Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.09.2003 13.09.1999 yildagi 420-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.09.2003
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI INVESTITSIYa DASTURINI ShAKLLANTIRISh VA AMALGA OShIRISh BO‘YIChA ME’YoRIY-HUQUQIY HUJJATLARNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-sonli “Kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yilning I yarim yilligida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yakunlari, iqtisodiy islohotlarning borishini hamda iqtisodiyotni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlarining amalga oshirilishini baholash yuzasidan qaroriga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturini shakllantirish tartibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturida nazarda tutilgan kapital qurilishni mablag‘ bilan ta’minlash va kreditlash tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar va kompaniyalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari investitsiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirishda mazkur qaror bilan tasdiqlangan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga qat’iy ravishda amal qilsinlar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya faoliyatini ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1998-yil 15-maydagi 215-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 13-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
420-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
13-sentabrdagi 420-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturini shakllantirish qoidalari va tartibotini tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur deb ataladi) respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining tarkibiy qismi hisoblanadi va davlat investitsiya siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini aks ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga va iqtisodiyotga zarur tarkibiy o‘zgartirishlarni, tabiiy, mineral-xomashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlovchi investitsiyalar qo‘yish asosida uning jahon iqtisodiy tizimiga keng integratsiyalashuviga erishish Dasturning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablag‘ bilan ta’minlash manbalari bo‘yicha kapital qo‘yilmalar prognozi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustuvor investitsiya takliflarining yig‘ma ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda — Yig‘ma ro‘yxat deb ataladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihalarining aniq dasturi (keyingi o‘rinlarda — Aniq dastur deb ataladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. DASTURNING MUVOZANATLANGANLIGINI TA’MINLASH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dastur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy, mineral-xomashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat budjeti hamda respublikaning ichki va tashqi qarzlari hajmlarini o‘zaro bog‘lashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablag‘ bilan ta’minlashning tasdiqlangan manbalari bilan obyektlarni ishga tushirish va kreditlarni uzishni, shuningdek, qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoati quvvatlarini muvozanatlashni;

III. DASTURNI SHAKLLANTIRISH TARTIBI VA MUDDATLARI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Dasturni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishga oid barcha ishlarni Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti muvofiqlashtiradi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Dasturni shakllantirish davlat maqsadli dasturlari, iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlarini va alohida mintaqalarni rivojlantirish bo‘yicha direktiv qarorlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, kompaniyalar, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning takliflari asosida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda amalga oshiriladi va oldingi yil dekabr oyining birinchi o‘n kunligidan kechikmay Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Dasturni ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi har yili investitsiya takliflarini tayyorlashga oid metodik ko‘rsatmalarni va ularni taqdim etish muddatlarini manfaatdor vazirliklar hamda idoralarga, uyushmalar, korporatsiyalar va kompaniyalarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, korxonalar va tashkilotlarga yetkazadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ishlab chiqilgan Dastur Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. KAPITAL QO‘YILMALAR PROGNOZI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kapital qo‘yilmalar prognozi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Moliya vazirligi, Markaziy bank, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda joriy yil va prognozlashtirilayotgan yillar uchun ishlab chiqarish va noishlab chiqarish qurilishlari bo‘yicha ishlab chiqiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Prognoz kapital qo‘yilmalarning quyidagi manbalarini hisobga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) markazlashtirilgan qo‘yilmalar, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat budjeti va davlat budjetdan tashqari fondlar mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi qarzlar limitlaridan kelib chiqib hukumat kafolati ostida beriladigan chet el investitsiyalari va kreditlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) markazlashtirilmagan kapital qo‘yilmalar, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar mablag‘lari, shu jumladan, qo‘shma korxonalar, xorijiy korxonalar va xususiy korxonalarning mablag‘lari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklarning, shu jumladan, xorijiy banklarning tijorat kreditlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi mablag‘lari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlari quyidagilar hisobiga belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti va davlat budjetdan tashqari fondlar mablag‘lari — belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini shakllantirish chog‘ida va yig‘ma budjet tarkibida tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat kafolati ostida jalb qilinadigan xorijiy investitsiyalar va kreditlar — alohida ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar faqat quyidagilarga ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha investitsiya loyihalarini, davlat maqsadli dasturlarini va davlatlararo bitimlarni amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
egasining nomi ko‘rsatilgan uy-joy obligatsiyalari bo‘yicha uy-joy qurilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi yerlarni o‘zlashtirish va sug‘oriladigan yerlarni tiklashga, suv xo‘jaligi qurilishi va kichik gidroenergetikani rivojlantirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi yashaydigan joylarning, birinchi navbatda, yakka tartibda qurilgan uy-joy mavzelarining muhandislik infratuzilmasini rivojlantirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va ijtimoiy infratuzilmaning boshqa tarmoqlari obyektlari qurilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, davlat ilmiy muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumdavlat tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishga va tabiiy ofatlardan himoya qilish inshootlari qurilishiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. USTUVOR INVESTITSIYA TAKLIFLARINING YIG‘MA RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ustuvor investitsiya takliflarining yig‘ma ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, kompaniyalar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlarning takliflaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi va Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik bilan birgalikda tuziladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Quyidagilar (ekologiya normalari va talablariga muvofiq kelishi ular uchun majburiy shartdir) investitsiya takliflarini Dasturga kiritish uchun tanlab olishning asosiy mezoni hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ishlab chiqarish obyektlari bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy xomashyo va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash ko‘lamini kengaytirish, ularni raqobatbardosh tayyor mahsulot darajasigacha yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport salohiyatini rivojlantirishga mo‘ljallangan rentabelli, yuqori texnologiyali va resurslarni tejovchi ishlab chiqarishlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunikatsiyalar, sug‘orish, ishlab chiqarish infratuzilmasining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’mol bozorini eng zarur tovarlar va xizmatlar bilan to‘ldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) noishlab chiqarish obyektlari bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ijtimoiy infratuzilma xizmatlariga bo‘lgan birinchi navbatdagi ehtiyojlarini qondirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noishlab chiqarish xizmatlari sifatini va ular bilan aholini qamrab olish darajasini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ishlab chiqarish loyihalari bo‘yicha Dasturga kiritish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologiya jihatidan o‘zaro bog‘langan yoki tarmoqlararo ahamiyatga ega bo‘lgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘g‘ridan to‘g‘rixorijiy investitsiyalar ishtirokida amalga oshiriladigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq joylarda va ishchi kuchi ortiqcha bo‘lgan mintaqalarda joylashtiriladigan kichik va o‘rta biznes;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirishni ta’minlaydigan takliflar ustuvor huquqqa ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yig‘ma ro‘yxat mamlakatimiz investorlarini va xorijiy investorlarni jalb qilish uchun aniq ustuvor yo‘nalishlarning qisqacha bayoni hisoblanadi, u ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi va tegishli kanallar, xalqaro axborotnomalar, moliya institutlari, INTERNET tarmog‘i orqali potensial investorlarga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yig‘ma ro‘yxatga kiritilgan investitsiya takliflari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyinchalik Investitsiya loyihalarining aniq dasturiga kiritish uchun ular investitsiya loyihasi jarayoniga kelgunga qadar shakllantirishning barcha bosqichlarida ular ustidan doimiy monitoring amalga oshirilishi va injiniring jihatidan kompleks kuzatib borilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat kafolati ostidagi xorijiy kredit liniyalaridan foydalanishning ustuvor huquqiga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yig‘ma ro‘yxatga kiritilgan investitsiya taklifining tashabbuskori uni amalga oshirishda qatnashishdan manfaatdor bo‘lgan xorijiy sheriklar (potensial investorlar) bilan oldindan erishilgan kelishuv yakunlari bo‘yicha “O‘zinvestloyiha” kompaniyasi yoki boshqa injiniring tashkiloti bilan birgalikda yoki mustaqil ravishda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqadi, loyiha ekspertiza qilinadi, belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Hukumat kafolati ostida beriladigan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga mo‘ljallanayotgan investitsiya takliflarini amalga oshirish uchun potensial investorlarni (bosh pudratchilarni) jalb qilish, qoidaga ko‘ra, tender asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. INVESTITSIYА LOYIHALARINING ANIQ DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Investitsiya loyihalarining aniq dasturi (keyingi o‘rinlarda — Aniq dastur deb ataladi) har yili ishlab chiqiladi va mablag‘ bilan ta’minlashning asosiy manbalari bo‘yicha buyurtmachilar va xorijiy sheriklar ko‘rsatilgan holda ustuvor investitsiya loyihalari, eng avvalo, kelgusi yilga o‘tuvchi investitsiya loyihalari ro‘yxatini, joriy yil uchun kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirish prognozini ifodalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Investitsiya loyihalarining aniq dasturi Dastur tarkibida tasdiqlanadi va unga yil davomida qo‘shimcha investitsiya loyihalari kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Aniq dasturga kiritish uchun quyidagilar majburiy shartlar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslanishning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablag‘ bilan ta’minlash manbalarining va kreditlar shartnomada belgilangan muddatlarda uzilishining isbotlanganligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tasdiqlangan Aniq dasturga muvofiq buyurtmachilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda qurilishlarning aniq ro‘yxati tasdiqlanadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. DASTURNI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari mablag‘ bilan ta’minlashda ko‘maklashish, soliq imtiyozlari va boshqa imtiyozlar berish, davlat monitoringini tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mablag‘ bilan ta’minlashda ko‘maklashish ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shu jumladan, xorijiy kreditlar bo‘yicha majburiy avans to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun qaytarish yoki qaytarmaslik asosida budjet mablag‘lari ajratish, shuningdek, xorijiy kreditlar uchun Hukumat kafolatlari berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilishi uchun markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hisobiga davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash zarur bo‘lgan ustuvor investitsiya loyihalari Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamentining O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tayyorlagan takliflari asosida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
(23-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rib chiqilayotgan yil uchun markazlashtirilgan moliyaviy resurslarning prognoz limitlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan oldingi yilning sentyabr oyidan kechikmay e’lon qilinadi.
(23-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Soliq imtiyozlariga va boshqa imtiyozlarga soliqlardan vaqtincha ozod qilish, imtiyozli soliq solish va jadallashtirilgan amortizatsiya tartibini belgilash, bojxona imtiyozlari berish va boshqalar kiradi. Har bir loyiha yoki umuman dastur bo‘yicha imtiyozlar ro‘yxati amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. DASTURNING AMALGA OSHIRILISHINI NAZORAT QILISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Davlat monitoringi Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi ustidan davlat nazoratining asosiy mexanizmi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Quyidagilar Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalari ustidan Davlat monitoringini amalga oshirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarining va, birinchi navbatda, markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga ro‘yobga chiqarilayotgan investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi, shu jumladan, loyihalarning belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslashlarining asosiy ko‘rsatkichlariga rioya qilinishiga oid qismi ustidan nazoratni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, investitsiya jarayoni boshqa qatnashchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish, Dasturda nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarning o‘z vaqtida hal qilinishi uchun ularning javobgarligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarini tasdiqlangan hajmlar va muddatlarga qat’iy muvofiq mablag‘ bilan uzluksiz ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy sheriklar oldida qabul qilingan majburiyatlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarni amalga oshirishda paydo bo‘ladigan muammoli masalalarni kuzatib borish va ularning tezkorlik bilan bartaraf etilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya iqlimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Davlat monitoringi investitsiya loyihalari Dasturga kiritilgan manfaatdor vazirliklar va idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, kompaniyalar, korxonalar va tashkilotlar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan taqdim etiladigan axborotlar asosida Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti tomonidan tashkil etiladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Axborot taqdim etish, shuningdek, Davlat monitoringini amalga oshirish tartibi va muddatlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun javobgarlik loyihalarning buyurtmachilari zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
13-sentabrdagi 420-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturida nazarda tutilgan kapital qurilishni mablag‘ bilan ta’minlash va kreditlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Tartib “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturida nazarda tutilgan kapital qurilishni mablag‘ bilan ta’minlash va kreditlash jarayonini tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tasdiqlangan davlat investitsiya dasturiga muvofiq mablag‘ bilan ta’minlanadigan va kreditlanadigan obyektlarning aniq ro‘yxati (bundan keyin qurilishlarning aniq ro‘yxati deb ataladi) shakllantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Investitsiya dasturida nazarda tutilgan kapital qo‘yilmalar doirasida investitsiya loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlash va kreditlash buyurtmachilar (investorlar, investorlar tomonidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish vakolati berilgan boshqa jismoniy va yuridik shaxslar — keyingi o‘rinlarda “buyurtmachi” deb ataladi) tomonidan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi belgilagan tartibda kelishilgan qurilishlarning aniq ro‘yxatiga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. MARKAZLASHTIRILGAN KAPITAL QO‘YILMALAR HISOBIGA MABLAG‘ BILAN TA’MINLANADIGAN QURILISHLARNING ANIQ RO‘YXATLARINI SHAKLLANTIRISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Investitsiya dasturida nazarda tutilgan markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlari doirasida qurilishlarning aniq ro‘yxatini shakllantirish buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Buyurtmachi investitsiya dasturi tasdiqlangandan keyin bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga qurilishlarning aniq ro‘yxatlarini kelishish uchun taqdim etadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qurilishlarning aniq ro‘yxatlariga birinchi navbatda keyingi yilga o‘tuvchi obyektlar, shu jumladan bajarilgan ishlar uchun isbotlangan kreditorlik qarzlar mavjud bo‘lgan obyektlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Aniq ro‘yxatlarga yangidan boshlanadigan obyektlarni kiritishga, agar keyingi yilga o‘tuvchi qurilishlar va obyektlar, shu jumladan shunga o‘xshash quvvatlar yaratiladigan qurilishlar va obyektlar, kapital qo‘yilmalarning zarur hajmlari bilan ta’minlangan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi ishtirokida buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan yangidan boshlanadigan qurilishlar bo‘yicha aniq ro‘yxatlarni ularga rozilik berish yuzasidan qaror qabul qilish uchun ko‘rib chiqadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Keyingi yilga o‘tuvchi obyektlar bo‘yicha qurilishning borishini va obyektlarning tayyorlik darajasini hisobga olgan holda Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishgan holda kapital qo‘yilmalar hajmlariga aniqliklar kiritilishi mumkin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslash, loyiha-smeta hujjatlari va mablag‘ bilan ta’minlash manbalari bilan ta’minlanmagan qurilishlarning aniq ro‘yxatlarini tasdiqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qurilish materiallari va konstruksiyalar, butlovchi buyumlar, foydalanish davrida xomashyo va materiallar hamda bajarilgan pudrat ishlari uchun erkin muomaladagi valyuta xarajatlari bilan amalga oshiriladigan qurilishlarning aniq ro‘yxatlari Pul-kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasi bilan kelishib olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yangidan boshlanadigan qurilishlar uchun ishlarni bajaruvchilarni va moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchilarni tanlash buyurtmachilar tomonidan, qoidaga ko‘ra, tender asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar ajratiladigan buyurtmachi ulardan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. DAVLAT BUDJETI MABLAG‘LARI HISOBIGA MABLAG‘ BILAN TA’MINLASH VA KREDITLASH
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan budjet mablag‘lari ajratish buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan ish hajmlarini bajarish, asbob-uskunalar, butlovchi materiallar, buyumlar va konstruksiyalar yetkazib berish hamda mablag‘ bilan ta’minlash jadvaliga muvofiq Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan qurilishlarning aniq ro‘yxatlariga binoan amalga oshiriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashda quyidagi xarajatlar hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘tgan yilda bajarilgan ishlar hajmi uchun kreditorlik qarzlarni to‘lash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishlarning aniq ro‘yxatlariga kiritilgan obyektlarda bajariladigan ishlar bo‘yicha joriy yilning hisobot oyidagi kreditorlik qarzlarni to‘lash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot oyi kapital qo‘yilmalari hajmlarini o‘zlashtirish asosida aniqlangan joriy oyda kapital qo‘yilmalarni kutilayotgan o‘zlashtirishning 40 foizigacha miqdorda avans to‘lash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda avans miqdori xarid qilinadigan asbob-uskunalar, buyurtmachi tomonidan materiallar yetkazib berish, pudrat tashkilotlarga avans to‘lash, shuningdek har bir aniq holatda Hukumatning qaroriga ko‘ra respublika obyektlari qurilishini jadallashtirish maqsadida respublika tashqarisidan mahsulotlar sotib olish uchun konvertatsiya qilish mablag‘lari miqdorini hisobga olgan holda aniqlashtirilishi mumkin (tegishli hisob-kitoblar bilan isbotlangan taqdirda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslash, loyiha-smeta hujjatlari, boshqa zarur hujjatlar va mablag‘ bilan ta’minlash manbalari bilan ta’minlanmagan qurilishlarning aniq ro‘yxatlari bo‘yicha mablag‘ bilan ta’minlash boshlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kapital qo‘yilmalarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun buyurtmachilar har oyda Moliya vazirligiga to‘lovlar sxemasi bilan birgalikda mablag‘ bilan ta’minlash hisob-kitobini hamda markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalarni mablag‘ bilan ta’minlashga yo‘naltiriladigan ajratilgan budjet mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risida hisobotning belgilangan shakli bo‘yicha axborot ham taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kapital qo‘yilmalarni mablag‘ bilan ta’minlash davlat budjeti xarajatlari iqtisodiy tasnifnomasiga muvofiq xarajat jadvali bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarajat jadvali asosida buyurtmachilar mablag‘ bilan ta’minlovchi banklarga moliya organlari tomonidan budjet mablag‘lari bilan qoplangan mablag‘ bilan ta’minlash limitlarini yetkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat budjeti hisobidan mablag‘ bilan ta’minlashni rasmiylashtirish uchun buyurtmachilar mablag‘ bilan ta’minlovchi banklarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslanishini (loyiha-smeta hujjatlarini);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan yangidan boshlanayotgan qurilishlarning yillar bo‘yicha bo‘lingan aniq ro‘yxatlarini, keyingi yilga o‘tuvchi qurilishlarning aniqlashtirilgan aniq ro‘yxatlarini;
(18-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishning barcha davri uchun bajarilgan ishlar uchun hisob-kitob shakllari ko‘rsatilgan pudrat shartnomalari (kontraktlar)ni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishning yig‘ma smeta hisob-kitoblarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha hujjatlari bo‘yicha “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining davlat idoradan tashqari ekspertizasi va davlat ekologiya ekspertizasining xulosalarini taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bajaruvchilari tender asosida aniqlanadigan obyektlar bo‘yicha loyihaning belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslanishi, aniq ro‘yxat va pudrat shartnomasi (kontrakt) taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Buyurtmachilar davlat budjeti mablag‘lari hisobiga mablag‘ bilan ta’minlash limitlarini quruvchi korxonalarga yetkazadilar hamda ularga har oyda bir yilga tasdiqlangan limitlar doirasida amalda bajarilgan ishlar hajmi uchun ajratilgan mablag‘larni o‘tkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Smetalarda nazarda tutilgan asbob-uskunalarni sotib olishga kontraktlar (shartnomalar) bo‘yicha, shuningdek buyurtmachi tomonidan materiallar yetkazib berish yuzasidan import operatsiyalarga haq to‘lash ular belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Budjet mablag‘larini o‘tkazish yuzasidan buyurtmachilarning topshirig‘ini bajarishda bank shifrlar va summalar bo‘yicha ko‘rsatkichlarning xarajat jadvaliga muvofiqligini tekshiradi, loyiha-smeta va qurilish-montaj ishlariga, asosiy fondlarni sotib olishga xarajatlarga haq to‘lashning yig‘ma hisobini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qurilayotgan obyektlarni kafolatli va o‘z vaqtida mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida, budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan obyektlar bo‘yicha mablag‘lar vaqtincha bo‘lmagan taqdirda, mablag‘ bilan ta’minlovchi banklar Moliya vazirligi bilan kelishgan holda va uning belgilangan tartibda berilgan kafolati ostida qarz oluvchiga qisqa muddatli kreditlar berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mablag‘ bilan ta’minlovchi bankka qisqa muddatli kreditni kreditdan foydalanilganligi uchun Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan stavka bilan berish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit obyekt bo‘yicha joriy yilga ajratilgan mablag‘ bilan ta’minlashning umumiy limiti hisobiga, kredit bo‘yicha foizlar esa — qarz oluvchining o‘z mablag‘lari hisobiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Buyurtmachilarga markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalarning tasdiqlangan limitlarida nazarda tutilgan qaytarib berish asosidagi davlat budjeti mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasining garov haqidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirgan holda binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, qurilishi tugallanmagan obyektlar, moddiy boyliklar va boshqa mol-mulkni garovga qo‘yish shartnomasi asosida vakolatli bank tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foizlar miqdori va ularni hisoblab qo‘shish muddatlari, shuningdek, qaytarish asosidagi budjet mablag‘lari bo‘yicha asosiy qarz va foizlarni qaytarish tartibi Moliya vazirligi bilan buyurtmachiga mablag‘larni qayta moliyalaydigan vakolatli bank o‘rtasidagi shartnoma bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qoidaga ko‘ra, keyinchalik qarz oluvchiga qayta moliyalagan holda budjet mablag‘lari ajratish yuzasidan Moliya vazirligi tijorat banki bilan tuzadigan shartnomada qarzni qaytarish jadvaliga muvofiq navbatdagi to‘lov summasini bankning vakillik hisobvarag‘idan so‘zsiz o‘tkazib olish mexanizmi nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarz oluvchining qarzni qaytarish uchun mablag‘i va qarzni qaytarish istiqboli mavjud bo‘lmagan taqdirda Moliya vazirligi belgilangan tartibda bankrotlik to‘g‘risidagi jarayon tashabbuskori bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish va kapital qo‘yilmalarni mablag‘ bilan ta’minlash jarayonida mablag‘ bilan ta’minlovchi banklar markazlashtirilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini, qurilish muddatlariga, ajratilgan mablag‘larni qaytarish muddatlariga rioya qilinishini va ulardan foydalanganlik uchun haq to‘lanishini nazorat qiladilar, bajarilgan ishlar hajmini nazorat tartibida o‘lchaydilar. Nazorat banklar tomonidan mablag‘ bilan ta’minlovchi tomon bilan tuzilgan shartnoma asosida bankka vositachilik haqi to‘langan holda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun buzilishlar, qo‘shib yozishlar yoki ishlar hajmlarini boshqacha tarzda oshirish hollari aniqlangan taqdirda mablag‘lar belgilangan tartibda olib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari tomonidan olingan davlat budjeti mablag‘lari qat’iy ravishda maqsadli foydalanilishi kerak va ular depozit schyotlarga o‘tkazilishi, banklararo kreditlar berish uchun foydalanilishi va boshqa qisqa muddatli tusdagi operatsiyalarga jalb qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishning davom etish muddatlari buzilgan, mablag‘lardan maqsadsiz foydalanilgan, kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirish to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlari oshirib ko‘rsatilgan taqdirda tijorat banklari buyurtmachilarga nisbatan, ayrim hollarda esa pudratchilarga nisbatan ham mavjud qonun hujjatlari bilan belgilangan kredit bilan ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. BOSHQA MANBALAR HISOBIGA MABLAG‘ BILAN TA’MINLASH VA KREDITLASH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining uzoq muddatli kreditlari (shu jumladan, xorijiy investitsiyalar va Hukumat kafolati ostida beriladigan kreditlar) hisobiga mablag‘ bilan ta’minlash (qayta moliyalash) tomonlarning kelishuviga ko‘ra kreditlashning amaldagi qoidalari va normalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari (vakolatli banklar) kreditlari hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan qurilishlarning aniq ro‘yxatlari Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishishdan oldin ushbu banklar bilan kelishib olinishi shart.
(26-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklarning buyurtmachilar bilan o‘zaro munosabatlari kredit shartnomalari asosida quriladi. Kreditlash muddatlilik, haq to‘lash, qaytarish, ta’minlanish va maqsadli foydalanish shartlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ssuda hisobvarag‘i bo‘yicha barcha operatsiyalar banklar tomonidan smeta bo‘yicha xarajatlar moddalariga rioya qilingan holda obyektning smeta qiymati doirasida shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kredit obyektlarning buyurtmachilariga va pudrat qurilish tashkilotlariga aniq vaziyatdan kelib chiqib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, buyurtmachilar kreditni qaytarish ta’minlanishi uchun mol-mulk garovi, uchinchi shaxslarning kafilligi, bank kafolati, to‘lanmagan kredit xavfi sug‘urtasi bilan bir qatorda Moliya vazirligining belgilangan tartibda berilgan kafolatini taqdim etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mablag‘ bilan ta’minlashning markazlashtirilgan resurslar bilan ta’minlanishi kechikkan taqdirda tijorat banklari ularning o‘rnini o‘z mablag‘lari yoki jalb qilingan mablag‘lar bilan vaqtincha almashtirish yo‘llarini qidirib topishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Buyurtmachining o‘z mablag‘lari hisobiga mablag‘ bilan ta’minlash tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq va pudrat shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Aralash investitsiyalash obyektlari qurilishini mablag‘ bilan ta’minlash va kreditlash obyektlar qurilishining barcha davri mobaynida budjet mablag‘larini, boshqa markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalarni va o‘z mablag‘larini xarajat qilish nisbatiga rioya qilgan holda mazkur Tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. KAPITAL QURILISHDAGI HISOB-KITOBLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mablag‘ bilan ta’minlash bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiruvchi banklar buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tekshirib chiqadilar va ular qo‘yiladigan talablarga muvofiq bo‘lganda qurilishni mablag‘ bilan ta’minlash hisobvaraqlarini ochadilar. Qurilishni hisob-kitob hisobvaraqlaridan mablag‘ bilan ta’minlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Banklar buyurtmachilar, pudrat tashkilotlari va qurilishning boshqa qatnashchilari o‘rtasida bajarilgan ishlar, yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslari va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblarni, shuningdek, boshqa hisob-kitoblarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishning barcha davriga tuzilgan kontrakt (pudrat shartnomasi) buyurtmachi va pudrat tashkiloti o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy hujjat hisoblanadi. Buyurtmachi bilan pudrat tashkiloti o‘rtasidagi hisob-kitoblar kontrakt (pudrat shartnomasi)da nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘lov hujjatlarini va ularga ilova qilingan yoyilmalarni tekshirish, shuningdek to‘lov bank tomonidan 3 kun ichida amalga oshiriladi. Asoslanmagan to‘lov hujjatlari taqdim etilgan va ularga tuzatish kiritish zaruriyati paydo bo‘lgan taqdirda to‘lov barcha tuzatishlar kiritilgandan keyin va bankka tuzatilgan hujjatlar taqdim etilgach amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya jarayonining boshqa qatnashchilari tomonidan tuzilgan shartnoma (kontrakt)lar ular o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar uchun asosiy hujjat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Buyurtmachilar pudrat tashkilotlarining bajargan ishlari va boshqa xarajatlari uchun ularning hisobvaraqlariga to‘g‘ridan to‘g‘rihaq to‘laydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘lov shakli qonun hujjatlariga muvofiq kontraktlar (pudrat shartnomalari)da belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Butlovchi tashkilotlar yoki mahsulot yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan yig‘ma konstruksiyalar, buyumlar va materiallar uchun hisob-kitoblar shartnoma (kontrakt)da nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 9-son, 52-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 4-son, 42-modda;17-18-son, 146-modda)