19.05.2017 yildagi 302-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.02.2018
 LexUZ sharhi
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
3. Davlat komissiyasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-fevraldagi PQ-2789-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
3. Agentlik o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
5. Mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilmagan ilmiy-tadqiqot hamda oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-texnik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarning Jamg‘arma tomonidan moliyalashtirilishi Fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori asosida amalga oshiriladi.
7. Mazkur Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining valyuta mablag‘lari Jamg‘armaning hisob raqamiga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan o‘tkaziladi (valyutaning har bir turi bo‘yicha alohida).