22.08.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2916
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining qarori, 22.08.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2916
Кучга кириш санаси
29.11.2017
O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi PQ-2935-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2020-yillarda “O‘zstandart” agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturining 4-bandiga muvofiq O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladi:

T/r

Tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalari va sinov vositalari

Aniqlanadigan kattaliklar

Metrologiya tekshiruvi davriyligi

O‘lchash vositalari

1.

Eshitish qobiliyatini tekshirish uchun uskunalar (audiometrlar, timpanometrlar, impedansometrlar)

Eshitishning sezgirlik bo‘sag‘asi

12 oy

2.

Bosh miya biopotensiallarini o‘lchash uchun uskunalar (elektroensefalograflar)

Bosh miyaning bioelektrik potensiallari

12 oy

3.

Yurak biopotensiallarini o‘lchash uchun uskunalar (elektrokardiograflar)

Yurakning bioelektrik potensiallari

12 oy

4.

Mushak impedansini o‘lchash uchun uskunalar (reograflar)

Mushak impedansi, qon tizimi va to‘qimalarning elektr qarshiligi

12 oy

5.

Mushak va asab strukturalarining bioelektrik faolligini o‘rganish uchun uskunalar (elektromiograflar)

Mushak va asab strukturalarining bioelektrik faolligi

12 oy

6.

Qon saturatsiyasini tekshirish uchun uskunalar (pulsoksimetrlar)

Qon saturatsiyasi, qonning kislorod bilan to‘yinganligining protsentdagi nisbati va pulsning bir minutdagi chastotasi

12 oy

7.

O‘pka hajmining o‘zgarishini tavsiflash uchun uskunalar (spirograflar)

O‘pka hajmining nafas olish va chiqarishdagi havo oqimining tezligi

12 oy

8.

Arterial bosimni o‘lchash uchun uskunalar (barcha turdagi tonometrlar)

Arterial bosim

12 oy

9.

Hayot uchun muhim funksiyalar ko‘rsatkichlarini monitoring qilish uchun uskunalar (kardiomonitorlar, reanimatsion va anesteziologik monitorlar)

Bemorning fiziologik parametrlari, arterial bosim, yurak qisqarish chastotasi, qon saturatsiyasi, tana harorati, elektrokardiogramma ko‘rsatkichlari

12 oy

10.

Bemorlar taqib yuradigan sutkalik monitorlari va ro‘yxatga olish uskunalari — Xolterlar (EKG, AD, EEG)

Yurak, bosh miyaning sutkalik bioelektrik potensiallari va sutkalik arterial bosim

12 oy

11.

Stress tizimlar

Bemorning jismoniy zo‘riqishida yurak bioelektrik potensiallari va arterial bosim

12 oy

12.

Nafasdagi gazlar analizatorlari (kapnograflar, alkometrlar)

Nafasdagi karbonat angidrid, kislorod (kapnometriya), etanol bug‘larning (alkometriya) foizdagi nisbati

12 oy

13.

Ultratovushli diagnostika uskunalar (UTT apparatlar, doplerlar, exoensefaloskoplar, exoensefalograf)

Bemor tana a’zolari va to‘qimalarining tekshirilayotgan ichki anatomik strukturalarining geometrik o‘lchamlari, homila o‘lchami, yurak-tomir tizimi, tomirlardagi qon oqimining tezligi, bosh miya strukturasi parametrlari va ultratovushli tekshiruvi tamoyiliga asoslangan funksional parametrlar

12 oy

14.

Gamma, beta, alfa va rentgen nurlanishlarining dozimetrlari
va radiometrlari

Rentgen, gamma, beta va alfa nurlanishlar yutilgan dozalari hamda n�rlanish dozasining quvvati

12 oy

15.

Laboratoriya gamma va beta nurlanish spektrometrlari

Moddada radionuklidlar miqdori va tarkibini aniqlash

12 oy

16.

Rentgen nurlanishi bilan diagnostika qilish uskunalari (Rentgen apparatlar, kompyuter rentgen tomograflari)*

Bemor tana a’zolari va to‘qimalarining ichki anatomik strukturalarini rentgen nurlanishi bilan tekshirishda aniqlanadigan parametrlar

12 oy

17.

Magnit rezonansi bilan diagnostika qilish uskunalari (magnit-rezonansli tomograflar)*

Bemor tana a’zolari va to‘qimalarining ichki anatomik strukturalarini rentgen nurlanishi bilan tekshirishda aniqlanadigan parametrlar

12 oy

18.

Gematologik analizatorlar

Qonni tekshirish, gematologik tahlil (analiz) parametrlari

12 oy

19.

Immunofermentli analizator

Qonni tekshirish, immunofermentli tahlil (analiz) parametrlari

12 oy

20.

Kolometrik va fotometrik tibbiy laboratoriyaga oid o‘lchash vositalari (optik zichlik)

Qon, peshob va boshqa probalarining biologik tekshiruvi parametrlari

12 oy

21.

Biokimyoviy analizatorlar

Biologik probalarni tekshirish parametrlari

12 oy

22.

Peshob analizatorlari

Peshobni tekshirish va tahlil qilishda (analiz) aniqlanadigan parametrlar

12 oy

23.

Tibbiy lazerli terapevtik apparatlar*

Lazer nurlanishining intensivligi

12 oy

24.

Yuqori chastotali elektroxirurgik uskunalar (koagulyatorlar)*

Chiqish quvvati

12 oy

25.

Defibrillyatorlar*

Defibrillyator razryadining chiqish quvvati

12 oy

26.

Fizioterapiya uskunalari (past chastotali terapiya apparatlari, ultra yuqori chastotali terapiya apparatlari, ultratovushli terapiya apparatlari)

Past chastotali terapevtik apparatlarning chiqish parametrlari

12 oy

27.

Bo‘y o‘lchagichlar

Uzunlik

12 oy

28.

Laboratoriya termometrlari

Harorat

12 oy

29.

Tibbiyot tarozilari

Og‘irlik (massa)

12 oy

30.

Dioptrimetrlar

Optik va prizmatik ko‘rsatkichlar

12 oy

31.

Avtoklav tekshiruvi uchun elektrkontaktli manometrlar

Bosim

12 oy

32.

Sfigmomanometrlar (tonometrlar)

Arterial bosim

12 oy

Sinash vositalari

33.

Termostatlar

Harorat

12 oy

34.

Quritish shkaflari

Harorat

12 oy

35.

Quruq xavoli sterilizatorlar

Harorat

12 oy

36.

Quruq xavoli inkubatorlar

Harorat

12 oy

37.

Yuqori haroratli Mufel pechlari

Harorat

12 oy