04.04.2017 yildagi 174-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish, ularning professional bilimlarini hamda zamonaviy tibbiyot texnikasi va axborot texnologiyalari bilan ishlash borasidagi amaliy koʻnikmalarini doimiy ravishda yangilashni, respublika va jahon tibbiyoti sohasidagi oxirgi yutuqlardan samarali foydalanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishning ustuvor vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining malakali tibbiyot kadrlari tayyorlashning zamonaviy jahon talablariga javob beradigan yagona tashkiliy tuzilmasini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy tibbiy taʼlim muassasalari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, yetakchi davolash-profilaktika va ilmiy-tadqiqot muassasalari kadrlar salohiyatidan va moddiy-texnik bazasidan foydalanish yoʻli bilan amaliy sogʻliqni saqlash uchun mutaxassislarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditoriya oʻquv soatlari va klinik amaliyotning maqbul ravishda birga qoʻshib olib borilishini nazarda tutuvchi birxillashtirilgan oʻquv dasturlari asosida taʼlim jarayonini tashkil etish, zamonaviy uskunada ishlash tajribasini orttirish uchun shart-sharoit yaratish, uning yordamida olingan diagnostik maʼlumotlarni izohlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini majburiy oshirish tizimining professor-oʻqituvchi kadrlari malakasini oshirish, shu jumladan xorijda yetakchi tibbiyot muassasalarida oshirish tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash ularning malakasini oshirish tizimi muassasalarining ilgʻor xorijiy klinikalar va oliy tibbiy taʼlim muassasalari bilan xalqaro hamkorligini kengaytirish, yetakchi xorijiy mutaxassislarni sogʻliqni saqlash sohasidagi taʼlim berishning talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim jarayoniga jalb etish uchun shart-sharoit yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansin, tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
klinik ordinatura Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida bazaviy vrachlik mutaxassisliklari ixtisosliklari boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan markazlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi ixtisoslashtirish Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida, tibbiy oliy taʼlim muassasalari malaka oshirish va qayta tayyorlash fakultetlari, Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlar malakasini oshirish markazida va ularni mintaqaviy filiallarida oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi ixtisoslashtirish kurslari, umumiy amaliyot vrachlarini umumiy va mavzuli malaka oshirish Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ixtisosli kafedralarida va tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot xodimlarining umumiy malakasini oshirish kurslari Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida, tibbiy oliy taʼlim muassasalarining malaka oshirish va qayta tayyorlash fakultetlarida, Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlar malakasini oshirish markazida va uning mintaqaviy filiallarida oʻtkaziladi;
(3-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot xodimlarining qoʻshimcha ixtisoslashishi va mavzuli malaka oshirish kurslari tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining malaka oshirish va qayta tayyorlash fakultetlarida, Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlar malakasini oshirish markazida va mintaqaviy filiallari, shuningdek, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, yetakchi davolash-profilaktika va ilmiy-tekshirish muassasalari, farmatsevtik tashkilotlarda oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibini attestatsiyadan oʻtkazsin, uning yakunlari boʻyicha tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi zarur bilimlariga va amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali tashabbuskor kadrlar bilan butlanishini taʼminlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017/2018 oʻquv yilidan boshlab Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida oliy maʼlumotli tibbiyot hamshiralari va tibbiyot texnikasi boʻyicha muhandis-texnik xodimlar malakasini oshirilishini tashkil etsin;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda ikki oy muddatda tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida taʼlim jarayoning mazmun va sifatiga qoʻyilgan talablarni, shuningdek, mutaxassislar tayyorlashning har bir yoʻnalishi uchun oʻquv dasturlari qayta koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyani rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi muassasalari va aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi boshqa tashkilotlarning tibbiyot xodimlari malakasini oshirishning yagona elektron maʼlumotlar bazasi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy ishidan ajralgan holda tibbiyot xodimlari malakasini oshirish kurslariga yuborilgan tinglovchilarning butun oʻqish davrida asosiy ish joyi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi saqlanib qolinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy ishidan ajralgan holda tibbiyot xodimlari malakasini oshirish kursiga yuborilgan boshqa shaharlik tinglovchilarga oʻqish joyiga bir marta kelish va ketish, shuningdek, yuboruvchi tomon hisobiga yashash xarajatlari qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari boʻyicha axborot-tahlil departamentiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 4-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
174-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-apreldagi 174-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAShKILIY TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-apreldagi 174-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш


I. Qayta tayyorlash

Klinik ordinatura

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, tibbiyot OTM, respublika ixtisoslashtirilgan markazlari, bazaviy vrachlik mutaxassisliklari yoʻnalishlari boʻyicha ITI

Birlamchi ixtisoslash tirish

Tibbiyot xodimlarining �asbiy malakasini rivojlantirish markazi, tibbiyot OTM malaka oshirish va qayta tayyorlash fakultetlari. Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi va uning viloyatlardagi filiallari

Qoʻshimcha ixtisoslashtirish

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, tibbiyot OTM malaka oshirish va qayta tayyorlash fakultetlari, Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi va uning viloyatlardagi filiallari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, davolash-profilaktika muassasalari, farmatsevtika tashkilotlari


II. Malaka oshir�sh

Umumiy malaka oshirish

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, tibbiyot OTM, Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi va uning viloyatlardagi filiallari

Mavzuli malaka oshirish

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, tibbiyot OTM, Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi va uning viloyatlardagi filiallari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, davolash-profilaktika muassasalari, farmatsevtika tashkilotlari


III. Umumin amaliyot vrachlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash

Malaka oshirish va qayta tayyorlash

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, tibbiyot OTM

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 14-son, 223-modda; 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)