Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2026 31.05.2017 yildagi 331-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2026
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ustavini tasdiqlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 282-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ustavi hamda haqiqiy a’zolari (akademiklari) va muxbir a’zolarini saralash va tasdiqlash tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklarining faoliyatini yanada takomillashtirish va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 29-dekabrdagi PF-4907-son Farmonini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-fevraldagi PQ-2789-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ustavi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 31-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
331-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi 331-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
USTAVI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (keyingi o‘rinlarda Fanlar akademiyasi deb ataladi) mamlakatning fan, texnika, madaniyat va ma’rifat sohasida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni (keyingi o‘rinlarda ilmiy tadqiqotlar deb ataladi) amalga oshiruvchi yetakchi davlat ilmiy muassasasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fanlar akademiyasi o‘z tizimida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarni samarali boshqarishni va muvofiqlashtirishni hamda davlatning intellektual, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan fan yutuqlari va ilmiy hajmdor texnologiyalarning joriy etish uchun taqdim etilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fanlar akademiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Ustavga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fanlar akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fanlar akademiyasining Ustavi Fanlar akademiyasi Umumiy yig‘ilishi tavsiyasi bilan uning Prezidiumi tomonidan qabul qilinadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar Fanlar akademiyasi Prezidiumi qarori bilan kiritiladi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Fanlar akademiyasining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti va belgilangan tartibda jalb etilgan budjetdan tashqari mablag‘lar asosida moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Fanlar akademiyasi, uning mintaqaviy bo‘limlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va unga bo‘ysunuvchi boshqa tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, o‘zining mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda tashkilot nomi yozilgan dumaloq muhrga, boshqa zarur muhr va shtamplarga, bank hisob raqamlariga, jumladan valyuta hisob raqamiga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Fanlar akademiyasining manzili (pochta manzili): O‘zbekiston Respublikasi, 100047, Toshkent shahri, akademik Yahyo G‘ulomov ko‘chasi, 70-uy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Fanlari akademiyasining rasmiy nomlanishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tilida — “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rus tilida — “Akademiya nauk Respubliki Uzbekistan”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ingliz tilida — “Uzbekistan Academy of Sciences”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Fanlar akademiyasining asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar Fanlar akademiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy, texnikaviy va ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va respublika mintaqalari ehtiyojlarini hisobga olgan holda fan va texnologiya rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari, davlat ilmiy dasturlarini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon va mamlakatimiz fani yutuqlarini o‘rganish va tahlil qilish, ulardan O‘zbekiston Respublikasi manfaatlari yo‘lida foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz fani, ilmiy salohiyati, fan-texnika sohasida erishilgan yutuqlarni targ‘ib va tashviq qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyalari, chet davlatlarning ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va fondlari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, xalqaro ilmiy forum va anjumanlarni tashkil etish va o‘tkazishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi tashkilotlarining ilmiy salohiyati va moddiy-texnika bazasidan foydalanib yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini rivojlantirish.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-martdagi 102-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2022-y., 09/22/102/0190-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Fanlar akademiyasi o‘ziga yuklangan masalalarni hal etish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ilmiy tadqiqotlar olib borish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan, texnika va innovatsion rivojlanish sohasida davlat va boshqa turdagi dastur va loyihalarni amalga oshirishni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’rifiy va ma’naviy-axloqiy rivojlantirishga yo‘naltirilgan tabiiy, texnikaviy, tibbiy, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida ilmiy tadqiqotlar olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiat, jamiyat va insoniyat, sun’iy yaratilgan obyektlar taraqqiyoti, millatlar, milliy madaniyatlar, davlat va milliy munosabatlarning rivojlanish muammolari va jarayonlari, ta’lim va ma’rifat masalalarini tadqiq etadi, amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida ushbu yo‘nalishlarga oid masalalarning yechimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi texnika, zamonaviy texnologiyalar va ulardan amaliyotda foydalanish tamoyillarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olimlar va ilmiy tadqiqot olib borayotgan jamoalarning ilmiy asarlarini tezkorlik bilan e’lon qilish maqsadida noshirlik faoliyatini amalga oshiradi, Fanlar akademiyasining davriy nashrlarini tayyorlash va chop etish ishlarini ta’minlaydi, Fanlar akademiyasining davriy nashrlari tahririyati tarkibiga xorijiy olimlarni jalb etadi va ularning faoliyatini tashkillashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va amalga oshirish hamda Fanlar akademiyasiga bo‘ysunadigan ilmiy-tadqiqot muassasalari, shuningdek o‘z tasarrufidagi muassasalarda faoliyat yuritayotgan ilmiy xodimlar va mutaxassislarning samarali faoliyatini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Fanlar akademiyasi tarkibiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, ularning filiallari va boshqa tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil qilish va tugatish bo‘yicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-texnikaviy muammolar va o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha tanlovlar tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan, ta’lim, ishlab chiqarish integratsiyasi jarayonlari va tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari va ishlab chiqarish tashkilotlari, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, ilmiy va ilmiy-texnik jamiyatlar, ijodiy birlashmalar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli ilmiy hamkorlikni rivojlantiradi va takomillashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalarini yosh iqtidorli kadrlar bilan to‘ldirish va yoshiga ko‘ra faoliyatini to‘xtatayotgan ilmiy xodimlarning tabiiy almashinuvini ta’minlash uchun yosh mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari va tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasida yaqindan aloqa va hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy-o‘quv markazlari va oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma kafedralari bazasida sohaviy mutaxassisliklar bo‘yicha magistr va bakalavrlarning chuqurlashtirilgan ilmiy tayyorgarligini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy ta’lim muassasalarining sohaviy fakultetlari bazasida oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari hamkorlikda fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boradigan idoralararo ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasining akademiklari va yetakchi olimlari tomonidan sohaviy oliy o‘quv yurtlarida ma’ruza mashg‘ulotlari o‘tkazilishini, fan doktori ilmiy darajasi va PhD talabgorlariga hamda magistrlarning ilmiy ishlariga rahbarlikning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shakllantirilayotgan innovatsion va (yoki) ilmiy-texnologik tuzilmalar (texnoparklar, innovatsion markazlar va boshqalar) faoliyatining ilmiy-uslubiy ta’minotida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulk obyektlaridan va ilmiy ishlanmalar natijalaridan foydalanish va ularning tijoratlashuvi samarali mexanizmlarini ishlab chiqishda ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fanning moddiy bazasi va ijtimoiy ta’minotini rivojlantirishga, fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga, integratsiya mexanizmlarini takomillashtirishga, fanning innovatsion salohiyatini samarali ishga solishga doir takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishda tashabbus ko‘rsatadi va ularni ishlab chiqishda bevosita ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, shuningdek olingan natijalar va innovatsion ishlanmalarni joriy qiladigan va ulardan foydalanadigan tashkilotlarga beriladigan preferensiya va imtiyozlardan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va mintaqalarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini, davlat ilmiy dasturlarini shakllantirish bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda takliflar ishlab chiqish sohasida:
(11-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istiqbolli ilmiy tadqiqotlarning ilmiy faoliyatga oid davlat va boshqa dasturlarni;
(11-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlarini (ilmiy-uslubiy ekspertiza va dasturlarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini asoslash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat va davlat taraqqiyotini ta’minlovchi ilmiy tadqiqotlar va ilg‘or texnologiyalarning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlarini rivojlantirish strategiyasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy tadqiqotlari va ilmiy-innovatsion faoliyatini budjetdan va belgilangan tartibda jalb etilgan budjetdan tashqari manbalardan moliyalashtirilishining samarali mexanizmlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) dunyo va vatanimiz fani yutuqlarini o‘rganish va tahlil qilish, ulardan O‘zbekiston Respublikasi manfaatlari yo‘lida foydalanishga doir tavsiyalar ishlab chiqish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dunyo fani va texnikasi yutuqlarini umumlashtiradi va foydalanishga tavsiya etadi, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatiga xorijiy va ichki investitsiyalarning jalb etilishini va ulardan oqilona foydalanilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning ilmiy hajmdor tarmoqlarini rivojlantirish va Fanlar akademiyasi tasarrufidagi ilmiy muassasalar bazasida ilmiy hajmdor ishlab chiqarishni tashkil etishga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasida yaratilgan “nou-xau” va boshqa intellektual mulk obyektlarining o‘z vaqtida patentlanishida, shu jumladan, xalqaro patentlar olishida ko‘maklashadi, himoya qiladi va ulardan o‘z faoliyatida qonunchilikka mos ravishda foydalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) mamlakatimiz ilm-fani yutuqlari, ilmiy bilimlar, fan va texnikani ommalashtirish va targ‘ib etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizdagi va chet ellik olimlarning yangi ilmiy yutuqlari, shuningdek, o‘tmishda yashab o‘tgan mutafakkirlar va olimlarning boy ilmiy merosini ommalashtirish orqali ilmiy bilimlarni tarqatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan va ta’limning jamiyat hayotidagi nufuzi va ahamiyatini oshirish, ilmiy xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ularning huquqlarini ta’minlashga doir tadbirlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasining taniqli olimlar sharafiga va ularning nomi bilan ataluvchi mukofotlarini ta’sis etish bo‘yicha belgilangan tartibda takliflarni kiritadi va bu mukofotlarni yuksak ilmiy va ilmiy-texnik yutuqlarga erishgan olimlar hamda ijodiy jamoalarga beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqotlarning eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy kengashlar, jamiyatlar va boshqa birlashmalarni tashkil etadi, ularning samarali ishlashini ta’minlaydi hamda ilm-fanni rivojlantirishda ularning imkoniyatlaridan keng foydalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) xorijiy mamlakatlarning Fanlar akademiyalari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va fondlari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, ilmiy kadrlar tayyorlash, xalqaro, respublika ilmiy forumlari va konferensiyalarini tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlar Fanlar akademiyalarining ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan, jumladan qo‘shimcha ilmiy loyihalarni bajarish orqali xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikning samarali shakllari va yo‘nalishlarini rivojlantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doktorantura dasturlari doirasida ilmiy kadrlarning, shu jumladan, Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalaridagi yosh olimlarning xorijdagi yetakchi ilmiy va ta’lim muassasalarida o‘qishini, stajirovkasini, malakasini oshirishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zaro tajriba almashish, ish usullari va yangi ilmiy-tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish hamda yosh ilmiy kadrlarni tayyorlash uchun yetakchi xorijiy olimlarning jalb etilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlarni bajarish uchun xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalarning xalqaro ilmiy grantlarini talab etilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dolzarb ilmiy-texnik muammolar hamda buyuk mutaffakirlar, mashhur fan va adabiyot arboblari sharafiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy, ilmiy-texnik kongresslar, konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlarni tashkil etish va o‘tkazishda, shuningdek, xalqaro ilmiy jurnallarning tahrir hay’atlari ishlarida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Fanlar akademiyasi muassasalarining ilmiy salohiyati va moddiy-texnika bazasidan foydalangan holda yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ishtirok etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashga doir ishlarni olib boradi, olimlarning ijodiy faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasining ilmiy va moddiy-texnika bazasidan foydalangan holda ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazishga fan tarmoqlari bo‘yicha yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashda tarmoq ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalariga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibi malakasini oshirishni tashkil etishda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik xavfni turli masshtablarda baholash, seysmik jihatdan hududlashtirish, zilzilalarni vaqt kesimida prognoz qilish, binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash bo‘yicha uslubiyatlarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik-geologik asoslarni va texnologiyalarni, shuningdek, turli seysmik xavf va xatarlarni baholash uslubiyotlarini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida ilmiy-tadqiqot dasturlarini ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zilzilalar yuz berishi ehtimolini aniqlashning, seysmik xavfni va seysmik xatarni baholashning zamonaviy usullarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarning seysmik xavfi va seysmik xatariga doir har xil masshtabli xaritalarini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuchli zilzila sodir bo‘lgan taqdirda, yer sathi shaklining o‘zgarishi darajasini, binolar va inshootlarning yemirilishi darajasini baholash uchun zilzila epitsentri hududida makroseysmik hamda boshqa tadqiqotlar o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv omborlari to‘g‘onlarining zilzilabardoshligini doimiy nazorat qilish usullarini ishlab chiqadi hamda instrumental seysmologik va seysmometrik kuzatuv ma’lumotlari asosida suv omborlari to‘g‘onlarining dinamik xossalarini o‘rganib, ularning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ta’lim tashkilotlari uchun seysmik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlar tayyorlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona muassasalarini va oliy ta’lim tashkilotlarini seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi ilmiy hamda ilmiy-texnik manbalar bilan ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik faol zonalarda qurilish normalari va qoidalarini takomillashtirishda ishtirok etadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-martdagi 102-sonli qaroriga asosan “z” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2022-y., 09/22/102/0190-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Fanlar akademiyasi, uning mintaqaviy bo‘limlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda tasarrufidagi boshqa tashkilotlarning huquq va mas’uliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Fanlar akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o‘z vazifalarini amalga oshirish jarayonidagi dolzarb va ustuvor muammolarni hal etish uchun qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Fanlar akademiyasi, uning mintaqaviy bo‘limlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda tasarrufidagi boshqa tashkilotlar o‘z ustavlariga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlarining ta’sischilari va ishtirokchilari sifatida ishtirok etish, shuningdek, budjetdan tashqari mablag‘lar va manbalar hisobidan qonunchilikka zid kelmaydigan tarzda turlicha faoliyatlarni amalga oshirish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Fanlar akademiyasi, uning mintaqaviy bo‘limlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda tasarrufidagi boshqa tashkilotlar mol-mulklari, ular tomonidan yaratilgan intellektual mulk obyektlari (ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari, “nou-xau”lar, eksperimental-konstruktorlik ishlanmalari, ixtirolar, sanoat namunalari, seleksiya, urug‘chilik yutuqlari va boshqalarga) belgilangan tartibda egalik qilish, ularni tasarruf etish va ulardan foydalanish huquqini amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Fanlar akademiyasining alohida vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olimlar, adabiyot, madaniyat va san’at arboblarining qo‘lyozmalari va arxivlari, shuningdek, Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari va tasarrufidagi boshqa tashkilotlarning fan tarixi uchun qimmatli bo‘lgan arxiv va boshqa materiallarini ushbu obyektlarning intellektual mulk huquqlarini mualliflik huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya qilgan holda saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hamda xorijiy mamlakatlar ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy o‘quv muassasalari, kutubxonalar, muzeylar bilan bosma nashrlarni almashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Fanlar akademiyasi, uning mintaqaviy bo‘limlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda tasarrufidagi boshqa tashkilotlar o‘z zimmasiga yuklangan maqsad va vazifalarning samarali bajarilishi uchun mas’ul hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Fanlar akademiyasi tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Fanlar akademiyasi faoliyati ilmiy-tarmoq va mintaqaviy tamoyillar bo‘yicha tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Fanlar akademiyasi akademiklar va Fanlar akademiyasining xorijiy a’zolari, shuningdek o‘z muassasalarida xizmat qiluvchi ilmiy xodimlar va muassasalarni birlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Fanlar akademiyasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv apparati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaviy bo‘limlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot muassasalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Akademta’minot” DUK;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi tuzilmasiga kiruvchi boshqa tashkilotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Fanlar akademiyasining tarkibiy tuzilmasi va uning boshqaruv apparati tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat bo‘lganda Fanlar akademiyasi prezidenti xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni doirasida Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati tarkibiga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Fanlar akademiyasi prezidenti Fanlar akademiyasining ilmiy-tashkiliy faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi Prezidiumi Fanlar akademiyasi faoliyatini tezkor boshqarishning kollegial organi hisoblanadi. Fanlar akademiyasi Prezidiumi tarkibiga quyidagilar kiradi: Fanlar akademiyasi prezidenti, vitse-prezidentlar, bosh ilmiy kotib, mintaqaviy bo‘limlar raislari, fan sohalari bo‘yicha bo‘limlar rahbarlari — Fanlar akademiyasi ilmiy kotiblari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Fanlar akademiyasi prezidenti huzurida ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlari kengashi va Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari — Fanlar akademiyasi bo‘limlari vakillari Kengashidan (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) tarkib topgan jamoatchilik asosidagi Fanlar akademiyasi muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash faoliyat ko‘rsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash faoliyati tartibi mazkur Ustavda hamda Fanlar akademiyasi Prezidiumi tomonidan tasdiqlanadigan ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlari va Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari — Fanlar akademiyasi fanlar bo‘limlari vakillari Kengashi to‘g‘risidagi nizomda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi kengash a’zolari tomonidan ochiq ovoz berish yo‘li bilan bir yil muddatga saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Fanlar akademiyasida jamoatchilik asosida fanlar sohalari bo‘yicha Muammoli akademik ilmiy Kengash va idoralararo ilmiy-texnikaviy kengashlar (keyingi o‘rinlarda ilmiy kengashlar deb ataladi) shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy kengashlar maslahat organlari bo‘lib, mamlakatimizda olib borilishi lozim bo‘lgan va jamiyatimizning taraqqiyotiga doir ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashga, ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha bajarilayotgan ilmiy ishlarning ahamiyati va samaradorligini jahon fanining yuksak talablari darajasida baholashga hamda yetakchi maslahat-ekspert ilmiy jamoa sifatida faoliyat ko‘rsatadi, mamlakatimiz ilm-fanining nufuzini jahon miqyosida oshirishga bevosita xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy Kengashlar tarkibiga Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari, ilmiy-tadqiqot muassasalari (jumladan, tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari) va oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda yuqori malaka va tajribaga ega bo‘lgan amaliyotchi-mutaxassislar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy kengashlar ushbu Ustav va Fanlar akademiyasi Prezidiumi tasdiqlagan Nizom asosida ish olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Fanlar akademiyasida Eng yangi tarix bo‘yicha Jamoat kengashi faoliyat yuritadi, Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi metodik markaz uning ishchi organi hisoblanadi. Ular belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘z nizomlari asosida ish yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Zarurat bo‘lganda, Fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotibi va vitse-prezidentlari huzurida Fanlar akademiyasining ekspertlari va yuqori malakali mutaxassislaridan iborat komissiya tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi hududlarida fan va ilmiy-texnikaviy salohiyatni rivojlantirish maqsadida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Fanlar akademiyasi mintaqaviy bo‘limlari o‘z faoliyatida bevosita Fanlar akademiyasi prezidentiga bo‘ysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqaviy bo‘limlar tasarrufidagi, shu jumladan ilmiy-tadqiqot muassasalariga rahbarlik lavozim vakolatlari Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan bo‘lim raisi, uning o‘rinbosari va bosh ilmiy kotib tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqaviy bo‘lim raislari Fanlar akademiyasi Prezidiumi qarorlari va Umumiy yig‘ilish tavsiyalari, shuningdek, Fanlar akademiyasi prezidenti buyruqlari ijrosini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi raisi, Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi va Fanlar akademiyasining Navoiy bo‘limi raisi maqomiga ko‘ra Fanlar akademiyasi vitse-prezidentiga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mintaqaviy bo‘lim rahbari o‘rinbosari va bosh ilmiy kotibi Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan mintaqaviy bo‘lim raisi tavsiyasi asosida besh yil muddatga tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mintaqaviy bo‘limlar o‘z faoliyatlarini mazkur Ustavga hamda Fanlar akademiyasi Prezidiumi tomonidan tasdiqlangan mintaqaviy bo‘lim ustavlariga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ishlab chiqarish faoliyati uning ilmiy-tadqiqot muassasalarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ilmiy-tadqiqot muassasasi o‘z ilmiy-tashkiliy faoliyatini Fanlar akademiyasining nazorat qiluvchi vitse-prezidenti bilan kelishgan holda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vitse-prezidentning asosiy vazifasi — nazoratidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatiga samarali yordam ko‘rsatish, uni tartibga solish va muvofiqlashtirishdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ilmiy-tadqiqot muassasasi direktori nazorat qiluvchi vitse-prezident tavsiyasiga ko‘ra Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan yirik olimlar — qoidaga ko‘ra, fan doktorlari orasidan mehnat shartnomasi qonunchiligiga muvofiq besh yil muddatga tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot muassasasi direktorining funksional vazifalari Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot muassasasi direktori o‘zi boshqarayotgan muassasaning faoliyati uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ilmiy-tadqiqot muassasasi direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari (fan doktori, nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D)), ilmiy kotibi (fan doktori, nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D)) nazorat qiluvchi vitse-prezident bilan kelishilgan holda ilmiy-tadqiqot muassasasi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari hamda ilmiy kotibning huquq va majburiyatlari direktor tomonidan ilmiy-tadqiqot muassasasi ustaviga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot bo‘linmasi (ilmiy-tadqiqot muassasasi bo‘limi, laboratoriyasi) mudiri, qoidaga ko‘ra, ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashi tavsiya etgan fan doktorlari orasidan direktor tomonidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ilmiy-tadqiqot muassasasi direktori huzurida Ilmiy Kengash tuziladi, uning tarkibiga laboratoriya (bo‘lim) mudirlari, ilmiy loyiha rahbarlari va boshqa yetakchi olimlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot muassasasining Ilmiy kengashi maslahat organi hisoblanadi, u ushbu Ustav va ilmiy-tadqiqot muassasasi ustaviga muvofiq ish yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ilmiy-tadqiqot muassasalari ushbu Ustav va nazorat qiluvchi vitse-prezidentlar bilan kelishilgan va Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan tasdiqlangan o‘z ustavlariga muvofiq ish yuritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Fanlar akademiyasining umumiy yig‘ilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari va Fanlar akademiyasi muassasalari direktorlaridan iborat Fanlar akademiyasining Umumiy yig‘ilishi Fanlar akademiyasining oliy kollegial va maslahat organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Umumiy yig‘ilish a’zolari Umumiy yig‘ilishda ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan teng huquqlarga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Umumiy yig‘ilish ilm-fan rivojlanishining eng muhim masalalari va Fanlar akademiyasi faoliyatini ko‘rib chiqish uchun Fanlar akademiyasi Prezidiumi tomonidan zarurat tug‘ilganda yoki yiliga kamida bir marta chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Umumiy yig‘ilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qiladi hamda ular bo‘yicha kerakli tavsiyalar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasining xorijiy a’zolarini saylaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi prezidenti, vitse-prezidentlari va bosh ilmiy kotibni saylaydi, shuningdek ularni mazkur Ustavning 53 va 55-bandlarida ko‘rsatilgan tartibda biror lavozimga saylash yoki o‘zi egallab turgan lavozimdan ozod etish to‘g‘risidagi takliflarni kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustavdagi masalalar va Fanlar akademiyasi faoliyati yuzasidan Fanlar akademiyasi Prezidiumiga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi Prezidiumining ma’ruzalari va hisobotlarini muhokama qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasining atoqli olimlar nomidagi mukofotlarini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda belgilangan tartibda ular bilan yetakchi olimlar va ilmiy jamoalarni taqdirlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Umumiy yig‘ilish Fanlar akademiyasi Prezidiumi, Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari va Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlarining kamida uchdan bir qismining, shuningdek mintaqaviy bo‘limlarning taklifiga ko‘ra ular tavsiya etgan kun tartibini muhokama qilish uchun chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy yig‘ilishda Fanlar akademiyasi Prezidiumi taklif etgan shaxslar qatnashishlari va kun tartibi bo‘yicha so‘zga chiqishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Umumiy yig‘ilish a’zolari ro‘yxatidagi tarkibning kamida uchdan ikki qismi majlisda qatnashganda va qaror qabul qilish uchun qatnashchilarning kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda Umumiy majlis to‘la huquqli bo‘ladi va uning qarorlari qabul qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Fanlar akademiyasining Prezidiumi ovoz berishda chet el xizmat safarida bo‘lgan yoki salomatligi tufayli majlisda qatnasha olmaydigan Umumiy yig‘ilish a’zolarini maxsus qaror bilan hisobdan chiqarish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Umumiy yig‘ilish qarorlarini bajarish Fanlar akademiyasining tasarrufidagi barcha tashkilotlar, Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari va xodimlari uchun tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari, faxriy a’zolari va xorijiy a’zolari
(6-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-noyabrdagi 947-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Fanlar akademiyasining shaxsiy tarkibiga haqiqiy a’zolari (akademiklar) va uning xorijiy a’zolari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari (akademiklar) nomzodlarni tanlab olish natijalari asosida Fanlar akademiyasi Prezidiumi va Fanlar akademiyasi akademiklarining tegishli ilmiy ixtisosliklar bo‘yicha tavsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, belgilangan tartibda bir umrga tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Fanlar akademiyasining xorijiy a’zosi ilmiy yutuqlari jahon va mamlakat ilm-fani, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti va madaniyati rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan, xalqaro hamkorlik, tinchlik, barqarorlik va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga salmoqli hissa qo‘shgan xorijiy fuqarolar jumlasidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
461.Fanlar akademiyasining faxriy a’zolari sifatida mamlakat iqtisodiyoti, fani, madaniyati, ta’limi va davlat qurilishi rivojiga katta hissa qo‘shgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, yuqori ilmiy natijalarga erishgan, jahon iqtisodiyoti, fani, madaniyati, ta’limi va davlat qurilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan xorijiy fuqarolar tasdiqpanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasining faxriy a’zosi tegishli mutaxassislik bo‘yicha Fanlar akademiyasi bo‘limlaridan biriga biriktiriladi.
(461-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-noyabrdagi 947-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademiklarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalarida, tarmoq ilmiy-tadqiqot markazlari va ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalarida, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarida tanlovdan yoki attestatsiyadan o‘tmay ilmiy lavozimlarni egallash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi Prezidiumiga, Umumiy yig‘ilishga ko‘rib chiqish uchun ilmiy va ilmiy-tashkiliy masalalarni kiritish va ularning muhokamasida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda o‘ziga tegishli ixtisosliklar bo‘yicha Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga munosib nomzodlar ko‘rsatish va ushbu nomzodlarni muhokama qilish va tanlov asosida saylash yuzasidan bo‘lib o‘tadigan Fanlar akademiyasi Komissiyasi yig‘ilishlarida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasining ilmiy kengashlari faoliyatida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy kengashlarni shakllantirishga doir o‘z taklif-mulohazalarini kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari belgilangan tartibda har oylik gonorar oladilar hamda belgilangan boshqa huquq va imtiyozlardan foydalanadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi O‘zbekiston fuqaroligini boshqa davlat fuqaroligiga o‘zgartirganda, belgilangan tartibda Fanlar akademiyasining xorijiy a’zosi maqomiga ega bo‘ladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasnning faxriy va xorijiy a’zolari boshqa a’zolar bilan birdek huquqqa egadirlar, faqat ular Akademiyaning rahbar organiga saylanish, Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga o‘tkaziladigan nomzodlar tanlovida ishtirok etish huquqlariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 29-dekabrdagi PF-4907-son Farmonida ko‘rsatilgan imtiyozlarga ega bo‘lmaydilar.
(47-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-noyabrdagi 947-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zosi quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tadqiqotlarda, tadqiqotlarning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlarini shakllantirishda ishtirok etish va fanning o‘zi saylangan ilmiy ixtisoslik sohasining yuksak darajada rivojlanishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy malakali ilmiy kadrlar, magistrlar tayyorlash ishlarida, ilg‘or ilmiy maktablarni shakllantirish va rivojlantirishda, shuningdek, o‘zi biriktirilgan oliy va o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalariga, ishlab chiqarish korxonalariga ilmiy-metodik yordam ko‘rsatishda bevosita ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasiga o‘z ilmiy va ilmiy-tashkiliy faoliyati haqida ilmiy asarlari, ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish, oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlash, oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalariga, ishlab chiqarish korxonalariga ekspert-maslahat yordami ko‘rsatishda shaxsiy yutuqlarini qamrab oluvchi yillik hisobot topshirish, shuningdek, mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish bo‘yicha o‘z tavsiya va takliflarini taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi Prezidiumi, Fanlar akademiyasi prezidenti, vitse-prezidentlari va bosh ilmiy kotibining topshiriqlarini bajarish, Fanlar akademiyasining Umumiy yig‘ilishi, tarmoq fanlari bo‘limi, ilmiy kengashlari ishida faol ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Fanlar akademiyasi a’zolarini tasdiqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. E’lon qilingan ilmiy ixtisosliklar bo‘yicha Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga nomzodlarni tanlov bo‘yicha tanlab olish e’lon qilingan ilmiy ixtisosliklar bo‘yicha Fanlar akademiyasi Prezidiumi a’zolaridan va Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolaridan iborat tanlov Komissiyasi tomonidan, ushbu Ustavga hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolarini tanlov bo‘yicha tanlab olish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Fanlar akademiyasining xorijiy a’zosi Fanlar akademiyasi tarkibiga Fanlar akademiyasi taqdimnomasiga binoan, Umumiy yig‘ilishda ochiq ovoz berish yo‘li bilan kiritiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
501. Fanlar akademiyasining faxriy a’zosi Fanlar akademiyasi prezidiumining taqdimnomasiga binoan Fanlar akademiyasining tarkibiga kiritiladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(501-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-noyabrdagi 947-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish huquqi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolariga, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy kengashlariga yoki ilmiy-texnik kengashlariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Fanlar akademiyasi Prezidiumi a’zolarini saylash tartibi va ularning lavozim majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Fanlar akademiyasi prezidenti lavozimiga nomzodlar mazkur Ustavning 22-bandiga muvofiq Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari orasidan muqobillik asosida tashkil etilgan Kengashda muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi Prezidenti lavozimiga munosib nomzod Kengash tomonidan Umumiy yig‘ilishga tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Fanlar akademiyasi prezidenti Umumiy yig‘ilishda ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Kengash a’zolarining ovoz berishi natijasiga ko‘ra ko‘rsatilgan nomzod yetarli ovoz to‘play olmasa, Kengash raisi ikkinchi bor saylov o‘tkazadi. Bu holda Kengash barcha Umumiy yig‘ilish a’zolari bilan zarur maslahatlashuvlar o‘tkazadilar, so‘ngra eng maqbul nomzodni saylash uchun Umumiy yig‘ilishga tavsiya etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy yig‘ilishda eng ko‘p ovoz olgan nomzod saylangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Fanlar akademiyasi Prezidiumi Fanlar akademiyasi prezidenti lavozimiga saylangan nomzodni tasdiqlash uchun Umumiy yig‘ilish nomidan yozma ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Fanlar akademiyasining vitse-prezidentlari hamda bosh ilmiy kotibi fan va texnika rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, ilmiy-texnik ishlanmalarni yaratish va amaliyotga joriy etishda, ilmiy kadrlar va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda katta xizmat qilgan olimlar qatoridan, Kengash bilan kelishilgan holda, Fanlar akademiyasi prezidentining tavsiyasiga binoan, Umumiy yig‘ilishda ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Fanlar akademiyasining hududiy bo‘limlari raislari, mintaqaviy bo‘limlari raislari, fan yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘limlar rahbarlari — Fanlar akademiyasi ilmiy kotiblari Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari hamda lavozim talablariga javob beradigan boshqa yetakchi olimlar orasidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasining vitse-prezidentlari va bosh ilmiy kotibi Fanlar akademiyasi Prezidentining belgilangan tartibga muvofiq tasdiqloviga ko‘ra besh yil muddatga va ketma-ket ko‘pi bilan ikki muddatga saylanishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Fanlar akademiyasi Prezidiumi o‘z faoliyati haqida Umumiy yig‘ilishga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Fanlar akademiyasi prezidenti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasiga umumiy rahbarlik qiladi, Fanlar akademiyasini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishni va o‘ziga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi, kundalik masalalarni operativ tarzda hal etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasidagi ishlarning ahvoli uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Fanlar akademiyasining Umumiy yig‘ilishi va Prezidiumida shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha yuqori davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, joylardagi ijro hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda xalqaro maydonda Fanlar akademiyasi nomidan ish yuritadi va uning manfaatlarini himoya qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasining vitse-prezidentlari, ilmiy kotibi, mintaqaviy bo‘limlar raislarining, Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati xodimlarining lavozim vazifalarini tasdiqlaydi va ushbu vazifalarning bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratadi, Fanlar akademiyasining Kengashi va Umumiy yig‘ilishi taklif va tavsiyalarini ko‘rib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi faoliyatining samaradorligi va rivojlanishiga, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga va zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqishga to‘siq bo‘lib turgan kamchiliklarning bartaraf etilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejalashtirilgan ilmiy tadqiqotlarning bajarilishini, shuningdek, fan yutuqlari va yangi texnologiyalarning o‘z vaqtida amaliyotga tatbiq etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hamda ishlab chiqarish korxonalari bilan samarali hamkorligini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati hamda uning ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlari faoliyatini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi tizimida ilmiy kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlariga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi mintaqaviy bo‘limlari raislari, ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlari, bo‘limlar rahbarlari, boshqaruv apparatining boshqa xodimlarini amaldagi qonunchilik va belgilangan tartibga binoan lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, shuningdek, ilmiy-yordamchi va xo‘jalik bo‘limlari rahbarlarini shartnoma asosida lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlarida xodimlarning ilmiy tadqiqotlari samarali bo‘lishiga yordam beruvchi sharoitlar yaratilishini, ilmiy jamoalarda ijodiy muhit tashkil etilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi mablag‘larining asosiy tasarrufchisi hisoblanadi va ulardan oqilona va samarali foydalanilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi prezidenti bo‘lmagan holatlarda uning vazifasi muayyan muddatga Akademiyaning vitse-prezidentlaridan biri zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Fanlar akademiyasining mulki va uning faoliyatini moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Fanlar akademiyasining mulkini unga tezkor boshqaruv huquqi asosida biriktirilgan asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar hamda uning faoliyati davomida sotib olingan mulk tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Fanlar akademiyasining mulkidan foydalanish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Fanlar akademiyasining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek, qonunchilikka muvofiq ravishda jalb qilingan budjetdan tashqari mablag‘lar (tashqi va ichki investitsiyalar, ishlab chiqarilgan mahsulotni va intellektual mulk obyektlarini realizatsiya qilishdan olingan daromadlar, xayr-saxovat sifatida in’om qilingan mablag‘lar va boshqalar) va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati xodimlariga ish haqi to‘lash, mukofotlash, moddiy yordam ko‘rsatishda davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun belgilangan shart-sharoitlar tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati xodimlariga ish haqi to‘lash bo‘yicha razryadlar Fanlar akademiyasi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
(61-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning sarflanishi ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida, qonunchilik va tegishli muassasalar ustavlari talablariga muvofiq tarzda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limining ta’minoti hamda ushbu bo‘lim tomonidan amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish uchun xarajatlar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi tomonidan, shu jumladan, tegishli ilmiy-texnologik ishlanmalarni joriy etish natijasida olingan sof foydaning 10 foizi hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan ilmiy-tadqiqotlarning natijalari bo‘yicha hisobotlar Fanlar akademiyasi olimlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish bo‘yicha me’yorlarga rioya qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etiladi.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Fanlar akademiyasining ilmiy xodimlari va mutaxassislari ushbu tashkilotlarda qonunchilik asosida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga nisbatan mualliflik huquqlariga ega bo‘lgan subyektlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Fanlar akademiyasi huzurida Fanlar akademiyasi ilmiy xodimlarini moddiy rag‘batlantirish Fondi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Fanlar akademiyasi ilmiy xodimlarini moddiy rag‘batlantirish Fondi Fanlar akademiyasi muassasalarining tadbirkorlik faoliyatidan olingan sof foydaning 10 foizi miqdorida ajratiladigan mablag‘ hisobidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi ilmiy xodimlarini moddiy rag‘batlantirish Fondi haqidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Fanlar akademiyasi, uning ilmiy-tadqiqot muassasalarini va boshqa tashkilotlarini tugatish va qayta tashkil etish belgilangan tartibda qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi 331-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini erkinlashtirish va samarali rivojlanishini ta’minlash to‘g‘risida” 2000-yil 9-iyundagi 223-son qarorining 1-bandi hamda qarorga ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ustaviga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2011-yil 7-sentabrdagi 249-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 36-son, 368-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 11-iyuldagi 232-qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 28-son, 338-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 22-son, 434-modda, 37-son, 990-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son, 09.03.2022-y., 09/22/102/0190-son)