Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.07.2020 08.08.2017 yildagi 602-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.07.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlar uchun o‘quv kurslari tashkil qilish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 460-sonli “Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PQ-2897-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga, zarurat bo‘lganda, xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Markaz tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning shtatdagi xodimlariga ish haqi uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 391-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasining O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga tushadigan mablag‘lari (keyingi o‘rinlarda Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga tushadigan mablag‘lari deb ataladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining budjetdan tashqari fondi mablag‘lari;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1002-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1002/0448-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning, xorijiy hukumat tashkilotlarining grant mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik faoliyatidan olingan mablag‘lar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarning mablag‘lari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz yuridik shaxs maqomiga ega davlat muassasasi hisoblanadi va mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yoziladigan muhrga ega bo‘ladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va tadbirkorlar uchun o‘quv kurslari Markaz va uning hududiy filiallari tomonidan tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz va uning hududiy filiallari tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun tashkil etiladigan o‘quv kurslariga vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining mutaxassislarini o‘qituvchi sifatida jalb etish tegishli vazirliklar, idoralar va davlat tashkilotlari hamda Markaz o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq mutaxassislarni yuborgan vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga hamda Markaz tomonidan haqiqatda o‘tkazilgan o‘quv soatlari sonini tasdiqlovchi ma’lumotlarga ko‘ra amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz va uning hududiy filiallarining joriy xarajatlarini moliyalashtirish (Markazning shtatdagi xodimlariga to‘lanadigan ish haqi xarajatlaridan tashqari) Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga tushadigan mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz va uning hududiy filiallari tomonidan tashkil etiladigan o‘quv kurslari tinglovchilari uchun o‘quv materiallari, tarqatma materiallar va idora jihozlarini xarid qilish Markaz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga tushadigan mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz va uning hududiy filiallari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish Markazning asoslangan hisob-kitoblariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining budjetdan tashqari fondi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1002-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1002/0448-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga tushadigan mablag‘laridan hamda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining budjetdan tashqari fondi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish belgilangan tartibda xarajatlar smetalariga hamda daromadlar va xarajatlar smetalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1002-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1002/0448-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz va uning hududiy filiallarining shtatdagi xodimlari mehnatiga haq to‘lashga zarur budjet mablag‘larini 2017-yilda ajratsin va keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarining “Maorif” tarmog‘iga ajratiladigan mablag‘lar doirasida nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga 2 ta, jumladan 1 ta shaxsan biriktirilgan hamda 1 ta navbatchi avtotransport vositasiga limit ajratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, Markaz va uning hududiy filiallari xodimlariga, to‘lov manbalaridan qat’i nazar, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining xodimlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va kompensatsiya to‘lovlari shartlari tatbiq etiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1002-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1002/0448-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaz Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 55-uyga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bir hafta muddatda Markazning hududiy filiallarini joylashtirish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz va uning hududiy filiallari tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining jalb qilinadigan mutaxassislari mehnatiga haq to‘lash o‘quv mashg‘ulotlarini belgilangan tartibda o‘tkazish uchun mehnatga soatbay haq to‘lashning belgilangan miqdorlariga muvofiq amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz va uning hududiy filiallari tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish uchun egallanadigan va foydalaniladigan davlat mulki bo‘lgan bino va xonalarning maydonlariga hamda oliy va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari auditoriyalariga ijara to‘lovining “nul” stavkasi qo‘llaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz va uning hududiy filiallari oliy va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari binolarida (xonalarida) o‘quv kurslarini tegishli kommunal va foydalanish xarajatlarini qoplamagan holda o‘tkazish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Markazga 2017-yil iyul — sentyabr oylarida tashkil etiladigan o‘quv kurslari bo‘yicha o‘quv materiallari va tarqatma materiallarni tender savdolari o‘tkazmasdan sotib olishga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasidan Markaz va uning hududiy filiallariga yuklangan funksiyalar va vazifalarni bajarish uchun kerak bo‘lgan zarur inventar, mebel, avtotransport vositalari, kompyuter va idora texnikasi sotib olish uchun mablag‘ ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning asoslangan hisob-kitoblariga binoan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining budjetdan tashqari fondidan Markaz va uning hududiy filiallari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish uchun mablag‘lar ajratish;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1002-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1002/0448-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Markaz va uning hududiy filiallari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda kasb-hunar kollejlarida aholi va tadbirkorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha namunaviy reglamentni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi ikki hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz tomonidan ishda foydalaniladigan zarur o‘quv-metodik dasturlar hamda materiallar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning o‘quv kurslari tinglovchilariga beriladigan sertifikat namunalarini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Markaz bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlar — tinglovchilar o‘rtasida tadbirkorlik faoliyati asoslari o‘quv kurslari bo‘yicha doimiy so‘rovnomalar o‘tkazilishini hamda eng ko‘p beriladigan savollar, o‘quv kurslari metodikasi va sifati bo‘yicha tushgan takliflar hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish bo‘yicha boshqa takliflar tahlil qilinishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘tkazilgan so‘rovlar hamda tahlillar natijasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyatiga o‘qitish dasturlarini hamda respublikada tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha keyinchalik Markaz faoliyati samaradorligini baholash uchun takliflar kiritsin.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 8-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
602-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-avgustdagi 602-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan umumiy soni (texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) — 36 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarining soni davlat boshqaruv organlari uchun nazarda tutilgan normativlar bo‘yicha belgilanadi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 32-son, 816-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1002/0448-son; 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)