1-ILOVA
|
T/R |
Tadbirlar nomi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash | |||
|
1 |
Musiqa sanʼati taʼlim muassasalarini maxsus adabiyotlar bilan taʼminlash, ularni muntazam nashr qilib borish maqsadida konservatoriya huzurida ixtisoslashtirilgan musiqa nashriyoti va bosmaxona tashkil etish, mavjud ovoz yozish studiyasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. |
2018-yil II chorak |
Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi |
|
2 |
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi “Milliy cholgʻu” ilmiy-ishlab chiqarish eksperimental laboratoriyasi qoshidagi “Musiqa cholgʻulari muzeyi” faoliyatini yaxshilash, “Konservatoriya tarixi muzeyi”ni moddiy taʼminlash. |
2018-yil II chorak |
Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi |
|
3 |
2018/2019 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi qoshida musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Markazini tashkil etish, shu maqsadda yangi oʻquv binosi va tinglovchilar uchun turar joyi qurish hamda talabalar va malaka oshirish uchun kelgan tinglovchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, jismonan sogʻlom boʻlishi maqsadida konservatoriya hududiga tutash sport maydonchasini tashkil etish. |
2018/2019 oʻquv yilidan boshlab |
Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Arxitektura va qurilish davlat qoʻmitasi |
|
4 |
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi binosini akustik talablarni inobatga olgan holda kapital taʼmirlash, mamlakatimizda va xorijda ishlab chiqarilayotgan musiqa cholgʻulari, texnik vositalar, inventar va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash. |
2019-yil mobaynida |
Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyati milliy banki |
|
5 |
Konservatoriyada talabalar mustaqil shugʻullanishlari uchun yetarli repetitoriylar tashkil etish, mustaqil mashgʻulot oʻtkazishlari uchun xonalar ajratish va yaxshi sozlangan cholgʻular bilan jihozlash, shuningdek, konservatoriya yotoqxonasida ham shunday sharoitlarni yaratish. |
2019-yil mobaynida |
Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyati milliy banki |
|
6 |
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida oʻrnatilgan noyob organ cholgʻusini taʼmirlash, doimiy texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etish va organ zalini avtomatik haroratni saqlab turish uskunalari bilan taʼminlash. |
2019-yil mobaynida |
Madaniyat vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyati milliy banki |
|
7 |
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida musiqiy adabiyotlar, oʻquv uslubiy majmualar hamda nota matnlarini chop etishga ixtisoslashtirilgan maxsus bosmaxona tashkil etish. |
2018-yil mobaynida |
Madaniyat vazirligi, Davlat nashriyot va matbaa qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi |
|
8 |
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi tarkibidagi Musiqali teatr-studiyasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, oʻquv ishlab-chiqarish jamoalari hisoblangan simfonik orkestr, xalq cholgʻulari orkestri va xor artistlarining maosh razryadlar?ni respublika professional badiiy jamoalar xodimlari maosh razryadlarini oʻrganib, tegishli xulosalarni tayyorlash. |
2018-2019 oʻquv yilidan |
Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi |
|
9. |
2017-yil oktabr oyiga qadar Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi binosini issiqlik bilan taʼminlash boʻyicha lokal isitish qozonxonasini oʻrnatish. |
2017-yil oktabr |
Madaniyat vazirligi, “Tashissiqlikquvvat”,Moliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, |
|
II. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida oʻquv-uslubiy va meʼyoriy-huquqiy hujjatlarini takomillashtirish | |||
|
10. |
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi bitiruvchilari diplomida Davlat attestatsiyasi komissiyasining qaroriga binoan qayd etiladigan malaka talablari, shuningdek, taʼlim muassasasining bakalavriat yoki magistratura bosqichlari uchun moʻljallangan normativ-huquqiy hujjatlarini tanqidiy oʻrganib chiqib, ularni takomillashtirish choralarini koʻrish. |
2017-yilidan muntazam |
Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi |
|
11. |
Konservatoriyaning mutaxassislik yoʻnalishida kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlarini tashkil etishni tubdan oʻzgartirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, Davlat qabul komissiyasiga kiritish. |
2017-yilidan muntazam |
Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi |
|
12. |
Musiqa taʼlimi uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash maqsadida bolalar musiqa va sanʼat maktablari, oʻrta maxsus va oliy taʼlim muassasalari fanlararo bogʻliqligi va integratsiyasini takomillashtirish. |
muntazam |
Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
13. |
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida oliy taʼlimdan keyingi taʼlim turida ijrochilar uchun assistentura-stajirovka taʼlimini qayta tiklash, Konservatoriyada musiqa sanʼati boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beradigan ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
2018-yilidan boshlab |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK, Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi |
|
III. Musiqa taʼlimi muassasalarini ilmiy-pedagogik kadrlar bilan taʼminlash, qayta tayyorlash, ularni malakasini oshirish va moddiy ragʻbatlantirish | |||
|
14. |
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzurida bolalar musiqa va sanʼat maktablari, akademik litsey va kollejlari oʻqituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. |
2018-yildan boshlab muntazam |
Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi |
|
15. |
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi professor-oʻqituvchilari ilmiy-ijodiy salohiyatidan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida bolalar musiqa va sanʼat maktablari, akademik litsey va kollejlarida ijodiy uchrashuvlar,”Ustoz saboqlari” mashgʻulotlari, seminar-treninglarni muntazam tashkil etish. |
2018-yildan boshlab muntazam |
Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi |
|
16. |
Konservatoriyaning asosiy kvotasiga qoʻshimcha ravishda, 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab bolalar musiqa va sanʼat maktablari uchun pedagoglar kadrlar tayyorlash kvotasini iqtisodiyotning real sektori talab va ehtiyojni oʻrgangan holda viloyatlar kesimida maqsadli shakllantirish. |
2018/2019 oʻquv yilidan boshlab |
Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat test markazi |
|
IV. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining hamkorlik aloqalarini takomillashtirish | |||
|
17. |
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi va xorijiy turdosh oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, 2021-yilda fortepiano, torli va damli hamda urma zarbli musiqa cholgʻulari xalqaro tanlovini muntazam ravishda har uch yilda bir oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. |
muntazam ravishda |
Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
|
18. |
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida professor-oʻqituvchilari uchun mahorat darslari, ilmiy-amaliy konferensiyalarga xorijiy mutaxassislarning ishtirokini taʼminlash, xorijiy davlatlardagi taniqli sanʼatkorlar bilan hamkorlikda konsert dasturlarini tashkil qilish. |
2018-yildan muntazam ravishda |
Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
3-ILOVA
|
A. Aripov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika komissiyasi rahbari |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Respublika komissiyasi rahbari oʻrinbosari |
|
A. Abduvaxitov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi |
|
R. Usmonov |
— |
Toshkent shahri hokimi |
|
M. Muratov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri, Respublika komissiyasi kotibi |
|
A. Kamilov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri |
|
G. Saidova |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri |
|
B. Xodjayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri |
|
I. Majidov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vaziri |
|
B. Zakirov |
— |
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisi |
|
R. Gulyamov |
— |
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi |
|
B. Alixonov |
— |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v. b. |
|
A. Qodirov |
— |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari |
|
R. Abdullayev |
— |
Oʻzbekiston Bastakorlar uyushmasi raisi |
|
M. Ahmedov |
— |
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi |
|
Z. Murodova |
— |
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti boʻlim mudiri, sanʼatshunoslik fanlari nomzodi, musiqashunos |
|
A. Mansurov |
— |
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi professori |
|
S. Gʻofurova |
— |
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori. |
Bugungi kunda mamlakatimizda madaniyat va sanʼat sohasini izchil rivojlantirish, jahon miqyosidagi ijobiy tajriba va tendensiyalar, yutuq va natijalarni har tomonlama chuqur oʻrganish asosida madaniyat va sanʼat muassasalari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, ularning tarmogʻini kengaytirish, moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyatini mustahkamlash masalalariga ustuvor ahamiyat berilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yaqinda Oʻzbekiston ijodkor ziyolilari bilan boʻlgan uchrashuvda soʻzlagan maʼruzasida bu boradagi vazifalar yanada aniq-ravshan belgilanib, madaniyat, adabiyot va sanʼat sohasini rivojlantirish boʻyicha muhim taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Ularning ijrosini taʼminlash boʻyicha davlatimiz rahbari tomonidan bir qator farmon va qarorlar qabul qilinmoqda.
Bu borada, ayniqsa, “Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror alohida ahamiyatga ega.
Qarorda xalqimiz, xususan, yoshlarimizning dunyoqarashi, maʼnaviy saviyasi va estetik tarbiyasini yuksaltirishda gʻoyat muhim oʻrin va ahamiyatga ega boʻlgan musiqa sanʼatini har tomonlama rivojlantirish, boy musiqiy merosimizni chuqur oʻrganish, yosh avlodni milliy va jahon musiqa sanʼatining mumtoz namunalariga muhabbat ruhida tarbiyalash, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida muhim vazifalar belgilandi.
Prezidentimiz tomonidan imzolangan ushbu muhim hujjatga muvofiq, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturi, mazkur bilim yurtining yangi tarkibiy tuzilmasi, konservatoriya faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.
Mazkur dasturda bugungi kunda maʼnaviy hayotimiz uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan bir qancha masalalarga alohida eʼtibor qaratish zarurligi taʼkidlangan.
Jumladan, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, maʼnaviy yetuk, milliy gʻoya va mafkuramizga sadoqat bilan xizmat qiladigan barkamol shaxslarni tarbiyalash, oʻzbek xalqining milliy musiqiy merosi negizida, jahon musiqa madaniyati durdonalaridan andoza olgan holda, musiqa sanʼatini rivojlantirish, musiqiy taʼlim tizimini sifat jihatidan yanada koʻtarish boʻyicha aniq chora-tadbirlar dasturda aks etishi lozimligiga urgʻu berilgan.
Shuningdek, mulkiy yoki idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, musiqa sanʼati, musiqa taʼlimi yoʻnalishi uchun kadrlar tayyorlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va ularni joriy etishda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi metodik va ijodiy tomondan koʻmaklashadigan tayanch oliy taʼlim muassasasi ekaniga alohida urgʻu berilgan.
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, jumladan, konsert zallari, oʻquv auditoriyalari, maxsus mashgʻulot xonalarini taʼmirlash va zamon talablari darajasida jihozlashga katta eʼtibor qaratilgan.
Ayni vaqtda konservatoriyada faoliyat koʻrsatayotgan professor-oʻqituvchilarning pedagogik mahoratini yanada oshirish, oʻquv jarayoni sifati va saviyasini tubdan yaxshilash, musiqa sanʼati sohasida jahonning yetakchi oliy taʼlim muassasalari, ijodiy markazlar, taniqli kompozitor, musiqachi va ijrochilar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, jumladan, xorijiy mutaxassislarni mamlakatimizga taklif etish bilan bir qatorda respublikamizda yuqori natijalarga erishgan musiqachi va pedagoglarning mahorat darslarini chet davlatlarda tizimli tashkil etish zarurligi qayd etilgan.
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining yosh pedagog kadrlarini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida ular uchun zarur maishiy sharoitlar yaratish, ipoteka kreditlari asosida uy-joylar bilan taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari ham dasturda oʻz ifodasini topishi kerakligi belgilangan.
Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida oʻquv binolari yetishmasligi, talabalar soni sezilarli darajada koʻpaygani taʼlim-tarbiya jarayonlarini yuqori darajada va sifatli olib borishda muammo tugʻdirmoqda. Qarorda ana shu masalani samarali hal etish choralari belgilangan. Shu maqsadda mutasaddi tashkilotlarga 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab Mirzo Ulugʻbek tumani, Mustaqillik shoh koʻchasi, 31-uyda joylashgan V. Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyiga tegishli boʻlgan binoni Oʻzbekiston davlat konservatoriyasiga oʻrnatilgan tartibda berish hamda Toshkent shahri, Buxoro koʻchasi, 10-uyda joylashgan binoni Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi tasarrufiga oʻtkazish va ushbu binoda jahon andozalariga toʻliq mos keladigan, akademik jamoalarning badiiy dasturlari namoyish etiladigan, jonli ijroga moʻljallangan zamonaviy konsert zalini barpo etish vazifasi topshirilgan.
Konservatoriyaning madaniy hayotimizdagi oʻrni va nufuzini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri bir vaqtning oʻzida konservatoriya rektori vazifasini ham bajarishi qarorda belgilab berilgan.
Shu bilan birga, oʻqituvchi va talaba yoshlarning ilmiy salohiyatidan unumli foydalanish uchun Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi muassisligida “Musiqa” ilmiy-uslubiy jurnali faoliyatini yoʻlga qoʻyish vazifasi belgilangan.
Bir soʻz bilan aytganda, mazkur qaror Prezidentimiz tomonidan milliy musiqa sanʼatimiz rivojiga koʻrsatilayotgan yuksak eʼtiborning yana bir amaliy namunasi boʻlib, u Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini tubdan takomillashtirish, musiqa sanʼati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash darajasini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarishga qaratilgani bilan gʻoyat muhim ahamiyatga egadir.