Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.12.2024 18.09.2017 yildagi 741-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.12.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ehtiyojni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-408-sonli “Tibbiyot muassasalarini farmatsevtika mahsulotlari va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 17-iyuldagi PQ-3137-son qaroriga muvofiq, dori vositalari va tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyojni aniqlash boʻyicha yagona talablarni belgilash va aniq mexanizmlarni joriy etish, muvozanatlashtirilgan importni taʼminlash va mahalliy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni prognozlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ehtiyojni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining dorixonalarda muomalada boʻlishining statistika hisoboti shaklini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududlarni aniqlagan holda ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining dorixonalarda muomalada boʻlishining elektron tizimini uch oy muddatda eksperiment tariqasida joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, dorixonalar 2018-yil 1-yanvardan boshlab har chorakda muomalada boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari boʻyicha hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 18-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
741-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 741-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ehtiyojni aniqlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ehtiyojni aniqlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari — kasalliklarning oldini olish, ularga tashxis qoʻyish va davolash, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini oʻzgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllashga ruxsat etilgan dorivor moddalar (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dorivor moddalar (substansiyalar), dori preparatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot buyumlari — kasalliklarning oldini olish, ularga tashxis qoʻyish va davolash, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini oʻzgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllashga ruxsat etilgan buyumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari — ijtimoiy ahamiyatga ega va atrofdagilar uchun xavf tugʻdiradigan kasalliklarning oldini olish hamda davolash uchun talab yuqori boʻlgan va aholi, tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻp foydalaniladigan, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasdiqlaydigan Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining roʻyxatiga kiritilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-oktabrdagi 862-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/862/2097-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari yoki tibbiyot buyumlariga hisoblab chiqilgan ehtiyoj — kasallanish darajasi, bemorlar soni, davolash kurslari va boshqa mezonlarni inobatga olgan holda, maʼlum bir vaqtda bemorlar ehtiyojini taʼminlash uchun zarur dori vositalari yoki tibbiyot buyumlarining Davolash-profilaktika muassasalarining doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasi tomonidan bitta tibbiyot muassasasi doirasida aniqlanadigan oʻrtacha miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari yoki tibbiyot buyumlariga boʻlgan yigʻma ehtiyoj — respublika aholisining ehtiyojlarini taʼminlash uchun zarur boʻlgan dori vositalari yoki tibbiyot buyumlariga ehtiyojni umumlashtirish asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining Doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash tizimi doirasidagi oʻrtacha miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari yoki tibbiyot buyumlariga boʻlgan haqiqiy ehtiyoj — tegishli hududdagi davolash-profilaktika muassasalarining Doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasi va dorixonalar tomonidan oʻtgan yilda (yillarda) dori vositalari yoki tibbiyot buyumlarining hudud kesimida haqiqiy isteʼmoli toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hisobga olgan holda hisoblab chiqiladigan miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro patentlanmagan nom (XPN) — dori vositasini Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan unga dori vositasi faol substansiyasining qisqartirilgan nomini berish yoʻli bilan identifikatsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi davolash-profilaktika muassasasining Doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi davolash-profilaktika muassasasida tashkil etiladigan va ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari hamda tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyojni hisoblab chiqadigan va tasdiqlaydigan, ularni xarid qilish, hisobga olish, taqsimlash hamda qoʻllashni nazorat qiladigan komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligida tashkil etiladigan va Asosiy dori vositalari, ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari hamda tibbiyot buyumlari roʻyxatlarini qayta koʻrib chiqib, ushbu roʻyxatlardagi dori vositalari va tibbiyot buyumlariga respublikaning yillik ehtiyojini tasdiqlaydigan, shuningdek ularni xarid qilish, hisobga olish, taqsimlash hamda ularning qoʻllanishini nazorat qiladigan komissiya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dorixonalar ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyojni tovarning nomenklatura boʻyicha qolgan miqdorini hisobga olish, elektron bazaga kiritilgan retseptlarni va tovar cheklarini hisobga olish asosida uning haqiqatdan sotilgani haqidagi maʼlumotlar boʻyicha aniqlaydi. Agar elektron maʼlumotlar bazasi mavjud boʻlmasa, dorixonalar xodimlari ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari toʻgʻrisidagi axborotni bunday dori vositalarini berish haqidagi maʼlumotlardan tovar cheklariga qarab oladi. Ushbu maʼlumotlar asosida ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining dorixonalarda muomalada boʻlishi toʻgʻrisidagi hisobot shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Davolash muassasalari va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni tizimli asosda nazorat qilish boʻyicha respublika komissiyasiga ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari hamda tibbiyot buyumlarining muomalada boʻlishi haqidagi maʼlumotlarni har chorakda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ehtiyojni hisoblash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari tarkibiga kiradigan narkotik va psixotrop moddalarga boʻlgan ehtiyoj Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlish tartibini belgilab beruvchi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2003-yil 29-oktabrdagi 472-son qaroriga muvofiq bir yilda 1000 nafar aholiga narkotik va psixotrop moddalar isteʼmolining normalaridan (narkotik moddalarning tibbiyot maqsadlari uchun sarflanadigan ruxsat etilgan normalari) foydalangan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisoblab chiqilgan ehtiyoj quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E = N x S/1000, bunda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E — bir yilda ushbu dori vositasiga nisbatan ehtiyojning ruxsat etilgan eng koʻp miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
N — bir yilda 1000 kishi uchun ushbu dori vositasiga boʻlgan normativ ehtiyoj;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S — hudud aholisining soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narkotik va psixotrop moddalarga boʻlgan yillik ehtiyojni aniqlashda dorixona omborlari, davolash-profilaktika muassasalari va dorixonalardagi preparatning toza modda boʻyicha hisob-kitob qilingan zaxirasi eʼtiborga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmol qilinishi normalashtiriladigan va quyidagilarga rioya etilganda beriladigan dori vositalarining hisoblab chiqilgan ehtiyojiga zarur tuzatishlar kiritilishiga ruxsat etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurish qoidalariga qatʼiy amal qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayinlash qoidalariga rioya etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy dorixonalardan berish qoidalariga rioya etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
preparatning yil davomidagi haqiqiy sarflangani haqida maʼlumot boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻziga xos (ayrim kasallik qoʻzgʻatuvchilariga nisbatan samarali yoki organizmning baʼzi aʼzolariga alohida taʼsir qiluvchi) va keng taʼsir doirasiga ega (turli kasalliklarning oldini olish va davolash, shuningdek organizm funksional tizimlarining bir xil koʻrinish va turli etiologiyaga ega turli buzilishlarida qoʻllaniladigan simptomik preparatlar) dori vositalariga boʻlgan ehtiyojni hisoblash oʻziga xos va keng taʼsir koʻrsatuvchi ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari uchun moʻljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻziga xos va keng taʼsir koʻrsatuvchi ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalariga boʻlgan ehtiyoj mutaxassislar uchun moʻljallangan uslub yordamida aniqlanadi. Asosini muayyan turdagi kasallik haqidagi maʼlumotlar, tashxis qoʻyish va davolash standartlari, klinik protokollar (davolash sxemasi va preparatlar soni) tashkil etadigan ushbu uslub har bir turdagi preparat uchun alohida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yillik hisoblab chiqilgan ehtiyoj quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E = S x S x B, bunda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E — preparatga boʻlgan yillik ehtiyoj;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S — bir bemorga bir martalik davolash kursi uchun preparat sarfi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S — bir bemorda bir yilda oʻtkaziladigan davolash kurslari soni (mavjud boʻlganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B — davolash uchun ushbu preparat qoʻllaniladigan bemorlar soni (kasallanish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mutaxassislar tomonidan dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ehtiyojni hisoblashda ambulatoriyada va shifoxonada davolanishga boʻlgan ehtiyoj haqidagi maʼlumotlar hisobga olinadi. Ambulatoriyada va shifoxonada davolanadigan bemorlar boʻyicha maʼlumotlarni sogʻliqni saqlash tizimining statistika organlari taqdim etadi. Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyojning yakuniy hisob-kitobi talabni toʻliq qondirish va mavjud qoldiqlar hisobga olinib, ulardan haqiqatdan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining bosh mutaxassislari va maslahatchilari ehtiyojni quyidagi maʼlumotlarni eʼtiborga olgan holda hisoblab chiqadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasallik toʻgʻrisida statistika maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasallanish ehtimolligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq bir kasallikni davolashga moʻljallangan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini qoʻllash samaradorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositasining kasallikni davolashda asosiy yoki oʻrinni bosuvchi preparat sifatida qoʻllanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositasi va tibbiyot buyumining jamiyat sogʻligʻini saqlashdagi ahamiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari bilan davolashning davolash sxemalarini oʻz ichiga oladigan batafsil bayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davolash davomiyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tashxis qoʻyish va davolash standartlari, klinik protokollari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyojni aniqlashda quyidagilardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashxis qoʻyish va davolash standartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
klinik protokollar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining aholi soni, jinsi va yosh tarkibi, 1000 nafar aholining shifoxonada davolanish darajasi, tegishli yoʻnalish boʻyicha davolangan bemorlar soni, asosiy va ayrim kasalliklar bilan kasallanish darajasi boʻyicha maʼlumotlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyoj har bir nom boʻyicha alohida hisoblab chiqiladi va bunda ularning dori vositalari guruhlariga mansubligi (isteʼmol qilinishi normalanadigan, maxsus taʼsirga ega, keng taʼsir doirasiga ega) eʼtiborga olinadi. Shuningdek bu borada koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar darajasi, davolash profilaktika muassasasida dori vositalarining mavjudligi, hududdagi kasallanish va epidemiologik vaziyat haqida maʼlumotlar, davolangan bemorlar soni, oʻtgan yilda dori vositalari va tibbiyot buyumlarining haqiqiy isteʼmoli ham hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ehtiyojni aniqlash bosqichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ehtiyojni aniqlash ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi va quyidagi bosqichlardan iborat boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bosqichda davolash-profilaktika muassasasining vrachi ushbu muassasaning doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasiga tasdiqlangan nomdagi dori vositalari hamda tibbiyot buyumlariga muvofiq belgilangan davrda bemorlarni taʼminlash uchun zarur boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari, shuningdek tibbiyot buyumlariga hisoblab chiqilgan ehtiyojni taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bosqichda davolash-profilaktika muassasasining doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasi rejalashtirilayotgan yil uchun davolash-profilaktika muassasasi boʻyicha ehtiyojni umumlashtiradi, tahlil qiladi va yigʻma ehtiyojni tasdiqlaydi hamda uni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bosqichda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasi davolash-profilaktika muassasalarining ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyojini tahlil qilib, tegishli hududning ularga boʻlgan haqiqiy ehtiyojini shakllantiradi va tasdiqlaydi. Tegishli hudud boʻyicha haqiqiy ehtiyoj Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasiga respublikaning yillik ehtiyojini shakllantirish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Respublikaning hududlar (choraklik) maʼlumotlariga asoslangan yillik ehtiyoji Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining bosh mutaxassislari va maslahatchilari ehtiyojlari bilan taqqoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Respublikaning yillik ehtiyoji Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasi majlisida shakllantiriladi, unga tuzatishlar kiritiladi va tasdiqlanadi hamda Davolash muassasalari va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni tizimli asosda nazorat qilish boʻyicha respublika komissiyasiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ehtiyojning sifatli va oʻz vaqtida aniqlanishi, ehtiyojni shakllantirish boʻyicha shaxsiy javobgarlik davolash-profilaktika muassasalari va dorixonalar rahbarlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining boshliqlari zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ehtiyojni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ehtiyojni aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 38-son, 1050-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/862/2097-son)