Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 13.09.2017 yildagi 719-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baliqchilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-maydagi PQ-2939-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek respublika baliqchilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish, baliqlantirish, baliq yetishtirish va ovlash ishlarini samarali tashkil etish, ushbu tarmoqqa yangi texnologiyalarni joriy qilish va imtiyozli kredit resurslarini jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda baliqchilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda Kompleks dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda baliqchilik sohasini rivojlantirishning maqsadli parametrlari 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kompleks dasturning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari hamda “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi raisi zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-maydagi PQ-2939-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan ishchi guruh Kompleks dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda Kompleks dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlar, shu jumladan unga kiritilgan investitsiya loyihalari, shuningdek ushbu qarorning bajarilishi va uning natijalari ko‘rib chiqilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda Vazirlar Mahkamasiga Kompleks dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlar, shu jumladan unga kiritilgan investitsiya loyihalari, shuningdek ushbu qarorning bajarilishi va uning natijalari to‘g‘risida axborot, zarurat bo‘lganda, Kompleks dasturni o‘z vaqtida va sifatli bajarishda qoloqlikka va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi choralari to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 13-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
719-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-sentabrdagi 719-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda baliqchilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLARI DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Amalga oshiriladigan vazifalar

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Mas’ullar

I. Baliqchilik tarmog‘ining me’yoriy hujjatlar bazasini takomillashtirish

1.1.

Tabiiy va sun’iy suv havzalarini baliqlantirish, baliq yetishtirish va ovlashni belgilangan tartibda amalga oshirish hamda baliq yetishtirishning texnologik jarayonlarini intensivlashtirish qoidalarini ishlab chiqish.

2018-yil
I chorak

O‘z mablag‘lari va bank kreditlari hisobiga

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Baliqchilik ITI, “Ipoteka-bank” ATIB

1.2.

Maydoni 50 gektardan kam bo‘lgan tabiiy suv havzalarini ko‘l-tovar xo‘jaligiga aylantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2018-yil
I chorak

-

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Baliqchilik ITI, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “Ipoteka-bank” ATIB

1.3.

Tabiiy suv havzalarining mahsuldorligini oshirish maqsadida havzalarning ozuqa bazasini mustahkamlash va o‘simlikxo‘r baliqlar bilan baliqlantirish hamda sohada melioratsiya ishlarini yuritish bo‘yicha metodik qo‘llanmani ishlab chiqish.

2018-yil
II chorak

O‘z mablag‘lari va bank kreditlari hisobiga

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Baliqchilik ITI, “Ipoteka-bank” ATIB

1.4.

Suv havzalarida, qafas (sadok) moslamalarida intensiv usulda baliq yetishtirish, ularni parvarishlash va oziqlantirish qoidalarini ishlab chiqish.

2018-yil III chorak

O‘z mablag‘lari va bank kreditlari hisobiga

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Baliqchilik ITI, “Ipoteka-bank” ATIB

1.5.

Orol dengizi hududidagi suv havzalarida yig‘iladigan artemiya sistalarini chavoq yetishtiruvchi baliqchilik xo‘jaliklariga yetkazib berish mexanizmini ishlab chiqish.

2018-yil III chorak

O‘z mablag‘lari va bank kreditlari hisobiga

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, “Ipoteka-bank” ATIB

1.6.

Yopiq aylanma suv qurilmalarida va sun’iy suv havzalarida baliq yetishtirishning jadal usullarini joriy etish bo‘yicha metodik qo‘llanmani ishlab chiqish.

2018-yil IV chorak

O‘z mablag‘lari va bank kreditlari hisobidan

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi Baliqchilik ITI, “Ipoteka-bank” ATIB

II. Baliq yetishtirish va ovlashni ko‘paytirish hamda baliqchilik tarmog‘ining ozuqa bazasini
mustahkamlash bo‘yicha

2.1.

Tabiiy suv havzalari 2018-yildan boshlab belgilangan tartibda tanho foydalanish uchun “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasiga berilishini ta’minlash.

2017-yil
15-oktabr

-

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

2.2.

Tabiiy suv havzalari Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy suv havza uchastkalarini baliq ovlash xo‘jaliklariga ijaraga berish va Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 7-avgustdagi 593-son qaroriga muvofiq belgilangan tartibda ijaraga berilishini tashkil etish.

2017-yil 15-dekabr

-

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar

2.3.

Tabiiy va sun’iy suv havza maydonlarini xatlovdan o‘tkazish va yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

2018-yil
1-yanvar

-

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “Ipoteka-bank” ATIB, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar

2.4.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanidagi tabiiy ko‘llarda (33 ta) baliq ovlash ishlarining mavsumiylik hisobga olingan namunaviy boshqaruv (ovlash, qayta ishlash, saqlash) tizimini yo‘lga qo‘yish.

2018-yil
1-mart

-

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, “Ipoteka-bank” ATIB, “Mo‘ynoq akvasanoat” DUK

2.5.

Hududiy “Baliqsanoat” MChJlar tomonidan inkubatsiya sexlari va chavoq yetishtirishga ixtisoslashgan pitomniklarni qurish bo‘yicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqish va uning bajarilishini ta’minlash.

2017 — 2021-yillar

Tijorat banklari krediti va o‘z mablag‘lari hisobiga

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

2.6.

Respublika bo‘yicha baliq ovlash hajmini 2021-yilgacha 160 ming tonnaga yetkazish maqsadida inkubatsiya sexlarini qurish, ularni modernizatsiya qilish, yangi sun’iy suv havzalarini tashkil etish hisobiga baliq chavoqlari va baliq yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish hamda yetishtirilgan baliq mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha ushbu qarorga 2-ilovada belgilangan maqsadli parametrlar bajarilishini ta’minlash.

2017 — 2021-yillar

O‘z mablag‘lari va tijorat banklari kreditlari hisobiga

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Davlat soliq qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, “O‘zbekbaliqsanoat”uyushmasi, “Ipoteka sarmoyasi” IK, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar

2.7.

Baliqchilik xo‘jaliklarini baliq chavoqlari bilan muntazam ta’minlash maqsadida baliq chavoqlari yetishtiruvchi reproduktor xo‘jaliklarini tashkil etish uchun yer maydonl?ri ajratish.

Tadbirkorlik subyektlarining mablag‘lari va bank kreditlari hisobiga baliq chavoqlari yetishtiruvchi reproduktor xo‘jaliklarini ishga tushirish hamda modernizatsiya qilish hisobiga 2021-yilgacha lichinka yetishtirishni 2,2 mlrd donaga va baliq chavoqlari ishlab chiqarish hajmini 162 mln donaga yetkazish.

2017 — 2021-yillar

O‘z mablag‘lari va tijorat banklari kreditlari hisobiga

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Davlat soliq qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, “Ipoteka sarmoyasi” IK, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar

2.8.

Baliqlar uchun maxsus omixta yem ishlab chiqarish quvvatlarni tahlil qilish, baliqchilik sohasi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish, baliqlar uchun chetdan omixta yem komponentlarini keltirish hamda omixta yem ishlab chiqarish quvvatlarini yanada oshirish bo‘yicha taklif tayyorlash.

2017-2018-yillar

“Ipoteka-bank” ATIB krediti va o‘z mablag‘lari hisobiga

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, “Ipoteka-bank” ATIB, Davlat soliq qo‘mitasi, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar

2.9.

“O‘zdonmahsulot” AJ va baliqlar uchun omixta yem ishlab chiqaruvchi tashkilotlar quvvatlaridan samarali foydalanish hamda baliqlar uchun maxsus retsepturalar asosida va turli o‘lchamdagi omixta yem ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish.

2017 — 2021-yillar

“O‘zdonmahsulot” AJ va omixta yem ishlab chiqaruvchi tashkilotlar mablag‘lari

“O‘zdonmahsulot” AJ, “O‘zstandart” agentligi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

2.10.

Tabiiy va sun’iy ko‘llardan ovlanadigan baliq mahsulotlari hajmini hisobga olgan holda baliq mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash quvvatlarini ishga tushirish.

2017 — 2021-yillar

Tijorat banklari krediti va o‘z mablag‘lari hisobiga

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

2.11.

Hududiy “Baliqsanoat” MChJlar tomonidan inkubatsiya sexlari va chavoq yetishtirishga ixtisoslashtirilgan pitomniklarni qurish bo‘yicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqish va uning bajarilishini ta’minlash.

2017 — 2021-yillar

Tijorat banklari krediti va o‘z mablag‘lari hisobiga

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

III. Suv omborlari va Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida baliq yetishtirish, ovlash va qayta ishlashni tashkil etish bo‘yicha

3.1.

Suv omborlari va tabiiy suv havzalarida o‘rnatilgan qafas (sadok) moslamalarini inventarizatsiyadan o‘tkazish, kelgusi yillar uchun sadok moslamalarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan materiallar bilan korxonalarni ta’minlash yuzasidan takliflar tayyorlash.

Har yili 10-noyabrgacha

Tijorat banklari kreditlari, “Ipoteka sarmoyasi” IK va o‘z mablag‘lari hisobiga

Suv xo‘jaligi vazirligi, “Ipoteka sarmoyasi” IK, “O‘zbekbaliqsanoat”

uyushmasi, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar

3.2.

Suv omborlarida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish hisobiga 2018 — 2021-yillarda qafas (sadok) moslamalarida baliq yetishtirishni tashkil etish hamda moslamalarni suv havzalarida joylashtirish chora-tadbirlarini belgilash.

Suv omborlarida qafas (sadok) moslamalarida baliq yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish orqali suv omborlari faoliyatini qo‘shimcha moliyalashtirish hamda ishchilar va xodimlarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘zini o‘zi ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish.

2017-2018-yillar

“Ipoteka-bank” ATIB, “Ipoteka sarmoyasi” IK va o‘z mablag‘lari hisobiga

Suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “Ipoteka-bank” ATIB, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

3.3.

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi havzalari hosildorligini oshirib borish maqsadida 1 mlrd dona lichinka ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan inkubatsiya sexlari hamda 40 mln dona baliq chavoqlari ishlab yetishtiruvchi reproduktorlarni ishga tushirish.

2017 — 2021-yillar

“Ipoteka-bank” ATIB kreditlari, va “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi” DUK mablag‘lari hisobiga

Davlat soliq qo‘mitasi, “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi” DUK, “Ipoteka-bank” ATIB

3.4.

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida baliq va baliq mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va qadoqlash loyihalarini ishga tushirish.

2017 — 2021-yillar

Tijorat banklari kreditlari va o‘z mablag‘lari hisobiga

Davlat soliq qo‘mitasi, “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi” DUK

IV. Baliqchilik xo‘jaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha

4.1.

Baliqchilik xo‘jaliklariga moddiy-texnik resurslar (chavoqlar, to‘rlar va inventarlar) sotib olish uchun kreditlar ajratish.

2017 — 2021-yillar

Tijorat banklari kreditlari

“Ipoteka sarmoyasi” IK, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar

4.2.

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi buyurtmanomasi bo‘yicha uning tarkibiga kiruvchi baliqchilik xo‘jaliklarini mineral o‘g‘itlar (ammofos) va yuqori oqsilli granullangan omixta yem bilan ta’minlash.

2017 — 2021-yillar

Tijorat banklari kreditlari, “Ipoteka sarmoyasi” IK, o‘z mablag‘lari hisobiga

“O‘zagrokimyosanoat” AJ, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar, “Ipoteka sarmoyasi” IK

4.3.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan tabiiy ko‘llar tizimida baliqchilik xo‘jaliklari xodimlarining vaqtinchalik yashashi uchun maxsus ko‘chma uylar (vagonlar) ishlab chiqarishni tashkil etish.

2017-yil oktabr

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mablag‘lari hisobiga

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, “Ipoteka-bank” ATIB, hududiy

“Baliqsanoat” MChJlar

4.4.

Baliqchilik xo‘jaliklari tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar uchun talab etiladigan yoqilg‘i-moylash materiallari hududiy “Baliqsanoat” MChJlar tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat bo‘yicha belgilangan tartibda xo‘jaliklarga sotilishini tashkil etish.

2017 — 2021-yillar

Tijorat banklari krediti va o‘z mablag‘lari hisobiga

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, “O‘zneftmahsulot” AJ, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar

4.5.

Respublikadagi barcha tuman va shaharlar dehqon bozorlarida hududiy “Baliqsanoat” MChJlarning baliq va baliq mahsulotlarini sotishga ixtisoslashgan shoxobchalarni tashkil etish.

2017-2018-yillar

O‘z mablag‘lari va “Ipoteka-bank” ATIB kreditlari hisobiga

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Davlat soliq qo‘mitasi, “Ipoteka-bank” ATIB, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar

V. Baliqchilik sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va
kadrlar tayyorlash bo‘yicha

5.1.

Baliqlarning yangi turlari va zotlarini (Vengriya karpi, tilyapiya, kamalak foreli, losossimonlar, osetrsimonlar va boshqalar) iqlimlashtirish va o‘stirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish.

2017 — 2021-yillar

Davlat grantlari, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining “Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasi” mablag‘lari hisobiga

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi Baliqchilik ITI, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar

5.2.

Baliqlarni intensiv o‘stirish hamda qayta ishlash bo‘yicha rivojlangan mamlakatlarning (Xitoy, Vyetnam va boshqalar) ilg‘or texnologiyalari va tajribalarini mamlakatimizda tatbiq etish.

2017 — 2021-yillar

Hududiy “Baliqsanoat” MChJlar mablag‘i va tijorat banklari kreditlari hisobiga

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar, Baliqchilik ITI

5.3.

Qayta ishlangan baliq mahsulotlarini (muzlatilgan, dudlangan, file, kotlet va boshqa yarim tayyor mahsulotlar) saqlash, sotish va iste’molga chiqarishning texnik shartlarini ishlab chiqish.

2017 — 2021-yillar

O‘z mablag‘lari va bank kreditlari hisobiga

“O‘zstandart” agentligi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi Baliqchilik ITI

5.4.

Hududiy “Baliqsanoat” MChJlardagi kadrlarnishakllantirish, ularni o‘qitish, qayta tayyorlash va doimiy faoliyat yuritishi uchun qulay sharoitlar yaratish.

Doimiy

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi mablag‘lari, “Ipoteka sarmoyasi” IK hisobiga

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Davlat soliq qo‘mitasi, “Ipoteka sarmoyasi” IK

5.5.

Baliqchilik sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni o‘qitish va qayta tayyorlash maqsadida Toshkent davlat agrar universitetida baliqchilik fakultetini tashkil etish va ushbu fakultetni tamomlagan mutaxassislarni ish bilan ta’minlash.

2017 — 2021-yillar

Grantlar va kontrakt to‘lov shartnomalari hisobiga

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

5.6.

Jizzax viloyati Arnasoy qishloq xo‘jaligi va transport kolleji negizida baliqchilik sohasi uchun kadrlar tayyorlashni va kollejdagi o‘quv jarayonlarini Toshkent davlat agrar universitetining professor — o‘qituvchilari tajribasi asosida amalga oshirish.

2017-2018-yillar

Grantlar va kontrakt to‘lov shartnomalari hisobiga

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, “Ipoteka-bank” ATIB

5.7.

Baliqchilik sohasidagi tashkilotlarni rivojlantirish uchun xalqaro donor tashkilotlarning texnik ko‘maklashish loyihalarini, xorijiy investorlar va malakali mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha rasmiy taklifnomalar yuborish.

Doimiy

Grantlar va o‘z mablag‘lari hisobiga

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Davlat soliq qo‘mitasi, hududiy “Baliqsanoat” MChJ, Baliqchilik ITI

5.8.

Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti doktorantlari, olimlari va ilmiy xodimlarini arzon uy-joylar bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2017-2018-yillar

“Ipoteka-bank” ATIB va o‘z mablag‘lari hisobiga

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Baliqchilik ITI, “Ipoteka-bank” ATIB

5.9.

Baliqchilik xo‘jaliklari rahbarlari va xodimlarining baliqchilik sohasidagi amaliy ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha jadval asosida o‘quv-seminarlarini tashkil etish.

2017 — 2021-yillar

Tijorat banklari krediti va o‘z mablag‘lari hisobiga

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Baliqchilik ITI, Toshkent davlat agrar universiteti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 274-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-sentabrdagi 719-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda baliqchilik sohasini rivojlantirishning maqsadli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parametrlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Amalga oshiriladigan tadbirlar

O‘lchov birligi

Nomlanishi

2016-yil
(mavjud)

2017-yil

2018-yil

2019-yil

2020-yil

2021-yil

2021-yilda,
2016-yilga nisbatan, o‘sish sur’ati %

Tabiiy va sun’iy havzalarida
baliq ovlashni ko‘paytirish

tonna

jami

75 897

105 113

115 117

130 327

145 133

160 441

211

tabiiy

27 097

44 745

48 500

54 000

60 000

65 000

240

sun’iy

48 800

60 368

66 617

76 327

85 133

95 441

196

Sun’iy suv havzalarini kengaytirish

gektar

jami

27 900

29 600

31 570

33 820

36 185

38 740

139

tovar baliq uchun

25 400

26 800

28 350

30 050

31 900

33 820

133

baliq chavoqlari yetishtirish uchun

2 500

2 800

3 220

3 770

4 285

4 920

197

Baliq chavoqlari yetishtirish hajmini oshirish

mln dona

jami

60,5

111,1

121,4

134

144,2

162,3

268

Suv havzalarini baliqlantirish ishlarini tashkil etish

mln dona

jami

60,5

111,1

121,4

134

144,2

162

268

tabiiy

2,5

13,1

20,7

24,9

31,0

47

18,6 m

sun’iy

58,0

98,0

100,7

109

113

116

200

Inkubatsiya sexlarini qurish va lichinka ishlab chiqarishni ko‘paytirish

birlikda

soni

22

27

30

34

36

38

173

mln dona

quvvati

940

1 200

1 480

1 770

1 970

2 220

236

Baliq mahsulotlarini qayta ishlash tashkilotlarini tashkil etish va quvvatlarini oshirish

birlikda

soni

7

21

38

57

78

101

14,4 m

tonna

quvvati

2 100

5 000

8 100

11 400

14 900

18 650

8,9 m

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 37-son, 1001-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son)