1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.01.00 Umumiy masalalar. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.01.00 Umumiy qoidalar;
4.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.02 Intizomiy jazolarni qo‘llash tartibi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Vazirlar Mahkamasi mansabdor shaxslarining, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlarining topshirilgan lavozimda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqaruvchisi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari ijro intizomini mustahkamlash va ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablarini so‘zsiz bajarish yuzasidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 10-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
264-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 264-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga muvofiq ularga ishonib topshirilgan organlarning samarali va natijali ishini tashkil etish bo‘yicha ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda aybli xatti-harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlariga, shuningdek ularning o‘rinbosarlariga (keyingi o‘rinlarda mansabdor shaxslar deb ataladi) intizomiy jazo choralarini qo‘llash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ularga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llaniladigan mansabdor shaxslar ro‘yxati ushbu Nizomga 1-ilovada keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Aybli xatti-harakatlar (harakatsizliklar)ning turlari va ularni aniqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sodir etilganligi uchun mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llaniladigan aybli xatti-harakatlar (harakatsizliklar) turlari ro‘yxati ushbu Nizomga 2-ilovada keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mansabdor shaxsning aybli xatti-harakatlari (harakatsizligi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarorining 8-bandida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan ijro intizomining tizimli va tanqidiy tahlili asosida, shuningdek qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan maqsadli o‘rganishlar natijalari bo‘yicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mansabdor shaxsning aybli harakatlari (harakatsizligi) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, shuningdek huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishlar va o‘rganishlar natijalari bo‘yicha ham belgilanishi mumkin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Aybli harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi takliflar Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Apparatning boshqaruvchisi, uning o‘rinbosarlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari tomonidan kiritiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi taklif:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida taklif kiritilgan mansabdor shaxsdan yozma tushuntirish talab qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar loyihalarini kiritishning belgilangan muddatlarining buzilishiga olib kelgan sabablari tahlil qilinishini, shu jumladan kiritilgan hujjatlar loyihalari taqdim etilishi va kelishilishi xronologiyasi ko‘rib chiqilishini, shuningdek asossiz ravishda kechiktirishga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar aniqlangan holda hujjatning loyihasini sifatsiz ekspertizadan o‘tkazgan organlarni aniqlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida bajarilishi ta’minlanmaganligi, ular ijrosini tashkil etishning va nazoratning past darajasi sabablari tahlil qilinishini o‘z ichiga oladigan xizmat tekshiruvi natijalari asosida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Aybli harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralari ushbu Nizomga 3-ilovaga binoan sxemaga muvofiq qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Intizomiy jazo choralari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 182-moddasida nazarda tutilgan muddatlarda qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri ijro intizomining umumlashtirilgan tahlili asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intizomiy jazoni qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan mansabdor shaxsga nisbatan yo‘l qo‘yilgan aybli harakatlar (harakatsizlik) uchun intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taklif kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Intizomiy jazo choralari turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yo‘l qo‘yilgan aybli harakat (harakatsizlik) uchun mansabdor shaxs ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha intizomiy jazoga tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Aybli harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan intizomiy jazo turlari ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan, har bir alohida aniq holat uchun belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining qarori bo‘yicha mansabdor shaxslar aybli harakatlar (harakatsizlik) uchun rasman ogohlantirilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 180-moddasiga muvofiq qo‘llaniladigan rag‘batlantirish bo‘yicha to‘lovlar miqdorlari kamaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mansabdor shaxsga intizomiy jazo amal qilishi davrida mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilmagan mukofotlar to‘lanmaydi, shuningdek rag‘batlantirish choralari qo‘llanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy jazoning amal qilish muddati u qo‘llanilgan kundan boshlab bir yildan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishlari va kamchiliklar bartaraf etilganda, mansabdor shaxs tomonidan tegishli organning samarali va natijali ishlashi ta’minlanganda intizomiy jazo ushbu jazoni qo‘llagan shaxs tomonidan uning amal qilish muddati tamom bo‘lguniga qadar bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Intizomiy jazo amal qilishi davrida mansabdor shaxs tomonidan aybli harakatlarga (harakatsizlikka) takroran yo‘l qo‘yilganda mansabdor shaxsning egallab turilgan lavozimda bundan buyon bo‘lishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Intizomiy choralar ijrosi uchun kadrlar xizmati xodimlari umumiy javob beradi, jarima, rag‘batlantirish bo‘yicha to‘lovlarning to‘xtatilishi yoki ularning miqdori pasaytirilishi tarzidagi intizomiy jazolar ijrosi uchun esa — davlat (xo‘jalik) boshqaruvining (hokimlik) va boshqa tashkilotlarning tegishli organi moliya xizmati (bosh buxgalter) javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Intizomiy jazo qo‘llanilishi to‘g‘risidagi qaror yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazo choralari qo‘llaniladigan mansabdor shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va maslahatchilari.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar va vazirlarning o‘rinbosarlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat qo‘mitalari raislari va ularning o‘rinbosarlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentliklar, qo‘mitalar, markazlar, davlat inspeksiyalari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat organlari va davlat tashkilotlarining rahbarlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va uning o‘rinbosarlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari va mutaxassislari.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sodir etilganligi uchun mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llaniladigan aybli harakatlar (harakatsizlik)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Hujjatlar loyihalarini tayyorlashda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablari buzilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prezidentning yozma va og‘zaki topshiriqlari, shuningdek qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari bajarilishining muddatlari buzilishi, sifatsiz yoki to‘liq bo‘lmagan hajmda bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga sifatsiz tayyorlangan va qonun hujjatlariga zid bo‘lgan hujjat loyihasi kiritilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari tomonidan hujjatlar loyihalarini kelishish muddatlari (kelishish muddatlari asossiz cho‘zilishi) buzilishi yoki qonun hujjatlariga zid bo‘lgan hujjat loyihasini kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari tomonidan hujjat loyihasi sifatsiz iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi hamda asoslanmagan xulosalar va takliflar berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hujjatlar loyihalarini kiritish muddatlarining buzilishi (kiritish muddatlarining asossiz cho‘zilishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining apparati tarkibiy bo‘linmalari tomonidan hujjat loyihasini ko‘rib chiqishga tayyorlash va ko‘rib chiqish muddatining buzilishi;
(yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining apparati tarkibiy bo‘linmalari tomonidan hujjat loyihasi sifatsiz iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi, asoslanmagan xulosalar, takliflar berilishi va kelishish asossiz ravishda cho‘zilishi;
(sakkizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining apparati tarkibiy bo‘linmasi tomonidan hujjat loyihasi vazirlikka va idoraga (loyihaning tashabbuskoriga) asossiz ravishda qaytarilishi yoki qaytarish muddatining buzilishi;
(to‘qqizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan va sifatsiz tayyorlangan hujjat loyihasi qaytarilmasligi yoki qaytarishning belgilangan muddati buzilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini va amalga oshirilishining nazoratini tashkil etishda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini va amalga oshirilishining nazoratini tashkil etishning past sifati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari talablari bajarilmasligi yoki o‘z vaqtida bajarilmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatining asosiy iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlari pasaytirilishiga yo‘l qo‘yilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari manziliga tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlari tizimli va muntazam ravishda buzilishiga yo‘l qo‘yilishi, shuningdek ularni ko‘rib chiqishdagi rasmiyatchilik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aybli harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar
Bajaruvchilar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Vazirlar Mahkamasining apparat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari
Aybli harakatga (harakatsizlikka) yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan xizmat tekshiruvini o‘tkazish.
Hujjat loyihasi kiritilgandan keyin 2 kun mobaynida
2-bosqich
Vazirlar Mahkamasining apparat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari
Bosh vazirning tegishli o‘rinbosarlari va maslahatchilariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati boshqaruvchisiga mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida takliflar kiritish.
Xizmat tekshiruvi tugallangandan keyin bir kun muddatda
3-bosqich
Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi Apparati boshqaruvchisi
Bosh vazirga mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida takliflar kiritish.
Taklif kiritilgandan keyin bir kun muddatda
4-bosqich
Bosh vazir
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida takliflar kiritish.
2. Bosh vazir tomonidan intizomiy jazo qo‘llash to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilinishi.
Rahbarning xohishiga ko‘ra
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘l qo‘yilgan aybli harakat (harakatsizlik) uchun mansabdor shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan intizomiy jazo choralari turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yo‘l qo‘yilgan aybli harakat (harakatsizlik) uchun mansabdor shaxs intizomiy jazo choralarining quyidagi turlariga tortilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayfsan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lavozim maoshining ellik foizigacha miqdorda jarima;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat shartnomasining to‘xtatilishi (lavozimdan ozod qilish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mansabdor shaxsga jarima tarzida intizomiy jazo choralarini qo‘llashda quyidagi mezonlar hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar loyihalarini kelishish muddatlari buzilganligi (kelishish muddatlari asossiz ravishda cho‘zilganligi) uchun — lavozim maoshining 10 foizi miqdorigacha jarima qo‘llaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar loyihalarining past sifati va qonun hujjatlariga muvofiq emasligi, shuningdek sifatsiz iqtisodiy-moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilganligi, asoslanmagan xulosalar va takliflar berilganligi uchun — lavozim maoshining 20 foizi miqdorida jarima qo‘llaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga hujjatlar loyihalarini kiritish muddatlari buzilganligi (kiritish muddatlari asossiz ravishda cho‘zilganligi) uchun, lavozim maoshining 10 foizi miqdorida jarima qo‘llaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalari tomonidan hujjat loyihasini ko‘rib chiqishga tayyorlash muddatlari va ko‘rib chiqish, sifatli iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish muddatlari buzilganligi, asossiz xulosalar berilganligi va kelishish muddatlari asossiz ravishda cho‘zilganligi uchun — lavozim maoshining 20 foizi miqdorida jarima qo‘llaniladi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmasi tomonidan hujjat loyihasi vazirlikka va idoraga (loyihaning tashabbuskoriga) asossiz ravishda qaytarilganligi yoki qaytarish muddati buzilganligi uchun — lavozim maoshining 20 foizi miqdorida jarima qo‘llaniladi;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan sifatsiz tayyorlangan hujjat loyihasi qaytarilmaganligi yoki qaytarishning belgilangan muddati buzilganligi uchun — lavozim maoshining 10 foizi miqdorida jarima qo‘llaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining topshiriqlari ijrosini tashkil etish va amalga oshirilishi ustidan nazoratning past sifati uchun — lavozim maoshining 30 foizi miqdorida jarima qo‘llaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari talablari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining topshiriqlari bajarilmaganligi yoki o‘z vaqtida bajarilmaganligi uchun — lavozim maoshining 50 foizi miqdorida jarima qo‘llaniladi yoki shaxsning egallab turgan lavozimda bo‘lishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida taklif kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatining asosiy iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlari pasayishiga yo‘l qo‘yilganligi uchun — lavozim maoshining 20 foizi miqdorida jarima qo‘llaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari manziliga tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlari tizimli va muntazam ravishda buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi uchun — lavozim maoshining 20 foizi miqdorida jarima qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir oyda jarimaning umumiy summasi jami lavozim maoshining 50 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 19-son, 340-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)