Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 17.05.2017 yildagi 289-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika agrosanoat kompleksi uchun zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarning “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” XII Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini hamda qishloq xo‘jaligi texnikasi va mashinalarining “Uzbekistan Agromash Expo-2017” VI Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloqda sanoat ishlab chiqarishi va qurilishini yanada jadal rivojlantirish, meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha eng yangi texnologiyalar va zamonaviy texnika bilan jihozlangan ixcham korxonalarni tashkil etish, yetakchi xorijiy kompaniyalar tomonidan ishlab chiqariladigan ilg‘or, yuqori samarali texnologiyalar va asbob-uskunalar bilan tanishish uchun fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar, boshqa tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek ularni sotib olishda ularga ko‘maklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Fermerlari kengashi, “O‘zagrotexsanoatxolding” AJning 2017-yil 30-may — 2-iyunda Toshkent shahrida “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining ko‘rgazma maydonlari bazasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika agrosanoat kompleksi uchun zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarning “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” (keyingi o‘rinlarda “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi deb ataladi) XII Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi texnikasi va mashinalarining “Uzbekistan Agromash Expo-2017” VI Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasini (keyingi o‘rinlarda “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasi deb ataladi) birgalikda o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining ko‘rgazmalar maydonlari ko‘rgazmalar ishtirokchilariga bepul beriladi, ko‘rgazma stendlarini qurish va qo‘shimcha ko‘rgazma uskunalarini taqdim etish va xizmatlar ko‘rsatish esa belgilangan normativlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika agrosanoat kompleksi uchun zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarning “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” XII Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini hamda qishloq xo‘jaligi texnikasi va mashinalarining “Uzbekistan Agromash Expo-2017” VI Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasini o‘tkazishning mavzuli rejalari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasi doirasida 2017-yil 30-may — 2-iyun davrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi ko‘magida, fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar, boshqa tadbirkorlik subyektlari uchun mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillari taqdimotlarini tashkil etgan holda, “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati kinolektoriysida har kungi mavzuli seminarlarni o‘tkazishning namunaviy ssenariysi 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, respublika viloyatlari, shaharlari va tumanlari hokimliklari rahbarlarining, respublikaning barcha mintaqalaridagi fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar, boshqa tadbirkorlik subyektlari vakillarining “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasiga kelishi jadvali, shuningdek mintaqalardan “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasi ishtirokchilarining Toshkent shahrida bo‘lishi bo‘yicha biriktirilgan mas’ul shaxslar ro‘yxati 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 4-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi uchun mini-texnologiyalar va ixcham uskunalarning xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini o‘tkazishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 24-avgustdagi PQ-449-son qarori bilan tashkil etilgan Respublika agrosanoat kompleksi uchun mini-texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalarning Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash uchun zamonaviy texnologiyalar hamda asbob-uskunalar, shuningdek qishloq xo‘jaligi texnikasi, mashinalari va asbob-uskunalarining yetakchi jahon va mahalliy ishlab chiqaruvchilarini o‘tkaziladigan ko‘rgazmalarda qatnashishga jalb etish bo‘yicha faol reklama-axborot va tashkiliy ishlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi O‘zbekistonda va xorijda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi uchun zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarning mufassal katalogini butunjahon Internet tarmog‘ida joylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda O‘zbekiston Fermerlari kengashi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar, boshqa tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘plab talab qilinadigan texnologiyalar va asbob-uskunalar turlari bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligiga bir hafta muddatda taqdim etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar, boshqa tadbirkorlik subyektlari vakillarining, shuningdek respublika mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar tashabbuskorlarining o‘tkaziladigan “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasida bevosita qatnashishini ta’minlasinlar va ularga kontraktlarni imzolashida ko‘maklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi uchun mini-texnologiyalar va ixcham uskunalarning xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini o‘tkazishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 24-avgustdagi PQ–449-son qarorining 7-bandida nazarda tutilgan bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasida ishtirok etish doirasida, shuningdek ko‘rgazma-savdo davomida tuzilgan kontraktlarni bajarish yuzasidan agrosanoat kompleksi uchun texnologiyalar va zamonaviy asbob-uskunalarni chetdan keltiruvchi tashkilotlarga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik yurituvchi subyektlariga “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasida tuzilgan kontraktlar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi texnikasi, mashinalari va asbob-uskunalarini tender savdolari o‘tkazmasdan sotib olishiga istisno tariqasida ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasi natijalariga ko‘ra 2017-yil 30-iyungacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligiga yetkazib berish uchun jahondagi eng yaxshi ishlab chiqaruvchilardan texnikaning xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan zamonaviy va yuqori unumli turlarini tanlab olish yuzasidan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tashqi savdo vazirligining buyurtmanomalariga binoan o‘tkaziladigan “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasining xorijiy ishtirokchilariga kirish vizalari konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasi o‘tkaziladigan, shuningdek ularning ishtirokchilari yashaydigan joylarda jamoat tartibini va yong‘in xavfsizligining to‘lov undirilmasdan qo‘riqlanishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasi ishtirokchilarini Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida kutib olish va kuzatib qo‘yishni tashkil etish shtabi ishlari muvofiqlashtirilishini, bunda shtabning zarur miqdorda tashkiliy texnika va aloqa vositalari bilan jihozlanishini, shuningdek ishtirokchilarga transport xizmati ko‘rsatish nazarda tutilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining buyurtmanomalariga binoan “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasiga yuborilayotgan ko‘rgazmalar yuklarining imtiyozli yuk tariflari bo‘yicha tashilishini, belgilangan yuk tariflaridan 30 foizli chegirma berilishini, yuklarning Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida ishlanishi va saqlanishi uchun yig‘imlar to‘lovidan ozod qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining buyurtmanomalariga binoan “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasi ishtirokchilari uchun aviachiptalarning band qilinishi va sotilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasi ishtirokchilariga Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining SIP zali orqali, to‘lov undirilmasdan xizmatlar ko‘rsatilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti binosi xonalarining “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasi reklama ko‘rsatkichlari bilan jihozlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasi mehmonlari va ishtirokchilariga xizmat ko‘rsatadigan avtotransport vositalarining taksilar va turizm avtobuslari uchun mo‘ljallangan Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti avtomobillar to‘xtash joyiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining buyurtmanomalariga binoan bepul kiritilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilotlarning hamda “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasi ishtirokchilarining buyurtmanomalariga binoan yuborilayotgan “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasi yuklarining imtiyozli tariflar bo‘yicha tashilishini, belgilangan stavkalarning kamida 30 foizi miqdorida chegirma berilishini, belgilangan manzilga yetkazib berishning va temir yo‘lda ko‘rgazmaga olib kelinayotgan yuklarni tushirish uchun vagonlarning yig‘imlar undirilmasdan o‘z vaqtida berishning tezkor kuzatib turilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasiga kelayotgan vagonlarning bir sutkagacha bo‘sh turib qolganligi uchun to‘lovlardan ozod qilinishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi “Uzbekistan Agrotech Expo-2017” ko‘rgazmasi va “Uzbekistan Agromash Expo-2017” ko‘rgazmasiga tayyorgarlik va ko‘rgazmalar ishlarining matbuotda hamda elektron ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan internet-nashrlarda keng yoritilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 17-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
289-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 20-son, 368-modda)