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Order berish mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan quyidagi hollatlarda toʻxtatib turilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oila tarkibi xizmat uy-joyi berish haqidagi qarorda qayd etilgan tarkibga mos kelmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim tomonidan hujjatlarda ishonchsiz va notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Order faqat boʻsh turgan xizmat uy-joyi uchun berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Xodim orderni olishda orderga kiritiladigan oila aʼzolarining pasportlari (tugʻilganlik haqida guvohnomasi) yoki ularning oʻrnini bosadigan boshqa hujjatlarni taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Order bevosita xizmat uy-joyi beriladigan xodimga yoki ayrim holatlarda (kasallik, xizmat safari) belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma boʻyicha boshqa shaxsga yoxud uning oila aʼzolariga (boquvchisini yoʻqotganda) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Xodim va uning oila aʼzolari berilgan xizmat uy-joyiga koʻchib kirgandan soʻng va orderni tegishli ichki ishlar organlarida roʻyxatdan oʻtkazgach, ushbu order Markaziy yoki hududiy komissiyaga topshirilishi va qatʼiy hisobdorlik hujjati sifatida saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Xizmat uylarini sotishdan tushadigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi va ulardan uy-joy fondini kengaytirish, xizmat uylarining holatini yaxshilash va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-oktabrdagi 865-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2019-y., 09/19/865/3908-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Xizmat uy-joyidan belgilangan maqsaddan tashqari foydalanish yoki uni ijaraga berish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Markaziy va hududiy komissiyalar bir yilda kamida ikki marta xodimlarning xizmat uy-joyidan maqsadli foydalanishi, shuningdek ushbu Nizomning 29 va 30-bandlarida qayd etilgan holatlar mavjud boʻlishini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Hududiy komissiyalar va ular aʼzolarining harakati (harakatsizligi) boʻyicha ariza va shikoyatlar Markaziy komissiya hamda sud tomonidan, belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Xizmat uy-joyini berish va undan foydalanish bilan bogʻliq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining xizmat uy-joylari fondini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seriya __ № 00000
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UY-JOY ATTESTATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.

Familiyasi
Ismi
Otasining ismi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.

Shaxsiy tartib raqami
Pasport seriyasi va raqami
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oila aʼzolari soni (oʻzgarishlar haqida maʼlumot)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sana
Son

4.

T/r
Uy-joyga muhtoj boʻlgan shaxs toifasi
Hisobga qoʻyish sanasi
Hisobdan chiqarish sanasi
Hisobdan chiqarish uchun asos
1.
2.
3.
4.
5.
Komissiya raisi
________________
_________________________
(imzo)
(F.I.O. )
M.Oʻ.
20 ___ yil “___” __________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Uy-joyi borligi haqida maʼlumotlar (xizmat uy-joyini olganlik, topshirganlik haqida, yer uchastkasi ajratilgani haqida, uy-joy qurish (sotib olish) uchun uzoq muddatli ipoteka krediti olganlik haqida qaydlar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olganlik haqida qayd
Uy-joyni topshirganlik haqida qayd (uy-joy bilan bogʻliq holda amalga oshirilgan harakatlar haqida), uy-joyni topshirganlik haqida rekvizitlar, maʼlumotnomalar, kimdan tomonidan va qachon berilgan
Komisiya raisi oʻrinbosarining imzosi, sana, muhr
uy-joy manzili
toifasi
xonalar soni
maydoni
umumiy
yashash maydoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi varaqning old tomoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joyi borligi haqida maʼlumotlar (xizmat uy-joyini olganlik, topshirganlik haqida, yer uchastkasi ajratilgani haqida, uy-joy qurish uchun (sotib olish) uzoq muddatli ipoteka krediti olganlik haqida qaydlar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olganlik haqida qayd
Uy-joyni topshirganlik haqida qayd (uy-joy bilan bogʻliq holda amalga oshirilgan harakatlar haqida), uy-joyni topshirganlik haqida rekvizitlar, maʼlumotnomalar, kimdan tomonidan va qachon berilgan
Komisiya raisi oʻrinbosarining imzosi, sana, muhr
uy-joy manzili
toifasi
xonalar soni
maydon
umumiy
yashash maydoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi varaqning orqa tomoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Attestatga kiritilgan maʼlumotlarni tekshirish haqida qayd (attestatni toʻldirishda va unga oʻzgartirishlar kiritishda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Tekshirish sanasi
Komissiya raisi oʻrinbosarining imzosi, sana, muhr, xodimning imzosi
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 765-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 24-son qarori bilan tasdiqlangan Xizmat turar joylari olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar