Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
“Oʻzkart” banklararo chakana toʻlov tizimi faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 11-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2369-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-yanvardagi 2/6-sonli ““Oʻzkart” banklararo chakana toʻlov tizimi faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2369-3, 05.02.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 21-apreldagi 12/2-son qarori (roʻyxat raqami 2369, 2012-yil 30-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 22-son, 255-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzkart” banklararo chakana toʻlov tizimi faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 24-iyun,
14/8-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 24-iyundagi 14/8-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzkart” banklararo chakana toʻlov tizimi faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandda:
a) quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“emissiya — BPKni chiqarish va foydalanishga taqdim etish boʻyicha faoliyat;”;
b) yettinchi — oʻn oltinchi xatboshilar tegishlicha sakkizinchi — oʻn yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. Quyidagi mazmundagi 51-band bilan toʻldirilsin:
“51.Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki banklararo chakana toʻlov tizimi infratuzilmasida “Oʻzkart” va boshqa chakana toʻlov tizimlari BPKlarining oʻzaro xizmat koʻrsatishini taʼminlaydi.
“Oʻzkart” toʻlov tizimi infratuzilmasida (terminallarda, bankomatlarda, infokioskalarda va boshqa maxsus uskunalarda) boshqa toʻlov tizimlarining BPKlariga xizmat koʻrsatilishining rad etilishi taqiqlanadi.”.
3. 29-bandning toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
4. 58-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzkart” toʻlov tizimida qayta ishlanadigan konfidensial turdagi maʼlumotlarning xavfsizligini taʼminlash Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 16-oktabrdagi 295-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi axborotlashtirish obyektlarida konfidensial maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash va tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.”.
5. Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
Banklar assotsiatsiyasi Bosh direktori S. ABDULLAYEV
2017-yil 23-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 28-son, 668-modda)