03.06.2017 yildagi PQ-3031-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.06.2023
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
 LexUZ sharhi

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun mas’ullar

I. Jismoniy tarbiya va sport sohasini tashkil etish va boshqarish tizimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qonunchilikni
yanada takomillashtirish

1.

Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish Kengashini tashkil etish, uning Nizomini tasdiqlash va faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2017-yil

III chorak

-

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

2.

Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini va musobaqalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash.

2017-yil

IV chorak

-

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, vazirlik va idoralar

3.

O‘zbekiston milliy terma jamoalari a’zolarini moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida sport turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktablari, ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari va Respublika sport maktablarining shtatlar jadvaliga “Sportchi” lavozimini joriy etish va lavozim majburiyatlarini belgilash.

2018-yil

I chorak

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi

4.

Respublika hududlarida joylashgan mahallalarda jamoatchilik asosida Jismoniy tarbiya va sport targ‘ibotchilari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga oid normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish va tasdiqlash.

2017-yil

III chorak

-

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ittifoqi

5.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalari sport inshootlari va suzish havzalarini sport maktablariga biriktirish va ulardan foydalanish tartibini ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash.

2017-yil

IV chorak

-

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi

6.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalari, idora va tashkilotlarda hamda mahallalarda sport klublari faoliyatini yo‘lga qo‘yish tizimini joriy etish.

2017-yil

IV chorak

ijrochila� mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta ?axsus ta’lim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ittifoqi, “Yoshlik, Barkamol avlod, Talaba” jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari

7.

Barcha ta’lim muassasalari sport inshootlarida darsdan so‘ng o‘quvchi-talabalar uchun sport to‘garaklari va klublari faoliyatini tizimli tashkil etish va boshqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida hamda bolalar-o‘smirlar sport maktablarida “Sport to‘garagi va seleksiya bo‘yicha trener” lavozimini joriy etish va lavozim majburiyatlarini belgilash.

2017-2018 o‘quv yilidan boshlab

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Yoshlik”, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi huzuridagi “Barkamol avlod”, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Talaba” jismoniy tarbiya va sport jamiyatlarini boshqarish va moliyalashtirish (homiy tashkilotlarni biriktirish) tizimini takomillashtirish.

2017-yil

III chorak

-

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Homiy tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Olimpiya zaxiralari kollejlari, ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari, sport turiga ixtisoslashtirilgan Respublika sport maktablari va davlat maktab-internatlari hamda bolalar-o‘smirlar sport maktablari va boshqa tashkilotlarning sport inshootlari va majmualari, stadionlari, bolalar sporti obyektlari va suzish havzalarini ekspluatatsiyasi jarayonlariga mas’ul xodimlar lavozimlarini (suzish havzalarini filtrlovchisi, dezinfektor, stadiondagi chim o‘tlarini o‘stirish, drenaj ustasi va h. k.) shtatlar jadvaliga kiritish va lavozim majburiyatlarini tasdiqlash.

2018-yil

I chorak

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Hududiy Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag‘lar va tadbirlar doirasida asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq mablag‘lar ajratilishini ta’minlash.

2017-yil

III chorak, doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, homiy tashkilotlar va ijrochilar mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Moliya vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari), homiy tashkilotlar

11.

Jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashgan ta’lim muassasalari va sport klublari faoliyatini olimpiya, milliy va noolimpiya sport turlari kesimida reyting baholash tizimini joriy etish.

Bunda quyidagi mezonlarni asos qilib olish:

respublika va xalqaro sport musobaqalarida qo‘lga kiritilgan medallar (oltin, kumush, bronza), litsenziyalar, ishtirok etganlar soni;

mavjud sharoitlar (ochiq va yopiq turdagi sport inshootlari soni) va moddiy-texnika bazasini holati;

jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanuvchilarning soni va shug‘ullanish davomiyligi.

2017-yildan boshlab har yil yakunida

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

12.

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishonini joriy etish.

2018-yil

I chorak

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

II. Jismoniy tarbiya va sport sohasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport komplekslarini qurish,
ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, mazkur sohada xususiy sektorni rivojlantirish

13.

Sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari va bolalar-o‘smirlar sport maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida jami 90 ta sport inshootlarini, 77 ta suzish havzalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hamda jihozlash va qayta jihozlash. Jumladan,

2017-yilda 24 ta sport majmualari va 15 ta suzish havzalari;

2018-yilda 14 ta sport majmualari va 19 ta suzish havzalari;

2019-yilda 13 ta sport majmualari va 22 ta suzish havzalari;

2020-yilda 10 ta sport majmualari va 13 ta suzish havzalari;

2021-yilda 29 ta sport majmualari va 8 ta suzish havzalari.

2017 — 2021
yillar

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlari doirasida Davlat budjeti mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

14.

Xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan Universal sport majmualarini Andijon, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Qarshi, Farg‘ona, Toshkent shaharlarida va Toshkent viloyati O‘rta-Chirchiq tumanida yangi qurish, Nukus va Urganch shaharlarida qurilish ishlarini yakunlash.

2017-2018-yillar

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vaz�rlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

15.

Respublikaning barcha hududlarida (dam olish xiyobonlari va sog‘lomlashtirish oromgohlarida, ta’lim muassasalarida, aholi yashash joylarida) yugurish va velosiped yo‘lakchalari, jismoniy mashqlar bajarish uchun trenajyorlar, yoshlar qiziqishlariga ko‘ra (rolik va skeytlarda harakatlanish uchun yo‘lakchalar, sun’iy qoya va h. k.) maxsus inshootlar va sun’iy qoplamali sport maydonchalarini barpo etish.

2018 — 2021-yillar

homiy tashkilotlar mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qurilish vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi

16.

Olimpiya zaxiralari kollejlarini mavjud muammolarini o‘rganish va bartaraf etish choralarini amalga oshirish, ularni xalqaro talablarga mos sport anjomlari va uskunalari bilan ehtiyojga ko‘ra ta’minlash tartibini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash.

2017-yil

IV chorak

-

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi

17.

Xususiy tadbirkorlarga, idora va tashkilotlarga o‘rnatilgan tartibda jismoniy tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish majmualari va sport inshootlarini qurish uchun bino ajratish va imtiyozlar yaratib berish.

2017 — 2021-yillar

-

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

18.

Sport inshootlarini, ochiq va yopiq turdagi sport maydonchalarini tungi paytlarda uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida muqobil energiya manbalari (generator va h. k.) bilan ta’minlash.

2018 — 2021-yillar

ijrochilar mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Homiy tashkilotlar, “O‘zbekenergo” AJ

19.

Ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari, sport turiga ixtisoslashtirilgan Respublika sport maktablari va davlat maktab-internatlari hamda bolalar-o‘smirlar sport maktablarining mavjud muammolarini o‘rganish va bartaraf etish, ularni zarur shart-sharoitlar (bino va sport inshootlari, suzish havzalari, yotoqxona, oshxona va h. k.) bilan ta’minlash, qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlari hamda moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash choralarini amalga oshirish.

2018 — 2021-yillar

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlari doirasida Davlat budjeti mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

20.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash.

2018-yil
I chorak

Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, , Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent shahar hokimligi

22.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hududidagi qurilishning 2-bosqich qurilish-ta’mirlash ishlarini yakunlash.

2018-yil

O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi

mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Toshkent shahar hokimligi

23.

Jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid xususiy sektorning xizmat ko‘rsatish turlarini va tartibini ishlab chiqish. Sport sohasida pullik xizmatlar ko‘rsatayotgan tashkilotlar va xususiy tadbirkorlarga ijara, elektr energiya va kommunal (gaz, suv va h. k.) xizmatlar uchun to‘lanadigan to‘lovlarning yagona ijara haqini belgilash, mavjud stavkalar miqdorini kamaytirish hamda imtiyozlar belgilash.

2018-yil

I chorak

-

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

24.

Yangidan qurilayotgan va kapital ta’mirlanayotgan yirik sport inshootlarini (stadionlar, sport majmualari va h. k.) loyihalashtirish jarayonida xalqaro musobaqalarni o‘tkazish talabi va qoidalariga rioya qilish hamda televizion translatsiya ishlarini amalga oshirishning texnik shartlariga amal qilish.

2017 — 2021-yillar

-

Qurilish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

25.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalarini sport anjomlari va uskunalari bilan ehtiyojga ko‘ra ta’minlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

2018 — 2021-yillar

Ta’lim �a tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, ijrochilar mablag‘lari

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

26.

Ta’lim muassasalari sport zallarini va inshootlarini, bolalar sporti obyektlari va suzish havzalari, olimpiya zaxiralari kollejlari, sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari, sport turiga ixtisoslashtirilgan Respublika sport maktablari va davlat maktab-internatlari hamda bolalar-o‘smirlar sport maktablarini xalqaro talablarga mos sport anjomlari va uskunalari bilan ehtiyojga ko‘ra ta’minlash tartibini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash.

2017-yil

IV chorak

-

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi

27.

Jismoniy tarbiya va sport vazirliginingSport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilgan barcha sport turlari bo‘yicha tegishli respublika va hududiy sport federatsiya (assotsiatsiya)larining markazlarini tashkil etish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport komplekslarini qurish, ularni xalqaro talablarga mos sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash.

2017 — 2021-yillar

homiy tashkilotlar va ijrochilar mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Homiy tashkilotlar, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sport federatsiyalari (uyushmalari)

28.

Sport inshootlari va suzish havzalari yil davomida, ayniqsa kuz-qish mavsumlarida uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlash, ulardan samarali foydalanish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ehtiyojga ko‘ra sport inshootlarini muqobil energiya manbalari bilan ta’minlash choralarini amalga oshirish.

2017 — 2021-yillar

ijrochilar mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ, Homiy tashkilotlar

III. Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarini ilmiy-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda sport maktablarini yuqori malakali murabbiylar va tibbiyot xodimlari bilan ta’minlash

29.

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarini ilmiy-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda sport maktablarini yuqori malakali murabbiylar va tibbiyot xodimlari bilan ta’minlash masalalarini Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish Kengashining chorak majlislarida tanqidiy-tahliliy muhokamadan o‘tkazish.

2017-yil

IV choragidan boshlab har chorakda

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti

30.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bitiruvchilarining salohiyatini oshirish maqsadida talabalarning doimiy yashash joylarida joylashgan ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari va bolalar-o‘smirlar sport maktablarida bitiruv oldi amaliyotlarini o‘tkazish va amaliyot xulosalarini taqdim etishni tizimli asosda yo‘lga qo‘yish orqali mutaxassislarni ish bilan ta’minlash darajasini oshirish.

2017-2018 o‘quv yilidan boshlab doimiy

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti

31.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga hamda Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziga har yili nufuzli xorijiy sport-ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini jalb etish, ular ishtirokida anjumanlar, amaliy mahorat saboqlari va namunali o‘quv darslarini o‘tkazish hamda o‘quv, sport va ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan hamkorlik ishlarini amalga oshirish.

2017 — 2021-yillar davomida doimiy

ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsu? ta’lim vazirligi, Fan va texnologiyalar agentligi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti

32.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazining o‘quv jarayoniga xalqaro tajribalarnitatbiq etish, O‘zbekiston sport terma jamoalari o‘quv mashg‘ulotlariga va tayyorgarlik jarayonlariga oid video va ko‘rgazmali materiallar bilan ta’minlash.

2017 — 2021-yillar davomida doimiy

ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti

33.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga hamdaJismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazining ixtisoslik kafedralarini zamonaviy texnik vositalar va maxsus laboratoriya uskunalari (anjomlari) bilan jihozlash, xalqaro talablarga mos sport anjomlari va uskunalari bilan ta’minlash.

2018-yil
I chorak, doimiy

ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, homiy tashkilotlar

34.

Jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislar salohiyatini oshirish va xorijiy hamkorlikni talab darajasiga ko‘tarish maqsadida xorijiy mutaxassislarni (professor-o‘qituvchilar, nomdor sportchilar va murabb�ylarni) taklif qilish, ular ishtirokida Respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar, amaliy mahorat saboqlari va namunali o‘quv darslarini o‘tkazish.

2017 — 2021-yillar

ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti

35.

Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari, sport turiga ixtisoslashtirilgan Respublika sport maktablari va davlat maktab-internatlari hamda bolalar-o‘smirlar sport maktablariga iqtidorli sportchilarni saralash va qabul qilish jarayonlarining shaffofligi va xolisligini ta’minlash yuzasidan uslubiy seminar va amaliy mahorat saboqlarini o‘tkazish.

2017 — 2021-yillarda, doimiy

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zb�kiston davlat jismoniy tarbiya instituti

36.

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarni ish bilan ta’minlash va salohiyatini yanada oshirish, ayniqsa O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari bitiruvchilarini mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish darajasini ko‘tarish.

2017-yil

IV chorak, doimiy

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti

37.

Sport ta’lim muassasalarini jami 60 mingdan ziyod zamonaviy o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash. Jumladan:

2018-yilda 7500 dona darslik, 3500 dona o‘quv-metodik kompleks, 4000 dona dastur, 7500 dona o‘quv qo‘llanma,
350 dona xorijiy adabiyotlar;

2019-yilda 6000 dona darslik, 3000 dona o‘quv-metodik kompleks, 3000 dona dastur, 6000 dona o‘quv qo‘llanma,
200 dona xorijiy adabiyotlar;

2020yilda3000donadarslik,2000 dona o‘quv-metodik kompleks, 2000 dona dastur, 3000 dona o‘quv qo‘llanma,
200 dona xorijiy adabiyotlar;

2021-yilda 2000 dona darslik, 1500 dona o‘quv-metodik kompleks, 1000 dona dastur, 2000 dona o‘quv qo‘llanma,
150 dona xorijiy adabiyotlar bilan ta’minlash.

2017 — 2021-yillar

O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti, ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti

38.

Jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini o‘tkazuvchi tashkilotchilarga (ijaraga berilayotgan sport inshootlaridan foydalanishda va h. k.) imtiyozlar berish tartibini joriy etish hamda tegishli davlat idoralari xizmatidan beg‘araz foydalanish, musobaqalarning yuqori saviyada o‘tishida mas’ul xodimlarning hamkorligini ta’minlash.

2017-yil

III chorak, doimiy

homiy tashkilotlar va ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Homiy tashkilotlar, sport federatsiyalari (uyushmalari)

39.

Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari, sport turiga ixtisoslashtirilgan respublika sport maktablari va davlat maktab-internatlari hamda bolalar-o‘smirlar sport maktablarida tibbiy xizmat sifatini oshirish, tibbiyot xonalarini talab darajasida jihozlash hamda sport muassasalarini yuqori malakali murabbiylar va tibbiyot xodimlari bilan ta’minlash.

2017-yil

IV chorak, doimiy

ijrochilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi

40.

Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi aholining sonini aniqlash, ayniqsa sport turlari bo‘yicha muntazam ravishda shug‘ullanuvchilarning yagona elektron bazasini shakllantirish va maxsus kompyuter dasturlarini yaratish asosida sport turlari kesimida O‘zbekiston terma jamoalari sportchilarining o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, jahon birinchiliklari, Osiyo o‘yinlari va chempionatlari, xalqaro musobaqalar yakunlarida olingan natijalarni chuqur tahlil qilish va yagona monitoringini olib borish.

2018-yil

I chorak, doimiy

ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari)

41.

Musobaqalarga tayyorgarlik bosqichlarida sportchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, diagnostika natijalariga ko‘ra maslahat berish va davolash, jarrohlik va davolash ishlarini o‘tkazish uchun xorijiy sport tibbiyoti mutaxassislarini ishga taklif etish va ularga zarur shart-sharoitlar yaratish.

2018-yil

I chorak, doimiy

ijrochilar mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

42.

O‘zbekiston terma jamoalari sportchilarining o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, jahon birinchiliklari, Osiyo o‘yinlari va chempionatlari, xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadida sportchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va tizimli monitoringini yuritish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

43.

Sport ta’lim muassasalari ixtiyoridagi sport inshootlari va suzish havzalaridan foydalanish samaradorligini oshirish, sport ta’lim muassasalarida ehtiyojga ko‘ra qo‘shimcha sport turlari va guruhlarini ochish, yuqori malakali va tajribali murabbiylarni jalb etish, sport natijadorligini ko‘tarish. Respublika va xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘lgan spor�chilarni ta’lim muassasalariga maqsadli qabul qilish va ularga zarur shart-sharoitlar yaratish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

44.

Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari, sport turiga ixtisoslashtirilgan resp?blika sport maktablari va davlat maktab-internatlari ha?da bolalar-o‘smirlar sport maktabl?rini sport turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazish qoidalari, dasturlar va maxsus adabiyotlar bilan ta’minlash.

2017 — 2021-yillar

ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, sport federatsiyalari (uyushmalari)

IV. Ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari, aholining keng qatlamlari o‘rtasida sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya, ommaviy sport ishlarini tashkil etish, kompleks sport musobaqalarini o‘tkazish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish va ularni maqsadli tayyorlash

a) Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida amalga oshiriladigan ishlar va tadbirlar

45.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqalarini o‘tkazish, g‘olib sportchilarni aniqlash va tantanali ravishda taqdirlash:

1-bosqich — ta’lim muassasasi miqyosida;

2-bosqich — tuman (shahar) miqyosida;

3-bosqich — hududlar miqyosida;

4-bosqich — respublika miqyosida (final).

2017 — 2021-yillar, doimiy

“Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, O‘zbekiston Respublikasi

davlat budjeti, ijrochilar mablag‘lari

Xalq ta’lim� vazirligi, “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sport federatsiyalari (uyushmalari)

46.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Yoshlik sport jamoalari” musobaqalarini o‘tkazish:

1-bosqich — ta’lim muassasasi miqyosida;

2-bosqich — tuman (shahar) miqyosida;

3-bosqich — hududlar miqyosida;

4-bosqich — respublika miqyosida (final).

2017 — 2021-yillar, doimiy

“Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, O‘zbekiston Respublikasi

davlat budjeti, ijrochilar mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi, “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sport federatsiyalari (uyushmalari)

47.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Umid nihollari” sport musobaqalarini o‘tkazish, g‘olib sportchilarni aniqlash va tantanali ravishda taqdirlash:

1-bosqich — ta’lim muassasasi miqyosida;

2-bosqich — tuman (shahar) miqyosida;

3-bosqich — hududlar miqyosida;

4-bosqich — respublika miqyosida (final).

Tasdiqlangan rejaga asosan

“Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, O‘zbekiston Respublikasi

davlat budjeti, Ijrochilar mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi, “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sport federatsiyalari (uyushmalari)

48.

Yozgi ta’til davrida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Yozgi ta’tilni sport bilan o‘tkazamiz” shiori ostida sportning futbol, voleybol, gandbol, basketbol, regbi, velosport, boks, taekvondo, yengil atletika, suzish, tennis, gimnastika, akrobatika, kurash, karate, armrestling, stol tennisi, badminton, kamondan o‘q otish, dzyudo, erkin va yunon rim kurashi, shaxmat, shashka kabi turlari bo‘yicha sport musobaqalari, o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlarini o‘tkazish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

“Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, O‘zbekiston Respublikasi

davlat budjeti, Ijrochilar mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi, “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sport federatsiyalari (uyushmalari)

49.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida umumxalq va xalqaro bayramlarga bag‘ishlangan sport musobaqalarini o‘tkazish.

Jumladan:

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramiga bag‘ishlab qizlar o‘rtasida “Nafosat olami” shiori ostida;

“Navro‘z” umumxalq bayramiga bag‘ishlab “Miliy qadriyatlarimiz — beqiyos boyligimiz” shiori ostida;

1 iyu? “Xalqaro bolalar kuni”ga bag‘ishlab “Sog‘lom bola” shio?i ostida;

1-sentabr “Mustaqillik kuni”ga bag‘ishlab “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostida sport turlari va xalq o‘yinlari bo‘yicha sport tadbirlarini o‘tkazish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

“Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, O‘zbekiston Respublikasi

davlat budjeti, ijrochilar mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sport federatsiyalari (uyushmalari)

b) Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o‘quvchilari o‘rtasida amalga oshiriladigan ishlar va tadbirlar

50.

Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o‘quvchilari o‘rtasida “Barkamol avlod sport jamoalari” musobaqalarini o‘tkazish:

1-bosqich — ta’lim muassasasi miqyosida;

2-bosqich — tuman (shahar) miqyosida;

3-bosqich — hududlar miqyosida;

4-bosqich — respublika miqyosida (final).

2017-2018 o‘quv yilidan boshlab har yili

“Barkamol avlod”

jismoniy tarbiya va sport jami�ti, O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti, ijrochilar mablag‘lari

Kasb-hunar ta’limi markazi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ittifoqi, “Barkamol avlod” sport jamiyati, sport federatsiyalari (uyushmalari)

51.

Yoz mavsumi davomida kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o‘quvchilari o‘rtasida “Yozni sport bilan o‘tkazamiz” shiori ostida sportning futbol, voleybol, gandbol, basketbol, regbi, velosport, boks, taekvondo, yengil atletika, suzish, tennis, gimnastika, akrobatika, kurash, karate, armrestling, stol tennisi, badminton, kamondan o‘q otish, dzyudo, erkin va yunon rim kurashi, shaxmat, shashka kabiturlari bo‘yicha sport musobaqalari, o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlarini o‘tkazish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

“Barkamol avlod”

jismoniy tarbiya va sport jamiyati, O‘zbekiston Respublikasi

davlat budjeti, ijrochilar mablag‘lari

Kasb-hunar ta’limi markazi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ittifoqi,

sport federatsiyalari (uyushmalari)

52.

Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o‘quvchilari o‘rtasida “Barkamol avlod” sport musobaqalarini o‘tkazish, g‘olib sportchilarni aniqlash va tantanali ravishda taqdirlash:

1-bosqich — ta’lim muassasasi miqyosida;

2-bosqich — tuman (shahar) miqyosida;

3-bosqich — hududlar miqyosida;

4-bosqich — respublika miqyosida (final).

Tasdiqlangan rejaga asosan

“Barkamol avlod”

jismoniy tarbiya va sport jamiyati, O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti, ijrochilar mablag‘lari

Kasb-hunar ta’limi markazi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ittifoqi, “Barkamol avlod” sport jamiyati, sport federatsiyalari (uyushmalari)

53.

Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari o‘quvchilari o‘rtasida umumxalq va xalqaro bayramlarga bag‘ishlangan sport musobaqalarini o‘tkazish:

Jumladan:

14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab;

8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni”ga bag‘ishlab qizlar o‘rtasida “Nafosat olami” shiori ostida;

“Navro‘z” umumxalq bayramiga bag‘ishlab “Milliy qadriyatlarimiz — beqiyos boyligimiz” shiori ostida;

1-sentabr “Mustaqillik kuni”ga bag‘ishlab “Biz istiqlol farzandlarimiz” shiori ostida sport turlari va xalq o‘yinlari bo‘yicha sport tadbirlarini o‘tkazish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

“Barkamol avlod”

jismoniy tarbiya va sport jamiyati, O‘zbekiston Respublikasi

davlat budjeti, ijrochilar mablag‘lari

Kasb-hunar ta’limi markazi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Barkamol avlod” sport jamiyati, “Mahalla” jamoat fondi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sport federatsiyalari (uyushmalari)

v) Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida amalga oshiriladigan ishlar va tadbirlar

54.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talaba sport jamoalari” musobaqalarini o‘tkazish:

1-bosqich — ta’lim muassasasi miqyosida;

2-bosqich — hududlar miqyosida;

3-bosqich — respublika miqyosida (final).

2017 — 2021-yillar, doimiy

“Talaba” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, O‘zbekiston Respublikasi

davlat budjeti, ijrochilar mablag‘lari

Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi , Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ittifoqi, “Talaba” sport jamiyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sport federatsiyalari (uyushmalari)

55.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Universiada” sport musobaqalari o‘tkazish, g‘olib sportchilarni aniqlash va tantanali ravishda taqdirlash:

1-bosqich — ta’lim muassasasi miqyosida;

2-bosqich — hududlar miqyosida;

3-bosqich — respublika miqyosida (final).

Tasdiqlangan rejaga asosan

“Talaba” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, O‘zbekiston Respublikasi

davlat budjeti, ijrochilar mablag‘lari

Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi , Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ittifoqi, “Talaba” sport jamiyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sport federatsiyalari (uyushmalari)

56.

Talabalar o‘rtasida umumxalq va xalqaro bayramlarga bag‘ishlangan sport musobaqalarini o‘tkazish. Jumladan:

14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab;

8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni”ga bag‘ishlab qizlar o‘rtasida “Nafosat olami” shiori ostida;

“Navro‘z” umumxalq bayramiga bag‘ishlab “Milliy qadriyatlarimiz — beqiyos boyligimiz” shiori ostida;

1-sentabr “Mustaqillik kuni”ga bag‘ishlab “Biz istiqlol farzandlarimiz” shiori ostida sport turlari va xalq o‘yinlari bo‘yicha sport tadbirlarini o‘tkazish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

“Talaba” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Ijrochilar mablag‘lari

Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi , Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi, “Talaba” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sport federatsiyalari (uyushmalari)

57.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Sport bilan shug‘ullanamiz” shiori ostida sportning futbol, voleybol, gandbol, basketbol, regbi, velosport, boks, taekvondo, yengil atletika, suzish, tennis, gimnastika, akrobatika, kurash, karate, armrestling, stol tennisi, badminton, kamondan o‘q otish, dzyudo, erkin va yunon rim kurashi, shaxmat, shashka kabi turlari bo‘yicha sport musobaqalari, o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlarini o‘tkazish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

“Talaba” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, O‘zbekiston Respublikasi

Davlat budjeti, Ijrochilar mablag‘lari

Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi , Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi, “Talaba” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sport federatsiyalari (uyushmalari)

g) Aholi o‘rtasida sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar

58.

Aholining barcha qatlamlari, ayniqsa yoshlar, voyaga yetmagan yoshlar, o‘quvchilar va talaba yoshlar, xotin-qizlar, faxriylarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanishga jalb etish, sport inshootlarida va klublarida sport bilan shug‘ullanish jadvalini tasdiqlash. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi aholining sonini aniqlash va muntazam shug‘ullanuvchilarning hisobini olib borish. Mazkur sohaning xususiy sektorida va sport inshootlarida shug‘ullanuvchi aholini hisobini olib borishning yagona elektron bazasini yaratish va joriy etish.

2017-yil, har yili

“Yoshlik, Barkamol avlod, Talaba” jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari,

O‘zbekiston Respublikasi

Davlat budjeti, ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Moliya vazirligi, Kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ittifoqi, Faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar, sport fede?atsiyalari (uyushmalari)

59.

Mahalla hududida joylashgan sport inshootlarida aholi, ayniqsa yoshlar va kam ta’minlangan oilalar uchun bepul shug‘ullanish tartibini belgilash. Idora va tashkilotlarda sport inshootlarini va sport-sog‘lomlashtirish klublarini tashkil etish, ishchi-xodimlar jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoit yaratish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

“Yoshlik, Barkamol avlod, Talaba” jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari,

O‘zbekiston Respublikasi

Davlat budjeti, ijrochilar mablag‘lari

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, vazirlik, idora va tashkilotlar,

sport federatsiyalari (uyushmalari)

60.

Davlat idoralari va tashkilotlari xodimlari va aholi o‘rtasida sportning futbol, voleybol, gandbol, basketbol, regbi, velosport, boks, taekvondo, yengil atletika, suzish, tennis, gimnastika, akrobatika, kurash, karate, armrestling, stol tennisi, badminton, kamondan o‘q otish, dzyudo, erkin va yunon rim kurashi, shaxmat, shashka kabi turlari bo‘yicha spo�t musobaqalari, o‘quv-mashg‘ulotlari va tadbirlarni tashkil etish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, vazirlik, idora va tashkilotlar, sport federatsiyalari (uyushmalari)

61.

8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayramiga bag‘ishlab “Ayollar sport festivali”ni 4 bosqichda o‘tkazishni joriy etish:

1-bosqich: mahalla miqyosida;

2-bosqich: tuman (shahar) miqyosida;

3-bosqich: hududlar miqyosida;

4-bosqich: respublika miqyosida (final).

2017 — 2021-yillar, doimiy

ijrochilar mablag‘lari

Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,

vazirlik va idoralar, X�tin-qizlar qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

62.

Faxriylar va keksalar o‘rtasida sportning futbol, voleybol, gandbol, basketbol, regbi, velosport, boks, taekvondo, yengil atletika, suzish, tennis, gimnastika, akrobatika, kurash, karate, armrestling, stol tennisi, badminton, kamondan o‘q otish, dzyudo, erkin va yunon rim kurashi, shaxmat, shashka kabi turlari bo‘yicha sport musobaqalari va sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

63.

Oilaviy sport jamoalari o‘rtasida “Otam, onam va men — sog‘lom oilamiz” shiori ostida sport musobaqalarini o‘tkazish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

ijrochilar mablag‘lari

“Mahalla” xayriya jamoat fondi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

64.

Mahalla sport jamoalari o‘rtasida sportning futbol, voleybol, gandbol, basketbol, regbi, velosport, boks, taekvondo, yengil atletika, suzish, tennis, gimnastika, akrobatika, kurash, karate, armrestling, stol tennisi, badminton, kamondan o‘q otish, dzyudo, erkin va yunon rim kurashi, shaxmat, shashka kabi turlari bo‘yicha sport musobaqalari, xalq o‘yinlari va tadbirlarini o‘tkazish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

65.

Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini muvaffaqiyatli topshirganlar uchun guvohnoma va uch darajadagi nishonlar bilan musobaqa g‘oliblarini tantanali ravishda taqdirlash.

2017 — 2021-yillar, doimiy

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

d) Iqtidorli sportchilarni saralab olish (seleksiya) ishlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar

66.

Iqtidorli sportchilarni saralab olish (seleksiya) masalalarini respublika komissiyasi majlislarida tanqidiy-tahliliy muhokamadan o‘tkazish.

2017-yil

IV chorakdan boshlab

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (uyushmalari)

67.

Iqtidorli sportchilarni saralab olish, ularni maqsadli tayyorlash ishlarini tizimli tashkillashtirish va nazorat qilish bo‘yicha respublika va hududiy Kengashlar faoliyatini tashkil etish, jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashgan sport maktablariga, ta’lim muassasalari va sport klublariga iqtidorli sportchilarni saralab olish va qabul qilish jarayonida shaffoflik va xolislikni ta’minlash choralarini amalga oshirish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sport federatsiyalari (uyushmalari)

68.

Sport turlari bo‘yicha “O‘zbekiston chempionati” musobaqalarini o‘tkazish, g‘olib sportchilarni aniqlash va tantanali ravishda taqdirlash:

1-bosqich — mahalla miqyosida;

2-bosqich — tuman (shahar) miqyosida;

3-bosqich — hududlar miqyosida;

4-bosqich — respublika miqyosida (final).

2017 — 2021-yillar, doimiy

ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi, “Yoshlik, Barkamol avlod, Talaba” jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Homiy tashkilotlar, sport federatsiyalari (uyushmalari)

69.

Yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashgan sport maktablari, ta’lim muassasalari va sport klublariga iqtidorli sportchilarni qabul qilish jarayonlarining shaffofligi va xolisligini ta’minlash yuzasidan uzluksiz ravishda video kuzatuv va yozuvlarni joriy etish va saqlanishini ta’minlash.

2017 — 2021-yillar, doimiy

ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

70.

Jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashgan sport maktablari, ta’lim muassasalari va sport klublari sportchilari o‘rtasida hududiy, respublika va xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish. Sport turlari bo‘yicha “O‘zbekiston chempionati” musobaqalari g‘olib va sovrindorlarini jahon birinchiliklari, Osiyo o‘yinlari va chempionatlari, xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini ta’minlash choralarini ko‘rish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

ijrochilar mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar �a Toshkent shahar hokimliklari,
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
Homiy tashkilotlar, sport federatsiyalari (uyushmalari)

71.

Sport ta’lim muassasalari o‘rtasida sport turlari bo‘yicha quyidagi respublika sport musobaqalarini o‘tkazish orqali eng kuchli sportchilarni aniqlash:

Bolalar-o‘smirlar sport maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh chempionlar”;

Ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Olimpiya umidlari”;

Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlario‘quvchilari o‘rtasida “Olimpiya cho‘qqilari”;

Futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasida “Futbolimiz yulduzlari”.

2017 — 2021-yillar, doimiy

ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

sport federatsiyalari (uyushmalari)

72.

O‘quvchi va talaba-yoshlar o‘rtasida uch bosqichdan iborat “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” o‘yinlari dasturiga kurash sport turini qayta kiritish, nufuzli xalqaro sport musobaqalari dasturlariga kurash sport turini kiritish va rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borish.

2018-yildan boshlab

ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, vazirlik va idoralar

e) O‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladiganuch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport o‘yinlari hamda musobaqalar g‘oliblarini taqdirlash va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar

73.

Ta’lim muassasalarining o‘quvchi va talaba yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladigan uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport o‘yinlarining g‘olib va sovrindor sportchilari, ularning murabbiylari, tegishli ta’lim muassasalari rahbarlari va hududlardagi mas’ul xodimlarni taqdirlash va rag‘batlantirish tiz�mini tubdan takomillashtirish choralarini amalga oshirish.

2018-yil

II chorak

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, ijrochilar va homiy tashkilotlar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

74.

O‘quvchi va talabalar o‘rtasida o‘tkaziladigan uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport o‘yinlari nufuzini yanada oshirish maqsadida sport musobaqalari dasturlariga qo‘shimcha ommaviy sport turlarini kiritish choralarini ko‘rish.

2018-yildan boshlab

ijrochilar va homiy tashkilotlar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

75.

Ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport o‘yinlarini samaradorligini oshirish maqsadida xalqaro musobaqalarni o‘tkazish taqvimi va Olimpiya o‘yinlarining to‘rt yillik sikliga mos ravishda mamlakatimizda yakuniy to‘rtinchi bosqich o‘yinlarini joriy etish choralarini amalga oshirish.

2019-yildan boshlab

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, ijrochilar va homiy tashkilotlar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

76.

Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb qilish, ularni salohiyatidan yosh avlodni tarbiyalashda hamda xalqaro sport aloqalarini mustahkamla�da samarali foydalanish va munosib rag‘batlantirish choralarini amalga oshirish.

2017-yil

III chorakdan boshlab doimiy

ijrochilar va homiy tashkilotlar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

V. Ommaviy axborot vositalari, Internet tarmog‘ining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, Dasturning mazmun-mohiyati hamda uni amalga oshirish jarayoni to‘g‘risida keng axborot-tushuntirish ishlarini olib borish

77.

Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan Internet jahon tarmog‘i orqali jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib qilish choralarini amalga oshirish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

ijrochil�r mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

78.

Mashhur sportchilar bilan davra suhbatlari, muloqotlar va mahorat saboqlarini o‘tkazish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi

79.

“Olimpiya harakati” mavzusida seminarlar va konferensiyalar tashkil etish.

2017 — 2021-yillar, doimiy

ijrochilar mablag‘lari

Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

80.

Olimpiya va Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlari va kuboklarini to‘liq yoritilishini ta’minlash.

2017 — 2021-yillar, doimiy

ijrochilar mablag‘lari

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport federatsiyalari (uyushmalari)

81.

Jismoniy tarbiya va sport musobaqalarini ijtimoiy reklamali axborot sifatida bepul joylashtirish tizimini va tartibini joriy etish.

2017 — 2019-yillar, doimiy

ijrochilar mablag‘lari

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

82.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlari, sport ta’limi muassasalari va sport turlari bo‘yicha federatsiyalarining veb-saytlarini yaratish va yangilab borish.

2017 — 2019-yillar, doimiy

ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)

1.

Aripov A.N.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi rahbari

2.

Abduvaxitov A.A.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Komissiya rahbarining o‘rinbosari

3.

Ramatov A.J.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi, Komissiya rahbarining o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisi

4.

Abduxakimov A.A.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Komissiya rahbarining o‘rinbosari

5.

Sultanov Sh.F.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh konsultanti

6.

Isroilov Sh.X.

O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri

7.

Axmadjanov U.M.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti

8.

Usmonov M.Z.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi faxriy prezidenti

9.

Safoyev S.S.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston regbi federatsiyasi raisi

10.

Mirzayev Z.T.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston eshkak eshish federatsiyasi raisi

11.

Xolmurodov S.R.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi

12.

Otajonov N.S.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari

13.

Narbayeva T.K.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston velosport federatsiyasi raisi

14.

Inoyatov R.R.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, O‘zbekiston tennis federatsiyasi raisi

15.

Kuranbayev K.K.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi

16.

Murodov O.B.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori,

O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisi

17.

Bobojonov P.R.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasiga mas’ul

18.

Azizov A.A.

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri,

O‘zbekiston o‘q otish federatsiyasiga mas’ul

19.

Musayev B.A.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi v.b.

20.

Tuxtayev A.X.

O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisi

21.

Inoyatov U.I.

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri,

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi

22.

Kudbiyev Sh.D.

O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

23.

Xadjayev A.D.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b.

24.

Sanaqulov Q.S.

Navoiy kon-metall�rgiya kombinati bosh direktori,

O‘zbekiston suzish federatsiyasi raisi

25.

Kamilov A.X.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri

26.

Xaydarov A.Y.

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

27.

Xodjayev B.A.

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri

28.

Madjidov I.U.

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

29.

Shadmanov A.K.

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri

30.

Ishmetov T.A.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari

31.

Azimov M.B.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi

32.

Qosimov O.O.

O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari

33.

Mustafoyev U.M.

“O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi

34.

Xakimov B.I.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bosh direktori v.b.

35.

Matchanov J.M.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi

36.

Sultanov Sh.F.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi Sertifikatsiyalash va kompyuterlashtirish markazi direktori

37.

lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

38.

Rafikov K.M.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi

39.

Niyazov R.S.

“Vatanparvar” tashkiloti markaziy kengashi raisi

40.

Azimov R.R.

“Dori-darmon” AK raisi v.b.

41.

Javlonov Sh.S.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi

42.

Bayazitov K.F.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu’ba mudiri, Respublika komissiyasi kotibi

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratildi, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik hamda vatanparvarlik, ona-Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish va maqsadli tayyorlash ishlarini tizimli tashkil etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Yurtimizda o‘quvchi va talaba-yoshlar o‘rtasida tobora ommalashib borayotgan, ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan navqiron o‘g‘il-qizlarimiz uchun chinakam chiniqish va mahorat maktabiga, katta hayot yo‘liga parvoz maydonchasiga aylanib ulgurgan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, Universiada sport musobaqalarini o‘zida mujassamlagan uch bosqichdan iborat yaxlit tizim yaratildi. Mazkur tizim orqali bugungi kunda nufuzli xalqaro maydonlarda Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib kelayotgan mashhur sportchilar yetishib chiqmoqda. Eng muhimi, ushbu musobaqalar yoshlarimizni ommaviy tarzda sportga, sog‘lom turmush tarziga oshno qilish vositasiga aylandi.

Faqat so‘nggi besh yil ichida respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, shuningdek, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun budjetdan 1 trillion 230 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

Shu bilan birga, bugungi kunda aholining barcha qatlamini jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan qamrab olish, mamlakatimizning barcha hududida jismoniy tarbiya va ommaviy sportning inson hamda oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlik hamda yetuklikning asosiy shartlaridan biri ekanligini faol targ‘ib etish, yoshlarga o‘z qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan sport sohasida alohida iqtidor egalarini saralab olish va maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish kabi masalalar tizimli asosdagi yechimini kutmoqda. Qator sport muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamon talablariga javob bermaydi, sport inshootlaridan samarali foydalanish darajasi pastligicha qolmoqda.

Mazkur sohada to‘planib qolgan muammolarni hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi tasdiqlanib, unga muvofiq keng ko‘lamli, aniq maqsadli ishlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Jumladan, dasturga muvofiq:

jismoniy tarbiya va sport sohasini tashkil etish va boshqarish tizimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qonunchilikni yanada takomillashtirish;

jismoniy tarbiya va sport sohasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport komplekslarini qurish, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, mazkur sohada xususiy sektorni rivojlantirish;

jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish muassasalarini ilmiy-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, sport maktablarini yuqori malakali murabbiylar va tibbiyot xodimlari bilan ta’minlash;

ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari, aholining keng qatlamlari o‘rtasida sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya, ommaviy sport ishlarini tashkil etish, kompleks sport musobaqalarini o‘tkazish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda ularni maqsadli tayyorlash kabi yo‘nalishlarda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Dastur ijrosi doirasida sport turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktablari va bolalar-o‘smirlar sport maktablarining shtatlar jadvaliga “Sportchi” lavozimi joriy etilishi O‘zbekiston milliy terma jamoalari a’zolarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada mustahkamlashga yo‘naltirilgan muhim qadam vazifasini o‘taydi.

Dasturda, shuningdek, ta’lim muassasalari sport �nshootlarida darsdan so‘ng o‘quvchi va talabalar uchun sport to‘garaklari hamda sport klublari faoliyatini tizimli tashkil etish va boshqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida hamda bolalar-o‘smirlar sport maktablarida “Sport to‘garagi va seleksiya bo‘yicha trener” lavozimini kiritish belgilangan. Mazkur lavozimni joriy etish orqali ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan sport to‘garaklari bilan qo‘shimcha ravishda minglab o‘quvchi va talabalarni qamrab olishga erishiladi hamda ularga sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanishlariga qulay imkoniyatlar yaratiladi.

Bundan tashqari, dasturda jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari hamda sport klublari faoliyatini olimpiya, milliy va boshqa sport turlari kesimida reyting baholash tizimini joriy etish belgilangani ularning faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishonining ta’sis etilishi esa soha fidoyilari mehnatini yanada munosib rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Dasturga ko‘ra, o‘quvchi va talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan uch bosqichdan iborat “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada sport o‘yinlari dasturlarini sportning ommaviy turlari hisobiga kengaytirish, nufuzini oshirish va musobaqa g‘oliblarini munosib rag‘batlantirish tizimini tubdan takomillashtirish nazarda tutilgan.

Yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, ularni maqsadli tayyorlash ishlarini tizimli ravishda tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha Respublika hamda hududiy kengashlar faoliyatining tashkil etilishi, jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari va sport klublariga iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda qabul qilish jarayonida shaffoflik va xolislikni ta’minlash choralarining amalga oshirilishi pirovardida xalqaro musobaqalarda sportchilarimiz yutuqlari salmog‘ini oshirishga xizmat qilishi shubhasizdir.

Qarorda o‘z yechimini topgan muhim masalalardan yana biri — hud�diy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida sport tibbiyoti bo‘limlarining tashkil etilishi va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash belgilab qo‘yilganidir.

Dastur doirasida rejalashtirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida jami 995,2 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflanishi nazarda tutilgan bo‘lib, shundan 706,2 milliard so‘mdan ortiq qismi ushbu yillarda jami 167 ta sport inshooti, jumladan, 90 ta sport majmuasi hamda 77 ta suzish havzasini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hamda jihozlash va qayta jihozlashga yo‘naltiriladi.

Qaror va dastur doirasida belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi jismoniy tarbiya va ommaviy sportning jamiyatimiz hayotidagi rolini yanada kuchaytirish, aholining barcha qatlami orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarga o‘z qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitni yaratish orqali ularni ommaviy tarzda sportga, sog‘lom turmush tarziga oshno qilish, qolaversa, nufuzli xalqaro maydonlarda Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib kelayotgan mashhur sportchilarimiz saflarini tobora kengaytirishga xizmat qiladi.