O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Innovatsion o‘qitish uslublarini joriy etish yo‘li bilan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida
So‘nggi yillarda respublikada haydovchilik madaniyatini va avtotransport vositalari haydovchilarining bilim darajasini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Axborot-kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalaridan foydalanish asosida avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida qo‘llanilayotgan innovatsiya uslublari o‘qitish jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tardi. Bu esa malaka imtihonlarini topshirish samaradorligini oshirish hamda haydovchilarning yo‘l harakati xavfsizligi masalasida huquqiy bilimini ta’minlash imkonini berdi.
Shu bilan birga, haydovchilar malakasini muntazam oshirishni nazarda tutadigan qonun talablari yetarli darajada bajarilmayapti. Aksariyat hollarda yuridik shaxslarga tegishli transport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar yo‘l-transport hodisalari ishtirokchilariga aylanib qolmoqda.
Yo‘l harakati xavfsizligini, fuqarolar hayoti va salomatligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish choralarini kuchaytirish, shuningdek o‘quv jarayoniga innovatsiya uslublarini joriy etish yo‘li bilan yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan haydovchilarning malakasini oshirish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qarorlarini samarali amalga oshirish maqsadida “Avtotest Report” mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda “Avtotest Report” MChJ deb ataladi) tomonidan:
avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha o‘qitishning uyg‘unlashgan uslublari qo‘llangan holda yangi ta’lim texnologiyalaridan keng foydalanilayotganligi;
o‘quv jarayoniga o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirishga qaratilgan, o‘qitish monitoringini olib borish va uni rejalashtirish imkonini beradigan avtomatlashtirilgan kompleks axborot tizimi joriy etilganligi;
avtotransport vositalari haydovchilarining malakasini oshirish bo‘yicha “Avtotest 3.0” o‘quv-uslubiy kompleks ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 139-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2018-y., 09/18/139/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilansinki, yuridik shaxslar avtotransport vositalari haydovchilarining malakasini oshirish tadbirlarini moliyalashtirish ish beruvchilarning mablag‘lari hisobiga, boshqa shaxslarning esa — o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2018-y., 09/18/139/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 139-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2018-y., 09/18/139/0818-son)
5. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasalari (davlat ta’lim muassasalaridan tashqari) bitiruvchilarning huquqiy savodxonligini yanada takomillashtirish uchun ularni o‘quv qo‘llanmalari bilan zarur miqdorda ta’minlasin va “Avtotest” o‘quv qo‘llanmalari hamda boshqa zamonaviy o‘qitish vositalarining qiymatini ta’lim xizmatlari tannarxiga kiritsin.
6. “Avtotest Report” MChJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga qo‘shma bitimlar asosida kompyuter va server texnikasi, shuningdek “Avtotest” o‘quv-uslubiy vositalariga mos keladigan dasturiy mahsulotlarni beg‘araz topshirish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda bosma hamda elektron axborot vositalarini, shu jumladan butunjahon Internet tarmog‘ini keng jalb etgan holda aholi o‘rtasida ushbu qarorning maqsadlari va vazifalarining muntazam hamda har tomonlama yoritilishini tizimli asosda ta’minlasin;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan, shu jumladan 2018-yilning 1-iyulidan boshlab yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini sertifikatsiz boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar)ga nisbatan ma’muriy javobgarlikni joriy etishni, litsenziya/litsenziya kartochkalarining amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatish yoki bekor qilishni nazarda tutadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga 2018-yil 1-yanvardan boshlab o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
9. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 4-sentabr,
693-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 139-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2018-y., 09/18/139/0818-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-sentabrdagi 693-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1 va 2-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2021-y., 09/21/125/0195-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 09/22/172/0298-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida ta’lim jarayonini takomillashtirish va o‘qitishning zamonaviy usullarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 30-apreldagi 106-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 4-son 32-modda) 2-bandi ikkinchi xatboshiga “amalga oshirish huquqini” so‘zlaridan keyin “shuningdek O‘zbekiston Respublikasida yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqaradigan shaxslar (haydovchilar) malakasini oshirish faoliyatini yuritish bo‘yicha alohida huquqni” so‘zlari qo‘shilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 36-son, 958-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2018-y., 09/18/139/0818-son; 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son; 10.03.2021-y., 09/21/125/0195-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 09/22/172/0298-son)