LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-sonli “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga doir Davlat dasturining 68-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 73-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 3-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni va boshqa hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlariga yuklansin.
“101. Tushgan murojaatlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish va ko‘rib chiqish uchun yuborish, shuningdek murojaatlarning hisobini yuritish va ko‘rib chiqilishini nazorat qilish maqsadida davlat organida belgilangan umumiy shtatdagi xodimlar soni doirasida murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha alohida bo‘linma (keyingi o‘rinlarda murojaatlar bilan ishlash bo‘linmasi deb ataladi) tashkil etiladi.
Murojaatlar bilan ishlash bo‘linmasi davlat organlariga tushgan murojaatlar hajmidan, xodimlar soni va ish hajmidan kelib chiqqan holda alohida bo‘lim, bo‘linma yoki guruh shaklida tashkil etilishi mumkin.
Murojaatlar bilan ishlash bo‘linmasi murojaatlarning ko‘rib chiqilishini nazorat qilish masalalarida bevosita davlat organi rahbariga bo‘ysunadi.
Murojaatlar bilan ishlash bo‘linmasi va uning xodimlarining huquqlari va vazifalari ular to‘g‘risidagi nizomlarda, ushbu Nizomda hamda murojaatlar bilan ishlash to‘g‘risidagi boshqa hujjatlarda belgilanadi”.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali tushayotgan murojaatlar bo‘yicha ish yuritish davlat organlari tomonidan elektron shaklda amalga oshiriladi”.
“Davlat organida tushgan murojaatlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish va ko‘rib chiqish uchun yuborish, murojaatlarning hisobini yuritish va ko‘rib chiqilishini nazorat qilish murojaatlar bilan ishlash bo‘linmasi tomonidan amalga oshiriladi”.
“601. Davlat organlari har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga murojaatlar bilan ishlash to‘g‘risida hisobot taqdim etadilar.
602. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari O‘zbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida, davlat organining rasmiy veb-saytida, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida har oyda e’lon qilinishi mumkin.
603. Murojaatlar bilan ishlash bo‘linmasi tushgan murojaatlarni tahlil qilish yakunlari bo‘yicha davlat organining rasmiy veb-saytida tegishli statistika hisobotlarini har oy e’lon qiladi”.