06.06.2017 yildagi 360-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qaʼridan foydalanish, xavfli ishlar, xavfli tovarlar va moddalar, portlovchi materiallar ishlab chiqarish, ularning aylanishi sohasida hamda boshqa sohalarda ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda respublikada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, tadbirkorlik subyektlari tomonidan ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish shaffofligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi, tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tusidagi hujjatlar roʻyxati tasdiqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining boshligʻi B.Gulyamovning shaxsiy masʼuliyatsizligi va nazoratsizligi tufayli ruxsat berish tartib-taomillari tartibi toʻgʻrisidagi tegishli nizomlarni oʻz vaqtida va sifatli tayyorlash hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish taʼminlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer qaʼridan foydalanish, xavfli ishlar, xavfli tovarlar va moddalar, portlovchi materiallar ishlab chiqarish, ularning aylanishi sohasida hamda boshqa sohalarda ruxsat berish tartib-taomillarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yer qaʼridan foydalanish, xavfli ishlar, xavfli tovarlar va moddalar, portlovchi materiallar ishlab chiqarish, ularning aylanishi sohasida hamda boshqa sohalarda ruxsat berish tartib-taomillarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasining oʻz vaqtida va zarur sifatda ishlab chiqilishini taʼminlamaganligi uchun “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining boshligʻi B.Gulyamovga hayfsan eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-oktabrdagi 566-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2022-y., 09/22/566/0897-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portlovchi materiallarning aylanishi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I.Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 6-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
360-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 479-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son; 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son; 11.07.2019-y., 09/19/567/3404-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son, 06.10.2022-y., 09/22/566/0897-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)