O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining Etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasining yangilangan tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-avgustdagi 707-sonli “Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasining Etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
1. Vazirlar Mahkamasining Etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasining yangilangan tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
2. Komissiya (Xolmuradov):
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
Vazirlar Mahkamasining Etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish, tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi to‘g‘risidagi yangilangan nizomni bir oy muddatda tasdiqlasin;
Komissiya faoliyatining qonun hujjatlari talablariga qat’iyan muvofiq ravishda tashkil etilishini ta’minlasin;
etil spirti, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishda litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirsin.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi alkogolli va tamaki mahsulotlari muomalada bo‘lishidan tushadigan soliqlar va majburiy to‘lovlarning to‘liq va o‘z vaqtida tushishi, shuningdek budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorliklarga yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan nazoratni kuchaytirsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi yangi quvvatlarni ishga tushirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar berishda etil spirti ishlab chiqarish va undan foydalanish balansining har yili tasdiqlanadigan parametrlariga qat’iyan amal qilsin.
5. “O‘zsharobsanoat” AJ xolding kompaniya tarkibiga kiradigan korxonalarda etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanilishi va texnologik talablarga rioya etilishi yuzasidan monitoringni kuchaytirsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 9-son, 65-modda):
a) 3-banddagi “hamda uning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov zimmasiga yuklansin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 7-aprel,
192-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-apreldagi 192- son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining Etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi
TARKIBI
|
S.R. Xolmuradov |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi, Komissiya raisi |
|
lavozimi bo‘yicha |
— |
Davlat soliq qo‘mitasi raisi, Komissiya raisining o‘rinbosari |
|
A.Y. Xaydarov |
— |
Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari |
|
M.B. Azimov |
— |
Davlat bojxona qo‘mitasining raisi |
|
M.M. Mirzayev |
— |
Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari |
|
A.U. Karimov |
— |
“O‘zstandart” agentligining bosh direktori |
|
O.S. Mustafayev |
— |
“O‘zsharobsanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi |
|
N.A. Vapayev |
— |
Vazirlar Mahkamasining vinochilik va alkogolli mahsulotlari ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi, Komissiyaning mas’ul kotibi |
(ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 15-son, 251-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)