Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 29.06.2000 yildagi 249-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON SUV XOʻJALIGI QURILIShI DAVLAT KONSERNI (“OʻZSUVQURILISh”)NI TUGATISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston suv xoʻjaligi qurilishi davlat konserni (“Oʻzsuvqurilishi”) ni tugatish toʻgʻrisida” 2000-yil 23-iyundagi PF—2645-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek, 1998—2000-yillarda qurilish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturini amalga oshirish va suv xoʻjaligi qurilishini boshqarishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston suv xoʻjaligi qurilishi davlat konserni (“Oʻzsuvqurilish”)ni tugatish yuzasidan 1-ilovaga* muvofiq tarkibida komissiya tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsuvqurilish” davlat konsernini, 2-ilovaga* muvofiq boshqa korxonalar va tashkilotlarni tugatish tadbirlarini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilayotgan “Oʻzsuvqurilish” davlat konserni boʻlinmalarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga beriladigan ijtimoiy infratuzilma obyektlari roʻyxatini aniqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oʻzsuvqurilish” davlat konsernini tugatish komissiyasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq tugatilayotgan “Oʻzsuvqurilish” davlat konserni boʻlinmalarining ijtimoiy infratuzilma obyektlarini belgilangan tartibda balansga qabul qilib olsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzsuvqurilish” davlat konserni tarkibida boʻlgan korxonalar va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha maxsus komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda “Oʻzsuvqurilish” davlat konserni tashkilotlari va korxonalarini qayta tashkil etish hamda tugatish yakunlariga koʻra boʻshab qoladigan binolarni, ishlab chiqarish quvvatlarini va boshqa asosiy vositalarni yangidan tuzilayotgan mustaqil xususiy qurilish korxonalarining moddiy bazasini mustahkamlash uchun sotish, shuningdek, erkin sotish toʻgʻrisidagi masalani 2000-yil oxirgacha koʻrib chiqsin va amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilayotgan “Oʻzsuvqurilish” davlat konserni tarkibida boʻlgan 3-ilovaga* muvofiq korxonalar va tashkilotlarni xususiylashtirishga doir tadbirlarni amalga oshirsin, bunda xususiylashtirilayotgan korxonalarga bir xil nomlar berilishiga yoʻl qoʻyilmasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilayotgan “Oʻzsuvqurilish” davlat konserni tarkibida boʻlgan xususiylashtirilgan va qoʻshma korxonalardagi davlatga tegishli ulushlar (aksiyalar paketlari) ning, qoidaga koʻra, tanlov asosida yuridik va jismoniy shaxslarning ishonchli boshqaruviga berilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda “Xazina” va “Rizq” yordamchi xoʻjaliklarini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tizimiga bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Suv xoʻjaligi obyektlari va irrigatsiya-melioratsiya tizimlariga oʻz vaqtida va sifatli xizmat koʻrsatishni taʼminlash maqsadida “Oʻzsuvqurilish” davlat konserni tarkibida boʻlgan tashkilotlar va korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha maxsus komissiyaning, aksiyadorlik jamiyatlarining 4-ilovaga* muvofiq korxonalar va tashkilotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tizimiga kiritish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda tugatilayotgan “Oʻzsuvqurilish” davlat konsernining Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tizimiga beriladigan davlat korxonalari va tashkilotlarining belgilangan tartibda davlat tasarrufidan chiqarish va aksiyalashtirish jadvalini ishlab chiqsin hamda uch oy muddatda amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, tugatilayotgan “Orolsuvqurilish”, “Orolqishloqxoʻjaliksuvquvurqurilish” va “Andijonsuvqurilish” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari tarkibida boʻlgan korxonalar va tashkilotlar mustaqil aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilgandan soʻng ixtiyoriylik asosida aksiyadorlik jamiyatlari uyushmasini tashkil etishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston suv xoʻjaligi qurilishi davlat konserni (“Oʻzsuvqurilish”) faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1992-yil 19-noyabrdagi 540-son qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishni boshqarish tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 28-noyabrdagi 500-son qaroriga 9-10-ilovalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “1999-2000-yillarda xususiylashtirishni chuqurlashtirish va davlat mulkini sotishdan davlat budjetiga mablagʻlar tushishini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 17-dekabrdagi 525-son qaroriga 2-ilovaning “Oʻzsuvqurilish” davlat konserniga tegishli qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 29-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
249-son